12
kontseptual ta'minoti maxsus tadqiqot predmetiga aylandi. Pedagogik innovatsiya -
bu belgilangan maqsadlarga samarali erishishga yordam beradigan ta'lim
sohasidagi yangiliklarni ishlab chiqish, joriy etish, sinovdan o‘tkazish va baholash
jarayonidir. Pedagogik jarayonga faol tatbiq etilayotgan yangi yondashuvlar
belgilangan maqsadlarni amalga oshirishga yordam beradi. Ular ta'lim
muassasalarida yangi ish uslubi va texnikasini ishlab chiqish uchun asosdir.
Pedagogning innovatsion salohiyati quyidagi asosiy parametrlar bilan
bog‘liq: yangi g‘oya, g‘oyalarni
solishtirish, ijodiy qobiliyat, shaxsning yangi
narsalarga ochiqligi, shaxsning bag'rikengligi, fikrlashning moslashuvchanligi,
madaniy-estetik rivojlanish va tarbiya. Rivojlangan innovatsion ong, innovatsion
ehtiyojlar, o‘z faoliyatini yaxshilashga tayyorlik ko`rish, innovatsion xatti-
harakatlar uchun motivatsiya olish, o‘z-o‘zini tarbiyalash ta'lim uchun maxsus
tayyorgarlik hisoblanadi. O‘qituvchining o‘zini o‘zi belgilashining muhim
fazilatlaridan biri, uning professional sifatida muvaffaqiyatga erishishi innovatsion
faoliyatga tayyorligidir. Pedagogik innovatsiyalar, birlashtirish
zarurati bilan
bog'liq bo‘lgan boshqa innovatsiyalar singari, ta’lim va kadrlar tayyorlash davlat
dasturlari bilan innovatsion dasturlarning muammolarini keltirib chiqaradi.
Innovatsion faoliyatni yangi sharoitlarga moslashtirish muammolari ham
dolzarbdir. Innovatsion faoliyatning muvaffaqiyati o‘qituvchining ta'lim tizimidagi
turli yangiliklarning amaliy ahamiyatini nafaqat kasbiy, balki shaxsiy miqyosda
ham anglashini ta'minlaydi. Ammo o‘qituvchining
innovatsion jarayonga
qo‘shilishi ko‘pincha uning innovatsion faoliyatga kasbiy va shaxsiy
tayyorgarligini hisobga olmasdan, o‘z-o‘zidan sodir bo‘ladi. Ta'lim jarayonida
yangi innovatsion texnika-texnologiyalardan foydalangan holda dars o‘tish,
so‘nngi texnikalar bilan jihozlangan laboratoriya xonalaridan foydalangan holda
mashg'ulotlar o‘tkazish, mutaxasislik bo‘yicha, masalan fizika sohasidagi so‘nggi
innovatsiyalar haqida ma'lumotlar keltirib, jahon tajribasidan namunalar ko`rsatib
o‘tish talabalarni yangilik yaratish ruhida tarbiyalashga turtki bo‘ladi.
13
Bizning fikrimizcha ta'lim jarayonida avval qiziqish uyg'otib,
motivatsiya
berib, so‘ngra raqobat muhiti yaratilsa talabalarda innovatsiya yaratishdagi yashirin
qobiliyatlari uyg'otiladi va albatta rag'batlantirish amalga oshirilsa ko‘zlangan
maqsadga erishiladi. Talabalarga ilm-fan va innovatsiya yaratishda yutuqlarga
erishgan insonlardan misol keltirib, iloji bo‘lsa ulardan birini o‘rnak bo‘luvchi
inson sifatida darsga taklif qilib,yoki innovatsiyalar markaziga talabalarni
ekskursiyalarga olib borish yo‘lga qo‘yilsa maqsadga tezroq erishilgan bo‘lardi.
Xulosa o`rnida
shuni aytish joizki, oliy ta’limning ko`p bosqichli tizimini
ishlab chiqish va joriy etishni kuchli innovatsion jarayon sifatida belgilash
mumkin. Ushbu masalada G`arbiy Yevropa mamlakatlari tajribasi har tomonlama
tahlil etilib, baho berildi va O`zbekiston Respublikasi sharoitida o`zimizning
mentalitetimizdan kelib chiqib, oliy ta’limning o`ziga xos ko`p bosqichli tizimi
yaratildi.