Mehnat malaka va ko‘nikmalari bilan qurollantirish




Download 4.3 Mb.
bet11/99
Sana07.01.2023
Hajmi4.3 Mb.
#37687
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   99
Bog'liq
texnologiya va uni oqitish metodikasi2021 2 kurs umk-2
5-9-sinf-qizlar-texnologiya-fanidan-r, Web dastrulewden oz betinshe, ис реже февраль, Muzammas janri tahlili, 6-7 lab, Statistika HEMIS Student axborot tizimi (1), ....., Pedagigika Psixologiya Mustaqil ishlari, Xursand O\'tamov, ТАРБИЯ ЖУРНАЛЫ (1), ustaz shakirt, Qońırat sanaat texnikumı Ashiq sabaq 1semestr rtazasi, Od 2 AQ, Документ Microsoft Word
Mehnat malaka va ko‘nikmalari bilan qurollantirish. O‘quvchilarni tarbiyalash va ularni ishlab chiqarish faoliyatiga tayyorlashda mehnat malakalari va ko‘nikmalari katta o‘ringa ega. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga mehnat ta’limini berish vazifalaridan biri ularda bir qator mehnat malaka va ko‘nikmalarini shakllantirishdir.
Mehnat ta’limi dasturi talablarini bajarishda, mavzuga oid bilim berishda, malaka va ko‘nikmalarni shakllantirishda o‘quvchilarga ma’lum hajmdagi politexnik bilimlar beriladi. Boshlang‘ich politexnik bilim bilan qurollantirish o‘quvchilarga predmetni yasash, ishlov berilayotgan materialning xususiyatlari, texnologik o‘ziga xosliklari, materialga qo‘lda ishlov berilganda qo‘llaniladigan asbob-moslamalarning xususiyatlari, ulardan foydalanish qoidalari haqida ma’lumot berib boriladi.
O‘quvchilarga berilayotgan politexnik bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarga o‘rgatish ma’lum nazariy darajada amalga oshirishga imkon beruvchi zamindir.
Amaliy malaka va ko‘nikmalar bilan qurollantirish amaliy mashg‘ulot turlarini o‘rgatish ham demakdir. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bajarishi kerak bo‘ladigan amaliy ish turlari xilma-xildir, biroq mehnat malaka va ko‘nikmalarini egallamasdanoq amaliy ish jarayonidagi materiallarni o‘lchab olish va belgilash, ularni qirqib, ishlov berish, qismlarni yеlimlash, tikish, o‘rash va bog‘lash kabi yo‘llar bilan birlashtirish va mustahkamlash, detallarni yig‘ish va buyumni mantaj qilish va buyumni bezash ishlarini bajarish bir qator qiyinchiliklar tug‘diradi.
O‘quvchilardagi mehnatga bo‘lgan qiziqishni o‘z vaqtida aniqlash va ularga mehnat malakalarini sevgan mashg‘ulotlarida takomillashtirishlariga yordam berish juda muhimdir.
Bunda o‘quvchilarning e’tiboriga eng oddiy buyum o‘yinchoqlarni, o‘yinlarni, o‘quv qurollarini tayyorlash, naqshlar chizib va qirqib olish, applikatsiya ishlari havola etiladi. Bundan tashqari o‘quvchilarda mehnatga qiziqishni uyg‘otish, mehnat darslarida hosil qilingan bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish, ko‘nikma va malakalarini mustahkamlash uchun “Mohir qo‘llar” to‘garaklarida, sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish maqsadga muvofiqdir.
Ko‘nikma – bu kishining bilim va tajriba asosida egallangan, ma’lum harakatni ongli bajarishga bo‘lgan qobiliyatidir. Masalan: kartonni kesa bilish ko‘nikmasi, qaychini to‘g‘ri ishlata olish, harakatni aniq muvofiqlashtirish, yo‘nalish, kuch va bosimning tengligini saqlash.
Malaka – bu faoliyatdagi mashq qilishlar jarayonida еtilgan, mujassamlashgan tajribadir. Bu tez va aniq bajarish, mashq qilish tufayli tarkib topgan ko‘nikma yoki bu ma’lum miqdordagi mashq va usullar bajarilganda ko‘nikmadan sakrab o‘tish degan ma’noni anglatadi. Shunung uchun mazkur ko‘nikma agarda malakani yuzaga keltirishni nazarda tutgan mashq va usullar to‘g‘ri tuzilgan bo‘lsa u to‘g‘ri malakaga aylanishi mumkin. Biroq malakaning takommillashuv darajasi o‘qitishning turli bosqichlarida turlichadir. Uning strukturasi ham o‘zgaruvchandir. Mashqlar jarayonida o‘quvchilar bajarilayotgan harakatlar murakkablashib borgan sari, asta-sekin oddiy malakalarning murakkab malakalarga birlashuvi sodir bo‘ladi.
Mehnat malaka va ko‘nikmalarini shakllantirish quyidagicha asosiy bosqichlardan tarkib topadi:
a) boshlang‘ich tushuncha berish;
b) mehnat harakatlarini sinov uchun bajarish;
d) ish harakatlari natijasi;
e) yakuniy xulosa chiqarish.
Mehnat malakalari va ko‘nikmalarini shakllantirishga mo‘ljallangan amaliy ishlar faqat vaqtga ko‘ra taqsimlanganda hamda ma’lum tizim asosida o‘tkazilgandagina ijobiy natija beradi.

Download 4.3 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   99




Download 4.3 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mehnat malaka va ko‘nikmalari bilan qurollantirish

Download 4.3 Mb.