Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta




Download 9,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/352
Sana10.01.2024
Hajmi9,63 Mb.
#134163
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   352
Bog'liq
BuxDUPI to\'plam

 
 
 
 


128 
ILK O‘ZBEK ROMANIDA KULGIGA ASOSLANGAN DIOLOGLARNING 
ESTETIK VAZIFASI 
Xaitov XamzaAxmadovich 
BuxDUPI “Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va metodikasi” 
 kafedrasi o‘qituvchisi, f.f.f.d. 
 Jabborova Aziza Shoxnazarovna 
BuxDUPI BTU 1-bosqich talabasi. 
Annotatsiya. Maqolada Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanida 
keltirilgan kulgiga asoslangan dialoglar misolida xalq maydon kulgisining o‘zbek 
romanlari shakllanishi va badiiy taraqqiyotiga ta’siri xususida so‘z yuritilgan. 
Kalit so‘zlar: Roman, o‘zbek romani, kulgi, kulgi san’ati, xalq kulgisi, 
maydon kulgisi, dialog, obraz, personaj nutqi, poetika. 
Abdulla Qodiriy yozgan “O‘tkan kunlar”, “Mehrobdan chayon” kabi o‘zbek 
romanchiligining ilk namunalari poetik qurilishi jihatidan jahon romanchiligi 
an’analarini o‘zida namoyon etishi bilan alohida e’tiborni tortadi. Ularda xalq kulgi 
san’atiga xos ayrim elementlar uchrashi, ayniqsa, kulgiga asoslangan dialoglarning 
uchrashi ayricha diqqatni jalb etadi. 
Yozuvchi tarixiy va zamonaviy muhit, o‘tmish va bugun, unda yashovchi 
qahramonlar o‘rtasidagi masofani yo‘qotish uchun aynan xalq kulgisidan vosita 
sifatida foydalangani kuzatiladi. Ayniqsa, bu holat O‘zbek oyim bilan o‘g‘li 
Otabek, Qovoq devona va choyxonadagi ermaktalab kishilar orasidagi kulgiga 
asoslangan suhbatlar jarayonida yorqin aks etadi. Bu suhbatlar adibning o‘tmish 
bilan bog‘liq ijtimoiy-maishiy hayotga daxldor komediya (kulgisi)sidan dalolat 
beradi. 
O‘zbek oyim o‘tmish, keksa avlodga xos fikrlashi, Otabekning esa 
zamonaviy fikrlashi ularning dialogidan sezilib turadi: 
– Man sani bu umid bilan boqib katta qilmagan edim... San bizning 
naslimizni ko‘tarish o‘rniga, erga urib bulg‘ading. Biz sani Marg‘ilon andisiga 


129 
bunchalik mukkadan ketishingni o‘ylamagan edik, adabsiz... o‘zingga qolsa shu 
marg‘ilonliqni xoting‘a hisoblab ketaberar ekansan-da, uyatsiz!... 
Otabek ham qizishdi: 
– Xotin bo‘lmasa nima, axir?! 
– Qoshliq, ko‘zlik bir andi! 
– Andi deganingiz nima o‘zi?.. 
– Andi... andi... o‘zi xitoymi, nima balo... o‘zi qalmoqdan tarqag‘an bo‘ladir... 
Tushunmagan bo‘lsang, lo‘lilarning bir toyifasi...
50
Bu dialog nafaqat Otabekning, balki ularni kuzatib turgan otasi YUsufbek 
hojining ham xaxolab kulib yuborishiga sabab bo‘ladi. O‘zbek oyimning “tirnoq 
ostidan kir izlab va da’vosining isboti uchun g‘o‘ldirashi” ularning “kulib 
kayflanishi”ga olib keladi. Hatto Yusufbek hoji ko‘ziga qattiq kulgidan yosh 
keladi.
Keltirilgan dialog vositasida O‘zbek oyimning fikridagi eskilik va 
yangilikka munosabat, qoloqlik va ilg‘orlik o‘rtasidagi ziddiyat fosh etuvchi 
kulgiga asos yaratgani ayonlashadi. Yana bu kulgi o‘z ijtimoiy-moddiy asoslariga 
egaligi bilan e’tiborlidir. 
Rus romanshunosi M.Baxtin romanga xos beqaror shakl, o‘zgaruvchan 
mazmun, ko‘p tilli qurama tafakkur xususiyatlari undagi voqealarning aynan 
komediya qatlamida sodir bo‘lishidan kelib chiqqanini,
51
xalq kulgi madaniyatining 
ildizlari esa “jiddiy-kulgili” janrlarga borib bog‘lanishini, mimlar, masallar, 
bukolikalar, pamfletlar, memuarlar, suqrotona, lukiancha dialoglar uning tarkibiga 
kirishini, asosida xalq kulgi madaniyati yotuvchi ushbu janrlar roman janri uchun 
poydevor bo‘lib xizmat qilganini alohida ta’kidlaydi.
52
50
Қодирий А. Ўткан кунлар. Роман. – Т.: “Шарқ” нашриёт-матбаа концерни бош таҳририяти, 2000. – Б.136-
137.
51
Бахтин М. Эпос ва роман (Романни талқин этиш методологияси ҳақида). Рус тилидан Узоқ Жўрақулов 
таржимаси. // Филология масалалари. – 2005. – № 3. – Б.239. 
52
Бахтин М. Романда замон ва хронотоп шакллари. Тарихий поэтикадан очерклар. Рус тилидан Узоқ 
Жўрақулов таржимаси. – Тошкент: Akademnashr, 2015. – Б.22. 


