Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta




Download 9,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/352
Sana10.01.2024
Hajmi9,63 Mb.
#134163
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   352
Bog'liq
BuxDUPI to\'plam

 
 
 
 
BOSHLANG‘ICH SINF OʻQUVCHILARINING NUTQINI OʻSTIRISHDA 
O‘QISH DARSINING O‘RNI 
M.O‘rinova,
BuxDUPI o‘qituvchisi, 
M.Kayumova,
BuxDUPI Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 
 talabasi 
Nutq faqat insongagina ato etilgan ulug‘ ne’matdir. Mavjudotlar ichida oliy 
tafakkur va zabon faqat bizga taqdim etilgan. “
Insonni
so‘z 
ayladi judo hayvondin

Bilkim, guhari sharifroq yo‘q ondin”, - deganda Alisher Navoiy qanchalar haq edi. 
Shunday ekan, har bir shaxs erkin va teran nutqqa ega bo‘lmog‘i, o‘z fikrini 
to‘g‘ri, ravon ifodalay olmog‘i lozim. Buning uchun shaxs tarbiyasi va ta’limi 
asosiy omil hisoblanadi. Nutq ta’limi boshlang‘ich sinfda to‘g‘ri shakllantirilsa, 
barkamol avlod tarbiyasiga muhim hissa qo‘shilgan bo‘ladi. 
Nutq ikki ko‘rinishga ega – og‘zaki va yozma nutq. Bular o‘zaro uzviy 
bog‘langan bo‘lsa ham, har birining o‘ziga xos xususiyati bor. Og‘zaki nutqda 
tovushlar, so‘zlar nutq orqali talaffuz qilinsa, eshitish a’zolari orqali qabul qilinadi. 


517 
Shuning uchun o‘quvchilarning og‘zaki nutqini o‘stirishida, avvalo, ularning 
nutqidagi kamchiliklar sabablarini aniqlash, uni bartaraf etish yo‘llarini izlab 
topishimiz kerak.
Chiroyli so‘zlashni, savodli, to‘g‘ri yozishni, o‘z fikrini ravon va aniq 
bayon etishni bilmagan o‘quvchi bilimlarni muvafaqqiyat bilan o‘zlashtira 
olmaydi. Har bir insonning nutqi chiroyli, mukammal, talaffuzi aniq, ravon bo‘lsa, 
fikrlash doirasi keng, idrok qilishi ham teran bo‘ladi. Nutq orqasli odamzot 
o‘zining ichki hissiyotlarini ham bayon qiladi, nutq esa barcha insonlarda ham bir 
xilda to‘la rivojlangan yoki shakllangan bo‘lavermaydi. 
Ba’zi bolalar tovushlarni noto‘g‘ri talaffuz qilibgina qolmay, ularni bir-
biridan farqlay ham olmaydilar. Nutqdagi bunday kamchiliklar darslarni 
o‘zlashtirishda bolalar uchun sezilarli qiyinchiliklarni tug‘diradi. Bunday hollarda 
logoped mashg‘ulotlar yordamiga mhtoj bo‘ladilar. 
Ma’lumki, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqlaridagi nuqsonlarni 
bartaraf etish o‘quvchilar va logopedlar zimmasiga yuklanadi. Talaffuzdagi 
kamchiliklarni aniqlashda bolaning nutqini tekshirib ko‘rish, nutq buzulish 
sabablarini o‘rganish lozim. Buning uchun har bir bola nutqini tekshirish varaqasi 
to‘ldirilib, qaysi tovushlar to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri talaffuz qilayotgani belgilab 
boriladi. Nutq o‘stirish ongli o‘qishni, so‘zlash va yozishga o‘rgatishni, til haqida 
o‘quvchilarning yoshi va tushunchasiga mos bo‘lgan bilim berishni, ularning lug‘at 
boyligini oshirishni, boshqalarning nutqiga e’tibor va qiziqishni o‘stirish, kitob 
o‘qishga muhabbat uyg‘otishni ko‘zda tutadi.
Og‘zaki nutqqa o‘rgatishning ilk davrida qo‘l alifbosidan foydalaniladi. Bu 
narsa bolalarning tovushlarni talaffuz qilib, o‘zlashtirib borganlari sari faqat 
yordamchi vosita bo‘lib xizmat qiladi. 
Boshlang‘ich sinf, ona tili darslarida olib boriladigan barcha 
mashg‘ulotlarning yetakchi o‘rni nutq o‘stirish bo‘lib, u savod o‘rgatish, chiroyli 
yozish ko‘nikmalarini shakllantirish va fikrlash doirasini kengaytirish vazifalarini 


