• AVSTRALIYA – YER YUZIDAGI ENG KATTA QAMOQXONA Doniyorov Boymurod Normurotovich
  • Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta




    Download 9,63 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet43/352
    Sana10.01.2024
    Hajmi9,63 Mb.
    #134163
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   352
    Bog'liq
    BuxDUPI to\'plam

    Литература 
    1. Быстрова, Е. А. Коммуникативная методика в преподавании родного языка 
    / Е. А. Быстрова // Русский язык в школе. – 1996. – № 6. – С. 3–8. 
    2. Салихова Замира Аминовна Бухарский государственный университет / 
    Развитие читательской компетентности у будущих педагогов / Узбекистан -
    2020.
    -3. Давыдов, В. В. Теория развивающего обучения / В. В. Давыдов. – М. : 
    Педагогика,1994. 
    4. Зарубина, Л. М. Текст : лингвистический и методический аспекты / Л. М. 
    Зарубина.–М.:Просвещение,1981. 
    6. Караулов, Ю. Н. Русский язык и языковая личность / Ю. Н. Караулов. – М. 
    :УРСС,2002;М:ЛКИ,2007. 
    7. Киселева, О. Н. Методика преподавания русского языка : учеб. пособие / 


    114 
    О.Н.Киселева.–Томск:Изд-воТГУ,2005. 
    8. Основы текстоведения в школе / Н. С. Болотнова [и др.]. – Томск : Изд-во 
    ЦНТИ,2000. 
    9. Эльконин, Б. Д. Введение в психологию развития / Б. Д. Эльконин. – М. : 
    Наука,1994. 
    10.«Русский язык для всех» (Костомаров В. Г., М., 1978), «Старт. Учебный 
    комплекс для иностранных студентов подготовительных факультетов вузов.
    11.Галеева М. М., Журавлева Л. С., Нахабина М. М. и др., М., 1979), 
    «Русский язык по-новому»
    12.Аксенова М. П., СПб., 2001, «Дорога в Россию»
    13. Коммуникативный метод обучения иноязычному говорению / Е.И.
    Пассов - М.: Просвещение, 1991. - 223 с. 
    AVSTRALIYA – YER YUZIDAGI ENG KATTA QAMOQXONA 
    Doniyorov Boymurod Normurotovich 
    BuxDU, Ekologiya va geografiya kafedrasi katta o‘qituvchisi 
    b.n.doniyorov13051984@mail.ru 
    Avstraliyaning yuqoridagidek nomlanishi, uning geografik joylashishi va 
    tabiiy sharoiti bilan aloqador, ya’ni mazkur viloyat tevarak-atrofi boshqa materik 
    yoki qit’alardan suv orqali aloxidalashgan. Bu viloyat o‘z tarkibiga Avstraliya, 
    Tasmaniya, Timor, Yangi Gvineya, Kenguru, King, Flinders kabi orollarni, 
    Bismark, Solomonov arxipilaglarini oladi. Avstraliyaning tabiiy sharoiti uning 
    geografik joylashuvi, relefi va iqlimi bilan bog‘liq. Tog‘ tizmalari materikning 
    chekka qismlarida shakllangan bo‘lib, asosiy yog‘inlarni ushlab qoladi. Natijada 
    markaziy qismida nam tanqisligi kuzatiladi. Shu sababli materikning asosiy 
    qismini cho‘llar egallaydi.
    Avstraliyada hukmron iqlim o‘simliklar dunyosini shakllanishiga, 
    o‘simliklar dunyosi esa, hayvonot olami tur tarkibini belgilashda ahamiyat kasb 
    etgan. Avstraliya uchun xos belgi-xususiyat, uning orol sifat tuzilishi bilan 


