Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Abdullayeva K. va boshqalar. Savod o‘rgatish darslari. –T.:
O‘qituvchi,
1996-yil.
559
2.
Qosimova K. Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi. -
Toshkent: “O‘qituvchi”, 1985. –В. 216.
3.
Hamroyev A. Boshlang‘ ich sinflarda ona tili ta’limini ijodiy tashkil
etish.// “Pedagogik mahorat” jurnali. 2002-yil, 1- son, 53-55b.
4.
Hamroyev A. Ona tili darslaridagi ijodiy topshiriqlarning tiplari. //
“Pedagogik mahorat” jurnali. 2002-yil, 3- son, 45-48-b.
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA MASAL O‘RGATISHNING
TARBIYAVIY AHAMIYATI
D.M.
Nosirova,
BuxDUPI Xorijiy tillar
kafedrasi katta o‘qituvchisi
G.I. Bafoyeva,
BuxDUPI I bosqich talabasi
Bugungi kunda mamlakatimizda barcha sohalar kabi adabiyothunoslik ilmi
ham jadal sur’atlar bilan rivojlanmogda. Ayniqsa, og‘zaki nutqni rivojlantirishga
hamda ular bilan milliy tilimiz xususiyatlarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish kun
sayin ortmoqda.Tobora rivojlanayotgan O‘zbekistonning kelajakda yanada
taraqqiy etishi va yuksalishida, mustahkamlanib borishida o‘z ona tilimizni
atroflicha mukammal o‘rganishning ahamiyati beqiyosdir. Bu hozirgi kundagi
ta'lim tarbiya jarayonini yaxshilashga, keyingi yillarda o‘qitishdagi muhim
ko‘zlangan narsa bu o‘quvchilarni boshlang‘ich sinfdan boshlab og‘zaki nutqini
o‘stirishdan iborat bo‘ldi. Barchamizga ayon-ki, ertak, masal, topishmoqlar til
o‘rgatish avval og‘zaki nutqni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Masal – axloqiy, satirik va kesatiq mazmunini kinoyaviy obrazlarda aks
ettirgan aksariyat kichik she’riy, ba’zan nasriy asardir. Inson xarakteriga xos
xususiyatlar masalda majoziy obrazlar − hayvonlar, jonivorlar va o‘simliklar
dunyosiga ko‘chiriladi. Timsollarning kinoyaviy xarakterda bo‘lishidan tashqari,
kulgili savol-javob ham masal tili va uslubi uchun xarakterlidir. Ko‘pincha
560
masalning kirish qismida, ba’zan pirovardida qissadan hissa - ibratli xulosa
chiqariladi. Adabiyot nazariyasida masalga liro-epik janrlardan biri sifatida she’riy
shakldagi, majoziy xarakterdagi qisqa syujetli asar deb ta’rif beriladi. Masallarda
turli
hayvonlar
majoziy
suratda
asarning
qahramonlari
sifatida
tasvirlanadi.Masalan quyidagi ,,
Ikki do‘st va ayiq” nomli
masalga e’tibor
qaratsak:
“
Ikki do‘st o‘rmonda aylanib yurganlarida to‘satdan ayiqqa duch kelib
qolishibdi. Ulardan birinchisi shoshib daraxtga chiqib olibdi va ayiqning
changalidan qutulib qolibdi. Ikkinchisi esa, hech narsa qo‘lidan kelmasligini bilib,
o‘zini o‘lganga solib yotib olibdi.Ayiq yerda yotgan kishining oldiga kelib,
qulog‘ini hidlabdi. Hatto uni turtib ham ko‘ribdi. Kishini o‘lgan deb o‘ylab, unga
tegmasdan
ketib
qolibdi.
Ayiq
ketgach,
haligi
kishining
do‘sti
daraxtdan
tushib
kelib:
— Do‘stim, ayiq qulog‘ingga nima deb shivirladi? — deb so‘rabdi.
— U menga: qiyinchilik paytida tashlab ketadigan do‘st bilan sayohatga chiqishni
yaxshilab o‘ylab ko‘rmabsan-da, dedi, xolos, — deb javob beribdi
do‘sti”.Qissadan hissa:masalda do‘stlik qiyinchilikda sinaladi.
Masal kichik hajmli, ammo boy mazmunli, tugun, kulьminatsion nuqta va
yechimi bo‘lgan kichik pьesani eslatadi. U biror voqea-hodisani qisqa, mazmunli
tasvirlashda ajoyib namuna bo‘la oladi.«Antik adabiyotda
Ezop (miloddan avvalgi
6-asr) yunon masalchisining
masallari juda mashhur bo‘lgan. O‘z ma’nosidan
ko‘chirilgan (majoziy) so‘z va kinoyaviy iboralar orqali qilinadigan “yashirincha”
tanqidning tili va uslubi Ezopga nisbatan berilib, “Ezop tili” deyilgan va shu ta’bir
joriy qilingan». Ezop quldorlik jamiyati sharoitida hukmron doiralarning jirkanch
kirdikorlarini ochiqdan-ochiq tanqid qilish ilojini topolmagach, o‘zining satirik
asarlarini kinoyaviy til va uslubda yozishga majbur bo‘lgan. Feodal istibdodi
sharoitlarida yashab ijod etgan mashhur rus masalchisi I. A. Krilov ham, atoqli
o‘zbek masalchisi Gulxaniy ham “ezop tili”da yozganlar. Frantsuz shoiri
561
Lafontenning masallari ham mashhur. A. Navoiy dostonlarining bir qancha
epizodlari, “Sher bilan Durroj”, “Kabutar” singari masallari yaxshi xislatlarni
tarbiyalashda katta rol o‘ynaydi.
