• III. TDTT FANINI O‘QITISHDA FOYDALANILADIGAN INTREFAOL TA’LIM METODLARI .
  • Dori vositalarining sanoat texnologiyasi




    Download 4,47 Mb.
    bet3/12
    Sana01.01.2020
    Hajmi4,47 Mb.
    #7713
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12

    SILLABUS





    Fanning qisqacha tavsifi

    OTMning nomi va joylashgan manzili:

    Toshkent Farmatsevtika Instituti

    Oybek  ko‘chasi, 45

    Kafedra:

    Dori vositalarining sanoat texnologiyasi

    Sanoat farmatsiya fakulteti tarkibida

    Ta’lim sohasi va yo‘nalishi:

    5510500 –Farmatsiya

    DMI, SSS, Kl.farm

    Fanni (kursni) olib boradigan o‘qituvchi to‘g‘risida ma’lumot:

    farm.f.n., dotsent v.b., Jalilov Fazliddin Sodiqovich,

    farm.f.n., kat.o’q, Raximova Oygul Raxim qizi



     e-mail:

    dr.fazliddin@umail.uz

    dr.fazliddin@gmail.com

    oygulr@bk.ru



    Dars vaqti va joyi:

    1-bino 127,107, 100 auditoriya

    Kursning davomiyligi:

    3.09.2014-06.04.2015

    Individual grafik asosida professor-o`qituvchining talabalar bilan ishlash vaqti:

    Haftaning dushanba, chorshanba va shanba kunlari soat 14.00 dan 18.00 gacha

    Fanga ajratilgan

    soatlar

    Auditoriya soatlari

    Mustaqil ta’lim:

    115

    Ma’ruza

    56

    Amaliyot

    112

    Fanning boshqa fanlar bilan bog‘liqligi:

    Dasturni amalga oshirish o‘quv rejasida rejalashtirilgan matematik va tabiiy-ilmiy fanlar (oliy matematika, informatika va informatsiyaon texnologiyalar, fizika, anorganik kimyo, organik kimyo, fiziologiya anatomiya asoslari bilan, botanika, ekologiya), umumkasbiy fanlar (analitik kimyo, fizik va kolloid kimyo, biologik kimyo, toksikologik kimyo, patologiya, klinik farmatsiya farmakokinetika asoslari bilan, farmakologiya, mikrobiologiya, gigiena, birinchi tibbiy yordam, lotin tili, farmatsevtika ishini tashkil qilish, farmakognoziya, farmatsevtik texnologiya, tibbiyot va farmatsevtika tovarshunosligi, farmatsevtika iqtisodiyoti, farmatsevtik kimyo, biotexnologiya) dan etarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlik talab etiladi.

    Fanning mazmuni

    Fanning dolzarbligi va qisqacha mazmuni:

    Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarda tayyor dori turlarini tarkibini tanlash, laboratoriya sharoitida tayyorlanish texnologiyasi bo‘yicha tushunchaarini shakllantirish va rivojlantirish, o‘zining fikr mulohaza va xulosalarini asosli tarzda aniq bayon etishga o‘rgatish hamda egallagan bilimlar bo‘yicha ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdir.

    Fanning vazifasi – talabalarga tayyor dori turlarini laboratoriya sharoitida tayyorlash uchun texnologiyning nazariy va amaliy masalalarini echa olishga etarli bo‘lgan ko‘nikmalarni egallashga va uni qo‘llashga, shuningdek laboratoriya asbob-uskunalari va apparatlari bilan ishlashni o‘rgatishdan iborat.

    Talabalar uchun talablar

     


    - o‘qituvchiga va guruhdoshlarga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lish;

    - institut ichki tartib - intizom qoidalariga rioya qilish;

    - uyali telefonni dars davomida o‘chirish;

    - berilgan uy vazifasi va mustaqil ish topshiriqlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish;

    - ko‘chirmachilik (plagiat) qat’iyan man etiladi;

    - darslarga qatnashish majburiy hisoblanadi, dars qoldirilgan holatda qoldirilgan darslar qayta o‘zlashtirilishi shart;

    -  darslarga oldindan tayyorlanib kelish va faol ishtirok etish;

    -  talaba o‘qituvchidan so‘ng, dars xonasiga - mashg‘ulotga  kiritilmaydi;

    - talaba reyting ballidan norozi bo‘lsa  e’lon qilingan vaqtdan boshlab 1 kun mobaynida apellyasiya komissiyasiga murojat qilishi mumkin


    Elektron pochta orqali munosabatlar tartibi

     


    Professor-o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi aloqa elektron pochta orqali ham amalga oshirilishi mumkin, telefon orqali baho masalasi muhokama qilinmaydi, baholash faqatgina instituthududida, ajratilgan xonalarda va dars davomida amalga oshiriladi.  Elektron pochtani ochish vaqti soat 15.00 dan 20.00 gacha

    Fan mavzulari va unga ajratilgan saotlar taqsimoti:

    t/r

    Mavzular nomi

    Jami soat

    Ma’ruza


    Laboratoriya mashg’uloti

    Mustaqil ta’lim

    Farm.

    (DMI, SSS, KF).

    Kasb

    ta’lim

    Farm.

    (DMI,SSS, KF).

    Kasb

    ta’lim



    Korxona sharoitida tayyor dori turlarini ishlab chiqarish tizimi. Ishlab chiqarishni tashkil qilishda zarur bo’lgan MH

    9

    8

    2

    4

    3

    2



    Qattiq dori shakllari. Ularni tayyorlashda ishlatiladigan yordamchi moddalar. Yig’malar.

    9

    9

    2

    4

    3

    3



    Kukunlar va ularni korxona sharoitida tayyorlash texnologiyasi. Maydalash, elash va aralashtirish jarayonlari va ularda ishlatiladigan asbob-uskunalar.

    11

    11

    2

    4

    5

    5



    Granulalar va ularni tayyorlash texnologiyasi.

    12

    11

    2

    4

    6

    5



    Tabletkalar va ularni tayyorlash texnologiyasi. Tabletka mashinalari va ularning samaradorligini oshirish yo’llari.

    9

    8

    2

    4

    3

    2



    Presslanadigan massani texnologik xossalarini o’rganish.

    9

    9

    2

    4

    3

    3



    To’g’ridan-to’g’ri presslash va nam donadorlash usularida tabletkalar tayyorlash. Mikrotabletkalar va ularni tayyorlash texnologiyasi.

    13

    12

    2

    8

    3

    2



    Tabletkalarni qobiq bilan qoplash. Drajelar va ularni tayyorlashtexnologiyasi.

    13

    13

    2

    8

    3

    3



    Kapsulalar. Qattiq va yumshoq kapsulalar texnologiyasi.

    12

    11

    2

    4

    6

    5



    Yumshoq dori shakllari. Ularni tayyorlashda ishlatiladigan yordamchi moddalar.

    9

    8

    2

    2

    5

    4



    Korxona sharoitidasurtmalar, linimentlar, kremlar, pastalar va gellarni tayyorlash texnologiyasi.

    10

    9

    2

    2

    6

    5



    Shamchalar. Ularni korxona sharoitida ishlab chikarish texnologiyasi.

    11

    11

    2

    4

    5

    5



    Qattiq va yumshoq dori shakllarining sifat ko’rsatkichlari va ularga qo’yiladigan talablar.

    9

    9

    2

    4

    3

    3



    Suyuq dori shakllari. Ularni tayyorlashda ishlatiladigan yordamchi moddalar.

    7

    6

    2

    2

    3

    2



    Etil spirti. Uni quvvatini aniqlash, suyultirish usullari va korxona sharoitida ishlatilgan spirtni hisobga olish.

    10

    9

    2

    2

    6

    5



    Korxona sharoitida ishlab chiqariladigan farmatsevtik eritmalar. Xushbo’y suvlar va qiyomlar.

    16

    15

    2

    8

    6

    5



    Galen preparatlari. Nastoykalar va ularni tayyorlash texnologiyasi.

    12

    11

    2

    4

    6

    5



    Ekstraktlar. Suyuq ekstraktlar va ularni tayyorlash texnologiyasi.

    9

    8

    2

    4

    3

    2



    Quyuq ekstraktlar va ularni tayyorlash texnologiyasi. Bug’latish usullari.

    9

    9

    2

    4

    3

    3



    Quruq ekstraktlar va ularni tayyorlash texnologiyasi. Quritish usullari.

    15

    15

    2

    8

    5

    5



    Moyli ekstraktlar va ularni tayyorlash texnologiyasi.

    11

    11

    2

    4

    5

    5



    Novogalen preparatlari va ularni ishlab chiqarish texnologiyasi. Ajratmani yot moddalardan tozalash.

    12

    11

    2

    4

    6

    5



    Korxona sharoitida ishlab chiqariladigan in’eksion dori turlari. Ampulalar va ularni in’eksion eritma bilan to’ldirishga tayyorlash.

