Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Жўраева Б. Мақолнинг ёндош тил ҳодисаларига муносабати ва
маъновий хусусиятлари. Тошкент: “Фан” , 2006. ‒110 б.
2.
Шомақсудов Ш., Шораҳмедов Ш. Ҳикматнома (ўзбек
мақолларининг изоҳли луғати). Тошкент: ЎзСЭ, 1990.
3.
Ўзбек халқ мақоллари. 1-жилд. Тошкент: Фан, 1987-368б.
4.
Matjonov S., Shojalilov A., G‘ulomova X., Sariyev SH., Dolimov Z.
O‘qish kitobi. 4- sinf uchun darslik. – Toshkent: “ Yangiyul polygraph service”,
2017. – 272 b.
501
BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA IMLO LUG‘ATIDAN
FOYDALANISH USULLARI
Firuz Safarov
BuxDU PI boshlang‘ich ta’lim nazariyasi
va metodikasi kafedrasi dotsenti
Xurshida Salimova
BuxDUPI talabasi
Boshlang‘ich ta’limning asosiy vazifalaridan biri o‘quvchilarda umumiy
o‘quv ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat. Umumiy o‘quv
ko‘nikmalari orasida turli lug‘at va ma’lumotnomalardan foydalanish ko‘nikmasi
muhim o‘rin tutadi. Ayni paytda kishida lingvistik qiyinchiliklarini anglash va
ularni lug‘at yordamida hal qilishga intilish ehtiyoji, odatining mavjudligi
insonning shaxsiy xususiyati, uning madaniyatlilik belgilaridan biridir. Shunday
qilib, lug‘atlarni o‘quvchiga ta’lim berishgina emas, balki tarbiya berish vositasi
ham deb hisoblash mumkin.
Hozirgi kunda yurtimizda vazifasiga ko‘ra turlicha bo‘lgan ko‘plab
lug‘atlar nashr qilingan va nashr qilinmoqda. Masalan, yuqori sinf o‘quvchisi
nafaqat imlo lug‘atidan, balki izohli, so‘z yasalishi, o‘zlashma so‘zlar, eskirgan
so‘zlar, sinonim, antonim, omonim va hokazo lug‘atlardan [1;3;5;10;12]
foydalanishi mumkin. Biroq o‘quvchi o‘zidan bilib lug‘atga murojaat qiladimi?!
502
Bizning kuzatishimizga ko‘ra ko‘pchilik o‘quvchi hatto unga zarur bo‘lgan
lug‘atlar yonida, kitob javonida turgan bo‘lsa ham, qo‘lida bo‘lgan boylikdan
foydalanmaydi. Bunday hodisaning sabablaridan biri quyidagi hammaga ma’lum
jumlada mujassamlashgan: hamma narsa bolalikdan boshlanadi. Bolada ta’limning
dastlabki bosqichlarida lug‘atlarga murojaat qilish ehtiyoji uyg‘otilmasa, unda
yordamchi vositalarda mo‘ljal olish va kerakli ma’lumotni tez topib olish
ko‘nikmasi shakllantirilmasa, uning mavjud lug‘atlar boyligidan to‘laqonli
foydalanuvchi shaxsga aylanishi gumon. Mana shuning uchun lug‘atlar bilan
ishlashni boshlang‘ich sinflardan boshlash lozimligi allaqachon ayon bo‘lgan.
Bugungi kunda boshlang‘ich sinf o‘quvchisining qo‘lida turli lug‘atlar bor
(Biroq yurtimizda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun zarur bo‘lgan ma’nodosh,
zid ma’noli, uyadosh so‘zlar, iboralar lug‘ati kabilar hali chiqarilmagan). Yaqin
kunlarda ona tili darsining lug‘at bilan ishlash qismi har bir sinfda doimiy ish
bo‘lishi, turli xildagi lug‘atlar bilan ishlash esa zaruratga aylanishi lozim. Lug‘at
bilan ishlash har bir darsga kiritilishi lozim: so‘z ma’nosini tushuntirish, so‘zni
to‘g‘ri yozish, to‘g‘ri talaffuz qilish, uning tuzilishi (yasalishi)ni izohlash. Barcha
so‘zlar oldindan doskaga yozib qo‘yiladi. Bolalarning fikri lug‘atdagi to‘g‘ri
variant bilan qiyoslanadi. Bu o‘rinda bolalarga uyga vazifa ham beriladi: lug‘atdan
so‘zning ma’nosi (izohli lug‘at), to‘g‘ri yozilishi (imlo lug‘ati), to‘g‘ri talaffuzi
(orfoepik lug‘at), har qanday iboraning ma’nosini (frazeologik lug‘at) va hokazoni
aniqlash. Keyingi darsda topshiriq tekshirilib, yangi topshiriq beriladi. Shunday
qilib, o‘qvchilarda lug‘at bilian ishlash ko‘nikmasi, so‘ng malakasi ham
shakllanadi. Har bir darsda o‘quvchilarga lug‘at bilan ishlash uchun individual
topshiriq bajarish: o‘tilgan mavzu bo‘yicha lug‘at diktanti tuzib kelishni, keyingi
darsda esa o‘qituvchi rolini bajarishni tavsiya qilish mumkin. Bunday ish turi
bolalarda shubhasiz qiziqish uyg‘otadi.
