TA’LIMDA XALQARO TAJRIBALARDAN FOYDALANISH




Download 9,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/352
Sana10.01.2024
Hajmi9,63 Mb.
#134163
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   352
Bog'liq
BuxDUPI to\'plam

TA’LIMDA XALQARO TAJRIBALARDAN FOYDALANISH 
GERMANIYA TA’LIM TIZIMI 
O.X. Xamidov
BuxDU rektori, 
Iqtisod fanlari doktori, professor. 
Dunyodagi zamonaviy oʻquv dasturlari, oʻqitish metodikalarini oʻrganib, 
yurtimiz umumtaʼlim maktablarida joriy qilish bugungi kunning dolzarb 
muammolaridan biridir. Eng muhimi, bu jarayonlarga pedagogika yoʻnalishidagi 
universitet va institutlar ham jalb qilinib, pedagog kadrlar tayyorlash metodikasi 



ham yangilanib borilyapti. Ta'lim ijtimoiy hayotning eng muhim sohalaridan 
biridir. Zero, xalq kelajagi uning ma'nan yetuk va intelektual salohiyatli kadrlari 
bilan baholanadi. Ta'lim tizimining hozirgi holati 
noan'anaviy ta'lim 
texnologiyalarining rolini oshirish bilan tavsiflanadi. Talabalar tomonidan ularning 
yordami bilan bilimlarni o‘zlashtirish an'anaviy texnologiyalarga qaraganda ancha 
tezdir. Ushbu texnologiyalar bilimlarni rivojlantirish, egallash va tarqatish 
xarakterini o‘zgartiradi, o‘rganilayotgan fanlarning mazmunini chuqurlashtirish va 
kengaytirish, uni tezda yangilash, samaraliroq o‘qitish usullarini qo‘llash, 
shuningdek, har bir kishining ta'lim olish imkoniyatlarini sezilarli darajada 
kengaytirish imkonini beradi.
Bugungi kunda barcha xorijiy davlatlarda ta’lim tizimi jadal rivojlanib 
bormoqda. Jumladan, Germaniyada ta’lim sifati dunyodagi eng yuqori 
ko‘rsatkichlarga egadir. Xususan, Germaniyaning eng qadimgi universiteti — 
Geidelberg 1386-yilda tashkil etilgan bo‘lib, bu mamlakatning ta’lim tizimini 
shakllanishiga etarli vaqt o‘tganligidan dalolat beradi. O‘rta asrlardayoq ushbu 
universitetga kirish yevropalik aslzodalarning orzusi bo‘lgan. Germaniyaning 
moʻjazgina Geydelberg shahrida joylashgan mazkur universitetning nufuzi hozir 
ham baland. Bu yerdan Gegel, Yaspers kabi jahon tanigan olimlar, o‘nga yaqin 
Nobel mukofoti egalari yetishib chiqqan. Germaniya universitetlarida eng muhimi 
o‘qish davridagi nazariy tayyorgarlik va amaliyotidir. Bundan tashqari, 
Germaniyada ta’limning yuqori sifat darajasi etakchi ilm-fan texnologiyalaridan 
foydalangan holda qo‘llab-quvvatlanadi.Eng zamonaviy texnika va texnologiyalar 
bilan ta’lim muassasalarini ta’minlash ko‘rsatkichi dunyodagi eng yuqori 
ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Germaniya ta’lim sifati hamda malakali 
kadrlarni tayyorlashga katta e’tibor qaratadigan davlatlar sirasiga kiradi. So‘nggi 
yillarda mamlakat innovatsion universitetlar tizimi yuragiga, ta’bir joiz bo‘lsa, 
zamonaviy ilmiy va intellektual faoliyat markaziga aylandi. Bu yerdagi barcha 
sohalar ortida oliy ma’lumotli, yuqori bilim va tajribaga ega mutaxassislar turadi. 