    10

    9

    2

    2

    6

    5



    Filtrlash va sterillash usullari. Filtrlash va sterillashda qo’llaniladigan asbob-uskunalar va ularni ishlash mexanzmlari.

    10

    9

    2

    2

    6

    5



    Korxona sharoitida in’eksion eritmlarni tayyorlash.

    9

    8

    2

    4

    3

    2



    Moyli in’eksion eritmalar va ularni korxona sharoitida tayyorlash texnologiyasi.

    9

    9

    2

    4

    3

    3



    Suyuq dori shakllarilarni sifat ko’rsatkichlari va ularga qo’yiladigan talablar.

    6

    6

    2

    4









    Organopreparatlar, garmon va ferment preparatlar.

    2

    2

    2










    Jami:

    283

    267

    56

    112

    115

    99

    Tayyor dori turlari texnologiyasi” fani bo’yicha ma’ruza mashg’ulotlarining kalendar tematik rejasi

    t/r

    Ma’ruza mashg’ulotlarining mavzulari (barcha)

    soat



    Korxona sharoitida tayyor dori turlarini ishlab chiqarish tizimi. Ishlab chiqarishni tashkil qilishda zarur bo’lgan MH

    2



    Qattiq dori shakllari. Ularni tayyorlashda ishlatiladigan yordamchi moddalar. Yig’malar.

    2



    Kukunlar va ularni korxona sharoitida tayyorlash texnologiyasi. Maydalash, elash va aralashtirish jarayonlari va ularda ishlatiladigan asbob-uskunalar.

    2



    Granulalar va ularni tayyorlash texnologiyasi.

    2



    Tabletkalar va ularni tayyorlash texnologiyasi. Tabletka mashinalari va ularning samaradorligini oshirish yo’llari.

    2



    Presslanadigan massani texnologik xossalarini o’rganish.

    2



    To’g’ridan-to’g’ri presslash va nam donadorlash usularida tabletkalar tayyorlash. Mikrotabletkalar va ularni tayyorlash texnologiyasi.

    2



    Tabletkalarni qobiq bilan qoplash. Drajelar va ularni tayyorlashtexnologiyasi.

    2



    Kapsulalar. Qattiq va yumshoq kapsulalar texnologiyasi.

    2



    Yumshoq dori shakllari. Ularni tayyorlashda ishlatiladigan yordamchi moddalar.

    2



    Korxona sharoitidasurtmalar, linimentlar, kremlar, pastalar va gellarni tayyorlash texnologiyasi.

    2



    Shamchalar. Ularni korxona sharoitida ishlab chikarish texnologiyasi.

    2



    Qattiq va yumshoq dori shakllarining sifat ko’rsatkichlari va ularga qo’yiladigan talablar.

    2



    Suyuq dori shakllari. Ularni tayyorlashda ishlatiladigan yordamchi moddalar.

    2



    Etil spirti. Uni quvvatini aniqlash, suyultirish usullari va korxona sharoitida ishlatilgan spirtni hisobga olish.

    2



    Korxona sharoitida ishlab chiqariladigan farmatsevtik eritmalar. Xushbo’y suvlar va qiyomlar.

    2



    Galen preparatlari. Nastoykalar va ularni tayyorlash texnologiyasi.

    2



    Ekstraktlar. Suyuq ekstraktlar va ularni tayyorlash texnologiyasi.

    2



    Quyuq ekstraktlar va ularni tayyorlash texnologiyasi. Bug’latish usullari.

    2



    Quruq ekstraktlar va ularni tayyorlash texnologiyasi. Quritish usullari.

    2



    Moyli ekstraktlar va ularni tayyorlash texnologiyasi.

    2



    Novogalen preparatlari va ularni ishlab chiqarish texnologiyasi. Ajratmani yot moddalardan tozalash.

    2



    Korxona sharoitida ishlab chiqariladigan in’eksion dori turlari. Ampulalar va ularni in’eksion eritma bilan to’ldirishga tayyorlash.

    2



    Filtrlash va sterillash usullari. Filtrlash va sterillashda qo’llaniladigan asbob-uskunalar va ularni ishlash mexanzmlari.

    2



    Korxona sharoitida in’eksion eritmlarni tayyorlash.

    2



    Moyli in’eksion eritmalar va ularni korxona sharoitida tayyorlash texnologiyasi.

    2



    Suyuq dori shakllarilarni sifat ko’rsatkichlari va ularga qo’yiladigan talablar.

    2



    Organopreparatlar, garmon va ferment preparatlar.

    2

    Jami

    56




    t/r

    Laboratoriya mashg’ulotlarining mavzulari (barcha)

    soat



    Tayyor dori turlari texnologiyasi faniga kirish. Asosiy tushunchalar va atamalar. Me’yoriy hujjatlar va ularning tarkibiy qismlari.

    4



    Qattiq dori shakllari. Ularni tayyorlashda ishlatiladigan yordamchi moddalar. Yig’malar. Asmatol yig’masi.

    4



    Kukunlar va ularni korxona sharoitida tayyorlash. Galmanin va sun’iy karlovar tuzi kukunlarini tayyorlash texnologiyasi

    4



    Granulalar va ularni tayyorlash texnologiyasi. Plantaglyutsid va urodan granulalarini tayyorlash texnologiyasi

    4



    Tabletkalar va ularni tayyorlash texnologiyasi. Tabletka mashinalari.

    4



    Presslanadigan massaning texnologik xossalarini o’rganish

    4



    To’g’ridan-to’g’ri presslash usulida tabletka tayyorlash. Natriy xlorid tabletkasini tayyorlash texnologiyasi. Talabalar bilimini joriy va oraliq baholash bo’yicha reyting ballarini jamlash

    4



    Nam donadorlash usularida tabletkalar tayyorlash. Streptotsid va bekarbon tabletkalarini tayyorlash.

    4



    Tabletkalarni qobiq bilan qoplash.

    4



    Drajelar. Mikrotabletkalar. Rux sulfat va riboflavin bilan askorbin kislotasini saqlovchi mikrotabletkalarni tayyorlash texnologiyasi

    4



    Kapsulalar. Qattiq va yumshoq kapsulalar texnologiyasi. Ferask kapsulasini tayyorlash texnologiyasi

    4



    Yumshoq dori shakllari. Ularni tayyorlashda ishlatiladigan yordamchi moddalar. Korxona sharoitida surtmalar, linimentlar, kremlar, pastalar va gellarni tayyorlash texnologiyasi. Rux oksidi surtmasini tayyorlash texnologiyasi

    4



    Shamchalar. Ularni korxona sharoitida ishlab chiqarish texnologiyasi. Dimedrol shamchasini tayyorlash texnologiyasi. Talabalar bilimini joriy va oraliq baholash bo’yicha reyting ballarini jamlash

    4



    Qattiq va yumshoq dori shakllarining sifat ko’rsatkichlari va ularga qo’yiladigan talablar.

    4



    Suyuq dori shakllari. Ularni tayyorlashda ishlatiladigan yordamchi moddalar. Etil spirti. Uni quvvatini aniqlash va suyultirish usullari. Korxona sharoitida ishlatilgan spirtni hisobga olish.

    4



    Korxona sharoitida ishlab chiqariladigan farmatsevtik eritmalar. Yodning 5 va 10% spirtli eritmalarini tayyorlash texnologiyasi.

    4



    Xushbuy suvlar va qiyomlar. Ukrop xushbuy suvi, oddiy qand qiyomi va chuchukmiya qiyomini tayyorlash texnologiyasi

    4



    Galen preparatlari. Nastoykalar va ularni tayyorlash texnologiyasi. Valerinana, ermon, kalampir yalpiz va belladonna nastoykalarini tayyorlash texnologiyasi

    4



    Ekstraktlar. Suyuq ekstraktlar. Tog’jambulning suyuq ekstraktini tayyorlash texnologiyasi

    4



    Chuchukmiyaning quyuq ekstraktini tayyorlash texnologiyasi. Bug’latish va bug’latish jarayonlari.

    4



    Quritish va quritish jarayonlarida qo’llaniladigan asbob-uskunalarni ishga tayyorlash.

    4



    Belladonnaning quruq ekstraktini tayyorlash texnologiyasi.Talabalar bilimini joriy va oraliq baholash bo’yicha reyting ballarini jamlash

    4



    Moyli ekstraktlar. Bangidevonaning moyli ekstraktini tayyorlash texnologiyasi.

