• 1-sinf Qog‘oz va karton bilan ishlash (13 soat)
  • Amaliy ishlar tizimi quyidagi asosiy talablarni o‘z ichiga oladi




    Download 4.3 Mb.
    bet12/99
    Sana07.01.2023
    Hajmi4.3 Mb.
    #37687
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   99
    Bog'liq
    texnologiya va uni oqitish metodikasi2021 2 kurs umk-2
    5-9-sinf-qizlar-texnologiya-fanidan-r, Web dastrulewden oz betinshe, ис реже февраль, Muzammas janri tahlili, 6-7 lab, Statistika HEMIS Student axborot tizimi (1), ....., Pedagigika Psixologiya Mustaqil ishlari, Xursand O\'tamov, ТАРБИЯ ЖУРНАЛЫ (1), ustaz shakirt, Qońırat sanaat texnikumı Ashiq sabaq 1semestr rtazasi, Od 2 AQ, Документ Microsoft Word
    Amaliy ishlar tizimi quyidagi asosiy talablarni o‘z ichiga oladi:

    1. Amaliy ishlarni bajariladigan topshiriqning murakkabligi oshib borishini nazarda tutgan holda joylashtirish lozim.

    2. Bajarilayotgan amaliy ish mazmuni to‘liq tarzda oldingi amaliy ishga asoslanishi lozim.

    3. Amaliy ish jarayonida mustaqil ishlash darajasi ortib borishi kerak.

    Mehnat malakasining muvaffaqiyatli bo‘lishi bir qator shartlarga bog‘liq. O‘quvchi o‘z faoliyatini mustaqil rejalashtirmas ekan, uning malakasi hech qachon to‘liq bo‘lmaydi. Nazoratning yo‘qligi ko‘pincha xato va nuqsonlarning amaliy ishlar jarayonida ortib borishiga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida еtilmagan harakat va usullarning shakllanishiga sabab bo‘ladi.
    Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi mehnat ta’limi bo‘yicha ishlarni amalga oshirayotganda o‘quvchilar u yoki bu ishni bajarish natijasida qanday ko‘nikma, bilim va malakalarni egallashlarini aniq bilishi kerak. Ana shunday holda o‘qituvchi sinf uchun shu vaqtda zarur bo‘lgan materiallarni tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu o‘rinda muhimi o‘quvchilar mazkur materiallarni tayyorlash jarayonida dastur nazarda tutgan bilim va malakalarni egallab olishlaridan iborat. Boshlang‘ich sinf mehnat ta’limi darslaridagi ta’lim-tarbiyaviy vazifalar umumta’lim maktablaridagi mehnat ta’limining umumiy vazifalaridan kelib chiqib, quyidagi mashg‘ulot turlari jarayonida amalga oshiriladi:
    1. Qog‘oz va karton bilan ishlash.
    2. Gazlama va tolali materiallar bilan ishlash.
    3. Turli va tabiiy materiallar bilan ishlash:
    a) plastilin va loy ishi;
    b) urug‘lar bilan ishlash;
    d) applikatsiya va mozaika ishlari;
    4. Loyihalash va modellashtirish:
    a) badiiy qurish-yasash.
    5. Qishloq xo‘jalik mehnati.
    1-sinf
    Qog‘oz va karton bilan ishlash (13 soat)
    Qog‘oz va uning turlari, qog‘ozdan buklash usulida turli o‘yinchoqlar, qog‘ozdan savatcha, kitob uchun xat cho‘p, “Qish” manzarasini applikatsiya usulida ishlash, archaga osiladigan turli o‘yinchoqlarni yasash. Turli bayramlar uchun niqoblar, maydalangan rangli qog‘ozlardan mozaika usulida mevalar shaklini yasash. Karton sirtida uycha shaklini gugurt cho‘plaridan yasash. Rangli qog‘ozlardan qirqilgan geometrik shakllar bilan ishlash. Navro‘z bayramiga tabriknoma tayyorlash. Sabzavot va mevalarning urug‘idan applikatsiya usulida yo‘lsimon naqsh tuzish.

    Download 4.3 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   99




    Download 4.3 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Amaliy ishlar tizimi quyidagi asosiy talablarni o‘z ichiga oladi

    Download 4.3 Mb.