• Sharopova Gulnigor Baxriddinovna BuxDUPI BTU 1-bosqich talabasi. Annotatsiya.
  • Kalit so‘zlar
  • Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta




    Download 9,63 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet58/352
    Sana10.01.2024
    Hajmi9,63 Mb.
    #134163
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   352
    Bog'liq
    BuxDUPI to\'plam

     
     
     
     
     
    XX ASR ADABIYOTIDA YANGI YO‘NALISH – HANGOMALAR 
    XUSUSIDA 
    Xaitov XamzaAxmadovich 
    BuxDUPI “Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va metodikasi” 
     kafedrasi o‘qituvchisi, f.f.f.d. 
    Sharopova Gulnigor Baxriddinovna 
    BuxDUPI BTU 1-bosqich talabasi. 
    Annotatsiya. Ushbu maqolada XX asr o‘zbek adabiyoti nazm va nasrida 
    yangi yo‘nalish bo‘lgan hangomalarning badiiy estetik qimmati va g‘oyaviy 
    talqinlari ilmiy-nazariy tahlil qilingan. 
    Kalit so‘zlar: olomon, xushchakchaq, suhbat, askiya, shavqli, zavqli, sodda, 
    samimiy, ertaknamo, yumor, Anvar Obidjon, Abdulla Oripov, shudgor mavsumi, 
    axmoqqa amal.
    Hangoma yoki hangama so‘zlari forschadan olingan bo‘lib, olomon, yig‘in; 
    gurunglashish, xushchaqchaq suhbat degan ma’nolarni bildirib keladi.
    58
    Zamonaviy o‘zbek adabiyotida ayrim shoir va yozuvchilarning o‘z asarlarini 
    “hangoma” deb ko‘rsatgani bot-bot ko‘zga tashlanadi. Bunday asarlarda bir necha 
    kishi o‘rtasida yuz bergan xushchaqchaq, ko‘tarinki ruhdagi shirin, kulgili suhbat 
    hangoma sifatida qayd qilinadi. Ma’lumki, bir necha kishi o‘rtasida yuz bergan 
    58
    Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 5 жилдлик. 5-жилд. Шукрона – Ҳ. – Т.: “Ўзбекистон миллий 
    энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти, 2007. – Б.504. 


    156 
    xushchaqchaq, o‘ziga va boshqalarga ko‘tarinki ruh bag‘ishlaydigan, kulgiga 
    asoslangan suhbat xalq og‘zaki ijodida askiya deb yuritiladi. Ammo hangoma faqat 
    shirin, kulgili suhbatni emas, qahramonlar boshidan kechirgan kuligili holatlarni 
    so‘zlab berishni ham anglatadi.
    Ko‘pincha tilimizda hangomalar shavqli, zavqli, sodda, samimiy, qiziq, 
    ertaknoma kabi sifatlashlar bilan ishlatiladi. 
    Insonlarning bir-biri bilan hangomalashishi to‘yda, o‘yin-kulgili ziyofat 
    davralarida, yo‘lda yuz beradi. Masalan, bu o‘rinda Abdulla Oripovning xalqona 
    ruhda yaratilgan “Hangoma” she’rini eslash kifoya. Unda ikki keksa kishining qish 
    vaqti, qor bo‘ralab yog‘ib turgan bir paytda qo‘shni ovulga to‘yga boraman deb, 
    yo‘lda adashib qolishi bilan bog‘liq kulgili bir voqea bayon etilgan. “O‘zbeklarga 
    xos bo‘lgan qadimiy urf-odatga ko‘ra, aytilgan joyga albatta borish lozim”
    59
    bo‘lgani uchun chollar yo‘lda hangomalashib, yo‘lni yo‘qotib qo‘yadilar va yana 
    aylanib-aylanib o‘z ovullariga kelib qoladilar. Buni bilmagan chollar bir eshikni 
    taqillatdilar. Eshikni ochgan kampirni tanimay, undan bir kecha tunashga joy 
    so‘raydilar. Kampir esa ularni qarg‘ab, urishib beradi. Negaki, kampir shu 
    chollardan birining xotini ekan. Kampir “Hoy, senmi, bu er yutkur, iymoningdan 
    kechdingmi? To‘yda aroq-paroq ichdingmiki, aljiraysan” deb, cholini koyiydi. 
    A.Hamdamov yozganidek: “Kampirning bu gaplari asarning birinchi bandida 
    ifodalangan yumoristik pafosning kulminatsion cho‘qqisini hamdayumoristik 
    konfliktning echimini ifodalab keladi. Boshqacha aytganda, asardagi yumoristik 
    mazmunning kulminatsiyasi bilan echimi bir paytga to‘g‘ri keladi”.
    60
    Mana shu 
    kutilmagan echim, xuddi latifalardagidek favqulodda kulgini keltirib chiqaradi.
    Ma’lumki, kulgi sahnalarida ba’zan ayanchli ahvolga sababchi bo‘lganlarni 
    so‘kish holati kuzatiladi. Bu so‘kinish haqiqatni ochishga qaratilganligi bilan 
    nafratga emas, aksincha, kulgi va zavqqa sabab bo‘ladi. Jumladan, Abdulla 
    59
    Ҳамдамов Акрам. Абдулла Ориповнинг “Ҳангома” шеърида халқона руҳ. // Ўзбек тили ва адабиёти. – 
    2004. – 4-сон. – Б. 65-67. 
    60
    Ҳамдамов Акрам. Абдулла Ориповнинг “Ҳангома” шеърида халқона руҳ. // Ўзбек тили ва адабиёти. – 
    2004. – 4-сон. – Б. 66.


