2-laboratoriya ishi.
Valeriana nastoykasi.
Tinctura Valerianae
Vazifa.
100 ml valeriana nastoykasini girdob usulida tayyorlang.
Tayyorlash jarayoni tasvirini chizing.
Tarkibi.
Valeriananing maydalangan ildizi
va ildizpoyasi - 200,0 g
70% li etil spirti - 1 l nastoyka xosil bo’lguncha.
Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar:
20,0 g maydalangan valeriana ildizi va ildizpoyasi.
RT-2 to’qima mikromaydalagich.
Sekundomer.
Doka va varonka.
Hajmi 200 ml bo’lgan shisha idish.
70% li etil spirti - etarli miqdorda.
Tosh va tarozi.
Ishni bajarish tartibi:
Ajratma Aralashtirish tezligi daqiqasiga 3000-5000 bo’lgan RT-2 to’qima mikromaydalagich asbobida olinadi.
100 ml nastoyka tayyorlash uchun 20,0 g maydalangan (1-8 mm) xom ashyo asbobga joylanib, shimish ko’rsatkichini xisobga olgan xolda 130 ml 70% li etil spirti quyiladi. Asbob 5 daqiqa ishlatilib, 10 daqiqa to’xtatiladi. Bu xolat 4 marta qaytariladi. Ajratma tagiga paxta va 2 qavatli doka solingan varonka orqali suzilib, xom ashyo siqiladi. Agar xosil bo’lgan nastoyka 100 ml dan kam bo’lsa, xom ashyo 70% li spirt bilan yuvilib, siqib, kerakli hajmga etkaziladi. Nastoyka zich berkitiladigan shisha idishga solinib, begona moddalardan tozalash uchun salqin joyda (8-10oC da) 3-4 kunga qoldiriladi. So’ngra qat-qat filtr orqali shisha idishga suziladi va baholanadi. Ishlatilgan xom ashyodan spirt suv yordamida yuvib olinadi.
Masala. 150 ml belladonna nastoykasini tayyorlash uchun zarur bo’lgan xom ashyo va ekstragent miqdorini toping (K sarflanish = 2).
Echish.
Belladonna kuchli ta'sir etuvchi modda saqlaganligi sababli 1:10 nisbatda tayyorlanadi.
1 : 10 1 . 150
X: 150 X = --------- =15 g xom ashyo.
10
V = 150 + 15 . 2 = 180 ml 40% li etil spirti.
Tayyor mahsulotning sifatini tekshirish
Quyidagi ma'lumotlar foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidagi 3 (706), 6 va (95-bet) 8 (111-bet) adabiyotlardan Olindi.
Tayyor mahsulotning tavsifi. Qizil-qo’ng’ir rangli, tiniq, o’ziga xos xushbo’y xidli yoqimli chuchmal mazaga ega suyuqlik. Quyosh nuri ta'sirida rangi to’qlashadi. Preparatda quruq qoldiq miqdori 3% dan, spirt 66% dan, valerian kislotasi 0,2% dan kam bo’lmasligi kerak.
Tayyorlash jarayoni tasviri.
Qadoqlash. 20 kg li yoki 25-50 ml li jigarrang shisha idishlarda chiqariladi.
Saqlanishi. Zich berkitilgan shisha idishlarda, qorong’i va salqin joylarda saqlanadi.
Ishlatilishi. Yurak qon tomir, asab kasalliklarida, uyqusizlikda, me'da ichak yo’llari tarangligini bo’shashtirishda tinchlantiruvchi dori sifatida ishlatiladi. Bir kunda 20-30 tomchidan 3-4 marta beriladi.
3-laboratoriya ishi.
Belladonna nastoykasi.
Tinctura Belladonnae.
Vazifa.
100 ml belladonna nastoykasini ultratovush usuli yordamida tayyorlang.
Tayyorlash jarayoni tasvirini chizing.
Tarkibi.
Belladonna bargi yoki er ustki qismi - 100,0 g
40% li etil spirti - 1 l nastoyka xosil bo’lguncha.
Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar:
10,0 g maydalangan belladonnaning er ustki qismi.
UTP-3M ultratovush asbobi.
Chinni kosacha
Doka, varonka, paxta va oyna plastinka
Hajmi 200 ml bo’lgan shisha idish.
40% li etil spirti – etarli miqdorda.
Tosh va tarozi.
Ishni bajarish tartibi:
Nastoyka UTP-3M ultratovush asbobi yordamida tayyorlanadi. 100 ml nastoyka olish uchun 10,0 g 1-8 mm gacha kattalikda maydalangan va changlardan tozalangan xom ashyo chinni kosachaga solinib, ustiga 40 ml 40% li etil spirti quyiladi va kosacha ustini oyna plastinkasi bilan berkitib, 3 soatga qoldiriladi. Shundan so’ng chinni kosachaga yana 60 ml 40% li etil spirti quyib ultratovush asbobi yordamida ajratma olinadi. Bunda ultratovush tarqatgich suyuqlikka tegib yoki bir oz botib turishi kerak. Ishning tartibi quyidagicha bo’lishi lozim: ultratovush tezligi 2,5 Vt/sm2, tebranish tezligi 800 kGts, ishlash vaqti 20 daqiqa. Ko’rsatilgan vaqt tugagandan keyin ajratma, ustiga 2 qavat doka va paxta qo’yilgan varonka orqali silindrga siqib olinadi. Xosil bo’lgan nastoyka 100 ml dan kam bo’lsa xom ashyoni 40% li spirt bilan yuvib, siqib kerakli xajmga etkaziladi. Ajratma zich berkitiladigan shisha idishga solinib, salqin joyda (8-10oC) 3 kun muddatga qoldiriladi. Keyin nastoyka quruq qat-qat filtr orqali shisha idishga suzib, baxolanadi.
Tayyor mahsulotning sifatini tekshirish
Quyidagi ma'lumotlar foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidagi 3 (701), 6 va (97-bet) 8 (113-bet) adabiyotlardan Olindi.
Tayyor mahsulotning tavsifi. Ko’kimtir yoki qizil qo’ng’ir rangli, tiniq, o’ziga xos xidli va achchiqroq ta'mga ega bo’lgan suyuqlik. Unda etil spirtining miqdori 35% dan kam bo’lmasligi, alkaloidlar miqdori esa (giostsiaminga nisbatan) 0,027-0,033% bo’lishi kerak.
Qadoqlash. 20 kg dan jigarrang shisha idishlarda chiqariladi.
Saqlanishi. Ehtiyotlik bilan (B ro’yxatida) zich berkitilgan shisha idishlarda qorong’i joyda saqlanadi.
Ishlatilishi. Me'da yarasi, o’t yo’li yallig’lanishida, mushak tarangligini bo’shashtiruvchi va og’riq qoldiruvchi dori vositasi sifatida 5-10 tomchidan, bolalarga esa yoshiga qarab, 1-5 tomchidan beriladi. 1 martalik ichish uchun miqdori 23 tomchi, 1 kunligi 70 tomchi.
Tayyorlash jarayoni tasviri.
4-laboratoriya ishi.
Ermon nastoykasi.
Tinctura Absintii.
Vazifa.
50 ml ermon nastoykasini markazdan qochma kuchga asoslangan usul yordamida tayyorlang.
Tayyorlash jarayoni tasvirini chizing.
Tarkibi.
Ermon o’simligining er ustki qismi - 200,0 g.
70% li etil spirti - 1 l nastoyka xosil bo’lguncha.
Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar:
10,0 g ermon o’simligining er ustki qismi.
Kofe maydalagich.
Stakan.
Sharbat oluvchi SV-1 asbobi.
70% li etil spirti - kerakli miqdorda.
Shisha tayoqcha, qat-qat filtr qog’ozi.
Tosh va tarozi.
Ishni bajarish tartibi:
Bu usul mumkin qadar maydalangan xom ashyodan (maydalik darajasi 0,25 mm va undan kichik) foydalanishga va ajratmani sharbat oluvchi SV-1 asbobi yordamida ajratib olishga asoslangan.
10,0 g erman o’simligining er ustki qismi kofe maydalagichda 45 soniya davomida maydalanadi. Xosil bo’lgan talqonning 70% 0,25 mm dan mayda va 30% 0,25 mm dan yirik bo’ladi. Maydalangan talqon 100 ml li stakanga solinadi, ustiga 65 ml 70% li spirt solib, shisha tayoqcha bilan aralashtiriladi va bo’kish uchun 5 daqiqaga usti yopiq xolda qoldiriladi. So’ngra stakandagi massa sharbat ajratuvchi asbobga o’tkaziladi. Asbob rotori aylanganda tebranmasligi (zirrillamasligi) uchun massa idishga bir tekisda joylashtiriladi va qopqog’i yopiladi. So’ngra asbob 30 soniya elektr tarmog’iga ulanadi. Ajratma asbob tarnovchasidan yig’ib olinib, begona moddalardan tozalash uchun salqin joyda (8-10oC) 1 kun muddatga qoldiriladi. Keyin qat-qat filtr qog’ozi orqali idishga suziladi, baxolanadi va Tayyor mahsulot sifatida topshiriladi.
Tayyorlash jarayoni tasviri.
Tayyor mahsulotning sifatini tekshirish
Quyidagi ma'lumotlar foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidagi 3 (700), 6 va (100-bet) 8 (116-bet) adabiyotlardan Olindi.
Tayyor mahsulot tavsifi. Qo’ng’irsimon-yashil rangli, o’ziga xos xidga ega bo’lgan, mazasi taxir suyuqlik. 2 ml nastoykaga 1 ml suv qo’shilganda loyqalanish xosil bo’ladi. Quruq qoldiq miqdori 3% dan , spirt 64% dan kam bo’lmasligi kerak. Taxirlik ko’rsatkichi 1:4000 dan kam bo’lmasligi lozim.
Qadoqlash. Jigarrang shisha idishlarda 18 kg dan, shisha idishchalarda 15, 25 va 50 ml dan chiqariladi.
Saqlanishi. Zich berkitilgan shisha idishlarda, qorong’i joyda saqlanadi.
Ishlatilishi. Ishtaxa ochuvchi, ovqat xazm qilish organlari ish faoliyatini yaxshilovchi dori vositasi sifatida ovqatdan 0,5 soat oldin, kuniga 2-3 marta, 10-20 tomchidan beriladi.
5-laboratoriya ishi.
Qalampir yalpiz nastoykasi
Tinctura Menthae piperitae.
Vazifa.
Perkolyatsiya usulida 25 ml qalampir yalpiz nastoykasini tayyorlang.
Tayyorlash jarayoni tasvirini chizing.
Tarkibi.
Qalampir yalpiz bargi - 50,0 g.
Qalampir yalpiz moyi - 50,0 g.
90% li etil spirti - 1 l nastoyka xosil bo’lguncha.
Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar:
1,25 g maydalangan qalampir yalpiz bargi.
Og’zi keng va zich yopiladigan shisha idish.
Perkolyator - 2 ta.
Yig’gich kolba - hajmi 200 ml bo’lgan.
Shisha tayoqcha, filtr qog’ozi, doka va chinni bo’lakchalari.
90% li etil spirti - etarli miqdorda.
Tosh va tarozi.
Ishni bajarish tartibi:
Og’zi zich yopiladigan shisha idishga 1,25 g 3 mm kattalikda maydalangan va changdan tozalangan qalampir yalpiz bargi solinib, ustiga 2-2,5 ml 90% li etil spirtidan solinadi va aralashtirilib, bo’ktirish uchun xona haroratida 4 soatga qoldiriladi.
Belgilangan vaqt o’tgandan so’ng perkolyator tubiga 4 qavatli doka joylashtiriladi va bo’ktirilgan xom ashyo shisha tayoqcha yordamida perkolyatorga miqdoran o’tkazilib, shibbalanadi. Xom ashyo orasidagi xavoni chiqarish maqsadida perkolyatorning jo’mragi ochilib, toki ajratma oqib chiqqunga qadar 90% li etil spirtidan solinadi. Jo’mrakdan suyuqlik chiqishi bilan berkitilib, oqib chiqqan suyuqlik perkolyatorga qaytadan solinadi va xom ashyo ustida “oynasimon yuza” xosil bo’lgunga qadar toza ajratuvchi solinadi.
Perkolyatorning og’zi 2 qavatli polietilen bilan berkitilib, 24 soatga xona haroratida qoldiriladi. Belgilangan vaqt o’tgandan so’ng quyidagi tenglama bilan xisoblangan tezlikda, ajratma olinadi:
n = KS
bu erda,
n - tomchilar soni
K - doimiy son, u 0,5 ga teng
C - perkolyatorga solingan xom ashyoning miqdori, g
Perkolyatordan yig’gichga qanday tezlikda suyuqlik oqib tushsa, xuddi shu tezlikda yuqoridan pekrolyatorga toza ajratuvchi tushib turishi, shuningdek ish jarayonida doim xom ashyo ustida “oynasimon yuza” saqlanib turishi kerak.
Ajratmaning umumiy miqdori 22,5 ml ga etgandan so’ng (ya'ni tayyor nastoykaning umumiy hajmini 90% ni tashkil qilishi kerak), ajratma olish to’xtatiladi. Ajratma silindrga o’tkazilib ustiga 1,39 ml (1,25 g) yalpiz moyi solinadi va hajmi 25 ml bo’lguncha yana ajratma olish davom ettiriladi. Begona moddalardan tozalash maqsadida 5-6 kunga 10oS haroratda tindirib qo’yiladi va belgilangan muddat o’tgandan so’ng qat-qat filtr orqali suziladi.
Tayyorlash jarayoni tasviri.
Tayyor mahsulotning sifatini tekshirish
Quyidagi ma'lumotlar foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidagi 3 (703), 6 va (103-bet) 8 (118-bet) adabiyotlardan Olindi.
Tayyor mahsulotning tavsifi. Yashil rangli tiniq suyuqlik bo’lib, yalpiz o’simligiga xos xid va mazaga ega. Yalpiz nastoykasida efir moyining miqdori 5% dan, spirt esa 81% dan kam bo’lmasligi kerak.
Qadoqlash. Jigarrang shisha idishlarda 20 kg dan, shisha idishchalarda 10, 15 va 25 ml dan chiqariladi.
Saqlanishi. Zich berkitilgan idishlarda qorong’i va salqin joylarda saqlanadi.
Ishlatilishi. Nevralgiya kasalligida og’riq qoldiruvchi dori sifatida, ko’ngil aynishi va qusishga qarshi 10-15 tomchidan, suyuq dorilarda esa ta'mni yaxshilovchi vosita sifatida ishlatiladi. Bu nastoyka “yalpiz tomchisi” deb xam ataladi.
6-laboratoriya ishi.
Nastoyka tarkibidagi spirt quvvatini qaynash harorati bo’yicha aniqlash.
Vazifa.
Nastoyka tarkibidagi spirt quvvatini qaynash xarorati bo’yicha aniqlang.
Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar:
Hajmi 100 ml bo’lgan, nastoykani qaynatish uchun idish.
Yon o’simtasi bo’lgan naycha, sovutgich, termometr.
Shtativ, azbest setka, gaz gorelkasi.
Bosimni o’lchaydigan barometr.
Suv xammomi, eksikator.
O’lchov silindri.
Mor pipetkasi.
Chinni bo’lakchalari.
Ishni bajarish tartibi:
Nastoyka tarkibidagi spirtni quvvatini qaynash xarorati bo’yicha aniqlash.