    4



    Novogalen preparatlari va ularni ishlab chiqarish texnologiyasi. Plantaglyutsid, rutin, fitin va adonizid novogalen preparatlarini tayyorlash texnologiyasi

    4



    Korxona sharoitida ishlab chiqariladigan in’eksion dori turlari. Ampulalar va ularni in’eksion eritma bilan to’ldirishga tayyorlash. Ampula shishasining termik va kimyoviy barqarorligini aniqlash

    4



    Korxona sharoitida suvli in’eksion eritmalarni tayyorlash. Novokain, kofein benzoat natriy, novokainamid va askorbin kislotasi in’eksion eritmalarini tayyorlash texnologiyasi

    4



    Moyli in’eksion eritmalar va ularni korxona sharoitida tayyorlash texnologiyasi. Kamforaning 20% moyli in’eksion eritmasini tayyorlash texnologiyasi. Talabalar bilimini joriy va oraliq baholash bo’yicha reyting ballarini jamlash

    4



    Suyuq dori shakllarilarni sifat ko’rsatkichlari va ularga qo’yiladigan talablar.

    4

    Jami

    112




    Talabalar bilimini baholash tizimi:

    t/r

    Nazorat turi

    Maksimal ball

    Saralash bali

     

    Joriy nazorat

    50

    28

     

    Oraliq nazorat

    20

    11

     

    Yakuniy nazorat

    30

    17

     

    Jami

    100

    56

    Talabalarning JN bo’yicha ballarda ifodalangan o’zlashtirishi quyidagicha baxolanadi:



    O’zlashtirish %

    Ballar

    Baho

    Talabaning bilim darajasi

    1

    86-100

    5

    a’lo

    - mavzu bo’yicha berilgan pedogogik texnologiya savollariga to’liq javob bersa;

    - amalda bajariladigan ish daftarga yozib          kelingan bo’lsa;

    - amaliy ish natijasi, ya’ni tayyorlangan dori shakli talabga javob bersa;

    - ma’ruza matni yozilgan bo’lsa.



    2

    71-85

    4

    yaxshi

    - mavzu bo’yicha berilgan pedogogik texnologiya savollariga yaxshi javob bersa;

    - amaliy ish natijasi, ya’ni tayyorlangan dori shakli talabga javob bersa;

    - ma’ruza matni yozilgan bo’lsa;

    - amalda bajariladigan ish daftarga yozib kelingan bo’lsa.



    3

    56-70

    3

    o’rta

    - mavzu bo’yicha pedogogik texnologiya savollarining muxokamasida to’liq qatnashmasa;

    - amaliy ish natijasi, ya’ni tayyorlangan dori shakli talabga javob bersa;

    - ma’ruza matni yozilgan bo’lsa;

    - amalda bajariladigan ish daftarga yozib kelingan bo’lsa.



    4

    55 dan kam

    2

    Qoniqarsiz

    Talaba uy vazifasini daftariga yozib kelgan, lekin mavzu bo’yicha savollarga javob bera olmaydi. Mohiyatini tushunmaydi.

    Talabalar ON dan to’playdigan ballarning namunaviy mezonlari



    Ko’rsatkichlar

    ON ballari

    Maks

    1-ON

    2-ON

    1

    Darslarga qatnashganlik darajasi. Ma’ruza darslaridagi faolligi, konspekt daftarlarining yuritilishi va to’liqligi.

    4

    0-2

    0-2

    2

    Test, yozma va og’zaki savol-javoblar va boshqa nazorat turlari natijalari bo’yicha

    16

    0-8

    0-8

     

    Jami ON ballari

    20

    10

    10

    Yakuniy nazorat.

    YN ga mazkur kursni muvoffaqiyatli yakunlagan, kurs ishini topshirgan hamda JN va ON dan 56% dan yuqori ball to’plagan talabalar qo’yiladi. Institut ilmiy kengashining qaroriga muvofiq YN “yozma” shaklida o’tkaziladi va 30 ball asosida baholanadi.

    17 dan kam     -                                  qoniqarsiz

    17 dan                        -           21 gacha         qoniqarli

    22 dan                         -           25 gacha         yaxshi

    26 dan                         -           30 gacha         a’lo






    Asosiy adabiyotlar:

    1. Maxkamov S.M., Maxmudjonova K.S. Tayyor dori turlari texnologiyasi. Toshkent. 2010. B. 367. (darslik)

    2. Xaydarov V.R., Usubbaev M.U., Jalilov X.K., YUnusova X.M. Tayyor dori turlari texnologiyasi fanidan laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarish bo‘yicha o‘quv-uslubiy qo‘llanma. Toshkent. 2011. 132 b.

    3. Mirolimov M.M. Yig‘indi preparatlar texnologiyasi. Toshkent 2001. “Abu Ali Ibn Sino” 364 B.

    4. Mirolimov M.M. Farmatsevtik texnologiya asoslari. Toshkent 2007. B. 343.




    Qo‘shimcha adabiyotlar:


    1. Mirolimov M.M. Dori texnologiyasi. Toshkent 2009. 1 tom. B. 236.

    2. Maxkamov S.M., Maxmudjonova K.S. Tayyor dori turlari texnologiyasi. Toshkent. 2007. B. 213. (amaliy mashg‘ulotlar uchun qo‘llanma)

    3. Maxkamov S.M., Usubbaev M.U., Nuritdinova A.I. i dr. Rukovodstva k laboratornim zanyatiyam po texnologii lekarstvennix form. 2004. Almati. 239 S.

    4. Mirolimov M.M. Dori texnologiyasi. Toshkent 2009. 3 tom. B. 252.

    5. Maxkamov S.M. Osnovы tabletochnogo proizvodstva. Tashkent. 2004. S.146.








    III. TDTT FANINI O‘QITISHDA FOYDALANILADIGAN INTREFAOL TA’LIM METODLARI.

    Hozirgi vaqtda ta’lim jarayonida o‘qitishning zamonaviy metodlari keng qo‘llanilmoqda. O‘qitishning zamonaviy metodlarini qo‘llash o‘qitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi. Ta’lim metodlarini tanlashda har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq sanaladi.

    An’anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda, unga turli-tuman ta’lim oluvchilar faoliyatini faollashtiradigan metodlar bilan boyitish ta’lim oluvchilarning o‘zlashtirish darajasining ko‘tarilishiga olib keladi. Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, ta’lim beruvchi tomonidan ta’lim oluvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta’lim jarayonida faolligi muttasil rag‘batlantirilib turilishi, o‘quv materialini kichik-kichik bo‘laklarga bo‘lib, ularning mazmunini ochishda aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs-munozara, muammoli vaziyat, yo‘naltiruvchi matn, loyiha, rolli o‘yinlar kabi metodlarni qo‘llash va ta’lim oluvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash talab etiladi.

    Bu metodlarni interfaol yoki interaktiv metodlar deb ham atashadi. Interfaol metodlar deganda-ta’lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi, ta’lim jarayonining markazida ta’lim oluvchi bo‘lgan metodlar tushuniladi. Bu metodlar qo‘llanilganda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi. Ta’lim oluvchi butun jarayon davomida ishtirok etadi. Ta’lim oluvchi markazda bo‘lgan yondoshuvning foydali jihatlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi:

    - ta’lim samarasi yuqoriroq bo‘lgan o‘qish-o‘rganish;

    - ta’lim oluvchining yuqori darajada rag‘batlantirilishi;

    - ilgari orttirilgan bilimning ham e’tiborga olinishi;

    - o‘qish shiddatini ta’lim oluvchining ehtiyojiga muvofiqlashtirilishi;

    - ta’lim oluvchining tashabbuskorligi va mas’uliyatining qo‘llab-quvvatlanishi;

    - amalda bajarish orqali o‘rganilishi;

    - ikki taraflama fikr-mulohazalarga sharoit yaratilishi.

    “BLITS O‘YIN” metodi - harakatlar ketma-ketligini to‘g‘ri tashkil etishga mantiqiy fikrlashga, o‘rganayotgan predmeti asosida ko‘p, xilma xil fikrlardan, ma’lumotlardan kerakligini tanlab olishni o‘rgatishga qaratilgan. Ushbu texnologiya tinglovchilarga tarqatilgan qog‘ozlarda ko‘rsatilgan harakatlar ketma ketligini avval yakka holda mustaqil ravishda belgilab, so‘ngra o‘z fikrini boshqalarga o‘tkaza olish yoki o‘z fikrida qolish, boshqalar bilan hamfikr bo‘la olishga yordam beradi.

    “BUMERANG” texnikasi – o‘quvchi-talabalarni dars jarayonida, darsdan tashqarida turli adabiyotlar, matnlar bilan ishlash, o‘rganilgan materiallarni yoddan saqlab qolish, so‘zlab bera olish, fikrni erkin holda bayon eta olish hamda bir dars davomida barcha o‘quvchi talabalarni baholay olishga qaratilgan. “Bumerang” texnologiyasi tanqidiy fikrlash, mantiqli shakllantirishga, imkoniyat yaratadi; xotirani, g‘oyalarni, fikrlarni, dallillarni yozma va og‘zaki shakllarda bayon qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.

    SINKVEYN” metodi – ta’lim oluvchilarni axborotlarni qisqa bayon etishga o‘rgatadi, hamda olingan ma’lumotlar ustida chuqur ilanishga chorlaydi.