    157 
    Oripovning “Hangoma”sida ham chigal sharoitga tushib qolgan chollarning o‘z 
    nochor ahvollariga sabab bo‘lgan to‘y egasini “Qora qishda to‘y qilmay battar 
    bo‘lgur nokas, gov. Bachchag‘arning aslida fe’li sovuq edi-yov” deb so‘kinishlari 
    tasodifiy jahl ifodasi emas. Bu so‘kinishda chollarning faqat to‘y egasidan qahru 
    g‘azabi, noroziligi, jahli emas, ko‘pni ko‘rgan bo‘lishlariga qaramay, yo‘ldan 
    adashganliklaridan alami, pushaymonligi ham aks etgan. 
    Hangomalar sodda tilda, xalqona iboralar, qochirimli gaplar, kinoya-
    kesatiqlar, olqish, qarg‘ish va so‘kinchlar, xalqona hazillar ishtirokida yaratilgani 
    bilan xalq tilini adabiy tilga yaqinlashtirishga asos bo‘ladi. 
    Hangomalarda hayotda kam uchraydigan, kishini hayratga solib, kulgisini 
    qo‘zg‘atadigan qiziqarli voqealar tasviri keltiriladi. 
    O‘tmishdan hozirgacha ruhan yaqin insonlarning yoq-bu yoqdan, qiziq-qiziq 
    voqealar haqida suhbat qilib, vaqtichog‘lik qilish maqsadida hangoma davralari 
    tashkil qilib kelinadi. Bunday yig‘in ikki yoki undan ortiq kishilar o‘rtasida 
    uyushtirilgan. Hayotda hangomatalab, ya’ni hangomani, hangomalashishni yaxshi 
    ko‘ruvchi kishilar alohida toifani tashkil etadi. 
    O‘zbek adabiyotida hangomalarning she’riy va nasriy ko‘rinishlari uchraydi. 
    Abdulla Oripov “Hangoma”si uning she’riy ko‘rinishi bo‘lsa, Anvar Obidjonning 
    “Oltiariq hangomalari”
    61
    nasrda yaratilgan. Asarda keltirilgan kichik hajmli 
    hikoyalardan biri uning “hangoma” ekanligiga ishora qilib, shunday boshlangan: 
    “Bu hangoma qirqinchi yillardan yodgorlik”. Ko‘rinadiki, hangomalar ko‘pincha 
    vaqt, muhit, vaziyat, sharoit tasviri bilan boshlanadi. Bu jihatdan Abdulla Oripov 
    “Hangoma”sida dovuldan qolishmaydigan qor bo‘ralab yog‘ib turgan bir sharoitda 
    qo‘shni ovuldan to‘yga aytib ketish voqeasi tasvirlangan bo‘lsa, Anvar Obidjon 
    keltirgan hangomada o‘tgan asrning qirqinchi yillarida Oltiariqda yuz bergan bir 
    voqea xotirasi ifoda etilgan. Unda aytilishicha, zamona zayli bilan molboqar 
    Xo‘jamatning ukasi raykomga mas’ul ishga o‘tibdiyu, kolxozning o‘ta chalasovod 
    61
    Обиджон, Анвар. Олтиариқ ҳангомалари: Ҳажвия ва ҳангомалар. – Т.: Маънавият, 19999. – 192 б. 


    158 
    (dekmak, o‘ta laganbardor) raisi uni birdan ferma mudirligiga ko‘taribdi. SHudgor 
    mavsumida oblijroqo‘m vakili kelib, Xo‘jamatga odatdagi o‘tkinchi po‘pisalaridan 
    qilib, fermadagi go‘nglarni brigadalarga taqsimlab berishni, haydovdan oldin erga 
    solishlari zarurligini buyuribdi. Nazoratini shaxsan Xo‘matga topshiribdi. Qaysi 
    brigadir biror gramm go‘ngni isrof qilsa, ma’lumot yuborib turishini tayinlabdi. 
    Mabodo bunaqa “xalq dushmanlari”ni yashirgudek bo‘lsa, uning o‘zini jaholashini 
    aytib, po‘pisa qilibdi. Shundan so‘ng Xo‘jamatga xudo beribdi.U otda dalama-dala 
    kezib, qaysi brigada o‘ramidagi yo‘l yoki uvatda yarim hovuch go‘ng to‘kilib 
    qolgan bo‘lsa ham egar qoshidagi xurjunidan osmatarozini olib, misqollab tortib 
    ko‘rarkan hamda xalq dushmani bo‘lgan falonchining brigadasida 1215 gramm, 
    buzg‘unchi zarakunandalar safdoshi pismadonchining brigadasida 153 gramm sara 
    go‘ng shundordadan tashqarida sochilib yotibdi, deb akt tuzishga kirisharkan... 
    Mana shu bois “Ahmoq ahmoqqa amal bersa, el misqollab go‘ng teradi”, 
    degan maqol birgina Oltiariqda ishlatilishi, uni faqat oltiariqlik tushunishi ta’kidlab 
    o‘tiladi.
    62
    Xullas, o‘zbek adabiyotida hangomalar yaratish o‘ziga xos uslub va badiiy 
    shakl tipi sifatida shakllangan. Ularning shakllanishida xalq maydon kulgi 
    san’atining omil bo‘lgani seziladi.

    Download 9,63 Mb.
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   352




    Download 9,63 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta

    Download 9,63 Mb.
    Pdf ko'rish