Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta




Download 9,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet320/352
Sana10.01.2024
Hajmi9,63 Mb.
#134163
1   ...   316   317   318   319   320   321   322   323   ...   352
Bog'liq
BuxDUPI to\'plam

Tayanch so‘zlar: Pedagogik texnologiya, interfaol usullar, axloqiy estetika. 
Musiqa madaniyati o‘qituvchisining pedagogik mahoratlaridan, eng avval, 
ta’lim-tarbiya sohasida orttirilgan tajribalarni o‘rganishi lozim. Bu albatta, 
ko‘pgina muammolarni hal etishda yaqindan yordam beradi. Dars jarayonida ilg‘or 
o‘qituvchilar tajribasi bilan bir qatorda, oddiy o‘qituvchilarning faoliyatlari ham 
o‘rganib boriladi. Chunki tajribalarni o‘rganish jarayondagi muammo: yutuq va 
kamchiliklar aniqlanadi. Bunda kuzatish, intervyu olish, anketalashtirish, 
o‘quvchilarning yozma va ijodiy ishlari, pedagogik xujjatlarini o‘rganish 
metodlardan foydalaniladi. Masalan: kuzatishda o‘rganish lozim bo‘lgan 
pedagogik hodisani ma’lum maqsadidan kelib chiqqan holda kuzatish 
bayonnomasini olib boradi. Bu jarayon aniq reja asosida olib borilishi kerak. 
Suhbat esa fakt – dalillar to‘plash yoki kuzatish davomida to‘plangan materiallarga 
aniqlik kiritish maqsadida olib boriladi. “Suhbat mustaqil yoki yordamchi metod 
sifatida qo‘llaniladi”. Anketalashtirish material to‘plash maqsadida amalga 
oshiriladi. Mahoratli o‘qituvchi barcha o‘quvchilarning maktab hujjatlarini 
o‘rganishi lozim. Bunga o‘quvchilarning shaxsiy hujjatlari, metodistning xabarlari, 
kundaliklar, majlis bayonnomalaridan xabardor bo‘lishi nazarda tutiladi. 
Shuningdek, darsdan tashqari musiqiy to‘garak ishlarini ham olib boradi. 
Jumladan, qadimgi Gretsiyada musiqa yordamida donolikni, mardlikni tarbiyalashi 
mumkin deb hisoblangan. Haqiqatdan, har bir san’at insonga ruhiy ta’sir 
ko‘rsatadi. Musiqa, ayniqsa, emotsional ta’sir etishda katta kuchga ega. SHuning 
uchun ko‘pgina davlatlarda musiqadan ko‘p yo‘nalishlar bo‘yicha keng 
foydalaniladi. Maktablar faoliyatining hozirgi nazariyasi va amaliyotida o‘quv 
tarbiya jarayonining yangi yo‘llarini amalga oshirish va uni olib borishning 
ko‘plab variantlari mavjud. Har bir muallif hamda amaliyotchi pedagogik 
jarayonga o‘zining individual ulushini qo‘shadi. Lekin, ko‘p yangi texnologiyalar 


904 
o‘z maqsadlari, mazmuni qo‘llaniladigan metodlari va vositalari bo‘yicha 
yetarlicha ko‘p o‘xshashliklarga ega, ularni shu umumiy belgilariga ko‘ra tasnif 
qilinadi:
- asosiy rivojlantiruvchi omili bo‘yicha;
- o‘zlashtirish konsepsiyasi bo‘yicha;
- shaxsiy belgi sifatlariga ko‘ra yo‘nalganligi bo‘yicha;
- mazmun xususiyatlari bo‘yicha;
- boshqaruv turi bo‘yicha;
- bolaga yondashuvi bo‘yicha;
- ko‘p qo‘llaniladigan metodlar bo‘yicha; 
- ta’lim oluvchilar toifalari bo‘yicha.
Yuqoridagi tasnif asosida misol sifatida hozirgi an’anaviy maktab ta’limini 
quyidagicha tasniflash mumkin: 
- Qo‘llanish darajasiga ko‘ra: umumpedagogik;
- falsafiy asosi bo‘yicha; majburlash pedagogikasi; 
- umumiy majburiy ta’lim; 
- asosiy rivojlantiruvchi omili bo‘yicha:
Asosiy e’tibor jamiyatning faol a’zolari bo‘lgan barkamol insonlarni 
tarbiyalashga qaratilgan; shu bilan bir vaqtda, shaxsning har tomonlama 
rivojlanishiga ham e’tibor qaratilgan holda;
- o‘zlashtirish konsepsiyasi bo‘yicha; asostiativ, - reflektor bo‘lib, suggestiya 
(namuna, misol, o‘rnak, ibrat ko‘rsatish) ga tayangan holda; 
- shaxsiy belgi sifatlariga ko‘ra yo‘nalganligi bo‘yicha; axborotli, ya’ni bilim, 
malaka, ko‘nikmalarini shakllantirish va mustahkamlashga yo‘naltirilgan;
- mazmun xususiyatlari bo‘yicha: dunyoviy, texnokratik, umumta’lim 
mazmunida bo‘lib, ta’lim-tarbiya jarayonida tashkil qilish va olib borishda 
didaktikaga markaziy o‘rin beriladi; 