Qaynatish uchun mo’ljallangan idishga 40 ml nastoyka solinib, unga nastoykani bir me'yorda qaynashini ta'minlash uchun chinni yoki ingichka shisha naycha bo’lakchalari solinadi. Idishga termometr shunday tushiriladiki, uning simobli qismi suyuqlikka 2-3 mm botib turishi kerak. So’ngra nastoyka bir tekisda qaynagunga qadar qizdiriladi va harorat o’zgarmas xolga etgandan so’ng 5 daqiqa vaqt o’tgach, termometr ko’rsatkichi yozib olinadi. Topilgan qaynash xaroratini bosimga to’g’ri kelishini aniqlash uchun barometr ko’rsatkichi ham yozib olinadi.
XI DF ning jadvalidan foydalanib, tajriba vaqtida kuzatilgan bosim 760 mm simob ustuniga keltiriladi. Bunda har 1 mm simob ustunining o’zgarishiga 0,04oC to’g’ri keladi. Bu tuzatgich kuzatilgan xaroratga qo’shiladi yoki ayriladi. So’ngra tekshirilayotgan nastoykadagi spirt miqdori jadval orqali topiladi (XI DF 1 juz, 28-bet).
Masalan: valeriana nastoykasi tarkibidagi spirt quvvatini aniqlash jarayonida, nastoykaning qaynash harorati 80,9oC ni tashkil etgan. Agar bosim 752 mm simob ustuniga teng bo’lsa, bosimlar farqi 760 – 752 q 8 mm.
Tuzatgich 0,04oC . 8 q 0,32oC
752 mm simob ustuni 760 dan kam bo’lganligi sababli tuzatgich qaynash haroratiga qo’shiladi:
80,9oS + 0,32 = 81,22oS
Jadvalga binoan bu qaynash harorati 66% li spirtga to’g’ri keladi.
7-laboratoriya ishi.
Nastoyka tarkibidagi quruq qoldiq miqdorini aniqlash.
Vazifa.
Nastoyka tarkibidagi quruq qoldiq miqdorini aniqlang.
Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar:
Pipetka.
Byuks.
Suv hammomi.
Quritgich javoni.
Eksikator.
Ishni bajarish tartibi:
Tekshirish uchun toza va quruq pipetkada 5 ml nastoyka olinib, u balandligi 2-3 sm, diametri 5-6 sm li tortilgan byuksga solinadi. Nastoyka suv xammomida bug’latiladi va quritgich javonida 2 soat mobaynida 102,5-2,5oC da quritiladi, so’ng 30 daqiqa eksikatorda sovutiladi va yana tortiladi. Quruq qoldiq og’irlik-hajm foizda ifodalanadi.
8-laboratoriya ishi.
Nastoyka tarkibidagi og’ir metall tuzlarining miqdorini aniqlash.
Vazifa.
Nastoyka tarkibidagi og’ir metall tuzlarining miqdorini aniqlang.
Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar:
Pipetka va diametri 1,5 mm li probirka.
Tigel.
Suv hammomi.
Ammoniy atsetat.
Kulsiz filtr qog’ozi.
Tozalangan suv.
Sirka kislotasi, natriy sulfid va andoza eritma.
Ishni bajarish tartibi:
5 ml tekshiriluvchi nastoyka tigelda quriguncha bug’latiladi. Quruq qoldiqqa 1 ml kontsentrlangan sulfat kislota qo’shib, ehtiyotlik bilan kuydiriladi. Bu qoldiqqa issiq turgan xolda 5 ml to’yingan ammoniy atsetat eritmasi qo’shiladi va kul qoldirmaydigan filtr orqali suziladi, filtr 5 ml suv bilan yuviladi va 100 ml ga etkaziladi. Bu eritmaning 10 ml ga 1 ml suyultirilgan sirka kislotasi, 1-2 tomchi natriy sulfid qo’shib, chayqatiladi va 1 daqiqadan so’ng andoza eritma bilan solishtiriladi. Bunda qo’rg’oshin tuzining ko’p kamligiga qarab natriy sulfid bilan qora cho’kma yoki qo’ng’ir rang xosil bo’ladi. Rangni kuzatish diametri 1,5 sm li probirkada olib boriladi. Tekshiriladigan eritmada xosil bo’lgan rang andoza rangidan toza bo’lmasligi kerak. Andoza eritma 6-8 sm qalinlikdagi qavatdan qaralganda qo’ng’ir rang kuzatiladi.
Nastoykalardagi og’ir metallar miqdori 0,001% dan ortiq bo’lmasligi kerak.
Mavzu: Ekstraktlar. Suyuq, quyuq, quruq va moyli ekstraktlar. Frangula bilan tog’ jambulining suyuq, valeriana bilan chuchukmiyaning quyuq, belladonnaning quruq va mingdevonaning moyli ekstraktlarini tayyorlash texnologiyasi.
Maqsad: Dorivor o’simlik xom ashyolaridan ekstraktlarni olish usullari va ularni tayyorlashdagi o’ziga xos tomonlar bilan tanishish. Dorivor o’simlik xom ashyolaridan suyuq, quyuq, quruq va moyli ekstraktlarni olish, ularni olishda ishlatiladigan usullarni qiyosiy baxolash. Ekstraktlarni sifat ko’rsatkichlari: quruq qoldiq miqdori, og’ir metall tuzlari, chinligi va miqdorini taxlil qilish.
Mavzuning ahamiyati: Ekstraktlar nafaqat TDV balki boshqa turdagi dori vositalarini tayyorlashda ham keng ko’lamda ishlatilishi bilan ahamiyatlidir. Shuning uchun ham ularni tayyorlash texnologiyasini o’zlashtirish va kengaytirish katta amaliy ahamiyatga ega. Shunday ekan ularning nomenklaturasini ishlab chiqarish amaliyotida ko’paytirish katta amaliy ahamiyat kasb etadi. Barcha TDV lari kabi ekstraktlar ham qator sifat ko’rsatkichlari bo’yicha baxolanadi.
Laboratoriya mashg’ulot mavzusini yoritishda “Sen menga, men senga” pedagogik texnologiya usulidan foydalaniladi
Vaziyatli masalalar:
Tayyorlangan quyuq ekstrakt tarkibidagi og’ir metall tuzlari va biologik faol modda miqdori me'yoridan ko’p.
Bug’latish jarayonida olingan kondensatning rangi loyqa va toza emas.
Quruq ekstrakt tayyorlashda uning namligini yo’qotish qiyinlashdi.
Talabalar bilimini tekshirish uchun savollar:
Suyuq ekstraktlarga ta'rif bering.
Suyuq ekstraktlar qanday usullar bo’yicha tayyorlanadi?
Nastoyka va suyuq ekstrakt tayyorlashdagi pekrolyatsiya usulining farqi nimada?
Quyuq ekstraktlar tarifi.
Qarama-qarshi oqimda ajratma olish usullarini sanang.
Likopchali diffuzion asbobda ajratma olish mohiyati.
Prujina kurakchali asbobning ishlash tartibi qanday?
Ekstraktorlar batareyasida ajratma olish qanday bajariladi?
Sokslet apparati yordamida ajratma olish jarayoni nimalardan iborat?
Mingdevona moyli ekstraktining tayyorlanish texnologiyasi.
1-laboratoriya ishi.
Frangula suyuq ekstrakti.
Extractum Frangulae fluidum.
Vazifa.
Perkolyatsiya usulida 25 ml frangula suyuq ekstraktini tayyorlang.
Tayyorlash jarayoni tasvirini chizing.
Tarkibi.
Frangula o’simligining maydalangan
po’stlog’i - 1000,0 g.
70% li etil spirti - 1 l ekstrakt xosil bo’lguncha.
Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar:
25,0 g maydalangan frangula po’stlog’i.
Og’zi keng va zich yopiladigan shisha idish.
Perkolyator - 2 ta.
Yig’gich kolba - hajmi 200 ml bo’lgan.
Shisha tayoqcha, filtr qog’ozi, doka va chinni bo’lakchalari.
70% li etil spirti - etarli miqdorda.
Ishni bajarish tartibi:
Og’zi zich yopiladigan shisha idishga 25,0 g, 3 mm kattalikda maydalangan va changdan tozalangan frangula po’stlog’idan solinib, ustiga 50 ml 70% li etil spirtidan solinadi va aralashtirilib, bo’ktirish uchun xona haroratida 4 soatga qoldiriladi.
Belgilangan vaqt o’tgandan so’ng, perkolyator tubiga 4 qavatli doka joylashtirilib, bo’ktirilgan xom ashyo shisha tayoqcha yordamida perkolyatorga miqdoran o’tkaziladi va shibbalanadi. Xom ashyo orasidagi xavoni chiqarish maqsadida pekrolyatorning jo’mragi ochilib, toki ajratma oqib chiqqunga qadar 70% li etil spirtidan solinadi. Jo’mrakdan suyuqlik chiqishi bilan berkitilib, oqib chiqqan suyuqlik perkolyatorga qaytadan solinadi va xom ashyo ustida “oynasimon yuza” xosil bo’lgunga qadar toza ajratuvchi solinadi.
Perkolyatorning og’zi 2 qavatli polietilen bilan berkitilib, 24 soatga xona haroratida qoldiriladi. Belgilangan vaqt o’tgandan so’ng quyidagi tenglama bilan xisoblangan tezlikda, perkolyatorga solingan xom ashyoga nisbatan 85% miqdorida (birlamchi ajratma) ajratma xosil bo’lgunga qadar ajratma olinadi:
V = KS
Bu erda,
V - ajratma olish tezligi
K - doimiy son, u 0,5 ga teng
C - perkolyatorga solingan xom ashyo miqdori, g
Birlamchi ajratmaning miqdorini nazariy xisoblash:
25,0 g xom ashyo - 100%
x - 85%
25 . 85
X = ------------ = 21,25 ml
100
Perkolyatordan yig’gichga qanday tezlikda suyuqlik oqib tushsa, xuddi shu tezlikda yuqoridagi pekrolyatordan toza ajratuvchi tushib turishi, shuningdek ish jarayonida doim xom ashyo ustida “oynasimon yuza” saqlanib turishi kerak.
Ajratmaning umumiy miqdori 21,25 ml ga etgandan so’ng, og’zi zich berkiladigan idishga solinib, “1-ajratma” deb yozib qo’yiladi. Ikkinchi idishga esa xom ashyo tarkibidagi asosiy ta'sir etuvchi modda tugagunga qadar perkolyatsiya qilinadi. Xom ashyo tarkibidagi ta'sir etuvchi moddaning bor yoki yo’qligi, suyuqlikning rangini o’zgarishi yoki asosiy ta'sir etuvchi moddaga nisbatan sifat reaktsiyasini qilib ko’rish orqali aniqlaniladi.
Xom ashyo tarkibida asosiy ta'sir etuvchi modda tugagandan so’ng, idishdagi ajratma xaydash asbobiga o’tkazilib, undan spirt xaydab olinadi. Suvli qoldiq esa vakuum bug’latgich asbobida quyuq qoldiq qolgunga qadar bug’latiladi. So’ng sovutilib “1-ajratma” bilan aralashtiriladi. Xosil bo’lgan ekstrakt silindrda o’lchab ko’riladi. Agar hajmi 25 ml ga etmasa toza ajratuvchi (70% li spirt) bilan me'yoriga etkaziladi.
Tayyorlangan suyuq ekstrakt begona moddalardan tozalash maqsadida 5-6 kunga 10oS haroratda tindirib qo’yiladi va belgilangan muddat o’tgandan so’ng qat-qat filtr orqali suziladi. Ishlatilgan xom ashyodan spirt suv bilan yuvish orqali ajratib olinadi.
Tayyor mahsulotning sifatini tekshirish
Quyidagi ma'lumotlar foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidagi 3 (282), 6 va (114-bet) 8 (129-bet) adabiyotlardan Olindi.
Tayyor mahsulotning tavsifi. To’q qo’ng’ir-qizil rangli suyuqlik bo’lib, yupqa qatlamda tiniq, mazasi taxir. Antratsen xosilalarining miqdori 1,2% dan, spirt 54% dan kam bo’lmasligi kerak.
Qadoqlash. Jigarrang shisha idishlarda 20 kg dan yoki shishachalarda 30 ml dan chiqariladi.
Saqlanishi. Zich berkitiladigan idishlarda 12-150S da qorong’i joyda saqlanadi.
Ishlatilishi. Frangulaning suyuq ekstrakti surgi dori sifatida, bir marta ichish uchun 20-40 tomchidan beriladi. Preparatning farmakologik ta'siri antraglikozidlarning yo’g’on ichakda parchalanib, uning harakatini tezlashtirishga asoslangan, shuning uchun preparatning ta'siri 8-10 soatdan keyin seziladi.
Chinligi. 0,5 ml frangula suyuq ekstraktiga 1 ml spirt va 10 ml suv qo’shib, 1 daqiqa qaynatiladi, so’ng sovutib suziladi. Suyuqlik efir bilan chayqatilganda, efir qatlami to’q sariq rangga bo’yaladi (xrizofan kislota). Efir qatlamiga ammiak qo’shib chayqatilsa, suv qatlami to’q qizil rangga bo’yalib, efir qatlami o’zgarishsiz qoladi (oksimetilantraxinon).
Spirt miqdori. Hajmi 200-250 ml bo’lgan yassi shaklli kolbaga aniq o’lchab olingan miqdordagi frangula suyuq ekstrakti solinib (25 ml), 75 ml bo’lgunga qadar Tozalangan suv solinadi.
Idishdagi ekstraktni bir me'yorda qaynashini ta'minlash maqsadida unga chinni yoki shisha bo’laklari solinadi. Agar ekstrakt qaynaganda ko’piradigan bo’lsa, unga 2-3 ml fosfor yoki sulfat kislota, 2-3 g kaltsiy xlorid, parafin yoki mum qo’shiladi. Ekstrakt solingan idishning og’zi maxkam yopilib, shisha naylar yordamida sovutgich va xaydalgan spirt yig’iladigan idish bilan ulanadi. Xaydalgan spirt yig’iladigan idish sifatida 50 ml li o’lchov kolbasidan foydalaniladi va u o’z navbatida sovuq suv solingan idishga botirib qo’yiladi. So’ngra preparat solingan idish toshpaxtali to’r ustiga qo’yib qizdiriladi. Bunda preparatdagi spirt va suv bug’i sovutgichga o’tib, suyuqlikka aylanadi va o’lchov kolbasida 48 ml bo’lguncha yig’iladi.
Olingan suyuqlikning harorati tekshiriladi, agar kerak bo’lsa 200S ga etkaziladi va 50 ml ga etguncha suv qo’shiladi. Keyin xaydab olingan suyuqlikning zichligi piknometr yordamida aniqlaniladi.
Buning uchun toza, quruq piknometr 0,0002 g aniqlikda tortib olinib, belgisigacha Tozalangan suv quyiladi. Qopqog’i berkitilib, 20 daqiqa 200S li termostatda saqlanadi. So’ng piknometr termostatdan olinib, analitik tarozida 10 daqiqa qoldiriladi va 0,0002 g aniqlikda tortiladi. Keyin piknometrdagi suv to’kib tashlanadi va spirt-efir aralashmasi bilan chayiladi. Piknometrdagi efir qoldig’i havo puflash bilan yo’qotiladi. Quritilgan piknometr tekshirilayotgan suyuqlik bilan belgisigacha to’ldiriladi va suv bilan bajarilgan jarayon takrorlanadi. Zichlik ((20) quyidagi tenglama yordamida xisoblanadi:
Bu erda
m - bo’sh piknometrning massasi, g.
m1 - suv solingan piknometrning massasi, g.
m2 - piknometrni suyuqlik bilan massasi, g.
0,0012 - 760 mm simob ustuniga teng bo’lgan bosimda, 20oC haroratdagi havoning zichligi.
