Литература
1. Мирзиёев Ш.М. Учителя и наставники - самая важная наша опора в
построении нового Узбекистана. Бухарский вестник от 1 октября 2020 г,
№ 65 - 66
2. Бакушинский А.В. Исследования и статьи. Избранные искусствоведческие
труды. – Москва, С.Художник, 1981. -350 с.
3. Неменский Б. Мудрость красоты. О проблемах эстетического воспитания.
Кн. для учителя. – Москва:, просвещение, 1987. -255 с.
4. Подласый И.П. Педагогика. Новый курс: Учебник для студ.пед.вузов: В 2 кн.
– М.: Гуманти.изд.центр ВЛАДОС, 1999. – Кн.2: Процесс воспитания. – 256
с.: ил.
891
TASVIRIY SAN’AT VA CHIZMACHILIK FANLARINI O‘QITISHDA
ZAMONAVIY YONDASHUVLAR VA INNOVATSIYALAR, ILG‘OR
XORIJIY TAJRIBALAR
Jumayeva Lola,
BVXTXQTva MOHM
«Amaliy fanlar va maktabdan tashkari ta’lim metodikasi»
kafedrasi tasviriy san’at fani o‘qituvchisi
Annotatsiya. Ushbu maqolada tasviriy san’at va chizmachilik fanlarini
o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalar, ilg‘or xorijiy tajribalarga
tayangan holda faol o‘qitish metodlarini tanlash va ulardan samarali foydalanish
usullari ko‘rsatib berilga
Kalit so‘zlar: innovatsiyalar, axborot va pedagogik texnologiyalar, texnologik
yondashuv, faol o‘qitish metodlari, loyiha, videousul
Axborot deganda atrof - muhit ob’ektlari va hodisalari, ularning o‘lchamlari,
xususiyatlari va holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar tushuniladi. Axborot so‘zi
lotincha «informatsiya» so‘ziga mos kelib, tushuntirish, tavsiflash degan
ma’nolarni bildiradi. Axborot bu - biz barcha sezgi a’zolarimiz orqali qabul qila
oladigan ma’lumotlar to‘plamidir. Axborot atrofimizdagi har xil voqea hodisalar
haqidagi ma’lumotlar yig‘indisidir.
Axborot to‘liqlik, ma’lum darajada qimmatli bo‘lishi, ishonchli bo‘lishi kabi
sifatlarga ega bo‘lishi kerak. Ma’lumotlarni kundan-kunga ko‘payib borishi o‘z-
o‘zidan ta’lim mohiyatiga ta’sirini o‘tkazmay qo‘ymaydi. Zamon talabiga mos
ravishda ta’lim tizimini tashkil qilishda texnika-texnologiyadan unumli
foydalanishni taqozo etadi. Shu sababdan pedagogikaga texnologiyani qo‘shib
talimni tashkil qilish dolzarb masalaga aylandi.
Pedagogik texnologiya ta’lim jarayoniga jadallik bilan kirib borayotgan bo‘lsa
ham, uning maqomi noaniqligicha qolib ketmoqda. Tadqiqotchilarning ishlarida
fan va amaliyot oralig‘idan o‘rin egallamoqda.
892
N.F.Talizina har bir pedagog real pedagogik jarayonni tashkil etishdan oldin
o‘quv jarayoni haqida texnologik darajada bilimlar tizimini bilib olgan bo‘lishi
shart deb hisoblaydi. U fan va amaliyot oralig‘ida tamoyillarni olg‘a suruvchi,
metodlar ishlab chiquvchi, ularni izchil qo‘llash kabi masalalar bilan
shug‘ullanuvchi alohida fan bo‘lishi kerak, deb hisoblaydi, ularsiz pedagogik
jarayon asoslanmay qoladi (texnologiya real o‘qitish jarayoni sifatida).
Ayrim mualliflar o‘qitish texnologiyalariga fan va san’at oralig‘idagi fan deb
qaraydilar, boshqalari uni loyihalash bilan bog‘laydilar.
Shunday qilib, bir yondashuvda o‘qitish texnologiyalari o‘qitishning barcha
vositalarini qamrab olgan qandaydir jihozlash sifatida ham belgilanadi. Unda
texnologiya o‘quv jarayonini texniklashtirishni taqozo qiladi.
Boshqa yondashuvda texnologiyaga ta’lim amaliyotini yangi yoki
zamonaviylashtirilgan bilimlar bilan ta’minlashning usuli sifatida qarashga
imkoniyat beradi. Bunda texnologiyaga ta’limning ilmiy tamoyillari va amaliyotini
tatbiq etish sifatida qaraladi.