905 
- boshqaruv turi bo‘yicha: an’anaviy-mumtoz (klassik) bo‘lib, unga ta’limni 
texnika vositalari qo‘shilgan; 
- bolaga yondashuv bo‘yicha: avtoritar; 
- ko‘p qo‘llaniladigan metodlari bo‘yicha tushuntirish illyustratsiyalash; 
- ta’lim oluvchilar toifalari bo‘yicha ommaviy.
Shu bilan bir vaqtda, jamiyatning rivojlanishi alohida mamlakatlarda va 
umuman, jahonda insonparvar falsafiy asosdagi yangi pedagogik texnologiyalarni 
yaratdi. Har bir darsning alohida xususiyati mavjud. Musiqa o‘qituvchisining ham 
o‘ziga xos sirlari bo‘ladi. Musiqaga muhabbat, qiziqish bilan qarash, o‘quvchi- 
bolalarga bor bilimlarini berishga intilish va ishga sidqidildan yondashish, 
insonning ish jarayonidagi hayoti bilan yashash maqsadga muvofiqdir. Tajribada 
pedagoglar musiqa fanini murakkabligini va o‘qituvchi bilan sozandaning 
bog‘liqligini ko‘rsatib o‘tganlar. Musiqa o‘qituvchisi o‘quv va tarbiya ishlarini olib 
boradi. U faqatgina keng bilimga ega bo‘lib qolmay, o‘zining fanini ham yaxshi va 
chuqur bilishi lozimdir. Bolalarni musiqa san’ati bilan tarbiyalashda dunyoqarashi, 
fikrlashi, tushunchasi birinchi darajali ahamiyatga egadir.
Musiqa kishi hissiyotini, ayniqsa, emotsional estetik hissiyotini faol 
rivojlantiradi. Musiqa o‘qituvchisi yaxshi sozanda va yaxshi san’atkor bo‘lishi 
lozimdir. Musiqa cholg‘usida yaxshi chalish, ijro eta olish, yaxshi ovozga ega 
bo‘lishi, notaga qarab yaxshi ijro qilishi, bolalar qobiliyatini ajrata bilishi lozimdir. 
Musiqa o‘qituvchisi musiqa asbobida yaxshi ijro etishi juda muhimligi quyidagida 
belgilanadi. Birinchidan: Jonli ijro etish – sinfda kayfiyatni yaxshilaydi. 
Ikkinchidan: Jamoa bo‘lib (xor) ijro etayotganda hohlagan epizodni yoki (taktik) 
jumlani qaytarish mumkin. Uchinchidan: Musiqa asbobida ijro eta oladigan musiqa 
o‘qituvchisi o‘z tarbiyalanuvchilariga musiqani o‘zi ijro etish naqadar 
qiziqarliligini va muhimligini amaliyotda ko‘rsatib o‘tadi.
Musiqa o‘qituvchisi musiqa asbobini yaxshi ijro etishi bilan cheklanib qolmay 
yaxshi tovush, dirijyorlik jesti bilan, musiqa nazariyasini mukammal bilmog‘i va 


906 
ijod qilishi lozimdir. O‘qituvchining shaxsiy namunasi va bilim darajasi musiqa 
fanining taqdirini hal qiladi. O‘qituvchi bulardan tashqari darslarni kuzatib borishi 
ham lozimdir. Doimiy kuzatishlar orqali o‘qituvchi pedagogik mahoratini egallab 
boradi. U vaziyatni (situatsiyani) baholashga, o‘quvchilarning ichki tuyg‘ularini 
sezishga o‘rganadi. Kuzatish 1-7 sinflar davomida amalga oshiriladi. Eng asosiysi: 
o‘qituvchi asarni ijro etibgina qolmay, balki uning mazmuni bilan ham tanishtirishi 
lozim, buning uchun o‘qituvchining nutqi ravon, qisqa, hamda tushunarli bo‘lishi 
kerak.
Musiqa madaniyati darsida o‘qituvchining mahorati har tomonlama yuksak 
darajada bo‘lishi lozim. Uning asar haqidagi kirish so‘zi va dars mavzusini 
tushuntirib berishi, o‘quvchilarni ajoyib va sehrli san’at - musiqa olamiga olib 
kiradi. Va qiziqarli suhbat bilan bolalar diqqatini musiqa mavzulariga yo‘naltirishi 
mumkin. O‘qituvchining musiqa asari haqidagi hikoyasi qisqa, qiziqarli bo‘lishi 
kerak va o‘quvchilarni badiiy idrok etishga erishtirishi lozimdir. Dars davomida 
o‘qituvchi o‘quvchilar bilan muloqot usulini qo‘llasa, musiqa haqida to‘g‘ri 
mulohaza yuritishga, aniq xulosalar chiqarishga yordam beradi. Suhbat jarayonida 
ko‘proq o‘quvchilar bahsga o‘tadilar. Bu faoliyatida o‘qituvchi rejissyor singari 
ularni boshqarib, to‘g‘ri xulosalarga erishishi lozim. 

Download 9,63 Mb.
1   ...   316   317   318   319   320   321   322   323   ...   352




Download 9,63 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta

Download 9,63 Mb.
Pdf ko'rish