0,99703 - 200C haroratdagi xavo zichligi xisobga olingan suvning zichligi.
Topilgan natija orqali XI DF ning birinchi alkogolometrik jadvali yordamida spirtning hajmiy foizi topiladi.
So’ng quyidagi tenglama yordamida preparatdagi spirt miqdori topiladi:
bu erda
x - preparatdagi spirtning hajmiy foiz miqdori,
50- xaydab olingan suyuqlik miqdori, ml.
a - distillyatdagi spirtning xajmiy foiz miqdori.
v - tekshirish uchun olingan suyuq ekstrakt miqdori, ml.
Eslatma. Preparat tarkibida uchuvchi moddalar bo’lsa, u oldindan qayta ishlanadi. Masalan, agar preparatda efir moyi bo’lsa, u teng hajmda olingan to’yingan natriy xlorid va petroleyn efiri aralashmasi bilan chayqatiladi. Agar ekstraktda uchuvchi kislotalar bo’lsa, ishqor eritmasi bilan neytrallanadi, uchuvchi asoslar bo’lsa, fosfor yoki sulfat kislota bilan ishlov berilib, so’ngra xaydaladi.
Tayyorlash jarayoni tasviri.
2-laboratoriya ishi.
Tog’jambul suyuq ekstrakti.
Extractum Serpylli fluidum.
Vazifa.
30 ml tog’jambul suyuq ekstraktini VNIIF usulida tayyorlang.
Tayyorlash jarayoni tasvirini chizing.
Tarkibi.
Maydalangan tog’jambul o’simligining
er ustki qismi - 1000,0 g.
Glitserin - 100,0 g.
30% li etil spirti - 1 l ekstrakt xosil bo’lguncha.
Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar:
30,0 g maydalangan oddiy tog’jambul o’simligining er ustki qismi.
Perkolyator - 3 ta.
Yig’gich kolba - hajmi 200 ml bo’lgan.
Shisha tayoqcha, filtr qog’ozi, doka va chinni bo’lakchalari.
Glitserin.
30% li etil spirti - etarli miqdorda.
Ishni bajarish tartibi:
3 mm kattalikda maydalangan 30,0 g oddiy tog’jambul o’simligining er ustki qismi 3 qismga bo’linib, 3 ta perkolyatorga 10,0 g dan solinadi.
Birinchi perkolyatorga xom ashyo zarrachalari orasidagi xavo chiqib ketgunga qadar toza ajratuvchi (tarkibida glitserin saqlagan 30% li spirt) solinadi va “oynasimon yuza” xosil qilinadi. So’ngra perkolyator 2 soatga qoldirilib, keyin ajratma quyib olinadi va ikkinchi perkolyatorga o’tkaziladi, birinchisiga esa yana “oynasimon yuza” xosil bo’lgunga qadar toza ajratuvchi solinadi. Ikkinchi perkolyatordagi xavo chiqarib yuborilib, unga ham “oynasimon yuza” xosil bo’lgunga qadar toza ajratuvchidan solinadi. Har ikkala perkolyator ham yana 2 soatga qoldiriladi. Belgilangan vaqt o’tgandan so’ng ikkinchi perkolyatordagi ajratma uchinchi perkolyatorga, birinchidagi esa ikkinchiga o’tkazilib, birinchi perkolyatorga yana “oynasimon yuza” xosil bo’lgunga qadar toza ajratuvchi solinadi. Ikkinchi va uchinchi perkolyatorlardagi xavo chiqarib yuborilib, toza ajratuvchi bilan “oynasimon yuza” xosil qilinadi. So’ng har uchchala perkolyator ham 1 kun muddatga qoldiriladi. Belgilangan vaqt o’tgandan so’ng, uchinchi perkolyatordan Tayyor mahsulotning umumiy hajmiga nisbatan 1/3 qism ajratma (10 ml) quyib olinib, ikkinchi perkolyatordagi ajratma yana uchinchi perkolyatorga, birinchidagi esa ikkinchi perkolyatorga o’tkaziladi. Birinchi perkolyator ishdan chiqariladi. Ikkinchi va uchinchi perkolyatorlar yana 2 soatga qoldirilib, so’ngra uchinchi perkolyatordan yana umumiy olinishi kerak bo’lgan ajratmaning 1/3 qismi ya'ni 10 ml quyib olinadi. So’ngra ikkinchi perkolyatordagi ajratma uchinchi perkolyatorga o’tkazilib, ikkinchi perkolyator ishdan chiqariladi. Uchinchi perkolyatorda “oynasimon yuza” xosil qilinib, yana 2 soatga qoldiriladi. Belgilangan muddat o’tgandan so’ng yana 10 ml miqdorida ajratma quyib olinadi. Ajratmalar birlashtirilib, begona moddalardan tozalanadi.
Tayyor mahsulotning sifatini tekshirish
Quyidagi ma'lumotlar foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidagi 6 va (119-bet) 8 (134-bet) adabiyotlardan Olindi.
Tayyor mahsulot tavsifi. Qo’ng’ir rangli, achchiq mazali va tog’jabul hidiga ega bo’lgan suyuqlik. Quruq qoldiq miqdori 8% dan, spirt miqdori 22% dan kam bo’lmasligi kerak.
Qadoqlash. 20,0 kg dan jigarrang shisha idishlarda chiqariladi.
Saqlanishi. Qorong’i va salqin joyda 1 yilgacha saqlanadi.
Ishlatilishi. Balg’am ko’chiruvchi, bel og’riganda (radikulit) og’riq qoldiruvchi dori vositasi sifatida ishlatiladi. Ekstrakt “Pertussin” preparati tarkibiga kiradi.
Tayyorlash jarayoni tasviri.
Olindi
Bajarilgan ish
Hosil bo’ldi
Aralashtirish
30% li etil spirti
Joylashtirish
1-pеrkolyator
Glitsеrin
Glitsеrinni spirtli eritmasi
Tog’jambul еr ustki qismi
2 soatgа qoldirish
Joylashtirish
2-pеrkolyator
Tog’jambul еr ustki qismi
2 soatgа qoldirish
Ajratma olish
1-ajratma
Joylashtirish
3-pеrkolyator
Tog’jambul еr ustki qismi
Ajratma olish
2-ajratma
3-laboratoriya ishi.
Valeriana quyuq ekstrakti.
Extractum Valerianae spissum.
Vazifa.
10,0 g xom ashyodan perkolyatsiya usulida valeriana quyuq ekstraktini tayyorlang.
Tayyorlash jarayoni tasvirini chizing.
Tayyor mahsulotning sifatini tekshiring.
Tarkibi.
Valeriananing maydalangan ildiz va ildizpoyasi - etarli miqdorda.
40% li etil spirti - etarli miqdorda.
Kerakli asbob-usukunalar va yordamchi materiallar.
10,0 g valeriana ildizi va ildizpoyasi.
Hajmi 100 ml bo’lgan, og’zi zich yopiladigan shisha idish.
Perkolyator - 2 ta.
Yig’gich kolba - hajmi 200 ml bo’lgan.
Shisha tayoqcha, filtr qog’ozi, doka va chinni bo’lakchalari.
Bug’latgich.
40% li etil spirti - etarli miqdorda.
Ishni bajarish tartibi:
Hajmi 100 ml bo’lgan, og’zi zich yopiladigan shisha idishga 10,0 g 1-8 mm kattalikda maydalangan xom ashyo solinib, ustiga 10 ml 40% li etil spirtidan solinadi va aralashtirilib, bo’ktirish uchun xona haroratida 4-6 soatga qoldiriladi.
Belgilangan vaqt o’tgandan so’ng perkolyator tubiga 4 qavatli doka joylashtirilib, bo’ktirilgan xom ashyo shisha tayoqcha yordamida perkolyatorga solinadi va shibbalanadi. Xom ashyo orasidagi xavoni chiqarish maqsadida pekrolyatorning jo’mragi ochilib, toki ajratma oqib chiqqunga qadar 40% li etil spirtidan solinadi. Jo’mrak suyuqlik chiqishi bilan berkitilib, oqib chiqqan suyuqlik perkolyatorga qaytadan solinadi va xom ashyo ustida “oynasimon yuza” xosil bo’lgunga qadar toza ajratuvchi solinadi.
Perkolyatorning og’zi 2 qavatli polietilen bilan berkitilib, 24 soatga xona haroratida qoldiriladi. Belgilangan vaqt o’tgandan so’ng quyidagi tenglama bilan xisoblangan tezlikda, xom ashyodan ta'sir etuvchi modda tugagunga qadar ajratma olinadi:
V = KS
Bu erda
V - ajratma olish tezligi
K - doimiy son, u 0,5 ga teng
C - perkolyatorga solingan xom ashyo miqdori, g
Perkolyatordan yig’gichga qanday tezlikda suyuqlik oqib tushsa, xuddi shu tezlikda yuqoridagi pekrolyatordan toza ajratuvchi tushib turishi, shuningdek ish jarayonida doim xom ashyo ustida “oynasimon yuza” saqlanib turishi kerak.
Bu jarayon xom ashyo tarkibida ta'sir etuvchi modda tugagunga qadar olib boriladi. Xom ashyo tarkibidagi ta'sir etuvchi moddaning bor yoki yo’qligi suyuqlikning rangini o’zgarishi yoki asosiy ta'sir etuvchi moddaga nisbatan sifat reaktsiyasini qilib ko’rish orqali aniqlaniladi.
Xom ashyo tarkibida asosiy ta'sir etuvchi modda tugagandan so’ng, begona moddalardan tozalash maqsadida ajratma bir necha kunga tindirib qo’yiladi va belgilangan muddat o’tgandan so’ng qat-qat filtr orqali suziladi. So’ng xaydash asbobida spirt mo’'tadil bosimda xaydab olinadi. Suvli qoldiq esa vakuum bug’latgich asbobida quyuq xolga kelguncha bug’latiladi. Ishlatilgan xom ashyodan spirt suv bilan yuvish orqali ajratib olinadi.
Tayyor mahsulotning sifatini tekshirish
Quyidagi ma'lumotlar foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidagi 3 (287), 6 va (127-bet) 8 (142-bet) adabiyotlardan Olindi.
Tayyor mahsulotning tavsifi. To’q qo’ng’ir rangli, o’ziga xos xid va chuchmal taxir mazali, quyuq massa bo’lib, namligi 25% dan ortmasligi kerak.
Saqlanishi. Og’zi zich berkitiladigan shisha idishlarda, harorati 12-15oS dan yuqori bo’lmagan joylarda saqlanadi.
Ishlatilishi. Tinchlantiruvchi vosita sifatida, shuningdek xab dorilar tarkibiga to’ldiruvchi sifatida qo’shiladi.
Tayyorlash jarayoni tasviri.
Valeriana quyuq ekstrakti tarkibidagi quruq qoldiqni aniqlash.
Toza va quruq pipetkada 5 ml valeriana quyuq ekstrakti olinib, u balandligi 2-3 sm, diametri 5-6 sm li tortilgan byuksga solinadi. Ekstrakt suv hammomida bug’latiladi va quritgich javonida 2 soat mobaynida 102,5-2,5oS da quritiladi, so’ng 30 daqiqa eksikatorda sovutiladi va yana tortiladi. Quruq qoldiq og’irlik-hajm foizda ifodalanadi.
Valeriana quyuq ekstrakti tarkibidagi og’ir metallarni aniqlash.
5 ml tekshiriluvchi ekstrakt tigelda quriguncha bug’latiladi. Quruq qoldiqqa 1 ml kontsentrlangan sulfat kislota qo’shib, ehtiyotlik bilan kuydiriladi. Bu qoldiqqa, issiq turgan xolda 5 ml to’yingan ammoniy atsetat eritmasi qo’shiladi va kul qoldirmaydigan filtr orqali suziladi, filtr 5 ml suv bilan yuviladi va 100 ml ga etkaziladi. Bu eritmaning 10 ml ga 1 ml suyultirilgan sirka kislotasi, 1-2 tomchi natriy sulfid qo’shib, chayqatiladi va 1 daqiqadan so’ng andoza eritma bilan solishtiriladi. Bunda qo’rg’oshin tuzining ko’p-kamligiga qarab natriy sulfid bilan qora cho’kma yoki qo’ng’ir rang xosil bo’ladi. Rangni kuzatish diametri 1,5 sm li probirkada olib boriladi. Tekshiriladigan eritmada xosil bo’lgan rang andoza rangidan toza bo’lmasligi kerak. Andoza eritma 6-8 sm qalinlikdagi qavatdan qaralganda qo’ng’ir rang kuzatiladi. Og’ir metallar 0,01% dan ortiq bo’lmasligi lozim.
Namligi. 25% dan ko’p bo’lmasligi kerak.
4-laboratoriya ishi.
Chuchukmiya ildizi quyuq ekstrakti.
Extractum Glycyrrhizae spissum.
Vazifa.
Qayta matseratsiya usulida 20 g xom ashyodan quyuq chuchukmiya ekstraktini tayyorlang.
Tayyorlash jarayoni tasvirini chizing.
Tayyor mahsulotning sifatini tekshiring.
Tarkibi.
Maydalangan chuchukmiya ildizi - etarli miqdorda
0,25% li ammiak eritmasi - etarli miqdorda.
Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar:
20,0 g maydalangan chuchukmiya ildizi.
Hajmi 100 ml bo’lgan, og’zi keng va zich yopiladigan shisha idish.
Shisha tayoqcha, filtr qog’ozi, doka.
Bug’latgich.
0,25% li ammiak eritmasi - etarli miqdorda.
Tozalangan suv, kaolin, kraxmal va qand.
Ishni bajarish tartibi:
20,0 g maydalangan va changdan tozalangan chuchukmiya ildizi og’zi keng va zich yopiladigan shisha idishga solinib, ustiga xom ashyoga nisbatan 5 baravar ko’p miqdorda (100 ml) 0,25% li ammiak eritmasi quyib, shisha tayoqcha yordamida aralashtiriladi va 48 soatga qoldiriladi, so’ng ajratma quyib olinadi. Xom ashyo 2 qavatli doka orqali siqib olinadi va qaytadan shisha idishga solinib, xom ashyoga nisbatan 3 baravar ko’p miqdorda ammiak eritmasi bilan aralashtirilib, yana 24 soatga qoldiriladi. Belgilangan vaqt o’tgandan so’ng ajratma quyib olinib, xom ashyo yana siqiladi va xar ikkala ajratma birlashtirilib, begona moddalardan tozalash uchun 12 soatga salqin joyda qoldiriladi. So’ngra ajratma suzib olinib, 3 soat mobaynida qaynatiladi. Suyuqlikning umumiy xajmiga nisbatan 5% ko’p miqdoridagi suv bilan aralashtirilib, bo’tqasimon massa xoliga keltirilgan kaolin, ajratmaning ustiga solinadi va 3 kunga salqin joyda qoldiriladi. Suyuqlik suziladi va vakuum bug’latgich yordamida quyuq xolatga kelgunga qadar bug’latiladi. Tayyor mahsulot tortib olinib, undagi glitserrizin kislotasining miqdori aniqlaniladi. Agar uning miqdori massa tarkibida me'yordan ortiq bo’lsa, Kraxmal yoki qand qo’shib me'yoriga keltiriladi.
100,0 g chuchukmiya ildizidan qancha quyuq ekstrakt tayyorlash mumkinligini nazariy xisoblash:
100,0 g chuchukmiya ildizida - 6,0 g glitserrizin kislotasi bo’lsa
20,0 g chuchukmiya ildizida - X g glitserrizin kislotasi bo’ladi.
g glitserrizin kislotasi bo’ladi.
