manbaidan uzilgandan so‘ng, tezkor xotira(RAM)dagi barcha ma’lumotlar
o‘chib ketadi
va kompyuter qayta yuklanganda, o‘chgan ma’lumotlarni
qayta tiklab bo‘lmaydi. Shuning uchun ma’lumotlarni saqlashda, elektr
energiyasiga bog‘liq bo‘lmagan, ma’lumotlarni
saqlash qurilmalaridan
foydalaniladi. Bu maqolada shu qurilmalar haqida yozmoqchiman.
Barcha tashqi qurilmalar energiyaga bog‘liq bo‘lmagan holda
ma’lumotlani saqlaydi. Hozirgi kunda barcha tashqi xotira qurilmalari
quyidagi turlarga bo‘linadi:
Magnitli saqlash qurilmasi.
Optik saqlash qurilmasi.
Elektr saqlash qurilmasi.
Magnit saqlash qurilmalari kompyuterga o‘rnatiladigan
asosiy saqlash
vositasi hisoblanadi. Bu turdagi hotira qurilmasining asosi, ya’ni barcha
ma’lumotlar magnit asosga ega bo‘lgan materiallarda saqlanadi. Bu
turdagi
xotiradan, barcha turdagi kompyuterlar( ishchi kompyuterlar,
serverlar, portativ kompyuterlar,..) foydalanishadi.
Bu turdagi xotira qurilmasiga quyidagilar kiradi:
— Qattiq disklar(HDD).
— Egiluvchan disklar(floppi disk).
— Magnit lentalar.
Qattiq diskni(vinchester, HDD), kompyuterning asosiy xotirasi deyish
mumkin. Bu qurilma kompyuterga bevosita ATA yoki SATA porti
orqali
ulanadi. Hajmi ham xar hil bo‘ladi(250 Gb, 500 Gb, 1 Tb, 2Tb,..). Hajmi
qanchalik katta bo‘lsa, narxi ham shunchalik qimmat hisoblanadi. Undan
tashqari ma’lumotlarni o‘qish va yozish tezligi ham narxiga ta’sir qiladi.
Bu xotira turiga yana tashqi qattiq disklar ham kiradi. Ular USB port orqali
ulanadi va kompyuterdan elektr manbai oladi. Bu turi katta hajmdagi
ma’lumotlarni olib yurish uchun ishlatiladi.
Navbatdagi tashqi saqlash qurilmasi bu optik disklar hisoblanadi. Bu
disklarga ma’lumotlar lazer nurlari orqali yoziladi va lazer nurlari orqali
o‘qiladi. Optik disklarni quyidagi turlari mavjud:
— Faqat o‘qish uchun mo‘ljallangan disklar: CD, DVD.
— Faqat bir marotaba yozish uchun mo‘ljallangan disklar: CD-R, DVD-R.
— Bir necha marotaba yozish uchun mo‘ljallangan disklar: CD-RW, DVD-
RW.
CD disklar 700 Mb atrofida, DVD disklar esa 4.7 Gb
atrofidagi
ma’lumotlarni o‘zida saqlay oladi. Bu optik disklarni o‘qish uchun
kompyuterga CD-ROM, DVD-ROMqirilmalari ulanadi. Hozirgi kunda
yangi DVD disklari paydo bo‘lgan, bular Blu-ray deb
nomlanadi va ular
ko‘k rangdagi lazer orqali ma’lumotlarni yozadi(oddiy optik disklarga
qizil rangdagi lazer ishlatiladi). Blu -ray disklarning hajmi 25 Gb dan
boshlanadi.Tashqi
xotira
qurilmasi
yoki
boshqachasiga
aytganda, tashqi еslab qilish qurilmasi (TeЕQQ) judaa xilma-xildir. Ularni
bir qator belgilar b’yicha tasniflash mumkin: tashuvchi ko’rinishi
bo’yicha, konstrukciya tipi bo’yicha, ma’lumotlarni yozish va o’qish
tamoyili bo’yicha, murojaat qilish usuli bo’ycha va h.k. Disklar bevosita
murojaat qilinadigan ma’lumotni mashinali tashuvchilarga taalluqlidir.
Bevosita murojaat
tushunchasi shuni bildiradiki, shaxsiy komyuterda
qidirilayotgan ma’lumot boshlanadigan yoki yangi ma’lumotni yozish
lozim bo’lgan yo’lakchaga yozish/o’qish kallagi
qaerda joylashishidan
qaty nazar bevosita murojaat qilishi mumkin.
Xulosa:
Kompyuter bizning hozirgi kunda hayotimizga muhim ahamiyat kasb
etar ekan biz ushbu kompyuter va uning arxitekturasi haqida ma’lumotlarga ega
bo‘lishimiz kerak. Har qanday qurilmaning asosiy vazifasi ko'rsatmalarni bajarish
va tizimning ishlashi uchun operatsiyalarni bajarishdir. Uning ahamiyatini bilish va
uning qanday ishlashini tushunish bizga yaxshiroq qurilma tanlashga yordam
beradi. Bu esa o’z
navbatida, bizga kerak bo’lgan natija sifatini oshirishni
kafolatlaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
A.Clements. “Computer Organization and Architecture” Cengage
Learning . Australia – 2018. – 816 p.
2.
М.М. Мусаев, “Компьютер тизимлари ва тармоқлари”. Олий ўқув
юртлари учун ўқув қўлланма. Тошкент - 2011. – 336-б.
3.
Мусаев М.М. “Процессоры современных компьютеров”. Олий
ўқув юртлари учун қўлланма. Тошкент.: “Алоқачи” нашриёти,
2020 йил. 12 боб. – 512 бет.