Dori vositalarining sanoat texnologiyasi




Download 4,47 Mb.
bet6/12
Sana01.01.2020
Hajmi4,47 Mb.
#7713
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12

Vaziyatli masalalar:

  1. Massa qolipga yopishib, tabletkaning sathi va chetlari silliq chiqmayotganligi kuzatildi.

  2. Tabletkaning o’rtacha og’irligi va undan farqi talab darajasida emas.

  3. Tabletkaning sirtida oq dog’lar borligi kuzatildi.

Talabalar bilimini tekshirish uchun savollar.

  1. Yordamchi moddalarni ishlatishdan kuzatilgan Maqsad:

  2. Yordamchi moddalar qanday guruxlarga bo’linadi.

  3. Nam massani quritish usullari.

  4. Bog’lovchi moddalar va ularning turlari.

  5. Sirpantiruvchi va parchalantiruvchi moddalarga misollar keltiring.

  6. Parchalantiruvchi moddalar samaradorligi, ularga misollar keltiring.

  7. Antifriktsion moddalar, ularga misollar keltiring.

  8. Qaysi xollarda kraxmal parchalantiruvchi sifatida samara bermaydi?

  9. Gaz hosil qiluvchi yordamchi moddalarning ta'siri nimaga asoslangan?

  10. Quyidagi tabletka uchun yordamchi moddalar mikdorini tanlang: analgin 0,5 g (tabletkaning o’rtacha massasi 0,55 g)

1-laboratoriya ishi.

Natriy xloridning 0,9 g li tabletkalari.

Tabulettae Natrii chloridi 0,9 g.

Vazifa.

  1. 50 dona natriy xlorid tabletkasini to’g’ridan-to’g’ri presslash usuli orqali tayyorlang.

  2. Tayyorlash jarayoni tasvirini chizing.

  3. Tayyor maxsulotning sifatini tekshiring

Tarkibi.

Natriy xlorid - 0,9 g



Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar:

  1. Zarb bilan ishlaydigan tabletka mashinasi.

  2. Diametri 12 mm li qolip va puansonlar.

  3. Quritgich javoni.

  4. Teshigining diametri 1000 mkm bo’lgan elak.

  5. Tarozi va toshlar, qog’oz, slyuda, chinni kosacha.

  6. Kaltsiy stearat, paxta yoki doka.

  7. Hajmi 100 mm li tagi yassi kolba.

  8. Quritilgan natriy xlorid.

  9. Gidropress, tozalangan suv.

  10. Tayyor maxsulotni qadoqlaydigan idish.

Ishni bajarish tartibi

Oldindan quritib, maydalangan natriy xlorid substantsiyasi diametri 1000 mkm li elakdan o’tkazilib, zarb bilan ishlaydigan tabletka mashinasida 0,9 grammdan, diametri 12 mm li qolipda presslanadi.



Tayyor maxsulotning sifatini tekshirish

Quyidagi ma'lumotlar foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidagi 3 (443 bet) 6 (55-bet) va 8 (56-bet) adabiyotlardan olindi.



Tayyor maxsulotning tavsifi. Oq rangli, sho’r ma'zali tabletka.

Chinligi. Tabletkaning eritmasi sirka kislota ishtirokida rux uronil atsetat bilan sariq kristal cho’kma hosil qiladi (natriy).

Preparat eritmasi nitrit kislota ishtirokida kumush nitrat bilan ammiakda eriydigan oq cho’kma hosil qiladi (xloridlar).



Miqdorini aniqlash. Kaliy xromat indikatori ishtirokida argentometrik usulda aniqlanadi. Tabletkada natriy xlorid mikdori 0,86-0,94 g bo’lishi kerak.

Sifatini tekshirish. Tayyor tabletkalar tashqi ko’rinishi, o’rtacha og’irligi va undan farqi, parchalanishi va qattiqligi bo’yicha tekshiriladi.
Texnologik jarayon tasviri


Qadoqlash. Shisha idishlarda 50-100 tadan chiqariladi.

Saqlanishi. Yaxshi berkitilgan shisha idishlarda saqlanadi.

Ishlatilishi. Izotonik va gipertonik eritmalar tayyorlash uchun ishlatiladi. 3,5-10% li gipertonik eritmasi yiringli yaralarni yuvishda va antiseptik vosita sifatida ishlatiladi.

2-laboratoriya ishi.

Streptotsidning 0,3 g li tabletkalari.

Tabulettae Streptocidi 0,3 g.