    QORA QUTI” metodio‘quvchi-talabalar bu metod asosida echiladigan muammolar aniq vaziyatni tahlil qilish orqali amalga oshiriladi, muammolar sababi yo‘l-yo‘lakay aniqlanadi.

    Aqliy hujum” metodi - biror muammo bo‘yicha ta’lim oluvchilar tomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni to‘plab, ular orqali ma’lum bir echimga kelinadigan metoddir. “Aqliy hujum” metodining yozma va og‘zaki shakllari mavjud. Og‘zaki shaklida ta’lim beruvchi tomonidan berilgan savolga ta’lim oluvchilarning har biri o‘z fikrini og‘zaki bildiradi. Ta’lim oluvchilar o‘z javoblarini aniq va qisqa tarzda bayon etadilar. YOzma shaklida esa berilgan savolga ta’lim oluvchilar o‘z javoblarini qog‘oz kartochkalarga qisqa va barchaga ko‘rinarli tarzda yozadilar. Javoblar doskaga (magnitlar yordamida) yoki «pinbord» doskasiga (ignalar yordamida) mahkamlanadi. “Aqliy hujum” metodining yozma shaklida javoblarni ma’lum belgilar bo‘yicha guruhlab chiqish imkoniyati mavjuddir. Ushbu metod to‘g‘ri va ijobiy qo‘llanilganda shaxsni erkin, ijodiy va nostandart fikrlashga o‘rgatadi.

    “Aqliy hujum” metodidan foydalanilganda ta’lim oluvchilarning barchasini jalb etish imkoniyati bo‘ladi, shu jumladan ta’lim oluvchilarda muloqot qilish va munozara olib borish madaniyati shakllanadi. Ta’lim oluvchilar o‘z fikrini faqat og‘zaki emas, balki yozma ravishda bayon etish mahorati, mantiqiy va tizimli fikr yuritish ko‘nikmasi rivojlanadi. Bildirilgan fikrlar baholanmasligi ta’lim oluvchilarda turli g‘oyalar shakllanishiga olib keladi. Bu metod ta’lim oluvchilarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish uchun xizmat qiladi.

    “Aqliy hujum” metodi ta’lim beruvchi tomonidan qo‘yilgan maqsadga qarab amalga oshiriladi:

    1. Ta’lim oluvchilarning boshlang‘ich bilimlarini aniqlash maqsad qilib qo‘yilganda, bu metod darsning mavzuga kirish qismida amalga oshiriladi.

    2. Mavzuni takrorlash yoki bir mavzuni keyingi mavzu bilan bog‘lash maqsad qilib qo‘yilganda –yangi mavzuga o‘tish qismida amalga oshiriladi.

    3. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash maqsad qilib qo‘yilganda-mavzudan so‘ng, darsning mustahkamlash qismida amalga oshiriladi.

    “Aqliy hujum” metodini qo‘llashdagi asosiy qoidalar:



    1. Bildirilgan fikr-g‘oyalar muhokama qilinmaydi va baholanmaydi.

    2. Bildirilgan har qanday fikr-g‘oyalar, ular hatto to‘g‘ri bo‘lmasa ham inobatga olinadi.

    3. Har bir ta’lim oluvchi qatnashishi shart.

    Quyida (1-chizma) “Aqliy hujum” metodining tuzilmasi keltirilgan.


    1-chizma. “Aqliy hujum” metodining tuzilmasi
    Aqliy hujum” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:

    1. Ta’lim oluvchilarga savol tashlanadi va ularga shu savol bo‘yicha o‘z javoblarini (fikr, g‘oya va mulohaza) bildirishlarini so‘raladi;

    2. Ta’lim oluvchilar savol bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirishadi;

    3. Ta’lim oluvchilarning fikr-g‘oyalari (magnitafonga, videotasmaga, rangli

    qog‘ozlarga yoki doskaga) to‘planadi;

    1. Fikr-g‘oyalar ma’lum belgilar bo‘yicha guruhlanadi;

    2. YUqorida qo‘yilgan savolga aniq va to‘g‘ri javob tanlab olinadi.

    Aqliy hujum metodining afzalliklari:

    • natijalar baholanmasligi ta’lim oluvchilarda turli fikr-g‘oyalarning shakllanishiga olib keladi;

    • ta’lim oluvchilarning barchasi ishtirok etadi;

    • fikr-g‘oyalar vizuallashtirilib boriladi;

    • ta’lim oluvchilarning boshlang‘ich bilimlarini tekshirib ko‘rish imkoniyati mavjud;

    • ta’lim oluvchilarda mavzuga qiziqish uyg‘otadi.

    Aqliy hujum metodining kamchiliklari:

    • ta’lim beruvchi tomonidan savolni to‘g‘ri qo‘ya olmaslik;

    • ta’lim beruvchidan yuqori darajada eshitish qobiliyatining talab etilishi.

    LOYIHA” metodi – ta’lim oluvchilarning invidual yoki guruhlarda belgilangan vaqt davomida, belgilangan mavzu bo‘yicha axborot yig‘ish, tadqiqot o‘tkazish va amalga oshirish ishlarini olib borishidir. Bu metodda ta’lim oluvchilar rejalashtirish, qaror qabul qilish, amalga oshirish, tekshirish va xulosa chiqarish va natijalarni baholash jarayonlarida ishtirok etadilar [24].

    3-jadval. Ta’lim mazmunining interfaol metodlar bilan aloqasi


    Kichik guruhlarda ishlash” metodi - ta’lim oluvchilarni faollashtirish maqsadida ularni kichik guruhlarga ajratgan holda o‘quv materialini o‘rganish yoki berilgan topshiriqni bajarishga qaratilgan darsdagi ijodiy ish.

    Ushbu metod qo‘llanilganda ta’lim oluvchi kichik guruhlarda ishlab, darsda faol ishtirok etish huquqiga, boshlovchi rolida bo‘lishga, bir-biridan o‘rganishga va turli nuqtai- nazarlarni qadrlash imkoniga ega bo‘ladi.



    “Kichik guruhlarda ishlash” metodi qo‘llanilganda ta’lim beruvchi boshqa interfaol metodlarga qaraganda vaqtni tejash imkoniyatiga ega bo‘ladi. CHunki ta’lim beruvchi bir vaqtning o‘zida barcha ta’lim oluvchilarni mavzuga jalb eta oladi va baholay oladi. Quyida “Kichik guruhlarda ishlash” metodining tuzilmasi keltirilgan (2-chizma).


    2-chizma. “Kichik guruhlarda ishlash” metodining tuzilmasi
    Kichik guruhlarda ishlash” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:

      1. Faoliyat yo‘nalishi aniqlanadi. Mavzu bo‘yicha bir-biriga bog‘liq bo‘lgan masalalar belgilanadi.

      2. Kichik guruhlar belgilanadi. Ta’lim oluvchilar guruhlarga 3-6 kishidan bo‘linishlari mumkin.

      3. Kichik guruhlar topshiriqni bajarishga kirishadilar.

      4. Ta’lim beruvchi tomonidan aniq ko‘rsatmalar beriladi va yo‘naltirib turiladi.

      5. Kichik guruhlar taqdimot qiladilar.

      6. Bajarilgan topshiriqlar muhokama va tahlil qilinadi.

      7. Kichik guruhlar baholanadi.


    «Kichik guruhlarda ishlash» metodining afzalligi:

    • o‘qitish mazmunini yaxshi o‘zlashtirishga olib keladi;

    • muloqotga kirishish ko‘nikmasining takomillashishiga olib keladi;

    • vaqtni tejash imkoniyati mavjud;

    • barcha ta’lim oluvchilar jalb etiladi;

    • o‘z-o‘zini va guruhlararo baholash imkoniyati mavjud bo‘ladi.

    Guruhning har bir a’zosi:

    - o‘z sheriklarining fikrlarini xurmat qilishlari lozim;

    - berilgan topshiriqlar bo‘yicha faol, hamkorlikda va mas’uliyat bilan ishlashlari lozim;

    - o‘zlariga yordam kerak bo‘lganda so‘rashlari mumkin;

    - yordam so‘raganlarga ko‘mak berishlari lozim;

    - guruhni baholash jarayonida ishtirok etishlari lozim;



    - “Biz bir kemadamiz, birga cho‘kamiz yoki birga qutilamiz” qoidasini yaxshi bilishlari lozim.

    Guruhlar uchun topshiriqlar.

    Группа 27

    «Kichik guruhlarda ishlash» metodining kamchiliklari:

    • ba’zi kichik guruhlarda kuchsiz ta’lim oluvchilar bo‘lganligi sababli kuchli ta’lim oluvchilarning ham past baho olish ehtimoli bor;

    • barcha ta’lim oluvchilarni nazorat qilish imkoniyati past bo‘ladi;

    • guruhlararo o‘zaro salbiy raqobatlar paydo bo‘lib qolishi mumkin;

    • guruh ichida o‘zaro nizo paydo bo‘lishi mumkin.

