• Nazorat maqsad
  • Amaliy vazifa
  • Chirchiq 2021 texnologiya va uni o`qitish metodikasi




    Download 4.3 Mb.
    bet5/99
    Sana07.01.2023
    Hajmi4.3 Mb.
    #37687
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99
    Bog'liq
    texnologiya va uni oqitish metodikasi2021 2 kurs umk-2
    5-9-sinf-qizlar-texnologiya-fanidan-r, Web dastrulewden oz betinshe, ис реже февраль, Muzammas janri tahlili, 6-7 lab, Statistika HEMIS Student axborot tizimi (1), ....., Pedagigika Psixologiya Mustaqil ishlari, Xursand O\'tamov, ТАРБИЯ ЖУРНАЛЫ (1), ustaz shakirt, Qońırat sanaat texnikumı Ashiq sabaq 1semestr rtazasi, Od 2 AQ, Документ Microsoft Word
    Tarbiyaviy maqsad – o‘quvchilarning mehnat ko‘nikmalarini egallashlari jarayonida mehnat va kasbga munosabatlarida yuqori axloqiy sifatlarini, mehnatsevarlik, vatanparvarlik va tadbirkorlikni rivojlantirib borishdan iborat.
    Rivojlantiruvchi maqsad – mehnat ta’limi mashg‘ulotlari jarayonida o‘quvchilarga aqliy, jismoniy, axloqiy badiiy estetik tarbiya va ta’lim berish orqali ularning barkamol shaxslar bo‘lib yetishishlariga yordam berishdan iborat.
    Nazorat maqsad – o‘quvchilarning dasturda belgilangan bilim, ko‘nikmalarni DTS ga binoan o‘zlashtirish holatini nazorat qilishdan iborat.
    Ijodiy vazifa – mehnat ta’limi jarayonida bilim, ko‘nikma va malakalarini zamonaviy talablar darajasida bo‘lishini ta’minlash uchun o‘quvchilarning mustaqil ravishda ijodiy faoliyat yurita olishiga o‘rgatish.
    Amaliy vazifa – buyum, narsa, namunalar asosida zaruriy vazifalarni amalda bajara olish.
    Maktabda mehnat ta’limidan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar quyidagi vazifalarni amalga oshirishni nazarda tutadi:
    – o‘quvchilarda dastlabki nazariy va amaliy mehnat tajribalarini hosil qilish, zamonaviy texnika borasidagi bilimlari doirasini yanada kengaytirish, ularda kishilar mehnati va mehnat jarayoniga nisbatan ijobiy munosabatda bo‘lishga tayyorlash;
    – o‘ziga topshirilgan har qanday ishni uddalay bilish, mehnatning o‘ziga xos madaniyati va uning nazariy asoslarini egallash, o‘z ishini va o‘rtoqlarining ishlarini rejalashtirish hamda tashkil eta olishga o‘rgatish;
    – o‘quvchilarni mehnat ta’limi mashg‘ulotlari jarayonida aqlli, odobli, yaxshi axloqiy sifatlar shakllangan, did-farosatli hamda jismonan sog‘lom qilib tarbiyalashni amalga oshirish.
    Mehnat ta’limi fani boshqa o‘quv fanlaridan o‘zining bir qator xususiyatlari bilan farq qiladi:

    • Ushbu fanni o‘qitishda amaliy mazmun ustivorligi;

    • Ishlab chiqarish bilan uzviy va chambarchas bog‘liqligi;

    • Mujassam fan ekanligi (fanlar bilan aloqadorligi);

    • O‘qitishda o‘g‘il va qiz bolalar mehnatining o‘ziga xosligi.

    1–4 sinflarda mehnat ta’limi mashg‘ulotlari mazmuni va usullari o‘qituvchilar tomonidan insonlarning umumiy mehnat va kasb faoliyatlariga doir dastlabki mehnat ko‘nikmalarini o‘zlashtirishga qaratilgan. O‘quvchilar har bir mehnat harakatini ongli ravishda va shu harakatdan ko‘zlangan maqsadga muvofiq shaklda bajarishga o‘rgatib boriladi.
    1–4 sinflarda mehnat ta’limi darsi haftasiga 1 soatdan o‘qitiladi. 1 sinfda 33 soat, 2–4 sinflarda 34 soatdan jami 1–4 sinflarda 135 soat o‘qitiladi.
    O‘quvchilar mehnat ta’limini amalga oshirish uchun quyidagi tashkiliy va uslubiy vazifalarni hal qilish lozim.

    Download 4.3 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99




    Download 4.3 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Chirchiq 2021 texnologiya va uni o`qitish metodikasi

    Download 4.3 Mb.