|
Agrofirmaning Ustav fondi va mol-mulki
|
bet | 6/8 | Sana | 09.10.2024 | Hajmi | 94,45 Kb. | | #274303 |
Bog'liq Dehqon xo’jalik tashkiliy-iqtisodiy asoslari.
Ma’suliyati cheklangan jamiyat shaklida tashkil etiladigan agrofirmalarning Ustav fondi miqdori eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan kam bo’lmasligi,agrofirmani davlat ro’yxatidan o’tkaziladigan paytga qadar uning har bir ishtirokchisi ta’ sis hujjatlarida ko’rsatilgan Ustav fondidagi o’z hissasining kamida 30 foizini kiritishi,agrofirma davlat ro’yxatidan o’tkazilgan paytdan boshlab har bir ishtirokchi bir yildan oshmagan muddat mobaynida Ustav fondiga o’z hissasini to’liq kiritishi lozim.
Ulushini o’z vaqtida kiritmagan yoki to’liq kiritmagan Ta’sischi boshqa ta’sischilar oldida javobgar hisoblanadi va qonunchilikda belgilangan tartibda unga nisbatan ta’sir chorasi ko’riladi. Fermer xo’jaliklari, qayta ishlash va savdo korxonalari hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy ravishdagi mol-mulklari va qo’shimcha mablag’lari birlashtirilib
agrofirma Ustav fondi tashkil etiladi.
Agrofirmaning har bir ishtirokchisi o’zi qo’shgan mol-mulk ulushi doirasida uni ta’sischisi hisoblanadi.
Ustav fondiga qo’shiladigan hissalar pul mablag’lari, qimmatli qog’ozlar, qo’zg’aluvchan va ko’chmas mulklar, o’ziga ashyolar, mulkiy huquqlar yoki pul bahosiga ega bo’lgan boshqa mol- mulk bo’lishi mumkin. Agrofirmaning Ustav fondini ko’paytirish olingan foyda hisobidan, yangi ta’sischilarni qabul qilish, qo’shimcha ulush kiritish hamda qonunchilikda va ta’sis hujjatlarida ko’zda tutilgan boshqa usullarda amalga oshiriladi.
Agrofirmaning mol- mulki:
muassislar tomonidan uning ustav fondiga ulush shaklida qo’shilgan mol- mulk;
ishlab chiqarish faoliyati natijasida olingan mahsulotlar;
tovarlarni sotish, ishlarni bajarish (xizmatlar ko’rsatish)dan, shuningdek faoliyatning boshqa turlarini amalga oshirishdan olingan daromad (foyda);
qimmatli qog’ozlardan olingan daromad;
- yuridik va jismoniy shaxslarning beg’araz, xayriya va boshqa ehsonlar;
belgilangan tartibda sotib olingan texnologiya asbob-uskunalari, binolar, transport vositalari, pul mablag’lari va qimmatli qog’ozlar, intellektual mulk obyektlari hamda boshqa mol-mulk;
jalb etilgan mablag’lar;
kreditorlar bilan to’liq hisob-kitob qilingandan keyin tugatilayotgan shirkat xo’jaligining hisob raqamida qolgan hamda xo’jalik a’zolariga dividend sifatida beriladigan mablag’lar (ularning xoxishiga ko’ra ulush sifatida qo’shishlari mumkin):
qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga shakllantirishi mumkin.
|
| |