100,0g quyuq ekstraktda - 14,0 g glitserrizin kislota bo’lsa
X g quyuq ekstraktda - 1,2 g glitserrizin kislotasi bo’ladi.
g quyuq ekstrakt
Tayyorlash jarayoni tasviri.
Tayyor mahsulotning sifatini tekshirish
Quyidagi ma'lumotlar foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidagi 3 (285), 6 va (129-bet) 8 (144-bet) adabiyotlardan Olindi.
Tayyor mahsulotning tavsifi. Qo’ng’ir rangli, o’ziga xos xidli, chuchmal-shirin mazaga ega quyuq massa bo’lib, suv bilan chayqatilsa tez ko’pirib, kolloid eritma xosil bo’ladi. Namligi 25% dan ortiq, glitserrizin kislotasi 14% dan kam bo’lmasligi lozim.
Saqlanishi. Shisha idishlarda po’kak qopqoq bilan yopilgan va parafinlangan xolda quruq joyda saqlanadi.
Ishlatilishi. Constituens sifatida xab dori tayyorlashda ishlatiladi, shuningdek chuchukmiya ildizi sharbati tarkibiga kiradi.
Chuchukmiya quyuq ekstraktining chinligini aniqlash.
10 ml preparat eritmasiga (1:10) 1 ml sulfat kislota qo’shilsa, cho’kma xosil bo’ladi. U ammiak eritmasida eriydi (glitserrizin kislotasi).
Namligi. 25% dan ko’p bo’lmasligi kerak.
Tozaligi. Preparatda og’ir metall tuzlari 0,01% dan ko’p bo’lmasligi kerak.
Miqdorini aniqlash. Glitserrizin kislota spektrofotometrik usulda aniqlanadi. Uning miqdori 14% dan kam bo’lmasligi kerak.
5-laboratoriya ishi.
Belladonna quruq ekstrakti.
Extractum Belladonnae siccum.
Vazifa.
30,0 g xom ashyodan reperkolyatsiya usulida belladonna quruq ekstraktini tayyorlang.
Tayyorlash jarayoni tasvirini chizing.
Tayyor mahsulotning sifatini tekshiring.
Tarkibi.
Maydalangan belladonna bargi va er ustki qismi,
20% li etil spirti - etarli miqdorda.
Kerakli asbob-usukunalar va yordamchi materiallar.
30,0 g belladonna xom ashyosi.
Hajmi 100 ml bo’lgan, og’zi zich yopiladigan 3 ta shisha idish.
Perkolyator - 4 ta.
Yig’gich kolba - hajmi 200 ml bo’lgan.
Shisha tayoqcha, filtr qog’ozi, doka va chinni bo’lakchalari.
Bug’latgich.
20% li etil spirti - etarli miqdorda.
Ishni bajarish tartibi:
30,0 g maydalangan (1-8 mm kattalikda) belladonna bargi va er ustki qismi teng 3 qismga 10,0 g dan bo’linib, og’zi zich berkitiladigan 3 ta shisha idishga alohida-alohida solinadi va xar birining ustiga 5 ml dan 20% li etil spirti solinadi. So’ngra yaxshilab aralashtirilib, og’zi yopiladi va 4-6 soatga bo’ktirish uchun xona haroratida qoldiriladi. Belgilangan vaqt o’tgandan so’ng idishlardagi bo’kkan xom ashyo tagiga 3-4 qavat doka qo’yilgan 3 ta perkolyatorlarga miqdoran o’tkaziladi va xom ashyo shisha tayoqcha yordamida shibbalanadi. Xom ashyoning ustiga filtr qog’ozi qo’yilib, shisha bo’lakchalari bilan bostiriladi va birinchi perkolyatorning ustiga toza ajratuvchi tushib turishini ta'minlovchi bo’sh perkolyator, uchinchi perkolyatordan tayyor ajratmani yig’ib oluvchi idish o’rnatiladi.
Ajratma olish tezligi quyidagi tenglama orqali xisoblaniladi:
V = KS
Bu erda
V - ajratma olish tezligi
K - doimiy son, u 0,5 ga teng
C - perkolyatorga solingan xom ashyo miqdori
Bo’sh perkolyatorga 20% li etil spirti solinib, birinchi perkolyatorga “oynasimon yuza” xosil bo’lgunga qadar perkolyatsiya qilinadi. So’ng birinchi perkolyatorning jo’mragi ochilib ikkinchi perkolyatorga, ikkinchi perkolyatorda “oynasimon yuza” xosil bo’lgandan so’ng esa bevosita uchinchi perkolyatorga perkolyatsiya qilinadi. Uchinchi perkolyatorda “oynasimon yuza” xosil bo’lgandan so’ng perkolyatorning jo’mragi ochilib, ajratma yig’ib olina boshlaydi. Ajratma olish tezligi hamma perkolyatorda ham bir xil bo’lishi shart.
Birinchi perkolyatorga xar doim toza ajratuvchi tushib turganligi sababli unda birinchi bo’lib ta'sir etuvchi modda tugaydi. Shunda birinchi perkolyator ishdan chiqarilib, toza ajratuvchi ikkinchi perkolyatorga o’tkaziladi. Ma'lum vaqt o’tgandan so’ng mana endi ikkinchi perkolyatordagi asosiy ta'sir etuvchi modda ham tugaydi. Shundan so’ng toza ajratuvchi tushib turishini ta'minlovchi perkolyator endi bevosita uchinchi perkolyatorga to’g’rilanadi. Va nihoyat uchunchi perkolyatorda ham asosiy ta'sir etuvchi modda tugagandan so’ng olingan ajratma spirt yordamida yot moddalardan tozalanadi.
Ajratma vakuum bug’latgich asbobiga o’tkazilib, mo’'tadil bosimda spirt xaydab olinadi, suvli qismi esa vakuum ostida olingan xom ashyo miqdorining 50% ni tashkil etgunga qadar (15 ml) bug’latiladi. Quyuq ajratma sovutilib, og’zi zich berkitiladigan idishga solinadi va unga 2 baravar ko’p miqdorda (30ml) 96% li spirt qo’shib, aralashtiriladi va 10oS haroratda 3 kunga qoldiriladi. Belgilangan muddat o’tgandan so’ng tiniq suyuqlik quyib olinib, spirt qismi xaydaladi.
Qoldiq vakuum bug’latgich asbobida quyuq xolatga keltiriladi va alkaloidlar miqdori aniqlanadi. Quruq ekstrakt tarkibida alkaloidlar miqdori 0,7-0,8% bo’lgunga qadar sut qandi qo’shib aralashtiriladi va namlik 5% bo’lgunga qadar vakuum quritgichda quritiladi. Quruq ekstrakt maydalanadi, elanadi, kerak bo’lsa sut qandi bilan me'yoriga keltiriladi.
30,0 g belladonna bargi va er ustki qismidan qancha quruq ekstrakt tayyorlash mumkinligini nazariy xisoblash:
100,0 g xom ashyoda - 0,3 g alkaloid bo’lsa
30,0 g xom ashyoda - X g alkaloid bo’ladi.
g alkaloid bo’ladi.
100,0 g quruq ekstraktda - 0,75 g alkaloid bo’lsa
X g quruq ekstraktda - 0,09 g alkaloid bo’ladi.
g quruq ekstrakt
Tayyor mahsulotning sifatini tekshirish
Quyidagi ma'lumotlar foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidagi 3 (279), 6 va (132-bet) 8 (147-bet) adabiyotlardan Olindi.
Tayyor mahsulotning tavsifi. Och qo’ng’ir rangli, shirin mazali o’ziga xos xidga va suv tortish xususiyatiga ega bo’lgan kukun. Namligi 5% dan ortiq bo’lmasligi kerak, alkaloidlar miqdori giostsiaminga nisbatan 0,7-0,8% oralig’ida bo’lishi lozim.
Qadoqlash. 25-50,0 kg dan og’zi zich berkitiladigan shisha idishlarda chiqariladi.
Saqlanishi. Ehtiyotlik bilan “B” ro’yxati bo’yicha quruq, qorong’i joyda saqlanadi.
Ishlatilishi. Me'da yallig’lanishi, 12 barmoqli ichak, xoletsistit kasalliklarida og’riq qoldiruvchi va mushak tarangligini bo’shashtiruvchi modda sifatida ishlatiladi. Belladonna quruq ekstrakti talqon, tabletka va shamchalar tarkibiga kiradi. Quyuq ekstraktga nisbatan 2 baravar ko’p miqdorda ishlatiladi. Bir martalik qabul qilish miqdori 0,1 g. Bir kunlik miqdori esa 0,3 g.
Belladonna quruq ekstraktining chinligini aniqlash.
0,2 g preparat 0,5 ml suvda eritilib, 3 tomchi kuchli ammiak eritmasi bilan aralashtiriladi. Aralashma 15 ml xloraform bilan chayqatilib, suvsizlantirilgan natriy sulfat bilan ishlanadi. Eritma alyuminiy oksid orqali suzib olinib, bug’latiladi. Qoldiqqa 3-4 tomchi 0,5 molG`l li kaliy ishqorining spirtli eritmasi va 5-8 tomchi atseton qo’shilsa, binafsha rang xosil bo’ladi (atropin).
0,2 g preparatga 5 ml xloraform, 2 tomchi suv, 1 tomchi ammiak eritmasi qo’shilsa, mingdevona ekstraktidan farqli o’laroq, eritma ultrabinafsha nurida xavo rang jilo berib tovlanadi (xrizotrop kislotasi).
Namligi. 5% dan ko’p bo’lmasligi kerak.
Tozaligi. Preparatda og’ir metall tuzlari 0,01% bo’lishi mumkin.
Miqdorini aniqlash. Preparatdagi alkaloidlarning miqdori neytrallanish usulida aniqlaniladi. Ularning miqdori (giostsiaminga nisbatan xisoblaganda) 0,7-0,8% oralig’ida bo’lishi kerak.
Tayyorlash jarayoni tasviri.
6-laboratoriya ishi.
Mingdevona moyli ekstrakti.
Extractum Hyoscyami oleosum.
Vazifa.
10,0 g mingdevona bargidan mingdevona moyli ekstraktini tayyorlang.
Tayyorlash jarayoni tasvirini chizing.
Tayyor mahsulotning sifatini tekshiring.
Tarkibi.
Quritilgan, yirik maydalangan mingdevona bargi - 100,0 g.
95 yoki 70% li etil spirti - etarli miqdorda.
Ammiak eritmasi - etarli miqdorda.
Kungaboqar moyi - 1000,0 g.
Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar.
Quritilgan, yirik maydalangan mingdevona bargi.
95 va 70% li etil spirtlari.
Ammiak eritmasi.
Kungaboqar moyi.
Og’zi keng shisha idish.
Chinni kosacha va shisha tayoqcha.
Suvsizlantirilgan natriy sulfat.
Suv xammomi.
Ishni bajarish tartibi.
Og’zi keng shisha idishga 10,0 g yirik maydalangan mingdevona bargi solinadi va ustiga 9,66 ml 95% li etil spirti va 3 qism 10% li ammiak eritmalaridan tayyorlangan aralashma quyiladi. Massa shisha tayoqcha bilan aralashtiriladi va 12 soat uy xaroratida qoldiriladi. So’ng massa chinni kosachaga o’tkazilib, ustiga 100,0 g kungaboqar moyi, 2,5 g suvsizlantirilgan natriy sulfat solinadi va suv xamomida spirt, ammiak va suv to’liq bug’laguncha aralashtirilib turiladi. Spirt, ammiak va suv to’liq uchib ketganda ajratma tiniq bo’lib qoladi va bargni barmoq orasiga olib ezganda qisirlaydi. So’ng moyli ajratma 2 qavatli doka orqali suzilib, xom ashyo siqib olinadi, ajratma issiq xolda quruq idishga suziladi.
Tayyor mahsulotning sifatini tekshirish
Quyidagi ma'lumotlar foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidagi 6 va (121-bet) 8 (137-bet) adabiyotlardan Olindi.
Tayyor mahsulotning tavsifi. Yashil yoki qo’ng’ir yashil rangli tiniq moysimon suyuqlik bo’lib, o’ziga xos hidga ega.
Chinligi. Preparat xlorid kislota bilan benzin aralashmasida chayqatiladi. Suvli qatlam ajratib olinadi. Unga xloraform va pikrin kislota qo’shib qattiq chayqatiladi, so’ng xloraform qavati tindirib qo’yiladi, bunda pikratlar shu qavatga o’tib sariq rang xosil qiladi (atropin gruppasi alkaloidlari).
Qadoqlash. 15-20 kg dan shisha idishlarda chiqariladi.
Saqlanishi. Zich berkitilgan idishlarda, salqin qorong’i joyda saqlanadi.
Ishlatilishi. Faqat og’riq qoldiruvchi dori vositasi sifatida nevralgiya va bod kasalliklarida liniment dori shaklida beriladi.
Tayyorlash jarayoni tasviri.
Mavzu: Novogalen preparatlari va ularni tayyorlash texnologiyasi. Plantaglyutsid, rutin, fitin va adonizid novogalen preparatlarini tayyorlash texnologiyasi.
Maqsad: Novogalen preparatlari xaqida umumiy ko’nikmalarga ega bo’lish va ularni o’ziga xos tayyorlanish texnologiyalari bilan tanishish.
Mavzuning ahamiyati: Novoganlen preparatlari Galen preparatlaridan o’ta tozalanganligi va standarti bo’yicha tubdan farq qiladi. Shunday ekan ularni nafaqat ichish uchun balki in'ektsiya qilish mumkin bo’lganligi bilan ham ahamiyatlidir.
Laboratoriya mashg’ulot mavzusini yoritishda “Qorbo’ron” pedagogik texnologiya usulidan foydalaniladi
Vaziyatli masalalar:
Rutinni olish uchun yapon saforasining g’unchalari o’rniga gullari bor.
Olingan ajratmada rutinni cho’kmaga tushishi juda ham sekin.
Texnik fitin 10% li nitrat kislotasining eritmasida erimadi.
Talabalar bilimini tekshirish uchun savollar:
Novogalen preparatlarining tarixi.
Novogalen preparatlarini Galen preparatlaridan farqi.
Novogalen preparatlarini tayyorlash bosqichlarini sanang.
Novogalen preparatlari qanday usullar bo’yicha tayyorlanadi?
Novogalen preparatlarini tayyorlashda ishlatiladigan ajratuvchilar.
Novogalen preparatlarining turg’unligi qanday ta'minlanadi?
Adonizidni tarkibi va tayyorlanish texnologiyasi.
Lantozidni tarkibi.
Perforatsiya qurilmasini ishlash tartibi.
Novogalen preparatlarining dori shakllari va nomenklaturasi.
1-laboratoriya ishi.
Plantaglyutsid.
Plantaglucidum.
Vazifa.
50,0 g katta zubturum o’simligining bargidan plantaglyusid tayyorlang.
Tayyorlash jarayoni tasvirini chizing.
Tarkibi.
Maydalangan zubturum o’simliging bargi - 50,0 g.
Tozalangan suv - etarli miqdorda.
96% li etil spirti - etarli miqdorda.
Kerakli asbob-uskuna va yordamchi materiallar.
50,0 g katta zubturum o’simligining bargi.
Hajmi 500 ml bo’lgan kolba.
Gaz gorelkasi va bug’latgich.
Byuxner voronkasi (nutch filtri).
Etil spirti (91-93% va 96% li ).
Filtr qog’ozi va bo’z mato.
Ishni bajarish tartibi.