    REZYUME” metodio‘quvchi-talabalarni biror mavzuning ijobiy va salbiy tomonilari, afzallik va kamchiliklari, foyda va zararlarini belgilashni o‘rganadi. Texnologiyaning mohiyati shundan iboratki, bunda mavzuning turli tarmoqlari bo‘yicha bir yo‘la axborot beriladi. Ayni paytda, ularning har biri alohida nuqtalardan muhokama etiladi. Masalan, ijobiy va salbiy tomonlari, afzallik, fazilat va kamchiliklari, foyda va zararlari belgilanadi.

    O‘zbekistonda pedagogik innovatsiyaning rivojlanishi pedagog olimlarning harakati (S. G‘ulomov, B. Farberman, U. Nishonaliev, N. Sayidaxmedov, M. Ochilov, M.Maxmudov va boshqalar.) maktabining tez rivojlanishiga bo‘lgan talab bilan bog‘liq. SHu sababli yangi bilimlarga bo‘lgan talab, yangi «yangilik», yangi «innovatsiya», «innovatsion jarayon» tushunchalarini anglash talabi ortdi.

    Fan va texnikaning jadal rivojlanishi mustaqil mamlakatimizda sanoat va qishloq xo‘jaligi qiyofasini tubdan o‘zgartirib yubormoqda. Hozirgi zamon ishlab chiqarishidagi ko‘pgina kasblar faqat ma’lumotli kishilargina emas, yuksak rivojlangan, ijodiy qobiliyatga ega mustakil fikrlay oladigan kasb egalarini jalb qilishni talab qilmoqda.



    SHunday ekan, malakali kadrlar tayyorlash jarayonining har bir bosqichida ta’limni samarali tashkil etish, uni yuqori bosqichlarga ko‘tarish borasida muayyan vazifalarni amalga oshirish lozim.
    .

    Mazkur metodik ishlanmada pedagogik texnologiyaga yondashuv asosida ta’lim jarayonini tashkil etish va uni amalga oshirish, ya’ni o‘quv maqsadlarini aniqlashtirish orqali muayyan natijaga hamda ta’lim oluvchilarning mustaqil fikrlashlariga erishish shu yo‘l bilan ta’lim jarayonida yuqori samaradorlikka erishish kabilar xususida so‘z yuritiladi.

    Hozirgi vaqtda ta’lim jarayonida o‘qitishning ilg‘or usullarini qo‘llash, o‘qitish jarayonida yuqori natajalarga olib keladi. Ta’lim usullarini har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq sanaladi. An’anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda, uni turli-tuman zamonaviy usullar bilan boyitish ta’lim oluvchilarning o‘zlashtirish darajasining ko‘tarilishiga olib keladi. Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkili qilinishi, ta’lim beruvchi tomonidan ta’lim oluvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta’lim jarayonida faolligi muttasil rag‘batlantirilib turilishi, o‘quv materialini kichik-kichik bo‘laklarga bo‘lib, ularning mazmunini ochishda interfaol usullarni qo‘llash va ta’lim oluvchilarni ommaviy mashqlarni mustaqil bajarishga undash talab etiladi. Bu usullar qo‘llanilganda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi. Ta’lim oluvchi butun jarayon davomida ishtirok etadi.

    Interfaol usullarning ta’lim jarayonidagi samaradorligini quyidagicha tasvirlash mumkin.

    Bu piramidani tahlil qilar ekanmiz, o‘qitish samaradorligi faol usullardan foydalanilganda eng yuqori bo‘lishiga ishonch hosil qilamiz. YOxud, ular ko‘proq amaliy, seminar va mustaqil o‘qish shakllarida foydalanishga moyildirlar. SHuning uchun ham, o‘qitishning bu tashkiliy shakllari salmog‘i va ahamiyatiga yanada ko‘proq e’tibor berish zarur. Bu, ta’lim oluvchilarning amaliy – kasbiy malakalari darajasini oshiruvchi asosiy omillardan biri bo‘lib hisoblanadi.

    Metod tanlash nafaqat o‘quv maqsadidan, balki o‘quv material mazmuniga va bu fanning murakkabligiga bog‘liq. Bundan tashqari metodlarni tanlashda talabalarning soni, ularning o‘quv imkoniyatlari, ta’limning davomiyligi, o‘quv-moddiy sharoitlar va o‘qituvchining mahoratiga bog‘liq.


    Davra suhbati” metodi – aylana stol atrofida berilgan muammo yoki savollar yuzasidan ta’lim oluvchilar tomonidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirish orqali olib boriladigan o‘qitish metodidir.

    “Davra suhbati” metodi qo‘llanilganda stol-stullarni doira shaklida joylashtirish kerak. Bu har bir ta’lim oluvchining bir-biri bilan “ko‘z aloqasi”ni o‘rnatib turishiga yordam beradi. Davra suhbatining og‘zaki va yozma shakllari mavjuddir. Og‘zaki davra suhbatida ta’lim beruvchi mavzuni boshlab beradi va ta’lim oluvchilardan ushbu savol bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirishlarini so‘raydi va aylana bo‘ylab har bir ta’lim oluvchi o‘z fikr-mulohazalarini og‘zaki bayon etadilar. So‘zlayotgan ta’lim oluvchini barcha diqqat bilan tinglaydi, agar muhokama qilish lozim bo‘lsa, barcha fikr-mulohazalar tinglanib bo‘lingandan so‘ng muhokama qilinadi. Bu esa ta’lim oluvchilarning mustaqil fikrlashiga va nutq madaniyatining rivojlanishiga yordam beradi.




    3-chizma. Davra stolining tuzilmasi

    Yozma davra suhbatida (3-chizma) ham stol-stullar aylana shaklida joylashtirilib, har bir ta’lim oluvchiga konvert qog‘ozi beriladi. Har bir ta’lim oluvchi konvert ustiga ma’lum bir mavzu bo‘yicha o‘z savolini beradi va “Javob varaqasi”ning biriga o‘z javobini yozib, konvert ichiga solib qo‘yadi. SHundan so‘ng konvertni soat yo‘nalishi bo‘yicha yonidagi ta’lim oluvchiga uzatadi. Konvertni olgan ta’lim oluvchi o‘z javobini “Javoblar varaqasi”ning biriga yozib, konvert ichiga solib qo‘yadi va yonidagi ta’lim oluvchiga uzatadi. Barcha konvertlar aylana bo‘ylab harakatlanadi. Yakuniy qismda barcha konvertlar yig‘ib olinib, tahlil qilinadi. Quyida “Davra suhbati” metodining tuzilmasi keltirilgan (4-chizma).


    Davra suhbati” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:

    1. Mashg‘ulot mavzusi e’lon qilinadi.

    2. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarni mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi bilan tanishtiradi.

    3. Har bir ta’lim oluvchiga bittadan konvert va javoblar yozish uchun guruhda necha ta’lim oluvchi bo‘lsa, shunchadan “Javoblar varaqalari”ni tarqatilib, har bir javobni yozish uchun ajratilgan vaqt belgilab qo‘yiladi. Ta’lim oluvchi konvertga va “Javoblar varaqalari”ga o‘z ismi-sharifini yozadi.



    4-chizma. “Davra suhbati” metodining tuzilmasi


    1. Ta’lim oluvchi konvert ustiga mavzu bo‘yicha o‘z savolini yozadi va “Javoblar varaqasi”ga o‘z javobini yozib, konvert ichiga solib qo‘yadi.

    2. Konvertga savol yozgan ta’lim oluvchi konvertni soat yo‘nalishi bo‘yicha yonidagi ta’lim oluvchiga uzatadi.

    3. Konvertni olgan ta’lim oluvchi konvert ustidagi savolga “Javoblar varaqalari”dan biriga javob yozadi va konvert ichiga solib qo‘yadi hamda yonidagi ta’lim oluvchiga uzatadi.

    4. Konvert davra stoli bo‘ylab aylanib, yana savol yozgan ta’lim oluvchining o‘ziga qaytib keladi. Savol yozgan ta’lim oluvchi konvertdagi “Javoblar varaqalari”ni baholaydi.

    5. Barcha konvertlar yig‘ib olinadi va tahlil qilinadi.

    Ushbu metod orqali ta’lim oluvchilar berilgan mavzu bo‘yicha o‘zlarining bilimlarini qisqa va aniq ifoda eta oladilar. Bundan tashqari ushbu metod orqali ta’lim oluvchilarni muayyan mavzu bo‘yicha baholash imkoniyati yaratiladi. Bunda ta’lim oluvchilar o‘zlari bergan savollariga guruhdagi boshqa ta’lim oluvchilar bergan javoblarini baholashlari va ta’lim beruvchi ham ta’lim oluvchilarni ob’ektiv baholashi mumkin.