O‘zbek adabiyotida Sayido Nasafiy, Maxmur, Gulxaniy kabi shoirlar ham
Navoiy an’analarini davom ettirganlar, bolalarbop ko‘pgina masallar
yozganlar.Hayvonlar, parrandalar, hasharotlar, gullar haqidagi majoziy asarlarni
bolalar qiziqib o‘qiydilar. Mana shu nuqtai nazardan Sayido Nasafiyning
“Bahoriyot” (“Hayvonotnoma”) asari ahamiyatlidir. Nasafiyning masallari, axloqiy
va tarbiyaviy masalalarga doir fikr hamda qarashlari bolalarning o‘qish va
tarbiyasida katta ahamiyat kasb etishi bilan birga, ularning kitobxonlik doirasini
ham kengaytiradi.
Mashhur masalnavis Gulxaniyning “Toshbaqa bilan Chayon”, “Maymun
bilan Najjor” masallari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yoshiga mos keladi.
Ularda do‘stlik, rostgo‘ylik, qo‘lidan kelmaydigan ishga urinmaslik kabi g‘oyalar
ilgari suriladi.Ma’lumki, tarbiya ko‘proq ta’lim jarayonida berib boriladi.
Bolalarga maktabga kelgan kunidan boshlab, bilim olishga havas tuyg‘usi
shakllantiriladi. Ularda asta-sekin bilim olishga ehtiyoj paydo bo‘ladi va bu orqali
o‘quvchilar ma’naviy ozuqa ola boshlaydilar. Bu bilan bolada kelajakka intilish,
orzu-havas, mehnatga chanqoqlik, xayru ehsonda sofdillik, ona-Vatanga mehr-
muhabbat, fidoyilik, milliy g‘urur, matonat, mehr-oqibat, do‘stlik, ezgulik kabi
yuksak hislar paydo bo‘ladi.
Jumladan, masal janridagi asarlar ham boladagi qo‘pollik, qo‘rslik,
yolg‘onchilik, yalqovlik, beparvolik kabi illatlarni bartaraf etishda yordam beradi.
Lekin amaldagi boshlang‘ich sinf “O‘qish kitobi” darsliklarida masal janriga kam
o‘rin berilgan. Vaholanki, bola tarbiyasida masalning o‘rni beqiyosdir. Masaldagi
qissadan hissa o‘quvchi matndagi e’tibordan chetda qoldirgan, yuzaki o‘qib o‘tib
ketgan, yaxshi anglashga harakat qilmagan o‘rinni, bo‘shliqni to‘ldiradi.3-sinf
“O‘qish kitobi”dan o‘rin olgan “Qaysar buzoqcha” (O. Qo‘chqorbekov) masali
562
oilasi, o‘rtoqlari, do‘stlaridan ajralib, yomon yo‘llarga kirib qolgan, oqibatda
ko‘ngilsiz holatlarga tushib qolgan bolalarni tarbiyalashda katta ahamiyatga ega.
Ushbu masaldagi asosiy xulosa masal oxirida berilgan qissadan hissada, ya’ni ota-
bobolarimiz yaratib, bizga nasihat sifatida qoldirgan “Bo‘linganni bo‘ri
yer” hikmatida o‘z ifodasini topgan. Bu hozirgi kunda maqol tusini olgan. Shoir
esa bundan juda ustalik bilan foydalangan.
“ Chumoli va Tipratikan” masali esa nasriy turga mansub bo‘lib, unda
Chumoli timsoli orqali bolalar halollikka o‘rgatiladi, har bir narsani, u katta yoki
kichik bo‘lishidan qat’iy nazar, so‘rab olishga, egasining ruxsati bilan
foydalanishga da’vat etiladi. Masalni o‘qishda bolalar Tipratikan timsoliga
tanqidiy nazar bilan yondashadilar, agar o‘zining hayotida biron-bir shunday holat-
voqea yuz bersa, uni boshqa takrorlamaslikka o‘rganadilar.Masalning, avvalo,
ixchamliligi, tilining qisqa va lo‘ndaligi, soddaligi, o‘tkirligi va xalqchilligi bola
hissiyotiga qattiq ta’sir qiladi. Bular o‘quvchilar nutqini o‘stirishda ham muhim
material hisoblanadi. Masal qahramonlarining xatti-harakatlari, fe’l-atvorlari,
nutqiy o‘ziga xosliklari o‘quvchining diqqatini o‘ziga jalb qiladi.Shuningdek,
“O‘qish kitobi”da “Qaysar buzoqcha” (O. Qo‘chqorbekov), “Chumoli va
|