Bolaga yo‘naltirilgan ta’limda rivojlantiruvchi muhitning ahamiyati




Download 9,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/352
Sana10.01.2024
Hajmi9,63 Mb.
#134163
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   352
Bog'liq
BuxDUPI to\'plam

Bolaga yo‘naltirilgan ta’limda rivojlantiruvchi muhitning ahamiyati 
Muhit MTMda bolani o‘rab turgan, uning rivojlanishiga ta’sir 
ko‘rsatadigan hamma narsalarni, shu jumladan, binolarning rejalashtirilishi va
o‘lchamlari, hovlidagi o‘yin maydonchasi, guruhdagi mebel, materiallar, jihozlar, 
o‘yinchoqlarni o‘z ichiga oladi. Bola shaxsiga yo‘naltirilgan ta’limda
maktabgacha ta’lim muassasasi muhitida bolalarning kognitiv (aqliy), nutq va
muloqotchanlik, ijtimoiy-hissiy hamda jismoniy motor rivojlanishiga sharoit 
yaratilishini ta’minlash juda muhimdir. Bolaning rivojlanishiga sharoit nafaqat 
guruh xonalarida, balki muassasa hovlisida, yo‘laklarida, o‘yin maydonchalarida 
ham yaratilgan bo‘lishi shart. Xona va bino – bu bolaning rivojlanishi uchun 
muhim bo‘lgan ichki omillardir, o‘yin maydonchalari, muassasaning atrofi esa 
tashqi omillar bo‘lib xizmat qiladi. Bola shaxsini rivojlantirishga yo‘naltirilgan 
o‘quv muhiti ta’lim-tarbiya jarayonida bolaning yoshi, psixologik, fiziologik 


536 
xususiyatlarini to‘liq hisobga olgan holda eng qulay shart-sharoitlarni ta’minlashga 
xizmat qiladi. Rivojlantiruvchi muhitda o‘yin markazlari. Guruhdagi barcha
materiallar va jihozlar sohalar bo‘yicha tartibga solinishi lozim. Bu bolalar 
o‘yinlari va ishlarining yanada qulay uyushtirilishiga yordam beradi. Bu sohalar 
o‘yin markazlari deb nomlanadi. Har bir guruhda quyidagi markazlar bo‘lishi 
maqsadga muvofiqdir: 
Bolaga yo‘naltirilgan muhitning talablari 
 
Bolaning sog‘ligini qo‘llab-quvvatlashga mos: yorug‘likning yetarli bo‘lishi, 
toza havo, toza joy va issiq xona 
 
Bolani noo‘rin hodisalardan xavfsiz saqlaydigan joy 
 
Harakat, tajriba va kashf qilishga rag‘bat ko‘rsatish, ya’ni MTM hududining 
barcha joylarida bunga imkon bo‘lsin. Masalan: o‘yin maydonchasida suv va qum 
bilan tajribalar o‘tkazish, koridorda turli o‘simliklarning o‘sishini kuzatish,
Qurilish 
San’at 
Musiqa 
Pazandalik 
Adabiyot 
Sahnalash
tirish 
Tabiatshu
nosllik 
Matematika 
Qum va 
suv 
Ochiq 
maydonc
ah 


537 
 
Guruhdagi barcha jihoz va qo‘llanmalar bolaning bo‘yi yetadigan darajada 
bo‘lishi va bola ulardan bemalol foydalana oladigan bo‘lishi kerak,
 
Bolalar o‘rtasida hamkorlik va muloqotga rag‘bat bildirish (kichik guruhlarga 
bo‘linib va juft bo‘lib ishlashlari, o‘yinlar o‘ynashlariga sharoit yaratilgan bo‘lishi 
kerak),
 
Tegishlilik hissi, xavfsizlik va erkinlik hissi, 
 
Turli madaniyatlar mavjudligini his qildirish,
 
Xonani bolaning har tomonlama rivojlanishini ta’minlaydigan qismlarga 
bo‘ling va u yerda: o‘yinchoqlar, konstruktsiyalar, belgilar, raqamlar, so‘zlar va 
x.k. bo‘lsin.
 
