|
Darsning texnologik xaritasi
|
bet | 4/8 | Sana | 26.05.2024 | Hajmi | 78,52 Kb. | | #254243 |
Bog'liq Darsning texnologik xaritasi (1)Maqsad va vazifalar
|
Ta’limiy maqsad :O’quvchilarga kislorod guruhchasi elementlari haqida ma’lumot berish.Oltingugurtning tabiatda tarqalishi ,fizik va kimyoiy xossalari haqida ma’lumot berish
Tarbiyaviy maqsad: Ona vatanimiz rivoji yo’lida o’z hissamizni qo’shish har birimizning burchimiz ekanligini unutmasliklari uqtiriladi.
Rivojlantiruvchi maqsad: Dars davomida reaksiya tenglamalarini to’g’ri yoza bilishni takrorlash va 6-guruh elementlari haqidagi fikrlarini umumlashtirish orqali xotirani mustahkamlash
|
O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi
|
Dars metodi: Og’zaki va yozma
Dars tipi: Yangi bilim , ko’nikma hosil qilish
Dars jihozi: Darslik, mavzuga oid ko’rgazma, tarqatma savollar, slayd.
Baholash : 5 balli tizim asosida
|
Kutiladigan natijalar
|
O’qituvchi: Qisqa vaqt davomida kislorod guruhchasi elementlari va oltingugurtning xossalari yuzasidan bilim va ko’nikma ,malaka hosil qilinadi.
Mavzuning dars jarayonida ta’limning ilg’or usullari vositasida barcha o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishiga erishadi.
O’quvchi faolligini oshiradi. O’quvchilarga fanga nisbatan qiziqish uyg’otadi.
|
Kelgusi natijalar
|
O’qituvchi: Pedagogik texnologiyalarni o’zlashtirish va darsda tatbiq etish , takomillashtirish , o’z ustida ishlash. Pedagogik mahoratini oshirish
O’quvchi :Mavzu yuzasidan berilgan topshiriq ustida mustaqil ishlashni o’rganadi. .O’z fikrini ravon bayon eta oladi. Yangi mavzuga oid qo’shimcha materilallar topishga harakat qiladi.
|
Uyga vazifa
|
37 § 3-misol
|
Mashg’ulot bosqichlari
Bosqichlar
|
Mazmuni
|
Vaqti
|
1-bosqich
Tashkiliy qism
|
Salomlahshish. O’quvchilarni darsga tayyorgarligi, sinfda psixologik muhit yaratish.
|
4-daqiqa
|
2-bosqich
O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash
|
O’tilgan mavzular yuzasidan savol-javob, o’tilgan mavzuni mustahkamlash hamda uyga vazifa bajarganligini tekshirish
|
10-daqiqa
|
3-bosqich
Yangi mavzu bayoni
|
Yangi mavzuning mazmuni tushuntiriladi. O’quvchilarda yangi mavzu haqida bilim va ko’nikma ,malakalar hosil qilinadi.
|
20-daqiqa
|
4-bosqich
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
O’quvchilar egallagan bilim, ko’nikmalari savol–javoblar orqali aniqlanadi. O’quvchilar rag’batlantiriladi.
|
6-daqiqa
|
5-bosqich
Uyga vazifa berish va baholash
|
Baholarni e’lon qilish ,uyga vazifani tushuntirish . O’quvchilar bilan xayrlashish
|
5-daqiqa
|
O’tilgan dars “ Galogenlar” mavzusi bo’lib mavzuni mustahkamlash uchun “Kim ko’p ma’lumot aytadi?” o’yinidan foydalanamiz. Buning uchun har qatordan bittadan o’quvchilar chiqarilib mavzu yuzasidan ma’lumotlar beriladi .Ms: 1-O’quvchi: Galogenlar davriy jadvalning 7-guruhida joylashgan.
2-O’quvchi:Galogenlarga ftor,xlor,brom,yod,astat kiradi.
3-O’quvchi:”Galogen” so’zi “tuz” va “hosil qiluvchi” degan ma’noni bildiradi.
1-O’quvchi:Galogenlar birikma holida uchraydi va ularni faqat birikmalaridan elektroliz qilib olinadi.
2-O’quvchi: Galogenlarning atom massalari ortgani sari fizik xossalari o’zgarib agregat holati va rangi quyuqlashib boradi.
3-O’quvchi:Galogenlarning suvda eruvchanligi nisbatan kam.
Shu tariqa ma’lumot aytib borishadi kim to’xtab qolsa o’yindan chiqariladi.
Bu orada qolgan ayrim o’quvchilarga tarqatma savollar tarqatiladi.Tarqatma savollarda har xil sura’tlar aks ettirilgan bo’lib ularni izohlab so’ngra javob berishadi. Ms;Bir savolda tabiat sura’ti aks etgan.O’quvchi atrof muhit tozaligiga e’tiborli bo’lishimiz lozimligini va uni ko’z qorachig’i- day asrashimiz lozimligini aytib o’tadi,so’ngra savolga javob beradi. Shu tariqa o’quvchilarimizda ma’naviyatimizga oid fikrlarini rivojlantiramiz.
Tarqatma savollarda quyidagicha savollar berilishi mumkin.
Ms:1.Galogenlar tushunchasini fanga kiritgan olim kim?
2.Galogen so’zining ma’nosi nimani bildiradi?
3.Galogenlarga qaysi elementlar kiradi?
4.Xlorid kislotaning olinish usulini ayting?
5.Galogenlar qanday maqsadda ishlatiladi?
6.Galogenlarning fizik xossalarini ayting?
Shuningdek “Qo’shningni top” usulidan foydalanishimiz mumkin. Darsda faol qatnashib borgan o’quvchilarga savollarga to’liq javob bersa “oltin” , to’liq javob bermasa yoki qisman javob bersa “kumush” rangdagi kartochkalar tarqatiladi. Kartochkalar soniga qarab baholanadi.
O’quvchilar savollarga javob berish davomida monitorga qo’shimcha tarzda masalalar berib bir nechta o’quvchini doskaga chiqarib baholanadi. Shuningdek qo’shimcha tarzda o’quvchilarga internetdan foydalanib galogenlarning ishlatilishi, ya’ni inson hayotidagi o’rni va organizmga ta’siri haqida ma’lumotlar toppish aytilgan bo’lib ular topib kelgan ma’lumotlar eshitiladi.
|
| |