soqol, qotma kishi”. Yozuvchi uning aqli zaif, tentakligi kiyinishidan ham
ma’lumligini bildirish uchun “kun isig‘lig‘ig‘a qarshi o‘chakishgandek boshig‘a
eski telpak, egniga paxtasidan boshqasi to‘zib ketgan guppi chopon kiyib, yangi
bo‘z belboqni besh-olti aylandirib bog‘lag‘an va unga besh-oltita chilim qovoqdan
54
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 5-жилдлик. 1-жилд. А-Д. – Т.: “Ўзбек миллий энциклоаедияси” Давлат
илмий нашриёти, 2006. – Б.28.
55
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 5-жилдлик. 1-жилд. А-Д. – Т.: “Ўзбек миллий энциклоаедияси” Давлат
илмий нашриёти, 2006. – Б.183.
132
tortib, to suvqovoq, nosqovoq va tomosha qovoqlarg‘acha osgan; qovoqlarning
og‘rlig‘idan arang harakat qiladirg‘an”ligini chizib ko‘rsatadi. Chunki odamlar
uning bunday yurish-turishini anglamay, hayron qolishadi. Ularning bu hayrati
dialogda shunday sal orqali ifoda etilgan: “Onangiz sizni nima uchun tuqqan?” Bu
savolga javoban Qovoq devona “Xonning qo‘yini boqish uchun, qovoqlarni beliga
taqish uchun; choyingdan ber-chi, quvari!” – deydi.
Devonaga bir piyola choyni ichishga ham tinchlik bermaydilar. Ermak
talablardan biri devonaning ko‘zini shamg‘alat qilgancha, belidagi qovoqlardan
bittasini yulib qochdi. Shundan so‘ng ish yomonga aylanadi. Devona uni quvlab
tutolmaydi. So‘ngra kelib yana bir kosa choyni ichib, unga-bunga yalinch bilan
qarab chiqadi. Bo‘lmagach, qovog‘ini qo‘msab ho‘ngir-ho‘ngir yig‘lamoqqa
tushadi. Ermakchilarning kutkani ham faqat uning yoshi mishig‘iga, mishig‘i
tupugiga qo‘shilib yig‘lashi edi. Shundan so‘ng qovoq o‘g‘risi o‘zi uning yoniga
kelib: “Qovoq o‘g‘risini ushladingizmi, devona?” deb so‘raydi. Devona esa:
“Yo‘q, uka! Qovog‘imdek shishib o‘lsin, qochqancha ketdi!” deb, qarg‘ish bilan
javob beradi. Bu javobdan keyin bir ermakchi lof urib, qovoq o‘g‘risini eski
Jo‘vada ko‘rganligini va u qovoqqa minib ketayotganini aytsa, boshqa birovlar
“zap qovoq edi-da”, “attang-a”, “Qovog‘ingizning o‘zi bu iqlimda yo‘q narsa edi-
da” deya, kulgi bilan devonaning yuragiga galma-gal o‘t yoqa boshlaydilar.
Devonaning qovoq tarjimai holini “Dadam musallas qovoq, oyim mosh
qovoq, men bel qovoq” deb aytgan gapi ham odamlarni rosa kuldiradi. SHunda
ermakchilardan bittasi yuqorida osilgan qovoqni ko‘rsatib, o‘zini ajablanganday
tutib: “Iyi-iyi, anuv kimning qovog‘i-ya?” deb so‘raydi. Devona esa suyukli
qovog‘ini so‘rida ko‘rib quvonib ketadi va “Voy xo‘varingni … jinnilar, voy esi
yo‘q xo‘varilar! Qovog‘imni ber, jinnilar!” – deydi. Lekin ermakchilar undan
qovog‘ini tushirib berish evaziga nima berishini so‘raydilar. Devona esa:
“So‘raganingni ol, jinni… Oyim qishlog‘ig‘a bek bo‘l, tentak: tilla jabduqliq ot
min, jinni…” deydi.
133
Ko‘rinadiki, qalbi pok devona o‘ziga yomonlik qilganni ham alqayapti.
Unga yaxshi niyat bildirayapti. Chunki hadislarda uch kishining – ota-ona, mazlum
va musofirning duosi ijobat bo‘lishi aytiladi. Shuning uchun ba’zi odamlar
devonalardan ermak yo‘li bilan bo‘lsa-da, duosini olishga intilganlar. Lekin ermak
haddidan oshsa, devonalardan olqish o‘rniga so‘kinch yoki qarg‘ish eshitganlar.
Ermakchining sharti bilan qovog‘i o‘ziga qaytarilgan devona belidagi
qovoqlardan bitta egri maymog‘ini ko‘rsatib Musulmon cho‘loq, yonidagi kichkina
tomosha qovoqni turtib Xudoybachcha (Xudoyorbachcha), suv qovog‘ini erkalab
“Nor kalla” (Normuhammad qushbegi), qolgan ikkita silliq qovoqchalarni
“nosqovoq, yupqa tomoq” deb atab, tomoshabinlarni kuldiradi.