Mebel bolaning jismoniy holatiga va erkin harakatlana olishiga to‘siq 
bo‘lmaydigan qilib joylashtirilgan bo‘lsin, bola o‘ziga tegishli mebelni bemalol 
harakatlantira olsin, nogironlarga mos mebel ham bo‘lishi kerak.
 
Tarbiyachi va bolalarga ham qulay bo‘lishi 
 
Bolaning idrok etish qobiliyatini rivojlantiruvchi va ijod qilishga undovchi 
turli shakl va rangdagi materiallar bilan ta’minlash
 
Iloji boricha juda ko‘p narsalarni bitta joyga ilib qo‘ymaslik, bu bolaning 
jismlarni ajratib olishiga halaqit beradi 
 
Bolaga erkin tanlash imkoniyatini berish va mustaqil qaror qabul qilishga 
undash 
 
O‘z tengdoshlari bilan munosabatga kirishishiga yordam berish
 
Kundalik qilinadigan ishlarni biror jadvalda bola ko‘ra oladigan va
tushunadigan holatda ilib qo‘yish. Buni so‘zlar hamda simvollar bilan tasvirlash. 
 
Ota-onalar va maktabgacha ta’lim muassasasi o‘rtasida iliq munosabatni 
shakllantiruvchi muloqotni o‘rnatishga imkon beruvchi muhitni yaratish. 
Bolalarning, oilasining fotosuratlarini ilib qo‘yish, bolalar va onalar birga 
shug‘ullanishlari uchun xona ajratish va h. 
Xrestomatiya 


538 
Muhitni baholash: nimadan boshlash kerak?
Atrofga qarang. Bizning jamiyatda bolalar o‘yinga o‘z xohishlari bilan 
kirishmoqdalarmi? Ular ko‘chada va bozorlarda o‘ynaydilarmi? Ular ko‘chada 
o‘ynashni yoqtiradilarmi yoki bino ichidami? Biz bir ish boshlashni qaror 
qilishimizdan avval muhitning o‘zini baholab olishimiz kerak. 
Ota onalar, vasiylar va pedagoglar quyidagi savollarni ko‘rib chiqishlari lozim: 

Mening farzandim (bola) jamoa bo‘lib o‘ynaydimi? O‘ynasa, qanday (faol, passiv 
va h.k. . )? 

Uning faol o‘yinini men rag‘batlantiramanmi yoki qarshilik ko‘rsatamanmi?

Men bolalarni (farzandimni) kerakli o‘yin materiallari bilan ta’minlaymanmi?

Uy yoki maktabgacha ta’lim muassasasi bola o‘yini uchun bexatar joy 
hisoblanadimi? 

Kun davomida bolalar o‘ynashi uchun joy yetarlimi? 

Ota onalar (pedagoglar) o‘yin materiallari va zaxiralari bilan qiziqadilarmi? 

Bolaning o‘yindagi o‘sishini men baholaymanmi? 
Shu tariqa jamiyatning zaxiralarini ham baholash lozim, masalan : ko‘cha va 
binolarda o‘yin muhitining majudligini. 
Hayotiy zarur qobiliyatlar: 
• O‘zgarishlarni qabul qilish va amalga oshirish; 
• Tanqidiy fikrlash; 
• Tanlashni amalga oshirish; 
• Muammolarni qo‘yish va hal etish; 
• Ijodni, fantaziyani va ixtirochilikni namoyon etish; 
• Odamlar, jamiyat, mamlakat, atrof-muhit to‘g‘risida g‘amho‘rlik qilish. 
Bu juda muxim! 
• Har bir bola uchun ta’lim olish sharoitini individuallashtirish; 
• Tanlash imkoniyatini berish, faollashtiruvchi markazlarni tashkillashtirish; 
• Oilaning ishtiroki. 


