_____________________________________________________________________________
“Tayyor dori turlari texnologiyasi” fanidan
keys – ctadi ASOSIDA O‘QITISH TEXNOLOGIYASI
O‘quv loyihasi:
“Tayyor dori turlari texnologiyasi faniga kirish. Asosiy tushunchalar va atamalar. Me’yoriy hujjatlar va ularning tarkibiy qismlari”
PEDAGOGIK ANNOTATSIYA
Fanning nomi: “Tayyor dori turlari texnologiyasi”.
Mavzuning nomi: “Tayyor dori turlari texnologiyasi faniga kirish. Asosiy tushunchalar va atamalar. Me’yoriy hujjatlar va ularning tarkibiy qismlari”.
Ishtirokchilar: bakalavriat bosqichi “Farmatsiya va kasbiy ta’lim” yo‘nalishi, 4-kurs talabalari.
O‘qitishning maqsadi: o‘quv kursi bo‘yicha egallangan bilimlarni chuqurlashtirish maqsadida tayyor dori vositalarini ishlab chiqarishda ishlatiladigan me’yoriy xujjatlar, material balansni tuzish bo‘yicha malaka ko‘nikmalarni shakllantirish.
Rejalashtirilayotgan o‘quv natijalari: korxona sharoitida ishlab chiqariladigan tayyor dori turlari haqida tushunchaga ega bo‘ladilar, Tayyor dori vositalari ishlab chiqarish uchun me’yoriy hujjatlar (GF, FS, VFS, laboratoriya, sanoat-tajriba, ishga tushirish (sanoat) reglamenti, TU, OST, GOST) bilan tanishadilar, Tayyor dori vositalari ishlab chiqarishning boshqaruv organlarini tahlil qiladilar: 1. “Uzfarmsanoat” DAK; 2. “Dori-darmon” DAK; 3. DVVTTSNQ BB. Tayyor dori vositalarini ishlab chiqarishdagi atamalar, korxonaning tuzilishi bilan tanishadilar. Kirim-chiqim nisbati, material balans tuzishda kelib chiqadigan turli muammo-vaziyatlarni xal qilishda kerakli ko‘nikmalarga ega bo‘ladi.
Loyihalashtirish faoliyati bo‘yicha quyidagi amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladi: muammoni shakllantirish va vazifalarni aniqlash; vazifalarni amalga oshirishdagi usullarni tanlash va ulardan foydalanish; o‘z faoliyatini rejalashtirish; ma’lumot manbalarini aniqlash, tizimga keltirish va tahlil etish; natijalarni talab darajasida rasmiylashtirish va kerakli ko‘rinishda taqdim etish.
Ushbu keysni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun oldindan talabalar quyidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lmoqlari zarur:
Talaba bilishi kerak: matematik va tabiiy-ilmiy fanlar (oliy matematika, informatika va informatsiyaon texnologiyalar, fizika, anorganik kimyo, organik kimyo, fiziologiya anatomiya asoslari bilan, botanika, ekologiya), umumkasbiy fanlar (analitik kimyo, fizik va kolloid kimyo, biologik kimyo, toksikologik kimyo, patologiya, klinik farmatsiya farmakokinetika asoslari bilan, farmakologiya, mikrobiologiya, gigiena, birinchi tibbiy yordam, lotin tili, farmatsevtika ishini tashkil qilish, farmakognoziya, farmatsevtik texnologiya, tibbiyot va farmatsevtika tovarshunosligi, farmatsevtika iqtisodiyoti, farmatsevtik kimyo, biotexnologiya) dan etarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlik talab etiladi.
Talaba amalga oshirishi kerak:- mavzuni mustaqil o‘rganadi; muammoning mohiyatini aniqlashtiradi; ma’lumotlarni ko‘rib chiqib, mustaqil o‘rganadi; o‘z nuqtai nazariga ega bo‘lib, mantiqiy xulosa chiqaradi; o‘quv ma’lumotlar bilan mustaqil ishlaydi; ma’lumotlarni taqqoslaydi, tahlil qiladi va umumlashtiradi;
Talaba ega bo‘lmog‘i kerak:kommunikativ ko‘nikmalarga; taqdimot ko‘nikmalariga; hamkorlikdagi ishlar ko‘nikmalariga; muammoli holatlar tahlil qilish ko‘nikmalariga.
Manbalardan foydalanish uchun tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati:
Xaydarov V.R., Usubbaev M.U., Jalilov X.K., Yunusova X.M. “Tayyor dori turlari texnologiyasi” fanidan laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarish bo‘yicha o‘quv-uslubiy qo‘llanma. Toshkent. 2011. 132 bet.
Maxkamov S.M., Maxmudjonova K.S. Tayyor dori turlari texnologiyasi. Toshkent. 2010. B. 367. (darslik).
Maxkamov S.M., Maxmudjonova K.S. Tayyor dori turlari texnologiyasi. Toshkent. 2007. B. 213. (amaliy mashg‘ulotlar uchun qo‘llanma)
Mirolimov M.M. Farmatsevtik texnologiya asoslari. Toshkent 2007. B. 343.
Mirolimov M.M. Dori texnologiyasi. Toshkent 2009. 1 tom. B. 236.
Mirolimov M.M. Dori texnologiyasi. Toshkent 2009. 3 tom. B. 252.
Maxkamov S.M. Osnovi tabletochnogo proizvodstva. Tashkent. 2004. S.146.
Turlanish belgilari bo‘yicha loyihaga tavsif: turi amaliy; predmet va mazmun jihatdan ko‘lami ko‘p fan bo‘yicha foydalaniluvchi poliloyiha; talabalar o‘quv loyiha faoliyatlarini muvofiqlashtirish xarakteri bevosita; ishtirokchilar soni guruh talabalari 2 ta ishchi guruhga bo‘linib, har bir ishchi guruhda 5 tadan 8 tagacha ishtirokchi bo‘lishi mumkin (talabalar ko‘proq bo‘lsa, loyiha yo‘nalishlarini ko‘paytirish mumkin); bajarish muddati o‘rta muddatli –7 kun;
Loyihani bajarish tartibi: talabalarning auditoriyadan tashqari mustaqil faoliyatlarida bajariladi, amaliy mashg‘ulotda taqdim etib boriladi. Loyiha mahsuli semestr oxirida, talabalar va pedagog o‘rtasida belgilangan kunda amalga oshiriladi.
Loyihaning baholanishi – ishchi guruhlar tomonidan bajarilgan loyiha quyidagicha baholanadi (guruhning har bir a’zosi uchun): Ma’lumotnoma (eng yuqori 10 ball); hisobot (maks. Ball – 8 ); loyiha taqdimoti (eng yuqori 5 ball); og‘zaki taqdimot (eng yuqori 2 ball).
Tayyorlov bosqichi: loyiha bilan tanishish; auditoriyadagi mashg‘ulot vaqtida talabalar faoliyatini tashkil etish.
Loyihani bajarish bosqichlari: auditoriyadan tashqari faoliyat davrida.
YAkuniy bosqich: loyiha taqdimoti, loyiha va auditoriya mashg‘ulotida talabalarning loyihalashtirish faoliyatini baholash.
Loyiha asosida o‘qitishni boshqarish: auditoriyadan tashqari faoliyatda.
Texnologik xususiyatlardan kelib chiqqan holda keysning tavsifnomasi: lavhali bo‘lib, hayotiy vaziyatlar asosida bayon etilgan. Keysning asosiy ob’ekti shaxsga yo‘naltirilgandir. Bu tashkiliy institutsional keys bo‘lib, ma’lumotlar vaziyatlar va savollar asosida tuzilgan. Hajmi o‘rtacha, tizimlashtirilgan bo‘lib, treningga mo‘ljallangan o‘quv mavzu bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar hosil qilishga qaratilgan. Didaktik maqsadlarga ko‘ra keys muammolarni taqdim qilishga, ularni hal etishga, tahlil qilish va baholashga qaratilgan.
Ushbu keysdan “Tayyor dori turlari texnologiyasi”, “Tayyor dori vositalari sifatini baholash, qadoqlash va o‘rash” fanlarida foydalanish mumkin.
KEYS: “TAYYOR DORI TURLARI TEXNOLOGIYASI FANIGA KIRISH. ASOSIY TUSHUNCHALAR VA ATAMALAR. ME’YORIY HUJJATLAR VA ULARNING TARKIBIY QISMLARI”.
Kirish. O‘zbekiston Respublikasini mustaqil deb e’lon qilinishi halq xo‘jaligining turli jabhalarida faoliyat ko‘rsatayotgan mutaxassislar bilan bir qatorda, dorishunoslik fani va amaliyoti sohasidagi mutaxassislar oldiga ham dori ta’minotida respublika mustaqilligini ta’minlashdek o‘ta muhim vazifani qo‘ydi.
Aholini yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan, bezarar va arzon dori vositalari bilan ta’minlash bugungi kunda zamonaviy tibbiyotning o‘ta muhim, ajralmas qismi bo‘lib, unda turli hil kasalliklarni oldini olish va ularni davolashda 90% dan ortiq holatlarda farmakoterapevtik usullardan foydalaniladi.
O‘zbekiston Respublikasi “Milliy dori siyosati” bu borada muhim ahamiyat kasb etuvchi rahbariy hujjatlardan bo‘lib, unga asosan aholini dori ta’minotini yaxshilash borasidagi muhim tadbirlar rejasi belgilangandir.
Ularning birinchisi - O‘zbekistonning boy tabiiy resurslari asosida zamonaviy dori turlarini va standartlash usullarini yaratish, yaratilgan dorilarni belgilangan tartibda laboratoriya va klinik sinovlardan o‘tkazish va amaliyotga joriy etish bo‘lsa, ikkinchisi - mahalliy farmatsevtika sanoatini rivojlantirish, O‘zbekiston olimlari tomonidan yaratilgan shuningdek, chet el zamonaviy texnologiyalari asosida olinadigan dori turlarini ishlab chiqarishga joriy etish va ularni mamlakatimizning ichki va tashqi farmatsevtika bozoriga chiqarilishini ta’minlash bilan davlat salohiyatini ko‘tarishga hissa qo‘shish vazifalarida belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 14-iyundagi № PP-416-sonli “Dori vositalari va tibbiyot buyumlari ishlab chiqaruvchi korxonalarni qo‘llab quvvatlash choralari to‘g‘risida” gi qarori xam mahalliy farmatsevtika sanoati korxonalarini kelgusida yanada rivojlanishini ko‘zda tutuvchi muxim omillardan biri bo‘lib hisoblanadi. Ushbu qarorga asosan farmatsevtika sanoati korxonalarini qo‘llab quvvatlash borasida davlat tomonidan qator imtiyozlarning berilishi bilan bir qatorda “Uzfarmsanoat” DAK, O‘zbekiston Respublikasi Fanlari Akademiyasi va qator vazirlik va idoralar zimmasiga dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan yangi xom ashyo turlarini yaratish, ularni amaliyotga joriy qilishni jadallashtirish va zaxiralarini ta’minlash, shuningdek respublika ilmiy muassasalari va oliy o‘quv yurtlari tomonidan yaratilgan yangi, original dori vositalari bilan bir qatorda xayotiy zarur dori vositalari ro‘yxatiga kiruvchi generik dori vosiitalarini xam ishlab chiqarilishini o‘zlashtirishni tezlashtirish va aholining dori vositalariga bo‘lgan talabini yanada to‘laroq qondirish masalalarini qo‘yadi.
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasi aholisini yuqori samarador, turg‘un va arzon dori-darmon bilan ta’minlash, farmatsevtik texnologiyaning ustuvor vazifalaridan hisoblanadi. Hozirgi kunda Respublikamizda ishlab chiqarilayotgan dori-darmon, aholi extiyojini 10%ni qondira oladi xolos. Bundan ko‘rinadiki, aholi uchun zarur bo‘lgan dori vositalarining asosiy qismi horijiy davlatlardan valyuta hisobiga keltirilmoqda. Bu esa, dorining tannarhiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda, shuningdek undan foydalanish imkoniyatini cheklab qo‘ymoqda. Markaziy Osiyo Respublikalarida XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, ekologik muvozanatning buzila boshlashi, qolaversa Orol fojeasi, qishloq xo‘jaligining turli sohalarida, uzoq yillar davomida zaharli, kimyoviy moddalarni nazoratsiz foydalanish ayrim kasalliklarni keskin ko‘payishiga olib keldi. Xususan qandli diabet, allergiya, bo‘qoq, jigar, buyrak va kamqonlik kabi kasalliklar bilan kasallangan bemorlarning soni ko‘payib, dori darmonga bo‘lgan ehtiyoj yil sayin oshib ketdi. Respublikada dori ta’minotini yaxshilash usullaridan biri, shu sohadagi mutaxassislarning ilmiy tadqiqot ishlarini jadallashtirish, ularni aniq maqsad sari yo‘naltirish, dorishunos, farmakolog va kimyogarlarning o‘zaro hamkorligini kengaytirishdir. Bu muammoni xal qilishning yana bir yo‘li, maxalliy xom ashyolardan oqilona foydalanib, yangi dori turlarini yaratish va amaliyotga tatbiq etishdir. O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida dorivor giyoxlarga boy mintaqa hisoblanadi. Bu giyoxlar zaxirasini asrab avaylagan xolda foydalanish, ulardan biofaol moddalarni ajratib olib o‘rganish va amaliyotga tatbiq qilish mutaxassislar oldida turgan jiddiy masalalardan hisoblanadi. SHulardan kelib chiqqan xolda maxalliy dorivor o‘simlik xom ashyolaridan olingan quruq ekstraktlar va sun’iy usulda olingan biofaol moddalardan tabletka dori turini yaratish, tayyor maxsulotning miqdoriy taxlil usulini ishlab chiqish, ularni biofarmatsevtik nuqtai nazaridan baxolash farmatsevtik texnologiyaning ustuvor yo‘nalishlaridandir.
Respublika rahbariyati va xukumati tomonidan, aholining dori ta’minoti sifatini oshirish va bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarni belgilashga alohida e’tibor berib kelinmoqda. Bular – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1997 yil 25-aprelda “Dori vositalari va farmatsevtik faoliyat to‘g‘risida”gi va 1996 yil 29-avgustda “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi qonunlarni qabul qilinishi va bu qonunlar ijrosini ta’minlash maqsadida chiqarilgan qator qonunosti xujjatlarini amaliyotga joriy etilishida o‘z aksini topgan.
O‘zbekiston olimlari tomonidan yaratilgan shuningdek, chet el zamonaviy texnologiyalari asosida olinadigan dori turlarini ishlab chiqarishga joriy etish va ularni mamlakatimizning ichki va tashqi farmatsevtika bozoriga chiqarilishini ta’minlash bilan davlat salohiyatini ko‘tarishga hissa qo‘shish muhim vazifalardan biridir.
Respublikada farmatsevtika sanoatini kompleks rivojlantirish dasturini amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining 1993 yil 2 iyundagi № 290 - sonli Prezident qaroriga muvofiq Davlat-aksionerlik konserni “O‘ZFARMSANOAT” tashkil etildi.
“O‘ZFARMSANOAT” ning birlamchi vazifalaridan qilib quyidagilar belgilandi:
- yuqori samarador dori vositalarini yaratish va amaliyotga tatbiq etish;
- bozor konyukturasi asosida ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish;
- xom ashyo bazasini rivojlantirish;
- chet el korxonalari bilan o‘zaro manfaatdorlikka asoslangan iqtisodiy xamkorlikni o‘rnatish;
- ichki rezervlar va chet el investitsiyalari asosida bugungi kunda bor va yangi ishlab chiqarish korxonalarini qayta jihozlash va yangi ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish.
Bugungi kunga kelib O‘zbekiston Respublikasida 92 ta korxona dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqarish litsenziyasiga ega. Respublikada 590 dan ortiq maxalliy dori vositalari ro‘yhatdan o‘tgan bo‘lib, umumiy ro‘yxatdan o‘tgan dori vositalarining 12 % ni tashkil etadi.
Taxlil natijalari bo‘yicha maxalliy dori vositalari umumiy strukturasida 32 ta original dori vositalari (birinchi marotaba yaratilgan), 523 turdagi generik dori vositalari, hamda 20 ta substansiya va 38 ta davolash va diagnostik vositalar ishlab chiqarishga ruxsat etilgan.
Maxalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan dori vositalarining 475 ta nomdagisining to‘liq texnologiyasi o‘zlashtirilgan bo‘lsa, 80 turdagi dori vositalarini ishlab chiqarish chet el firmalari tomonidan keltiriladigan yarim tayyor mahsulotni qo‘llashga asoslangandir.
Mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan dori vositalari dori turlari bo‘yicha taxlil qilinadigan bo‘lsa, ular 36,6% tabletkalar va kapsulalar, 19,21% in’eksion eritmalar, 10,3% tashqi maqsadda ishlatiladigan eritmalar, 10,34% surtma dori va linimentlar, 11,92% dorivor o‘simlik yig‘malari va 11,63% boshqa dori turlaridan iboratdir.
