563
hayvonlarning
xatti-harakati, o‘zaro munosabatlari ba’zan kishilar hayotida ham
uchrashini, masal axloqiy bilim beradigan hikoya ekanini, ko‘proq she’riy tarzda
bo‘lishini, unda kishilardagi ayrim kamchiliklar
tasvirlanishini bilib ola
boshlaydilar
.”Tovuq bilan tulki” masalida rostgo‘ylik, do‘stlik,hamjihatlik,
tinchlik kabi goyalar ilgari suriladi.’’Baland daraxt shoxiga qo‘nib, qag‘-qag‘lab
yotgan Tovuqning tovushi butun o‘rmonga taralib, ochlikdan sillasi qurigan
Tulkining e’tiborini tortibdi. Tovuqning baland shoxda turganini ko‘rgan Tulki uni
hiyla bilan pastga tushirdi.” Masallarda yashiringan o‘tkir kinoya, voqealarning
tez-tez orin almashinib turishi uni bir maromda o‘qishga xalaqit beradi. Shuning
uchun ifodali o‘qishga yetarli malaka hosil qilmagan o‘quvchi avval matn bilan
yaxshilab tanishib chiqishi lozim.
Masal
tahlil qilinayotganda, voqea rivojini jonli tasavvur qilish, obrazlarni
aniq idrok etishda o‘quvchilarga yordam berish zarur. Chunonchi,
ularga ayrim
epizodlarni so‘z bilan tasvirlash, ba’zilariga o‘qituvchi yordamida tavsif berish,
ishning oxirgi bosqichida rollarga bo‘lib o‘qish kabilarni tavsiya qilish maqsadga
muvofiq. Qahramonlarga tavsif berishda uning
xatti-harakati bilan birga, tilning
o‘ziga xos xususiyatlaridan ham foydalaniladi. Masalni ifodali o‘qishga
tayyorlanishda uning syujetini bilish bilan birga, muallif tilini yaxshi tushunish
zarur.4-sinf “O‘qish kitobi”da berilgan
“Baqa bilan Taqa” (Aziz Abdurazzoq)
masalida baqa timsoli orqali yozuvchi o‘ziga mos bo‘lmagan, o‘ziga to‘g‘ri
kelmaydigan narsalarni orzu qilish va bu orzuni amalga
oshirishda boshqalarning
maslahati, nasihatiga quloq solmay, o‘z aytganidan qaytmaydigan, o‘jar kishilarni
tanqid ostiga oladi. Baqa otlar kabi taqa bilan tovush chiqarib yurishni, yurganda
yerni jaranglatib, odamlarga bu dunyoda o‘zining borligini
bildirib yashashni
istaydi. U taqachining
“Taqani o‘ylama, uni otga chiqargan, senga taqa qoqsam,
sakrashdan mahrum bo‘lasan ... Sen taqa bilan yo‘rg‘alay olmaysan.
Yo‘rg‘alashni ham otga chiqargan”, “Sen borligingni bildirib yurmoqchi
bo‘lsang, sayrab yuraver” deyishlariga quloq solmaydi. Bu o‘jarlik uning boshiga
564
kulfat keltiradi: suv tagiga cho‘kib ketadi. Yonidagi baqalar bo‘lmaganda halok
bo‘lishi ham tayin edi. Kech bo‘lsa ham baqa xatosini anglab yetadi, taqachi oldida
xijolat chekadi. Bu holatlar o‘quvchini o‘z hayotiga,
xatti-harakatiga bir nazar
tashlashga undaydi. Ular o‘z tengqurlari kabi yashash kerakligini anglaydilar.
Masallar yosh avlodni o‘sib ulg‘ayishida axloqiy va tarbiyaviy ahamiyatga
ega bo‘lib ularning o‘qishlari va kelajakda yaxshi ,yetuk inson bo‘lib
gavdalanishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.Shu bilan birga ularning
kitobxonlik doirasini ham kengaytiradi.