BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHLARIDA IZOHLI LUG‘ATDAN
FOYDALANISH KO‘NIKMASINI SHAKLLANTIRISH USULLARI
Firuz Safarov
BuxDU PI boshlang‘ich ta’lim nazariyasi
va metodikasi kafedrasi dotsenti
Iroda Ramazonova
BuxDU PI boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi
talabasi
Boshlang‘ich sinflarda foydalaniladigan asosiy lug‘atlardan biri izohli
lug‘atdir. Izohli lug‘at bilan ishlashning asosiy vazifasi boshlang‘ich sinf
o‘quvchilarining so‘z boyligini oshrishdir. Ma’lumki, 6-7 yoshli bolaning so‘z
boyligi katta emas. Ular odatda ko‘p so‘zlarning faqat bitta, o‘z ma’nosini biladi.
Ularning nutqida aniq ma’noli (narsa-buyumni bildiruvchi) so‘zlar ko‘pchilikni
tashkil qiladi, mavhum ma’noli so‘zlar esa (masalan, do‘stlik, tinchlik, baxt) ancha
546
kam. Izohli lug‘at bilan ishlashda lug‘at ishining quyidagi umumiy metodik
tamoyillariga rioya qilish kerak:
1.O‘quvchilar lug‘atini boyitish, ya’ni yangi so‘zlarni, shuningdek, bolalar
lug‘atida bo‘lgan ayrim so‘zlarning yangi ma’nolarini o‘zlashtirish. Ona tilining
lug‘at boyligini bilib olish uchun o‘quvchi o‘z lug‘atiga har kuni 8 ‒10 ta yangi
so‘zni, shu jumladan, ona tili darslarida 4 ‒ 6 so‘zni qo‘shishi, ya’ni shu so‘zlar
ma’nosini o‘zlashtirishi lozim.
2. O‘quvchilar lug‘atiga aniqlik kiritish. Bu o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
1) o‘quvchi puxta o‘zlashtirmagan so‘zlarning ma’nosini to‘liq o‘zlashtirtirish,
ya’ni shu so‘zlarni matnga kiritish, ma’nosi yaqin so‘zlarga qiyoslash, antonim
tanlash yo‘llari bilan ularning ma’nosiga aniqlik kiritish; 2) so‘zning kinoyali
ma’nosini, ko‘p ma’noli so‘zlarni o‘zlashtirish; 3) so‘zlarning sinonimlarini,
sinonim so‘zlarning ma’no qirralarini o‘zlashtirish; 4) ayrim frazeologik
birliklarning ma’nosini o‘zlashtirish.
3. Lug‘atni faollashtirish, ya’ni o‘quvchilar ma’nosini tushunadigan, ammo
o‘z nutqiy faoliyatida ishlatmaydigan nofaol lug‘atidagi so‘zlarni faol lug‘atiga
o‘tkazish. Buning uchun shu so‘zlar ishtirokida so‘z birikmasi va gaplar tuziladi,
ular o‘qiganlarni qayta hikoyalash, suhbat, bayon va inshoda ishlatiladi.
4. Adabiy tilda ishlatilmaydigan so‘zlarni o‘quvchilar faol lug‘atidan
nofaol lug‘atiga o‘tkazish. Bunday so‘zlarga bolalarning nutq muhiti ta’sirida
o‘zlashib qolgan adabiy til me’yoriga kirmaydigan, ayrim adabiy asar va
so‘zlashuv tilida qo‘llanadigan sodda so‘z va iboralar, sheva va ijtimoiy guruhga
oid so‘zlar kiradi.
Boshlang‘ich sinf ona tili va o‘qish darslarida F. Safarov va S. Safarov
tomonidan tuzilgan “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun izohli lug‘at”dan [9]
foydalanish maqsadga muvofiq. Bu lug‘atda boshlang‘ich sinf ona tili va o‘qish
kitobi darsliklaridagi o‘quvchilar uchun tushunarsiz bo‘lgan 2000 dan ortiq so‘z
o‘quvchiga mos tarzda izohlab berilgan.
547
1-sinfda izohli lug‘at bilan ishlashning vazifasi o‘quvchida lug‘atdan
kerakli so‘zni topish va lug‘at maqolasining tuzilishini tushunish (asosan bir
ma’noli so‘z-larda) ko‘nikmasini shakllantirishdan iborat. Lug‘at maqolasini topish
va sahifa raqamini aytish musobaqa, o‘yin shaklida amalga oshiriladi.
Bolalarning lug‘at maqolasini o‘zlashtirish jarayoni alohida ahamiyatga
ega. Masalan, yalpiz so‘zini o‘rganishda quyidagi savol va topshiriqlardan
foydalanish mumkin:
1. Lug‘atda yalpiz so‘zi qanday izohlangan?
2. Izohdan keyin berilgan gaplarni o‘qing. Bu gaplardagi yalpiz so‘zining
ma’nosi izohga to‘g‘ri keladimi?
3. Yalpiz hidi gupurdi gapining ma’nosini izohlang.
4. Yalpiz so‘zini hid, barg, termoq, xushbo‘y so‘zlari bilan bog‘lang (yalpiz
hidi, yalpiz bargi, yalpiz termoq, xushbo‘y yalpiz).
2-sinfda izohli lug‘at bilan ishlashning vazifasi o‘quvchida lug‘at
maqolasining tuzilishi tushunish, ko‘p ma’noli va shakldosh so‘zlarni ajrata olish
ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.
Shuni qayd qilish kerakki, izohli lug‘at bilan ishlashni ham so‘z darajasida,
ham so‘z birikmasi, gap va matn darajasida tashkil qilish lozim.
Misol uchun, so‘z darajasida ishlaganda so‘z ma’nosini aniqlashtirishga
qara-tilgan topshiriqlarni berish mumkin.
1-topshiriq. Lug‘atdan randa, ufurmoq, hashamatli so‘zlarini topib, lug‘at
maqolasiga qarab har birining ma’nosini izohlang.
Izohlai lug‘at bilan ishlashda o‘quvchilarni so‘z ma’nosini izohlashning
turli usullariga o‘rgatish mumkin. Izohli lug‘atda so‘z ma’nosi quyidagi usullarda
izoh
lanadi:
1) jins ma’nosini bildruvchi so‘z va tur belgilarini bildiruvchi so‘zlar
orqali;
548
2) ma’nodosh so‘z keltirish orqali.
Ko‘pchilik so‘zning ma’nosi jins ma’nosini bildruvchi so‘z va tur
belgilarini bildiruvchi so‘zlar orqali izohlanadi. Masalan, beqasam so‘zi lug‘atda
shunday izohlanadi: Ipakdan to‘qiladigan yo‘l-yo‘l gulli pishiq gazlama [ 9,19].
Bu izohdagi gazlama so‘zi beqasamning qaysi jinsga kirishini, ipakdan
|