Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta




Download 9,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/352
Sana10.01.2024
Hajmi9,63 Mb.
#134163
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   352
Bog'liq
BuxDUPI to\'plam

 
  
Maynalar uyalarini zag‘izg‘onlarning eski inlariga, ta’mir talab binolardagi 
teshik-tarqamlarga, himoyalanmagan karnaklar ichiga, suv quvirlari atrofiga 
o‘ralgan g‘iloflar orasiga o‘z turiga xos mahorat bilan joylashtiradi. 
Zag‘izg‘onlarning eski inlaridan foydalanishda maynaga ko‘k kaptar, qumri, cho‘l 
sog‘i kabi o‘zga turlar va o‘z turdoshlari raqobatchi bo‘ladi. Uya materialini 
tanlashda qush atrofdagi tez va oson topiladigan xom-ashyoga murojat etadi. 
Jumladan, tut, olma, o‘rik, qaroli, olmurut kabi daraxtlarning barglari hamda 
shoxchalari, oq pilyonka, turli shirinliklarning qadoqlari, qora selofan, iplar, ko‘p 
yillik o‘simliklarning tana qismlari, audio kasetalarining lentalari, qo‘y, sigir, 
otlarning jun-qillari, go‘ng qarg‘a, ko‘k kaptar, tovuq kabi qushlarning kontur 
patlari bunga yorqin misol bo‘ladi. 
Maynaning ko‘payish sikli ancha cho‘ziq bo‘lib, uning ikkita tuxumli 
uyasining (17.08.1967) va 10-12 kunlik jo‘jali uyasining (02.09.1970) topilishi 
ham buni isbotlaydi (Baqoyev, 1994).
Mayna 4-6 ta tuxum qo‘yadi, tuxumlarining po‘chog‘i och havorang-ko‘kish 
tusda bo‘ladi. Tuxumlar har kuni bittadan yoki kunora qo‘yilganligini kuzatish 
mumkin. Uyalardagi tuxumlarning soni, katta-kichikligi va shakli turlicha bo‘ladi.
Mayna tuxumlarining morfometriyasi quyidagi 1-jadvalda keltirilgan 
 


96 
 
1-jadval 
 
Mayna tuxumlarining o‘lchamlari (n=9) 
Tuxumlarning o‘lchamlari, mm., g 
Uzunligi Eni 
Uchki eni 
Tubining eni 
Massasi 
31,0 
22,0 
18,5 
19,2 
8,1 
30,6 
21,8 
18,6 
19,8 
7,9 
31,8 
22,0 
19,1 
20,9 
8,4 
32,4 
22,0 
18,8 
20,7 
8,7 
29,6 
20,8 
15,7 
18,7 
6,9 
29,4 
20,8 
16,9 
19,3 
6,8 
30,0 
21,0 
18,4 
20,0 
7,1 
29,3 
21,0 
18,5 
19,0 
6,9 
29,3 
21,0 
18,0 
18,9 
6,9 
Tuxum bosish uyaga birinchi tuxum qo‘yilishi bilan boshlanadi. Tuxum 
bosishda urg‘ochi jins faolroq bo‘ladi. Tuxumlarni urg‘ochisi va erkagi 15 kun 
bosib isitadi. Tuxumidan chiqgan jo‘jalarining quloq teshiklari yopiq, ko‘zlari ojiz, 
tanasi pat va parsiz hamda nimjon va zaif bo‘ladi.
Rivojlanishning 4-kuni quloq teshiklari, 6-7 kunligida ko‘zlari ochiladi va 
tanasida par-patlarning elementlari shakllanib, terisining rangi qizildan qora tusga 
to‘qlasha boshlaydi. Maynaning jo‘jalari xuddi ko‘k kaptar, qumri va musichaning 
polaponlariga o‘xshab tez rivojlanadi va 24 kunda uyasidan uchib chiqadi. Quyida 
oddiy maynaning ko‘payish sikliga oid rasmlar tasvirlanadi 


97 
Mayna oilasi 
Uya qurayotgan mayna 
Mayna jihozlagan zag‘izg‘on uyasi 
Zag‘izg‘on uyasidagi mayna tuxumlari 

Download 9,63 Mb.
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   352




Download 9,63 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta

Download 9,63 Mb.
Pdf ko'rish