didaktik oʻyinlar bilan tashkil qilish
o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishini orttiradi, matematik savodxonligi, fan va
texnika yangiliklaridan xabardorligi hamda fanga oid kompetensiyalarni
egallaganlik darajasi rivojlanib boradi.
Adabiyotlar ro‘yxati:
1. A.Qushnazarova. Umumta‘lim fanlar metodikasi.-T 2019 №6(102)-18 b.
2. A.A.Ibragimov. Matematik matnlarni tayyorlash texnologiyalari. Uslubiy
qo‘llanma.—Navoiy: NavDPI nashriyoti, 2013.-64 b.
3.
www.ZiyoNet.uz
4.
www.Arxiv.uz
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QISH KITOBLARIDA XALQ
MAQOLLARINING O‘RNI VA AHAMIYATI
M.O‘rinova
BuxDUPI o‘qituvchisi
S.Yo‘lchiyeva
BuxDUPI talabasi
Maktabda bolalarni o‘qishga o‘rgatishdan maqsad og‘zaki nutq yuzasidan
o‘quvchilarda mustahkam bilim hosil qilish, hayotning hamma sohalarida faol
ijodiy faoliyat ko‘rsata oladigan savodli va madaniyatli kishilarni tarbiyalab
etishtirishdir.
Ma’lumki, o‘qish darslari atrof-muhit, insoniy munosabatlar, vatannning
o‘tmishi va hozirgi kundagi hayoti haqidagi o‘quvchilar bilimlarini
569
kengaytiradi, dunyoqarashlarining shakllanishiga, ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga
katta ta’sir ko‘rsatadi. Natijada o‘quvchilarda ijobiy sifatlar shakllana boshlaydi,
vatanparvarlik, insonparvarlik hislari rivojlanadi. Bundan tashqari, o‘qish
darslarining asosiy vazifalari muhim xususiyatlarni o‘zida mujassamlashtirgan.
Jumladan, ta’lim berish orqali o‘quvchilarda ijobiy-axloqiy sifatlarni tarbiyalash
dunyoqarashni shakllantirish, ekologik-estetik, mehnat, iqtisodiy va huquqiy
tarbiya berish kabilar alohida e’tirofga sazovor.
Umuman, “O‘qish kitobi” darsliklari birinchi sinfdan to‘rtinchi sinfga qadar
asosiy fan sifatida haftaga to‘rt-besh soatdan o‘tkaziladi. Ularning tarkibiy tuzilishi
esa har biri o‘ziga xos. Ya’ni birinchi sinf “O‘qish kitobi” matnlari bilan to‘rtinchi
sinf materiallari mavzu mundarijasi, matnlar hajmi, badiiyati, janri bilan
farqlanadi. Aniqrog‘i, soddalikdan murakkablik tomonga mukammmalllashib
boradi.
Mustaqillik yillarida yaratilgan darsliklarning muhim xususiyatidan biri,
ularda xalq ijodi namunalariga keng o‘rin ajratilganligidir. Maqollar ana shunday
e’tirofga loyiq. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga turli ta’lim-tarbiya usullari bilan
birga, xalq maqollaridan foydalanish, xalq og‘zaki ijodini o‘rganishga
bag‘ishlangan mavzularning salmoqliligi maqsadga muvofiqdir. Zero, amaldagi
“O‘qish kitob”larida maqollarning rang-barang shaklda berilishi bejiz emas.
Amaldagi birinchi sinf “O‘qish kitobi” (T.: Sharq, 2007, muallif-tuzuvchilar:
T.G‘afforova, E.Shodmonov, G.Eshturdiyeva) yetti bo‘lim hamda mustaqil o‘qish
uchun berilgan matnlardan iborat. Bulardan “Ilm aql chirog‘i”, “Xalq o‘giti – baxt
kaliti”, “Odob insonga husn”. “Mehnatning tagi rohat” bo‘limlarining nomiyoq
bevosita maqol yoki hikmatli so‘z bilan bog‘lanadi. Fanning yillik o‘quv rejasida
maqollar uchun bir soat (45 minut) ajratilgan, xolos. Bu ham bo‘lsa, mustaqil
o‘qish yoki sinfdan tashqari o‘qish soatiga mo‘ljallangan. Ammo darsliklarda
maqollar talaygina. Turli mavzudagi maqollarning bevosita alohida berilgan
namunalari o‘ttiz uchta. “O‘qish kitobi”da shuningdek, matnlar tarkibida,
570
hissasida, sarlavhasida, rebus hamda boshqotirmalarda ham maqollar keltirilganki,
bular bilan hisoblaganda birinchi sinf o‘quvchilari ellikdan ortiq xalq maqollaridan
voqif bo‘lishlari ma’lumlashadi.
Jumladan, “O‘zbekiston – Vatanim mening” deb nomlanuvchi birinchi
bo‘limda “Ota rozi – Vatan rozi” degan she’r berilgan. Muallif Eson Rahimov
she’r sarlavhasida “Ota rozi – Xudo rozi” degan maqolni o‘zgartirib bergani
anglashiladi.