«Pedagogik texnologiya – bu ta’lim shakllarini jadallashtirish vazifasini
ko‘zlagan o‘qitish va bilimlarni o‘zlashtirishning barcha jarayonlarini texnika va
inson omillarida va ularning birgalikdagi harakatlari vositasida yaratish, tatbiq
etish va belgilashning izchil metodidir» (YuNESKO).
Bu ta’riflar tahlilidan pedagogik texnologiya natijani qo‘lga kiritish uchun
ta’lim doirasida zarur bo‘lgan vositalar tizimini rejalashtirish va tadbiq etish degan
xulosaga kelish mumkin.
Pedagogik texnologiyani tushunish uchun asosiy yo‘li aniq belgilangan
maqsadlarga qaratilganlik, ta’lim oluvchi bilan muntazam o‘zaro aloqani o‘rnatish,
pedagogik texnologiyaning falsafiy asosi hisoblangan ta’lim oluvchining xatti-
harakati orqali o‘qitishdir. o‘zaro aloqa pedagogik texnologiya asosini tashkil qilib,
o‘quv jarayonini to‘liq qamrab olishi kerak.
893
Demak, an’anaviy o‘quv jarayonida asosiy omil pedagog (va uning faoliyati)
hisoblansa, pedagogik texnologiyada birinchi o‘rinda o‘qish jarayonidagi
o‘quvchilarning faolligi qo‘yiladi.
Faol o‘qitish metodlarini tanlash.
Ta’lim texnologiya elementlarini tanlash va amalga oshirishda
o‘quvchilarning o‘quv bilish faoliyatlarini e’tiborga olish lozim. Amaliyotdagi
oddiy qoida shu haqda guvohlik beradiki, nazariy darsning dastlabki 20 daqiqasida
o‘quvchilarga yangi bilimlarni berish amalga oshiriladi, keyin esa bahs-munozara,
kichik guruhlarda ishlash va boshqa shu kabi noan’anaviy metodlarni amalga
oshirish orqali berilgan bilim mustahkamlanishi lozim.
Har qanday holatda ham nazariy dars jarayonida, masalan faqat ma’ruza
o‘qiladigan vaqt 20 daqiqadan oshmasligi kerak.
Chunki, o‘rganishning dastlabki 20 daqiqasi eng samarali, 30 daqiqadan
keyin esa o‘rganishni davom ettirish motivatsiyasi tezda pasaya boshlaydi.
Bu hamma takliflar o‘quvchining diqqatini uzoqroq vaqtgacha saqlab
turishga xizmat qiladi.
Idrok qilish paytida qancha ko‘p sensorik (sezgi) kanallardan foydalanilsa,
esda olib qolingan bilimlarning miqdori va sifati shunchalik yuqori bo‘ladi. Agar
bilimlar faqat “ma’ruza”lar orqali (passiv tinglash shaklida) berilgan bo‘lsa, unda 3
kundan so‘ng ularning faqat 25% ni eslash mumkin holos. Agar u ma’ruzalar
o‘qish (tinglash), namoyish va ko‘rgazmali qilish (ko‘rish, ushlab ko‘rish va shu
kabilar) orqali berilsa va shu to‘g‘risida bahslashilsa, unda 3 kundan so‘ng 75% ini
esga tushirish mumkin.
Agar bilimlarni idrok qilishda bir necha sensorik kanallar birgalikda ishga
solingan bo‘lsa, ma’lumotlarning qisqa xotiradan uzoq xotiraga o‘tish jarayoni
tezlashadi, bu esa bilishning asosi bo‘lib hisoblanadi.
O‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasiga o‘qitish metodlarining ta’sir darajasi:
1. Ma’ruza - eshitganimizning 5%.
894
2. O‘qish - o‘qiganimizning 10%.
3. Videousul, namoyish - ko‘rganimizning 20%.
4. Tajribani namoyish qilish-ko‘rgan va eshitganimizning 30%.
5. Bahs-munozara - muhokama qilganimizning 40%.
6. Mashqlar - o‘qigan, yozgan, gapirganimizning 50%.
7.
Ishbop o‘yin, kichik guruhlarda ishlash, loyihalash mustaqil
o‘qiganimizning, tahlil va muhokama qilganimizning, himoya va namoyish
qilganimizning 75%.
8.