Vazifa.

  1. 25 dona streptotsid tabletkasini tayyorlang.

  2. Tayyorlash jarayoni tasvirini chizing.

  3. Tayyor mahsulotning sifatini tekshiring.

Tarkibi.

Streptotsid - 0,3000 g.

Kraxmal - 0,0267 g.

Kaltsiy stearat - 0,0033 g.

O’rtacha massasi - 0,3300 g.

Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar:


  1. Zarb bilan ishlaydigan tabletka mashinasi.

  2. Quritish javoni.

  3. 9 mm li qolip va puansonlar.

  4. Teshigining diametri 100, 200 va 1000 mkm li elaklar.

  5. Xovoncha, chinni kosacha, slyuda, pergament qog’oz.

  6. Kaltsiy stearat.

  7. Tarozi va toshlar.

  8. Streptotsid substantsiyasi.

  9. Kartoshka kraxmali.

  10. Shisha tayoqcha.

  11. 100 ml li tagi yassi kolba.

  12. Tozalangan suv.

  13. Elektr plitasi.

  14. Tabletkani qadoqlaydigan idish.

  15. Tibbiyot paxtasi va doka.

Ishni bajarish tartibi:

Oldindan maydalangan va teshigining diametri 200 mkm li elakdan o’tkazilgan streptotsid xavonchada yoki ikki kurakchali zettasimon aralashtirgichda, 7% li kraxmal shilimshig’i bilan (100 g massaga 13-16 g 7% li kraxmal shilimshig’i sarflanadi), mo’'tadil nam massa xosil bo’lguncha aralashtiriladi. Massa pergament qog’oziga bir tekisda yoyilib, 40-50°C haroratda quritgich jovonida, tarkibida 1,5 % qoldiq namlik qolguncha quritiladi. So’ngra diametri 1000 mkm li elak yordamida donadorlanadi va oldindan teshigining diametri 100 mkm li elak orqali elangan kraxmal hamda kaltsiy stearat aralashmasi bilan upalanadi.

Tayyor massa zarb bilan ishlaydigan tabletka mashinasida diametri 9 mm, og’irligi 0,33 g dan qilib presslanadi.

Tayyor mahsulotning sifatini tekshirish

Quyidagi ma'lumotlar foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidagi 3 (647) 6 va (57-bet) 8 (58-bet) adabiyotlardan olindi.



Tayyor maxsulotning tavsifi. Oq rangli, diametri 9 mm, shakli silindrsimon tabletka. Har bir tabletkada 0,285-0,315 g streptotsid bo’lishi kerak.

Chinligi. Preparatning atsetonli ajratmasi bug’latiladi va qoldiq xlorid kislota va suv aralashmasida eritiladi. So’ng natriy va v-naftol ta'sir ettirilsa, to’q qizil rangli cho’kma hosil bo’ladi (streptotsid).

Preparat quruq probirkaga solinib, alangaga tutilsa, rangsiz alanga och binafsha rangga bo’yaladi, hamda ammiak va anilin hidi seziladi (boshqa sulanilamid preparatlaridan farqi).



Miqdorini aniqlash. Nitritometrik usulda olib boriladi. Tabletkadagi streptotsid miqdori 0,285-0,315 g ni tashkil qilishi kerak.

Tabletkaning sifatini aniqlash. Tabletkaning tashqi ko’rinishi, o’rtacha massasi va undan farqi, diametrining balandligiga mutanosibligi, qattiqligi va suvda parchalanuvchanligi aniqlaniladi (XI DF, 2 juz, 154 bet).

Qadoqlash. Konvalyuta va shisha idishlarda 10-30 tadan chiqariladi.

Saqlanishi. Extiyotkorlik bilan „B" ro’yhatida saqlanadi.

Ishlatilishi. Meningit, angina, sistit, kolit, yuqumli yaralarning oldini olish uchun ishlatiladi. Kuniga 2 ta tabletkadan 5-6 marta beriladi.

3-amaliy ish.

Bekarbon” tabletkasi

Tabulettae “Becarbonum”

Vazifa.


  1. 30 dona “Bekarbon” tabletkasini tayyorlang.

  2. Tayyorlash jarayoni tasvirini chizing.

  3. Tayyor maxsulotning sifatini tekshiring.

Tarkibi.

Belladonna quyuq ekstrakti - 0,0100 g.

Natriy gidrokarbonat - 0,3000 g.

Kartoshka kraxmali - 0,0365 g.