Agar mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan dori vositalar farmakoterapevtik guruhlar bo‘yicha taxlil qilinadigan bo‘lsa, ular antibakterial (16%), immunobiologik (2%), yallig‘lanishga qarshi nosteroid dori vositalari (13%), yurak qon tomiri tizimi kasalliklarini davolash uchun qo‘llaniladigan dori vositalar (12%), kimyoviy jarayonlarni muvofiqlovchi dori vositalar 11%) va boshqalardan iboratdir.
SHu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Farmatsevtika sanoati (“O‘zfarmsanoat”) Davlat – aksionerlik konsernini tashkil etish to‘g‘risidagi 1993 yil 2 iyundagi PF №290 farmoniga muvofiq tashkil etilgan “O‘zfarmsanoat” Davlat aksionerlik konserni tayyor dori vositalari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan barcha korxona va tashkilotlarning ishlarini muvofiqlashtirib, aniq maqsad sari yo‘naltirishi lozim.
Bundan tashqari respublikada 90 dan ortiq farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan mulkchilik shakli turlicha bo‘lgan korxonalar faoliyat olib bormoqda. Mustaqillikni dastlabki yillarida maxalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan farmatsevtika mahsulotlari aholini dori vositalariga bo‘lgan talabini 1% dan ham kamroq miqdorda qondirgan bo‘lsa, bugungi kunda bu ko‘rsatkich 12% dan ortiqni tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Dori vositalari va tibbiyot buyumlarining 9-son Davlat Reestriga binoan mahalliy korxonalar tomonidan 638 nomdagi mahalliy sharoitlarda ishlab chiqarilayotgan dori turlari tibbiyot amaliyotida qo‘llashga ruxsat etilib, qayd etilganligini ko‘rish mumkin, shulardan 174 tasi tabletka dori turlaridan iboratdir. Ular tahlil qilib chiqiladigan bo‘lsa 18 tasi – 10,35 % mahalliy tashkilot va muassasalar tomonidan yaratilgan original dori vositalardan, 156 tasi - 89,65 % esa generik dori vositalardan iboratligi ko‘zga tashlanadi. YUqorida sanab o‘tilgan dori vositalarining deyarli xech biri to‘liq mahalliy xom ashyolar asosida ishlab chiqarilmasligini ta’kidlab o‘tish joiz.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 14-iyundagi № PQ-416-sonli “Dori vositalari va tibbiyot buyumlari ishlab chiqaruvchi korxonalarni qo‘llab quvvatlash choralari to‘g‘risida” gi va 2007 yil 17 noyabrdagi PQ-731-sonli “2011 yilgacha bo‘lgan davrda farmatsevtika sohasi korxonalarini modernizatsiya qilish, texnikaviy va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturi to‘g‘risida” gi qarorlari xam mahalliy farmatsevtika sanoati korxonalarini kelgusida yanada rivojlanishini ko‘zda tutuvchi muxim omillardan biri bo‘lib hisoblanadi. Ushbu qarorga asosan farmatsevtika sanoati korxonalarini qo‘llab quvvatlash borasida davlat tomonidan qator imtiyozlarning berilishi bilan bir qatorda “Uzfarmsanoat” DAK, O‘zbekiston Respublikasi Fanlari Akademiyasi va qator vazirlik va idoralar zimmasiga dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan yangi xom ashyo turlarini yaratish, ularni amaliyotga joriy qilishni jadallashtirish va zaxiralarini ta’minlash, shuningdek respublika ilmiy muassasalari va oliy o‘quv yurtlari tomonidan yaratilgan yangi, original dori vositalari bilan bir qatorda xayotiy zarur dori vositalari ro‘yxatiga kiruvchi generik dori vosiitalarini xam ishlab chiqarilishini o‘zlashtirishni tezlashtirish va aholining dori vositalariga bo‘lgan talabini mahalliy dori vositalari hisobiga yanada to‘laroq qondirish masalalarini qo‘yadi.
TDVni ishlab chiqarish uchun tuziladigan MTH lar va ularning turlari. TDVlarini korxona sharoitida ishlab chiqarish uchun quyidagi MTH lar kerak bo‘ladi: DF, FM, VFM va ishlab chiqarish reglamenti.
TDV lari uchun quyidagi standartlar qabul qilingan: DF. FM. VFM.
Bu standartlar taklif etilayotgan TDVning mualliflari, laboratoriya va korxonaning texnik bo‘limi xodimlari ishtirokida tuziladi. Standartlarda TDVning tashqi ko‘rinishi, sifat ko‘rsatkichlari, chinligi, tozaligi, miqdoriy taxlil usuli, qadoqlanishi, saqlanishi va farmakologik ta’siri keltirilgan bo‘ladi. TDVning tarkibi va texnologiyasi yozilmaydi. VFM “Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish Bosh boshqarmasi” tomonidan tasdiqlanadi. VFM qonun maqomiga ega bo‘lib, unga korxonalar, iste’molchilar rioya qilishi shart.
Reglamentda esa korxona sharoitida TDV ni ishlab chiqarish texnologiyasi batafsil yozilgan bo‘lib, u 14 bo‘limdan iborat bo‘ladi.
Reglament o‘z navbatida manfaatdor shaxslar, kafedra, laboratoriya yoki texnik bo‘lim xodimlari tomonidan tuziladi. Bugungi kunga kelib laboratoriya, tajriba, sanoat va ishlab chiqarish reglamentlari mavjud.
Laboratoriya reglamentini laboratoriya mudiri, ishlab chiqarish reglamentini esa korxonaning bosh muxandisi tasdiqlaydi.
Reglament tuzishda korxonadagi asbob uskunalar va mahalliy shart-sharoit hisobga olinadi. Har bir korxonani, har bir TDV uchun tuzgan reglamenti bo‘ladi, uni boshqa korxona tan olmasligi mumkin. Reglament shu korxona uchungina majburiy hujjat hisoblanadi.
Quyidagi keys – material balans tuzishni o‘rganish, sarf koeffitsienti, chiqindi maxsulot, tayyor maxsulot, yo‘qotilgan maxsulot, qo‘shimcha, tashlandiq moddalar xiqida tushunchaga ega bo‘lish, ularni xisoblash, texnologik jarayonlar ketma-ketligini asoslash va mo‘‘tadillashtirish. Tayyor dori vositasini ishlab chiqarish jarayonida kelib chiqadigan turli muammo va vaziyatlarni xal qilishda kerakli ko‘nikmalarga ega bo‘ladi.
Ushbu keysni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun material balans, kirim-chiqim nisbatini tuzish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish zarur.
Tavsiya etilgan keysni echish quyidagi natijalarga erishishga imkon yaratadi:
o‘zlashtirilgan mavzu bo‘yicha bilimlarni mustahkamlash;
muammoning hamda qabul qilingan echimning individual va guruhiy tahlilida bilim va ko‘nikmalarni qayta topshirish;
mustaqil ravishda qaror qabul qilish ko‘nikmalarini egallash;
o‘quv axborotlarini o‘zlashtirish darajasini tekshirib ko‘rish.
TAYYOR DORI VOSITASINI ISHLAB CHIQARISH JARAYONIDA KELIB CHIQADIGAN MUAMMOLARNI BARTARAF ETISH
(VAZIYAT)
Moddalar massasining saqlanish qonuniga binoan dori tayyorlash uchun olingan xom ashyo miqdori tayyor mahsulot miqdori, qo‘shimcha va tashlandiq modda yig‘indisiga teng bo‘lishi kerak. Bu quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:
g1=g2+g3+g4+g5
bu erda g1 – dori tayyorlash uchun olingan xom ashyo miqdori; g2 – tayyor maxsulot miqdori; g3 – qo‘shimcha maxsulot miqdori; g4 – tashlandiq modda miqdori, g5 – yo‘qotilgan modda miqdori. Bu tenglama kirim-chiqim nisbati tenglamasi deyiladi. Kirim-chiqim nisbati algebraik tenglama yoki jadval ko‘rinishida, shuningdek diagramma shaklida ham ifodalanishi mumkin. Kirim-chiqim nisbati jadval shaklida ifodalanganda kirim qismiga ishlab chiqarish uchun olingan xom ashyo miqdori, sarf qismida esa tayyor mahsulot va yo‘qotilgan modda ko‘rsatiladi. Bunda har 2 tomon miqdorlari yig‘indisi bir-biriga teng bo‘lishi kerak.
Kirim-chiqim nisbati: a) bitta bosqich yoki operatsiya; b) vaqt birligi (soat, smena, sutka); v) tayyor mahsulot birligi (1000 dona yoki 100 kg) uchun tuzilishi mumkin.
Kirim-chiqim nisbati korxonani ko‘zgusidir, chunki kirim-chiqim nisbati orqali hamma hisob-kitoblar amalga oshiriladi. Korxona sharoitida maxsulot odatda butun sonlarda (10 kg, 100 kg, 1000 kg) tayyorlanadi, shuning uchun xom ashyo farmakopeyada keltirilgan miqdordan ko‘proq olish kerak, ya’ni yo‘qotish hisobiga olinadi. Bu sarflanish koeffitsienti orqali amalga oshiriladi. Sarflanish koeffitsientini tenglamasi:
bu erda:
g1 - olingan modda miqdori;
g2 - tayyor maxsulot
Har doim K sarf birdan katta bo‘ladi, birga teng yoki undan kichik bo‘lishi mumkin emas, chunki K sarf birga teng bo‘lsa yoki kichik bo‘lsa, tayyor maxsulot 100% yoki undan katta bo‘ladi, bu bo‘lishi mumkin emas, chunki xar qanday ideal ishlab chiqarishda ham yo‘qotish bo‘ladi. Lekin K sarf birga yaqinlashtirishga xarakat qilinadi. K sarf qiymati korxonani avtomatizatsiya va mexanizatsiya darajasiga bog‘liq bo‘ladi.
Farmakopeya tarkibi ma’lum bo‘lsa, uni sarflanish koeffitsientiga qupaytirsa ishchi tarkib xosil bo‘ladi. Masalan, streptotsidning 10% li surtmasini XI DF bo‘yicha tarkibi:
Streptotsid - 10,0
Vazelin - 90,0
Uni K sarf = 1,08 ga teng bo‘lsa, ishchi tarkib quyidagicha bo‘ladi:
Streptotsid - 10,0 x 1,08 = 10,80
Vazelin - 90,0 x 1,08 = 97,20
108,0
Demak, 100 kg streptotsid surtmasini olish uchun 10,8 kg streptotsid, 97,2 kg vazelin olib tayyorlansa 100 kg tayyor maxsulot hosil bo‘ladi.
Tayyor maxsulot foizi quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:
Yo‘qotish foizi bu tenglama yordamida topiladi:
“Farmtex” MCHJ farmatsevtik ishlab-chiqarish korxonasida 10%li kamfora surtmasi ishlab chiqarilmoqda. Quyida ushbu surtmaning tarkibi, texnologiyasi va ishlatilgan asbob-uskunalar keltirilgan.
Kamfora surtmasi
Unguentum camphoratum
Tarkibi
Kamfora - 10,0 g.
Suvsiz lanolin - 30,0 g.
Vazelin - 60,0 g.
Ishlatilgan asbob-uskunalar va yordamchi materiallar
1. Ichki tomoni sirlangan ikki qavatli reaktor.
2. Elektron tarozi, kamfora, suvsiz lanolin, oq vazelin.
3. Tayyor maxsulotni solish uchun idish.
4. 200 mkm li elaklar.
5. Kamfora surtmasi uchun laboratoriya reglamenti.
6. Tuba to‘ldiruvchi avtomat.
7. Gaz-suyuqlik xromatografi.
8. Tibbiyot paxtasi va doka.
Ishni bajarish tartibi
“Farmtex” MCHJ farmatsevtik ishlab-chiqarish korxonasining texnologi M.K.Mirzaev boshchiligida №070316 seriyadagi 100 kg kamfora surtmasi tayyorlandi. Laboratoriya reglamentida keltirilgan umumiy material balans quyidagicha
Olindi, kg
|
Xosil bo‘ldi, kg
|
Kamfora substansiyasi 10
|
Kamfora surtmasi 96
|
Suvsiz lanolin 30
|
Yo‘qotishlar 4
|
Oq vazelin 60
|
|
Jami 100
|
Jami 100
|
Kamfora substansiyasi uchun material balans quyidagicha edi
Olindi, kg
|
Xosil bo‘ldi, kg
|
Kamfora substansiyasi 10
|
Surtma tarkibidagi kamfora 9,4
|
|
Yo‘qotishlar 0,6
|
Jami 10
|
Jami 10
|
Buning uchun reglament bo‘yicha oldindan teshigining diametri 200 mkm li elakdan o‘tgan kamfora substansiyasidan 10,0 kg, suvsiz lanolindan 30,0 kg, oq vazelindan 60,0 kg elektron tarozida o‘lchab olindi. Ikki qavatli reaktorning bug‘ qavatlariga issiq bug‘ yuborilib, 60-700S gacha qizdirildi. Reaktorga oq vazelin solib, uni aralashtirib turgan xolda suyuqlantirildi, so‘ng reaktorga suvsiz lanolin solib, bir xil oq momiq massa xosil bo‘lguncha yaxshilab aralashtirildi. Unga kamfora solindi va 30 daqiqa davomida 600S xaroratda aralashtirildi. So‘ng massa issiq xolda doka orqali nutch filtrdan suzildi. Sifat nazorat bo‘limi xodimlari tomonidan surtma tarkibidagi kamforaning miqdori aniqlanganda, kamforaning surtma tarkibidagi miqdori 6% va olingan surtmaning umumiy og‘irligi 92 kg ekanligi aniqlandi. Tayyor surtma massasi tubalarga qadoqlanmadi.
Surtma nima uchun qadoqlanmadi?
Surtmani ishlab chiqarishda qanday xatoliklar bor?
Surtmani regeneratsiya qilish mumkinmi?
AMALIY VAZIYATNI BOSQICHMA – BOSQICH TAHLIL QILISH VA HAL ETISH BO‘YICHA TALABALARGA USLUBIY KO‘RSATMALAR
Talabalarga yo‘riqnoma
Ish bosqichlari
|
Maslahatlar va tavsiyanomalar.
|
1. Keys va uning axborot ta’minoti bilan tanishish
|
Avvalo keys bilan tanishing. “Tayyor dori turlari texnologiyasi faniga kirish. Asosiy tushunchalar va atamalar. Me’yoriy hujjatlar va ularning tarkibiy qismlari” haqida tushuncha hosil qilish uchun bor bo‘lgan butun axborotni diqqat bilan o‘qib chiqish lozim. O‘qish paytida vaziyatni tahlil qilishga shoshilmang
|
2. Berilgan vaziyat bilan tanishish
|
Ma’lumotlarni yana bir marotaba diqqat bilan o‘qib chiqing. Siz uchun muhim bo‘lgan satrlarni belgilang. Bir abzatsdan ikkinchi abzatsga o‘tishdan oldin, uni ikki uch marotaba o‘qib mazmuniga kirib boramiz. Keysdagi muhim fikrlarni qalam yordamida ostini chizib qo‘ying. Vaziyat tavsifida berilgan asosiy tushuncha va iboralarga diqqatingizni jalb qiling. Ushbu vaziyatni xal qilish uchun material balans va uning tuzilishi, tayyor, chiqindi maxsulot, yo‘qotilgan moddani turli o‘lchov birliklarida qanday ifodalanishini bilish, xar bir jarayon uchun material balansni tuzishni o‘rganish kerak.
|
3. Muammoli vaziyatni tahlil qilish
|
Asosiy muammo va kichik muammolarga diqqatingizni jalb qiling.
Asosiy muammo: Material balansni to‘g‘ri tuzish
Quyidagi savollarga javob berishga harakat qiling.
Reglament nima?
Reglament qanday bo‘limlardan iborat?
Sifat nazorat bo‘limi qanday vazifani bajaradi?
Material balans bo‘yicha qanday yo‘qotishlarni bilasiz?
Tayyor dori vositasini ishlab chiqarish uchun qanday me’yoriy xujjatlar (MX) kerak bo‘ladi?
Tayyor dori vositasi barcha MX talablariga javob berishi uchun nimalarga e’tibor berish kerak?