50,0 g maydalangan katta zubturum o’simligining bargi shisha idishga solinib, ustiga 500 ml Tozalangan suv quyiladi va 45 daqiqa davomida past olovda qaynatiladi. So’ng ajratma quyib olinib, xom ashyo ustiga yana 300 ml Tozalangan suv solinib, 30 daqiqa mobaynida qaynatiladi. Ajratmalar birlashtirilib, filtr qog’ozi orqali Byuxner voronkasida (nutch filtr) suziladi, so’ngra bug’latish idishiga solinib, oldingi hajmining 1/10 qismi qolguncha quyultiriladi. Quyultirilgan ajratmani shisha idishga solib, 40oC gacha sovutgach, 3 baravar ko’p miqdorda 91-93% li etil spirti qo’shib aralashtiriladi va 30 daqiqaga qoldiriladi. So’ngra suyuqlik ehtiyotlik bilan quyib olinib, cho’kma Byuxner voronkasida bo’z mato orqali suziladi va 15-25 ml 95-96% li etil spirti bilan yuviladi. Aniq massadagi chinni kosachaga suyuqlik solinib, quritgich javonida 50-70oC haroratda quritiladi va maydalanadi.
Tayyor mahsulotning sifatini tekshirish
Quyidagi ma'lumotlar foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidagi 6 va (149-bet) 8 (165-bet) adabiyotlardan olindi.
Plantaglyutsidni chinligini aniqlash. Plantaglyutsid 6 soat mobaynida kislotali sharoitda gidroliz qilinib, natriy karbonat eritmasi bilan neytrallanadi va cho’kmadan ajratib olinadi. Suyuqlik qismi quyultirilgach, undagi Glyukoza, ramnoza, arabinoza va ksiloza n-butanol-piridin-suv (1:4:3) aralashmasida, anilin ftalat eritmasi yordamida aniqlanadi. Cho’kma suvda eritilib, N-shaklidagi kationit KU-2 (pH 3-4) bilan aralashtiriladi va suziladi. Suyuqlik etilatsetat-sirka kislota-chumoli kislota-suv (18:3:1:4) aralashmasida xromatografiya qilinadi. Anilinftalat eritmasi bilan ishlanganda galakturon kislota borligi aniqlanadi. Kaltsiy ioni, ammoniy oksalat eritmasi bilan oq rangli cho’kma xosil bo’lishidan bilinadi. Cho’kma sirka kislotasi va ammiak eritmasida erimaydi, lekin mineral kislotalarning suyultirilgan eritmalarida eriydi.
Quritish vaqtida og’irligi 10% dan ortiq kamaymasligi kerak. Og’ir metallar 0,001% dan ortiq bo’lmasligi kerak. Kulning umumiy miqdori 3-10% bo’lishi lozim.
Miqdorini aniqlash. Qaytaruvchi qandlar miqdori kislotali gidrolizdan so’ng spektrofotometrik usulda aniqlanadi. Preparatda ularning miqdori Glyukozaga nisbatan xisoblanganda 9-20%, galakturon kislota 7-13% bo’lishi kerak.
Tayyorlash jarayoni tasviri.
Tayyor mahsulotning tavsifi. Plantaglyutsid zubturum o’simligi bargidan olingan polisaxaridlar yig’indisini saqlovchi preparat bo’lib, u kul rang, taxir mazali talqon. Suvda shilimshiqsimon eritma xosil qiladi, organik erituvchilarda esa erimaydi.
Qadoqlash. Talqon 30-40 kg dan polietilen qoplarga joylashtirilib, granula xoliga keltirish uchun tabletka sexiga yuboriladi.
Saqlanishi. Quruq joyda 3 yilgacha saqlanadi. Saqlanish muddati o’tgandan so’ng preparat tekshiriladi. Agar FM ning talabigi to’g’ri kelsa saqlanish muddati yana bir yilga uzaytiriladi.
Ishlatilishi. Oshqozon ichak yallig’lanishiga qarshi ishlatiladi. Oshqozon shirasining ajralishini kuchaytiradi. Yarim choy qoshiqdan kuniga 2-3 marta ovqatlanishdan 20-30 daqiqa oldin beriladi. Ichishdan oldin preparat chorak stakan iliq suvda eritiladi.
2-laboratoriya ishi.
Rutin.
Rutinum.
Vazifa.
30,0 g yapon saforasi g’unchalaridan rutin oling.
Tayyorlash jarayoni tasvirini chizing.
Tarkibi.
Yapon saforasi o’simligining g’unchasi - 120,0 g.
Tozalangan suv,
natriy gidrokarbonat va
85 va 92% li etil spirti - etarli miqdorda.
Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar:
30,0 g yapon saforasi g’unchalari.
Hajmi 500 ml bo’lgan kolba, 200 ml li zich yopiladigan shisha idish.
Tozalangan suv va natriy girokarbonat.
Gaz gorelkasi, Byuxner voronkasi va vakuum nasos.
Pergament qog’ozi, filtr qog’ozi, xavoncha va elak.
85-87% li va 90% li etil spirti.
Teskari oqimda sovutgich bilan ishlaydigan suv hammomi.
Ishni bajarish tartibi:
500 ml li shisha idishga 30,0 g yapon saforasining g’unchalaridan solib, 250 ml Tozalangan suv bilan aralashtiriladi va 40 daqiqa davomida qaynatiladi. Ajratma quyib olinib, xom ashyoga yana 2 marta 250 ml dan Tozalangan suv quyiladi, so’ng 30 va 20 daqiqa mobaynida qaynatilib, ajratma olinadi. Olingan ajratmalar qo’shilib, 18-20oC gacha sun'iy sovutilgandan so’ng rutin cho’kmaga tushadi. U 20 daqiqa tindiriladi va rutin suspenziyasi Byuxner varonkasi orqali suzilib, cho’kma sovuq suv bilan yuviladi va nasos yordamida suvsizlantiriladi. Xosil bo’lgan rutin pergament qog’oziga yupqa qilib yoyilib, 80oC da 13-14% namlik qolguncha quritiladi. Massa chinni xavonchada maydalanadi va elak orqali elanadi.
Farmakopeya talabiga javob beradigan rutinni olish.
Olingan texnik rutin tortib olinib, hajmi 200 ml bo’lgan og’zi zich yopiladigan shisha idishga solinadi va unga 20 baravar ko’p miqdorda 85-87% li etil spirti quyib, teskari oqimda ishlaydigan sovutgich yordamida sariq qo’ng’ir rang xosil bo’lguncha suv hammomida qaynatiladi. So’ng eritmadagi begona moddalar cho’ktirish uchun 30-40oC gacha sovutiladi va eritma suziladi. Oldingi hajmiga nisbatan 80% qolguncha spirt xaydaladi, bunda rutin cho’kmaga tushadi. Ustiga rutinga nisbatan 1:10 nisbatda suv qo’shilib, spirt qoldig’i to’la uchiriladi. Massa 18-20oC gacha sovutiladi va pH 7,0 bo’lgunga qadar universal indikator yordamida natriy gidrokarbonat qo’shiladi. Natijada kvertsetin eritmaga o’tadi. Eritma Byuxner varonkasi yordamida ajratib olinadi va cho’kma varonkada olingan rutin miqdoriga nisbatan 2 baravar ko’p miqdordagi 90% li etil spirti bilan yuviladi va yana filtrlanadi. Cho’kma pergament qog’oziga yupqa qilib yoyilib, 80oS haroratda qoldiq namlik 6% dan kam, 9% dan ortiq bo’lmagunga qadar quritiladi. Quritilgan rutin xavonchada maydalanadi, elanadi, tortiladi, baholanadi va Tayyor mahsulot sifatida topshiriladi.
Tayyor mahsulotning sifatini tekshirish
Quyidagi ma'lumotlar foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidagi 6 va (151-bet) 8 (167-bet) adabiyotlardan olindi.
Rutinni chinligini aniqlash. Rutinni kislotali sharoitda gidrolizga uchratib, unga Feling
Tayyorlash jarayoni tasviri.
reaktivi qo’shilsa qizil rangdagi cho’kma xosil bo’ladi (glikozid). Preparatga kuchli xlorid kislota va magniy qipig’i qo’shilsa, eritma qizil rangga bo’yaladi (flavonoidlar). Natriy ishqori bilan esa sariq-qizil rangli eritma xosil bo’ladi (flavonoidlar).
Tozaligi. Prepartda spirtda erimaydigan begona moddalar: alkaloidlar, xlorofill va pigment bo’lmasligi kerak. Quruq moddalarga nisbatan xisoblaganda kvertsetin 5% dan, sulfat kuli 0,1% dan ortmasligi, quritilganda og’irlikning kamayishi 6% dan kam, 9% dan ko’p bo’lmasligi kerak.
Miqdorini aniqlash. Spektrofotometrik usulda, quruq moddaga nisbatan xisoblaganda rutin miqdori 95% dan kam bo’lmasligi kerak.
Tayyor mahsulotning tavsifi. Rutin kvertsetinni 3-rutinozidi bo’lib, 3-ramnoglikozid 3, 5, 7, 31-41-pentaoksiflavondir. Xidsiz va mazasiz, prizma shaklidagi ko’kish sariq talqon. Suv, efir, xloraform va kislotada erimaydi, spirtda ozroq, qaynoq spirtda yaxshi eriydi.
Qadoqlash. 1-10 kg dan polietilen xaltachalarga solib, qoplarga joylanadi.
Saqlanishi. Zich berkitilgan idishlarda qorong’i joyda 3 yil saqlanadi.
Ishlatilishi. R vitamini etishmasligining oldini olish va davolashda, qon tomirlari o’tkazuvchanligi buzilganda, ko’z parda qavatiga qon quyilganda va boshqa kasalliklarda ishlatiladi.
3-laboratoriya ishi.
Fitin.
Phytinum.
Vazifa.
30,0 g guruchning qovurilgan kepagidan fitin oling.
Tayyorlash jarayoni tasvirini chizing.
Tarkibi.
Guruchning qovurilgan kepagi - 600,0 g.
54% li nitrat kislotasi - etarli miqdorda.
Formaldegid eritmasi - 3,75 kg.
25% li kuchli ammiak eritmasi va
Tozalangan suv - etarli miqdorda.
Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar:
30,0 g guruchning qovurilgan kepagi.
RT-2 to’qima maydalagichi.
Hajmi 300 va 500 ml bo’lgan ikkita kolba.
1 va 19% li nitrat kislotasi, 25% li ammiak va formalin eritmalari, shuningdek Tozalangan suv.
Byuxner varonkasi, paxta, doka, filtr qog’ozi va shisha tayoqcha.
Tosh va tarozi.
Ishni bajarish tartibi:
To’qima maydalagich RT-2 asbobining idishiga 30,0 g guruchning qovurilgan kepagidan solib, ustiga 300 ml 1% li nitrat kislotasining eritmasidan solinadi va 0,2 ml formalin bilan aralashtiriladi. Asbob 5 daqiqa ishlatilib, 10 daqiqaga to’xtatib qo’yiladi. Bu jarayon yana ikki marta qaytariladi, natijada ajratma olish jarayoni 15 daqiqa davom etadi (tanaffuslarni inobatga olmaganda). Ajratma ustiga paxta va 4 qavatli doka qo’yilgan varonka orqali suzib olinadi va siqiladi. Dokadagi siqib olingan xom ashyo yana 2 marta ajratuvchi bilan yuviladi. Ajratmalar birlashtirilib, hajmi 500 ml bo’lgan shisha idishga solinadi va ustiga pH 8 bo’lguncha 25% li ammiak eritmasidan solinadi. Bunda fitin cho’kamaga tushadi. Massa aralashtiriladi va 20 daqiqaga qoldiriladi. So’ngra Byuxner voronkasi yordamida cho’kma ajratib olinadi va 2 marta sovuq suv bilan yuviladi. Cho’kma oq, oqishsimon ko’rinishga ega (texnik fitin).
Farmakopeya talabiga javob beradigan fitinni olish.
Texnik fitinni begona moddalardan tozalash maqsadida, u hajmi 500 ml bo’lgan kolbaga solinadi va ustiga 15 ml 19% li nitrat kislotasidan qo’shib (pH 2), shisha tayoqcha yordamida u to’liq erib ketgunga qadar aralashtiriladi. Eritma Byuxner varonkasi yordamida suziladi va suyuqlik pH 7 ga etguncha 25% li ammiak eritmasi bilan ishlanadi. So’ngra fitinni cho’ktirish uchun 10 daqiqaga qoldiriladi va aralashma yana Byuxner varonkasi orqali suziladi. Cho’kma 2-3 marta tozalangan sovuq suv bilan yuvilib, quritgich javonida 90oC haroratda, 10% qoldiq namlik qolgunga qadar quritiladi. Quritilgan talqon xavonchada maydalanadi va teshigining diametri 0,150 mkm bo’lgan elak orqali elanadi. Olingan fitin Tayyor mahsulot sifatida topshiriladi.
Tayyorlash jarayoni tasviri.
Tayyor mahsulotning sifatini tekshirish
Quyidagi ma'lumotlar foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidagi 6 va (154-bet) 8 (170-bet) adabiyotlardan olindi.
Fitinni chinligini aniqlash. Preparat kaltsiy va magniy borligi bilan isbotlanadi.
Tozaligi. Tayyor mahsulotda fosfatlar, og’ir metallar va mish'yak bo’lmasligi kerak. Namligi 10% dan ortiq bo’lmasligi lozim.
Miqdorini aniqlash. Fosfor angidridi bo’yicha yodometrik usulda aniqlanadi. Uning miqdori 39% dan kam bo’lmasligi kerak.
Tayyor mahsulotning tavsifi. Fitin fosforning murakkab organik birikmasidir. Uning tarkibida xar xil inozit - fosfat kislotasining kaltsiyli va magniyli tuzlari bo’ladi. Ulardan asosiysi inozit geksa fosfor kislotasining tuzidir. U xidsiz, oq rangli amorf talqon bo’lib, suvda erimaydi, xlorid kislotasida 1:10 nisbatda eriydi. Preparatda 39% fosfor (V) angidridi bo’ladi.
Qadoqlash. Fitinni polietilen xaltachaga 1 kg dan, qutichalarga yoki polietilen xaltachalarga 10,0 g dan solib, qoplarga joylanadi.
Saqlanishi. Zich berkitilgan idishlarda, quruq joyda, chegaralanmagan muddatda saqlanadi.
Ishlatilishi. Asab kasalliklarida, kamqonlikda, tana (organizm) oziqlanishi susayganda, sil, raxit va boshqa kasalliklarni davolashda ishlatiladi. Ichish uchun 0,25-0,5 g dan talqon, tabletka va xab dori kabi shakllarida kuniga 3 martadan 6-8 xafta beriladi.
4-laboratoriya ishi.
Adonizid.
Adonisidum.
Vazifa.
10,0 g xom ashyodan adonizid tayyorlang.
Tayyorlash jarayoni tasvirini chizing.
Tayyor mahsulotnnig sifatini tekshiring.
Tarkibi.
Maydalangan baxorgi adonis
o’simligining er ustki qismi - 10,0 g.
96% li etil spirti
Xloroform, alyuminiy oksid,
Tozalangan suv va xlorbutanol 0,5% - etarli miqdorda.
Kerakli asbob-uskuna va yordamchi materiallar.
Baxorgi adonis o’simligini er ustki qismi.
Filtr qog’ozi.
Sokslet asbobi.
Xloraform va etil spirti (96% li).
Suv hammomi va bug’latgich.
Vakuum bug’latgich.
Alyuminiy oksid va xlorbutanol.
Ishni bajarish tartibi.