Kaltsiy stearat - 0,0035 g.

O’rtacha massasi - 0,3500 g.



Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar:

  1. Zarb bilan ishlaydigan tabletka mashinasi.

  2. Quritish javoni.

  3. 9 mm li qolip va puansonlar.

  4. Teshigining diametri 100, 200 va 1000 mkm li elaklar.

  5. Xovoncha, chinni kosacha, slyuda, pergament qog’oz.

  6. Kaltsiy stearat.

  7. Tarozi va toshlar.

  8. Belladonna quyuq ekstrakti.

  9. Kartoshka kraxmali.

  10. Shisha tayoqcha.

  11. 100 ml li tagi yassi kolba.

  12. Tozalangan suv.

  13. Elektr plitasi.

  14. Tabletkani qadoqlaydigan idish.

  15. Tibbiyot paxtasi va doka.

  16. Natriy gidrokarbonat

Ishni bajarish tartibi

Pergament qog’oziga belladonna quyuq ekstraktiga nisbatan ikki xissa ko’p miqdorda 5% kraxmal shilimshig’i tortib olinib, ustiga belladonna quyuq ekstrakti solinadi va shisha tayyoqcha yordamida aralashtiriladi. Bu aralashma oldindan maydalangan va teshigining diametri 150 mkm li elakdan o’tkazilgan natriy gidrokarbonat ustiga oz-ozdan solinib, bir xil massa xosil bo’lguncha xavonchada yoki ikki kurakchali zettasimon aralashtirgichda aralashtiriladi. Massa pergament qog’oziga bir tekisda yoyilib, 40-50°C haroratda quritgich jovonida, tarkibida 0,6 % qoldiq namlik qolguncha quritiladi. So’ngra diametri 1000 mkm li elak yordamida donadorlanadi va oldindan teshigining diametri 100 mkm li elak orqali elangan kraxmal hamda kaltsiy stearat aralashmasi bilan upalanadi.

Tayyor massa zarb bilan ishlaydigan tabletka mashinasida diametri 9 mm, og’irligi 0,35 g dan qilib presslanadi.

Tayyor mahsulotning sifatini tekshirish

Quyidagi ma'lumotlar foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidagi 6 va (59-bet) 8 (60-bet) adabiyotlardan olindi.



Tayyor maxsulotning tavsifi. Sariq qo’ng’ir rangli, diametri 9 mm, shakli silindrsimon, yassi xoshiyali yoki ikki tomoni qabariq tabletka. Har bir tabletkada 0,262-0,312 g natriy gidrokarbonat, asosli atropin esa 0,00019-0,00026 g. bo’lishi kerak.

Chinligi. Preparat eritmasiga suyultirilgan sirka kislotasi qo’shilsa karbonat angidridi ajralib chiqadi (gidrokarbonat). Preparat rangsiz alangani sariq rangga bo’yaydi (natriy). Alkaloidlarning borligi Vitali-Moren reaktsiyasi yordamida aniqlanadi.

Miqdorini aniqlash. Natriy gidrokarbonat 0,1 n xlorid kislotasi eritmasi yordamida titrlanadi. Bunda gidrokarbonat miqdori 0,285-0,315 g bo’lish kerak. Aniq miqdordagi preparat xloroform yordamida ishlanadi. Ajratma bug’latiladi, qolgan qoldiq esa benzol va suvsiz sirka kislotasi yordamida eritilib, 0,01 n xlorat kislota bilan binafsha rang och ko’kka o’tguncha titrlanadi. Alkaloidlar miqdori giostsiaminga nisbatan xisoblaganda 0,000126-0,000173 g bo’lishi kerak.

Tabletkaning sifatini aniqlash. Tabletkaning tashqi ko’rinishi, o’rtacha massasi va undan farqi, diametrining balandligiga mutanosibligi, qattiqligi va suvda parchalanuvchanligi aniqlaniladi (XI DF, 2 juz, 154 bet).

Qadoqlash. Sellofan, konvalyuta va shisha idishlarda 6-10 tadan chiqariladi.

Saqlanishi. Extiyotkorlik bilan „B" ro’yhatida, salqin va qorong’u joyda saqlanadi.

Ishlatilishi. Ichak mushaklarining tarangligi ortib ketganda og’riq qoldiruvchi dori sifatida kuniga 2-3 martadan beriladi.