Asosiy muammo nimaga qaratilganini aniqlang. Muammoning asosiy mazmunini ajratib oling. Muammoli vaziyatni tahlil qilish – ob’ektning holatini aniqlang, asosiy qirralariga e’tibor qarating, muammoli vaziyatning hamma tomonlarini tahlil qiling.
|
4. Muammoli vaziyatni echish usul va vositalarini tanlash hamda asoslash
|
Ushbu vaziyatdan chiqib ketish harakatlarni izlab topish maqsadida quyida taqdim etilgan “Muammoli vaziyat” jadvalini to‘ldirishga kirishing. Muammoni echish uchun barcha vaziyatlarni ko‘rib chiqing, muqobil vaziyatni yarating. Muammoning echimini aniq variantlardan tanlab oling, muammoning aniq echimini toping. Jadvalni to‘ldiring. Keys bilan ishlash natijalarini yozma shaklda ilova eting
|
“Muammoli vaziyat” jadvalini to‘ldiring
Vaziyatdagi muammolar
turi
|
Muammoli vaziyatning kelib chiqish sabablari
|
Vaziyatdan chiqib
ketish harakatlari
|
|
|
|
Keys bilan ishlash jarayonini baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari
(mustaqil auditoriyada va auditoriyadan tashqari bajarilgan ish uchun)
Auditoriyadan tashqari bajarilgan ish uchun baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari
Talabalar
ro‘yxati
|
Asosiy muammo ajratib olinib, tadqiqot ob’ekti aniqlangan mak. 1 b
|
Muammoli vaziyatning kelib chiqish sabablari aniq ko‘rsatilgan mak. 2 b
|
Vaziyatdan chiqib ketish harakatlari aniq ko‘rsatilgan
mak. 2 b
|
Jami
mak.5 b
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Auditoriyada bajarilgan ish uchun baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari
Guruhlar
ro‘yxati
|
Guruh faol
mak. 1 b
|
Ma’lumotlar ko‘rgazmali taqdim etildi mak. 2 b
|
Javoblar to‘liq va aniq berildi mak.
2 b
|
Jami
mak. 5 b
|
1
|
|
|
|
|
2
|
|
|
|
|
3
|
|
|
|
|
5 ball – a’lo, 4 ball – yaxshi, 3 ball – qoniqarli
TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI
“Tayyor dori turlari texnologiyasi” fanidan
keys – ctadi ASOSIDA O‘QITISH TEXNOLOGIYASI
O‘quv loyihasi:
“Kukunlar va ularni korxona sharoitida tayyorlash. Galmanin va sun’iy karlovar tuzi kukunlarini tayyorlash texnologiyasi”
PEDAGOGIK ANNOTATSIYA
Fanning nomi: “Tayyor dori turlari texnologiyasi”.
Mavzuning nomi: “Kukunlar va ularni korxona sharoitida tayyorlash. Galmanin va sun’iy karlovar tuzi kukunlarini tayyorlash texnologiyasi”.
Ishtirokchilar: bakalavriat bosqichi “Farmatsiya va kasbiy ta’lim” yo‘nalishi, 4-kurs talabalari.
O‘qitishning maqsadi: o‘quv kursi bo‘yicha egallangan bilimlarni chuqurlashtirish maqsadida kukunlar va ularni tayyorlash texnologiyasi bo‘yicha malaka ko‘nikmalarni shakllantirish.
Rejalashtirilayotgan o‘quv natijalari: kukunlar tarkibini to‘g‘ri tanlash, texnologik jarayonlar ketma-ketligini asoslash va mo‘‘tadillashtirish. Kukunlarni ishlab chiqarishning umumiy va xususiy texnologiyalari. Ularni tayyorlashda ishlatiladigan asbob-uskunalar va apparatlar (tegirmonlar, elaklar va aralashtirgichlar). Kukun tayyorlash jarayonida kelib chiqadigan turli muammo-vaziyatlarni xal qilishda kerakli ko‘nikmalarga ega bo‘ladi.
Loyihalashtirish faoliyati bo‘yicha quyidagi amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladi: muammoni shakllantirish va vazifalarni aniqlash; vazifalarni amalga oshirishdagi usullarni tanlash va ulardan foydalanish; o‘z faoliyatini rejalashtirish; ma’lumot manbalarini aniqlash, tizimga keltirish va tahlil etish; natijalarni talab darajasida rasmiylashtirish va kerakli ko‘rinishda taqdim etish.
Ushbu keysni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun oldindan talabalar quyidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lmoqlari zarur:
Talaba bilishi kerak: matematik va tabiiy-ilmiy fanlar (oliy matematika, informatika va informatsiyaon texnologiyalar, fizika, anorganik kimyo, organik kimyo, fiziologiya anatomiya asoslari bilan, botanika, ekologiya), umumkasbiy fanlar (analitik kimyo, fizik va kolloid kimyo, biologik kimyo, toksikologik kimyo, patologiya, klinik farmatsiya farmakokinetika asoslari bilan, farmakologiya, mikrobiologiya, gigiena, birinchi tibbiy yordam, lotin tili, farmatsevtika ishini tashkil qilish, farmakognoziya, farmatsevtik texnologiya, tibbiyot va farmatsevtika tovarshunosligi, farmatsevtika iqtisodiyoti, farmatsevtik kimyo, biotexnologiya) dan etarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlik talab etiladi.
Talaba amalga oshirishi kerak:- mavzuni mustaqil o‘rganadi; muammoning mohiyatini aniqlashtiradi; ma’lumotlarni ko‘rib chiqib, mustaqil o‘rganadi; o‘z nuqtai nazariga ega bo‘lib, mantiqiy xulosa chiqaradi; o‘quv ma’lumotlar bilan mustaqil ishlaydi; ma’lumotlarni taqqoslaydi, tahlil qiladi va umumlashtiradi;
Talaba ega bo‘lmog‘i kerak:kommunikativ ko‘nikmalarga; taqdimot ko‘nikmalariga; hamkorlikdagi ishlar ko‘nikmalariga; muammoli holatlar tahlil qilish ko‘nikmalariga.
Manbalardan foydalanish uchun tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati:
Xaydarov V.R., Usubbaev M.U., Jalilov X.K., Yunusova X.M. “Tayyor dori turlari texnologiyasi” fanidan laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarish bo‘yicha o‘quv-uslubiy qo‘llanma. Toshkent. 2011. 132 bet.
Maxkamov S.M., Maxmudjonova K.S. Tayyor dori turlari texnologiyasi. Toshkent. 2010. B. 367. (darslik).
Maxkamov S.M., Maxmudjonova K.S. Tayyor dori turlari texnologiyasi. Toshkent. 2007. B. 213. (amaliy mashg‘ulotlar uchun qo‘llanma)
Mirolimov M.M. Farmatsevtik texnologiya asoslari. Toshkent 2007. B. 343.
Mirolimov M.M. Dori texnologiyasi. Toshkent 2009. 1 tom. B. 236.
Mirolimov M.M. Dori texnologiyasi. Toshkent 2009. 3 tom. B. 252.
Maxkamov S.M. Osnovi tabletochnogo proizvodstva. Tashkent. 2004. S.146.
Turlanish belgilari bo‘yicha loyihaga tavsif: turi amaliy; predmet va mazmun jihatdan ko‘lami ko‘p fan bo‘yicha foydalaniluvchi poliloyiha; talabalar o‘quv loyiha faoliyatlarini muvofiqlashtirish xarakteri bevosita; ishtirokchilar soni guruh talabalari 2 ta ishchi guruhga bo‘linib, har bir ishchi guruhda 5 tadan 8 tagacha ishtirokchi bo‘lishi mumkin (talabalar ko‘proq bo‘lsa, loyiha yo‘nalishlarini ko‘paytirish mumkin); bajarish muddati o‘rta muddatli –7 kun;
Loyihani bajarish tartibi: talabalarning auditoriyadan tashqari mustaqil faoliyatlarida bajariladi, amaliy mashg‘ulotda taqdim etib boriladi. Loyiha mahsuli semestr oxirida, talabalar va pedagog o‘rtasida belgilangan kunda amalga oshiriladi.
Loyihaning baholanishi – ishchi guruhlar tomonidan bajarilgan loyiha quyidagicha baholanadi (guruhning har bir a’zosi uchun): Ma’lumotnoma (eng yuqori 10 ball); hisobot (maks. Ball – 8 ); loyiha taqdimoti (eng yuqori 5 ball); og‘zaki taqdimot (eng yuqori 2 ball).
Tayyorlov bosqichi: loyiha bilan tanishish; auditoriyadagi mashg‘ulot vaqtida talabalar faoliyatini tashkil etish.
Loyihani bajarish bosqichlari: auditoriyadan tashqari faoliyat davrida.
YAkuniy bosqich: loyiha taqdimoti, loyiha va auditoriya mashg‘ulotida talabalarning loyihalashtirish faoliyatini baholash.
Loyiha asosida o‘qitishni boshqarish: auditoriyadan tashqari faoliyatda.
Texnologik xususiyatlardan kelib chiqqan holda keysning tavsifnomasi: lavhali bo‘lib, hayotiy vaziyatlar asosida bayon etilgan. Keysning asosiy ob’ekti shaxsga yo‘naltirilgandir. Bu tashkiliy institutsional keys bo‘lib, ma’lumotlar vaziyatlar va savollar asosida tuzilgan. Hajmi o‘rtacha, tizimlashtirilgan bo‘lib, treningga mo‘ljallangan o‘quv mavzu bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar hosil qilishga qaratilgan. Didaktik maqsadlarga ko‘ra keys muammolarni taqdim qilishga, ularni hal etishga, tahlil qilish va baholashga qaratilgan.
Ushbu keysdan “Tayyor dori turlari texnologiyasi”, “Tayyor dori vositalari sifatini baholash, qadoqlash va o‘rash” fanlarida foydalanish mumkin.
KEYS: “Kukunlar va ularni korxona sharoitida tayyorlash. Galmanin va sun’iy karlovar tuzi kukunlarini tayyorlash texnologiyasi”
Kirish. Xozirgi zamon korxona sharoitida dori ishlab chiqarish mashina ishlatishni taqozo etadi, chunki bunda ishchilar mexnati engillashadi, tayyor maxsulot tannarxi arzonlashadi. Mashina. bu mexanizm yoki mexanizmlar majmuasi bo‘lib, ma’lum maqsadga muvofiq energiya yoki ishni o‘zgartirish maqsadida harakat qiladi.
Mashina dvigatel, uzatuvchi mexanizm, bajaruvchi mexanizmlardan iborat.
Dvigatel - mashinaning hamma qismlarini xarakatga keltirish uchun xizmat qiladi.
Uzatuvchi mexanizm - bu dvigatel bilan bajaruvchi mexanizm orasidagi boqlovchi zvenodir. Uzatuvchi mexanizm bu funksiyani baja ruvchi mexanizm vazifasiga muvofiq boshlang‘ich aylanma harakatni uzatish, boshqarish orqali amalga oshiradi. Bajaruvchi mexanizm - bu mashinani asosiy (muxim) qismi bo‘lib, mexnat vositasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi va kerakli ishni bajaradi.
Dvigatel validan xarakatni qabul qilib olish va ishchi mashina valiga uzatish shkiflar, qayishli (tasmali) uzatgichlar orqali amalga
oshiriladi va bunda tortish kuchini xosil qiladi. SHkiv - tashqi yuzasi silliq bo‘lib, mashinani bosh valiga kiygiziladi va unga mustaxkamlanadi. SHkiv ishchi mashinani shkivi bilan mustaxkam kiyintirilgan tasma yordamida xarakat qiladi. Ishqalanishni ko‘paytirish uchun tasmalar va shkivlar yuzasi kanifol bilan ishlanadi. Tezlikning o‘zgarishi shkivlar o‘lchovi (katta kichikligi) bilan belgilanadi.
Fraksion uzatma ikkita bir biriga qattiq taqilgan g‘ildirakdan iborat. Bu uncha katta bo‘lmagan kuchni uzatishda ishlatiladi. Kuch juda katta bo‘lsa g‘ildiraklar bir biriga o‘tib ketib ish bajarilmay qoladi. Tishli uzatgich - bunda xarakat tishli g‘ildiraklar yoki tishli reykalar orqali amalga oshiriladi. Tishli uzatgichlar xar xil mashinalarning tarkibiy qismi xisoblanib, keng qo‘llaniladi.
Chervyak (shesterna)li uzatgichlar bir biriga perpendikulyar o‘qlari o‘zaro kesilmaydigan uzatgichlardagi aylanma xarakatni uzatadi. Bu uzatgich chervyakdan,vintdan va tishli g‘ildirakdan tashkil topgan.
Xarakatni o‘zgartiruvchi mexanizmlar
Krivoship mexanizm yoki krivoship shatunli mexanizm to‘g‘ri chiziqli olg‘a (oldinga qarab) boradigan xarakatni aylanma xarakatga yoki aksiga o‘zgartirish uchun xizmat qiladi. Bu mexanizm krivoshipdan, shatundan va sirpantirgich (polzun)lardan tashkil topgan. Ekssentrikli uzatgich - aylanma xarakat jufti (para) sharnir va sirpantirgichlardan iborat.
Ekssentrik - bu dumaloq (yumaloq) disk bo‘lib, xarakatlanadigan valga o‘rnatilgan. SHunday qilib diskni markazi valning o‘qiga to‘g‘ri kelmaydi. Kulakchakli mexanizmlar - bu aylanma xarakatni davriy olg‘a-orqaga xarakatga aylantirish imkoniyatini beradi. Bu esa mashina va avtomatlarda keng qo‘llaniladi.
Maydalash
Maydalash - bu qattiq moddalarni mexanik usulda parchalanishidir. Maydalash uchun xar xil tipdagi mashinalar ulkan maydalagichlardan,toki 0,1 mkm gacha kattalikda maydalaydigan kolloid tegirmonlar ishlatiladi.
Yirik maydalash va tolqonga aylantirish maydalash darajasi bilan belgilanadi:
Maydalash xar bir mashinada bitta yoki bir nechta bosqichda olib boriladi. CHunki mashinalar tuzilishiga qarab chegaralangan maydalikni berishi mumkin. O‘ta maydalik darajasini ta’minlash uchun, bu jarayon bir nechta bosiqchda olib boriladi. Bunda bir nechta yirik va tolqon beradigan mashinalar ketma-ket joylashtirilgan bo‘ladi. CHunki bir martada kerakli maydalikka erishib bo‘lmaydi. Bo‘lakchalarni boshlang‘ich va oxirgi kattaligiga qarab maydalash quyidagi turlarga bo‘linadi:
Yirik maydalash (droblenie) db =1000 mm do =250 mm
O‘rtacha maydalash (droblenie) db =250 mm do =20 mm
Mayda tolqon (droblenie) db =20 mm do =1,5 mm
O‘ta mayda tolqongacha maydalash (tonkoe, razmol)
db =0,10-0,4 mm
do =0,005-0,015 mm
Kolloid zarrachalargacha maydalash
db <0,1 mm
do <0,001 mm
Odatda mayda va o‘ta mayda tolqongacha maydalash quruq va xo‘l (nam) xolda olib boriladi. Xo‘l maydalashda chang xosil bo‘lishi kamayadi, zarrachalar bir xil kattalikda maydalanadi. Materiallarni fizik-mexanik xossalariga (zarrachalar shakli, tarangligi, namligi va elastikligi-qayishqoqligi) qarab quyidagi maydalash usullari tanlanadi:
qattiq va mo‘rt materiallar uchun - ezish va zarb bilan urish.
qattiq va qayishqoq materiallar uchun - ezish bilan.
Mo‘rt va o‘rtacha qattiq materiallar uchun - zarb bilan urish, yorib maydalash, ishqalab (istiranie) maydalash.
Qayishqoq va o‘rtacha qattiq materiallar uchun - ishqalab va ishqalab zarb bilan urib maydalash. Maydalashda materiallarni namlik darajasini va qumoqlanib qolish xossalarini xisobga olish kerak. Maydalash ochiq va yopiq sikllarda olib boriladi.
Ochiq siklda material maydalagich (drobilka) orqali bir marta o‘tkaziladi. YOpiq siklda esa bir necha marta o‘tkaziladi.
Maydalash xillari: Mashina turlari:
Yirik maydalash - Shnekli maydalagichlar
O‘rtacha maydalash - Konusli maydalagich, valikli (juvalab) maydalagich
Yirik tolqongacha maydalash - Valikli (juvali) maydalagich, bolg‘achali maydalagich
Tolqongacha maydalash -Urib - markazdan qochma tegirmonlarda, barabanli
tegirmonlarda, rolik-xalqali tegirmonlarda.
O‘ta mayda tolqongacha maydalash - Vibro tegirmonlarda, oqimli-vibro tegirmonlarda, kolloid tegirmonlarda.
Dastlabki maydalash. Dastlabki maydalash asosiy (keyinchalik) maydalashni osonlashtirish maqsadida amalga oshiriladi. Bu usul asosan farm korxonalarda o‘simlik xom ashyolarini (ildiz, po‘stloq, poya va x.k.) maydalashda ishlatiladi.
Bu usulda maydalash quyidagi maydalagichlarda amalga oshiriladi: kesuvchi, yoruvchi, arralovchi .
