|
C h I z ma ge o m e tr I y a va k o m p y u t e r g r a f I k as I
|
bet | 4/8 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 0,92 Mb. | | #145633 |
Bog'liq Mavzu chizmalarda geometrik yasashlar 2 misol. O’zaro kesishuvchi AB va CD to’g’ri chiziqlar orasida hosil bo’lgan, lekin 5.9.-rasmda tasvirlanmagan burchakning bissektrissasi o’tkazilsin. Ixtiyoriy l masofada burchakning AB va CD tomonlariga parallel qilib to’g’ri chiziqlar o’tqaziladi va ularning o’zaro kesishgan M nuqtasi aniqlanadi, so’ngra hosil bo’lgan burchakning bissektrissasi MK 5.8-rasmda ko’rsatilgandek o’tqaziladi. MK to’g’ri chiziq AB va CD to’g’ri chiziqlar orasidagi burchakni teng ikkiga bo’ladi.
3 misol. ABC to’g’ri burchak teng uchga bo’linsin (5.10-rasm). ABC to’g’ri burchakning uchidan ixtiyoriy R radius bilan yoy chiziladi. Bu yoy burchak tomonlari bilan kesishib 1 va 4 nuqtalar topiladi. Keyin bu nuqtalardan o’sha R radius bilan yoylar o’tkazamiz. 1 va 4 yoy bilan bu yoylar kesishib 2 va 3 nuqtalarni hosil qiladi. 2 va 3 nuqtalar bilan B nuqtalarni tutashtiramiz. 2B va 3B chiziqlar hosil bo’lib ular ABC burchakni teng uchga bo’ladi.
a) b)
5.8.-rasm 5.9.-rasm 5.10.-rasm 5.11.-rasm
4 misol. Berilgan ABC burchakka (5.11.-rasm,a,b) teng burchak yasash. Ixtiyoriy tanlab olingan M nuqtalardan berilgan burchakning biror tomoniga, masalan, BC tomoniga parallel qilib MN to’g’ri chiziq o’tkazamiz. So’ngra ixtiyoriy R radius bilan ham B nuqtadan (5.11-rasm,a), hamda M nuqtadan (5.11-rasm,b) yoylar chiziladi. Bu yoylar burchak tomonlarini tegishli ravishda 1 va 2 hamda 4 nuqtalarda kesadi. 5.11-rasm,a da hosil bo’lgan 12 (R1) vatarning kattaligi 5.11-rasm,b dagi 4 nuqtadan R radiusli yoy o’lchab qo’yiladi. Hosil bo’lgan 3-nuqta M nuqta bilan birlashtirilsa, KMN burchak hosil bo’ladi, KMN=ABC.
5.5. Aylana yoki uning yoyi markazini aniqlash
Chizmalarda ba'zan aylana yoyi yoki yoy markazini
aniqlash zarur bo’lib qolsa, quyida ko’rsatilagn usuldan
foydalanish mumkin.
Misol. Aylana yoyi MN berilgan (5.12-rasm). Bu yoyning markazi aniqlansin. Berilgan MN yoyda ixtiyoriy
uchta A,B,C nuqtalarni belgilaymiz. Bu nuqtalar to’g’ri chiziq yordamida o’zaro birlashtiriladi, ya'ni AB va BC vatarlar
“Chizma geometriya va kompyuter grafikasi” 79 Tuzuvchi: Tojiddin Xayrullayevich Jo’rayev
hosil qilinadi. So’ngra bu AB va BC vatarlarni mos holda teng ikkiga bo’luvchi va perpendikulyar bo’lgan 1,2 va 3,4 to’g’ri burchaklar o’tqaziladi. Bu to’g’ri chiziqlar o’zaro kesishib O nuqtani beradi, bu nuqta berilgan MN yoyning markazi bo’ladi. Agar A,B,C nuqtalar o’rniga boshqa ixtiyoriy xoxlagan uchta nuqta olinganda ham MN yoyning markazi O nuqtada bo’ladi.
|
| |