• O‘QUVCHILARDA LUG‘ATLARDAN FOYDALANISH MALAKALARINI SHAKLLANTIRISH M.O‘rinova, BuxDUPI o‘qituvchisi, Z.Esanova
  • Imlo lug‘ati” bilan ishlash.
  • Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta




    Download 9,63 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet193/352
    Sana10.01.2024
    Hajmi9,63 Mb.
    #134163
    1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   352
    Bog'liq
    BuxDUPI to\'plam

    Foydalanilgan adabiyotlar: 


    555 
    1. Bakhtiyorovna, Adizova Nigora, and Adizova Nodira Bakhtiyorovna. 
    "The role of the fun genre in children's spiritual development." Middle European 
    Scientific Bulletin 4 (2020): 38-40. 
    2. Rakhmonovich, Adizov Bakhtiyor, and Adizova Nodira Bakhtiyorovna. 
    "Microtoponyms formed on Different bases in Bukhara District." Middle European 
    Scientific Bulletin 10 (2021). 
    3. Bakhtiyorovna, Nodira Adizova. "Place Names and Related Concepts 
    Study." European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630) 14 (2022): 153-
    157. 
    4. Rakhmonovich, Adizov Bakhtiyor, and Nodira Adizova Bakhtiyorovna. 
    "Linguistic classification of toponyms of bukhara district." Emergent: Journal of 
    Educational Discoveries and Lifelong Learning (EJEDL) 2.09 (2021): 1-7.
    5. К. Qosimova va b. Ona tili o‘qitish metodikasi. – Т.: Noshir. 2009.
    6. S. Matchonov. Adabiyot darslarida tahlil va talqin uyg‘unligi. Til va 
    adabiyot ta’limi. 7- son, 2020.
    8. H. Bakiyeva. 4- sinf o‘qish darslarida adabiy tahlil ko‘nikmalarini 
    shakllantirish. –T.: Nodirabegim. 2021.
    9. S. Matchonov va b. 4-sinflarda o‘qish darslari. –T.: Yangi yo‘l poligraf 
    servis. 2007.
    O‘QUVCHILARDA LUG‘ATLARDAN FOYDALANISH 
    MALAKALARINI SHAKLLANTIRISH 
    M.O‘rinova,
    BuxDUPI o‘qituvchisi, 
    Z.Esanova,
    BuxDUPI talabasi 
    Lug‘at imlo savodxonligini oshirish, so‘z boyligini kengaytirishning muhim 
    manbayi hisoblanadi. Modomiki, o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirish ona tili 
    mashg‘ulotlarining asosiy vazifalaridan biri ekan, ularni turli lug‘atlar bilan 


