• Agrofirmalarni tashkil etish
  • Agrofirmaning huquq va majburiyatlari




    Download 94,45 Kb.
    bet5/8
    Sana09.10.2024
    Hajmi94,45 Kb.
    #274303
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Dehqon xo’jalik tashkiliy-iqtisodiy asoslari.

    Agrofirmaning huquq va majburiyatlari


    Agrofirma quyidagi huquqlarga ega:

    • ishlab chiqarish faoliyatini mustaqil tashkil etish va amalga oshirish, shu jumladan meva- sabzavot mahsulotlari va uzumni qayta ishlash;

    • yetishtirilgan mahsulotlarni sotish uchun yuridik va jismoniy shaxslar bilan, shu jumladan byudjet tashkilotlari bilan xo’jalik shartnomalari tuzish;

    • mahsulotni sotib olish yuzasidan fermer va dehqon xo’jaliklari bilan fyuchers shartnomalari tuzish;

    • aholidan meva-sabzavot mahsulotlari va uzumni xarid qilish;

    • yetishtirilayotgan mahsulotga va bajarilayotgan ishlar (ko’rsatilayotgan xizmatlar)ga mustaqil narx belgilash;

    • olingan daromad (foyda)ni, shuningdek o’ziga xizmat ko’rsatuvchi banklarning hisob raqamlaridagi pul mablag’larini o’z xohishiga ko’ra belgilangan tartibda tasarruf etish;

    • kreditlar, shu jumladan imtiyozli kreditlar olish, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning mol- mulki, pul mablag’larini shartnoma asosida jalb etish hamda ularni ishlab chiqarishga va takroriy ishlab chiqarishga yo’naltirish;

    • o’zining huquqiy va qonuniy manfaatlarini himoya qilib sudga murojaat qilish. Agrofirma qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlardan ham foydalanadi. Agrofirma:

    • o’z xodimlari uchun xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlashga;

    • tuzilgan shartnomalar shartlarini bajarishga;

    • soliqlar va majburiy to’lovlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to’lashga majbur.

    Agrofirma qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni ham o’z zimmasiga oladi.

    Agrofirmalarni tashkil etish


    Fermer xo’jaliklari, qayta ishlash va savdo korxonalari hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslar iqtisodiy faoliyatning turli sohalarida umumiy maqsadlarga erishish uchun ixtiyoriy ravishda birlashishlari mumkin.
    Agrofirma odatda tugatilayotgan har bir xo’jalik hududida yoki mahalliy sharoitdan kelib chiqib, ikki va undan ortiq xo’jaliklar hududida tuzilishi mumkin.
    Agrofirmalarni ta’sis etishda uning qatnashchilari o’z mustaqilligini saqlab qoladi.
    Agrofirmalar o’z-o’zini moliyalashtirish (xo’jalik hisobi) tamoyillari asosida faoliyat yurituvchi tijorat tashkilotlari hisoblanadi va qonunda nazarda tutilgan har qanday tashkiliy- huquqiy shaklda, shu jumladan xorijiy investor bilan qo’shma korxonalar shaklida tashkil etilishi mumkin.
    Agrofirmalar Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 20 avgustdagi 357-son qarori bilan tasdiqlangan. Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish, hisobga qo’yish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to’g’risida Nizomga muvofiq davlat ro’yxatidan o’tkazilgan vaqtdan boshlab tashkil etilgan hisoblanadi.
    Agrofirmalar uning ta’sischilari soni 50 kishigacha bo’lsa, ma’suliyati cheklangan jamiyat shaklida, undan ortiq yoki ta’ sischilar soni cheklanmagan bo’lsa qonunda nazarda tutilgan har qanday tashkiliy-huququy shaklda tashkil etilishi mumkin.

    Download 94,45 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 94,45 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Agrofirmaning huquq va majburiyatlari

    Download 94,45 Kb.