539 
Dasturning “Uch kiti” 
• Konstruktivizm-bolalar olamni shaxsan o‘zlari tushungan holda konstruktsiya 
qiladilar yoki ko‘radilar; 
• Ilg‘or ta’lim-har bir bola rivojlanishi uchun sharoit yaratish; 
• Rivojlantirishning o‘ziga xosligini hisobga olish-har bir bola noyob va yagonadir; 
“Baxtli bolalik” qo‘shig‘i
Bolalarni sevamiz
Ularga o‘rgatamiz 
Tanqidiy fikrlashni 
Muammo hal qilishni 
Ota va onalarni 
Ta’limga jalb etamiz 
Ijodkor, loqayd emas 
Bola tarbiyalaymiz 
Dunyoning rivoji bu 
Zo‘r g‘oya ixtirodir 
Bilib qo‘y har bir bola 
Yagona va noyobdir 
Menga baliq bersangiz, 
Men bir kun to‘q bo‘laman 
Menga baliq tutishni o‘rgatsangiz, 
Men butun umr to‘q bo‘laman. 
Xitoy xalq hikmatli so‘zi. 
Bola rivojlanishiga yagona yondashuv 
 
Bola to‘laqonli shaxs sifatida 


540 
Butun dunyoda, bolaning rivojlanishiga dominant yondoshuv yagonadir. Bola 
yaxlitlik sifatida qaraladi, tanasi, aqli, hissiyoti va ijodkorligini inobatga olgan 
xolda. Shu bilan birga shaxsiy tarixi va ijtimoiy kelib chiqishi ham
92
.
Bu rivojlanish nazariyasi dunyoning barcha davlatlarida turli ilmiy ishlarda 
ko‘rib chiqilgan.
Ilmiy tadqiqotlar bolaning rivojlanishi va ovqatlanishidagi sifat, e’tibor berish, 
va albatta, o‘qitish orasida bog‘liqlik borligini ko‘rsatdi. Aniq qilib aytadigan 
bo‘lsak, 0-6/7 yosh bolalar orasidagi rivojlanishda, muhim narsalar bu:
 
Jismoniy, aqliy, ijtimoiy, hissiy va ruhiy baholash yoshi kattaroq bolalardan 
kattalarning rivojlanish fazasi turlicha bo‘ladi va o‘zining ritmi, bosqichlari va 
ko‘rsatmalari bilan farq qiladi. 
 
Zamonaviy jamiyatlarda, bolaning jismoniy, aqliy, bilishi(idrok etishi) va ijtimoiy 
hissiy ko‘nikmalari progressiv transformatsiyalar bilan bog‘liq. Transformatsiyaga 
qobiliyatlarning rivojlanishi, qanchalik rivojlanganligi, muloqot, o‘ynash va 
o‘rganish kiradi. Bu davr bola ota-onasi, aka-ukasi, tengdoshlari bilan muloqotga 
eng muhtoj davr hisoblanadi; 
 
Bolaning rivojlanishi juda hissiyotli bo‘ladi, shuning uchun ovqatlantirishda ota-
onaning mehri kam bo‘lsa, yoki e’tiborsizlikka yo‘l qo‘yilsa, bolaning 
rivojlanishiga zarar yetadi 
 
Xoh ichkarida bo‘lsin, xoh tashqarida bo‘lsin, bolaning harakatlanishini cheklab 
qo‘yadigan muhit bo‘lmasligi kerak hamda xavfsiz bo‘lishi kerak. 
 
Minglab tamoyillar haqida gapirishimiz mumkin, lekin aynan bittasi to‘g‘ri degan 
tushuncha yo‘q, chunki bola yashagan davr, sharoit, oila, ijtimoiy, iqtisodiy, 
siyosiy va bir qancha yana hos faktorlar mavjud. 
92
Moss, P., Petrie, P. (2002), From Children’s Services to Children’s Spaces: public provision, children and 

Download 9,63 Mb.
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   352




Download 9,63 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bolaga yo‘naltirilgan ta’limda rivojlantiruvchi muhitning ahamiyati

Download 9,63 Mb.
Pdf ko'rish