• Rul boshqarmasini sozlashda
  • Rul boshqarmasi mexanizmlarini joriy ta’mirlash
  • Rul boshqarmasini tashxislash




    Download 5,07 Mb.
    bet117/162
    Sana12.10.2024
    Hajmi5,07 Mb.
    #274795
    1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   162
    Bog'liq
    B C toifa tuzil OMT Elmuratov X

    Rul boshqarmasini tashxislash ko‘rsatkichlariga rul chambaragini salt yurishi va uni burash uchun kerakli kuchni aniqlashdan iborat. Rul chambaragining salt yurishi, yengil avtomobillar uchun 7-12 gradus (VAZ va NEXIA avtomobillarida 50, MERSEDES BENS avtobuslari uchun 150), avtobuslar uchun 10-150ni tashkil qiladi. Rul chambaragini burash uchun sarflanadigan kuch 40-60 N ni tashkil etishi kerak.
    Rul boshqarmasini sozlashda, torqgichlardagi sharnir va rul mexanizmi birikmalaridagi tirqishlar yo‘qotiladi. Rul mexanizmidagi chervyak podshipningning o‘q bo‘yicha siljishini prokladkalar yordamida sozlanadi. Rul soshkasining o‘q bo‘yicha siljishi, tayanch bolt yordamida sozlanadi.
    Rul boshqarmasidagi mahkamlash ishlari agregat va mexanizmlarni qotirilganligini tekshirishdan iborat bo‘lib, buni bajarishdan oldin rul mexanizmi karterining avtomobil ramasiga, rul tortqilari richagini burish mushtiga, soshkaga, bo‘ylama va ko‘ndalang rul tortqisi barmog‘iga mahkamlanishi tekshirib ko‘riladi.
    Rul mexanizm karteridagi va gidrokuchaytirgich bachogidagi moy sathi navbatdagi TXK paytida tekshiriladi va me’yorigacha moy quyiladi. Gidrokuchaytirgich bachogi, uning filtrlarni hamda karterni (yilda kamida 1 marta yoki mavsumda, bahor va kuzda) benzin bilan yuvib, moyi almashtiriladi. Gidrokuchaytirgichga dvigatel salt ishlab turganda moy quyiladi. Rul mexanizmiga uzatmalar qutisi uchun mo‘ljallangan Tap-10 va Tap-15L moylari yoki transmission moy quyiladi. Gidrokuchaytirgichli rul mexanizmiga yozda trubina moyi (makasi 22), qishda AU-veretyon moyi quyiladi. Rul tortqilarining sharnirli birikmalari 12001800 km yurilgandan so‘ng, navbatdagi TXK paytida US-2 yoki US-3, shuningdek USS-1, USS-2 yoki USS solidoli bilan moylanadi.
    Hozirgi vaqtda ishlab chiqarilayotgan NEKSIYA, ESPERO, MERSEDES-BENS va boshqa turdagi avtomobillarning rul mexanizmining gidrokuchaytirgichiga DEKSRON-II moyi quyiladi.
    Rul boshqarmasi mexanizmlarini joriy ta’mirlash detallarining almashtirish hisobiga amalga oshiriladi. Detallarning yeyilgan joylari, masalan, soshka vali bo‘yinlari xromlash yo‘li bilan tiklanadi, soshka vali oxiridagi rezba yo‘nib tashlanib, sirti payvandlanadi va yangi rezba ochiladi. Rul mexanizmi karterdagi podshipnik o‘rnatiladigan uyaning yeyilgan joylari yo‘niladi va po‘lat halqa presslab o‘rnatiladi. Tarangligi pasaygan va singan prujinalar, sharsimon barmoqlarining yeyilga vkladishlari, bo‘ylama va ko‘ndalang tortqi barmoqlari almashtiri-ladi. Egilgan rul tortqilari sovuq yoki 8000S haroratacha qizdirib to‘g‘rilanadi.
    Rul boshqarmasi detallarining asosiy nuqsonlari: soshka valigi roligi va chervyakning, vtulkalar, podshipniklar va ular o’tkaziladigan joylarning yeyilishi, karterni mahkamlash flanesining sinishi hamda darz ketishi, karterdagi rul soshkasi vali vtulkasi kiradigan teshikning va rul tortqilari sharli birikmalari detallarining yeyilishi, tortqilarning egilganligi va rul chambaragi valga mahkamlangan joyning bo’shashishi.
    Agar ish sirti ancha yeyilgan yoki toblangan qatlami ko’chgan bo’lsa, rul chambaragining chervyagi yangisiga almashtiriladi. Agar val roligi sirtida darzlar bo’lsa, u brak hisoblanadi. Chervyak va rolik bir vaqtning o’zida almashtiriladi.





    Download 5,07 Mb.
    1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   162




    Download 5,07 Mb.