• YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR VOSITASIDA O‘QUVCHILARGA BUXORCHA VA MAVRIGI TARONALARINI O‘RGATISH USULLARI Xodjiev Mirshod Jalilovich
  • Tayanch so‘zlar: “
  • Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati




    Download 9,63 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet321/352
    Sana10.01.2024
    Hajmi9,63 Mb.
    #134163
    1   ...   317   318   319   320   321   322   323   324   ...   352
    Bog'liq
    BuxDUPI to\'plam

    Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 
    1. “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning 
    beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”. Xalq so‘zi gazetasi. 
    2017-yil 8-fevral soni va Internet resurs: www.lex.uz.
    2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – T.: O‘zbekiston, 2014. – 46.
    3. J.G‘.Yo‘ldoshev, S.A. Usmonov. Pedagogik texnologiya asoslari. T. 
    «O‘qituvchi». 2004.
    4. K.Tolipov, M.Usmonboeva. Pedagogik texnologiyalarning tadbiqiy asoslari.T. 
    «Fan», 2006 yil.


    907 
    5. R.J. Ishmuxammedov.- Innovatsion texnologiyalar yordamida ta’lim 
    samaradorligini oshirish yo‘llari. T.Nizomiy nomidagi TDPU, 2004 yil. 
    YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR VOSITASIDA 
    O‘QUVCHILARGA BUXORCHA VA MAVRIGI TARONALARINI 
    O‘RGATISH USULLARI
    Xodjiev Mirshod Jalilovich 
    Musiqa ta’limi 1 bosqich magistri 
    Annotatsiya. “Buxorcha” va “Mavrigi” egizak turkumlar sifatida, asosan, 
    oilaviy-maishiy marosimlarda (beshik to‘yi, xatna, nikoh va h.k.) kuylanadi; 
    o‘tmishda “Buxorcha” ichkarida xotin-qizlar bazmida, “Mavrigi” esa tashqarida 
    erkaklar bazmida ijro etilgan, endilikda bu tafovut tamoman yo‘qolgan, chunki 
    bazmlaru shodiyonalarda erkagu ayol aralashiga qatnashadigan bo‘lib qoldi. Biroq 
    bu turkumlarning har birining o‘ziga xos mazmun - mundarija, kompozitsion 
    tarkib va ijrochilik uslublariga egaligini inkor etmaydi. Shu bois turkumlarning har 
    biriga xos xususiyatlarni alohida-alohida nazardan o‘tkazmoq maqsadga 
    muvofiqdir. 
    Tayanch so‘zlar: “Buxorcha” va “Mavrigi”, folklor, musiqa, pedagogika. 
    Buxorcha va mavrigi turkumining ijro jarayoni, qo‘shiqlar matni, ohangi, 
    sozlar tarkibi va miqdori, usullar rang-barangligi, ijrochilar soni bilan ham bir-
    birlaridan farqli xususiyatlarga ega. Aytaylik, “Buxorcha” ijrosida 3-5 sozanda, 
    xonanda va raqqosa ishtirok etsa, shulardan 4 nafari raqqosa bo‘lib, ommaviy 
    raqslarni ijro etishgan. “Mavrigi” ijrosini odatda qadimda 4 nafar doiradastning 
    o‘zi ham xonanda, ham sozanda, ham raqqos sifatida amalga oshirishgan bo‘lsa, 
    XX asr boshlarida ular safi 3 nafarga kelib qoldi. Chunki bu davrda raqsga tushish 
    uchun alohida ijrochi tanlashga to‘g‘ri keldi, natijada ayol raqqosa erkaklar 
    guruhiga qo‘shiladigan bo‘ldi.
    Shu zaylda “Mavrigi” ijrochiligiga ayollar aralashuvi yuz berdi va sekin-asta 
    uni 4-7 xonanda, sozanda va raqqosa ijro etadigan bo‘ldi, “Buxorcha” ijrochiligiga 