518 
o‘z ichiga oladi. Bu darslarda ko‘proq amaliy maqsadlarni ko‘zlash, til 
boyliklaridan nutqda foydalanish malakalarini shakllantirish, ijodiy fikrlash, 
o‘quvchilarning til sezgirligini tarbiyalash lozim. Ularning og‘zaki nutqini 
muntazam o‘stirib borish bog‘lanishli nutq, matn tuzishlarda amaliy yordam 
beradi.
Ma’lumki, nutq tafakkur bilan bog‘liq, shuning uchun u tafakkur bilan 
uzviy bog‘liq holda o‘stiriladi. Darsda o‘qilgan asarni o‘quvchilar ongli tushunishi, 
asosiy mazmunini, g‘oyasini anglab etishi uchun analiz, sintez, taqqoslash
umumlashtirish kabi logik priyomlar qo‘llanadi. O‘qilgan asarni analiz qilishda har 
xil ish usullaridan foydalaniladi. Bolalar hikoyadagi asosiy qatnashuvchi 
shaxslarni aytadilar, o‘qituvchi rahbarligida asarning sxematik rejasini tuzadilar 
(tugun, kulminasiya, yechim). Masalan, bolalar O‘.Usmonovning “Chumchuq 
bola” hikoyasida qatnashuvchi shaxslar sifatida Boboxonni, chumchuq bolani, 
Tal’atni aytadilar; “Laqma it” ertagida qatnashuvchilarni: laqma it, echki, mushuk, 
xo‘roz, olaqashqani aytadi. Qatnashuvchi shaxslarni o‘quvchilar har xil tartibda 
aytishlari mumkin. Ammo, o‘qituvchi ularni asarda qatnashgan tartibda aytishni 
so‘raydi. Natijada o‘qituvchi rahbarligida hikoyaning jadvali tuziladi. O‘qituvchi 
bergan savoli yordamida bolalar Boboxon chumchuq bolani bug‘doyzordan tutib 
olgani, uni qiynagani, ko‘chada o‘rtog‘i Tal’atni ko‘rib qolgani, Boboxonning 
ishidan Tal’atning xafa bo‘lgani, chumchuq bolani qizil qalam va o‘chirg‘ichga 
almashib olgani va uchirib yuborgani (qutqargani), Boboxon esa uyalganidan 
dovdirab qolganini aytib beradilar. Hikoyaning mazmuni shunday aniqlanadi. 
Shunday qilib, hikoya mazmuni bilan birinchi tanishish o‘quvchilardan ongli 
ishlashni, ya’ni voqealarni, qatnashuvchilar guruhini analiz qilishni talab qiladi. 
O‘qish bilan bog‘liq holda bajariladigan bunday logik ishlar asta-sekin 
murakkablasha boradi.
Boshlang‘ich sinflar o‘qish darslarida o‘quvchilar nutqini o‘stirish 
vositalaridan biri to‘g‘ri uyushtirilgan qayta hikoyalashdir. Maktab tajribasida 


519 
to‘liq, qisqartirib, tanlab va ijodiy qayta hikoya qilish turlari mavjud. Boshlang‘ich 
sinf o‘quvchilari uchun matnni to‘liq yoki matnga yaqin qayta hikoyalash ancha 
oson, boshqa turlari esa nisbatan qiyinroqdir. Qayta hikoyalashda o‘qilgan hikoya 
mazmuni yuzasidan o‘qituvchining savoli o‘quvchilarni hikoyaning detallari 
haqida, ayrim voqealar o‘rtasidagi bog‘lanishning sabab-natijalari haqida 
fikrlashga qaratilishi lozim. Asar syujetining rivojlanishida qatnashuvchi shaxslar, 
ularning xatti-harakati asosiy rol o‘ynaydi. Bolalar asar mazmunini unda ishtirok 
etuvchi shaxslar va ularning xatti-harakati, xarakterli xususiyatlarini tahlil qilish 
yordamida yaxshi anglab yetadilar. O‘qituvchining savoli asar qahramonlari nima 
qilgani, ularning u yoki bu xatti-harakatlari qayerda va qanday sharoitda yuz 
bergani haqida so‘zlab berishga, voqealarning izchil bayon qilinishiga va o‘zaro 
bog‘liqlikni yoritishga yo‘naltirilishi lozim. O‘quvchi o‘qilgan asar mazmunini 
o‘qituvchi savoli yordamida aytib berishida faqat analizdan emas, sintezdan ham 
foydalanadi: ayrim faktlarni o‘zaro bog‘laydi (sintezlaydi), bir-biriga taqqoslaydi, 
ular yuzasidan muhokama yuritadi va xulosa chiqaradi. Ko‘pincha boshlang‘ich 
sinf o‘quvchilari qatnashuvchi shaxslar xatti-harakatini yaxshi tushunmasliklari, 
ba’zan noto‘g‘ri yoki yuzaki tushunishlari natijasida asar mazmunini anglab 
yetmaydilar. Shuning uchun ham o‘qituvchi savolni juda o‘ylab tuzishi, u bolani 
fikrlashga, o‘ylashga majbur etadigan, qatnashuvchi shaxslarning xatti-harakati, 
voqealarning bog‘lanishi yuzasidan muhokama yuritadigan, ularni o‘zaro 
qiyoslashga, ijobiy va salbiy tomonlarini aniqlashga yordam beradigan bo‘lishi 
lozim. O‘quvchi asarda qatnashuvchilarning xatti-harakatini qanchalik aniq ko‘z 
oldiga keltira olsa, u hikoyaning asosiy mazmunini shunchalik chuqur tushunadi, 
shunchalik mustaqil qayta hikoya qilib beradi. 
Aytish mumkinki, o‘quvchi nutqini o‘stirishda O‘qish darslarining o‘rni 
beqiyos. Bunda bola ko‘proq so‘zlashga, tahlil qilishga, fikrlashga harakat qiladi. 
O‘z fikrini erkin, ravon va chiroyli bayon qilish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi. Shu 


520 
bois boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari bola nutqini o‘stirishda O‘qish darslaridan 
unumli foydalanishlari lozim. 

Download 9,63 Mb.
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   352




Download 9,63 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta

Download 9,63 Mb.
Pdf ko'rish