№ 3-mavzu: Detallarning tashqi ko‘rinishini chizish. To‘g‘ri chiziq, burchak va aylanani teng bo‘laklarga bo‘lish Reja : 1. Detallarning tashqi ko‘rinishini chizish 2. To‘g‘ri chiziq va burchaklarni teng ikkiga bo‘lish 3. Aylanani teng bo‘laklarga bo‘lish 4. Muntazam ko‘pburchakliklar yasash Aylanalarni teng bo‘laklarga bo‘lish. Ba’zi bir mashina va mexanizm detellarining elementi aylanalarni teng bo‘laklar
(qismlar)ga bo‘linishi natijasida hosil bo‘ladi. Quyida ko‘rsatilgan bir qancha detallarni
chizmalarini chizиш paytida aylanalarni teng bo‘laklarga bo‘lish usullarni taxlil qilib
o‘tilgan.
l.Aylanalarni 4 va 8 bo‘laklarga bo‘lish. 23-rasm 23-rasmda ko‘rsatilgandek o‘zaro perpendikulyar aylanani 1,3,7 nuqtalar yordamida teng
4 bolakka bo‘ladi. 1-a shakldagi qapqog‘ni chizish uchun aylanani teng 8 bo‘lakka
bo‘lishni, sirkul yordamida R ni o‘lchab 1 va 3 nuqtalarga qo‘yib aylana tashqarisida yoy
chizamiz va yoylarni o‘zaro kesishtirib n nuqtani topamiz. Hosil bo‘lgan n nuqtani aylana
markazi O nuqta bilan birlashtirib aylana kesgunga qadar davom ettirib, 2 va 6 nuqtalarni
topamiz. Yuqorida bajarilgan ishlarni qaytadan takrorlab 1 va 7 nuqtalarda bajarib M
nuqtani topib, aylana markazi O bilan birlashtirish natijasida 4 va 8 nuqtalar hosil
bo‘ladi. Demak biz qidirgan nuqtalar 2,4,6 va 8 dir.
2.Aylanani 3,6 va 12 ta teng bo‘laklarga bo‘lish. 24-rasm
50
24-rasm ko‘rsatilgan vilans chizmasida 3 ta teshik mABjud bo‘lgan holda bu teshiklar
aylanani teng 3 ga bo‘linishida xosil bo‘ladi. 2-shakl b) da aylanani teng 3 ga bo‘lish
uchun aylana radiusi Rni hohlagan nuqtaga ?o‘yib yoy chizish mumkin.
Masalan: R radiusini A nuqtaga qo‘yib yoy chizilsa aylana bilan yoy o‘zaro kesishib biz
izlayotgan 2 va 3 nuqtalar xosil bo‘ladi. 3 nuqta esa aylanani A nuqta orqali o‘tgan o‘q
chizig‘ida bo‘ladi.