    908 
    erkaklarning aralashuvi ham shu davrda va shu taxlitda voqelikka. Bu hakda 
    qarang: Nurjonov N. Yuqorida eslatilgan maqola aylandi. “Buxorcha” doira, 
    nog‘ora, qayroq va zang jo‘rligida ijro etilsa, “Mavrigi”larning faqat doira 
    jo‘rligida ijro qilinmog‘i qat’iy an’anadir. 
    Shunday tafovutlari borligiga qaramay, “Buxorcha” va “Mavrigi” ijrochiligida 
    ayrim mushtarakliklar ham mavjud. Chunonchi, har ikkala turkumda ham ijro 
    peshxonlik - yakkaxonlik va pasxonlik - naqarot sifatida takrorlash asosida 
    qurilgan bo‘lib, peshxon - yakkaxon qo‘shiq satri, bayti yo bandini soloda ijro 
    etgach, pasxon uni takroran - ko‘p ovozda naqarot sifatida qayta kuylagan. Bordi-
    yu qo‘shiq sarxonish va miyonxonish ijrochiligi negizida kuylanishga 
    mo‘ljallangan bo‘lsa, u holda sarxonish-naqarot, so‘ngra miyonxonish-
    yakkaxonlikka amal qilingan.
    Bunda sarxona va sarxonish istilohlari aynan bir hodisa emasligini eslatish 
    o‘rinlidir. Zero, sarxonada musiqiy jumlalar yoki iboralarning xonalarga bo‘linishi 
    ko‘zda tutiladi. Bu holat maqomlar va rivojlangan musiqiy jumla yo iborada 
    maxsus tartib bilan raqamlanadi: 1-2-3-4 va hokazo kabi. Ammo sarxonishda 
    yakkaxonlikdan avval ijro etiluvchi naqarot hodisasi tushuniladi. Yanayam aniqroq 
    qilib aytiladigan bo‘lsa, har ikkala turkumda ham qo‘shiqlar ijrochiligida ovoz 
    ishtiroki ikki yo‘nalishda - peshxonu pasxonlik va sarxonishu miyonxonishlik 
    ko‘rinishlarida jilolangan: Birinchi holatda dastlab yakkaxon (solo) - peshxon, 
    so‘ngra naqarot - pasxon; ikkinchi holatda esa dastlab sarxonish - naqarot, so‘ngra 
    miyonxonish (solo) - yakkaxon qo‘shiq kuylashi an’anaga aylangan. 
    “Buxorcha”da ham, “Mavrigi”da ham qo‘shiqlarni jozibali intihoga olib 
    keluvchi "furovard" o‘zbekchaga o‘girganda lug‘aviy jihatdan “tushiriq” ma’nosini 
    anglatuvchi kadanslar mavjud. Rost, “Buxorcha”da furovard ikki o‘rinda, asosan, 
    birinchi paytda “To‘y muborak boshad” (“To‘y muborak bo‘lsin”) qo‘shig‘idan 
    so‘ng 6 satr va uchinchi paytda “Muxammasxonlik”dan keyin kuylanuvchi 
    “Abrekosh dumi more” (“Qoshginasi zulukday-e”) qo‘shig‘ining ikkinchi qismi 