Besh asrlik tarixga ega bo‘lgan taʼlim maskanida ayni paytda 45 ming talaba tahsil 
oladi.
Universitetlarda bakalavr bosqichi to‘rt yarim yilgacha, magistratura bir 
yildan to‘rt yilgacha, doktorantura ikki yildan besh yilgacha davom etadi. Odatda, 
bakalavriat va magistratura talabalari o‘qish yakunida davlat imtihoni topshiradi va 
dissertatsiya himoya qiladi. Talaba o‘qish uchun qishki yoki yozgi o‘quv 
mavsumini tanlash huquqiga ega. Yozgi mavsum aprel-sentabr, qishkisi esa 
oktabr-mart oylarini o‘z ichiga oladi 
Bugun zamonaviy nemis universitetlari o‘zida ko‘plab fakultet va muta-
xassisliklarni jamlagan ilmiy va o‘quv markazi hisoblanadi. U yerdagi oliy o‘quv 
yurtlarini bir qancha turga ajratish mumkin. Ular orasida texnik, pedagogik, 
teologik, musiqa universitetlari hamda maxsus san’at bilim yurtlari mavjud. 
Germaniyada 
institutlar 
ham 
nomdorlik 
borasida 
universitetlardan 
qolishmaydi. Germaniyani keng imkoniyatlar mamlakati sifatida ko‘rish mumkin. 
Ko‘pgina mamlakatlarda universitetlarda tahsil olish katta mablag’ talab etiladi. 
Germaniyada esa o‘qish bepul bo‘lgan universitetlar bisyor. Shu bilan birga, aynan 
ana shu o‘qish bepul bo‘lgan universitetlar dunyodagi eng yaxshi universitetlar top 
mingtaligiga kiradi. Xorijiy talabalar uchun ham xilma-xil grantlar bor. Ayniqsa, 
Germaniya akademik almashinuv xizmati (DAAD) dasturi orqali juda ko‘plab 
xorijdan talabalar Germaniyaga o‘qish uchun keladi. Masalan, 2019-yilning o‘zida 
mazkur dasturning 240 dan ortiq loyihasi doirasida 140 mingdan ortiq nemis va 
xorijlik talabalar uchun stipendiyalar ajratilgan. Aynan shu dastur orqali 
O‘zbekistondan ham ko‘plab yoshlar o‘qishga borgan.
Nemis ta’lim tizimining yana bir o‘ziga xosligi — ochiqlik va soddalikdir. 
Barchaning oliy ma’lumotli hamda bilimli bo‘lishi tarafdori bo‘lgan hukumat 
tomonidan universitetlarda o‘tiladigan ma’ruza darslariga nafaqat talabalar, balki 
istalgan tinglovchining kirishiga ruxsat berilgan. Shu bois mamlakatda insonlar 
qo‘lidagi oliy ma’lumot diplomi emas, balki ularning bilim va malakasi ko‘proq 
qadrlanadi. Nemis pedagoglari isteʼdodsiz o‘quvchining o‘zi yo‘q, deb 



hisoblashadi. Shunga ko‘ra ular o‘quvchining ochilmagan qirralarini kashf etish, 
ularni yangilik va ixtirolar ruhida tarbiyalashga intiladi. "Fikrlayapmanmi, demak, 
yashayapman!" deydi mashhur faylasuf Rene Dekart. Olmon maktablarida ana shu 
naql oltin qoida sifatida qabul qilingan. Pedagoglar birinchi navbatda 
o‘quvchining, hatto xato bo‘lsa-da, mustaqil fikri bo‘lishiga erishishni maqsad 
qiladi. Taʼlim jarayoni esa ota-ona va o‘qituvchi o‘rtasidagi uzviy hamkorlikka 
tayanadi.

Download 9,63 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   352




Download 9,63 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



TA’LIMDA XALQARO TAJRIBALARDAN FOYDALANISH

Download 9,63 Mb.
Pdf ko'rish