94
Buni tadqiqotchilar leksik variantli maqollar tarzida e’tirof etishadi.
Ya’ni maqollardagi so‘zlarni almashtirish natijasida yangi variantlar hosil
bo‘ladi.
95
(masalan: “bosh omon bo‘lsa, do‘ppi topiladi”; “Bosh omon bo‘lsa, mol
topiladi” yoki “Yuziga chidagan, yuz biriga ham chidar” kabi ). Demak, she’rning
g‘oyaviy mazmuniga singdirilgan xalq maqoli mustaqillik tufayli Vatan
tushunchasini ifodalashga xizmat qilgan. Birinchi sinf o‘quvchilariga bu
tushunchani anglatishda xalq maqolining ixchamligi, lo‘nda va purma’noliligi qo‘l
kelgan. Shunga o‘xshash, xalq maqollarining obrazli ifodasini “O‘qish kitobi”dagi
“Shoh va shoir” matnida ham ko‘rish mumkin
96
. Unda ulug‘ sarkarda va shoir
Zahiriddin Muhammad Bobur haqida qisqacha ma’lumot berilib, mashhur ruboiysi
keltiriladi:
Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidur,
Har kimki jafo qilsa, jafo topqusidur.
Yaxshi kishi ko‘rmagay yomonlik hargiz,
Har kimki yomon bo‘lsa, jazo topqusidur.
Bu ruboiyda xalq maqollarining bir necha varianti o‘z ifodasini topgan.
Chunonchi “Yaxshidan vafo, yomondan jafo”, “Yaxshidan sharofat, yomondan
kasofat”, “Yaxshi yurgan yeriga, tinchlik solar eliga, Yomon yurgan yeriga, o‘t
qo‘yadi eliga”, “Yaxshilik to‘rga eltar, yomonlik go‘rga”
97
kabi maqollar shular
jumlasidandir. Xalqimiz bu kabi bir turkum maqollarda kishi jamiyatda o‘zini
1.
B. Jo‘rayeva. O‘qish kitobi. 1-sinf uchun darslik, 9-bet.
95
. O‘sha manba , 50-bet.
96
O‘sha manba , 30 – bet.
97
O‘sha manba, Hikmatnoma, 461-бет.
571
qanday tutishi lozimligi yuzasidan ta’lim beradi. Odamlarga yaxshilik qilish
zarurligini qayta-qayta uqtiradi, yaxshilik yaxshi samaralar berajagini ko‘rsatadi
va aksincha, odamlarga qilingan yomonlik yomon oqibatlarga olib borajagini
ta’kidlash orqali kishini yomonliklardan qaytaradi. Binobarin, birinchi sinf
o‘quvchilari yuqoridagi ruboiy zamiridagi ana shu hikmatni anglashlari ko‘zda
tutilgan.
Birinchi sinf “O‘qish kitobi” da maqollarning yana bir namunasi matn
uchun asos bo‘lgan rivoyatnoma, ya’ni rivoyat shaklda ifodalangan usulidir.
Darslikning 91-sahifasida Abdulla Avloniyning “Maqtanchoq g‘oz” hikoyasi
berilgan. Unda g‘ozning o‘ziga-o‘zi maqtanib, ham suvda suzishi, ham quruqlikda
yura olishi, ham uchib bilishidan xursandligi, ammo baliqdek suza olmagani,
kiyikday yugura olmasligi, lochindek ucha olmasligi kinoya qilingan. “Chala-
chulpa uch hunarni bilguncha, birini yaxshilab bilganing ma’qul” deydi g‘ozga
qurbaqa. Shu sababli, “Maqtanma g‘oz, hunaring oz” maqoli ushbu matn ostida
berilgan. Maqollarni xalq yaratarkan, shunga o‘xshash rivoyatlar zamirida bunyod
bo‘lganiga shubha yo‘q. Xuddi shunday maqollarning rivoyat zamirida kelishi
Abdusodiq Irisovning “Arpa bug‘doy osh bo‘lur” sarlavhali matnida ham
uchraydi. Ya’ni puldor va oltinli kishilarning uzoq safar chog‘ida bir burda nonu
suvga, talqonga zor bo‘lib, “Arpa-bug‘doy osh ekan, oltin-kumush tosh ekan” –
degan maqolni ishlatishi oydinlashgan.
Maqollar ma’nosini sharhlar ekanmiz, uning zamirida ezgulikka yetaklash,
yomondan yiroq yurish, ilmga da’vat etish mavzulari yetakchilik qilganiga guvoh
bo‘lamiz. Shunday ekan, boshlang‘ich ta’lim o‘quvchilarining ma’naviyatini ayni
shu maqollar bilan boyitish ularning barkamol shaxs bo‘lib yetishishida asosiy rol
o‘ynaydi.
|