V. Amaliy mashg’ulot materiallar
Mavzu: Kukunlar va ularni korxona sharoitida tayyorlash. Galmanin va sun'iy karlovar tuzi kukunlarini tayyorlash texnologiyasi.
Maqsad: Korxona sharoitida ishlab chiqariladigan kukunlar haqida umumiy tushunchalarga ega bo’lish, ularni ishlab chiqarishda ishlatiladigan yordamchi moddalar va tayyorlashda sodir bo’ladigan jarayonlar bilan tanishish. Korxona sharoitida kukunlarni ishlab chiqarish texnologiyasini o’zlashtirish.
Mavzuning axamiyati: Kukunlar korxona sharoitida ishlab chiqariladigan TDVning asosiy qismini tashkil qiladi. Dori va yordamchi moddalarni maydalash, elash va aralashtirish jarayonlarisiz korxona sharoitida kukun dori turlarini ishlab chiqarishning iloji yo’q. Shunday ekan, bu xar uchchala jarayonni ham amalga oshirish uchun zarur bo’lgan shart-sharoitlarni to’g’ri belgilay olish texnologlardan chuqur bilim va amaliy ko’nikmani talab qiladi.
Laboratoriya mashg’ulot mavzusini yoritishda “Aylana stol” pedagogik texnologiya usulidan foydalaniladi
Vaziyatli masalalar:
3o’ldirli tegirmon me'yorida to’ldirilgan bo’lishiga qaramay, uning foydali ish koeffitsienti me'yorida emas.
Kerakli darajada maydalangan kukunni elakdan o’tishi qoniqarsiz.
Galmaninni saqlash jarayonida bo’lakchalar hosil bo’ldi.
Talabalar bilimini tekshirish uchun savollar:
Sun'iy karlovar tuzi kukunining tarkibi.
Murakkab chuchukmiya kukuni tarkibi.
Galmanin kukuni tarkibi.
Korxonada ishlab chiqariladigan kukunlarni texnologik bosqichlari.
Kukunlarni tayyorlashda ishlatiladigan yordamchi moddalar.
Tegirmonlar.
Kukunlarning maydalik darajalari
Korxona sharoitida ishlatiladigan aralashtirgichlar.
Korxonada ishlatiladigan elaklar.
Korxonada ishlab chiqariladigan kukunlarni ishlatilishi.
1-laboratoriya ishi.
Galmanin kukuni.
Pul. Galmaninum.
Vazifa.
12,0 g galmanin tayyorlang.
Tayyorlash jarayoni tasvirini chizing.
Tayyor maxsulotning sifatini tekshiring.
Tarkibi.
Salitsil kislotasi - 2 g.
Rux oksidi - 10 g.
Talk - 44 g.
Kraxmal - 44 g.
Kerakli asbob uskunalar va yordamchi materiallar.
M.X.Islamgulov asbobi.
Chinni kosacha.
Teshigining diametri 100 mkm bo’lgan elak.
Qopqog’i zich berkiladigan shisha idish, polietilen xaltacha.
Pergament qog’ozi, slyuda, tosh va tarozilar.
Paxta, qog’oz quticha yoki sellofan xaltacha.
Salitsil kislota.
Rux oksidi, talk, kraxmal.
Ishni bajarish tartibi:
Kerakli mikdorda tortib olingan moddalar M.X.Islamgulov asbobiga solinib, 12 soniya davomida maydalanadi. Taxminan 40 soniyadan so’ng, asbob qopqog’i ochilib, maydalangan kukun pergament qog’ozga solinadi va teshigining diametri 100 mkm li elak orqali o’tkazilib, tortiladi. Tayyor maxulot asosiy ta'sir eituvchi moddalari bilan standartlanib, qadoqlanadi.
Tayyorlash jarayoni tasviri.
Tayyor mahsulotning sifatini tekshirish
Quyidagi ma'lumotlar foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidagi 6 va (13-bet) 8 (14-bet) adabiyotlardan olindi.
Tayyor maxsulot tavsifi. Oq yoki och pushti rangli, ushlab ko’rilganda yog’simon xossaga ega, maydalanmagan zarrachalari sezilmaydigan kukun.
Chinligi. Mahsulotning spirtli ajratmasiga temir (Sh)-xlorid qo’shilganda binafsha rang hosil bo’ladi (salitsil kislotasi).
Mahsulotni suvda qaynatib, sovutilgan eritmasi yod bilan havo rangli suyuqlik hosil qiladi (kraxmal).
Maxsulotning kislotali ajratmasiga kaliy ferrotsianid eritmasi qo’shilganda oq cho’kma hosil bo’ladi (rux).
Miqdorini aniqlash. Salitsil kislotasi preparatni efirli ajratmasidan neytrallash usuli bilan aniqlanadi. Uning mikdori 1,8-2,2% bo’lshii kerak.
Rux oksidi eritma xoliga o’tkazilib, trilonometrik usulda aniqlanadi. Uning mikdori 9-11% bo’lishi lozim.