Yo‘naltiruvchi matn, muammoli vaziyat, boshqalarni o‘qitish-
mustaqil o‘rganganimizning, tahlil va muhokama qilganimizning, boshqalarni
o‘qitgan narsalarimizning 90%.
Yuqoridagi ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, dars jarayonida an’anaviy metodlar
qo‘llanilganda, o‘quvchilarning axborotni eslab qolish ko‘rsatkichining eng yuqori
darajasi 30% ni tashkil etar ekan. Noan’anaviy metodlar qo‘llanilganda esa,
o‘quvchilarning axborotlarni o‘zlashtirish darajasi yanada ortib boradi.
Chizmachilik fanini o‘qitishda xorij tajribasi
Shu o‘rinda maktab chizmachiligida MDH davlatlarining ayrimlarida
chizmachilik bo‘limining yoritilishini qisqacha tahlil qilib chiqamiz.
Rossiya Federatsiyasida darsliklar tayyorlash alternativ (muqobil) shaklda
bo‘lib, maktab ma’muriyati o‘quvchilarning qiziqishlari, hududning ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanish yo‘nalishi kabi tasirlarni hisobga olib o‘qitiladigan darslikni
mustaqil ravishda tanlaydi.
Mavzu bo‘yicha ma’lumotlar sodda chizmalardan foydalanib, eng ko‘p
qo‘llaniladigan va o‘quvchilarga tanish bo‘lgan mahsulot (buyum) larning
chizmalarida shartli belgilanishi hamda shartli tasvirlari tushuntirilgan. Mavzular
o‘quvchilar uchun tushunarli tarzda ochib berilgan. Mavzularni o‘zlashtirgandan
keyin o‘quvchilarga bir qancha topshiriqlar ham taklif qilinadi. Ko‘rib chiqilgan
895
darsliklarda o‘quvchilarning yosh xususiyati hamda ular o‘zlashtirishi zarur va
amaliy ahamiyatli materiallar keltirilgan.
Ukraina respublikasida bugungi kunda amalda bo‘lgan umumta’lim
maktablari uchun “Chizmachilik” darsligida ham shunga o‘xshash tarzda
yondashilgan.
G.F.Xakimov va boshqalar tomonidan 9-sinf o‘quvchilari uchun yaratilgan
“Chizmachilik. Amaliy kurs” darsligi o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Ushbu
darslik Boshqirdiston davlat pedagogika universitetining “Tasviriy san’at,
chizmachilik va mehnat o‘qitish metodikasi” kafedrasi va Ufa davlat aviatsiya
texnika universitetining “Chizma geometriya va chizmachilik” kafedralari
hamkorligida yaratilgan.
Darslik chizmachilik fanidan o‘quv darturiga mos tayyorlangan bo‘lib,
hududiy komponentlarga ega. Darslikda chizmachilik fanining ayrim bo‘limlarini
chuqur o‘rganish hamda texnologiya va mehnat ta’limi darslarida bajariladigan
loyihalarning grafik qismlarini taxt qilishga tegishli qo‘shimcha ma’lumotlar ham
keltirilgan. Darslik ta’limga faoliyatli yondashuvga asoslangan original metodika
asosida tayyorlangan. Unga o‘quvchilarning ijodiy fazoviy tasavvurlari va obrazli
fikrlashlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan har xil grafik topshiriqlar kiritilgan.
Ushbu darslikni o‘rganib, respublikamizda nashr qilinadigan darsliklarga
joriy qilish mumkin bo‘lgan afzallik tomonlari bor. Unga qo‘shimcha ravishda
darslikdagi barcha materialni o‘z ichiga olgan kompyuter test topshiriqlari ishlab
chiqilgan. 122 ta test topshiriqlari quyidagi mavzular bo‘yicha tuzilgan:
- amaliy grafika;
- proeksiyalash;
- chizmalardagi tasvirlar;
- texnik grafika;
- qurilish grafikasi.
896
Kompyuter test topshiriqlari darslikning asosiy bo‘limlaridan o‘quvchilarning bilim
darajalarini o‘qituvchi yordamisiz baholash imkonini beradi. Bundan tashqari
ushbu testlar yordamida o‘z-o‘zini testdan o‘tkazib, mavzularni o‘zlashtirishdagi
kamchiliklarni aniqlash mumkin. Test topshiriqlarining amaliy qimmati shundan
iboratki, chizmachilikda testlardan foydalanishda o‘quvchilarning chizmachilik
fanini o‘rganishga bo‘lgan intilishlari ortib, ularning grafik savodxonlik darajasi
ko‘tariladi.
|