Buning hammasi o‘qituvchining kichik yoshli o‘quvchilarda lingvistik
lug‘atlardan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishga metodik jihatdan
503
tayyorgarlik ko‘rishini taqozo qiladi. Bu tizim uchun avvalo lug‘atdan foydalanish
murakkab ko‘nikmasining tarkibiy ishlari (operatsiyalari) bo‘lmish ko‘nikmalar
sirasini belgilab olish lozim.
Lug‘atdan foydalanishga doir elementar ko‘nikmalar quyidagilar:
1.Darsliklarga yordamchi lug‘atlardan foydalanish.
2. Kirish maqolasi matnini diqqat bilan o‘qib chiqish.
3. Lug‘atning nomlanishiga qarab tavsiflanadigan til birligini aniqlash.
4. Alifboli so‘z ko‘rsatkichi bilan ishlash.
5. Lug‘at tuzilishi rejasini tuzish va yodda saqlash.
6. Lug‘at maqolasi tuzilishi rejasini tuzish va yodda saqlash.
7. Shartli belgilar, ramzlar, shartli qisqartmalar bilan ishlash.
8. Lug‘atlar bilan ishlashda o‘qish-qarab chiqish va o‘qish-izlashdan
foydalanish.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchisi quyidagilarni bilishi (aniqlashi) kerak:
1. Lug‘atning nomini.
2. Lug‘atning muallifi, muharririni.
3. Nashriyoti va nashr qilingan yilini.
4. Lug‘atning turini.
5. Lug‘atning vazifasini.
6. Lug‘atda so‘zlarning joylashish tartibini: alifbo, uyali, mavzuviy tartibda
joylashtirilganini.
Ishni yengillashtirish uchun har bir lug‘atga unda qabul qilingan shartli
belgi, qisqartmalar yozilgan xatcho‘p-eslatma qilib qo‘yish tavsiya qilinadi.
O‘qituvchilar tajribasini o‘rganish natijasida ona tili darslarida lug‘at ishi
yetakchi o‘rin egallamog‘i lozim degan xulosaga kelish mumkin. Bu ishning
samaradorligi o‘qituvchining kasbiy mahoratiga bog‘liq. Yangi texnologiyalardan
foydalanish bolaning darsga qiziqishini oshiradi. Lug‘at bilan ishlash esa ‒ ona
tilini o‘rgatishdagi yangi texnologiyalardan biri ‒ madaniyatni o‘stirish
504
texnologiyasidir.
O‘quvchilarda lug‘atning barcha turidan foydalanish
ko‘nikmasini shakllantirish lozim. Bu shubhasiz ularning madaniy va nutqiy
saviyasini oshiradi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini imloga o‘rgatishda boshlang‘ich sinf
o‘quvchilari uchun uchun tuzilgan “Imlo va talaffuz lug‘ati” [8] hamda Sh.
Rahmatullayev va A. Hojiyevning “Imlo lug‘ati” [7] dan foydalanish mumkin.
Imlo lug‘ati bilan ishlash natijasida o‘quvchilarda mustaqil ravishda
lug‘atdan foydalanish ko‘nikmasini hosil qilish kerak. Mustaqil ishlashga o‘rgatish
murakkab, ziddiyatli jarayon. Shunga qaramay o‘quvchilarni mustaqil ishlashga
o‘rgatishning quyidagi bosqichlarini ajratish mumkin:
1. O‘quvchilar o‘qituvchi yordamida tayyor namunaga qarab ish ko‘radi
(taqlid qilish bosqichi).
2. O‘quvchi ishning bir qismini mustaqil bajaradi (qisman mustaqil ishlash
bosqichi).
3. Boshlang‘ich sinf o‘quvchisi muayyan ishni ish takrorlangan
vaziyatlarda mustaqil bajaradi.
Birinchi sinfda lug‘at bilan ishlashda quyidagi maqsadlar qo‘yiladi:
1. O‘quv-biluv motivatsiyasi asoslarini yaratish.
2. Maxsus kitob ‒ lug‘atga qiziqish uyg‘otish.
Bu maqsadlardan kelib quyidagi vazifalarni amalga oshirish ko‘zda
tutiladi:
1. O‘quvchilar lug‘atda so‘zlar birinchi harfiga ko‘ra alifbo tamoyili
asosida joylashishini bilishi kerak.
2. O‘quvchilar lug‘atdan so‘zni birinchi harfiga qarab topa olishi kerak.
Birinchi sinfda lug‘at bilan ishlash taqlid qilish bosqichida o‘qituvchi
yordamida tayyor namunaga qarab, qisman mustaqil ishlash bosqichida lug‘at
sahifasini ko‘rsatish orqali amalga oshiriladi.
505
Birinchi sinfda imlo lug‘ati bilan ishlashni qachon boshlash kerak? Rus tili
o‘qitish metodikasi bo‘yicha mutaxassis olima L. N. Kalininaning fikricha, lug‘at
bilan ishlash ko‘nikmasini o‘quvchining maktabdagi birinchi qadamlaridan, savod
o‘rgatish darslaridan boshlash lozim.
Kichik yoshli maktab o‘quvchilarida biluv faoliyati shakllari, usullariga
qiziqish kuchliligini hisobga olib lug‘at bilan ishlashda turli qiziqarli usullar,
ta’limiy o‘yinlar, musobaqa elementlaridan foydalanish lozim.
Lug‘atni darsga olib kirish o‘zbek tili alifbosini o‘zlashtirishga doir katta
tayyorgarlik ishi bilan boshlanadi. Bu vazifani bajarishga qaratilgan o‘yinlarga
misol keltiramiz.
|