Qadoqlash. 50 g dan qalin qog’oz qutichalarda chiqariladi.
Saqlanishi. Quruq va salqin joyda saqlanadi.
Ishlatilishi. Oyoq terlaganda antiseptik vosita sifatida ishlatiladi.
2-laboratoriya ishi.
Sun'iy karlovar tuzi kukuni.
Pul. Sal Carolinum Factitium.
Vazifa.
8 g sun'iy karlovar tuzini tayyorlang.
Tayyorlash jarayoni tasvirini chizing.
Tayyor maxsulotning sifatini tekshiring.
Tarkibi.
Natriy sulfat (quritilgani) - 44 g.
Natriy gidrokarbonat - 36 g.
Natriy xlorid - 18 g.
Kaliy sulfat - 2 g.
Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar:
M.X.Islamgulov asbobi.
Chinni kosacha.
Teshigining diametri 200 mkm bo’lgan elak.
Qopqog’i zich berkiladigan shisha idish, polietilen xaltacha.
Pergament qog’oz, slyuda, tosh va tarozilar.
Paxta, qog’oz quticha yoki sellofan xaltacha.
Natriy sulfat, natriy gidrokarbonat, natriy xlorid va kaliy sulfat.
Ishni bajarish tartibi:
Kerakli mikdorda tortib olingan moddalar M.X.Islamgulov asbobiga solinib, 12 soniya davomida maydalanadi. Taxminan 40 soniyadan so’ng, asbob qopqog’i ochilib, maydalangan kukun pergament qog’ozga solinadi va teshigining diametri 200 mkm li elak orqali o’tkazilib, tortiladi. Tayyor maxsulot baxolanib, qadoqlanadi.
Tayyorlash jarayoni tasviri
Tayyor maxsulotning sifatini tekshirish
Quyidagi ma'lumotlar foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidagi 6 va (12-bet) 8 (11-bet) adabiyotlardan olindi.
Tayyor maxsulot tavsifi. Oq rangli, 10 qism suvda eriydigan kukun.
Chinligi. Gidrokarbonatlarga suyultirilgan kislota qo’shilganda karbonat angidrid gazi ajralib chiqadi.
Sulfatlar bariy xlorid eritmasi yordamida oq cho’kma hosil qilishi bilan aniqlanadi.
Xloridlar kislotali muhitda kumush nitrat eritmasi bilan oq cho’kma hosil qiladi.
Kaliy ioni natriy kobalta nitrit eritmasi bilan sariq-tillarang cho’kma beradi.
Natriy ioni rangsiz alangani sariq rangga bo’yaydi.
Tozaligi. Og’ir metallar 0,0005% dan, mishyak 0,0002% dan oshmasligi kerak.
Miqdorini aniqlash. Natriy gidrokarbonat neytrallanish usuli bilan aniqlanadi. Uning miqdori 35-37% bo’lishi kerak. Natriy xlorid argentometrik usulda aniqlanadi, uning miqdori 17-19% bo’lishi kerak.
Sulfatlarni aniqlash uchun preparat eritmasi kationit kalonkasidan o’tkaziladi va neytrallanadi. Sulfatlarning miqdori sulfat va xlorid kislotalarini neytrallanish uchun sarflangan natriy gidroksid mikdoridan, natriy xloridni aniqlashda sarflangan kumush nitrat eritmasi miqdorining yarmini ayirish bilan aniqlanadi. Tayyor maxsulotda sulfatlar mikdori 38,3-47,6% (quruq moddaga nisbatan xisoblanganda) bo’lishi kerak.
Qadoqlash. Shisha idishlarda yoki polietilen haltachalarda 125 g dan, tabiiy tuzi esa 100 g dan chiqariladi.
Saqlanishi. Salqin va quruq joyda, yaxshi berkitilgan shisha idishda yoki polietilen xaltachalarda saqlanadi.
Ishlatilishi. Surgi va o’t suyuqligini xaydovchi dori vositasi sifatida ishlatiladi.
Mavzu:Granulalar va ularni tayyorlash texnologiyasi. Plantaglyutsid, urodan va “Koldreks” granulasini tayyorlash texnologiyasi.
Maqsad: Granulalar ta'rifi tavsifi va tasnifi, shuningdek granulalarini tayyorlash texnologiyasi va sifatini baholash yuzasidan umumiy ko’nikmalarga ega bo’lish. Bu dori turining ishlab chiqarish ko’lamini, terapevtik samaradorligini, sifatini va turg’unligini ta'minlash.
Mavzuning ahamiyati: Granulalar nafaqat TDV sifatida balki tabletka tayyorlash texnologiyasida ham oraliq maxsulot sifatida keng ko’lamda ishlatiladi. Shunday ekan, granulalarni olish usullarini o’zlashtirish katta amaliy ahamiyatga egadir.
