529
1.
Didaktik: dunyo qarashni kengaytirish, bilish faoliyati
bilimlarni amaliyotda
qo‘llash, ma’lum ko‘nikma va malakalarni shakllantirish
2.
Tarbiyaviy: ta’lim oluvchiga mustaqillikni irodani tarbiyalash: ma’lum munosabot
axloqiy-estetik yo‘nalishlarni shakllantirish: hamkorlik jamoa bilan birlashtirish
tuyg‘ularini tarbiyalash
3.
Rivojlantiruvchi: diqqat, xotira, nutq tafakkur, taqqoslash ko‘nikmalari, empatiya,
refleksiya, optimal yechimlar izlab toppish ko‘nikmalari, o‘quv
faoliyatiga
nisbatan motivatsiyani rivojlantirish.
4.
Ijtimoiylashtiruvchi: ta’lim oluvchilar ongiga jamiyatda qabul qilingan axloqiy
me’yorlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni sindirish,
muhitga moslashish,
o‘z-o‘zini boshqarish, muloqotga o‘rnatish, psixoterapiya.
O‘yinli texnologiyalarning ba’zi konseptual asoslari
1. O‘yinli texnologiyalarning psixologik mexanizmi shaxsning o‘z-o‘zini
namoyish
qilish, jamoada o‘z o‘rnini egallash, o‘z-o‘zini boshqarihga bo‘lgan ehtiyojga
asoslanadi.
2. O‘yin hayot maktabi va rivojlantirish amaliyotidir.
3. O‘yinga kirishishga insonning yosh xususiyatlari ta’sir ko‘rsatadi.
Mashg‘ulot jarayonida o‘yin ta;lim oluvchilarni o‘quv
jarayoniga undovchi
vosita vazifasini bajaradi. Bunda:
- Ta’lim maqsadi o‘yin sharti sifatida qo‘yiladi,
- O‘quv faoliyati o‘yin qoidalariga bo‘ysunadi.
- O‘quv materiallari o‘yin orqali taqdim etiladi.
- Bellashuv elementlari olib kiriladi.
- Didaktik masalaning yechilishi o‘yin natijasi bilan bog‘lanadi.
O‘yinlar qoidasi “qat’iy” yoki “ qat’iy bo‘lmagan” oldindan qabul qilingan yoki
o‘yin davomidan tuziladigan bo‘lishi mumkin