    115 
    aloqador. Bu aloqadorlik qadim taraqqiylikka borib taqaladi. Avstraliyaning nam 
    subtropik o‘rmonlarida o‘ziga xos yirik evkaliptlar o‘sadi. Evkaliptlar dunyodagi 
    eng yirik daraxtlar bo‘lib, ularning poyasi uzunligi 155 metrgacha yetadi. Qizig‘i 
    shundaki, shunday gigant daraxtlar kichkina urug‘dan ko‘payadi. Urug‘lari maxsus 
    qubbalarda 200 donagacha joylashadi. Bu o‘simlikning ko‘p urug‘ berishi o‘ziga 
    xos ulug‘vorlik bilan bir qatorda, urug‘i bilan oziqlanuvchi mavjudodlarning 
    ko‘pligi, hamma urug‘lari qulay sharoitga tushmasligi bilan aloqador bo‘lsa kerak. 
    Avstraliya faunasi uchun xos xususiyat faunaning nisbatan kambag‘alligi, 
    qadimiyligi va endemizm darajasining yuqorililigidir. Buning asosiy sababi 
    Avstraliyaning yirik oroldan iboratligi, uning tarkibiga kiruvchi orolchalarning 
    o‘zaro va Avstraliya materigi bilan mutlaqo aloqada bo‘lmaganligi yoki bu 
    aloqaning juda qadimda yuz berganligi bilan tushuntiriladi. Avstraliyada 
    umurtqasizlar faunasi nisbatan kambag‘al. Masalan, kunduzgi kapalaklar 
    materikning shimoliy sharqidagina uchraydi. Termitlarning 170 turi uchraydi 
    xolos. Lekin umurqasiz hasharotlardan chumolilar keng tarqalgan bo‘lib, ular 
    nisbatan qadimiy sodda turlardan tashkil topgan.
    Yevropaliklarning Avstraliyaga kirib kelishi fauna tarkibining butunlay 
    Yevro-Osiyoga xos turlar bilan egallanishiga (Yevropalashtirilishiga) olib kelgan. 
    Dastlabki kelgindilar tomonidan olib kelingan turlarning ko‘pchiligi ongsiz 
    ravishda tasodifiy kelib qolgan turlardan (hasharotlar, o‘rgimchaklar, mollyuskalar, 
    qisqichbaqalar, chuvalchanglar) tashkil topgan. Ba’zi chorva mollari (qoramol, 
    qo‘y-echki, cho‘chqa), parrandalar (xonaki kaptarlar, tovuq, o‘rdak va boshq.) 
    ongli ravishda keltirilgan bo‘lib, ular bilan birgalikda har bir turning o‘ziga xos 
    mikrofaunasi (ekto va endoparazitlari) ham Avstraliya hududiga kirib kelgan. 
    Yuksak tuzilishaga ega bo‘lgan turlarning bu joyga turli yo‘llar bilan kirib 
    kelishi mahalliy faunaning kamayib ketishiga sabab bo‘lmoqda. Iqlimlashtirilgan 
    yoki tasodifiy kelib qolgan turlarning ayrimlari shu darajada ko‘payib ketganki, 
    ular Avstraliya uchun haqiqiy xavf tug‘diruvchi omilga aylangan. Jumladan, 