    Davra suhbati” metodining afzalliklari:


    • o‘tilgan materialining yaxshi esda qolishiga yordam beradi;

    • barcha ta’lim oluvchilar ishtirok etadilar;

    • har bir ta’lim oluvchi o‘zining baholanishi mas’uliyatini his etadi;

    • o‘z fikrini erkin ifoda etish uchun imkoniyat yaratiladi.

    Davra suhbati metodining kamchiliklari:



    • ko‘p vaqt talab etiladi;

    • ta’lim beruvchining o‘zi ham rivojlangan fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lishi talab etiladi;

    ta’lim oluvchilarning bilim darajasiga mos va qiziqarli bo‘lgan mavzu tanlash talab etiladi.

    Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda o‘quvchilarning o‘quv va ijodiy faolliklarini oshiruvchi hamda ta’lim – tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash borasida katta tajriba to‘plangan bo‘lib, ushbu tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilmoqda.


    Keys-stadi” metodi


    Keys-stadi interaktiv ta’lim metodi sifatida tinglovchilar tomonidan eng afzal ko‘riladigan metodlar qatoriga kirmoqda. Ushbu texnologiya asosan farmatsevtika fanlaridan dars beruvchi o‘qituvchi va tinglovchilarning umumiy intellekual va kommunikativ salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan.

    Buning sababi sifatida ushbu metod tinglovchilarga tashabbus bildirish, nazariy holatni o‘zlashtirishda hamda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishda mustaqillikka ega bo‘lish imkoniyatini berishida ko‘rish mumkin. O‘z navbatida vaziyatlarning analizi (tahlili) tinglovchilarning kasbiy shakllanish jarayoniga kuchli ta’sir o‘tkaza olishi, ularning kasbiy jixatdan “ulg‘ayishiga” xizmat qilishi, ta’lim olishga nisbatan qiziqish va ijobiy motivatsiyaning shakllantirishi alohida ahamiyatga ega. Keyslar metodi o‘qituvchining tafakkur turi sifatida, alohida paradigma ko‘rinishida gavdalanib, ijodiy salohiyatni rivojlantirish, noan’anaviy tarzda fikrlash imkoniyatini beradi.
    Keys metodi” ni amalga oshirish bosqichlari


    Ish bosqichlari

    Faoliyat shakli va mazmuni

    1-bosqich: Keys va uning axborot ta’minoti bilan tanishtirish

    • yakka tartibdagi audio-vizual ish;

    • keys bilan tanishish(matnli, audio yoki media shaklda);

    • axborotni umumlashtirish;

    • axborot tahlili;

    • muammolarni aniqlash

    2-bosqich:Keysni aniqlash-tirish va o‘quv topshirig‘ni belgilash

    • individual va guruhda ishlash;

    • muammolarni dolzarblik ierarxiyasini aniqlash;

    • asosiy muammoli vaziyatni belgilash

    3-bosqich: Keysdagi asosiy muammoni tahlil etish orqali o‘quv topshirig‘ining echimini izlash, hal etish yo‘llarini ishlab chiqish

    • individual va guruhda ishlash;

    • muqobil echim yo‘llarini ishlab chiqish;

    • har bir echimning imkoniyatlari va to‘siqlarni tahlil qilish;

    • muqobil echimlarni tanlash

    4-bosqich: Keys echimini echimini shakllantirish va asoslash, taqdimot.

    • yakka va guruhda ishlash;

    • muqobil variantlarni amalda qo‘llash imkoniyatlarini asoslash;

    • ijodiy-loyiha taqdimotini tayyorlash;

    • yakuniy xulosa va vaziyat echimining amaliy aspektlarini yoritish


    Keys. Laboratoriyaga yangi yuqori samarali xromatografi o‘rnatildi. Ammo ishga tushirishning imkoni bo‘lmadi.

    Ana shunday texnologiyalardan biri – “Keys - stadi”dir. U ilk marta Garvard universitetining huquq maktabida 1870 yilda qo‘llanilgan edi. 1920 yilda Garvard biznes-maktabi (HBS) o‘qituvchilari yuristlarning o‘qitish tajribasiga tayanib, iqtisodiy amaliyotdagi aniq vaziyatlarni tahlil etish va muhokama qilishni ta’limning asosiy usuli etib tanlashganidan keyin mazkur o‘qitish uslubi keng tatbiq etila boshladi.



    • Keys‑stadi amaliy vaziyatlarni tahlil etish va hal qilish asosida o‘qitish usuli

    • u ilk marta Garvard universitetining huquq maktabida 1870 yilda qo‘llanilgan edi.

    • iqtisodiy amaliyotdagi aniq vaziyatlarni tahlil etish va muhokama qilish.

    Keys‑stadi (inglizcha sase - to‘plam, aniq vaziyat, stadi -ta’lim) keysda bayon qilingan va ta’lim oluvchilarni muammoni ifodalash hamda uning maqsadga muvofiq tarzdagi echimi variantlarini izlashga yo‘naltiradigan aniq real yoki sun’iy ravishda yaratilgan vaziyatning muammoli-vaziyatli tahlil etilishiga asoslanadigan ta’lim uslubidir[14]

    Keys-stadi - ta’lim, axborotlar, kommunikatsiya va boshqaruvning qo‘yilgan ta’lim maqsadini amalga oshirish va keysda bayon qilingan amaliy muammoli vaziyatni hal qilish jarayonida bashorat qilinadigan o‘quv natijalariga kafolatli etishishni vositali tarzda ta’minlaydigan bir tartibga keltirilgan optimal usullari va vositalari majmuidan iborat bo‘lgan ta’lim texnologiyasidir

    Keysda tavsiflangan aniq vaziyat o‘rganishni voqelikka bog‘lab qo‘yadi: sizga muammoni hal etish bo‘yicha vaziyatni tahlil qilish, tahminlarni shakllantirish, muammolarni aniqlash, qo‘shimcha ma’lumotni yig‘ish, tahminlarni aniqlashtirish va aniq qadamlarni loyihalashtirish imkonini beradi.



    O‘quv uslubi sifatida quyidagilarni ta’minlaydi:

    • o‘rganilgan o‘quv mavzu, kursi bo‘yicha (nazariy ta’limdan so‘ng) bilimlarni mustahkamlashni;

    • muammolarni tahlil qilish va qarorlarni yakka tartibda va guruhli qabul qilish ko‘nikmalarini egallashni;

    • ijodiy va o‘rganish qobiliyatlar, mantiqiy fikrlash, nutq va muhit sharoitlariga moslashish qobiliyatlarini rivojlantirishni;

    • yangilikka, qarorlarni mustaqil qabul qilishga tayyorgarlikni;

    • mas’uldorlik, mustaqillik, kommunikativlik va empatiya, refleksiyaning shakllanishini; o‘quv ma’lumotlarini o‘zlashtirish sifatini o‘z tekshirishini (o‘quv dasturi yakunida).

    Ishbop o‘yin” metodi - berilgan topshiriqlarga ko‘ra yoki o‘yin ishtirokchilari tomonidan tayyorlangan har xil vaziyatdagi boshqaruvchilik qarorlarini qabul qilishni imitatsiya qilish (taqlid, aks ettirish) metodi hisoblanadi.

    O‘yin faoliyati biron bir tashkilot vakili sifatida ishtirok etayotgan ishtirokchining hulq-atvori va ijtimoiy vazifalarini imitatsiya qilish orqali beriladi. Bir tomondan o‘yin nazorat qilinsa, ikkinchi tomondan oraliq natijalarga ko‘ra ishtirokchilar o‘z faoliyatlarini o‘zgartirish imkoniyatiga ham ega bo‘ladi. Ishbop o‘yinda rollar va rollarning maqsadi aralashgan holda bo‘ladi. Ishtirokchilarning bir qismi qat’iy belgilangan va o‘yin davomida o‘zgarmas rolni ijro etishlari lozim. Bir qism ishtirokchilar rollarini shaxsiy tajribalari va bilimlari asosida o‘z maqsadlarini belgilaydilar. Ishbop o‘yinda har bir ishtirokchi alohida rolli maqsadni bajarishi kerak. SHuning uchun vazifani bajarish jarayoni individual-guruhli harakterga ega. Har bir ishtirokchi avval o‘zining vazifasi bo‘yicha qaror qabul qiladi, so‘ngra guruh bilan maslahatlashadi. O‘yin yakunida har bir ishtirokchi va guruh erishgan natijalariga qarab baholanadi. Quyida “Ishbop o‘yin” metodining tuzilmasi keltirilgan (5-chizma).






    5-chizma. “Ishbop o‘yin” metodining tuzilmasi
    Ishbop o‘yin” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:

    1. Ta’lim beruvchi mavzu tanlaydi, maqsad va natijalarni aniqlaydi. Qatnashchilar uchun yo‘riqnomalar va baholash mezonlarini ishlab chiqadi.

