119
“farishtali”, “yuzidan nur yog‘ilib turadigan odam” deb ta'rif etishadi. Bunday
xususiyatga ega bo‘lmagan insonni “farishtasiz” deyishadi. Ayol borgan yerini
gullatib, yashnatmog‘i, pokizalik bilan barchaning qalbini zabt etishi kerak.
Xonadoni toza-ozoda bo‘lgan odamning uyidan qut-baraka hech ham arimaydi.
Qiz qilig‘i bilan issiq. Yaxshi amallar har doim insonning bezagi bo‘lib
kelgan. Bu maqol ayni ma'noda aytilgan bo‘lib, qiz bolaning tarbiyasi, odobi,
madaniyati doimo omma e'tiborida bõlgan.
Suluv bo‘lgan bilan yor bo‘la bilmas, tuya bo‘lgan bilan nor bo‘la bilmas.
(Nor – bir o‘rkachli erkak tuyaning o‘zbek tilidagi nomi). Bu maqolda suratga
emas, siyratga – xulq-atvor, yaxshi tarbiyaga e'tibor berish aytilmoqda, ya’ni tashqi
go‘zllik bo‘lsada, yoriga hurmati, mehri bo‘lmasligi, tuya nomi bo‘lgani bilan yuk
tashish uchun mo‘ljallangan baquvvat nor tuya bo‘la olmasligiga o‘xshatilmoqda.
Qizning husni yuragida, izlama uni yuzidan. Odamning chiroyi aldamchi
bo‘ladi. Tashqi go‘zallikka emas, qalb go‘zalligiga e'tibor berish haqidagi maqol
bo‘lib, asl chiroy, latofat qalbda bo‘lishi aytib o‘tilmoqda.
Saksovul yonib qiziguncha, saksondagi chol o‘lar, saksovul yonib
qizigach, qizivuga qiz o‘lar. O‘zbekistonning asosan cho‘l va chala cho‘l
hududlarida saksovul o‘simligi keng tarqalgan va undan asosan o‘tin, qo‘y, va
tuyalar uchun to‘yimli ozuqa, qumlarni mustahkamlovchi vosita sifatida
foydalanishadi. Bu boshqa o‘tin turlariga nisbatan sekin yonib cho‘g‘ bo‘ladi.
Ammo cho‘g‘ining tafti nihoyatda issiq bo‘lib uzoq muddat tafti so‘nmaydi. Ushbu
maqolda qiziqqonlik ma'nosi mavjud. Cho‘g‘ issig‘i qizning o‘z “issig‘i”ga
qo‘shilib, haddan tashqari issiqdan u ham o‘lib qolishi mumkin, ma'nosida
mubolag‘a qilingan.