Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Sh.M.Mirziyoev. “Erkin va farovon,demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda
barpo etamiz”, Toshkent “O‘zbekiston”-2016.
2.Abdullaeva Q. Nutq o‘stirish. Toshkent: O‘qituvchi, 1980.
3.Tarbiya ensiklopediyasi. T; ‘O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”, 2010.
4.Zunnun Sh.Tasavvuf, Durdonalar xazinasi. Hikoyatlar, masallar, rivoyatlar,
nasihatlar, hikmatlar, latifalar. T; ‘Sharq”,1999.
5.Mahmudov R O‘rta Osiyo mutafakkiri axloq-odob haqida. T”:’’Adabiyot va
san’at”, 1999.
MATEMATIKA DARSLARIDA DIDAKTIK OʻYINLI
TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
Ochilova Laylo Temirovna
BuxDUPI o‘qituvchisi
Xudoyberganova Laylo
BuxDUPI talabasi
Ta’lim jarayonida o‘yinli texnologiyalar didaktik o‘yinli dars shaklida
qo‘llaniladi. Ushbu darslarda o‘quvchlarning bilim olish jarayoni o‘yin faoliyati
orqali uyg‘unlashtiriladi. Shu sababli o‘quvchlarning ta’lim olish faoliyati o‘yin
faoliyati bilan uyg‘unlashgan darslar didaktik o‘yinli darslar deb ataladi.
Inson hayotida o‘yin faoliyati orqali quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:
565
o‘yin faoliyati orqali shaxsning o‘qishga, mehnatga bo‘lgan qiziqishi ortadi;
o‘yin davomida shaxsning muloqotga kirishishi ya’ni, kommunikativ –
muloqot madaniyatini egallashi uchun yordam beriladi;
shaxsning o‘z iqtidori, qiziqishi, bilimi va o‘zligini namoyon etishiga imkon
yaratiladi;
hayotda va o‘yin jarayonida yuz beradigan turli qiyinchiliklarni yengish va
mo‘ljalni to‘g‘ri olish ko‘nikmalarining tarkib topishiga yordam beradi;
o‘yin jarayonida ijtimoiy normalarga mos xulq-atvorni egallash,
kamchiliklarga barham berish imkoniyati yaratiladi;
shaxsning ijobiy fazilatlarini shakllantirishga zamin tayyorlaydi;
insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan qadriyatlar tizimi, ayniqsa, ijtimoiy,
ma’naviy-madaniy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o‘rganishga e’tibor
qaratiladi;
o‘yin ishtirokchilarida jamoaviy muloqot madaniyatini rivojlantirish ko‘zda
tutiladi.
Didaktik o‘yinli mashgʻulotlarni o‘quvchlarning bilim olish va o‘yin
faoliyatining uygʻunligiga qarab: sujetli-rolli o‘yinlar, ijodiy o‘yinlar,
ishbilarmonlar o‘yini, konferentsiyalar, o‘yin-mashqlarga ajratish mumkin.
O‘qituvchi-pedagog avval o‘quvchlarni individual (yakka tartibdagi), so‘ngra
guruhli o‘yinlarga tayyorlashi va uni o‘tkazishi, o‘yin muvaffaqiyatli chiqqandan
so‘ng esa ularni ommaviy o‘yinlarga tayyorlashi lozim. Chunki o‘quvchlar
didaktik o‘yinli mashgʻulotlarda faol ishtirok etishlari uchun zaruriy bilim,
ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishlari, bundan tashqari, guruh jamoasi o‘rtasida
hamkorlik, o‘zaro yordam vujudga kelishi lozim.
Boshlang‘ich ta`limda didaktik o‘yin texnologiyalaridan foydalanish eng
samarali vositalaridan biri hisoblanadi. Ular o‘quvchi shaxsidagi ijodiy
imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarish va rivojlantirishning amaliy yechimlarini
aniqlash va amalga oshirishda katta ahamiyatga ega.
566
Didaktik o‘yin texnologiyalari o‘quvchilarda tahlil qilish, mantiqiy
fikrlash,
hisoblash
, o‘lchash, kuzatish, solishtirish,
xulosa chiqarish
, mustaqil qaror
qabul qilish, guruh yoki jamoa tarkibida ishlash, nutq o‘stirish va boshqa faoliyat
turlarini rivojlantirishga qaratadi.
|