Kesuvchi-arralovchi maydalagichlar. Bular asosan o‘t yoki ildiz qirquvchilar yordamida amalga oshiriladi. Bu mashinalarni asosiy ishchi qismi xar xil tuzilishdagi pichoqlardir. O‘t qirquvchi-travorezki - bular diskli va barabanli bo‘ladi. Diskli o‘t qirquvchilarda egri chiziqli (krivolineynoe) tig‘i(pichoqi) maxovikni kechayiga (spitsasiga) mustaxkamlab qo‘yilgan bo‘ladi. Xsimlik xom ashyosi dasta xolida tarnovcha orqali pichoqqa yuboriladi. Barabanli o‘t qirquvchilarda pichoqi qayrilgan bo‘lib, 30 gradus burchak xosil qilib mustaxkamlab qo‘yilgan. Ishlab chiqarish unumi soatiga 300 kg xom ashyodir.
Ildiz qirquvchi - kornerezkalarda gilotinali 2 ta pichoqi bor. YUqoridagi pichoq - ekssentrikka maxkamlab qo‘yilgan bo‘lib, yuqoriga va pastga xarakat qiladi. Pastki pichoq xarakatlanmaydi. Pastki pichoq yuqoriga va pastka tushishi bilan ildizni maydaligi boshqariladi (rasm).
Maxsus mashinalarda xom ashyo kvadrat yoki kub shaklida kesiladi. Agar xom ashyo o‘ta quruq bo‘lsa, ularni namlab bir-ikki kunga xo‘llangan qalin matoga o‘rab qoldiriladi. Xom ashyoni oxirigacha maydalashda xar-xil tuzilishdagi tegirmonlardan foydalaniladi.
Ezib (razdavlivayuщego) maydalashga asoslangan maydalagichlar. Juvali tegirmonlar - ular silliq juvali va tishli bo‘ladi. Juvalarni to‘g‘ri va unumli ishlashi xom ashyoni uzluksiz va bir me’yorda berib turishga boqliqdir. Bunda tegirmonning juvalari silliq bo‘lsa, uning diametri maydalanadigan materialning diametridan 20 marta katta bo‘lishi kerak.
Tishli juvalar ancha katta bo‘laklarni xam qamrab olib maydalay oladi, shuning uchun uning diametri 5-10 marta katta bo‘lsa etarlidir. Ularni ishlab chiqarish unumdorligi soatiga 1000 kg ni tashkil qiladi. Juvali tegirmonlar oziq-ovqat, ximiya sanoatida va texnikada keng qo‘llaniladi.
Ezib-ishqalab maydalaydigan maydalagichlar. Ishlash prinsipi ezib-ishqalashga asoslangan maydalagichlarga toshli tegirmon, (jernovka), begunlar va diskli tegirmonlar kiradi.
Diskli tegirmonlar. Asosiy ishchi qismi ikkita vertikal o‘rnatilgan disk bo‘lib, ulardan bittasi xarakat qiladi, ikkinchisi xarakatsiz. Disklarning yuzasida kesuvchi yoki zarb bilan urib maydalovchi xar xil konstruksiyadagi moslamalar - tishlar bo‘ladi. Tashqi disk yopilganda tishlar bir birini orasiga kiradi. Material disklar orasiga tushib maydalanadi.
Disklar minutiga 200-300 marta tezlikda xarakat qiladi. Diskdagi tishlar doira bo‘ylab shunday joylashganki, xarakatdagi diskning tishlari xarakatsiz diskning tishlari orasiga tushishi kerak. Tegirmon ishlaganda o‘tkir tishlar xisobiga materialni kesish, ishqalash va ezish yuz beradi. Diskni diametri D=400 mm bo‘lganda ishlab chikarish unumdorligi 50 kg/soat bo‘ladi.
Dezintegratorlar va dimmembratorlar - bular mo‘rt materiallar (soda, achchiqtosh, qand va boshqalar) ni maydalashda ishlatiladi. Bu tegirmonda maydalash urib markazdan qochish kuchiga asoslangandir. Dezintegratorlarda ikkala diski xam qarama-qarshi tomonga minutiga 500-900 marta tezlikda aylanadi. Ikkala disk yuzasida tishlar va shtiftga o‘xshash moslamalar bo‘lib, 2-4 qator xalqa bo‘ylab joylashgan. Disklar bir-biriga qarama-qarshi ravishda shunday joylashganki, bita diskning tishlari ikkinchi disknikiga kirib turadi. Markazdan qochish kuchi xisobiga zarrachalar markazdan chetga uloqtiriladi. Bunda zarrachalar tishlardagi disklar yuzasida xisobsiz zarbaga uchrab maydalanadi (rasm).
Dismembratorlar - dezintegratorlardan farqi, tashqi diski aylanmaydi. SHuning uchun kerakli darajadagi maydalik olish uchun ichki diski minutiga 3800 marta tezlikda aylanadi. Perpleks dismembra turning bir turidir.
Bolqachali tegirmon - ichki devori zixrlangan qalin metalldan tayyorlangan tana, markaziy o‘qga o‘rnatilgan diskdan iborat bo‘lib, uning markazidan devorga qarab bir nechta qator bolg‘achalar o‘z o‘qi atrofida qimirlaydigan qilib o‘rnatilgan bo‘ladi, maydalangan modda elakdan uzluksiz o‘tib ketaveradi. Bu esa maydalash jarayonini tezlatadi.
Zarb (urib) bilan maydalaydigan maydalagichlar. Bunda jismlarni maydalanishi uni bo‘lakchalarini bir-biriga urishish tezligiga boqliq. Bularga bolg‘achali dezintegratorlar, dismembratorlar va tez oqimda ishlaydigan tegirmonlar kiradi.
Bolg‘achali tegirmonlar. Bu tegirmonlarda rotorni markaziy valiga ketma-ket bir qancha disklar o‘rnatilgan (mustaxkamlangan) bo‘ladi. Disklarda esa sharnirga (oshiq-moshiqqa) o‘rnatilgan po‘latdan yasalgan bolg‘achalar osilib turadi. Rotor bolg‘achalar bilan og‘ir korpus ichida aylanadi. Korpusning ichki devori zixrli (bronli) po‘lat bilan qoplangan bo‘ladi. Maydalanadigan modda bo‘lakchalari bolg‘achalar zarbidan korpusning devoriga borib uriladi, bunda bo‘lakchalar bir-biri bilan xam katta tezlikda urilib maydalanadi. Bunda zarrachalar ma’lum o‘lchovgacha maydalangandan so‘ng korpusning pastki qismidagi elak-panjara (reshetka) orqali o‘tadi. Rotor minutiga 500-1500 marta aylanadi. YUmshoq va qayishqoq materiallarni maydalash uchun bolg‘achalari disklarga qo‘zg‘almas qilib biriktirilgan tegirmonlar ishalatiladi. Bunday tegirmonlar krestli yoki krestsimon deyiladi.
Tez oqimda ishlaydigan maydalagichlar. Bu maydalagich kamerasidan, ikkita bir-biriga qarama-qarshi joylashgan 2 naychalardan iborat. Ularning uchida trubka, soplo, voronkasi va chiqarib beruvchi shtutserlar joylashtirilgan bo‘ladi. Maydalanadigan material voronka orqali injektorni qabul qilish idishiga tushadi, u erda soplodan chiqadigan 6-7 atm. Bosimli xavo oqimida tezlikni oshiruvchi trubkaga yuboriladi, natijada zarrachalar kerakli tezlikni oladi. Bunda zarrachalar tezlikni oshiruvchi trubkadan 800 m/sek tezlikda otilib chiqib qarama-qarshi trubkadan shu tezlikda kelayotgan zarrachalar bilan uriladi. Zarrachalar bir-biriga katta tezlikda urilganda (xavo tezligi 1 sekundda 800 m, 6-7 atm. bosimda) maydalanadi va shtutser orqali ajratgichga yuboriladi. Tez oqimda ishlaydigan tegirmonlar xom ashyoni diametri 100 mm dan 50-80 mkm gacha maydalaydi. Bu maydalik darajasi biofarmatsiya nuqtai nazaridan katta axamiyatga egadir.
Urib (zarb) - ishqalab maydalaydigan maydalagichlar. Bu prinsipda zo‘ldirli va vibro tegirmonlar ishlaydilar. Zo‘ldirli tegirmonlar asosan baraban va zo‘ldirlardan tashkil topgan. Ishqalanish natijasida va markazdan qochish kuchlar xisobiga material va zo‘ldirlar ma’lum balandlikka ko‘tariladi, keyin u erdan pastga tushadi, natijada zo‘ldirlar urishi va ularni orasidagi ishqalanish xisobiga material maydalanadi. Bunda zo‘ldirli tegirmonlar faqat ma’lum tezlikdagina unumli ishlaydi.
Solanadigan zo‘ldirlar miqdorini barabanni 40-50% xajmini tashkil qilishi lozim. Odatda diametri D=50-150 mm bo‘lgan zo‘ldirlar ishlatiladi. Zo‘ldirli tegirmonni ishlab chiqarish unumdorligi barabanni diametri kattalashish bilan oshib boradi. Odatda ularni diametri 800-2900 mm, tezligi 20-40 ob/min. bo‘ladi. Barabanni nikellangan temirdan, chinnidan yoki boshqa materiallardan tayyorlanadi. Zo‘ldirli tegirmonlarda yuqori maydalik darajasiga ega bo‘lgan tolqonlarni olish mumkin. Mayda va o‘ta mayda tolqonlar olishda ishlatiladi. Maydalanadigan moddani zarrachalari diametri 1-2 mm bo‘lsa, 1-5 mkmgacha maydalikdagi zarrachalarni olish mumkin.
Vibrotegirmonlar inersion va giratsion (ekssentrikli)larga bo‘linadi. Ishlab chiqarishda debalans vali inersion maydalagichlar keng tarqalgan. Debalansli val aylanganda tegirmonni korpusi tebranadi, bu tebranish esa baraban (korpus) ichidagi zo‘ldirlarga beriladi. Bunda maydalanish korpus ichidagi material zo‘ldirlar birbiriga urilishi va ishqalanishidan amalga oshiriladi.
Kolloidli tegirmonlar. O‘ta mayda tolqon olish uchun kolloid tegirmonlar ishlatiladi. Ularni ishlash prinsipi urib-markazdan qochish tegirmonlarga o‘xshashdir. Zarrachalar ikkita tez aylanadigan konussimon roliklar (rotor) orasidagi diametri 0,05 mm bo‘lgan tuynik orqali o‘tib, maydalanadi. Ular yuqori tomonga xalqasimon bo‘lib kengayib boradi. Rotorni tezligi 125 m/S va nam xolda maydalashda ishlatiladi.
Elaklash. Maydalangan xom ashyo elaklardan o‘tkazilib, tasniflanadi. XI Davlat farmakopeyasida keltirilgan jadvaldan shu maqsadda foydalaniladi.
Korxona sharoitida ishlatiladigan elaklar mexanik ravishda ishlaydigan bo‘lib, tebranma (soniyasiga 200 marta) va giratsion xarakatli bo‘lishi mumkin.
Elaydigan mexanizmlar. Farmatsevtika korxonalarida asosan ikki xil elaydigan mexanizmlar ishlatiladi.
1. Tekis (yassi) elakli mashinalar.
2. Do‘mbira (baraban) elakli mashinalar.
YAssi elakli mashinalarga tebranma va zirillovchi elaklar kiradi.
Tebranma elakli mashinalar. Bunda g‘ildirakchalar (rolik) ga 2-4oC qiyalikda joylashtirilgan elak tirsakli o‘q yordamida ikki yo‘naltirgich orasida ilgarilama teskari xarakat qiladi. Uni tebranish soni 50 dan 200 martagacha bo‘lib, amplitudasi 200 mm gacha bo‘ladi. Ancha mukammallashtirilgan mashinada elak qutisi (korobka) bilan oshiq-moshiqli (sharnir) ilmoqqa yoki qiyshiq shotili tirgovich (opora) ga o‘rnatilgan bo‘lib, ilgarilanma-teskari xarakat qiladi. 2-3 elak ustma-ust joylashtirilgan tebratmalar ancha qulay xisoblanadi. Masalan, maydalangan xom ashyoni nastoyka yoki ekstrakt tayyorlashdan oldin ikkita ketma-ket joylashgan elakdan o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Xom ashyo xampadan teshigi kichik bo‘lgan elakka tushib elanadi, bunda diametri 0,5 mm dan kichik bo‘lgan zarrachalar o‘tadi. CHang va mayda zarrachalardan tozalangan xom ashyo ikkinchi elakda elanganda 3 mm dan kichik bo‘lgan xamma zarrachalar o‘tadi, elakda qolganlari esa qaytadan maydalashga yuboriladi.
Zirillovchi elaklar. Zirillovchi (vibratsion) elaklar elektro magnitli, gritsion (o‘qi markaz chetida bo‘lgan) va inersion elaklarga bo‘linadi. Zirillovchi elaklarni mayda tolqonlarni elashda ishlatish maqsadga muvofiqdir, chunki zirillovchi xarakat elak teshiklariga tolqon tiqilib qolishini oldini oladi. Elektromagnitli zirillovchi elakda ilgarilanma teskari qaytariladigan xarakat elakka maxkamlanib qo‘yilgan yakorni navbatma-navbat magnitlanishi va magnitsizlanishi xisobiga amalga oshadi (rasm). Asbob elektr tarmog‘iga ulanganda elektromagnit yakorni va unga maxkamlab qo‘yilgan elakni tortadi, bu vaqtda o‘ng tomondagi ulagich uziladi va yakor magnitsizlanadi, elakni orqaga xarakati kuchli purijinalar yordamida amalga oshiriladi. Bu jarayon soniyasiga 200 marta, 3 mm amplituda bilan uzluksiz davom etaveradi.
Giratsion elaklar. Xar xil o‘lchovdagi bitta, ikkita va uchta elakdan tashkil topgan bo‘ladi. Ular elakli qutidan (1), prujinali tirgovich (2) va tayanch ramadan tashkil topgan (3). Xarakatlantiruvchi mexanizm xarakatni tasmadan oladigan ekssentrikli o‘qdan tashkil topgan. X o‘q ikkita muvozanatni ushlab turadigan toshlari bo‘lgan maxovikka mustaxkamlangan bo‘ladi. Ekssentrikli o‘q aylanganda elanadigan tolqon qarama-qarshi oqimda aylanma xarakatga kelib, uni yaxshi saralanishiga olib keladi.
Do‘mbirali elaydigan dastgoxlarlar yuzasi elakli aylanadigan do‘mbiradan tashkil topgan bo‘lib, 3-80 qiyalikda joylashtirilgandir. Elanadigan material do‘mbira ichiga solinadi va aylanganda elak teshiklaridan o‘tadi, katta bo‘laklar va tashlandiq moddalar do‘mbirani oxiriga yig‘iladi va chiqarib tashlanadi. Odatda do‘mbira g‘ilofli bo‘ladi. Do‘mbirani bitta yoki 2-3 elakli yuzasi bo‘lishi mumkin. Do‘mbira tishli yoki fraksion uzatgichlar yordamida xarakatga keltiriladi. Agar friksion uzatgich bo‘lsa do‘mbira aylanadigan g‘ildirakcha (rolik) larga o‘rnatilgan bo‘ladi. Do‘mbirali elaydigan dastgoxlar daqiqasiga 10 dan 25 martagacha aylanadi.
Elashdagi turboelektrik xodisalar. Turboelektrik xodisa deb, ishqalanish natijasida elektr zaryadlari xosil bo‘lishiga aytiladi. Bunday xodisalar ba’zan dori moddalarni elashda xam yuz berib, bunda xosil bo‘lgan zaryad qarama-qarshi qutbli bo‘lishi mumkin. Masalan, oltingugurt va qo‘rg‘oshin oksidini aloxida-aloxida zarrachalar ishqalanish xisobiga manfiy, birgalikda esa xar xil (oltingugurt manfiy, qo‘rg‘oshin oksidi musbat) zaryadlar xosil bo‘ladi. Ba’zi elektr faol moddalar zaryadi yo‘qolgandan yoki chiqib ketgandan so‘ng qattiq bo‘laklar xosil qiladi. Bunday moddalarga qo‘rg‘oshin oksidi, bug‘doy kraxmali, qand va boshqalar kiradi. Triboelektrik xodisalar elash jarayonini qiyinlashtirgani uchun uni xosil bo‘lishini oldini olish kerak. Buni eng qulay usuli elak materialini o‘zgartirish yoki tolqonlarni xar xil usullarda elashdir.
Tolqonlarni maydaligini aniqlash.
Tolqonlarni maydaligi elak teshigini o‘lchovi bilan belgilanib, maydalangan tolqon undan to‘la o‘tishi kerak. Maydaligiga qarab tolqonlar:
- yirik:
- o‘rtacha yirik:
- o‘rtacha mayda:
- mayda:
- juda mayda:
- o‘ta maydalarga bo‘linadi.