Laboratoriya mashg’ulot mavzusini yoritishda “Sen menga, men senga” pedagogik texnologiya usulidan foydalaniladi
Vaziyatli masalalar:
Granulaning sifati tekshirilganda, uning tarkibidagi mayda fraktsiyalar belgilangan mikdordan ortiq ekanligi aniqlandi.
Plantaglyutsid granulasini tayyorlash jarayonida massa yopishqoq bo’lib qoldi.
Tayyor granuladagi biofaol modda miqdorining chetlanishi ±15% tashkil etdi.
Talabalar bilimini tekshirish uchun savollar:
Granula dori shakliga ta'rif
Yolg’on qaynok yuzada granula olish usulining mohiyati.
Urodan granulasining tarkibi va texnologiyasi.
Plantaglyutsid granulasining tarkibi, texnologiyasi va ishlatilishi.
150 kg urodan granulasi uchun ishchi tarkib tuzing (Ksarfq 1,02).
Urodan granulasini tayyorlashning o’ziga xos tomonlari.
Granulalarni ishlatilishi.
Briketlash yuli bilan donadorlash mohiyati.
Granulalarning sifatini baholash.
Suyultirib donadorlash mohiyati.
1 -laboratoriya ishi.
Urodan granulasi.
Granulae Urodanum.
Vazifa.
50 gr urodan granulasini tayyorlang.
Tayyorlash jarayoni tasvirini chizing.
Tayyor mahsulotning sifatini tekshiring.
Tarkibi.
Piperazin - 2,5 g.
Geksametilentetramin - 8,0 g.
Natriy benzoat - 2,5 g.
Litiy benzoat - 2,0 g.
Natriy fosfat quritilgani - 10,0 g.
Natriy gidrokarbonat - 37,5 g.
Uzum kislotasi - 35,6 g.
Qand upasi - 1,9 g.
96% li etil spirti - 30,1 ml.
Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar:
M.X.Islamgulov asbobi.
Quritgich javoni.
200, 1000 va 3000 mkm li elaklar.
Tarozi va toshlar.
Chinni kosacha, xovoncha va slyuda.
Pergament qog’ozi.
96% li etil spirti.
1, 2 va 5 mm li pipetkalar.
100 ml li tagi yassi kolba.
Tarkibda keltirilgan dori moddalar.
Tozalangan suv.
Paxta va doka.
Tayyor mahsulotni qadoqlash uchun idish.
Ishni bajarish tartibi:
Alohida-alohida maydalangan va teshigining diametri 200 mkm li elakdan o’tkazilgan urodan granulasi tarkibidagi dori va yordamchi moddalar M.X.Islamgulov asbobida 12 soniya davomida maydalanadi va aralashtiriladi. So’ng aralashma chinni kosachaga o’tkazilib, 96% li spirt bilan mo’'tadil nam massa hosil bo’lguncha namlanadi. Nam massa teshigining diametri 3000 mkm bo’lgan elakdan o’tkaziladi. Hosil bo’lgan granula pergament qog’ozga, bir xil qalinlikda yoyilib, 30-40°C da 3% qoldiq namlik qolguncha quritiladi. Quritilgan granula 200 mkm li elak orqali elanib, mayda fraktsiyalardan ajratiladi.
Tayyor maxsulotning sifatini tekshirish
Quyidagi ma'lumotlar foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidagi 6 va (24-bet) 8 (23-bet) adabiyotlardan olindi.
Tayyor mahsulotning tavsifi. Oq rangli, nordon mazali, suvda eriganda karbonat angidrid ajratib chiqaradigan granulalar.
Chinligi. Efir bilan ishlangan mahsulot eritmasidan efir uchiriladi. Qoldiq natriy ishqori eritmasida eritiladi va unga temir (Sh) xlorid eritmasi qo’shilganda och sariq rangli cho’kma xosil bo’ladi (benzoat ioni).
Mahsulot eritmasiga toron eritmasi qo’shilsa sariq rang xosil bo’ladi (litiy).
Mahsulot eritmasi qizdirilib, geksametilentetraminni parchalanishidan xosil bo’lgan formaldegid uchiriladi. Qoldiq Dragendorf reaktivi bilan qizil cho’kma hosil qiladi (piperazin).
Tayyorlash jarayoni tasviri
Miqdorini aniqlash. Geksametilentetramin - yod xlorometrik usulda aniklanadi. Uning mikdori 7,2-8,8% bo’lishi kerak.
Piperazin - pikrin kislotasi yordamida cho’ktirilib, og’irlik usulida aniklanadi. Uning mikdori 2,25% dan kam 2,66% dan ko’p bo’lmasligi kerak.
Benzoat kislotasining umumiy miqdori efirli ajratmadan neytrallash usuli bilan aniqlanganda 3,6-4,4% bo’lishi kerak. Quritilgan ikkilamchi natriy fosfat esa FEK da aniqlanadi. Uning miqdori 9-11% bo’lishi lozim.
