151
Bu boʻlgan voqeadan soʻng ikki oʻgʻli ham bir umur oʻzlarini kechira olishmasa
kerak. Shoikrom faryod ovozi eshitilishi bilanoq qilgan ishi xatoligini qoyil boʻlib
qolganini anglang qiynalishni boshlagandi, keyin esa qulupnay pushtalati orasida
onasini koʻrish uni daxshatga solib qoʻyishi turgan gap. Shone'mat esa faqat tiitroq
tovushda Sut ichmay zahar ichsam bo‘lmasmidi, deya olardi xolos. Aslini olganda
Umri xolaning oʻlimiga uning oʻgʻillarini ham, kelinini ham ayblab boʻlmaydi.
Mening fikrimcha bu yerda yagona ayibdor bu urush. Adibimiz Oʻtkir Hoshimov
shu asari orqali urush yillaridagi bitta oilaning axvolini ochib berdi. Endi bir oʻylab
koʻring bu urush qancha axolining qancha oilalarning taqdirida oʻchmas dogʻlar
qoldirdi. Agar shu urush boʻlmagamda edi odamlarni azobga qo‘ygan
«qoraxat»lar kelmagan bo‘lar edi. Shoikrom vijdon azobida qolmas, erkin nafas
olardi. Shone'mat o‘lim changalidan qutulib ketgan, Umri xola esa farzandlarining
rohatini ko‘rgan bo‘lar edi. Xadichani oila tashvishlari bunchalik qiynamagan
bo‘lardi. Bu urush har bir xonadonga kulfat olib kelgan, har bir qalbda bitmas
jarohat qoldirgan. Lekin urush degan balo hali Yer yuzidan butunlay supurib
tashlangani yo‘q. U goh terrorchilik shaklida, goh milliy va diniy adovatlar
shaklida o‘z sharpasini ko‘rsatib turibdi. Agar odamzod ogoh bo‘lmasa, ona
zamindagi barcha tinchliksevar kuchlar birlashib, urushga qarshi chiqmasa, bu
fojia avvalgilaridan ham dahshatliroq bo‘lib takrorlanishi mumkin. Barchamiz esa
hamisha bir yoqadan bosh chiqarib, o‘zaro birlashib tinchlik barqarorligi uchun
shay turishimiz kerak.