3-5 mm kattalikda maydalangan 10 g xom ashyo, filtr qog’ozdan yasalgan naycha (patron) ga solinadi va uchi ip bilan bog’lanib berkitiladi. Uning diametri ajratma olinadigan idish diametridan 1-2 sm kichik bo’lishi kerak.
Naychadagi xom ashyo asbobning ajratma oladigan idishiga joylashtiriladi va bukik naychannig (sifon trubkasi) yuqori satxidan pastrog’igacha universal ajratuvchi (95 qism xloraform va 5 qism 96% li etil spirti) quyib 24 soatga qoldiriladi. Qurilmaning bug’latgichiga 50-100 ml ajratuvchi quyib suv hammomida qizdiriladi. Ajratuvchining bug’i sovutgichga o’tib, suyuqlikka aylanib, ajratma olinadigan idishga tushadi. Suyuqlik xajmi bukik naychannig yuqorigi satxigacha etgach ajratma shu naycha orqali bug’latgichga o’tadi. Bunda ajratuvchi ajratma oladigan idishdan bug’latgichga, undan sovutgichga va yana ajratma oladigan idish bo’ylab aylanaveradi. Bu jarayon xom ashyoda ta'sir etuvchi modda qolmaguncha davom ettiriladi. Spirt-xloraformli ajratma Sokslet asbobining o’zida xom ashyo massasiga teng xajmgacha bug’latiladi. Bunda bug’latgichdagi ajratma qizdirilganda, ajratuvchi bug’lari sovutgich orqali oldindan xom ashyodan tozalangan ajratma oladigan idishga yig’iladi. Ekstrakt shisha idishga o’tkazilib, teng miqdordagi suv bilan suyultiriladi va vakuum bug’latgich asbobida qolgan spirt va xloraform to’la uchiriladi. Olingan glikozidlarning suvli eritmasi tindiriladi va begona moddalardan filtr qog’ozi orqali suzilib tozalanadi. Pigmentlar, organik kislota va boshqa begona moddalardan tozalash uchun ajratma, filtr qog’ozi ustiga 1-1,5 sm qalinlikda solingan alyuminiy oksid orqali suziladi. Eritmadagi glikozidlarning biologik usulda aniqlangan ta'sir kuchiga qarab, Tayyor mahsulot miqdori ml da xisoblanadi. Konservant sifatida 20 yoki 96% li etil spirti va 0,5% xlorobutanol qo’shiladi, zarur bo’lsa suv bilan kerakli xajmga etkaziladi.
Olingan xom ashyodan xosil bo’ladigan Tayyor mahsulot miqdorining nazariy xisobi:
ml
bu erda,
X - farmakopeya talabiga javob beradigan preparat miqdori, ml
60 - bir gramm xom ashyodagi BTB ning miqdori;
25 - bir ml farmakopeya talabiga javob beradigan preparatdagi BTB ning miqdori;
10 - olingan xom ashyo miqdori, g.
Turg’unlashtirish uchun qo’shiladigan spirtning ml miqdori quyidagi tenglama bo’yicha xisoblanadi:
bu erda
X - turg’unlashtirish maqsadida qo’shiladigan spirtning miqdori, ml;
V - preparat xajmi, ml;
A - preparatdagi spirt quvvati, %;
b - qo’shiladigan spirt quvvati,%.
ml 96,2% li spirt
Xlorbutanol miqdorini xisoblash.
0,5 g xlorbutanol – 100 ml adonizid
X – 24 ml
g
Tayyor mahsulotning sifatini tekshirish
Quyidagi ma'lumotlar foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidagi 3 (61), 6 va (145-bet) 8 (159-bet) adabiyotlardan olindi.
Chinligi. Preparat natriy nitroprussidi va natriy ishqori bilan sariq qo’ng’ir rang xosil qilib, keyin sariq rangga o’tadi.
Preparatga kuchli sulfat kislota ta'sir ettirilsa, to’q qizil rang xosil bo’ladi (rN 5,0-6,5).
Spirt miqdori 18% dan kam bo’lmasligi kerak.
5 ml preparatning rangi andoza №1 A yoki №1 dagi rangdan to’q bo’lmasligi kerak.
Sulfat kuli va og’ir metallar. 2 ml preparatdan xosil bo’lgan kul 0,03% dan, og’ir metallar esa 0,00025% dan ortmasligi kerak.
Miqdorini aniqlash. Bu 2 usulda olib boriladi.
Kolorimetrik usul. 1 ml preparatda 0,55-0,65 mg simarin bo’lishi kerak. Bu 23-27 BTB ga to’g’ri keladi.
Biologik usul. 1 ml preparatda 23-27 BTB yoki 2,7-3,5 MTB bo’lishi kerak.
Tayyorlash jarayoni tasviri.
Mavzu: Korxona sharoitida ishlab chiqariladigan in'ektsion dori turlari. Ampulalar va ularni in'ektsion eritma bilan to’ldirishga tayyorlash. Ampula shishasining termik va kimyoviy barqarorligini aniqlash.
Maqsad: Farmatsevtik ishlab chiqarish korxonalarida in'ektsion dori turlarini ishlab chiqarish borasidagi umumiy ko’nikmalarga ega bo’lish.
Mavzuning ahamiyati: Ampula shishasining tarkibi, shisha naylarni saralash, yuvish, kapillyarini kesish, kassetalarga joylashtirish, ampulani yuvish, uni eritma bilan to’ldirish, shuningdek, ampulani kimyoviy va termik barqarorligini o’rganish korxona sharoitida in'ektsion dori turlarini tayyorlashda katta amaliy ahamiyatga ega.
Laboratoriya mashg’ulot mavzusini yoritishda “Breyn ring” pedagogik texnologiya usulidan foydalaniladi
Vaziyatli masalalar:
Shisha naylar kamera, ultratovush, kontaktli ultratovush va shprits yordamida yuvildi.
Ampulani termik barqarorligini aniqlashda NS-3 shishasi 150°C xaroratga , NS-1 - 140°C, SNS-1 - 160°C haroratga 15 daqiqaga qo’yildi.
Ampuladagi yozuv xira, harflar bir-biriga qo’shilib ketgan.
Talabalar bilimini tekshirish uchun savollar:
Ampulada chiqariladigan preparatlarning ijobiy va salbiy tomonlari.
XI DF buyicha in'ektsion eritmalarga qo’yiladigan talablar.
Ampula tayyorlashda ishlatiladigan shishaning tarkibi.
Shisha naylarning tavsifi, ularni saralash mohiyati va undan kuzatilgan Maqsad:
Ampula shishasining termik barqarorligi qanday aniqlanadi?
Ampula shishasining ishqorga bo’lgan turg’unligi qanday aniqlanadi?
Ampula shishasining suvga bo’lgan turg’unligini aniqlash mohiyati.
Silikonlar nima va ampulani silikonlash usullari.
Ampulani toblash mohiyati.
Korxonada in'ektsion eritmalar qanday tayyorlanadi?
1-laboratoriya ishi.
Ampulani to’ldirishga tayyorlash.
Vazifa.
10 ta qo’shaloq ampulani kesib, uni yuving va quriting.
Ampula shishasining termik barqarorligini tekshiring.
Ampula shishasini indikator yordamida kimyoviy barqarorligini aniqlang.
Ampulani eritma bilan to’ldirishda vakuum darajasini aniqlang.
Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar
Qo’shaloq ampula va qayroq tosh.
Pergament qog’ozi, oq ip va qalam.
Vakuum eksikator yoki shprits va byuretka.
Kyuveta va shisha idish.
Tozalangan suv.
Ifloslangan suvni solish uchun idish.
Quritgich javoni.
Metil qizil eritmasi.
Sterilizator.
Sochiq.
Yuvilgan va quritilgan ampulalarni solish uchun idish.
Ishni bajarish tartibi:
1. Ampulani yuvish. 10 dona qo’shaloq ampula karborund qayroq tosh yordamida kesiladi. Kesilgan ampulalarning uzunligi bir xil bo’lishi kerak. Laboratoriya sharoitida vakuum usulida ampulani yuvish uchun 5 l hajmli eksikatordan foydalaniladi. Buning uchun eksikator qopqog’iga uch yo’llik jo’mrak o’rnatilib, vakuumga ulanadi. Kyuveta sifatida 200-250 ml hajmli, keng yuzali shisha idishdan, kasseta sifatida esa organik oynadan tayyorlangan va ampulani o’rnatish uchun mo’ljallangan teshikchali plastinkadan foydalaniladi. Ampulalar kassetaga o’rnatiladi va Tozalangan suv solingan keng yuzali shisha idish - kyuvetaga joylashtiriladi. Bunda kapilyarning uchi suvga botib turishi kerak. So’ngra kyuveta kasseta bilan vakuum eksikatorga o’tkaziladi. Qopqog’i yaxshilab berkitilib, vakuum nasos yordamida ichidagi havo 5 daqiqa davomida so’rib olinadi va eksikator jo’mragi ochilib filtrlangan havo yuboriladi. Bunda kyuvetadagi suv ampulani to’ldiradi. Ampuladagi suvni chiqarish uchun shu jarayon qaytariladi. Bunda ampulaning kapillyar qismi suyuqlik sathidan yuqorida bo’lishi kerak. Shu tarzda ampulani yuvish 3-4 marta qaytariladi. Yuvilgan ampulalar qog’ozdan yasalgan qutichalarga solinib, quritgich javonida Q160-170°S haroratda, 1-2 soat mobaynida quritiladi. Quruq ampulalardan keyingi laboratoriya ishilarda foydalaniladi.
2. Ampulaning termik barqarorligini aniqlash. 50 dona ampula Q180°S haroratda 30 daqiqa ushlab turilib, kassetaga teriladi va quritgich javoniga 15 daqiqaga, Davlat standartida ko’rsatilgan haroratga qo’yiladi. So’ngra kassetalar javondan 5 soniya ichida olinib, 20°S haroratli suvga bir daqiqaga botiriladi. Ampulaning termik barqarorligi 98% ni tashkil etishi kerak. NS-3 shisha navli ampula 160°S, NS-1 - 130°S, SNS-1 - 150°S va AB-1 - 110°S haroratga chidamli bo’lishi kerak.
3. Ampulaning kimyoviy turg’unligini aniqlash. Davlat standarti bo’yicha ampulaning kimyoviy turg’unligi potentsiometrik usulda aniqlanadi. Buning uchun ampula yangi haydab olingan Tozalangan suv bilan (rN 5,0-6,8) to’ldiriladi, kavsharlanadi va avtoklavda 2 atm bosimda 30 daqiqa sterillanadi. So’ng ampuladagi suvning pH ko’rsatkichi tekshiriladi. Bunda pH ko’rsatkichi AB-1 navli shisha uchun 4,5, NS-1 uchun 1,3, NS-3 uchun 0,9 va nixoyat SNS-1 uchun 1,2 dan oshmasligi kerak.
Laboratoriya sharoitida yuvilgan ampula vakuum ekstraktorda 1 ml dan metil qizilining nordon eritmasi bilan to’ldiriladi, kavsharlanadi va avtoklavda 120oS haroratda 30 daqiqa sterillanadi. Sovutilgandan so’ng ampuladagi eritma sariq rangga o’tmasligi kerak.
4. Ampulani kerakli miqdordagi eritma bilan to’ldirish uchun vakuum darajasini aniqlash. Ampulani eritma bilan to’ldirishda shishaning ichki devori sathini namlash uchun sarflanadigan suyuqlik miqdorini hisobga olish kerak, ya'ni eritma belgilangan hajmga nisbatan ko’proq olinadi. Shunga asosan ampulani eritma bilan to’ldirishdan oldin kerakli miqdorda suyuqlik bilan to’lishini ta'minlovchi vakuum darajasini xisoblash lozim. Laboratoriya sharoitida vakuum darajasini hisoblash uch yo’llik jo’mrak va vakuummetr, vakuum nasos, kasseta va shisha idishlardan tashkil topgan vakuum ekstraktoridan foydalaniladi. Buning uchun 1 dona quruq ampula 0,01 g aniqlikda tortib olinib, kassetaga o’rnatiladi va Tozalangan suv solingan kyuvetaga qo’yiladi. Kyuveta kasseta bilan vakuum estraktorga joylashtiriladi. So’ngra 400 mm simob ustuniga teng vakuum hosil qilinib, vakuummetr ko’rsatkichi yozib olinadi va ekstraktorning jo’mragi ochilib, filtrlangan havo yuboriladi. Natijada ampula suv bilan to’ladi. Ampulaning kapillyar qismi yuqoriga qaratilib joylashtiriladi va ekstraktorda vakuum hosil qilish bilan kapillyarda qolgan suyuqlik tortib olinadi. Shundan so’ng ampula filtr qog’oz bilan quriguncha artiladi va 0,01 g aniqlikda tortiladi. Xuddi shu tarzda boshqa ampula 600 mm simob ustuniga teng vakuumda to’ldiriladi. Masalan, ampulani 1,1 ml eritma bilan to’ldirish hisobi quyidagicha: 400 mm simob ustuniga teng vakuumda ampulaga “a” ml suv kirsa, 600 mm da esa “v” ml suv kiradi. 600-400 mm simob ustunidagi vakuum farqi “v-a” ml suvga to’g’ri keladi. 400 mm simob ustunidagi vakuumda ampulaga kirishi kerak bo’lgan suv miqdori (1,1ml) ga “a” ml suv etishmaydi. Bu etishmovchilikni bartaraf qilish uchun vakuum darajasini 400 mm ga nisbatan “x” mm simob ustuniga oshirish kerak, ya'ni “x” ning qiymati quyidagi tengsizlikdan topiladi:
(600-400) - (v-a)
X - (1,1-a)
(600-400) (1,1-a)
X = -----------------------
(v-a)
Ampulani 1,1 ml hajmdagi eritma bilan to’ldirish uchun vakuum darajasi quyidagi tenglama yordamida hisoblanadi:
mm simob ustuni
Topilgan qiymatdan ampulani eritma bilan to’ldirishda foydalaniladi.
Mavzu: Korxona sharoitida suvli in'ektsion eritmalarni tayyorlash. Novokain, kofein benzoat natriy, novokainamid va askorbin kislotasi in'ektsion eritmalarini tayyorlash texnologiyasi.
Maqsad: In'ektsion eritmalarni korxona sharoitida tayyorlash texnologiyasi bilan tanishish, shuningdek turg’unlashtiruvchilar qo’shib va qo’shmasdan tayyorlanadigan preparatlardan in'ektsion eritmalar tayyorlashda ularni turg’unligi ta'minlash chora-tadbirlari bilan tanishish.
Mavzuning ahamiyati: Korxona sharoitida in'ektsion eritmalarni ishlab chiqarish va tayyorlangan in'ektsion eritmaning turg’unligini ta'minlash katta amaliy ham iqtisodiy ahamiyatga ega. Sababi in'ektsion eritmalar boshqa dori turlaridan tozaligi, sterilligi, apirogenligi va inson organizmiga to’g’ridan-to’g’ri kiritilishi bilan tubdan farq qiladi.
Laboratoriya mashg’ulot mavzusini yoritishda “Aylana stol” pedagogik texnologiya usulidan foydalaniladi
Vaziyatli masalalar:
2% novokain va askorbin kislotasi eritmalarini rangi turishi natijasida o’zgarib qoldi.
Ampuladagi eritma tozaligi buyicha nazoratdan o’tmadi.
Ampulalardagi eritma sterilligi bo’yicha nazoratdan o’tmadi.
Talabalar bilimini tekshirish uchun savollar:
Korxonada in'ektsion eritmalar qanday tayyorlanadi?
200 ml 0,2% li novokain eritmasini tayyorlab, ampulalarga 1 ml dan quying.