130 
Darhaqiqat, “O‘tkan kunlar” romanida ham A.Qodiriyning kulgiga 
asoslangan dialoglar vositasida yuqori tabaqa vakillari, amaldorlarning hayotiga, 
xonadoniga, turmushiga nazar solish bilan birga ularning ichki dunyosiga ham 
kirib borish, qayg‘usi va quvonchiga baravar sherik bo‘lish imkoni hosil qilingan. 
Xalq kulgisi el ko‘zida qilib bo‘lmaydigan ishlarni bajaruvchi, gapirib 
bo‘lmaydigan so‘zlarni gapiruvchi shaxslarni fosh qilish vositasi bo‘lib ham 
keladi. Bu jihatdan A.Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanidagi “Qovoq 
devonaning belbog‘i” faslida
53
och qoringa sarimsoq eb, ko‘kchoy ichishdan 
zerikkan kishilar choyxonaga Qovoq devonaning kirishi bilan unga so‘z qota 
boshlashidan iborat dialogni misol qilish mumkin.
Devona (telba, jinni, majnun) obrazlari nafaqat o‘zbek, balki jahon 
adabiyotining an’anaviy obrazlaridan biri bo‘lib, hamisha faol “fosh etuvchi” 
qiyofasida gavdalantirilgan. Darhaqiqat, “O‘tkan kunlar” romani syujetida ham 
Qovoq devona xuddi shunday “fosh etuvchi” vazifasida keltirilgan. Uning ayni 
odamlar to‘planadigan joy – choyxonaga kirib kelishi va haqiqatni so‘zlashi 
tasvirida “fosh etuvchi”lik vazifasi to‘la namoyon bo‘ladi. U sodda va anqov 
bo‘lsa-da, haqiqatgo‘y va pokdomon, jamiyatdagi illatlarni ochiq-oshkora tanqid 
etishga qodir va jur’atli qiyofada namoyon bo‘ladi. Aynan shu xislati uni hammaga 
ma’lum va mashhur qilgan edi. SHuning uchun chanqog‘ini bostirish uchun 
choyxonaga kirib kelgan devonaga faqat choyxonachigina emas, boshqalar ham 
e’tibor qaratib, “keling” deya mulozimatli murojaat qilishadi: 
– Keling-keling, devona! 
– Bir kosa choylaring bormi, xo‘vari? 
– Bor-bor, avliya, bitta bachcha bo‘lsangiz idishi bilansizniki. 
Bu dialogda “avliya”, ya’ni “avliyo” deb murojaat qilingan kishiga “bachcha 
bo‘ling” deyish kufr. Chunki “avliyo” so‘zi arabcha “valilar” so‘zining ko‘pligi 
bo‘lib, birinchidan, e’tiqodli va aziz, muqaddas va ollohga yaqin kishilarga, 
53
Қодирий А. Ўткан кунлар. Роман. – Т.: “Шарқ” нашриёт-матбаа концерни бош таҳририяти, 2000. – Б.153-
157.


131 
ikkinchidan, karomat va bashorat qila oladigan, mo‘‘jizalar ko‘rsata oladigan 
odamlarga, uchinchidan, ulug‘, zo‘r fahmlanuvchi odamga, to‘rtinchidan, hech 
narsa bilan ishi yo‘q, darveshsifat, darveshnamo odamga nisbatan qo‘llanadi.
54
Demak, asarda odamlar nutqida Qovoq devonaga nisbatan “avliyo” so‘zi uning 
ollohga yaqin kishi (mazlum zot), bashorat qila oladigan kishi, hech narsa bilan 
ishi yo‘q, darveshsifat va darveshnamo odam ekanligini ta’kidlash uchun 
ishlatilgani ma’lum bo‘ladi. Mazkur fikr yozuvchining “O‘z zamonasining 
mashhur bir devonasi edi... Bu devona Toshkandning barchasiga ma’lum; 
beklardan, boylardan; qisqasi, shaharning katta-kichigidan o‘ziga ixlosmandlar 
ortirg‘an va ko‘plarning tarafidan qilg‘an karomatlari rivoyat etilgan bir majnun 
edi. Shahardagi har kim uning oshnasi, karomati bilan beparvo bo‘lg‘anlar ham 
uning qiziq harakatlariga va tutal so‘zlariga qiziqar edi. Bu choyxonadagilar ham 
shu keyingi sinfdan edilar”, – deyishi misolida ham o‘z tasdig‘ini topadi. 
“Bachcha” so‘zi “birovning (akavachchasining) qaramog‘ida va ixtiyorida 
bo‘lgan xushro‘y, kelishgan o‘yinchi o‘g‘il bola; besoqol yoki umuman o‘yinchi 
bola, raqqos ma’nosida ishlatiladi.
55
Shuning uchun Qovoq devona o‘ziga nisbatan 
bu so‘zning qaysi ma’noda aytilganini aniqlashga intilib: “Bachchang kim, 
bachchang? Onam meni bachchalik uchun tug‘mag‘an…Choyingdan ber, 
choyingdan!” – deydi. 
Yozuvchi Qovoq devonaga nisbatan shu so‘zning ishlatilishini e’tiborga 
olib, bu dialoggacha uning kimligi, ko‘rinishi, portreti, xarakter-xususiyati bilan 
kitobxonni oldindan quyidagicha tanishtiradi: “Qovoq devona o‘rta yosh, siyrak 

Download 9,63 Mb.
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   352




Download 9,63 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta

Download 9,63 Mb.
Pdf ko'rish