    556 
    tanishtirish va bu lug‘atlardan foydalanish malakalarini shakllantirish juda muhim.
    Lug‘atlardan foydalanish malakalarini shakllantirish ularda ehtiyojni 
    tarbiyalashdan boshlanadi. Chunki ehtiyoj sezilmasa, o‘quvchi lug‘atga murojaat 
    qilmaydi. Ma’lum bir so‘zning imlosi, ma’nosi, ma’nodoshi, qarama-qarshi 
    ma’nosi, 
    uyadoshini 
    bilish 
    zaruriyati 
    ehtiyojni 
    vujudga 
    keltiradi. 
    O‘quvchilarni ular faoliyatida zarur bo‘ladigan lug‘at turlari bilan tanishtirishga 
    alohida e’tibor berish kerak. Chunki turli lug‘atlar bilan tanishgan o‘quvchi nimani 
    qayerdan izlash kerakligini ham yaxshi biladi.
    Ma’lumki, keyingi yillarda o‘zbek leksikografiyasi katta muvaffaqiyatlarni 
    qo‘lga kiritdi. Ayniqsa, 14 tomlik entsiklopediya lug‘ati, 2 tomlik izohli lug‘at, 
    imlo lug‘ati morfem lug‘at, frazeologik lug‘at, sinonim so‘zlarning izohli lug‘ati, 
    antonim so‘zlarning izohli lug‘ati, paremeologik lug‘at, turli sohalarga oid 
    atamalarning izohli lug‘atlari (masalan, paxtachilik atamalarining izohli lug‘ati, 
    matematik atamalarning ozohli lug‘ati kabi)ning nashr etilganligi o‘zbek 
    leksikografiyasining taraqqiyotidan dalolat beradi. Ammo bu lug‘atlarning asosiy 
    qismi akademik lug‘atlar bo‘lib, ular o‘rta maktab o‘quvchilari uchun ancha 
    qiyinlik qiladi. Bugungi ona tili mashg‘ulotlari o‘quvchilar uchun 
    ixtisoslashtirilgan “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”, “O‘zbek tilining uyadosh so‘zlar 
    lug‘ati”, “O‘zbek tilining ma’nodosh so‘zlar lug‘ati”, “O‘zbek tilining qarama-
    qarshi ma’noli so‘zlar lug‘ati” kabilarga tobora ko‘proq zaruriyat sezmoqda. Bu 
    hozirgi kunda kechiktirib bo‘lmaydigan dolzarb vazifalardan biridir. Keyinchalik 
    esa bu lug‘atlar sirasi “O‘zbek tilining tovushdosh so‘zlar lug‘ati”, “O‘zbek tilidagi 
    eskirgan soz’lar lug‘ati”, “O‘zbek tili va adabiyoti: o‘rta maktab o‘quvchilari 
    uchun ensiklopediya” va hokazolar bilan to‘ldirilishi kerak. Lug‘atlardan tez va 
    to‘g‘ri foydalanish uchun o‘quvchi zarur malakalarga ega bo‘lishi lozim. Bu 
    malakalardan eng muhimi alfavit tartibini yaxshi bilishdir. Alifboni yoddan 
    bilmagan o‘quvchi lug‘atdan zarur so‘zni tez topa olmaydi. Shuning uchun 
    boshlang‘ich sinflardayoq o‘quvchilarning alfavit tartibini yaxshi bilishlariga 


    557 
    erishish va izchil kursni o‘rganish jarayonida bu borada muntazam ish olib 
    borishga to‘g‘ri keladi.
    Lug‘at bilan ishlash uchun zarur malakalardan yana biri ulardan maqsadga 
    muvofiq ravishda foydalanishdir. Masalan, sinonimik qatorlar hosil qilish zarur 
    bo‘lsa, imlo lug‘atiga murojaat etilmaydi. Topshiriqni bajarish uchun qaysi 
    lug‘atga murojaat etish kerakligini bilgan bola, shubhasiz, undan samarali 
    foydalana oladi.
    Lug‘atlar turli tuman bo‘lgani kabi, ular bilan ushlash usullari ham rang-
    barangdir. O‘quvchilarning lug‘at bilan ishlash malakalarini shakllantirish uchun 
    muayyan ish turlari talab etilsa, ularning imlo savodxonligini oshirish uchun 
    tamoman bohsqa, so‘z boyligini rivojlantirish uchun esa o‘ziga xos maxsus 
    mustaqil ish turlaridan foydalanish talab qilinadi.
    Imlo lug‘ati” bilan ishlash. “Imlo lug‘ati” faqat o‘quvchilarning imlo 
    savodxonligini emas, balki so‘z boyligini oshirishda ham muhim qo‘llanmadir. 
    O‘zbek tilining barcha bo‘limlarini o‘rganishda “Imlo lug‘ati” dan unumli 
    foydalanish kerak. Masalan, “Fonetika, orfoepiya, grafika va orfografiya” 
    bo‘limini o‘rganishda a, i, u, o‘ harflari ishtirok etgan so‘zlar topish, u – o‘, i – u, 

    Download 9,63 Mb.
    1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   352




    Download 9,63 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta

    Download 9,63 Mb.
    Pdf ko'rish