Granula sifatini tekshirish. Tayyor maxsulot tashqi ko’rinishi, suvda parchalanishi va ta'sir etuvchi moddalar miqdori bo’yicha tekshiriladi (XI DF, 2-juz, 139 b).
Qadoqlash. Polietilen xaltachalarda yoki yaxshi berkitilgan shisha idishlarda 100 g dan chiqariladi.
Saqlanishi. Yaxshi berkitiladigan idishlarda quruq joyda saklanadi.
Ishlatilishi. Podagra, surunkali poliartrit va buyrak kasalliklarini davolashda ishlatiladi.
2-laboratoriya ishi.
Plantaglyutsid granulasi.
Granulae Plantaglucidi.
Vazifa.
20 g plantaglyutsid granulasini tayyorlang.
Tayyorlash jarayoni tasvirini chizing.
Tayyor mahsulotning sifatini tekshiring.
Tarkibi.
Plantaglyutsid - 50 g.
Qand upasi - 50 g.
Etil spirti (70%) - kerakli miqdorda.
Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar:
M.X.Islamgulov asbobi.
Quritgich javoni.
200, 1000 va 3000 mkm li elaklar.
Tarozi va toshlar, chinni kosacha, xovoncha, slyuda va pergament qog’ozi.
70% li etil spirti.
1, 2 va 5 mm li pipetkalar, 100 ml li tagi yassi kolba.
Tarkibda keltirilgan dori moddalar.
Tozalangan suv, paxta va doka, tayyor mahsulotni qadoqlash uchun idish.
Ishni bajarish tartibi:
Alohida-alohida maydalangan va teshigining diametri 200 mkm li elakdan o’tkazilgan plantaglyutsid granulasi tarkibidagi dori va yordamchi moddalar M.X.Islamgulov asbobida 12 soniya davomida maydalanadi va aralashtiriladi. So’ng aralashma chinni kosachaga o’tkazilib, 70% li etil spirti bilan mo’'tadil nam massa hosil bo’lguncha namlanadi. Nam massa teshigining diametri 3000 mkm bo’lgan elakdan o’tkaziladi. Hosil bo’lgan granula pergament qog’ozga, bir xil qalinlikda yoyilib, 40-50°Cda mo’'tadil qoldiq namlik qolguncha quritiladi. Quritilgan granula 200 mkm li elak orqali elanib, mayda fraktsiyalardan ajratiladi.
Tayyor mahsulotning sifatini tekshirish
Quyidagi ma'lumotlar foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidagi 6 va (25-bet) 8 (24-bet) adabiyotlardan olindi.
Chinligi. Mahsulot tarkibidagi polisaxaridlar kislota ishtirokida gidroliz qilinib, xromatografiya usulida aniqlanadi. Mahsulot eritmasiga ammoniy oksalat ta'sir ettirilganda oq cho’kma hosil bo’ladi (kaltsiy).
Tayyor maxsulotning tavsifi. To’q kul rangli, shirin mazali, suvda loyqa eritma xosil qiluvchi granulalar.
Qadoqlash. Burama plastmassa qopqoqli shisha idishda, 50 grammdan chiqariladi.
Saqlanishi. Yaxshi berkitilgan shisha idishlarda, quruq joyda saklanadi.
Ishlatilishi. Yallig’lanish va mushaklar tarangligini bo’shashtiruvchi (spazmolitik) dori vositasi sifatida ishlatiladi.
Granulalar sifatini tekshirish. Tayyor maxsulot tashqi ko’rinishi, suvda parchalanishi va ta'sir etuvchi moddasining mikdori bo’yicha tekshiriladi. Granula XI DF talabiga javob berishi kerak.
Tayyorlash jarayoni tasviri
3-laboratoriya ishi.
“Koldreks” granulasi - Granulae “Coldrex”
Vazifa.
20 g “Koldreks” granulasini tayyorlang.
Tayyorlash jarayoni tasvirini chizing.
Tayyor mahsulotning sifatini tekshiring.
Tarkibi.
Paratsetamol - 0,75000 g.
Askorbin kislotasi - 0,06000 g.
Fenilepsin gidroxlorid - 0,01000 g.
Suvsiz limon kislotasi - 0,60000 g.
Natriy saxarin - 0,04000 g.
Natriy sitrat - 0,50000 g.
Saxaroza - 2,15595 g.
Limonli petraron (100%) - 0,05000 g.
Limonli aromatizator - 0,83330 g.
Xinolinli sariq 14031 (E104) - 0,00075 g.
Etil spirti (70%) - kerakli mikdorda.
Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar:
M.X.Islamgulov asbobi.
Quritgich javoni, 200, 1000 va 3000 mkm li elaklar.
Tarozi va toshlar, chinni kosacha, xovoncha, slyuda va pergament qog’ozi.
70% li etil spirti.
1, 2 va 5 mm li pipetkalar, 100 ml li tagi yassi kolba.
Tarkibda keltirilgan dori moddalar.