Agar tolqonning maydalik darajasi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, zarrachalarni o‘lchovi 0,150 mm dan katta bo‘lmasligi kerak. XI DF 2-juzini I jadvaliga 23 elak kiritilgan bo‘lib, 7 xil maydalik darajasiga to‘g‘ri keladi. Bu jadvalda elaklarni teshigini shakli, teshigini belgilangan (nominalnыy) o‘lchov (mm), elak materiali va NTX bo‘yicha raqami, elak tayyorlangan materialni raqami, tolqonni kattalik darajasi ko‘rsatilgan bo‘ladi. Elaklar to‘qilgan, teshilgan va panjarasimon bo‘ladilar.
To‘qilgan elaklar. Ipak, kapron iplaridan, po‘lat, latun va mis simlaridan to‘qiladi. Ipak va kaprondan to‘qilgan elaklar xilma xildagi mayda va o‘rtacha yirik tolqonlarni elashda ishlatiladi. Ular mustaxkam bo‘lib, elangan materialni bir xilligini ta’minlaydi. Simdan to‘qilgan elaklar xamma kategoriyalardagi yirik tolqonlarda ishlatiladi.
Teshib tayyorlangan elaklar ruxlangan temir bo‘laklariga dumaloq yoki to‘rtburchak qilibteshib tayyorlanadi. Yirik maydalangan materiallarni elashda ishlatiladi. Bu elaklar mustaxkam, xar xil mexanik tas’irlarga chidamli bo‘ladi.
Panjarasimon elaklar - parallel joylashgan metall tolalari majmuasidan iborat bo‘ladi. Ular o‘ta mustaxkam bo‘lib zarb bilan ishlaydigan bolg‘achali tegirmonlarga o‘rnatiladi. Elash yoki elaklab tasniflash deb, xar xil o‘lchovdagi zarrachalarni elaklar yordamida ikki va undan ko‘p qismlarga ajratishga aytiladi. Odatda maydalangan xom ashyo 1-jadvaldagi elaklardan o‘tkazilib tasniflanadi. Tasniflanadigan tolqonlar yirik, o‘rtacha yirik va o‘rtacha mayda bo‘lsa 25-100 g olib yaxshi bekiladigan qopqoqli va tubi teshikli elakka solib qo‘lda yoki mexanik usulda 10 daqiqa elanadi.
Agar tolqon mayda yoki o‘ta mayda bo‘lsa 25 g olib 20 daqiqa elanadi. Agar elash jarayonida tolqonlar elakni teshigiga taqalib qolsa, pastki tomondan tozalashga ruxsat etiladi.
Korxona sharoitida ishlab chiqariladigan kukunlar.
Sanoat miqyosida ishlab-chiqariladigan kukunlarni tayyorlashni o‘ziga xos tomonlari qo‘yidagilardan iborat: ular katta hajmda, maxsus sexlarda tayyorlanadi; tayyorlash jarayoni asosan mexanizatsiya va avtomatizatsiyalashtirilgan bo‘ladi. Har bir bosqichni nazorat bo‘limi tekshirib boriladi, maxsulot tayyor bo‘lganidan so‘ng qadoqlashdan oldin har bir turkumni sifat va miqdor ko‘rsatkichlari tekshiriladi. Talab darajasida bo‘lsa qadoqlashga ruhsat etiladi. Qadoqlab bo‘lganidan so‘ng har bir turkumdan qadoqlashgan yorliqlangan maxsulotdan olib, analitik laboratoriyaga topshiriladi. U erda bitta idishdagi maxsulotni miqdori, tashqi ko‘rinishi, chinligi, tozaligi, ta’sir etuvchi moddani miqdori tahlil etiladi. Hamma ko‘rsatkichlar bo‘yicha natijalar MTH talabiga javob bersa, nazorat bo‘limini xulosasi asosida maxsulot korxona omborxonasiga topshiriladi. Korxona sharoitida ishlab chiqariladigan kukunlarni tayyorlash quyidagi texnologik bosqichlardan iborat: tegishli asbob uskunalarni tayyorlash, boshlang‘ich maxsulotlarni maydalash, elash, aralashtirish, qadoqlash va yorliqlash. Kukun tayyorlanadigan sex xona gigiena-sanitariya talabiga javob berishi kerak, asbob uskunalar ishlashdan tozalab, dezinfeksiyalovchi moddalar qo‘shilgan. Tuzsizlantirilgan suv bilan 2-3 marta yuviladi, so‘ngra suv bug‘i yuborib, quritiladi. Kukunlarni tayyorlashni birinchi bosqichi substansiyalarni maydalashdir. Bu maqsadda asosan tegirmonlar ishlatildi. Tegirmonni tanlashda maydalanadigan moddani fizik-kimyoviy, morfologik, gistologik xossalarini hisobga olish kerak. Substansiyalarni maydalashda ulardagi qoldiq namlik katta ahamiyatga ega. Sex sharoitida ko‘pincha zo‘ldirli, dismembrator, dezintegrator, bolg‘achali tegirmonlar ishlatiladi. Maydalanadigan modda tegishli tegirmonga solinadi. Elektr tarmog‘iga ulanadi va reglamentda ko‘rsatilgan vaqt oralig‘ida maydalaniladi. Mayda langan modda barabanli, vibratsion yoki sexda mavjud bo‘lgan boshqa elaklar yordamida elanadi. Elangan kukunlar aralashtirgichlarga solib yaxshilab aralashtiriladi. Agar murakkab kukun bo‘lsa, hamma ingridientlar yana elanishi kerak va qaytadan aralashtiriladi. Korxona sharoitida kukunlar asosan uchta usulda aralashtiriladi:
1. Zettasimon ikki kurakchali aralashtirgichlar. Bular asosan ikkita yarim silindrsimon tubdan, ikkita zetta-simon aralashtirgichdan, qopqoqdan, qopqoqdagi tuyikdan tashkil topgan. Aralashtirgich kurakchalari xar hil tezlikda qarama-qarshi tomonga xarakat qiladi. Bundan maqsad kukunni hamma qatlamlari bir hil aralashishidir. Aralashtirib bo‘lgandan so‘ng aralashtirgich avtomatik usulda "ag‘dariladi" va kukun idishga tushadi. Korxonalarda bunday aralashtirgichlardan 40, 70, 100 litrlilari ko‘p ishlatiladi (rasm).
2. Laboratoriya sharoitida kukunni ko‘pincha zo‘ldirli tegirmonda aralashtiradilar. Bu maqsadda barabandagi sharlarni bir qismini olib, barabanga kukun solinadi va elektr tarmog‘iga ulab ma’lum vaqt baraban aylantiriladi. Bunda kukunlar bir tekis aralashadilar. Bu usul oddiy, lekin unumdorligi yuqori emas (rasm).
3. YOlg‘on qaynoq yuzada aralashtirish bu eng zamonaviy asbob bo‘lib, SG-30 turkumidagi asbobda amalga oshiriladi. Bu asbob tubida ikki qavatli elagi bo‘lgan va 30 kg kukunga mo‘ljallangan idishdan, yuqorisida kaprondan qilingan engdan iborat. Aralashtirish lozim bo‘lgan modda idishga solinadi, idishni gardishi (cheti) kapron eng bilan zich berkiladi, so‘ngra boshqaruv pultidan idishni tubiga xavo bosim bilan yuboriladi. Bunda idishdagi massa bosim ostida yuqoriga ko‘tarilib, muallak holga kelib , o‘zaro aralashadi, mayda zarrachalar kapron filtrda ig‘iladi, aralashtirib bo‘lgandan so‘ng, filtr avtomatik usulda tebranib, mayda kukunlar teleshkaga tushadi. So‘ngra teleshkani korpusdan chiqarib ichidagi modda boshqa sig‘imga so‘linadi. Bu usulni kamchiligi bosim me’yoridan yukori bo‘lsa, kapron yirtilib mayda fraksiya atmosferaga chiqib ketadi. SHunday qilib, tayyor kukundan nazorat bo‘limi namuno olib analitik laboratoriyaga tekshirishga yuboriladi. Agar natijada ijobiy bo‘lsa, qadoqlashka ruhsat etiladi.
Korxona sharoitida ishlab chiqariladigan sepma kukunlarini texnologiyasi boshqa kukunlardan quyidagi tomonlari bilan farq qiladi:
1. Sepma tarkibiga kiradigan ingridientlar o‘ta quruq bo‘lishi kerak.
2. Sepma tarkibidagi moddalar alohida-alohida mayda kukun holigacha maydalanib, teshigini diametri 100mk dan katta bo‘lmagan elaklar orqali elangan bo‘lishi kerak, chunki zarracha diametri qanchalik kichchik bo‘lsa, uni biosamaradorligi shunchalik yuqori bo‘ladi, teriga yaxshi yopishidi.
Sepma dorilar quruq joida saqlanishi lozim, aqs holda namni tortib olib , qattiq bo‘lakchalar hosil qiladi, ular esa terini qitiqlaydi.
Sex sharoitida sepma dorilarni ishlab chiqarishda bularni hisobga olish kerak.
Korxona sharoitida ishlab chiqariladigan kukunlar:
Sun’iy karlovar tuzi (Sal Carolinum factitium).- 10 qism suvda eriydigan oq kukun. Tarkibi:
Natriy sulfat kurutilgani - 44,0
Natriy gidrokarbonat - 36,0
Natriy xlorid - 18,0
Kaliy sulfat - 2,0
Har bir modda tegishli tegirmonda o‘rtacha maydalik darajasigacha maydalaniladi, elanadi. So‘ngra yuqoridagi nisbatda aralashtirib, teshigini diametri 0,2 mm li elak orqali o‘tkazib, yana aralashtiriladi. So‘ngar preparat bitta ta’sir qiluvchi moddasi bo‘yicha baholaniladi. Masalan, natriy gidrokarbonat 15-16% bo‘lishi kerak. Tayyor mahsulot shishia idishiga yoki polietilen qopchilariga 125 g dan qadoqlanadi. Preparat quruq joyda saqlanadi. Surgi va o‘t haydovchi sifati ishlatiladi.
Galmanin (Galmaninum). Oq yoki och pushti rangli yog‘simon kukun.
Tarkibi: Salitsil kislota - 2,0
Rux oksidi - 10,0
Talk - 44,0
Kraxmal - 44,0
Bu sepma dori bo‘lganligi sababli xar bir modda alohida-alohida upa holigacha maydalanadi, 90 mkm li elak orqali o‘tkaziladi, yana aralashtiriladi. Laboratoriyada analizidan o‘tganidan so‘ng nazorat bo‘limini ruhsati bilan 50,0 g karton karobkalarga qadoqlanadi. Quruq joyda saqlanadi. Oyoq terlaganida qurutuvchi va antiseptik vosita sifatida ishlatiladi.
Quyidagi keys – kukunlar tarkibini to‘g‘ri tanlash, texnologik jarayonlar ketma-ketligini asoslash va mo‘‘tadillashtirish. Kukunlarni ishlab chiqarishning umumiy va xususiy texnologiyalarini bilish. Ularni tayyorlashda ishlatiladigan asbob-uskunalar va apparatlar (tegirmonlar, elaklar va aralashtirgichlar)ni to‘g‘ri tanlash. Kukun tayyorlash jarayonida kelib chiqadigan turli muammo va vaziyatlarni xal qilishda kerakli ko‘nikmalarga ega bo‘ladi.
Ushbu keysni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun kukunlarni tayyorlash texnologiyasi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish zarur.
Tavsiya etilgan keysni echish quyidagi natijalarga erishishga imkon yaratadi:
o‘zlashtirilgan mavzu bo‘yicha bilimlarni mustahkamlash;
muammoning hamda qabul qilingan echimning individual va guruhiy tahlilida bilim va ko‘nikmalarni qayta topshirish;
mustaqil ravishda qaror qabul qilish ko‘nikmalarini egallash;
o‘quv axborotlarini o‘zlashtirish darajasini tekshirib ko‘rish.
KUKUNLARNI TAYYORLASH JARAYONIDA KELIB CHIQADIGAN MUAMMOLARNI BARTARAF ETISH
(VAZIYAT)
“Farmtex” MCHJ farmatsevtik ishlab-chiqarish korxonasida Galmanin kukuni 50g dan qalin qog’oz qutichalarda ishlab chiqarmoqda. Quyida ushbu kukunning tarkibi, texnologiyasi va ishlatilgan asbob-uskunalar keltirilgan.
Galmanin kukuni.
Pul. Galmaninum.
Tarkibi.
Salitsil kislotasi - 2 g.
Rux oksidi - 10 g.
Talk - 44 g.
Kraxmal - 44 g.
Ishlatilgan asbob uskunalar va yordamchi materiallar.
Elektron tarozi, zanglamaydigan po‘latdan tayyorlangan idishlar, pergament qog‘ozi
Teshigining diametri 350 mkm bo’lgan elaklar.
Qopqog’i zich berkiladigan shisha idish, polietilen xaltacha.
Salitsil kislota.
Rux oksidi, talk, kraxmal.
Baraban diametri 1000 mm bo‘lgan Zo‘ldirli tegirmon, zo‘ldirlarining diametri 60 mm.
Zetasimon aralashtirgich
Ishni bajarish tartibi:
Salitsil kislotasi, rux oksidi, talk, kraxmal eletron tarozida tortib olindi, xammasi birga zo‘ldirli tegirmonda 48 soat maydalandi. Taxminan 40 soniyadan so’ng, asbob qopqog’i ochilib, maydalangan kukun pergament qog’ozga solindi, xar bir zoldirga yopishgan kukunlarni qirib, slyuda bilan tozalab olindi. So‘ng kukun teshigining diametri 350 mkm li elak orqali o’tkazilib, zetasimon aralashtirgichda 20 daqiqa davomida aralashtirildi. Tayyor kukunda metall qipiqlari borligi va salitsil kislotasining zarrachalari yaxshi maydalanmaganligi SNB xodimlari tomonidan aniqlandi. Kukun qadoqlanmadi.
Ushbu muammoni qanday xal qilish mumkin?
AMALIY VAZIYATNI BOSQICHMA – BOSQICH TAHLIL QILISH VA HAL ETISH BO‘YICHA TALABALARGA USLUBIY KO‘RSATMALAR
Talabalarga yo‘riqnoma
Ish bosqichlari
|
Maslahatlar va tavsiyanomalar.
|
1. Keys va uning axborot ta’minoti bilan tanishish
|
Avvalo keys bilan tanishing. “Kukunlar va uni tayyorlash texnologiyasi” haqida tushuncha hosil qilish uchun bor bo‘lgan butun axborotni diqqat bilan o‘qib chiqish lozim. O‘qish paytida vaziyatni tahlil qilishga shoshilmang
|
2. Berilgan vaziyat bilan tanishish
|
Ma’lumotlarni yana bir marotaba diqqat bilan o‘qib chiqing. Siz uchun muhim bo‘lgan satrlarni belgilang. Bir abzatsdan ikkinchi abzatsga o‘tishdan oldin, uni ikki uch marotaba o‘qib mazmuniga kirib boramiz. Keysdagi muhim fikrlarni qalam yordamida ostini chizib qo‘ying. Vaziyat tavsifida berilgan asosiy tushuncha va iboralarga diqqatingizni jalb qiling. Ushbu vaziyatni xal qilish uchun kukun va uni tayyorlash usullari, ishlatiladigan asbob-uskunalar, yordamchi moddalar, turli omillarning kukun sifatiga ta’sirini o‘rganish lozim.
|
3. Muammoli vaziyatni tahlil qilish
|
Asosiy muammo va kichik muammolarga diqqatingizni jalb qiling.
Asosiy muammo: Sifatli kukun dori shaklini ishlab chiqish
Quyidagi savollarga javob berishga harakat qiling.
Kukun nima?
Kukun tayyorlashda qo‘llaniladigan yordamchi moddalar?
Kukunlarning afzallik va kamchiliklari.
Kukunlarni korxona sharoitida tayyorlash texnologiyasi.
Kukunlarni tayyorlashda ishlatiladigan tegirmonlar, elaklar, aralashtirgichlar.
Kukunlarni sifatini baholash usullari va DFsining talablari.
