|
Agrofirmani qayta tashkil etish va tugatish
|
bet | 7/8 | Sana | 09.10.2024 | Hajmi | 94,45 Kb. | | #274303 |
Bog'liq Dehqon xo’jalik tashkiliy-iqtisodiy asoslari.
Agrofirmani qayta tashkil etishi yoki tugatish qonunchilikda belgilangan tartibida amalga oshiriladi.
Agrofirmani qayta tashkil etish Ta’sischilarning umumiy yig’ilishi qarori bo’yicha uni qo’shib yuborish, birlashtirish, bo’lish, ajratib chiqarish, qayta tuzish yo’li bilan amalga oshiriladi. Agrofirmani qayta tashkil etishda uning barcha huquq va majburiyatlari huquqiy vorisiga o’tadi.
Agrofirmani tugatish ta’sischilarning umumiy yig’ilishi yoki xo’jalik sudining qaroriga asosan amalga oshiriladi.
Agrofirmani davlat ro’yxatidan o’tkazish organi tomonidan agrofirmalarning yagona davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilgan vaqtdan boshlab agrofirmani tugatish yakunlangan, agrofirma esa o’z faoliyatini tugatgan deb hisoblanadi.
Xulosa:
Fermer xo’jaliklari, qayta ishlash va savdo korxonalari hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslar iqtisodiy faoliyatning turli sohalarida umumiy maqsadlarga erishish uchun ixtiyoriy ravishda birlashishlari mumkin.
Agrofirma odatda tugatilayotgan har bir xo’jalik hududida yoki mahalliy sharoitdan kelib chiqib, ikki va undan ortiq xo’jaliklar hududida tuzilishi mumkin.
Agrofirmalarni ta’sis etishda uning qatnashchilari o’z mustaqilligini saqlab qoladi.
Agrofirmalar o’z-o’zini moliyalashtirish (xo’jalik hisobi) tamoyillari asosida faoliyat yurituvchi tijorat tashkilotlari hisoblanadi va qonunda nazarda tutilgan har qanday tashkiliy- huquqiy shaklda, shu jumladan xorijiy investor bilan qo’shma korxonalar shaklida tashkil etilishi mumkin.
Agrofirmalar Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 20 avgustdagi 357-son qarori bilan tasdiqlangan. Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish, hisobga qo’yish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to’g’risida Nizomga muvofiq davlat ro’yxatidan o’tkazilgan vaqtdan boshlab tashkil etilgan hisoblanadi.
Agrofirmalar uning ta’sischilari soni 50 kishigacha bo’lsa, ma’suliyati cheklangan jamiyat shaklida, undan ortiq yoki ta’ sischilar soni cheklanmagan bo’lsa qonunda nazarda tutilgan har qanday tashkiliy-huququy shaklda tashkil etilishi mumkin.
|
| |