Tozalangan suv, paxta va doka, tayyor mahsulotni qadoqlash uchun idish.
Ishni bajarish tartibi:
Alohida-alohida maydalangan va teshigining diametri 200 mkm li elakdan o’tkazilgan “Koldreks” granulasi tarkibidagi dori va yordamchi moddalar M.X.Islamgulov asbobida 12 soniya davomida maydalanadi va aralashtiriladi. So’ng aralashma chinni kosachaga o’tkazilib, 70% li etil spirti bilan mo’'tadil nam massa hosil bo’lguncha namlanadi. Nam massa teshigining diametri 3000 mkm bo’lgan elakdan o’tkaziladi. Hosil bo’lgan granula pergament qog’ozga, bir xil qalinlikda yoyilib, 40-50°Cda mo’'tadil qoldiq namlik qolguncha quritiladi. Quritilgan granula 200 mkm li elak orqali elanib, mayda fraktsiyalardan ajratiladi.
Tayyor mahsulotning sifatini tekshirish
Qadoqlash. Folgali qog’oz paketchalarda 5,0 grammdan chiqariladi.
Saqlanishi. Quruq joyda saklanadi.
Ishlatilishi. Shamollash, yallig’lanish va gripp kasalligida, haroratni tushiruvchi vosita sifatida ishlatiladi.
Granulalar sifatini tekshirish. Tayyor maxsulot tashqi ko’rinishi, suvda parchalanishi va ta'sir etuvchi moddasining mikdori bo’yicha tekshiriladi. Granula XI DF talabiga javob berishi kerak.
Mavzu: Tabletkalar va ularni tayyorlash texnologiyasi. Presslanadigan massaning texnologik xossalarini o’rganish.
Maqsad: Tabletkalar nafaqat qattiq dori shakllari balki korxona sharoitida ishlab chiqarishda mavjud bo’lgan TDVlari orasida ishlab chiqarish ko’lamining kengligi bilan etakchi xisoblanadi. Ularni ishlab chiqarishda ishlatiladigan tabletka mashinalarining tuzilishi, ishlash jarayoni mohiyati, qolip hajmi va bosim kuchini belgilashni o’rganish. Presslanadigan massaning texnologik xossalariga qarab maqsadga muvofiq texnologik usul va yordamchi moddalar turi va miqdorini tanlash. Presslanadigan massaning texnologik xossalarini aniqlash, qoniqarsiz texnologik xossalarni namoyon etgan massalarning texnologik xossalarini yaxshilash chora tadbirlarini ishlab chiqish.
Mavzuning ahamiyati: Tabletkalar texnologiyasida presslanadigan massaning texnologik xossalarini o’rganish, bu massadan sifatli tabletka olish mumkin yoki mumkin emasligi to’g’risida oldindan xulosa berishga imkon beradi. Ijobiy ko’rsatkichlarni namoyon etgan presslanadigan massalardan sifatli tabletka olish imkoniyati katta bo’ladi. Shunday ekan, presslanadigan massaning texnologik xossalarini aniqlashda qoniqarli natijalarga erishish tabletkalar texnologiyasi va nomenklaturasida muhim ahamiyat kasb etadi. Tabletka mashinalarini ishlash mexanizmini tushunish, ulardagi qolip hajmi va bosim kuchini to’g’ri belgilash, tabletka mashinalarini uzoq va samarali ishlashini ta'minlaydi. Bu jihatdan qolip hajmi va bosim kuchini to’g’ri belgilash katta amaliy ahamiyatga ega.
Laboratoriya mashg’ulot mavzusini yoritishda “Bumerang” pedagogik texnologiya usulidan foydalaniladi
Vaziyatli masalalar:
Tabletkalarda darz ketish va sinish hodisasi kuzatildi, presslash jarayoni qiyinchilik bilan kechdi.
Massaning sochiluvchanligi yaxshi, lekin olingan tabletkaning qattiqligi qoniqarsiz.
Massaning sochiluvchanligi qoniqarsiz.
Talabalar bilimini tekshirish uchun savollar:
Massaning sochiluvchan zichligi va uni aniqlash.
Massaning presslanuvchanligi qanday aniklanadi?
Zichlanish koeffitsienti va uni aniqlashdan maqsad:
Presslanadigan massaning texnologik xossalarini yaxshilash usullari.
Qoldiq namlikni aniqlash usullari va uning axamiyati.
Tabletka shakllari va ularning tavsifi.
Tabletka tayyorlashda ishlatiladigan mashina turlari.
RTM va KTM - mashinasining ishlash mohiyati, afzalligi va kamchiligi.
Daqiqasiga 50 marta aylanadigan RTM-41-2V mashinasining 8 soatli ish unumdorligini hisoblang.
Presslash bosimi 1200 kg/sm2 bo’lganda, dq11 mm li tabletka olish uchun manometr ko’rsatgichi qancha bo’ladi?
1-laboratoriya ishi.
