164
aloqador bo‘lgan fe’lning leksik ma’nosiga qo‘shimcha ma’no qo‘shadi va
ko‘makchi fe’lga aylanadi. Masalan,
yoza boshladi fe’li tarkibidagi boshladi fe’li
mustaqil holda boshlanish
harakatini ifodalaydi, lekin bu qo‘shilmada o‘z leksik
ma’nosini yo‘qotib yozish fe’lining leksik ma’nosiga qo‘shimcha ma’no, ya’ni
harakatning endi boshlanish ma’nosini qo‘shgan.
Shu bilan birga, ko‘makchi fe’l yetakchi ma’nosiga
davomiylik,
tugallanganlik, takroriylik (yoza tur, yozib tur, aytib bo‘l kabi); harakatning
bajarilish imkoniyati (yozib ko‘r, aytib boq kabi);
harakatning boshqa shaxsdan
so‘zlovchiga yo‘nalishi (aytib ket, olib bor, aytib chiq, ola kel, yozib ol, yozib ber),
harakatning bajarilish usuli (yozib tashla, aytib yubor) kabi modal ma’nolarni
qo‘shadi.
Fe’llarda modal ma’no juft va takroriy shakllar vositasida ham ifodalanadi.
Yetakchi fe’l bilan ko‘makchi fe’l bir xil shaklda kelib, juft fe’lni hosil qiladi.
Bunda leksik ma’no salmog‘i birinchi qismda bo‘ladi: aytdi-qo‘ydi, o‘tdi-ketdi,
oldi-qoldi kabi.
Ko‘makchi fe’llar fe’lning –b(-ib),- a(y) bilan yasalgan ravishdosh shakllari
bilan birga qo‘llanadi: o‘qib ber, o‘qiy boshla kabi.
Yetakchi va ko‘makchi fe’ldan tashkil topgan fe’l shakllaridan ko‘makchi fe’l
birdan ortiq bo‘lishi ham mumkin: yozib qo‘ya qol, yozib berib qo‘ya qol kabi.
Ko‘makchi fe’lli fe’l shakllarida shaxs-son qo‘shimchalari ko‘makchi
fe’llarga
qo‘shiladi:
yozib chiqdim, yozib chiqding, yozib chiqdik, yozib chiqdingiz kabi.