Asosiy muammo nimaga qaratilganini aniqlang. Muammoning asosiy mazmunini ajratib oling. Muammoli vaziyatni tahlil qilish – ob’ektning holatini aniqlang, asosiy qirralariga e’tibor qarating, muammoli vaziyatning hamma tomonlarini tahlil qiling.
|
4. Muammoli vaziyatni echish usul va vositalarini tanlash hamda asoslash
|
Ushbu vaziyatdan chiqib ketish harakatlarni izlab topish maqsadida quyida taqdim etilgan “Muammoli vaziyat” jadvalini to‘ldirishga kirishing. Muammoni echish uchun barcha vaziyatlarni ko‘rib chiqing, muqobil vaziyatni yarating. Muammoning echimini aniq variantlardan tanlab oling, muammoning aniq echimini toping. Jadvalni to‘ldiring. Keys bilan ishlash natijalarini yozma shaklda ilova eting
|
“Muammoli vaziyat” jadvalini to‘ldiring
Vaziyatdagi muammolar
turi
|
Muammoli vaziyatning kelib chiqish sabablari
|
Vaziyatdan chiqib
ketish harakatlari
|
|
|
|
Keys bilan ishlash jarayonini baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari
(mustaqil auditoriyada va auditoriyadan tashqari bajarilgan ish uchun)
Auditoriyadan tashqari bajarilgan ish uchun baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari
Talabalar
ro‘yxati
|
Asosiy muammo ajratib olinib, tadqiqot ob’ekti aniqlangan mak. 1 b
|
Muammoli vaziyatning kelib chiqish sabablari aniq ko‘rsatilgan mak. 2 b
|
Vaziyatdan chiqib ketish harakatlari aniq ko‘rsatilgan
mak. 2 b
|
Jami
mak.5 b
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Auditoriyada bajarilgan ish uchun baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari
Guruhlar
ro‘yxati
|
Guruh faol
mak. 1 b
|
Ma’lumotlar ko‘rgazmali taqdim etildi mak. 2 b
|
Javoblar to‘liq va aniq berildi mak. 2 b
|
Jami
mak. 5 b
|
1
|
|
|
|
|
2
|
|
|
|
|
3
|
|
|
|
|
5 ball – a’lo, 4 ball – yaxshi, 3 ball – qoniqarli
_____________________________________________________________________________
TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI
“Tayyor dori turlari texnologiyasi” fanidan
keys – ctadi ASOSIDA O‘QITISH TEXNOLOGIYASI
O‘quv loyihasi:
“Tabletkalar va ularni tayyorlash texnologiyasi. Tabletka mashinalari”
PEDAGOGIK ANNOTATSIYA
Fanning nomi: “Tayyor dori turlari texnologiyasi”.
Mavzuning nomi: “Tabletkalar va ularni tayyorlash texnologiyasi. Tabletka mashinalari”.
Ishtirokchilar: bakalavriat bosqichi “Farmatsiya va kasbiy ta’lim” yo‘nalishi, 4-kurs talabalari.
O‘qitishning maqsadi: o‘quv kursi bo‘yicha egallangan bilimlarni chuqurlashtirish maqsadida tabletkalar va ularni tayyorlash texnologiyasi bo‘yicha malaka ko‘nikmalarni shakllantirish.
Rejalashtirilayotgan o‘quv natijalari: Tabletkalar tarkibini to‘g‘ri tanlash, texnologik jarayonlar ketma-ketligini asoslash va mo‘‘tadillashtirish. Tabletka tayyorlash jarayonida kelib chiqadigan turli muammo-vaziyatlarni xal qilishda kerakli ko‘nikmalarga ega bo‘ladi.
Loyihalashtirish faoliyati bo‘yicha quyidagi amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladi: muammoni shakllantirish va vazifalarni aniqlash; vazifalarni amalga oshirishdagi usullarni tanlash va ulardan foydalanish; o‘z faoliyatini rejalashtirish; ma’lumot manbalarini aniqlash, tizimga keltirish va tahlil etish; natijalarni talab darajasida rasmiylashtirish va kerakli ko‘rinishda taqdim etish.
Ushbu keysni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun oldindan talabalar quyidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lmoqlari zarur:
Talaba bilishi kerak: matematik va tabiiy-ilmiy fanlar (oliy matematika, informatika va informatsiyaon texnologiyalar, fizika, anorganik kimyo, organik kimyo, fiziologiya anatomiya asoslari bilan, botanika, ekologiya), umumkasbiy fanlar (analitik kimyo, fizik va kolloid kimyo, biologik kimyo, toksikologik kimyo, patologiya, klinik farmatsiya farmakokinetika asoslari bilan, farmakologiya, mikrobiologiya, gigiena, birinchi tibbiy yordam, lotin tili, farmatsevtika ishini tashkil qilish, farmakognoziya, farmatsevtik texnologiya, tibbiyot va farmatsevtika tovarshunosligi, farmatsevtika iqtisodiyoti, farmatsevtik kimyo, biotexnologiya) dan etarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlik talab etiladi.
Talaba amalga oshirishi kerak:- mavzuni mustaqil o‘rganadi; muammoning mohiyatini aniqlashtiradi; ma’lumotlarni ko‘rib chiqib, mustaqil o‘rganadi; o‘z nuqtai nazariga ega bo‘lib, mantiqiy xulosa chiqaradi; o‘quv ma’lumotlar bilan mustaqil ishlaydi; ma’lumotlarni taqqoslaydi, tahlil qiladi va umumlashtiradi;
Talaba ega bo‘lmog‘i kerak:kommunikativ ko‘nikmalarga; taqdimot ko‘nikmalariga; hamkorlikdagi ishlar ko‘nikmalariga; muammoli holatlar tahlil qilish ko‘nikmalariga.
Manbalardan foydalanish uchun tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati:
Xaydarov V.R., Usubbaev M.U., Jalilov X.K., Yunusova X.M. “Tayyor dori turlari texnologiyasi” fanidan laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarish bo‘yicha o‘quv-uslubiy qo‘llanma. Toshkent. 2011. 132 bet.
Maxkamov S.M., Maxmudjonova K.S. Tayyor dori turlari texnologiyasi. Toshkent. 2010. B. 367. (darslik).
Maxkamov S.M., Maxmudjonova K.S. Tayyor dori turlari texnologiyasi. Toshkent. 2007. B. 213. (amaliy mashg‘ulotlar uchun qo‘llanma)
Mirolimov M.M. Farmatsevtik texnologiya asoslari. Toshkent 2007. B. 343.
Mirolimov M.M. Dori texnologiyasi. Toshkent 2009. 1 tom. B. 236.
Mirolimov M.M. Dori texnologiyasi. Toshkent 2009. 3 tom. B. 252.
Maxkamov S.M. Osnovi tabletochnogo proizvodstva. Tashkent. 2004. S.146.
Turlanish belgilari bo‘yicha loyihaga tavsif: turi amaliy; predmet va mazmun jihatdan ko‘lami ko‘p fan bo‘yicha foydalaniluvchi poliloyiha; talabalar o‘quv loyiha faoliyatlarini muvofiqlashtirish xarakteri bevosita; ishtirokchilar soni guruh talabalari 2 ta ishchi guruhga bo‘linib, har bir ishchi guruhda 5 tadan 8 tagacha ishtirokchi bo‘lishi mumkin (talabalar ko‘proq bo‘lsa, loyiha yo‘nalishlarini ko‘paytirish mumkin); bajarish muddati o‘rta muddatli –7 kun;
Loyihani bajarish tartibi: talabalarning auditoriyadan tashqari mustaqil faoliyatlarida bajariladi, amaliy mashg‘ulotda taqdim etib boriladi. Loyiha mahsuli semestr oxirida, talabalar va pedagog o‘rtasida belgilangan kunda amalga oshiriladi.
Loyihaning baholanishi – ishchi guruhlar tomonidan bajarilgan loyiha quyidagicha baholanadi (guruhning har bir a’zosi uchun): Ma’lumotnoma (eng yuqori 10 ball); hisobot (maks. Ball – 8 ); loyiha taqdimoti (eng yuqori 5 ball); og‘zaki taqdimot (eng yuqori 2 ball).
Tayyorlov bosqichi: loyiha bilan tanishish; auditoriyadagi mashg‘ulot vaqtida talabalar faoliyatini tashkil etish.
Loyihani bajarish bosqichlari: auditoriyadan tashqari faoliyat davrida.
YAkuniy bosqich: loyiha taqdimoti, loyiha va auditoriya mashg‘ulotida talabalarning loyihalashtirish faoliyatini baholash.
Loyiha asosida o‘qitishni boshqarish: auditoriyadan tashqari faoliyatda.
Texnologik xususiyatlardan kelib chiqqan holda keysning tavsifnomasi: lavhali bo‘lib, hayotiy vaziyatlar asosida bayon etilgan. Keysning asosiy ob’ekti shaxsga yo‘naltirilgandir. Bu tashkiliy institutsional keys bo‘lib, ma’lumotlar vaziyatlar va savollar asosida tuzilgan. Hajmi o‘rtacha, tizimlashtirilgan bo‘lib, treningga mo‘ljallangan o‘quv mavzu bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar hosil qilishga qaratilgan. Didaktik maqsadlarga ko‘ra keys muammolarni taqdim qilishga, ularni hal etishga, tahlil qilish va baholashga qaratilgan.
Ushbu keysdan “Tayyor dori turlari texnologiyasi”, “Tayyor dori vositalari sifatini baholash, qadoqlash va o‘rash” fanlarida foydalanish mumkin.
KEYS: “Tabletkalar va ularni tayyorlash texnologiyasi. Tabletka mashinalari”
Kirish. Tabletka so‘zi lotincha - "tabula" "taxta", "tabella" "taxtacha" so‘zidan olingan bo‘lib, dorining taxtakachlangan turidir. X1X asrining birinchi yarmidan boshlab oziq-ovqat sonoatida choyni saqlash, tashish va ishlatish qulay bo‘lgan taxtakach shakli ishlab chiqarila boshlandi. Bu afzalliklardan dorixona sharoitida katta xajmni egallaydigan dori turlari uchun xam foydalanish mumlkinligi aniqlandi. G.Y. Koganning ma’lumotiga qaraganda, dorilarning tabletka xolida ishlatilishi 1844 yilda Brokedon tomonidan taklif qilingan. L.F.Ilin keltirgan ma’lumotlarga qaraganda, tabletka dori turini birinchi marta Germaniyada 1874 yilda Rozental taklif qilgan. Aslida Rozental 1882 yilda e’lon qilgan maqolasida tabletka xolida dorilarni berishning sababi va axamiyatini izoxlagan. Jumladan Rozental ta’biricha, dorivor o‘simliklarni tabletka xolida chiqarilishi ularning xajmini kamaytiradi, turg‘unligini oshiradi, ishlatilishini osonlashtiriladi.
Shu davrlarda dorixonalarda tabletkalar xususiy retseptlarga binoan eng sodda taxtakachlash asboblari yordamida tayyorlanar edi. Shunga qaramasdan bu yangi dori turiga qiziqish va talab kundan kunga oshib bordi. Bu esa o‘z navbatida tabletka tayyorlash jarayonning asta-sekin takomillashuviga, uning sifatini yaxshilash uchun kerakli choralarni ko‘rishiga xamda dastgoxlarning mexanik usulida ishlashini ta’minlaydigan tadbirlar qo‘llanishiga olib keldi. Germaniya va Shveysariyada XIX asrning oxirlariga kelib qo‘l kuchisiz ishladigan dastgoxlar taklif qilindi.
Tabletkalar dozalalarga bo‘lingan dori moddalar yoki ular bilan yordamchi moddalar aralshmasining taxtakachlangan qattiq dori turi bo‘lib ichish, surtish, til ostiga, teri ostiga va in’eksiya uchun ishlatishga mo‘ljallangan bo‘ladi. Bu dori turi tayyor dori vositalari ichida bir qancha afzalliklarga ega bo‘lganligi tufayli 80%dan ortiqrog‘ini tashkil qiladi. Yiliga sanoatimiz ishlab chiqarayotgan tabletkalar miqdori taxminan 500 nomda bo‘lib 5 milliard shartli qadoqni tashkil etadi.
Mashinaning tuzilishi. Tabletka tayyorlaydigan mashinalar quyidagi asosiy qismlardan iborat:
1. Harakatlantiruvchi.
2. Uzatuvchi.
3. Ish bajaruvchi.
Zarb bilan ishlaydigan mashinaning ish bajaruvchi sozlamasi qolip, ostki va ustki puansonlar va xampadan iborat.
Qolip. U maxsus po’latdan tayyorlangan silindrsimon shaklli bo’lib, unda bitta yoki bir nechta o’ta silliqlangan teshikchalar bo’ladi. Qolip presslanishi lozim bo’lgan moddalarni o’lchashga va shakl berishga mo’ljallangan. Qolip tabletka tayyorlaydigan mashinaning stoliga maxsus o’rama mixlar yordamida mahkamlab qo’yiladi. Bunda qolip yuzasi stol yuzasiga mos bo’lishi va hampa harakatiga halaqit bermasligi kerak.
Quyi puanson. U bir yoki bir nechta silindr shaklidagi o’ta silliqlangan yassi yoki botiq yuzaga ega bo’lib, qolipning tubini tashkil qiladi. Ish jarayonida pastki puanson qolip ichida yuqoriga va pastga harakat qiladi. Qolip hajmi puansonning tushish darajasini moslash bilan belgilanadi. Puanson qolip ichidagi teshikcha bo’yicha stol yuzasigacha ko’tarilib, presslangan tabletkani itarib chiqaradi. So’ng boshmoq yoki sirpang’ich tabletkani turtib tushiradi va qolipni presslaydigan massa bilan to’ldiradi.
Yuqori puanson. U bir yoki bir nechta silindr shaklidagi o’ta silliqlangan yassi yoki botiq yuzaga ega bo’lib, mashinaning ekstsentrik moslamasiga ulangan bo’ladi. Yuqori puanson ish jarayonida yuqoriga va pastga harakat qiladi. Pastga harakat qilish vaqtida qolip ichiga kirib, massani presslaydi.
Tabletka tayyorlaydigan mashinaning bosim kuchi, yuqori puansonni pastga qanchalik chuqur tushish darajasi bilan belgilanadi. Bu kuch ekstsentrik markaz yordamida amalga oshiriladi. Qolip va puansonlar XVG (DST 5950-73) va X 12 M (DST 5950-3) navli po’lat va boshqa qattiq qotishmalardan tayyorlanadi. Puanson yuza qismining qattiqligi NKS 54-58, qolipniki esa NRS 58-62 bo’lishi kerak.
Xampa. U tabletka tayyorlash uchun mo’ljallangan massa joylashtiriladigan idish. Mashinalarda hampa mashina tanasiga o’rnatilgan bo’lib, u 2 qismdan iborat bo’ladi: harakatsiz (massa saqlovchi) va xarakatli (massani qolipga uzatuvchi) qism.
Qolip hajmini belgilash. Kerakli miqdorda tortib olingan massa qolip teshigiga solinadi. Bunda puanson qolip tubini tashkil qilib, u eng pastki nuqtada joylashgan bo’ladi. So’ng massa qolipning yuzasi bilan teng bo’lguncha quyi puanson ko’tariladi va shu nuqtada mahkamlab qo’yiladi.
Yuqori puansonni moslashtirish. Qolip hajmini moslashtirib bo’lgach, yuqori puanson asta-sekinlik bilan qolip ichidagi quyi puanson ustiga tushiriladi, natijada massa presslanadi. Presslangan tabletka quyi puanson yordamida itarib chiqariladi va tabletka tashqi ko’rinishi, hamda sinishga bo’lgan qattiqligi bo’yicha baholanadi.
Agar tabletka tez uqalanuvchan bo’lib, etarli qattiqlikka ega bo’lmasa, bosimni oshirish maqsadida yuqori puanson yanada pastroqqa tushiriladi. Agar tabletka qattiqligi ortib ketib, uning suvda parchalanishi qiyin bo’lsa, bu bosim kuchini ortib ketganidan dalolat beradi. Bu holda yuqori puanson bir oz yuqoriga ko’tariladi. Shu tarzda olingan tabletka DF talabiga javob beradigan bo’lguncha yuqori puanson moslanadi va shu xolda mahkamlanadi.
Quyidagi keys – Tabletkalar tarkibini to‘g‘ri tanlash, texnologik jarayonlar ketma-ketligini asoslash va mo‘‘tadillashtirish. Tabletka tayyorlash jarayonida kelib chiqadigan turli muammo va vaziyatlarni xal qilishda kerakli ko‘nikmalarga ega bo‘ladi.
Ushbu keysni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun tabletkalarni tayyorlash texnologiyasi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish zarur.
Tavsiya etilgan keysni echish quyidagi natijalarga erishishga imkon yaratadi:
o‘zlashtirilgan mavzu bo‘yicha bilimlarni mustahkamlash;
muammoning hamda qabul qilingan echimning individual va guruhiy tahlilida bilim va ko‘nikmalarni qayta topshirish;
mustaqil ravishda qaror qabul qilish ko‘nikmalarini egallash;
o‘quv axborotlarini o‘zlashtirish darajasini tekshirib ko‘rish.