Zarb bilan ishlaydigan tabletka mashinasining tuzilishi va ishlash mexanizmi. Presslash jarayoni parametrlarini moslashtirish.
Vazifa.
Zarb bilan ishlaydigan tabletka mashinasining tuzilishi va ishlash mexanizmi bilan tanishing.
Presslash jarayoni parametrlarini belgilang.
Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar:
Gidropress.
Zarb bilan ishlaydigan tabletka mashinasi.
Qolip, quyi va yuqori puansonlar (9 va 12 mm li).
Konusssimon silindr (tabletkani itarib chiqarish uchun).
Natriy xlorid.
Kaliy bromid.
Teshigining diametri 1000 mkm li elak.
Mikrometr.
Tarozi va toshlar, slyuda.
Qog’oz kapsulalar.
Ishni bajarish tartibi:
Mashinaning tuzilishi. Tabletka tayyorlaydigan mashinalar quyidagi asosiy qismlardan iborat:
1. Harakatlantiruvchi.
2. Uzatuvchi.
3. Ish bajaruvchi.
Zarb bilan ishlaydigan mashinaning ish bajaruvchi sozlamasi qolip, ostki va ustki puansonlar va xampadan iborat.
Qolip. U maxsus po’latdan tayyorlangan silindrsimon shaklli bo’lib, unda bitta yoki bir nechta o’ta silliqlangan teshikchalar bo’ladi. Qolip presslanishi lozim bo’lgan moddalarni o’lchashga va shakl berishga mo’ljallangan. Qolip tabletka tayyorlaydigan mashinaning stoliga maxsus o’rama mixlar yordamida mahkamlab qo’yiladi. Bunda qolip yuzasi stol yuzasiga mos bo’lishi va hampa harakatiga halaqit bermasligi kerak.
Quyi puanson. U bir yoki bir nechta silindr shaklidagi o’ta silliqlangan yassi yoki botiq yuzaga ega bo’lib, qolipning tubini tashkil qiladi. Ish jarayonida pastki puanson qolip ichida yuqoriga va pastga harakat qiladi. Qolip hajmi puansonning tushish darajasini moslash bilan belgilanadi. Puanson qolip ichidagi teshikcha bo’yicha stol yuzasigacha ko’tarilib, presslangan tabletkani itarib chiqaradi. So’ng boshmoq yoki sirpang’ich tabletkani turtib tushiradi va qolipni presslaydigan massa bilan to’ldiradi.
Yuqori puanson. U bir yoki bir nechta silindr shaklidagi o’ta silliqlangan yassi yoki botiq yuzaga ega bo’lib, mashinaning ekstsentrik moslamasiga ulangan bo’ladi. Yuqori puanson ish jarayonida yuqoriga va pastga harakat qiladi. Pastga harakat qilish vaqtida qolip ichiga kirib, massani presslaydi.
Tabletka tayyorlaydigan mashinaning bosim kuchi, yuqori puansonni pastga qanchalik chuqur tushish darajasi bilan belgilanadi. Bu kuch ekstsentrik markaz yordamida amalga oshiriladi. Qolip va puansonlar XVG (DST 5950-73) va X 12 M (DST 5950-3) navli po’lat va boshqa qattiq qotishmalardan tayyorlanadi. Puanson yuza qismining qattiqligi NKS 54-58, qolipniki esa NRS 58-62 bo’lishi kerak.
Xampa. U tabletka tayyorlash uchun mo’ljallangan massa joylashtiriladigan idish. Mashinalarda hampa mashina tanasiga o’rnatilgan bo’lib, u 2 qismdan iborat bo’ladi: harakatsiz (massa saqlovchi) va xarakatli (massani qolipga uzatuvchi) qism.
Qolip hajmini belgilash. Kerakli miqdorda tortib olingan massa qolip teshigiga solinadi. Bunda puanson qolip tubini tashkil qilib, u eng pastki nuqtada joylashgan bo’ladi. So’ng massa qolipning yuzasi bilan teng bo’lguncha quyi puanson ko’tariladi va shu nuqtada mahkamlab qo’yiladi.
Yuqori puansonni moslashtirish. Qolip hajmini moslashtirib bo’lgach, yuqori puanson asta-sekinlik bilan qolip ichidagi quyi puanson ustiga tushiriladi, natijada massa presslanadi. Presslangan tabletka quyi puanson yordamida itarib chiqariladi va tabletka tashqi ko’rinishi, hamda sinishga bo’lgan qattiqligi bo’yicha baholanadi.
Agar tabletka tez uqalanuvchan bo’lib, etarli qattiqlikka ega bo’lmasa, bosimni oshirish maqsadida yuqori puanson yanada pastroqqa tushiriladi. Agar tabletka qattiqligi ortib ketib, uning suvda parchalanishi qiyin bo’lsa, bu bosim kuchini ortib ketganidan dalolat beradi. Bu holda yuqori puanson bir oz yuqoriga ko’tariladi. Shu tarzda olingan tabletka DF talabiga javob beradigan bo’lguncha yuqori puanson moslanadi va shu xolda mahkamlanadi.