    2. Ta’lim oluvchilarni o‘yinning maqsadi, shartlari va natijalarni baholash mezonlari bilan tanishtiradi.

    3. Ta’lim oluvchilarga vazifalarni taqsimlaydi, maslahatlar beradi.

    4. Ta’lim oluvchilar o‘z rollari bo‘yicha tayyorgarlik ko‘radilar.

    5. Ta’lim oluvchilar tasdiqlangan shartlarga binoan o‘yinni amalga oshiradilar. Ta’lim beruvchi o‘yin jarayoniga aralashmasdan kuzatadi.

    6. O‘yin yakunida ta’lim beruvchi muhokamani tashkil etadi. Ekspertlarning xulosalari tinglanadi, fikr-mulohazalar aytiladi.

    7. Ishlab chiqilgan baholash mezonlari asosida natijalar baholanadi.

    Har bir rolni ijro etuvchi o‘z vazifasini to‘g‘ri bajarishi, berilgan vaziyatda o‘zini qanday tutishi kerakligini namoyish eta olishi, muammoli holatlardan chiqib ketish qobiliyatini ko‘rsata olishi kerak.

    Ishbop o‘yin metodining afzalliklari:


    • ta’lim oluvchilarning bilimlarini va tajribalarini o‘z qarashlari va hulqlari orqali ifoda etishga yordam beradi;

    • ta’lim oluvchining boshlang‘ich bilimlari va tajribalarini safarbar etish uchun yaxshi imkoniyat yaratiladi;

    • ta’lim oluvchilar o‘z bilimlari doirasidan kelib chiqqan holda imkoniyatlarini namoyish etishlari uchun sharoit yaratiladi.

    Ishbop o‘yin metodining kamchiliklari:

    • ta’lim beruvchidan katta tayyorgarlikni talab etadi;

    • vaqt ko‘p sarflanadi;

    • tanlangan mavzu ta’lim oluvchining bilim darajasiga mos kelishi talab etiladi;

    • ta’lim oluvchining his-hayajoni to‘g‘ri qaror qabul qilishga halaqit berishi mumkin.

    ELPIG‘ICH” metodio‘quvchi-talabalarni biror mavzuning ijobiy va salbiy tomonilari, afzallik va kamchiliklari, foyda va zararlarini belgilashni o‘rganadi. Texnologiyaning mohiyati shundan iboratki, bunda mavzuning turli tarmoqlari bo‘yicha bir yo‘la axborot beriladi. Ayni paytda, ularning har biri alohida nuqtalardan muhokama etiladi. Masalan, ijobiy va salbiy tomonlari, afzallik, fazilat va kamchiliklari, foyda va zararlari belgilanadi [26].

    Misol tariqasida Tabletka dori turlarini sanoat miqyosida ishlab chiqarishda yordamchi moddalarning afzallik va kamchiliklarini inobatga olgan holda afzal variantni qabul qilinadi.

    Jarayonining bosqichlari ketma-ketligini keltirishimiz mumkin:
    “Tabletka dori turlarini sanoat miqyosida ishlab chiqarish” mavzusini

    “Elpig‘ich” metodida o‘qitish:




    Tabletka dori turlarini sanoat miqyosida ishlab chiqarish

    kraxmal

    MKS

    Afzalligi

    Kamchiligi

    Afzalligi

    Kamchiligi

























    Xulosa:

    Rolli o‘yin” metodi - ta’lim oluvchilar tomonidan hayotiy vaziyatning har xil shart-sharoitlarini sahnalashtirish orqali ko‘rsatib beruvchi metoddir.

    Rolli o‘yinlarning ishbop o‘yinlardan farqli tomoni baholashning olib borilmasligidadir. SHu bilan birga “Rolli o‘yin” metodida ta’lim oluvchilar ta’lim beruvchi tomonidan ishlab chiqilgan ssenariydagi rollarni ijro etish bilan kifoyalanishsa, “Ishbop o‘yin” metodida rol ijro etuvchilar ma’lum vaziyatda qanday vazifalarni bajarish lozimligini mustaqil ravishda o‘zlari hal etadilar.

    Rolli o‘yinda ham ishbop o‘yin kabi muammoni echish bo‘yicha ishtirokchilarning birgalikda faol ish olib borishlari yo‘lga qo‘yilgan. Rolli o‘yinlar ta’lim oluvchilarda shaxslararo muomala malakasini shakllantiradi.

    “Rolli o‘yin” metodida ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilar haqida oldindan ma’lumotga ega bo‘lishi lozim. CHunki rollarni o‘ynashda har bir ta’lim oluvchining individual xarakteri, xulq-atvori muhim ahamiyat kasb etadi. Tanlangan mavzular ta’lim oluvchilarning o‘zlashtirish darajasiga mos kelishi kerak. Rolli o‘yinlar o‘quv jarayonida ta’lim oluvchilarda motivatsiyani shakllantirishga yordam beradi. Quyida “Rolli o‘yin” metodining tuzilmasi keltirilgan (6-chizma).

    “Rolli o‘yin” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:



    1. Ta’lim beruvchi mavzu bo‘yicha o‘yinning maqsad va natijalarini belgilaydi hamda rolli o‘yin ssenariysini ishlab chiqadi.

    2. O‘yinning maqsad va vazifalari tushuntiriladi.

    3. O‘yinning maqsadidan kelib chiqib, rollarni taqsimlaydi.

    4. Ta’lim oluvchilar o‘z rollarini ijro etadilar. Boshqa ta’lim oluvchilar ularni kuzatib turadilar.

    5. O‘yin yakunida ta’lim oluvchilardan ular ijro etgan rolni yana qanday ijro etish mumkinligini izohlashga imkoniyat beriladi. Kuzatuvchi bo‘lgan ta’lim oluvchilar o‘z yakuniy mulohazalarini bildiradilar va o‘yinga xulosa qilinadi.

    Ushbu metodni qo‘llash uchun ssenariy t’lim beruvchi tomonidan ishlab chiqiladi. Ba’zi hollarda ta’lim oluvchilarni ham ssenariy ishlab chiqishga jalb etish mumkin. Bu ta’lim oluvchilarning motivatsiyasini va ijodiy izlanuvchanligini oshirishga yordam beradi. Ssenariy maxsus fan bo‘yicha o‘tilayotgan mavzuga mos ravishda, hayotda yuz beradigan ba’zi bir holatlarni yoritishi kerak. Ta’lim oluvchilar ushbu rolli o‘yin ko‘rinishidan so‘ng o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, kerakli xulosa chiqarishlari lozim.

    6-chizma. “Rolli o‘yin” metodining tuzilmasi
    “Rolli o‘yin” metodining afzallik tomonlari:

    • o‘quv jarayonida ta’lim oluvchilarda motivatsiya (qiziqish)ni shakllantirishga yordam beradi;

    • ta’lim oluvchilarda shaxslararo muomala malakasini shakllantiradi;

    • nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llay olishni o‘rgatadi;

    • ta’lim oluvchilarda berilgan vaziyatni tahlil qilish malakasi shakllanadi.

    Rolli o‘yin metodining kamchilik tomonlari:

    • ko‘p vaqt talab etiladi;

    • ta’lim beruvchidan katta tayyorgarlikni talab etadi;

    • ta’lim oluvchilarning o‘yinga tayyorgarligi turlicha bo‘lishi mumkin;

    barcha ta’lim oluvchilarga rollar taqsimlanmay qolishi mumkin.

    Klaster” metodi o‘quvchilarni biron-bir mavzuni chuqur o‘rganishlariga yordam berib, ularda mavzuga taalluqli tushuncha yoki aniq fikrni chuqur tahlil etgan holda erkin va ochmq ravishda ketma-ketlik bilan uzviy bog‘lagan holda tarmoqlashlariga o‘rgatadi.

    Klaster” metodini amalga oshirish bosqichlari:


    1. Topshiriqni diqqat bilan o‘qib chiqing.

    2. Fikrni tarmoqlanish jarayonida paydo bo‘lgan har bir fikrni yozing.

    3. Imlo xatolar va boshqa jihatlarga e’tibor bermang.

    4. Belgilangan vaqtdan unumli foydalanishga va fikringizni jamlashga harakat qiling.

    5. Har bir tarmoqda talab qilinayotgan tushunchalarga mumkin qadar to‘laroq javob berishga harakat qiling.

    6. Javoblarni yozishda faqat o‘z bilimlaringizga tayangan holda ish yuriting.

    “Don va don massasining fizikaviy xossalari ” mavzusiga

    “BBB” jadvali metodini qo‘llash



    Bilaman

    Bilishni hohlayman

    Bilib oldim










    Loyiha” metodi - bu ta’lim oluvchilarning individual yoki guruhlarda belgilangan vaqt davomida, belgilangan mavzu bo‘yicha axborot yig‘ish, tadqiqot o‘tkazish va amalga oshirish ishlarini olib borishidir. Bu metodda ta’lim oluvchilar rejalashtirish, qaror qabul qilish, amalga oshirish, tekshirish va xulosa chiqarish va natijalarni baholash jarayonlarida ishtirok etadilar. Loyiha ishlab chiqish yakka tartibda yoki guruhiy bo‘lishi mumkin, lekin har bir loyiha o‘quv guruhining birgalikdagi faoliyatining muvofiqlashtirilgan natijasidir. Bu jarayonda ta’lim oluvchining vazifasi belgilangan vaqt ichida yangi mahsulotni ishlab chiqish yoki boshqa bir topshiriqning echimini topishdan iborat. Ta’lim oluvchilar nuqtai-nazaridan topshiriq murakkab bo‘lishi va u ta’lim oluvchilardan mavjud bilimlarini boshqa vaziyatlarda qo‘llay olishni talab qiladigan topshiriq bo‘lishi kerak.

