120
- ordasiga osilib turadigan yengsimon va uchlari mehrob shaklida chatilib,
birlashgan yeriga tikiladigan maxsus taqinchoq, shokilda, bezak) [ 2. 307] Ulug‘
adib Chingiz Aytmatov "Hujum" kampaniyasi haqida so‘zlab bunday degan edi:
“Afsuski, davlat tomonidan o‘tkazilgan “Hujum” kampaniyasining o‘sha davrning
og‘ir xatoligi deyish kamlik qiladi. Bu insoniyatga qarshi qaratilgan jinoyat edi.
Ustiga ustak ilohiy olam qurilmasiga qarshi yo‘naltirilgan jinoyat edi. Xudoning
barqarorligini inkor etgan murtadlar Xudoning vazifasini o‘z zimmasiga oladilar va
yangi o‘yin yaratamiz deb dahshatli o‘yin yaratadilar”. [1.111] Chingiz
Aytmatovning bu tarzda fikr bildirishiga onasi Naima Aytmatova nomi bilan
bog‘liq bo‘lgan. Bu ayol o‘sha paytlarda turli yuqori lavozimlarda ishlash bilan
birga Qirg‘izistonda paranji tashlash tadbirlarining faol targ‘ibotchisi bo‘lgan.
“Hujum” kampaniyasi 1927-yil 8-martda ommaviy mitinglar boshlaydi. Ularda 10
mingga yaqin xotin-qiz paranjilarini gulxanda yoqdi. Bu harakat ayni 8-mart
sanasida o‘tkazilganligi sababli shu tarzda yozilgan.
O‘zbek xalq maqollarining jilvadorligi va xilma-xilligi shu qadar keng va
jozibadorki, ulardagi bir ma’no ikkinchi ma’noni to‘ldirib keladi. Maqollarimiz
xalqimizning ajoyib adabiy yodgorliklari hisoblanadi. Shuning uchun maqollarning
keyingi avlodlarga o‘z holicha yetib borishi uchun ularni izohlar bilan sharhlash,
bir-biriga yaqin ma’noli maqollarni mavzuviy doirada qayta-qayta ishlab chiqish
bizning asosiy vazifalarimizdan hisoblanadi.