    909 
    intihosida 14 satr hajmida uchrasa, “Mavrigi”da bunday furovardlar uch o‘rinda 
    mavjud. Chunonchi, 1-“Shaxd” paytida “Xumor dorad” (“Xumori bor”) nomi 
    ostida to‘rt satr hajmida “Gardon”dan keyin, “Dar bog‘ anjil ast” (“Bog‘da anjir 
    bor”) qo‘shig‘i intihosida 12 satr hajmida va nihoyat 2 – “Chorzarb” paytida “Gula 
    burdan ba haram” (“Gulni haramga eltdilar”) qo‘shig‘i oxirida 8 satr hajmida 
    shunday furovardlar mavjud. 
    Buxorchada “gardon” - qaytariqlar uchramaydi, biroq “Mavrigi”da ular 
    anchagina. Chunonchi, “Shaxd” payti tarkibida “Shahd” qo‘shig‘idan keyingi 20 
    satrlik “Chorzarb” payti tarkibida tojikcha sho‘‘baga qarashli “Chorzarb” 
    “Sarxonish” va “miyonxonish” istilohlari asli tojikcha so‘zlar bo‘lib, qo‘shiqning 
    kuylanishi, demakki, xonish qilinishi mantiqi asosida yuzaga kelgan va xalq 
    ijrochiligida istifoda etib kelinmoqda. Binobarin, ularni musiqashunoslik taomiliga 
    kiritish ham ilmiy mantiq jihatidan g‘oyat to‘g‘ri bo‘lur edi, “Sarxona” istilohi ham 
    aslida tojikcha “sar” - bosh va “xona” - uy so‘zlaridan tuzilgan. Lug‘aviy jihatdan 
    bosh xona ma’nosini anglatsa-da, goho ko‘chma ma’noda shunchaki tom 
    ma’nosidagi tushunchani ham ifodalaydi: “Chilimning sarxonasi” iborasida 
    chilimning tamaki o‘t oldiriladigan boshini anglatadi. Shu bilan musiqashunoslikda 
    ham maqom mushkulotlarining barchasi “bozgo‘y”dan boshlanib, so‘ngra 
    xonalarga bo‘linishini anglatadi.
    Musiqiy xonalarning dastlabkisi ham sarxona deb yuritiladi. Qo‘shig‘idan 
    keyingi 8 satrlik, o‘zbekcha sho‘‘badagi “SHishani zargarga berdim” qo‘shig‘i 
    tugallanmasi sifatidagi 9 satrlik, “Asiri ayladi dilbar” qo‘shig‘ini oxirlovchi 17 
    satrlik va nihoyat “Shikan-shikan” payti tarkibiga kirgan “Dilbar labi bom omad” 
    (“Dilbar kelur tom boshiga”) qo‘shig‘i intihosidagi 10 satrlik gardonlar ham aslida 
    qo‘shiq va kuylarni shiddatli jazava bilan kuylash va raqsni avj pardaga ko‘tarish 
    asosida shodmon ruhni xurujga keltirishga qaratilganligi bilan diqqatni tortadi.
    Shuni aytish o‘rinliki, furovardlarda ham, gardonlarda ham bir vaznga 
    tushgan, bir xil ritmdagi va bir tizimdagi qofiyadosh, ohangdosh iboralar yoxud 


    910 
    satrlarni jo‘shib-toshib qaytariq tarzida kuylash asosida qo‘shiqni tugallash yo 
    bo‘laklash ko‘zda tutiladi. Shu xususiyatiga ko‘ra furovard va gardonlar musiqiy 
    asardagi kadanslar bo‘lib, garmonik qaytariq sifatida musiqiy qurilmaning 
    yakunlanishi va ritmik to‘xtamga boshlab kelishini, ayrim hollarda esa, hatto 
    musiqiy asarning bo‘laklarga bo‘linganini anglatish vazifasini o‘tagan.
    Shunisi ham borki, gardonlar ayrim hollarda mustaqil qo‘shiq yoki mustaqil 
    kuy shaklida ijro etilsa (“Shahd”, “Chorzarb”, “Shishani zargarga berdim” 
    qo‘shiqlaridan keyin), ayrim hollarda u yoki bu qo‘shiqning naqarot qismlarini 
    (chunonchi, “Soqi-soqijon”, “Asiri ayladi dilbar”, “Endi mani yor o‘ldursin”, 
    “Dilbar labi bom omad” (“Dilbar kelur tom boshiga”) qo‘shiqlarida yaxlit hamda 
    qayta kuylash - ijro etish negizida yuzaga kelgan.

    Download 9,63 Mb.
    1   ...   317   318   319   320   321   322   323   324   ...   352




    Download 9,63 Mb.
    Pdf ko'rish