99
chiqindilar bilan oziqlanishi hisobidan sanitarlik vazifasini bajarishini inobatga
oladigan bo‘lsak, mayna juda ham foydali qush hisoblanadi. Lekin, maynaning
shahar sharoitida yuqori zichlikka egaligini, antisanitariya bilan bog‘liq
muammolarning kelib chiqishida ishtirok etishini, tungi koloniyalarida kuchli
shovqinga sababchi bo‘lishini hisobga olgan holda, uning sonini boshqarish
tadbirlarini amalga oshirish lozim. Mayna biologiyasi, ekologiyasi va etalogiyasini
o‘rganib shuni aytish mumkinki, tabiiy landshaftlarning antropogen landshaftlar
bilan almashinishi ham mayna sonini oshishiga sabab bo‘lmoqda. Maynaning
sonini shahar sharoitida boshqarish uchun ko‘payish vaqti tuxumlar uyaga
qo‘yilgandan so‘ng, tuxumlarni minutiga 3-5 ming marta tezlikda aylanadigan
sentrafugada aylantirib (ishlov berib) o‘z o‘rniga qo‘yish, maynaning kushandasi
hisoblangan zag‘izg‘on va bo‘ktargi kabi yirtqichlarga zarar yetkazmaslik, shahar
hududidagi axlatxonalarda chiqindilarning uzoq vaqt turib qolishiga yo‘l
qo‘ymaslik, binolarni o‘z vaqtida ta’mirlash, karnaklarni himoyalash, shahardagi
eski qurib ketgan daraxtlarni nazorat qilish, vidio va audio tasmalaridan
foydalanish, umuman olganda maynani shaharga jalb etuvchi omillarni bartaraf
etish kerak. Buning uchun aholining madaniy-ekologik saviyasini rivojlantirish
zarur.