Tabletka tayyorlash jarayonida kelib chiqadigan muammolarni bartaraf etish (vaziyat)
“Farmtex” MCHJ farmatsevtik ishlab-chiqarish korxonasi tabletka va kapsula dori shaklini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan. Hozirgi zamon talabiga javob beradigan, yuqori unum bilan ishlaydigan tabletka mashinalarini bir me’yorda ishlashini ta’minlash va sifatli tabletka olishning asosiy omillaridan biri, ishlatiladigan yordamchi moddalar turi va miqdorini ilmiy jihatdan asoslagan xolda tanlashdir. Bunda yordamchi moddalarning faolligi biofaol moddalarga, foydalanayotgan asbob-uskunalarga nisbatan befarqligiga, texnologik jarayondagi maydalash, elash, aralashtirish, namlash, quritish, granulalash va boshqa jarayonlarga bog‘liqdir. Tegishli me’yoriy hujjatlar talabiga javob beradigan sifatli tabletka olishning shartlaridan biri presslanadigan moddaning og‘irligi kamida 0,050 g, yaxshi sochiluvchan, tabletka mashinasining imkoniyati darajasidagi bosimda presslanadigan va osonlik bilan qolipdan chiqadigan bo‘lishi lozim. Bu korxonaning tabletka sexida zarb bilan ishlaydigan tabletka mashinalari mavjud. Bu mashinalarning tuzilishi sodda bo‘lib, ish bajaruvchi sozlamasi qolip, ostki va ustki puansonlar va hampadan iborat. Hampaning ish jarayoniga qarab, bu turdagi mashinalar boshmoqli va sirpang‘ichli bo‘lishi mumkin. Hampa (bunker) - tabletka tayyorlash uchun mo‘ljallangan massa joylashtirilgan moslama. Zarb bilan tabletka tayyorlaydigan mashinalarda hampa mashina tanasiga o‘rnatilgan bo‘lib, ikki qismdan iborat: harakatsiz qismi (massa saqlovchi) va haraktli (massani qolipga uzatuvchi) qismi - boshmoq; sirpanchiqli tabletka mashinalarida esa hampa stol bo‘yicha sirpanib oldinga va orqaga harakat qiladi. Ish jarayonida hampa ichidagi massa qavatlanib qolmasligi uchun, uning ichiga aralashtirgich joylashtirilgan bo‘lishi mumkin. Tabletka mashinasining barcha qismlari, moslashtirilgan ishlash tezligiga binoan, hampa qolip teshikchasi ustiga kelib, uni massa bilan to‘ldiradi va orqaga qaytadi. So‘ng tabletkani presslash va presslangan tabletkani itarib chiqarish jarayoni ro‘y beradi. Hampa navbatdagi qolipni to‘ldirish jarayonida oldin tabletkani turtib yig‘gichga tushiradi. Bu jarayon daqiqasiga 80 martadan oshmaydi. Bu turdagi tabletka mashinalari sodda tuzilgan bo‘lganligi uchun, ularda oz miqdordagi tabletkalarni ishlab chiqarish va laboratoriya sharoitida (ilmiy tekshirish institutlarida) ishlatish maqsadga muvofiqdir.
“Farmtex” MCHJ farmatsevtik ishlab-chiqarish korxonasida 0,3 g li streptotsid tabletkasi ishlab chiqarilmoqda. Quyida ushbu tabletkaning tarkibi, texnologiyasi va ishlatilgan asbob-uskunalar keltirilgan.
Streptotsidning 0,3 g li tabletkalari (Tabulettae Streptocidi 0,3 g)
Tarkibi:
Streptotsid - 0,3000 g.
Kraxmal - 0,0267 g.
Kaltsiy stearat - 0,0033 g.
O’rtacha massasi - 0,3300 g.
Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar:
Zarb bilan ishlaydigan tabletka mashinasi.
Quritish javoni.
9 mm li qolip va puansonlar.
Teshigining diametri 100, 200 va 1000 mkm li elaklar.
Xovoncha, chinni kosacha, slyuda, pergament qog’oz.
Kaltsiy stearat.
Tarozi va toshlar.
Streptotsid substantsiyasi.
Kartoshka kraxmali.
Shisha tayoqcha.
100 ml li tagi yassi kolba.
Tozalangan suv.
Elektr plitasi.
Tabletkani qadoqlaydigan idish.
Tibbiyot paxtasi va doka.
“Farmtex” MCHJ farmatsevtik ishlab-chiqarish korxonasining texnologi M.K.Mirzaev boshchiligida №070416 seriyadagi streptotsid tabletkasi ishlab chiqildi. Oldindan maydalangan va teshigining diametri 200 mkm li elakdan o’tkazilgan streptotsid ikki kurakchali zettasimon aralashtirgichda, 17% li kraxmal shilimshig’i bilan yaxshilab namlandi. Massa pergament qog’oziga bir tekisda yoyilib, 40-50°C haroratda quritgich jovonida quritildi. So’ngra diametri 1000 mkm li elak yordamida donadorlanadi va oldindan teshigining diametri 100 mkm li elak orqali elangan kraxmal hamda kaltsiy stearat aralashmasi bilan upalandi. Tayyor massa zarb bilan ishlaydigan tabletka mashinasida diametri 9 mm, og’irligi 0,33 g dan qilib presslandi.
Ammo presslash jarayoni bir me’yorda kechmadi, massa qoliplarga yopishib, tabletka sathi va chetlari silliq chiqmadi. Ushbu muammoni qanday xal qilish mumkin?
AMALIY VAZIYATNI BOSQICHMA – BOSQICH TAHLIL QILISH VA HAL ETISH BO‘YICHA TALABALARGA USLUBIY KO‘RSATMALAR
Talabalarga yo‘riqnoma
Ish bosqichlari
|
Maslahatlar va tavsiyanomalar.
|
1. Keys va uning axborot ta’minoti bilan tanishish
|
Avvalo keys bilan tanishing. “Tabletka va uni tayyorlash texnologiyasi” haqida tushuncha hosil qilish uchun bor bo‘lgan butun axborotni diqqat bilan o‘qib chiqish lozim. O‘qish paytida vaziyatni tahlil qilishga shoshilmang
|
2. Berilgan vaziyat bilan tanishish
|
Ma’lumotlarni yana bir marotaba diqqat bilan o‘qib chiqing. Siz uchun muhim bo‘lgan satrlarni belgilang. Bir abzatsdan ikkinchi abzatsga o‘tishdan oldin, uni ikki uch marotaba o‘qib mazmuniga kirib boramiz. Keysdagi muhim fikrlarni qalam yordamida ostini chizib qo‘ying. Vaziyat tavsifida berilgan asosiy tushuncha va iboralarga diqqatingizni jalb qiling. Ushbu vaziyatni xal qilish uchun tabletka va uni tayyorlash usullari, ishlatiladigan asbob-uskunalar, yordamchi moddalar, turli omillarning tabletka sifatiga ta’sirini o‘rganish lozim.
|
3. Muammoli vaziyatni tahlil qilish
|
Asosiy muammo va kichik muammolarga diqqatingizni jalb qiling.
Asosiy muammo: Sifatli tabletka dori shaklini ishlab chiqish
Quyidagi savollarga javob berishga harakat qiling.
Tabletka nima?
Tabletka tayyorlashda qo‘llaniladigan yordamchi moddalar?
Tabletka olish usullari, afzallik va kamchiliklari.
Qoldiq namlik, uni aniqlash usullari va me’yorlari.
Massaning namligini kamaytirish usullari va mo‘‘tadil namlikni tanlab olish.
Tabletkalarni sifatini baholash usullari va DFsining talablari.
Asosiy muammo nimaga qaratilganini aniqlang. Muammoning asosiy mazmunini ajratib oling. Muammoli vaziyatni tahlil qilish – ob’ektning holatini aniqlang, asosiy qirralariga e’tibor qarating, muammoli vaziyatning hamma tomonlarini tahlil qiling.
|
4. Muammoli vaziyatni echish usul va vositalarini tanlash hamda asoslash
|
Ushbu vaziyatdan chiqib ketish harakatlarni izlab topish maqsadida quyida taqdim etilgan “Muammoli vaziyat” jadvalini to‘ldirishga kirishing. Muammoni echish uchun barcha vaziyatlarni ko‘rib chiqing, muqobil vaziyatni yarating. Muammoning echimini aniq variantlardan tanlab oling, muammoning aniq echimini toping. Jadvalni to‘ldiring. Keys bilan ishlash natijalarini yozma shaklda ilova eting
|
“Muammoli vaziyat” jadvalini to‘ldiring
Vaziyatdagi muammolar
turi
|
Muammoli vaziyatning kelib chiqish sabablari
|
Vaziyatdan chiqib
ketish harakatlari
|
|
|
|
Keys bilan ishlash jarayonini baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari
(mustaqil auditoriyada va auditoriyadan tashqari bajarilgan ish uchun)
Auditoriyadan tashqari bajarilgan ish uchun baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari
Talabalar
ro‘yxati
|
Asosiy muammo ajratib olinib, tadqiqot ob’ekti aniqlangan mak. 1 b
|
Muammoli vaziyatning kelib chiqish sabablari aniq ko‘rsatilgan mak. 2 b
|
Vaziyatdan chiqib ketish harakatlari aniq ko‘rsatilgan
mak. 2 b
|
Jami
mak.5 b
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Auditoriyada bajarilgan ish uchun baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari
Guruhlar
ro‘yxati
|
Guruh faol
mak. 1 b
|
Ma’lumotlar ko‘rgazmali taqdim etildi mak. 2 b
|
Javoblar to‘liq va aniq berildi mak.
2 b
|
Jami
mak. 5 b
|
1
|
|
|
|
|
2
|
|
|
|
|
3
|
|
|
|
|
5 ball – a’lo, 4 ball – yaxshi, 3 ball – qoniqarli
TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI
“Tayyor dori turlari texnologiyasi” fanidan
keys – ctadi ASOSIDA O‘QITISH TEXNOLOGIYASI
O‘quv loyihasi:
“Kapsulalar. Qattiq va yumshoq kapsulalar texnologiyasi”
PEDAGOGIK ANNOTATSIYA
Fanning nomi: “Tayyor dori turlari texnologiyasi”.
Mavzuning nomi: “Kapsulalar. Qattiq va yumshoq kapsulalar texnologiyasi”.
Ishtirokchilar: bakalavriat bosqichi “Farmatsiya va kasbiy ta’lim” yo‘nalishi, 4-kurs talabalari.
O‘qitishning maqsadi: o‘quv kursi bo‘yicha egallangan bilimlarni chuqurlashtirish maqsadida kapsulalar va ularni tayyorlash texnologiyasi bo‘yicha malaka ko‘nikmalarni shakllantirish.
Rejalashtirilayotgan o‘quv natijalari: Kapsulalar tarkibini to‘g‘ri tanlash, texnologik jarayonlar ketma-ketligini asoslash va mo‘‘tadillashtirish. Kapsula tayyorlash jarayonida kelib chiqadigan turli muammo-vaziyatlarni xal qilishda kerakli ko‘nikmalarga ega bo‘ladi.
Loyihalashtirish faoliyati bo‘yicha quyidagi amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladi: muammoni shakllantirish va vazifalarni aniqlash; vazifalarni amalga oshirishdagi usullarni tanlash va ulardan foydalanish; o‘z faoliyatini rejalashtirish; ma’lumot manbalarini aniqlash, tizimga keltirish va tahlil etish; natijalarni talab darajasida rasmiylashtirish va kerakli ko‘rinishda taqdim etish.
Ushbu keysni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun oldindan talabalar quyidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lmoqlari zarur:
Talaba bilishi kerak: matematik va tabiiy-ilmiy fanlar (oliy matematika, informatika va informatsiyaon texnologiyalar, fizika, anorganik kimyo, organik kimyo, fiziologiya anatomiya asoslari bilan, botanika, ekologiya), umumkasbiy fanlar (analitik kimyo, fizik va kolloid kimyo, biologik kimyo, toksikologik kimyo, patologiya, klinik farmatsiya farmakokinetika asoslari bilan, farmakologiya, mikrobiologiya, gigiena, birinchi tibbiy yordam, lotin tili, farmatsevtika ishini tashkil qilish, farmakognoziya, farmatsevtik texnologiya, tibbiyot va farmatsevtika tovarshunosligi, farmatsevtika iqtisodiyoti, farmatsevtik kimyo, biotexnologiya) dan etarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlik talab etiladi.
Talaba amalga oshirishi kerak:- mavzuni mustaqil o‘rganadi; muammoning mohiyatini aniqlashtiradi; ma’lumotlarni ko‘rib chiqib, mustaqil o‘rganadi; o‘z nuqtai nazariga ega bo‘lib, mantiqiy xulosa chiqaradi; o‘quv ma’lumotlar bilan mustaqil ishlaydi; ma’lumotlarni taqqoslaydi, tahlil qiladi va umumlashtiradi;
Talaba ega bo‘lmog‘i kerak:kommunikativ ko‘nikmalarga; taqdimot ko‘nikmalariga; hamkorlikdagi ishlar ko‘nikmalariga; muammoli holatlar tahlil qilish ko‘nikmalariga.
Manbalardan foydalanish uchun tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati:
Xaydarov V.R., Usubbaev M.U., Jalilov X.K., Yunusova X.M. “Tayyor dori turlari texnologiyasi” fanidan laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarish bo‘yicha o‘quv-uslubiy qo‘llanma. Toshkent. 2011. 132 bet.
Maxkamov S.M., Maxmudjonova K.S. Tayyor dori turlari texnologiyasi. Toshkent. 2010. B. 367. (darslik).
Maxkamov S.M., Maxmudjonova K.S. Tayyor dori turlari texnologiyasi. Toshkent. 2007. B. 213. (amaliy mashg‘ulotlar uchun qo‘llanma)
Mirolimov M.M. Farmatsevtik texnologiya asoslari. Toshkent 2007. B. 343.
Mirolimov M.M. Dori texnologiyasi. Toshkent 2009. 1 tom. B. 236.
Mirolimov M.M. Dori texnologiyasi. Toshkent 2009. 3 tom. B. 252.
Maxkamov S.M. Osnovi tabletochnogo proizvodstva. Tashkent. 2004. S.146.
Turlanish belgilari bo‘yicha loyihaga tavsif: turi amaliy; predmet va mazmun jihatdan ko‘lami ko‘p fan bo‘yicha foydalaniluvchi poliloyiha; talabalar o‘quv loyiha faoliyatlarini muvofiqlashtirish xarakteri bevosita; ishtirokchilar soni guruh talabalari 2 ta ishchi guruhga bo‘linib, har bir ishchi guruhda 5 tadan 8 tagacha ishtirokchi bo‘lishi mumkin (talabalar ko‘proq bo‘lsa, loyiha yo‘nalishlarini ko‘paytirish mumkin); bajarish muddati o‘rta muddatli –7 kun;
Loyihani bajarish tartibi: talabalarning auditoriyadan tashqari mustaqil faoliyatlarida bajariladi, amaliy mashg‘ulotda taqdim etib boriladi. Loyiha mahsuli semestr oxirida, talabalar va pedagog o‘rtasida belgilangan kunda amalga oshiriladi.
Loyihaning baholanishi – ishchi guruhlar tomonidan bajarilgan loyiha quyidagicha baholanadi (guruhning har bir a’zosi uchun): ma’lumotnoma (eng yuqori 10 ball); hisobot (maks. ball – 8 ); loyiha taqdimoti (eng yuqori 5 ball); og‘zaki taqdimot (eng yuqori 2 ball).
Tayyorlov bosqichi: loyiha bilan tanishish; auditoriyadagi mashg‘ulot vaqtida talabalar faoliyatini tashkil etish.
Loyihani bajarish bosqichlari: auditoriyadan tashqari faoliyat davrida.
YAkuniy bosqich: loyiha taqdimoti, loyiha va auditoriya mashg‘ulotida talabalarning loyihalashtirish faoliyatini baholash.
Loyiha asosida o‘qitishni boshqarish: auditoriyadan tashqari faoliyatda.
Texnologik xususiyatlardan kelib chiqqan holda keysning tavsifnomasi: lavhali bo‘lib, hayotiy vaziyatlar asosida bayon etilgan. Keysning asosiy ob’ekti shaxsga yo‘naltirilgandir. Bu tashkiliy institutsional keys bo‘lib, ma’lumotlar vaziyatlar va savollar asosida tuzilgan. Hajmi o‘rtacha, tizimlashtirilgan bo‘lib, treningga mo‘ljallangan o‘quv mavzu bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar hosil qilishga qaratilgan. Didaktik maqsadlarga ko‘ra keys muammolarni taqdim qilishga, ularni hal etishga, tahlil qilish va baholashga qaratilgan.
Ushbu keysdan “Tayyor dori turlari texnologiyasi”, “Tayyor dori vositalari sifatini baholash, qadoqlash va o‘rash” fanlarida foydalanish mumkin.
KEYS: “Kapsulalar. Qattiq va yumshoq kapsulalar texnologiyasi”
Kirish. Kapsulalar aniq dozalarga bo‘lingan dori turidir. Ular suyuq, kukunsimon, bo‘tqa va donador shakldagi dorilar bilan to‘ldirilgan jelatina qobig‘idan iborat. Kapsulalar ichishga hamda yo‘g‘on ichakka va vaginal usulda ishlatishga mo‘ljallangan bo‘ladi. Kapsulalar ikki xil: qopqoqchali qattiq va butun qobig‘li yumshoq bo‘ladi. Qattiq jelatina kapsulalarining shakli silindrsimon, uchi yarimsharsimon-dumaloq bo‘lib, ikki qismdan iborat: tanasi va qopqoqchasi, ikkala qismi tirqish qoldirmasdan bir-biriga oson kirishi kerak. Qattiq jelatina kapsulalarida “qulf” vazifasini bajaruvchi burama shaklda chuqurchasi bo‘lishi mumkin. Qattiq kapsulalar sig‘imiga qarab sakkiz o‘lchovda tayyorlanadi: 000 (1,37 ml), 00 (0,95 ml), 0 (0,68 ml), 1 (0,5 ml), 2 (0,37 ml), 3 (0,3 ml), 4 (0,21 ml), 5 (0,13 ml).
