27
Yuqoridagi bayt tarkibida kelgan “g‘o‘ta” so‘zi Alisher Navoiy XV tomlik
asarlar to‘plami va Mukammal asarlar to‘plamidan o‘rin olgan doston matnida
“g‘o‘tta” tarzida yozilgan. Asar ilmiy-tanqidiy matnini kuzatganimizda ham bu
so‘z “g‘o‘ta” tarzida yozilganiga guvoh bo‘lamiz.
Asarning na’t, so‘z ta’rifi, ko‘ngil tavsifi bilan bog‘liq boblarini tahlil qilish
davomida, ba’zi o‘rinlarda ushbu nashrlardagi tafovutlarni kuzatishimiz mumkin.
Ularning yuzaga kelishiga sabab yozuvda nuqtalarning kam yoki ortiqcha
ifodalanganligi, harflarning shakliy o‘xshashligi va unlilar yozilmaganligidadir.
Ularni matn mazmuni, vazn xususiyatlariga qarab tahlil qilsak, ijodkor asarlarida
aytilgan fikr yanada ayonlashadi va uning nasriy bayonlari ham mukammal
bo‘lishi ta’minlanadi.