|
Dehqon xo’jalik tashkiliy-iqtisodiy asoslari
|
bet | 3/8 | Sana | 09.10.2024 | Hajmi | 94,45 Kb. | | #274303 |
Bog'liq Dehqon xo’jalik tashkiliy-iqtisodiy asoslari.1.2 Fermer xo’jaligini tashkil etish va rivojlanish asoslari
Dehqon xo’jaliklari faoliyatini muvofiqlashtirib borish hamda ularning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish O’zbekiston Dehqon va fermer xo’jaliklari uyushmasi hamda Savdo sanoat palatasi va ularning joylardagi hududiy organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Agrofirma, fermer xo’jaliklari va aholi tomonidan yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlari va uzumni qayta ishlash hamda sotish asosiy faoliyati bo’lgan yuridik shaxs hisoblanadi.
Quyidagilar agrofirmaning yuridik asosi bo’lishi mumkin:
meva-sabzavot mahsulotlari va uzum, shuningdek boshqa qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo’jaliklari;
barqaror xo’jalik aloqalariga va ilg’or ishlab chiqarish texnologiyalariga ega bo’lgan meva- sabzavot mahsulotlari va uzumni qayta ishlash korxonalari;
yuridik shaxs bo’lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar;
O’zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari;
xorijiy investorlar;
agrofirmalarda qatnashishi qonunda taqiqlanmagan boshqa shaxslar. Agrofirmani ta’sis etishda uning qatnashchilari o’z mustaqilligini saqlab qoladi. Agrofirmalar uning qatnashchilari tomonidan ixtiyoriy tartibda tashkil etiladi.
Agrofirmalar tijorat tashkilotlari hisoblanadi va qonunda nazarda tutilgan har qanday tashkiliy
- huquqiy shaklda tashkil etilishi mumkin.
Agrofirmalar ular Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 20 avgustdagi 357-son qarori bilan tasdiqlangan tadbirkorlik subyektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish, hisobga qo’yish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to’g’risida Nizomga muvofiq davlat ro’yxatidan o’tkazilgan vaqtdan boshlab tashkil etilgan hisoblanadi.
Agrofirmalarni ta’sis etishda muassislar tegishli tashkiliy-huquqiy shakldagi subyektlarni tashkil etish uchun belgilangan qonun hujjatlari talablarini bajarish kerak.
Agrofirmalar tarkibida meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, saqlash, tashish, tayyorlash ularning marketingini olib borish va boshqalar bo’yicha bo’linmalar tashkil etilishi mumkin.
Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari agrofirmalarning qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan faoliyatiga aralashishga haqli emas.
|
| |