Jelatina kapsulalari uch xil usulda tayyorlanishi mumkin:
Qolipni jelatina eritmasiga botirib olish,
Tomchilash,
Taxtakashlash.
Jelatina kapsulasining mikroblarga nisbatan turg‘unligini oshirish uchun konservantlar: benzoy kislotasi va natriy benzoati 0,05-0,1% gacha, salitsil kislotasi 0,12% gacha, nipagin va nipazol (7:3 nisbatdagi aralashmasi) 0,3-0,5% gacha qo‘shilishi mumkin. Kapsulalarni ichakda erishini ta’minlash uchun (glyutoidli kapsulalar) 3:1 nisbatida tayyorlangan atseton-spirt aralashmasiga 5%li atseto-ftalat eritmasi bilan ishlov beriladi yoki kapsula tayyorlash jarayonida jelatina massasiga 15-30% miqdorda atseto-ftalat sellyulozaning ammoniyli tuzi qo‘shiladi. Kapsula qobig‘ini tayyorlashda jelatin, suv va tibbiyot amaliyotida ishlatishga ruxsat etilgan turli yordamchi moddalar (glitserin, sorbit, qand, titan II oksidi, kislotali qizil 2S, tropeolin 0, natriy yoki kaliy metabisulfit, nipagin va boshqalar) dan foydalaniladi.
Kapsula lotincha – “capsula” so‘zidan olingan bo‘lib, futlyar, qobiq, quti degan ma’noni bildiradi. Sanoat miqyosida ishlab chiqariladigan kapsulalar dozalarga bo‘lingan, qobiq bilan himoyalangan dori moddasidan tashkil topgan dori shakli bo‘lib, asosan ichish uchun, shuningdek rektal va vaginal usullarda qo‘llashga mo‘ljallangan. Kapsulada kukun, qattiq, suyuq yoki pastasimon konsistensiyali, bir yoki bir nechta dori moddasi yoki ularni turli tibbiyotda ishlatishga ruxsat etilgan va xususiy farmakopeya maqolalarida keltirilgan yordamchi moddalar bilan birgalikdagi aralashmalari bo‘lishi mumkin.
Kapsula silliq yuzali, xech qanday tashqi zararlanishlarsiz va xavo hamada mexanik aralashmalarni saqlamagan holatda bir butun bo‘lishi kerak.
Yumshoq kapsulalar (Capsulae molles) - sferik, tuxumsimon, cho‘zinchoq yoki silindrsimon tuzilishli bo‘lib, yo‘lli yoki yo‘lsiz bo‘lishi mumkin. Yumshoq kapsulalar har xil o‘lchamda 1,5 ml gacha bo‘lgan hajmda bo‘lishi mumkin. Yumshoq kapsula qobiqlari tarkibidagi plastifikatorlar miqdoriga qarab qattiq yoki elastik bo‘lishi mumkin. Bu kapsulalarning tarkibidagi glitserin miqdori 20-25% ni tashkil qiladi. Hajmi 0,1-0,2 ml bo‘lgan, asosan moyli eritmalar bilan to‘ldirilgan kapsulalar durlar (Perlae gelatinosae) deyiladi.
Yumshoq kapsula deyilishiga sabab yordamchi moddalar yumshoq elastik qobiq massasini tayyorlash jarayonida qo‘shiladi, so‘ngra navbatdagi texnologik jarayonlardan o‘tadi. Natijada qobiqning dastlabki elastiklik hossasi qisman yoki butunlay yo‘qoladi. Bunday kapsulalar butun, elastik yoki qattiq bo‘lishi mumkin. Ba’zan yumshoq kasulalarning qobig‘ining tarkibiga ta’sir etuvchi modda kiritiladi.
Qattiq kapsulalar (Capsulae durae operculatae) - silindr shaklli, ikki tomoni yarim sferik tuzilishli bo‘lib, ikki qismdan: korpus va qopqoqdan iborat. Har ikki qism bir-biriga bo‘shliq hosil qilmasdan, oson kiyilishi lozim. Qattiq kapsulalar maxsus korpus va qopqoqni bir-biriga mustahkam kiyilishini ta’minlovchi ushlagichlardan iborat bo‘lishi mumkin. Kapsulalarning qattiqligi ularning tarkibida glitserinni umuman bo‘lmasligi yoki uning miqdorini 0,3% dan oshmasligi bilan belgilanadi. Qattiq kapusulalarga asosan sochiluvchan hossaga ega bo‘lgan kukunlar va granulalar solinadi.
Qattiq kapsulalar barcha “shakl beruvchi” texnologik jarayonlaridan o‘tgandan so‘ng dori moddasi bilan to‘ldiriladi va ular mos keluvchi taranglik va qattiqlik ko‘rsatkichlariga ega bo‘ladi.
Qattiq kapsulalar 2 ta seksiyadan iborat tuzilishli bo‘lib, ular oldindan tayyorlab qo‘yiladi va zarurat bo‘lganda dori moddalari bilan to‘ldiriladi.
Retard kapsulalar – kapsulalarning alohida guruhi bo‘lib, tarkibidagi dori moddasini ajralib chiqish tezligi va miqdorini boshqarish mumkin bo‘lgan ta’siri uzaytirilgan (prolongirlangan) kapsulalardir. Bu maqsadda dori moddaisning ajralib chiqish tezligi va joyini ta’minlovchi maxsus yordamchi moddalardan foydalaniladi. Bu moddalar kapsula qobig‘ining tarkibida yoki ichidagi dori moddasi bilan birga yoki har ikki holatda ham bo‘lishi mumkin. Ichakda eriydigan kapsulalar modifikatsiyalangan ajralib chiquvchi vositalar qatoriga kirib, ular oshqozon shirasiga turg‘un, ta’sir etuvchi moddani ichakda ajratib chiqaradi. Ular qattiq yoki yumshoq kapsulalarni kislotali sharoitga turg‘un bo‘lgan plenkalar bilan qoplab, yoki kislotali sharoitga turg‘un bo‘lgan plenkalar qoplangan granulalar yoki kukunlar bilan to‘ldrilgan kapsulalardir.
Tubatinalar. Bu maxsus bolalar amaliyotida ishlatiladigan dori shakli bo‘lib, bo‘yni cho‘zinchoq yumshoq kapsulalardir. Tabletka yuta olmaydigan yosh bolalar tubatinaning bo‘ynini tishlab teshadi va uning chichdagi dori moddasini so‘rib oladi.
Spansulalar. Bu qattiq kapsulalar turiga kirib, uning tarkibidagi dori moddasi turli xil vaqtlarda erishini ta’minlovchi moyli qobiqlar bilan qoplangan mikrokapsulalar yoki mikrodrajelar aralashmasidan iborat.
Medulalar. Qattiq jelatina kapsulalari bo‘lib, tarkibida plyonka bilan qoplangan mikrokapsulalardan iborat.
Quyidagi keys – Kapsulalar tarkibini to‘g‘ri tanlash, texnologik jarayonlar ketma-ketligini asoslash va mo‘‘tadillashtirish. Kapsula tayyorlash jarayonida kelib chiqadigan turli muammo va vaziyatlarni xal qilishda kerakli ko‘nikmalarga ega bo‘ladi.
Ushbu keysni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun kapsulalarni tayyorlash texnologiyasi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish zarur.
Tavsiya etilgan keysni echish quyidagi natijalarga erishishga imkon yaratadi:
o‘zlashtirilgan mavzu bo‘yicha bilimlarni mustahkamlash;
muammoning hamda qabul qilingan echimning individual va guruhiy tahlilida bilim va ko‘nikmalarni qayta topshirish;
mustaqil ravishda qaror qabul qilish ko‘nikmalarini egallash;
o‘quv axborotlarini o‘zlashtirish darajasini tekshirib ko‘rish.
QATTIQ JELATIN KAPSULALARNI TO‘LDIRISH JARAYONIDA KELIB CHIQADIGAN MUAMMOLARNI BARTARAF ETISH
(VAZIYAT)
“Farmtex” MCHJ farmatsevtik ishlab-chiqarish korxonasi tabletka va kapsula dori shaklini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan.
Botirib olish usuli – bu maxsus ushlagichlar bilan jihozlangan shtif romlarda ipak pillasi ko‘rinishidagi kapsula qobiqlarini ishlab chiqarishga moslashgan. Avval ushlagichlar jelatina massasiga tushiriladi va o‘z o‘qi atrofida aylantiriladi, bunda jelatina massasi metalga yupqa qatlam hosil qilib yopishadi. So‘ngra ushbu ushlagichlar ko‘tarilib, issiq havo oqimida ma’lum namlikda quritiladi. Qobiqlar maxsus pichoqlar yordamida qolipdan ajratib olinadi va kapsulaning qattiq yoki yumshoqligiga qarab oldin to‘ldiriladi keyin shakllantiriladi.
Qattiq kapsulalash usuli bugungi kundagi keng tarqalgan usul bo‘lib, sanoat miqyosida kapsulalar ishlab chiqarishda asosan shu usuldan foydalanilmoqda. Bugungi kunga kelib sanoat miqyosida 400 dan ortiq qattiq jelatina kapsular tayyorlovchi avtomatlar turi mavjud.
Hozirgi zamon talabiga javob beradigan, yuqori unum bilan ishlaydigan kapsula mashinalarini bir me’yorda ishlashini ta’minlash va sifatli kapsula olishning asosiy omillaridan biri, ishlatiladigan yordamchi moddalar turi va miqdorini ilmiy jihatdan asoslagan xolda tanlashdir. Bunda yordamchi moddalarning faolligi biofaol moddalarga, foydalanayotgan asbob-uskunalarga nisbatan befarqligiga, texnologik jarayondagi maydalash, elash, aralashtirish, namlash, quritish, granulalash va boshqa jarayonlarga bog‘liqdir. Tegishli me’yoriy hujjatlar talabiga javob beradigan sifatli kapsula olishning shartlaridan biri ijobiy sochiluvchanlik, ma’lum sochiluvchan zichlik va tabiiy og‘ish burchagiga ega bo‘lishi lozim. “Farmtex” MCHJ farmatsevtik ishlab-chiqarish korxonasida 0,4 g li inebrin kapsulasi ishlab chiqarilmoqda. Quyida ushbu kapsulani tayyorlash, ya’ni qattiq jelatin kapsulani to‘ldirish jarayoni keltirilgan.
Inebrin” kapsulalari - Capsulae “Inebrinum”
Tarkibi: bitta kapsula uchun
Inebrin substansiyasi - 0,2 g
MKS “Introtsel” - 0,1 g
Kartoshka kraxmali (3% namlik saqlovchi) - 0,096 g
Aerosil - 0,004 g
O‘rtacha og‘irligi - 0,4 g
Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar
Inebrin substansiyasi, MKS “Introtsel”, kartoshka kraxmali, aerosil
Pergament qog’ozi
Tosh va tarozi
“1” raqamli kapsulalar
Zo‘ldirli tegirmon
Teshigining diametri 0,150 mm bo’lgan elak
Kapsulyator
Ishni bajarish tartibi:
“Farmtex” MCHJ farmatsevtik ishlab-chiqarish korxonasining texnologi A.D.Abzalov boshchiligida №140515 seriyadagi inebrin kapsulasi ishlab chiqildi. Kerakli miqdorda tortib olingan moddalar: inebrin substansiyasi, MKS “Introtsel”zo‘ldirli tegirmonga solinib, 12 soniya davomida maydalanadi. Taxminan 40 soniyadan so’ng, asbob qopqog’i ochilib, maydalangan kukun pergament qog’ozga solinadi va teshigining diametri 150 mkm li zirrilovchi elak orqali o’tkazilib, tortiladi. Aralashma tozalangan suv bilan purkab namlanadi va mo‘‘tadil nam massa hosil bo‘lguncha bog‘lovchi modda qo‘shiladi. Nam massa teshigining diametri 1000 mkm li elak orqali o‘tkazilib, quritgich javonida 40-500S haroratda mo‘‘tadil namlik qolguncha quritiladi. Quritilgan massa teshiginig diametri 100 mkm bo‘lgan elak orqali o‘tkaziladi. Hosil bo‘lgan granulalar kartoshka kraxmali va aerosil bilan upalanadi va aralashtiriladi. Tayyor massa 0,4 g dan №1 o‘lchamli kapsulalarga joylanadi va qadoqlanadi.
Ammo massani qattiq jelatin kapsulalarga to‘ldirish jarayoni bir me’yorda kechmadi, tayyor kapsulalarning og‘irligi va undan farqi DF talabiga mos kelmadi. Ushbu muammoni qanday xal qilish mumkin?
AMALIY VAZIYATNI BOSQICHMA – BOSQICH TAHLIL QILISH VA HAL ETISH BO‘YICHA TALABALARGA USLUBIY KO‘RSATMALAR
Talabalarga yo‘riqnoma
Ish bosqichlari
|
Maslahatlar va tavsiyanomalar.
|
1. Keys va uning axborot ta’minoti bilan tanishish
|
Avvalo keys bilan tanishing. “Kapsula va uni tayyorlash texnologiyasi” haqida tushuncha hosil qilish uchun bor bo‘lgan butun axborotni diqqat bilan o‘qib chiqish lozim. O‘qish paytida vaziyatni tahlil qilishga shoshilmang
|
2. Berilgan vaziyat bilan tanishish
|
Ma’lumotlarni yana bir marotaba diqqat bilan o‘qib chiqing. Siz uchun muhim bo‘lgan satrlarni belgilang. Bir abzatsdan ikkinchi abzatsga o‘tishdan oldin, uni ikki uch marotaba o‘qib mazmuniga kirib boramiz. Keysdagi muhim fikrlarni qalam yordamida ostini chizib qo‘ying. Vaziyat tavsifida berilgan asosiy tushuncha va iboralarga diqqatingizni jalb qiling. Ushbu vaziyatni xal qilish uchun kapsula va uni to‘ldirish usullari, ishlatiladigan asbob-uskunalar, yordamchi moddalar, turli omillarning kapsula sifatiga ta’sirini o‘rganish lozim.
|
3. Muammoli vaziyatni tahlil qilish
|
Asosiy muammo va kichik muammolarga diqqatingizni jalb qiling.
Asosiy muammo: Sifatli kapsula dori shaklini ishlab chiqish
Quyidagi savollarga javob berishga harakat qiling.
Kapsula nima?
Kapsula massasini tayyorlashda qo‘llaniladigan yordamchi moddalar?
Kapsula tayyorlash usullari, afzallik va kamchiliklari.
Qoldiq namlik, uni aniqlash usullari va me’yorlari.
Donadorlangan massaning fraksion tarkibi, sochiluvchanligi va sochiluvchan zichligini kapsulani to‘ldirishdagi ahamiyati.
Kapsulalarni sifatini baholash usullari va DFsining talablari.
Asosiy muammo nimaga qaratilganini aniqlang. Muammoning asosiy mazmunini ajratib oling. Muammoli vaziyatni tahlil qilish – ob’ektning holatini aniqlang, asosiy qirralariga e’tibor qarating, muammoli vaziyatning hamma tomonlarini tahlil qiling.
|
4. Muammoli vaziyatni echish usul va vositalarini tanlash hamda asoslash
|
Ushbu vaziyatdan chiqib ketish harakatlarni izlab topish maqsadida quyida taqdim etilgan “Muammoli vaziyat” jadvalini to‘ldirishga kirishing. Muammoni echish uchun barcha vaziyatlarni ko‘rib chiqing, muqobil vaziyatni yarating. Muammoning echimini aniq variantlardan tanlab oling, muammoning aniq echimini toping. Jadvalni to‘ldiring. Keys bilan ishlash natijalarini yozma shaklda ilova eting
|
“Muammoli vaziyat” jadvalini to‘ldiring
Vaziyatdagi muammolar
turi
|
Muammoli vaziyatning kelib chiqish sabablari
|
Vaziyatdan chiqib
ketish harakatlari
|
|
|
|
Keys bilan ishlash jarayonini baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari
(mustaqil auditoriyada va auditoriyadan tashqari bajarilgan ish uchun)
Auditoriyadan tashqari bajarilgan ish uchun baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari
Talabalar
ro‘yxati
|
Asosiy muammo ajratib olinib, tadqiqot ob’ekti aniqlangan mak. 1 b
|
Muammoli vaziyatning kelib chiqish sabablari aniq ko‘rsatilgan mak. 2 b
|
Vaziyatdan chiqib ketish harakatlari aniq ko‘rsatilgan mak. 2 b