Presslash jarayoni parametrlarini belgilash. Sanoatda ishlab chiqariladigan tabletka mashinalarida, bu jarayonni nazorat qiladigan asbobning yo’qligi tufayli parametrlarni belgilash, gidropress asbobi yordamida amalga oshiriladi.
Presslash bosimini belgilash. Buning uchun quyi puansonni qolipga asos qilgan holda 0,3-0,5 g massa solinadi. Keyin yuqori puanson kiygizilib, gidropress asbobining plunjeriga joylashtiriladi. So’ng ushlagich yordamida asta-sekin ma'lum bosim hosil qilinadi. Bosimning katta-kichikligi olingan moddalarning fizik-kimyoviy xususiyatlariga bog’liq bo’lib, 80-300 MPa ni tashkil qiladi. Ko’pincha bosim 200 MPa atrofida bo’ladi. Masalan, kaliy bromidning og’irligi 0,5 g diametri 9 mm bo’lgan tabletkasini tayyorlash uchun 160 MPa (1600 kg/sm2) bosim etarli bo’ladi. U quyidagi tenglama bo’yicha hisoblanadi:
bu erda, Rman -manometr ko’rsatkichi, atm;
26,4 - gidropress plunjerining yuzasi, sm2;
Stab - tabletkaning yuzasi, sm2.
Demak, og’irligi 0,5 g, diametri 9 mm bo’lgan kaliy bromid tabletkasi TST 64-7-170-75 talabiga javob berish uchun 40 atmosfera bosimda presslanishi lozim. Bu esa, 160 MPa ga (1600 kg/sm2) to’g’ri keladi. Bunda olingan tabletka balandligi diametrining 30-40% ni tashkil etadi.
Qolip teshigidagi tabletkani itarib chiqarish uchun sarflangan kuchni aniklash. Buning uchun quyidagi tenglamadan foydalaniladi:
bu erda, 26,4 - gidropress plunjerining yuzasi, sm2;
Syon - tabletkaning yon sathi, sm2.
2-laboratoriya ishi.
Massaning texnologik xossalarini aniqlash.
Vazifa.
Massaning saralanishini aniqlang.
Massaning sochiluvchanligini aniqlang.
Massaning sochiluvchan zichligini aniqlang.
Massaning preslanuvchanligini aniqlang.
Massaning zichlanish ko’rsatkichini aniqlang.
Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar:
VP-12A va 545-AK-Z asboblari.
Qo’l gidropressi.
Elaklar to’plami (2000, 1000, 500, 250, 150,125 va 80 mkm li).
Teshigining diametri 25 mm li qolip.
Teshigining diametri 11 mm li qolip va puansonlar.
Konussimon silindr.
Tabletkaning sinishga bo’lgan qattiqligini aniqlaydigan asbob.
“Erveka” firmasining tebratgich asbobi.
Tarozi va toshlar.
Pergament qog’ozi.
Mikrometr, chizg’ich va slyuda.
Presslanadigan massa.
Ishni bajarish tartibi:
1. Massaning fraktsion tarkibini aniqlash. Buning uchun 100 g massa har xil diametrli (2000, 1000, 500, 250, 150, 125 va 80 mkm) elaklar to’plamiga solinib, elanadi. Buning uchun massa eng yuqoridagi elakka solinib, tebranma asbobga 5 daqiqa, 36 radG`soniya tezlikka qo’yiladi. Bir daqiqadan so’ng elaklar ochilib, elakdagi massa alohida-alohida 0,01g aniqlikda tortiladi va olingan natijalar jadval ko’rinishida yoziladi. Elak ustida qolgani (Q), elakdan o’tgani (-) ishorasi bilan belgilanadi. Fraktsion tarkib mkm, % bilan ifodalanadi.
2. Massaning sochiluvchanligini aniqlash. Sochiluvchanlik VP-12 asbobida aniqlanadi. Massadan 50 g tortib olib, xampaga solinadi. 20 soniya davomida zichlanadi, so’ng pastki teshik ochiladi va massaning oqib tushish tezligi sekundomer orqali nazorat qilinadi. Sochiluvchanlik quyidagi tenglama yordamida hisoblanadi:
,
bu erda, Vsoch - massaning sochiluvchanligi, g/s . 10-3;
m - voronkaga solingan massaning og’irligi, g;
t - massani oqib o’tishi uchun safrlangan vaqt, sekund;
20 - massani zichlash uchun ketgan vaqt, sekund.
Aniqlash 5 marta qaytariladi va o’rtacha natija olinadi.
