Yorma zavodining oqlash bo'limida yormadan tashqari tex-
nologiyaning qo‘shimcha mahsulotlari - kepak va sochmali yem ham
olinadi. Texnologiyaning qo‘shimcha mahsulotlari tarkibida yorma
(mag‘zi) bor - yo‘qligiga nazorat qilinadi, texnologik jarayonni olib
borishdagi turli nosozliklar va kamchiliklar tufayli m ag‘iz,
kepak
va qovuz tushib qolishi mumkin. Asosan bu elak romlarining pishiq
emasligi, elaklaming yirtiqligi, pnevmo va aspiratsion tarmoqlardagi
havo o ‘tkazgichlar va kanallardagi yuqori tezlikdan iborat. Shuning
uchun bu m ag‘izni ajratish va texnologik jarayonga qaytarish
nazoratning texnologik vazifasiga kiradi.
Boshlang‘ich bosqichda kepak elanadi va undan yirikroq tarkibiy
qism yadro ajratib olinadi. So‘ngra texnologiyaning oxirgi mahsuloti
sifatida kepak metallomagnit aralashmalar mavjudligiga nazorat
qilinadi va tortiladi. Ajratib olingan m ag‘iz undan qovuz qoldiqlarini
ajratish uchun pnevmoseparatsiyalanadi
va texnologik jarayonga
qaytariladi. Qovuzni nazorat qilishda undan, shuningdek oldindan
kepakni elab olinadi, keyin pnevmoseparatsiyalashda qovuz va
m ag‘iz toza holatda ajratiladi.
M ag‘iz texnologikjarayonga qaytariladi, qovuzesametallomagnit
aralashmalardan tozalanib nazoratdan o ‘tkazilgandan so‘ng omborga
jo ‘natiladi. 87-rasmda kepak va qovuzni nazorat qilishning prinsipial
chizmasi ko ‘rsatilgan.
Yorma
sifati uning rangi, hidi, ta ’mi kabi yormaning yaxshi
saqlanganligi belgilovchi organoleptik ko‘rsatkichlar bilan tavsif-
lanadi. Umumiy tahlil o ‘tkazilganda, yormaning namligi, o ‘lcham-
lariga ko ‘ra tenglashtirilganligi,
sifatli yadro miqdori, tarkibidagi
zararli va metallomagnit aralashmalar, ombor zararkunandalari bilan
zararlanganligi aniqlanadi. Organo - leptik baholashga yuzaga ishlov
berish darajasi (etalon bilan solishtirganda) va ayrim zarrachalaning
shakli kabilar kiradi. B a’zan turdagi yormalar, masalan makkajo‘xori,
suli bodrog‘i va talqoni uchun kuldorlik belgilanadi. Makkajo‘xori
yormasi uchun shuningdek tarkibida murtakning mavjudligi aniqla
nadi, chunki uning yorma tarkibiga tushishi saqlash muddatlariga
salbiy ta ’sir yetishi mumkin. Yormaning
yuqori navligi asosan si-
230
fatli m ag‘iz miqdori bilan belgilanadi, chunki sifatli yadro, yorman-
ing tozalaganini k o ‘rsatadi. Bu ko‘rsatkich aralashmalar umumiy
mfqdorining 100 % dan chiqarib tashlash bilan aniqlanadi. Yuqori
navli yormada bu ko‘rsatkich har doim 99 % dan ко‘p.