    116 
    quyonlarning bu joyga keltirilishi xaltalilarning tur sonini va har bir turga kiruvchi 
    individlar sonining qisqarishiga sabab bo‘lgan. Kengurularning ayrim turlari va 
    xaltali bo‘ri butunlay yo‘qolib ketgan.
    Avstraliya oblastining dastlabki faunasini asosiy qismi yo‘qolib ketishi xavfi 
    ostida turibdi. Yo‘qolib ketish arafasida turgan endemiklarni qo‘riqxona sharoitida 
    saqlash chora-tadbirlari ishlab chiqilgan. Hozirda Avstraliyada bir nechta yirik 
    milliy bog‘lar tashkil etilgan. Ularning ayrimlari to‘liq sim to‘r bilan o‘rab olingan 
    bo‘lib, boshqa hayvonlarning bu joyga kirishi yoki boshqa joylarga chiqib ketishi 
    chegaralanib qo‘yilgan. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, Avstraliyaning eng yirik 
    tajovuzkor yirtqichlaridan sanalgan dingo iti sim to‘rlarning ostini kovlab milliy 
    bog‘lardagi hayvonlarning ko‘plab qirilishiga sabab bo‘lmoqda. Ba’zida sim 
    to‘rdan tashqariga chiqib ketishga uringan hayvonlarning ayrimlari unga ilinib 
    nobud bo‘lish hollari ham uchrab turadi. 
    Avstraliyaga dastlabki odamlar (kelgindilar) muz davridan keyin kirib 
    kelishgan. Bu davrda tuban sut emizuvchilar bu joy faunasining asosini tashkil 
    etgan. Bu himoyasiz hayvonlar dastlabki kelgindi ovchilarga juda oson o‘lja 
    bo‘lgan. Bu davrda asosiy ov qurollaridan sodda tuzilgan bumerang va nayzalar 
    bo‘lgan. Odamlar va dingo iti xaltali bo‘rini (Tylacinus cynocefolos) o‘z arealidan 
    siqib chiqargan. U keyinchalik Tasmaniyada saqlanib qolgan va nihoyat eng yirik 
    xaltali yirtqichlardan bo‘lgan xaltali bo‘ri XX asrning o‘rtalarida inson tomonidan 
    butunlay qirib tashlangan.
    Yirik xaltali hayvon –Diprotodon optimum (karkidon kattaligidagi hayvon) 
    iqlimning o‘zgarishi natijasida qirilib ketganligi haqida mu’lumotlar bor. Aniqrog‘i 
    Avstraliyaning ko‘pchilik qismini cho‘lga aylanishi bunga sabab bo‘lgan.
    Avstraliya xuddi shunday Janubiy Amerika va Afrikada ayni vaqtda ham 
    mahalliy aholining aksariyat qismi hayvonot dunyosi bilan yonma-yon ravishda 
    juda yaqindan aloqada yashab kelmoqda. Shuni aytish lozimki, aborogen aholi ov 
    jarayonida hayvonot dunyosining butunlay qirilib ketishini oldini olish bo‘yicha 


    117 
    o‘ziga xos uslbulardan foydalanishadi va ularning sonini saqlanib qolishini 
    ta’minlashadi. Bu holatni mahalliy xalqning son jihatdan kamligi va ov 
    qurollarining soddaligi bilan tushuntirishga urinishadi, aslida esa bu xalqlar o‘ziga 
    xos ov qonunlariga amal qiladi, (ma’lum miqdorda ov qilish, o‘zini ov qilishdan 
    jilovlash va boshq). Masalan, Yangi Gvineniyaning Janubiy qirg‘oqlarida 
    yashovchi melaneziy qabilasi har yili dengiz qushlarining tuxumlarini yig‘ish bilan 
    shug‘ullanadi. Lekin ular qushlar populyasiyasining sonini saqlash maqsadida 
    uyada albatta ma’lum miqdorda tuxumlarni qoldirishadi. Ammo keyinchalik 
    mazkur qabila yashaydigan joyga boshqa bir qabilaning ham kelib qo‘shilishi bu 
    ov uslubining buzilib ketishiga va qushlarning uya kaloniyalari yo‘qolib ketishiga 
    sabab bo‘lgan. 
    Xuddi shunga o‘xshash Yangi-Gvineyaning sharqiy qismidagi qishloqqa 
    kelgan “yangi” avstraliyalik ovchi baliq ovlashning nisbatan samarali usulini joriy 
    etishni taklif qilganida, qishloq oqsoqoli bunga yo‘l qo‘ymagan, hamda 
    baliqlarning qirilib ketishidan xavfsirashini ma’lum qilgan. 
    Jannat qushlarining narlaridagi parlar kiyimlarni bezash maqsadida 
    foydalanilganligi oqibatida ularning soni kamayib, areali qisqarib ketgan. Mahalliy 
    aholi shunday turlardan Paradisaea opoda raggiana ni o‘zlarining qabilalari mulki 
    sifatida ardoqlashadi va faqat qari vakillarinigina ovlashadi. 

    Download 9,63 Mb.
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   352




    Download 9,63 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta

    Download 9,63 Mb.
    Pdf ko'rish