    Loyiha o‘rganishga xizmat qilishi, nazariy bilimlarni amaliyotga tadbiq etishi, ta’lim oluvchilar tomonidan mustaqil rejalashtirish, tashkillashtirish va amalga oshirish imkoniyatini yarata oladigan bo‘lishi kerak.



    Quyidagi chizmada “Loyiha” metodining bosqichlari keltirilgan (7-chizma).


    7-chizma. “Loyiha” metodining bosqichlari
    Loyiha” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:

    1. Muhandis-pedagog loyiha ishi bo‘yicha topshiriqlarni ishlab chiqadi. Ta’lim oluvchilar mustaqil ravishda darslik, sxemalar, tarqatma materiallar asosida topshiriqqa oid ma’lumotlar yig‘adilar.



    1. Ta’lim oluvchilar mustaqil ravishda ish rejasini ishlab chiqadilar. Ish rejasida ta’lim oluvchilar ish bosqichlarini, ularga ajratilgan vaqt va texnologik ketma-ketligini, material, asbob-uskunalarni rejalashtirishlari lozim.

    2. Kichik guruhlar ish rejalarini taqdimot qiladilar. Ta’lim oluvchilar ish rejasiga asosan topshiriqni bajarish bo‘yicha qaror qabul qiladilar. Ta’lim oluvchilar muhandis-pedagog bilan birgalikda qabul qilingan qarorlar bo‘yicha erishiladigan natijalarni muhokama qilishadi. Bunda har xil qarorlar taqqoslanib, eng maqbul variant tanlab olinadi. Muhandis-pedagog ta’lim oluvchilar bilan birgalikda “Baholash varaqasi”ni ishlab chiqadi.

    3. Ta’lim oluvchilar topshiriqni ish rejasi asosida mustaqil ravishda amalga oshiradilar. Ular individual yoki kichik guruhlarda ishlashlari mumkin.

    4. Ta’lim oluvchilar ish natijalarini o‘zlarini tekshiradilar. Bundan tashqari kichik guruhlar bir-birlarining ish natijalarini tekshirishga ham jalb etiladilar. Tekshiruv natijalarini “Baholash varaqasi”da qayd etiladi. Ta’lim oluvchi yoki kichik guruhlar hisobot beradilar. Ish yakuni quyidagi shakllarning birida hisobot qilinadi: og‘zaki hisobot; materiallarni namoyish qilish orqali hisobot; loyiha ko‘rinishidagi yozma hisobot.

    5. Muhandis-pedagog va ta’lim oluvchilar ish jarayonini va natijalarni birgalikda yakuniy suhbat davomida tahlil qilishadi. O‘quv amaliyoti mashg‘ulotlarida erishilgan ko‘rsatkichlarni me’yoriy ko‘rsatkichlar bilan taqqoslaydi. Agarda me’yoriy ko‘rsatkichlarga erisha olinmagan bo‘lsa, uning sabablari aniqlanadi.

    Muhandis-pedagog “Loyiha” metodini qo‘llashi uchun topshiriqlarni ishlab chiqishi, loyiha ishini dars rejasiga kiritishi, topshiriqni ta’lim oluvchilarning imkoniyatlariga moslashtirib, ularni loyiha ishi bilan tanishtirishi, loyihalash jarayonini kuzatib turishi va topshiriqni mustaqil bajara olishlarini ta’minlanishi lozim.

    “Loyiha” metodini amalga oshirishning uch xil shakli mavjud:



    • yakka tartibdagi ish;

    • kichik guruhiy ish;

    jamoa ishi.

    munozarali masalalarni hal etishda, baxs –munozaralar o‘tkazishda yoki o‘quv seminari yakunida, yoki o‘quv rejasi asosida biron bir bo‘lim o‘rganib bo‘lingach qo‘llanilishi mumkin. Bu texnologiya tinglovchilarni o‘z fikirlarini himoya qilishga, erkin fikirlash va o‘z fikrini boshkalarga o‘tkazishga , ochiq xolda baxslashishga , o‘quv jarayonida egallagan bilimlarini tahlil etishga, qay darajada egallaganliklarini baholashga hamda tinglovchilarni baxslashish madaniyatiga o‘rgatadi.




    Namuna: yuqori samarali suyuqlik xromatografiya usulining SWOT tahlilini ushbu jadvalga tushiring.

    S

    yuqori samarali suyuqlik xromatografiya usulining afzallik tomonlari

    Bir vaqtning o‘zida tekshiri-luvchi moddaning ham chinligi, ham to‘zalagi va ham miqdorini aniqlashga imkon beradi..

    W

    yuqori samarali suyuqlik xromatografiya usulining kamchilik tomonlari

    Asbob qimmat turadi...

    O

    yuqori samarali suyuqlik xromatografiya usulidan foydalanishning imkoniyatlari

    Internet bilan bog‘langan...

    T

    To‘siqlar (tashqi)

    Elektr bo‘lmasa ishlamaydi...


    «CHARXPALAK» TRENINGI



    Tayyor dori vositasini ishlab chiqarish uchun qanday me’yoriy xujjatlar kerak bo‘ladi

    Me’yoriy xujjatlar

    1

    FM




    2

    VFM




    3

    DF




    4

    DST




    5

    TU




    6

    TST




    7

    Reglament




    8

    Ijtimoiy institut qarori




    9

    KST




    10

    Litsenziya




    11

    Pensiya daftarchasi




    Assesment” metodi


    Ushbu “Assesment” lardan ma’ruza mashg‘ulotlarida qatnashchilarning mavjud bilim darajasini o‘rganishda, yangi ma’lumotlarni bayon qilishda, seminar, amaliy mashg‘ulotlarda esa mavzu yoki ma’lumotlarni o‘zlashtirish darajasini baholash, shuningdek, o‘z-o‘zini baholash maqsadida individual shaklda foydalanish tavsiya etiladi. SHuningdek, o‘qituvchining ijodiy yondashuvi hamda o‘quv maqsadlaridan kelib chiqib, assesmentga qo‘shimcha topshiriqlarni kiritish mumkin.


    Test


    • 1. Ushbu ta’rif qaysi Galen preparatiga nisbatan berilgan? Dorivor o‘simliklardan moylar yordamida yordamida ajratib olingan olingan galen preparati...

    a) Nastoyka

    b) Quyuq ekstrakt

    v) Moyli ekstrakt

    g) Quruq ekstrakt-konsentrat


    2. Moyli ekstraktlar tayyorlash uchun ajratuvchilarga qo‘yilgan talablar:

    1. Oson bug‘lanadigan

    2. Asbob-uskunalar uchun bezarar

    3. Rangli

    4. Xom ashyo tarkibidagi BFM uchun bezarar

    5. Arzon


    6. Mahalliy

    7. Inson organizmi uchun bezarar

    8. Tiniq

    9. Tanlab ta’sir qiladigan

    10. Rangsiz

    a) 1, 2, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10

    b) 1, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10

    v) 1, 2, 3, 5, 6, 7, 8, 9, 10

    g) 1, 2, 4, 5, 6, 7, 8, 9


    Ketma-ketlikni tanlang
    Quruq ekstrakt-konsentrat tayyorlash texnologik bosqichlar ketma-ketligini tanlang:
    Xom ashyoni maydalash va elash
    Qadoqlash va o‘rash
    Ajratmani olish

    Ajratuvchini tanlash

    Ajratmani tozalash

    Moyli ekstraktni sifatini baholash




    Moslikni tanlang
    1. Ermon 1. Moyli ekstrakt
    2. Tog‘jambil 2. Quruq ekstrakt
    3. Termopsis 3. Quyuq ekstrakt
    4. Mindevona 4. Suyuq ekstrakt
    5. CHuchukmiya 5. Nastoyka
    6. Belladonna 6. Ekstrakt-konsentrat

    Rasmdagi qanday asbob va qaysi usulda ishlatiladi?


    _____________________________



    Download 4,47 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 4,47 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dori vositalarining sanoat texnologiyasi

    Download 4,47 Mb.