300 ml 10% li kofein benzoat natriy eritmasini tayyorlab, ampulalarga 2 ml dan quying.
Ampulalarni ine'ktsion eritmalar bilan to’ldirish usullari.
Ampulalarni shprits usulida to’ldirishni ijobiy va salbiy tomonlari.
Vakuum usulida to’ldirishning afzalligi va kamchiligi.
Ampuladagi in'ektsion eritmalarni Sterillash usullari.
Termolabil in'ektsion eritmalarni Sterillash usullari.
“Vladipor” filtri kaysi guruxdagi filtrlarga misol bo’la oladi?
Ampulalarni kavsharlash qanday amalga oshiriladi?
1-laboratoriya ishi.
Novokainni 0,25% li in'ektsion eritmasi.
Solutio Novocaini 0,25% pro inectionibus.
Vazifa.
250 ml 0,25% novokainni in'ektsion eritmasini tayyorlang va filtrlang.
Eritmani ampulalarga 1,1 ml dan quying va kavsharlang.
Sterillangan ampulalarni butunligini tekshiring.
Texnologik jarayon tasvirini chizing.
Tayyor mahsulotning sifatini tekshiring.
Tarkibi.
Novokain - 2,5 g
0,1 molG`l xlorid kislota eritmasidan pH - 3,8-4,5 bo’lguncha.
In'ektsion suv - 1 l gacha.
Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar:
250 ml hajmli silindr.
Novokain, in'ektsion suv va 0,1 molG`l li xlorid kislotasi.
Tosh va tarozi.
Vakuum nasos va “qo’ziqorin” filtri.
Kristalizator, kasseta va gaz gorelkasi.
Shisha tayoqcha, chinni kosacha, pergament qog’ozi.
Quritgich javoni, ekstraktor, sterilizator.
UB lampa va metilen ko’ki eritmasi.
Ishni bajarish tartibi:
250 ml li silindrga 0,63 g novokain solib, 20-30 ml in'ektsion suvda eritiladi va unga 0,1 mol/l li xlorid kislotasi qo’shiladi. So’ngra in'ektsion suv bilan 250 ml gacha etkaziladi. Eritma vakuum nasos yordamida “qo’ziqorin” filtri orqali suziladi. Eritmaning tozaligi qurollanmagan ko’z bilan tekshiriladi. Ampulalarni eritma bilan to’ldirishda vakuum ekstraktordan foydalaniladi. Quruq va toza kyuvetaga filtrlangan eritma solib, kassetaga terilgan ampulalarning kapillyar qismi eritmaga botirilgan holda joylashtiriladi. Kyuveta asbob idishiga tushiriladi, zichlab berkitiladi va 0,6-0,7 mm simob ustuniga teng vakuum xosil bo’lguncha qo’lda ishlaydigan nasos yordamida havosi so’rib olinadi. So’ngra asbob jo’mragi ochilib idishga filtrlangan havo yuboriladi. Bunda ampulalar 1,1 ml miqdorda eritma bilan to’ladi. Ampulaning kapillyar qismida qolgan suyuqlikni ampula ichiga solish uchun ular kasseta bilan birga kapillyarlarini yuqoriga qaratib asbobga joylashtiriladi va filtrlangan havo yuboriladi. Natijada kapillyardagi suyuqlik ampula ichiga tushadi. Ampulada qolgan suyuqlik hajmi belgilangan miqdorga teng bo’ladi. Shundan so’ng asbobning havo jo’mragi va qopqog’i ochilib, undagi eritma bilan to’lgan kasseta olinadi.
Eslatma. Agar ampula quritilmagan xolda eritma bilan to’ldiriladigan bo’lsa, u xolda eritma 10% kuchliroq qilib tayyorlanadi va ampulaga 1 ml dan quyiladi.
Ampulani kavsharlash. Ampulani kavsharlash uchun uning kapillyarlari alanganing yashil kismiga tutib, asta-sekin o’z o’qi atrofida aylantiriladi. So’ngra pergament qog’oziga o’rab, suv bug’i oqimida 30 daqiqa sterillanadi.
Ampulaning butunligini tekshirish. Ampuladagi eritma sterillangandan so’ng uning butunligi tekshiriladi. Buning uchun chinni kosachaga 0,01% li metilen ko’ki eritmasi solinib, avtoklavdan olingan issiq ampula unga tushiriladi va 2-3 daqiqaga quyib qo’yiladi. Agar ampula devori darz ketgan yoki kapillyari yaxshi kavsharlanmagan bo’lsa, bosimlar farqi hisobiga uning ichiga rangli eritma kiradi. Bo’yalib qolgan ampulalar ajratib olinadi. Qolgan ampulalar distillangan suv bilan yuvilib, sochiq bilan artib quritiladi va eritmaning tozaligi tekshiriladi. Saralash. Ampulalar 100% tekshiruvdan o’tkaziladi. Buning uchun ampula chayqatilib, 40 Vt li reflektor lampa yordamida ko’zdan kechiriladi. Eritmada begona moddalar (shisha kukuni, organik moddalarning kuygan bo’lakchalari, to’qima iplari) bo’lsa, bunday ampulalar ajratib olinadi. Tayyor mahsulotning sifatini tekshirish
Quyidagi ma'lumotlar foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidagi 3 (479), 6 va (164-bet) 8 (181-bet) adabiyotlardan olindi.
Tayyor mahsulot tavsifi. Rangsiz, tiniq eritma, pH 3,8-4,5. 1 ml eritmada 0,00242-0,00258 g novokain bo’lishi kerak.
Chinligi. Preparat natriy nitrit va v-naftolning ishqoriy eritmasi ta'sirida qizil rangga bo’yaladi yoki qizil cho’kma xosil qiladi (aminlar).
Natriy gidroksid ta'sirida esa yog’simon rangsiz cho’kma xosil qiladi (novokain asosi).
Preparatning pH qiymati 3,8-4,5 bo’lishi kerak.
Miqdorini aniqlash. Buning uchun nitritometrik usuldan foydalaniladi. 1ml preparatda 0,00242-0,00258 g novokain bo’lishi kerak, bu 0,25% li eritmaga to’g’ri keladi.
Qadoqlash. 1, 2, 5 va 10 ml li ampulalarda qalin qog’oz yoki polimerdan tayyorlangan idishda 10 donadan chiqariladi.
Saqlanishi. Extiyotlik bilan “B” ro’yxat bo’yicha qorong’i joyda saqlanadi.
Ishlatilishi. Etni o’ldiruvchi (anestetik) dori sifatida ishlatiladi. Bir martalik miqdori 0,25% li novokain eritmasi uchun 0,05 g, kunligi esa 0,25% li novokain eritmasi uchun 0,1 g ni tashkil etadi.
Texnologik jarayon tasviri
2-laboratoriya ishi.
Kofein-benzoat natriyning 10% li in'ektsion eritmasi.
Solutio Soffeini-natrii benzoatis 10% pro inectionibus.
Vazifa.
250 ml 10% li kofein-natriy benzoat in'ektsion eritmasini tayyorlang.
10 ta ampulani 1,1 ml dan to’ldiring va ularni kavsharlang.
Sterillang va ampulani butunligini tekshiring.
Tayyorlash jarayoni tasvirini chizing.
Tayyor mahsulotning sifatini tekshiring.
Tarkibi.
Kofein-natriy benzoat - 100 g.
Natriy gidroksidining 0,1 molG`l li eritmasi - 4 ml gacha.
In'ektsion suv - 1 l gacha.
Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar:
250 ml hajmli silindr.
Kofein-benzoat natriy.
In'ektsiya uchun ishlatiladigan suv.
0,1 molG`l li natriy gidroksidining eritmasi.
Tosh va tarozi.
Vakuum nasos.
“Qo’zikorin” filtri.
Eritmani solish uchun idish.
Kristalizator, kasseta.
Gaz gorelkasi.
Shisha tayoqcha, chinni kosacha, pergament qog’ozi.
Quritgich javoni, ekstraktor, sterilizator.
Qadoqlash uchun idish.
Metilen ko’ki eritmasi.
Ishni bajarish tartibi
Hajmi 250 ml li silindrga 25 g kofein-natriy benzoat kukuni solinib, 60-70 ml atrofidagi in'ektsion suvda eritiladi. So’ngra natriy ishqorining 0,5 mol/l li eritmasidan 1 ml ko’shib, in'ektsion suv bilan 250 ml ga etkaziladi. Eritma yaxshilab aralashtiriladi va “qo’ziqorin” filtri orqali filtrlanadi. Eritmaning tozaligi tekshiriladi, kerak bo’lsa qayta filtrlanadi.
Ampulani to’ldirish. Laboratoriya sharoitida ampulani to’ldirish uchun ginekologik ekstraktor asosida ishlaydigan vakuum moslamasidan foydalaniladi.
Buning uchun quruq va toza kyuvetaga filtrlangan eritma solinib, kassetaga terilgan ampulalarning kapillyar qismi eritmaga botirilgan holda jaylashtiriladi. Kyuveta asbob idishiga tushiriladi va zichlab berkitiladi. 0,6-0,7 mm simob ustuniga teng vakuum xosil bo’lguncha qo’lda ishlaydigan nasos yordamida asbobning havosi so’rib olinadi. So’ngra asbobning jo’mragi ochilib, idishga filtrlangan havo yuboriladi. Bunda ampulalar 1,1 ml miqdordagi eritma bilan to’ladi. Ampulaning kapillyar qismida qolgan suyuqlikni ampula ichiga solish uchun ular kasseta bilan birga kapillyarlarini yuqoriga qaratib asbobga joylashtiriladi va asbobga filtrlangan havo yuboriladi. Natijada kapillyardagi suyuqlik ampula ichiga tushadi. Ampulada qolgan suyuqlik hajmi belgilangan miqdorga teng bo’ladi. Shundan so’ng asbobning havo jo’mragi va qopqog’i ochilib, undagi eritma bilan to’lgan kasseta olinadi.
Ampulani kavsharlash. Ampulani kavsharlash uchun uning kapillyari alanganing yashil qismiga tutib asta o’z o’qi atrofida aylantiriladi.
Sterillash. Ampula pergament qog’oziga o’ralgan holda chinni kosachaga solinadi va suv bug’i oqimida 100°S haroratda 30 daqiqa davomida sterillanadi.
Ampulaning butunligini tekshirish. Sterillangandan so’ng ampulaning butunligi tekshiriladi. Buning uchun chinni kosachaga 0,01% metilen ko’ki eritmasi solinib, avtoklavdan olingan issiq ampulalar unga tushiriladi va 2-3 daqiqa qo’yib qo’yiladi. Agar ampula devori darz ketgan yoki kapillyari yaxshi kavsharlanmagan bo’lsa, bosimlar farqi hisobiga uning ichiga rangli eritma kiradi. Bo’yalib qolgan ampula ajratib olinadi. Qolgan ampulalar distillangan suv bilan yuvilib, sochiq bilan artib quritiladi va eritmada begona moddalarning yuqligi tekshiriladi.
Saralash. Ampulalar 100% tekshiruvdan o’tkaziladi. Buning uchun ampulalar chayqatilib 40 Vt li elektr nur-qaytargich yorug’ligida ko’zdan kechiriladi. Eritmada suzib yuruvchi begona moddalar (shisha kukuni, organik moddalarning kuygan bo’lakchalari, to’qima iplari) bo’lsa, bunday ampulalar ajratib olinadi va yaroqsiz deb topiladi.
Tayyor mahsulotning sifatini tekshirish
Quyidagi ma'lumotlar foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidagi 3 (201), 6 va (165-bet) 8 (183-bet) adabiyotlardan olindi.
Tayyor mahsulot tavsifi. Tiniq, rangsiz, pH qiymati 6,8-8,5 ga teng bo’lgan suyuqlik. 1 ml preparatda 0,036-0,038 g kofein va 0,058-0,062 g natriy benzoat bo’ladi.
Chinligi. Preparatga suyultirilgan sulfat kislotasi va pergidrol qo’shib bug’latiladi, qoldiq ammiak eritmasi ta'sirida to’q qizil rangga bo’yaladi. Shuningdek, preparat temir (III)-xlorid ta'sirida qizil rangga bo’yaladi.
Miqdorini aniqlash. Kofein yodometrik usulda aniklanadi. Bunda uning mikdori (quruq preparatga nisbatan xisoblanganda) 38-40% ni tashkil qilishi kerak. Natriy benzoat miqdori esa neytrallash usulida aniqlanadi. U 58-62% ni tashkil qilishi kerak.
Eslatma. Kofein-natriy benzoat o’rniga kofein va natriy benzoatni ishlatish mumkin. Quritilmagan ampulani eritma bilan to’ldirganda uning kontsentratsiyasi 10% ga yuqori qilib tayyorlanadi va ampulalarga 1 ml dan quyiladi.
Qadoqlash. Ampulalarda 1 ml dan 100 donadan polimer yoki qalin qog’oz idishlarda chiqariladi.
Saqlanishi. Extiyotlik bilan B ro’yxatda saqlanadi.
Ishlatilishi. Markaziy asab va yurak faoliyatini yaxshilovchi tayyor dori vositasi sifatida ishlatiladi. Bir martalik miqdori 0,4 g (teri ostiga). Bir kunligi esa 1,0 g (teri ostiga).
Masala. 250 ml 20% li kofein benzoat natriy in'ektsion eritmasini tayyorlash uchun tarkib tuzing.
Echish.
Tarkib. Kofein benzoat natriy - 200 g
Natriy ishqori 0,1 molG`l li - 4 ml
In'ektsiya uchun suv - 1 l gacha
1000 - 200
250 - x x = 50 g kofein benzoat natriy.
1000 - 4
250 - x x = 1ml natriy ishqori 0,1 mol/l li.
Kofein benzoat natriyni hajm oshirish koeffitsienti jadval bo’yicha 0,65 ml/g ga teng. Bu degani 1 g kofein benzoat natriy 0,65 ml ga eritmani hajmini oshiradi.
1 - 0,65
50 - x x = 32,5 ml
250 – 32,5 = 217,5 ml
20%li kofein benzoat natriyni zichligi jadval bo’yicha 1,073 ga teng.
250 x 1,073 = 268 ml
268 – 50 = 218 ml
Ishchi tarkib: Kofein benzoat natriy - 50 g
Natriy ishqori 0,1 mol/l li - 1 ml
In'ektsiya uchun suv - 218 ml
Tayyorlash jarayoni tasviri
3-laboratoriya ishi.
Novokainamidni 10% li in'ektsion eritmasi.
Solutio Novocainamidi 10% pro inectionibus.
Vazifa.
250 ml 10% li novokainamid eritmasini tayyorlang.
10 ta ampulaga 1,1 ml dan eritmani quyib kavsharlang.
Sterillang va ampulani butunligini tekshiring.
Tayyorlash jarayoni tasvirini chizing.
Tayyor mahsulotning sifatini tekshiring
Tarkibi.
Novokainamid - 100 g.
Natriy metabisulfit - 5 g.
In'ektsiya uchun ishlatiladigan suv - 1 l gacha.
Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar:
250 ml hajmli silindr.
Novokainamid va natriy metabisulfit.
In'ektsiya uchun ishlatiladigan suv.
Vakuum nasos va “qo’zikorin” filtri.
Eritmani solish uchun idish.
Kristalizator, kasseta, gaz gorelkasi.
Shisha tayoqcha, chinni kosacha, pergament qog’ozi.
Quritgich javoni, ekstraktor, sterilizator, metilen ko’ki eritmasi.
