9
Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va
qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonunlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasining davlat va ijtimoiy qurilishida xotin-
qizlarning rolini oshirish choralari to‘g‘risida»gi, «Xotin-qizlarning ijtimoiy
muhofazasini kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi hamda
«O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasidagi
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmonlari mamlakatimiz xotin-qizlarining
siyosiy va ijtimoiy faolligini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Mazkur
qonun hujjatlari asosida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan izchil chora-tadbirlar
samarasi o‘laroq, xotin-qizlarning ishlab chiqarish, tadbirkorlik va boshqa sohalardagi
ishtiroki tobora kengaymoqda. Yurtimizda oila, onalik va bolalik manfaatlarini
ta’minlash, xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish, huquqiy,
iqtisodiy, ijtimoiy jihatdan muhofazalash, joylarda ularni ish bilan ta’minlash,
salomatligini mustahkamlashga oid chora-tadbirlar ko‘lami ortmoqda. Shuningdek,
jamiyatimizda xotin-qizlar jamoat tashkilotlarining huquqiy vakolatlarini kengaytirish,
faoliyat samaradorligini yanada oshirishga ham katta e’tibor berilmoqda.
Bugungi
kunda xotin-qizlarning salmoqli qismi nodavlat notijorat tashkilotlarining ta’lim, ayollar
huquqlari, reproduktiv salomatlik, kasbiy tayyorlash va qayta tayyorlash, kichik biznes
va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, atrof-muhitni himoyalash kabi sohalarda
samarali faoliyat ko‘rsatmoqda. Quvonarlisi, bugungi kunda zamonaviy fikrlaydigan
ota-onalar, qaynota-qaynonalar, kuyovlar ko‘payib boryapti. O‘z navbatida, xotin-
qizlarning ta’lim olishi, kasbli bo‘lishi uchun qog‘ozda emas, real hayotda katta
qulayliklar, yengilliklar yaratilmoqda. Bugun gender tenglik degan demokratik tamoyil
haqida
ochiq-oydin gapirilayotgani, bu borada izchil chora-tadbirlar olib borilayotgani
fikrimizga misol bo‘la oladi. Mamlakatimizda gender tenglikni hamda onalar va bolalar
muhofazasini ta’minlash masalalari bo‘yicha ildam va ijobiy o‘zgarishlar yuz
berayotgani hisobga olinib, O‘zbekiston delegatsiyasi joriy yilda Nayrobi shahrida
o‘tkaziladigan aholishunoslik bo‘yicha xalqaro anjumanga taklif etildi. Bunday keng
10
miqyosli tadbirda ishtirok etish O‘zbekiston milliy tajribasini xorijiy mamlakatlarda
tatbiq etish imkonini beradi. UNFPA ijro etuvchi direktori o‘rinbosari Laura Londen
so‘nggi yillarda O‘zbekistonda qabul qilingan qonunlar, xotin-qizlar
ijtimoiy-siyosiy
faolligini oshirishga qaratilgan meyoriy-huquqiy hujjatlarni alohida e’tirof etdi. 2022
yilda O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga
olish tashkil etilishi, shuningdek mamlakatda
gender statistika joriy etilishiga ijobiy baho berdi. UNFPA bu masalalarda O‘zbekiston
hukumatiga ko‘mak berishga tayyorligini bildirdi.
Gender tenglikka erishish strategiyasi asosan, uzoq istiqboldagi maqsadli
vazifalardan kelib chiqib, qator ustuvor yo‘nalishlarda amalga oshiriladi. Davlat
xizmatida, ijtimoiy-iqtisodiy, oilaviy munosabatlar hamda bolalar tarbiyasi sohasida,
saylov huquqlarini amalga oshirishda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda
imkoniyatlarni ta’minlash shular jumlasidan. Shuningdek, strategiyada gender tenglikni
ta’minlash tadbirlarini hisobga olgan holda davlat dasturlarini budjetlashtirish va
moliyalashtirish ham ko‘zda tutilgan. Shuni alohida ta’kidlash joizki, inson huquqlariga
oliy qadriyat sifatida qaralayotgan yurtimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy
jarayonlarda faol ishtirokini ta’minlash uchun barcha huquqiy asoslar, shart-sharoitlar
mavjud. Jumladan, vakillik organlariga oid saylov qonunchiligida ayollarga imtiyozlar
belgilangan. «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi Qonunda
xotin-qizlar soni siyosiy partiyalardan ko‘rsatilgan deputatlikka nomzodlar umumiy
sonining kamida 30 foizini tashkil etishi lozimligi qayd etilgani ham fikrimizni yaqqol
isbotlaydi. Quvonarlisi shundaki, yurtimiz ayollari nafaqat yirik mutaxassis,
balki
senator yoki deputat, olima, rahbar sifatida mamlakatimiz taraqqiyoti yo‘lida fidokorona
mehnat qilib kelmoqdalar. Ushbu fikrimizning yana bir tasdig‘i sifatida kechagina
Tanzila Norboyevaning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi etib
tayinlanganligini aytishimiz mumkin. Buning huquqiy asosi Konstitutsiyamizning 46-
moddasida «Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar», deya kafolatlangan.
Biz qurayotgan jamiyat fuqarolik jamiyatidir. Chunki jamiyat taraqqiyoti bugungi
kunda shunday yuksaklikka ko‘tarilganki, unda inson huquqlari oliy qadriyat sifatida
11
himoya qilinadi. Xoh davlat tashkiloti, xoh nodavlat tashkiloti bo‘lsin, barcha institutlar,
inson haq-huquqlarini ta’minlash, shuningdek, xotin-qizlar
huquqlari kafolatlarini
yanada mustahkamlash borasida tinimsiz ish olib bormoqdalar.