553
boshqa insonga, jamiyatga, tabiatga va mehnatga o‘z to‘g‘ri
munosabatini bildira
oladigan, mustaqil faoliyat ko‘rsata oladigan, ijodkor, tashabbuskor va tadbirkor
bo‘lmog‘i lozim. O‘quvchida ana shu xususiyatlarning rivojlanishi so‘zsiz
o‘qituvchiga, uning o‘quv-tarbiya jarayonini to‘g‘ri boshqara olishiga va
o‘quvchilar bilan o‘rnata oladigan muomala va munosabatlariga bog‘liq.
O‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyalarini shakllantirishda
ertaklar o‘qitishning nazariy va metodik asoslari katta ahamiyatga ega.
O‘quvchida
shakllantirilishi lozim bo‘lgan fanga oid kompetensiya bo‘yicha: mavzuga oid
o‘rganilgan
hodisalar, tamoyillar va ularning farqlari, o‘xshashliklarini ajratishda
topshiriqlarni noto‘g‘ri bajarsa-da, javob berishga harakat qilishi e’tiborga olinadi.
Hammamiz bolaligimizdan turli-tuman ertaklar tinglab katta bo‘lganmiz.
Ba’zilarimiz balog‘at yoshiga yetganda ham ertak kitoblar o‘qish, film-ertaklar,
multfilmlar ko‘rish ishtiyoqini saqlab qolganmiz. Bu – ertaklarning sehrli olami
g‘oyat maftunkor ekanidan, albatta. Ertak – hikoya tarzidagi xalq og‘zaki
ijodi
asari bo‘lib, eng qadimiy, ommaviy va keng tarqalgan janrdir.
Ertaklar turmushdagi biror qiziq voqeni yoki xayoliy va hayotiy uydirma
asosiga qurilgan ibratli g‘oya asosida ajoyib-u g‘aroyib tarzda, jozibali, ixcham va
mukammal holda aks ettirishi bilan kishida zavq uyg‘otadi. Ertaklarni o‘qir
ekanmiz, biz ajoyib va g‘aroyib o‘lkalarga safar qilamiz, devlar va ajdaholar,
sehrgar va jodugarlarni uchratamiz. Ammo ertak nihoyasiga yaqinlashib borar
ekan, biz hayotiy voqealarga qaytamiz. Ertak qahramonlari
barcha yovuz kuchlar
ustidan g‘alaba qilganligi bizni quvontiradi, yengil nafas olamiz. Ertaklarning
qiziqarli va ta’sirli bo‘lishini ta’minlashda boshqa janrlarning o‘rni va ahamiyati
katta bo‘ladi. Chunki ertaklar bag‘ridan qo‘shiqlar, topishmoqlar, tez aytishlar,
maqol va matallar o‘rin
olar ekan, ertaklar tag‘in ham mazmunli va tarbiyaviy
ahamiyat kasb etuvchi asarlar bo‘ladi. O‘quvchilarda ertakni o‘qitishning nazariy
metodologik nazariyalarini shakllantirib borishimiz kerak.
554
O‘zbek xalqining boy madaniy me’rosi bo‘lmish xalq og‘zaki ijodi
namunalari kichik maktab yoshidagi kitobxonlar uchun ulkan ma’naviy-ma’rifiy
manba hisoblanadi. Xalq ertaklari bu o‘rinda alohida ahamiyatga ega. Mana shu
asarlar yordamida o‘quvchilarda tarbiyaviy jihatlarni takomillashtirib borish zarur.
Epik janrga mansub badiiy asarlarni o‘qish o‘tilgan asar yuzasidan suhbat,
viktorinalar o‘tkazish, asarni tahlil qilish, g‘oyasini ochib berish, qahramonlarning
xatti-harakatlarini
muhokama qilish; bular asosida vatanparvarlik, do‘stlik,
mehnatsevarlik, insonparvarlaik g‘oyalarini o‘quvchilar ongiga singdirib borish
zarur. Badiiy asar ustida ishlash va uning asosiy bosqichlarini belgilashda
o‘qituvchi badiiy asarning san’at asari sifatida o‘ziga xos xususiyatlari va
o‘quvchilaming tayyorgarlik darajasini nazarda tutadi. Badiiy asarda barcha
qismlar (g‘oyaviy asos,
kompozitsiya, syujet, tasviriy vositalar) o‘zaro bog‘liq
bo‘ladi. Syujet rivoji asosida asar qahramonlarining yangi-yangi qirralari ochila
boradi. Bu xususiyatlar asar ustida ishlashda uni yaxlit o‘qish va idrok etishni talab
etadi. O‘quvchilarni badiiy asar ustida ishlashga o‘rgatish ularda adabiy-estetik
tahlil malakasini shakllantirish va o‘stirish orqali ta’lim-tarbiya berishni nazarda
tutadi. Asar matnini tahlil qilish muallif fikrini, hissiyoti va xulosalarini
tushunishga yordam beradi, asarda ifoda etilgan voqealarga munosabat uyg‘otadi.
Asar tahlili o‘qituvchidan o‘quvchilar faoliyatini ma’lum maqsadiga yo‘naltirishni
taqazo qiladi. Darsda keng muhokama qilingan
bunday epik tur namunalari;
hikoya ertak rivoyat namunalari o‘quvchilarning mustaqil kitobxonlikka bo‘lgan
qiziqishi oshishiga yordam beradi.
Xulosa qilib aytganda, epik turga mansub asarlarni o‘quvchilar birgalikda
o‘qiydilar hamda mushohada yuritishni o‘rganadilar. O‘quvchilar bevosita
o‘qituvchi rahbarligida epik turga mansub janrining kompozitsion va badiiy
xususiyatlarini, g‘oyaviy-mavzuviy dolzarbligini tushunib oladilar.