558
foydalaniladi. U o‘quvchining doimiy yo‘ldoshi, darslik materilallarini to‘ldiruvchi
zarur qo‘llanma sanaladi.
Ensiklopediya va izohli lug‘atlar bilan ishlash. Ensiklopediya ilm-
fanning hamma sohalarini o‘z ichiga olagan yoki biror soha bo‘yicha keng, to‘liq
ma’lumot beradigan lug‘at tarzidagi ilmiy to‘plam yoki qomusdir. O‘quvchi bu
qomusdan barcha jumboqlarga javob topadi, istagan bir tushuncha haqida keng va
atroflicha ma’lumot oladi. Ayniqsa, o‘quvchilar lug‘atini yangi tushunchalar bilan
boyitishda, bu tushunchalarni ularning iste’moliga ko‘chirishda entsiklopediya
lug‘atlar muhim ahamiyat kasb etadi. Ona tili mashg‘ulotlarida maktab
o‘quvchilari uchun ixtisoslashtirilgan “U kim – bu nima” (ikki tomlik)
entsiklopediyasidan unumli foydalanish mumkin. O‘quvchilar ushbu qomusdan
foydalanib, ma’lum bir sohaga taalluqli tushunchalar ro‘yxatini tuzishlari, bu
tushunchalarning ma’nosini aniqlashlari, tushuncha va so‘z orasidagi farqni bilib
olishlari kerak.
Izohli lug‘atlar ona tili mashg‘ulotlarida tez-tez kerak bo‘ladigan
qo‘llanmalardir. Ulardan unumli foydalanish o‘quvchilar nutqini ko‘p ma’noli
so‘zlar, ma’nodosh, uyadosh va qarama – qarshi ma’noli so‘zlar, tasviriy ifoda va
iboralar, frazeologik birikmalar bilan boyitish, ma’nosi har xil, shakli bir-biriga
yaqin so‘zlar (paronimlar)ni farqlash, so‘zlarning ma’no nozikligi va qaysi uslubga
xosligini aniqlashga yordam beradi. Ayniqsa, lug‘atdan foydalangan holda ayni bir
so‘zning ham turli ma’nolarini, ham ma’nodoshlarini, ham uyadoshlarini aniqlash
maqsadga muvofiqdir. Shu bois, boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga lug‘at bilan
ishlash texnikasini o‘rgatish, Ona tili darslarida bu ko‘nikmani shakllantirib borish
lozim.