Ishni bajarish tartibi:
250 ml li silindrga 25 g novokainamid va 1,25 g natriy metabisulfit kukunidan solib, in'ektsiya uchun ishlatiladigan suvda eritiladi va shu suv bilan 250 ml gacha etkaziladi. Eritma «qo’ziqorin» filtri orqali filtrlanadi.
Ampulani to’ldirish va kavsharlash. Laboratoriya sharoitida ampulani to’ldirish ginekologik ekstraktor asosida ishlaydigan vakuum moslamasi yordamida amalga oshiriladi.
Quruq va toza kyuvetaga suzilgan eritma solinib, kassetaga terilgan ampulalarni kapillyar qismi eritmaga botadigan qilib joylashtiriladi. Kyuveta asbob idishiga tushiriladi va 0,6-0,7 mm simob ustuniga teng vakuum hosil qilinadi. So’ng asbob jo’mragi ochilib, idishga filtrlangan havo yuboriladi. Bunda ampulalar 1,1 ml mikdoridagi eritma bilan to’ladi. Ampulaning kapillyar qismida qolgan suyuqlikni chiqarib tashlash uchun ular kasseta bilan birga kapillyarlari yuqoriga qaratib joylashtiriladi. Vakummetr darajasi 0,25 ni ko’rsatguncha asbobdan havo so’rib olinadi. Natijada kapillyardagi suyuqlik chiqib ketadi. Shundan so’ng asbobning havo jo’mragi va qopqog’i ochilib, undagi eritma bilan to’ldirigan ampulalar kasseta bilan birga olinadi.
Ampulani kavsharlash. Ampulani kavsharlash uchun uning kapillyari alanganing yashil qismiga tutib turilgan xolda, asta o’z o’qi atrofida aylantiriladi. Bunda kapillyarni uchi erib, kavsharlanib qoladi.
Sterillash. Kavsharlangan ampulalar pergament qog’oziga o’ralib, chinni kosachaga joylashtiriladi va suv bug’i oqimida 100oC haroratda 30 daqiqa davomida sterillanadi.
Ampulaning butunligini tekshirish. Ampula sterillangandan so’ng uning butunligi tekshiriladi. Buning uchun chinni kosachaga 0,01% li metilen ko’ki eritmasi solinib, avtoklavdan olingan issiq ampulalar unga tushiriladi va 2-3 daqiqaga qo’yib qo’yiladi. Agar ampula devori darz ketgan yoki kapillyari yaxshi kavsharlanmagan bo’lsa, bosimlar farqi xisobiga uning ichiga rangli eritma kiradi. Eritmaning rangi bo’yalib qolgan ampula ajratib olinadi. Qolgan ampulalar distillangan suv bilan yuvilib, sochiq bilan artib quritiladi va eritmada begona moddalar bor yoki yuqligi tekshiriladi.
Saralash. Ampulalar 100% tekshiruvdan o’tkaziladi. Buning uchun ampula chayqatilib, 40 Vt li reflektor lampa yorug’ligida ko’zdan kechiriladi. Eritmada suzib yuruvchi begona moddalar (shisha kukuni, organik moddalarning kuygan bo’lakchalari, to’qima iplari) bo’lsa, bunday ampulalar ajratib olinadi.
Tayyorlash jarayoni tasviri
Tayyor mahsulotning sifatini tekshirish
Quyidagi ma'lumotlar foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidagi 3 (476), 6 va (169-bet) 8 (186-bet) adabiyotlardan Olindi.
Tayyor mahsulot tavsifi. Rangsiz, tiniq, pH 3,8-5,0 ga teng bo’lgan suyuqlik. 1 ml preparatda 0,097-0,103 g novokainamid bo’lishi kerak.
Chinligi. Preparatga xlorid kislota, natriy nitrit va v-naftolning ishqoriy eritmasi qo’shilganda to’q qizil rang yoki qizil cho’kma hosil bo’ladi (aminlar).
Nitrat kislotasi yoki kumush nitrat eritmasi bilan esa qizil rangli amiiakda eriydigan cho’kma hosil qiladi (xloridlar).
Preparatga ammoniy vanadat va kuchli sulfat kislotasi qo’shib qizdirilsa, qizil rangli eritma xosil bo’ladi (novokaindan farqi).
Miqdorini aniqlash. Miqdori nitritometrik usulda aniqlanadi. 1ml preparatda 0,097-0,103 g novokainamid bo’lishi kerak, bu 10% li novokainamid eritmasiga to’g’ri keladi. Natriy metabisulfitning miqdori yodometrik usulda aniqlanadi. Uning miqdori 1 ml preparatda 0,0005 g dan ortiq bo’lmasligi kerak.
Qadoqlash. 1, 2 yoki 5 ml dan qog’oz yoki polimer qutichalarda 10 donadan chiqariladi.
Saqlanishi. Ehtiyotlik bilan “B” ro’yhatida, qorong’i joyda saqlanadi.
Ishlatilishi. Yurak kasalliklarida, yurak va o’pka tomirlar jarrohligida va ularni bir me'yorda ishlashini buzilishini oldini olish uchun ishlatiladi. Bir martalik mushak va venaga tomchilab yuboriladigan miqdori 10 ml. Bir kunligi esa 30 ml ni tashkil qilishi lozim.
4-laboratoriya ishi.
Kaltsiy xloridning 10% li in'ektsion eritmasi.
Solutio Calcii chloridi 10% pro inectionibus.
Vazifa.
250 ml 10% li kaltsiy xlorid eritmasini tayyorlang.
5 dona ampulaga 5 ml dan eritma quying va kavsharlang.
Ampulalarni sterillang va butunligini tekshiring.
Tayyorlash jarayoni tasvirini chizing.
Tayyor mahsulotning sifatini tekshiring.
Tarkibi.
Kaltsiy xlorid - 100 g.
In'ektsiya uchun ishlatiladigan suv - 1 litrgacha.
Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar:
500 ml hajmli silindr.
Kaltsiy xlorid va in'ektsiya uchun ishlatiladigan suv.
Tosh va tarozi.
Vakuum nasos, “qo’zikorin” filtri.
Eritmani solish va qadoqlash uchun idish.
Kristalizator, kasseta.
Gaz gorelkasi, shisha tayoqcha, chinni kosacha, pergament qog’ozi.
Quritgich javoni, ekstraktor, sterilizator.
Metilen ko’ki eritmasi.
Ishni bajarish tartibi:
500 ml li silindrga 25 g kaltsiy xlorid tortib solinib, in'ektsiya uchun ishlatiladigan suvda eritiladi va suv bilan 250 ml gacha etkazilib, «qo’ziqorin» filtri yordamida filtrlanadi.
Eslatma. In'ektsion eritmani tayyorlash uchun kaltsiy xloridni “In'ektsiya uchun” navi bo’lishi va u 95% li spirtda to’la erishi kerak. Agar bu talabga mos kelmasa, eritma bir oz kuchliroq qilib tayyorlanadi va maxsus usulda tozalanadi. Kaltsiy xlorid in'ektsiya uchun ishlatiladigan suvda eritiladi, so’ngra unga 0,35 g kaltsiy gidroksidi qo’shib, 10 daqiqa davomida qaynatiladi va 7 kunga qoldiriladi. Bunda kaltsiy sulfatning eruvchanligi yomonlashadi va
Tayyorlash jarayoni tasviri
cho’kmaga tushadi, shuningdek og’ir metallar, temir, mish'yak ionlari bilan birikib, cho’kma xosil qiladi. Eritmaga 0,1% faollashtirilgan ko’mir qo’shib aralashtiriladi. So’ng eritmaning pH qiymati aniqlanadi va 0,1mol/l li xlorid kislotasi bilan pH 5,5-7,0 bo’lguncha neytrallanadi.
Ampulani to’ldirish. Filtrlangan eritma solingan idishning uchiga bo’sh igna o’rnatilgan steril byuretkaga solinib, 5 ta 10 yoki 20 ml li ampulalarga quyiladi.
Ampulani kavsharlash. Ampulalar kapillyarini cho’zish usulida kavsharlanadi.
Sterillash. To’ldirilgan ampulalar 110°S haroratda 30 daqiqa mobaynida sterillanadi.
Tayyor mahsulotning sifatini tekshirish
Quyidagi ma'lumotlar foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidagi 6 va (171-bet) 8 (188-bet) adabiyotlardan olindi.
Tayyor mahsulotning tavsifi. Rangsiz, tiniq, pH ko’rsatkichi 5,5-7,0 bo’lgan suyuqlik. 1 ml preparatda 0,097-0,103 g kaltsiy xlorid bo’lishi kerak.
Chinligi. Preparat ammoniy oksalat bilan sirka kislotasi ishtirokida ammiakda erimaydigan oq cho’kma xosil qiladi. Cho’kma suyultirilgan mineral kislotasida eriydi (kaltsiy).
Preparat kislotali muhitda kumush nitrat bilan ammiakda eriydigan oq-oqish cho’kma hosil qiladi (xloridlar).
Miqdorini aniqlash. Kaltsiy xloridning miqdori trilonometrik usulda aniqlanadi (indikator kislotali to’q-ko’k xrom).
1 ml preparat 0,097-0,1032 g kaltsiy xlorid saqlashi kerak, u 10% li eritmaga to’g’ri keladi.
Qadoqlash. 5 yoki 10 ml dan ampulalarda 5 yoki 10 donadan chiqariladi.
Saqlanishi. Qorong’i joyda saqlanadi.
Ishlatilishi. Allergiyaga qarshi tayyor dori vositasi sifatida ishlatiladi.
Mavzu: Moyli in'ektsion eritmalar va ularni korxona sharoitida tayyorlash texnologiyasi. Kamforaning 20% moyli in'ektsion eritmasini tayyorlash texnologiyasi.
Maqsad: Moyli in'ektsion eritmalarni tayyorlashda ishlatiladigan erituvchilar, ularga qo’yilgan talablar, ularni tayyorlashdagi o’ziga xos tomonlar, Tayyor mahsulot sifatini nazorat qilish kabi masalalarni mukammal o’rganish.
Mavzuning ahamiyati. Hamma xolatlarda ham suvli eritmalarni tayyorlash imkoniyati yo’q. Sababi hamma moddalar ham suvda yaxshi eriyvermaydi. Moyda eriydigan dori moddalaridan eritmalar tayyorlashda erituvchini qolaversa, texnologik jarayonni to’g’ri tanlash ayniqsa ulardan in'ektsion eritmalarni tayyorlashda katta amaliy ahamiyatga ega.
Laboratoriya mashg’ulot mavzusini yoritishda “Qorbo’ron” pedagogik texnologiya usulidan foydalaniladi
Vaziyatli masalalar.
1,0, 2,0 va 5,0 ml li ampulalarga 1,25, 2,5 va 5,9 ml dan kamforaning 10% li moyli eritmasi solingan.
In'ektsion eritma tayyorlaydigan moyda suvning yuqi bo’lishi va kislota soni 3,0 ga teng ekanligi aniqlandi.
Ampuladagi moyli eritma sovunli suvga botirilganda emulsiya Hosil bo’ldi.
Talabalarning bilimini tekshirish uchun savollar.
Moyli in'ektsion eritmalarga qo’yiladigan talablar.
XI DF ruhsat etgan in'ektsion moylar.
Moylarni alohida sterilizatsiya qilishdan kuzatilgan maqsad.
400 ml kamforani 20% li moyli in'ektsion eritmasini tayyorlab ampulalarga 2 ml dan quying.
Moyli in'ektsion eritmalar qanday filtrlanadi.
Ampuladagi in'ektsion eritmalarni sterillash usullari.
Sterilizatsiyadan kuzatiladigan maqsad.
Termolabil in'ektsion eritmalarni sterillash usullari.
“Vladipor” filtri kaysi guruxdagi filtrlarga misol bo’la oladi?
Suvli va moyli in'ektsion eritmalar bilan to’ldirilgan ampulalarni butunligi qanday tekshiriladi?
1-laboratoriya ishi
In'ektsiya uchun kamforaning 20% li moyli eritmasi.
Solutio Camphorae oleosae 20% pro inectionibus.
Vazifa.
100 ml 20% li kamforaning moyli in'ektsion eritmasini tayyorlang.
5 ta ampulaga 1,15 ml dan eritmani quying va kavsharlang.
Sterillang va ampulaning butunligini tekshiring.
Tayyorlash jarayoni tasvirini chizing.
Tayyor mahsulotning sifatini tekshiring.
Tarkibi.
Kamfora - 200,0 g.
Shaftoli moyi - 1 litrgacha.
Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar:
100 ml li stakan va silindr.
Sterillangan shaftoli moyi va kamfora.
Shisha tayoqcha va filtrlovchi material (tibbiyot dokasi).
Tosh va tarozi.
Vakuum estraktor va 2 ml li shprits.
Yuvilgan va quritilgan ampulalar.
Pergament qog’oz va ip.
Chinni kosacha va sovunli suv.
Sterilizator.
Tayyor mahsulotni solish uchun idish.
Xonani sterillash uchun UB lampasi.
Gaz gorelkasi.
Ishni bajarish tartibi
100 ml li silindrga 20 g maydalangan kamfora, 40 g 40°C haroratdagi shaftoli moyi bilan shisha tayoqcha yordamida kamfora erib ketguncha aralashtiriladi. So’ngra shu moy bilan hajmi 100 ml ga etkaziladi va issiq holda 4-kavat qilib tayyorlangan tibbiyot dokasi orqali suziladi. Tayyor eritma ampulalarga 1,15 ml dan solinadi. To’ldirishda vakuum ekstraktor asbobi (uning bosim ko’rsatkichi 0,8-1,0 atrofida bo’lishi lozim) yoki 2,0 ml hajmdagi shpritsdan foydalaniladi.
Sterillash. Kavsharlangan ampulalar pergament qog’oziga o’raladi va chinni kosachalarga joylashtirilib, suv bug’i oqimida 100°C haroratda 1 soat mobaynida sterillanadi.
Ampulaning butunligini tekshirish. Sterillangan issiq xoldagi ampulalar 2-3 daqiqaga sovunli eritma solingan chinni kosachaga tushiriladi. Agar darz ketgan yoki yomon kavsharlangan ampula bo’lsa tashqi va ichki bosimlar farqi hisobiga suyuqlik ampula ichiga kirib, emulsiya hosil qiladi. Butun ampulalar issiq suvda yuviladi va sochiq bilan artiladi.
Tayyor mahsulotning sifatini tekshirish
Quyidagi ma'lumotlar foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidagi 3 (156), 6 va (177-bet) 8 (195-bet) adabiyotlardan olindi.
Tayyor mahsulot tavsifi. Och sariq rangli, moysimon, tiniq suyuqlik bo’lib, kamfora hidiga ega. Zichligi 0,923-0,926.
Miqdorini aniqlash. Buning uchun og’irlik usulidan foydalaniladi. Aniq tortib olingan modda miqdori suv hammomida kamfora hidi yo’qolguncha qizdiriladi va quruq qoldiq tortiladi. Kamforaning miqdorini hisoblash uchun 1 ml preparatni yo’qottan massasini zichligiga ko’paytirib, tekshirish uchun olingan miqdorga bo’linadi. 1ml eritmada 0,19-0,21 g kamfora bo’lishi kerak.
Qadoqlash. 1, 2 va 10 ml dan ampulalarda, qalin qog’oz, polietilen qutichalarda 10 donadan chiqariladi.
Saqlanishi. Qorong’i joyda saqlanadi.
Ishlatilishi. O’tkir va surunkali yurak quvvatsizligida, nafas olish va qon aylanishini yaxshilash maqsadida, o’pka yallig’lanishida, narkotik moddalar bilan zaharlanganda ishlatiladi.
Texnologik jarayon tasviri
|