Qovoq o‘g‘rilari ichidan tezroq qochib qutulish uchun ketishga intilganda,
yana uni ushlab qoladilar va endi ermakchilar devonaning o‘zini belbog‘ o‘g‘risiga
chiqara boshlaydilar. Bundan g‘azabi qo‘zigan devona ularni avval so‘kadi, keyin
“juvonmarg bo‘lg‘ur!” deya qarg‘aydi. U xuddi belbog‘idan ajralib qoladiganday
ikki qo‘li bilan beliga yopishadi.
Yozuvchi devona nutqidagi qarg‘ishlarni ochiq keltirsa-da, so‘kinchlarni
keltirmaydi. Ularning o‘rnini uch nuqta orqali ko‘rsatadi:
– Xuvaringni … nima deydi, bu!
Devona belbog‘ni o‘g‘irlamaganini, Yusufbek hoji pochchaning o‘g‘lini
uylantirgan to‘yidan olganini aytadi va o‘zini o‘g‘rilikda gumon qilayotganlarni
“tentak”, “jinni” so‘zlari orqali haqorat etishga intiladi. Yusufbek hoji nomining
shu o‘rinda tilga olinishi roman tarkibida alohida keltirilgan “Qovoq devonaning
belbog‘i” hikoyasining roman syujeti bilan ulanib ketishi uchun zamin yaratgan.
Devona ermakchilar ko‘lidan arang qutilib chiqsa ham, ularning ichidagi
ko‘zini bog‘lab olgan bir kishi uning orqasidan ergashadi. U devonani chaqirib
to‘xtatib, nazri borligini aytadi. Lekin devona uning pulini olmay, yo‘lida davom
etaveradi. Devona uni “ko‘z og‘rig‘i” deb atab, bergan savollarini yo takror aytib,
yo savolga savol berib, yo telba-teskari javob qaytarib, asabini qo‘zitadi:
134
– Hali , kim o‘g‘lini uylantirdi, deding?..
– Kim uylantirdi, deding?
– Ayding-ku choyxonada!..
– Aytding-ku choyxonada…
– Belboqni qaerdan olding?
– Buving berdi.
– To‘g‘ri ayt!..
– Bozordan osh olib bersam eysanmi?
– Yuzingga qachon chechak chiqdi?
– Qachon uylantirdi deyman?
– To‘y o‘tganda kelibsan dedim-ku…Bir hafta bo‘ldi, o‘n kun bo‘ldi, bir oy
bo‘ldi. Ha, ha charlari endi bo‘lar emish…charlarga bor. Qorategin.
– Toshkanddan uylantirdimi?
– Xi, xi, xi, ahmoq. Toshkanddan bo‘lmay, Qorategindan uylantirsinmi?
56
Xullas, “ko‘z og‘rig‘i” bu tutal so‘zlardan asabiylashib, yana choyxonaga
qaytadi.
Bu o‘rinda devonaning qabihlikni his etib, “ko‘z og‘rig‘i”ga firibgarona
quvnoqlik bilan javob qaytarishi, g‘arazgo‘y va riyokor bu zotning makrini
beg‘araz soddalik, anqovlik yo‘li bilan fosh etishi e’tiborni tortadi.
Aslida folklordan romangacha ko‘chgan bu obraz maishiy turmush, ijtimoiy
hayot voqeliklari, insonlar o‘rtasidagi ziddiyatli munosabatlar mohiyatini alohida
odam nutqi, xatti-harakatlari vositasida parodiyaviy kulgi bilan berish, ularni fosh
etish imkoniyatini yaratishi jihatidan ahamiyatlidir. Chunki, M.Baxtin aytganidek,
“xalq maydon kulgi madaniyati” shunchaki quvnoqlik va hazil-mutoyibadan iborat
emas. Buning ostida borliqda ro‘y berib turgan barcha voqea-hodisalar, ijtimoiy-
iqtisodiy, ma’naviy muammolar, qolaversa, inson fenomeniga xalqona nuqtai
nazar bilan yondashish, ularni shu asosda baholash va talqinlash yotadi. Xalq
56
Қодирий А. Ўткан кунлар. Роман. – Т.: “Шарқ” нашриёт-матбаа концерни бош таҳририяти, 2000. – Б.153-
157.
135
kulgisi har qanday jiddiy tasvir predmeti (voqea, inson, detal va hokazo) bilan
tasvirlovchi o‘rtasida mavjud distansiyani yo‘qotadi. Boshqacha aytganda,
tasvirlovchi (ijodkor)da o‘ziga yaqinlashish, o‘zini o‘rganish imkonini yuzaga
keltiradi: “Kulgi – dunyoga qo‘rqmay munosabatda bo‘lishning asosini
tayyorlashda muhim omil” vazifasini bajaradi.
57
Romandagi bunday kulgili dialoglar romanda voqealar rivojini ta’minlagan
asosiy vositalardan biri bo‘lib ko‘rinadi. Ayniqsa, bu dialoglarning personajlar
yashash hududiga moslab, ular so‘zlashadigan tilda berilishiga e’tibor
qaratilganligi asar ta’sirchanligini va haqqoniyligini yanada oshirishga zamin
yaratgan. Yana dialoglar tarkibida xalq kulgi san’ati an’analariga tayanib
keltirilgan turli xalqona qochirim, ibora, olqish va qrg‘ishlar asar xalqchilligini
ta’minlashga beqiyos xizmat qilgan.
|