136
7.
Qodiriy A. O‘tkan kunlar. Roman. - T.: “Sharq” nashriyot-matbaa kontserni
bosh tahririyati, 2000. - B.153-157.
8.
Baxtin M. Epos va roman (Romanni talqin etish metodologiyasi haqida) //
Filologiya masalalari. - 2005. - № 3. - B.241.
ABDULLA ORIPOV SHE’RLARIDA TASVIRIYLIKNI KUCHAYTIRGAN
OMILLAR
Maratova Elenora
BuxDUPI talabasi
Annotatsiya. O‘zbek shoirlari o‘z yo‘nalishi, o‘z she’r yo‘li borligi bilan
bir- biridan tubdan farq qiladi. She’rlariga xalqona ohanglar berib, el qalbiga yo‘l
topadi.
O‘zbekiston Qahramoni, Navoiy mukofoti sovrindori, Xalq shoiri Abdulla
Oripov ayni shunday shoirlar qatoriga kiradi. Shoirning she’rlari nafaqat o‘zbek,
balki qardosh xalq vakillari uchun ham alohida ahamiyat kasb etadi. Shoir turkiy
ohanglarni qo‘shish orqali she’rlarida tasviriylikni, obrazlilikni, jonli ko‘rinishni
yaratib bera oladi.
Abdulla Oripov she’rlarida o‘zbek
tilining jozibasi, imkoniyatlarini,
badiiyligini mohirona tarzda aks ettira olgan.
Badiiy asarning asosiy elementi bu so‘zdir. Asarning asl asar darajasiga
yetishida tilning imkoniyatlaridan qay darajada foydalana olish muhim
hisoblanadi. O‘z navbatida tilning rivojlanishi uchun ham badiiy asarlar muhim
omil bo‘lib xizmat qiladi.Yozuvchi shoirlar ijodi ustida olib borilayotgan tadqiqot
va o‘rganish ishlari tilshunosligimiz taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.
Har qanday shoir – u yozuvchilarning barkamollikka erishuvi, til
unsurlaridan qay darajada mahorat bilan foydalana olishida ko‘zga tashlanadi. Bu
tadqiqot ishining maqsadi til vositalarini nechog‘lik to‘g‘ri va aniq qo‘llay
olinganligini izohlash.
137
Abdulla Oripov ijodi o‘zbek she’riyatida o‘ziga xos yo‘nalish va ohangga
egaligi bilan ajralib turadi. Shoir she’rlari adabiyotimiz
tarixida yangi bosqichni
boshlab berdi. Quruqshagan o‘zbek she’riyatiga yangicha epkin olib kela oldi.
Turg‘unlik davrida yaratilgan bir xil ma’no-mazmunga, mohiyatga ega she’rlar
ichidan o‘zgacha usul bilan ko‘zga tashlanib chiqa oldi.
O‘zigagina xos bo‘lgan ijod yo‘liga ega ekanligi shoirning ijodini chuqurroq
o‘rganish kerakligini ko‘rsatadi. Shoirning so‘z tanlashdagi mahoratini tadqiq etish
o‘zbek tilshunosligida o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi.
O‘zbek xalqi ko‘p yillik ijodiy merosga ega xalq ekanligi bilan ajralib turadi.
Bu xususiyat ijodkorlar uchun qo‘l keladi. Asar muallifi o‘quvchiga o‘z fikrlarini
yanada teranroq, aniqroq, ifodali va ta’sirchan qilib yetkaza oladi.
Abdulla Oripovning butun ijodi badiiy til va mahorati borasida ulkan va
takrorlanmas ibrat maktabidir.
Shoir o‘z she’rlarida tasviriy xususiyatni oshirirish uchun o‘zbek xalq
maqollari va iboralaridan unumli foydalanadi. Bu orqali shoir fikrini aniq va
ixcham ifodalashga erishadi.
Shoirning “Ranglar va ohanglar” nomli she’riy to‘plamiga kiruvchi “Qadr”
nomli she’rida :
Zakonning qadriga yetmagay nodon,
Bir kun Rasululloh shunday demishlar :
- Olim o‘lganida olam o‘lgaydir.
fikrini ifodalash uchun hadisdan namunalar keltirib o‘tadi.
Qanchalik kamolga yetmasin inson
Zavol
ham shunchalik unga sherikdir,
Bejiz aytmaganlar: Birniki mingga.
Bu o‘rinda ishlatilgan maqolning to‘lig‘i :
Birniki mingga,
Mingniki tumanga.
138
“Qismat” nomli she’rida hikmatdan parcha keltirib o‘tadi.
Shunday hikmat aytgan ekan qadimda zot,
–Magar kosang oltin bolsa, sopol deb bilgil,
Agarda u sopol bo‘lsa, oltin deb o‘yla.
Bu hikmat orqali shoir o‘quvchiga o‘z fikrini aniq va lo‘nda qilib ifoda etib
bergan.
Shoir ayrim hollarda maqollarni inkor qiladi, ya’ni teskari shaklda qo‘llaydi.
“Deydilar” to‘rtligida :
Deydilar it hurar, o‘tadi karvon.
Ranj-u balolardan yonmasin joning.
Lekin
alam qilar, bir umr giryon.
Itlar orasidan o‘tsa karvoning.
Xalqning tajribasi asosida chiqargan xulosasi: It huradi, karvon o‘taveradi.
Majoziy ma’noda it –pastlik, razillik timsoli, karvon esa ulug‘lik , ezgulik timsoli.
Yana shu kabi usulni “Surat va siyrat” she’rida ham ko‘rishimiz mumkin.
Mayli suratimga boqqin- u quvon,
Lekin siyratimga tashlama nazar.
Bir yoqdan tuganmas baxt berdi jahon,
Bir yoqdan tuganmas o‘kinch va qadar.
Dono xalqimizda “Odamning suratiga qarama, siyratiga qara” degan
maqol
bor. Ya’ni odamning tashqi chiroyiga aldanib qolmasdan , uning qalb go‘zalligini
ko‘ra bilish kerakligi aytiladi. Ammo shoir “suratimga qaragin- u , lekin siyratimga
nazar tashlama”,- deya xitob qilmoqda. Shoir bu bilan nima demoqchi? Bu keyingi
bandlarda oydinlashadi. U do‘st-u yorlarini qalbini tirnagan g‘am-anduh bilan
sherik qilmoqchi emas. G‘amlarini tinglab do‘stlari ham mahzun bo‘lishini
istamayapti. Shoir faqatgina maqolni teskari qo‘llagan. Bu she’rning ma’nosiga
ta’sir ko‘rsatmagan. Balki shakli o‘zgargan maqolga yangi ma’noviy poetik
vazifa yuklagan.
139
Abdula Oripov she’rlarida qo‘llangan ibora va maqollar she’rning badiiiy
qiymatini, ma’no bo‘yog‘ini oshirishga xizmat qilgan.