INSON QADRINI ULUG‘LASH VA FAOL MAHALLA YILI




Download 9,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/352
Sana10.01.2024
Hajmi9,63 Mb.
#134163
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   352
Bog'liq
BuxDUPI to\'plam

 
INSON QADRINI ULUG‘LASH VA FAOL MAHALLA YILI
 
Xudoyorova Mohinur 
Buxoro davlat universitetining
Pedagogika instituti talabasi
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Yangi yil munosabati bilan O‘zbekiston 
xalqiga yo‘llagan tabrigida 2022-yilni “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla 
yili” deb e'lon qildilar. Albatta,yilga bunday nom berilishi xalqimizning hayoti 
yanada faravon va mazmunli bo‘lishi uchun bor kuch va imkoniyatlar safarbar 
etilishiga,inson qadrini ulug‘lash,mahallar obodligiga erishish,olis qishloqlarda 
shahar qiyofasini aks ettirish yo‘lida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirishga 
ishoradir, deb bilaman. 
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev : “Yurtimizda keng ko‘lamli islohotlarimiz 
barqaror tus oldi. Ularni yanada rivojlantirish maqsadida biz Yangi O‘zbekiston 


143 
Taraqqiyot strategiyasini ishlab chiqdik. Uning asosida “Inson qadri uchun” degan 
ulug‘vor g‘oyani amalga oshiramiz” deb aytib o‘tdilar. Inson qadrini ulug‘lash - 
yurtimizda yashayotgan har bir odamning huquq va erkinliklari qonuniy 
kafolatlarini ta'minlash demakdir. Bu borada jamiyatimiz asosi bo‘lgan mahalla hal 
qiluvchi o‘rin tutadi.Mahalla tinch bo‘lsa, yurt tinch bo‘ladi.
Inson qadri ulug‘lagan el 
Inson qadri yuksalgan millat, 
Matonatli farzandlar bisyor 
Mahallada jonkuyar ham ibrat, 
Rahmat go‘zal mehmondo‘st diyor. 
Yillar nomi baxsh etgay chiroy, 
Odamlari jasur hotamyoy 
Tunlarini yoritar to‘lin oy, 
Yo‘lbars yili bo‘l hikmatga boy! 
Zafar quchgan,insonlari hur, 
Qalbi daryo ko‘zlarida nur 
Der-har ishga tayyorman buyur, 
Tinglab jo‘shar yurakda g‘urur. 
Yurtboshisi dono xalqimning, 
Orzulari chorlar baxt sari
To bor ekan buyuk muhabbat, 
Go‘zallikka to‘lgay yer shari. 
Insonni ulug‘lash,uning huquq va qonuniy manfaatlarini ifoda etish hamda 
har tomonlama kamol toptirish mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha 
islohotlarda bosh omil qilib olinayotgani buning yorqin misoldir. Mamlakatimizda 
o‘tgan yillar davomida inson manfaatlarini himoya qilish kuchli ijtimoiy 
himoyaning huquqiy asoslari yaratilib mustahkamlanib borilmoqda. Bu tamoyillar 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qabul qilingan qonunlarda o‘z aksini 


144 
topmoqda. Jumladan davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Iqtisodiy taraqqiyot va 
kambag‘allikni qisqartirish, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tashkil 
etildi. Yangi O‘zbekistonda erkin fuqarolik jamiyatini barpo etish va insonparvar 
demokratik huquqiy davlat qurish yo‘lida keng ko‘lamli islohotlar amalga 
oshirilmoqda. Ushbu islohotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad inson qadrini 
ulug‘lash,uning huquq va manfaatlarini ta'minlash va ularning ijtimoiy himoya 
qilishdir. Inson qadrini ulug‘lash , har kimning huquq va erkinliklari , qonuniy 
manfaatlarini ta 'minlash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning 
ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Bu adolatli , erkin va farovon jamiyat qurishdek 
ulug‘vor maqsad bilan yashab kelayotgan ko‘pmillatli xalqimizni nihoyatda 
to‘lqinlantirgani ayni haqiqat. Ta'kidlash joizki ,chuqur islohotlar natijasida 
mamlakatimizda "Inson qadri ustuvor bo‘lgan jamiyat va xalqparvar davlat 
g‘oyasi asosida Yangi O‘zbekiston barpo etishning zarur siyosiy-huquqiy 
,ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma'rifiy asoslari yaratildi.Bugungi davrda Yangi 
O‘zbekiston“Inson qadri ustuvor bo‘lgan jamiyat va xalqparvar davlat” degan 
muhim g‘oya negizida barpo etilmoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan 2022-yilni 
“Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” deb nomlanishi mamlakatimizda 
ijtimoiy himoya masalasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lami tobora kengayib 
borishi va inson manfaati va qadri ustuvor ekanligining dalolatidir. 
Prezidentimiz ish o‘rinlari yaratish barcha darajadagi rahbarlarning e'tibor 
markazida turishi kerakligini bejiz bot-bot ta'kidlamayaptilar. Chunki odamlar 
ishli bo‘lsa , aholi jon boshiga daromadi ko‘paysa , hayotda katta maqsadlar bilan 
yashaydi, oilada tinchlik, ishida unum bo‘ladi. Mamlakatimizda aholi bandligini 
ta'minlash bo‘yicha butunlay yangi tizim yaratilgani va bi boradigi ishlar izchil 
davom etayotgani albatta, quvonarlidir. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev


145 
tomonidan mahallalardagi holatlarga e'tibor berilib: “Obod qishloq” va “Obod 
mahalla” dasturlarimizni amalga oshirish islohotlarimiz ichida eng muhim 
o‘rinlaridan birini egallaydi. Chunki biz xalqimiz oldida ularning muammolarini 
hal etish, turmush sharoiti va hayot sifatini yaxshilashga burchlimiz” deya 
ta’kidlaydilar prezidentimiz. 
Konstitusiyamizda belgilanishicha, O‘zbekiston Respublikasida demokratik 
umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi , ularga ko‘ra inson ,uning hayoti, erkinligi, 
sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. 
Insonni ulug‘lash , uning huquq va qonuniy manfaatlarini ifoda etish hamda har 
tomonlama kamol toptirish Konstitutsiyasining asosiy g‘oyasiga aylantirilgan.
Zero, shaxsning sha'ni va qadr-qimmati, uning hayoti va sog‘lig‘i yoki shaxsiy
erkinligi , takrorlanmaydigan boylikdir. Konstitutsiyasimizning 26-moddasida 
hech kim qiynoqqa solinishi , zo‘ravonlikka , shafqatsiz yoki inson qadr-
qimmatini kamsituvchi bashqa tarzdagi tayziqqa duchor etilishi mumkin emasligi 
belgilab qo‘yilgan. 

Download 9,63 Mb.
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   352




Download 9,63 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



INSON QADRINI ULUG‘LASH VA FAOL MAHALLA YILI

Download 9,63 Mb.
Pdf ko'rish