3. Sochiluvchan zichlikni aniqlash. Sochiluvchan zichlik - modda massasini egallagan hajmiga bo’lgan nisbati bo’lib, uni aniklash uchun silindr, qolip yoki 545 AK-3 asbobidan foydalaniladi. Teshigining diametri 25 mm li qolipda aniqlash uchun pergament qog’oz ustiga qolip qo’yiladi va massa bilan to’ldiriladi, qolip ustidagi ortiqcha qism massa chizg’ich yordamida surib tashlanib, qolip ichidagi massa tortiladi va qolip hajmiga bo’linadi. Jarayon 3 marta qaytariladi va o’rtachasi olinib, quyidagi tenglama yordamida sochiluvchan zichlik xisoblanadi.
,
bu erda, ssoch - sochiluvchan zichlik, kg/m3;
m - qolip ichidagi massaning og’irligi, g;
V - qolipning hajmi.
4. Massaning presslanuvchanligini aniqlash. Bu ko’rsatkich gidropress asbobi yordamida, 120,0 MPa bosimda, 0,5g massani, teshigining diametri 11 mm bo’lgan qolipda presslab aniqlanadi. So’ng tabletkaning sinishga bo’lgan qattiqligi aniqlanadi va Nyu'ton (N) bilan ifodalanadi.
5. 3ichlanish koeffitsientini aniqlash. Buning uchun 0,5 g massa diametri 11 mm, balandligi 22,3 mm bo’lgan qolipda, 1200kgG`sm2 bosimda presslanadi. Zichlanish koeffitsienti, olingan massaning qolipdagi presslanguncha bo’lgan balandligini tabletka balandligi nisbatiga teng bo’lib, u quyidagi tenglama bilan xisoblanadi:
bu erda, K - zichlanish koeffitsienti;
h1 - massani qolipda presslangungacha bo’lgan balandligi, mm;
h2 - tabletkaning balandligi, mm
Misol tariqasida amidopirinni zichlanish koeffitsientini aniqlashni ko’rib chiqamiz. Qolip balandligi 22,3 mm, shu hajmdagi modda mikdori 1,24 g. ni tashkil etgan bo’lsa,
22,3 mm - 1,24 g
X - 0,5 g
mm
Demak, 0,5 g massa qolipda 9 mm balandlikni egallaydi (h1=9 mm). Olingan tabletkaning balanddigi mikrometr bilan o’lchanganda h2=4,45 mm ni tashkil qiladi. Amidopirinni zichlanish koeffitsienti 2,02 ga teng.
1-jadval
Presslanadigan massaning texnologik xossalarini aniqlash natijalari
t/r
|
O’rganilgan ko’rsatkichlar
|
O’lchov birliklari
|
Olingan natijalar
|
1.
|
Fraktsion tarkib, + 2000
- 2000 + 1000
- 1000 + 500
- 500 + 250
- 250 + 150
- 150 + 125
- 125 + 80
- 80
|
mkm, %
|
|
2.
|
Sochiluvchanlik
|
10-3 .g/s
|
|
3.
|
Sochiluvchan zillik
|
kg/sm3
|
|
4.
|
Presslanuvchanlik
|
N
|
|
5.
|
Zichlanish ko’rsatkichi
|
K
|
|
6
|
Qoldiq namlik
|
%
|
|
Mavzu: To’g’ridan-to’g’ri va nam donadorlash usullarida tabletkalar tayyorlash. Natriy xlorid va streptotsid va bekarbon tabletkalarini tayyorlash texnologiyasi.
Maqsad: Tabletkalar texnologiyasida bugungi kunda ikki xil texnologiya mavjud bo’lib, ular to’g’ridan-to’g’ri presslash va nam donadorlash usullarida tabletka olish xisoblanadi. To’g’ridan-to’g’ri va nam donadorlash usullari orqali tayyorlanadigan tabletkalar texnologiyasidagi o’ziga xos tomonlar, shuningdek bu usullar bo’yicha tabletka tayyorlashda ishlatiladigan yordamchi moddalar turi va miqdorini to’g’ri tanlash yuzasidan umumiy tushunchalarga ega bo’lish.
Mavzuning ahamiyati: Presslanadigan massaning texnologik xossalari va undan olingan andoza tabletkaning qattiqligi va parchalanishi qoniqarli bo’lgan xollarda to’g’ridan-to’g’ri presslab tabletka olish imkoniyati yaratiladi. Bu usul bo’yicha olingan tabletka ham iqtisodiy nuqtai nazaridan, ham biologik samaradorligi jihatidan boshqa usul bo’yicha olingan tabletkalardan bir qator ustunliklarga ega bo’ladi. Biroq aksariyat xollarda tabletkalar nam donadorlash usuli yordamida tayyorlanadi. Shunday ekan, nam donadorlash usuli bo’yicha tabletka tayyorlashda ishlatiladigan yordamchi moddalar va texnologik jarayonlar, tabletka ishlab chiqarish texnologiyasida muhim ahamiyat kasb etadi.
Laboratoriya mashg’ulot mavzusini yoritishda “Qaynoq kartoshka” pedagogik texnologiya usulidan foydalaniladi.
|