Texnologik jarayon tasviri



Mavzu: Tabletkalarni qobiq bilan qoplash. Drajelar. Mikrotabletkalar. Rux sulfat va riboflavin bilan askorbin kislotasini saqlovchi mikrotabletkalarni tayyorlash texnologiyasi.

Maqsad: Tabletkalarni qobiq bilan qoplashdan maqsad, qoplash usullari, qoplashda ishlatiladigan yordamchi moddalar, hamda qobiqlangan tabletkalar sifatini Baholashni o’zlashtirish. Drajelar, mikrotabletkalar va ularni tayyorlash texnologiyasi, shuningdek mikrotabletkalarni tabletkalardan farqli tomonlari, afzallik va kamchiliklari to’g’risida umumiy tushunchalarga ega bo’lish.

Mavzuning ahamiyati: Tabletkalarni tashqi muhit ta'siridan saqlash, turg’unligini oshirish, qolaversa ularni oshqozondagi kislotali sharoitdan muhofaza qilish va ichakda erishini ta'minlashda tabletkalarni qobiq bilan qoplash katta amaliy ham iqtisodiy ahamiyatga egadir. Drajelar va mikrotabletkalar esa tabletkalardan bir qator afzalliklarga ega bo’lib, ularni o’ziga xos tayyorlash usullari draje va mikrotabletkalarni ishlab chiqarishda bir qator qulaylik va imkoniyatlarni yaratib beradi.

Laboratoriya mashg’ulot mavzusini yoritishda “Klaster” pedagogik texnologiya usulidan foydalaniladi




Vaziyatli masalalar:

  1. Parda hosil qilib qoplashda quyidagi yordamchi moddalar ishlatildi: Tozalangan suv, Kraxmal, bug’doy uni va MKTs.

  2. Tabletkalar obakilash usulida qobiqlagandan so’ng ularning sirtida darz ketish kuzatildi.

  3. O’rtacha 0,1, 0,2 va 0,3 g og’irlikdagi tabletkalar parda hosil kilib koplangandan so’ng ularning og’irligi 0,2, 0,22 va 0,309 g ni tashkil etdi.

Talabalar bilimini tekshirish uchun savollar:

  1. Tabletkalar qanday maqsadlarda qobiq bilan qoplanadi?

  2. Presslash usulida qoplashni texnologik tasviri. U qanday dastgohda amalga oshiriladi.

  3. Obakilash usuli bilan qoplash texnologiyasi.

  4. Parda hosil qilish usuli bilan qoplash texnologiyasi.

  5. Qoplashda ishlatiladigan yordamchi moddalar.

  6. “Yolg’on qaynoq" yuzada qoplash usulida qobiq og’irligi qanday boshqariladi?

  7. Mikrotabletkalarning ta'rifi va tavsifi.

  8. Mikrotabletkalarga misollar keltiring.

  9. Drajelar ta'rif, tavsifi va tasnifi.

  10. Drajelarni tayyorlash texnologiyasi.


1-laboratoriya ishi.

Tabletkalarni presslash usulida qoplash.

Vazifa.

  1. Presslab qoplash uchun 100 g massa tayyorlang.

  2. 10 ta tabletkani presslash usuli bilan qobiq bilan qoplang.

  3. Tayyorlash jarayoni tasvirini chizing.

  4. Qobiqlangan tabletka sifatini tekshiring.

Qoplash uchun quyidagi tarkib tavsiya etiladi:

Glyukoza - 33 g.

Qand - 33 g.

Kraxmal - 33 g.

Kaltsiy stearat - 1 g.

Amarant - etarli mikdorda.



Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar:

  1. Qobiq bilan qoplash uchun granula.

  2. Ikki tomoni qabariq tabletka.

  3. Press forma, gidropress va tarzion tarozi.

  4. Parchalanishni aniqlash uchun ishlatiladigan asbob.

  5. Sochiq va tibbiyot dokasi, tayyor mahsulotni solish uchun idish.

  6. Hajmi 1 l bo’lgan silindr, sekundomer.

  7. Kaltsiy stearat, sovun, 95 % li etil spirti va tozalangan suv.


Ishni bajarish tartibi:

Oldindan alohida-alohida maydalanib, teshigining diametri 100 mkm bo’lgan elakdan o’tkazilgan glyukoza, qand, kraxmal va kaltsiy stearatlar chinni kosachada yaxshilab aralashtiriladi. Aralashma 0,1% amarant eritmasi saqlovchi 10% li kraxmal shilimshig’i bilan bir me'yorda namlanadi. Bunda har 100 g aralashmaga 13 g kraxmal shilimshig’i sarflanadi. Massa pergament qog’oziga yupqa qilib yoyilib, namligi me'yorida bo’lguncha 50-60°C haroratda, quritgich javonida quritiladi. Qurigan massa 1000 mkm elakdan o’tkaziladi. So’ngra tabletka gidropress asbobi yordamida 1600-2000kg/sm2 bosim ostida presslanadi. Bunda bosim kuchi tenglama bo’yicha hisoblanadi. Avval ikki tomoni qabariq tabletka 0,001 g aniqlikda tortib olinadi. Tabletkaning og’irligiga teng mikdorda qoplash uchun massa tortib olinib, yarmi qolip tagiga, qolgan yarmi esa tabletkaning ustidan solinadi. So’ngra yuqori puanson kiydirilib, ma'lum bosimgacha presslanadi. Bu usulda qobiqlash uchun ishlatiladigan qolipning diametri tabletkanikidan 2-3 mm ga katta bo’lishi kerak.



Tayyor mahsulotning sifatini tekshirish

1. Tabletkaning tashqi ko’rinishini aniqlash. Buning uchun 20 ta tabletka qurollanmagan ko’z bilan tekshiriladi. Tabletkalar to’g’ri shaklli, chetlari sinmagan, yuzasi silliq va bir xil ko’rinishda bo’lishi kerak.

2. O’rtacha og’irlik va undan chetlanishini aniqlash. Buning uchun 20 dona qobiq bilan qoplangan tabletka 0,001 g aniqlikda tortib olinib, natija 20 ga bo’linadi. Bunda bitta tabletkaning o’rtacha og’irligi kelib chiqadi. So’ngra har bitta tabletka alohida-aloxida 0,001 g aniqlikda tortiladi va natijalar yoziladi. Ularni ichidan eng katta va eng kichik natijalar tanlab olinib, foiz miqdorlari xisoblanib, farqi topiladi.

3. Tabletkaning balandligini diametriga mutanosibligini aniqlash. X DF bo’yicha tabletkaning balandligi diametrini 30-40% ni tashkil etishi kerak. U 0,01 mm aniqlikda mikrometr yoki shtangentsirkul yordamida aniqlanadi. TS bo’yicha esa maxsus jadval yordamida topiladi.

Tayyorlash jarayoni tasviri.



4. Tabletkaning sinishga bo’lgan qattiqligini aniqlash. Buning uchun Bezmen asbobi yordamida tabletkaning qattiqligi o’lchanadi.

5. Tabletkaning ishqalanishga bo’lgan qattiqligini aniqlash. Buning uchun do’mbirali asbobdan foydalaniladi. Tekshirish uchun 10 dona tabletka 0,001 g aniqlikda tortib olinib, do’mbiraga solinadi. Do’mbiraning qopqog’i yopilib, 5 daqiqa elektr tarmog’iga ulanadi. Do’mbira har daqiqada 20 marta aylanish tezligi bilan aylanadi. Ko’rsatilgan vaqt o’tgandan so’ng, tabletkalar do’mbiradan olinib, changdan tozalanadi va 0,001 g aniqlikda tortiladi. Ishqalanishga bo’lgan qattiqlik 97% dan kam bo’lmasligi kerak.

6. Tabletkaning parchalanishini aniqlash. XI DFning ko’rsatmasiga binoan, bu ko’rsatkich maxsus - identifikator asbobi yordamida aniklanadi. Parchalanish vaqti XI DF ning xususiy moddalarida ko’rsatilgan bo’lishi kerak. Agar ko’rsatilmagan bo’lsa 30 daqiqagacha parchalanishi kerak.
2-laboratoriya ishi.

Ruh sulfatning 0,0003 g li mikrotabletkalari.

Tabulettae Zincci sulfatis 0,0003 trituratio.

Vazifa.

  1. Tayyorlash jarayonida 20% yo’qotishni hisobga olgan xolda 300 ta rux sulfat mikrotabletkasini tayyorlang.

  2. Tayyorlash jarayoni tasvirini chizing.

  3. Tayyor mahsulotning sifatini baholang.

Tarkibi.

Ruh sulfat - 0,0003 g.

Sut qandi - etarli miqdorda.

50% li etil spirti - etarli miqdorda.

Ishlab chiqarish reglamentiga binoan tabletkaning o’rtacha og’irligi 0,03 g bo’lishi kerak.

Tayyorlash jarayonidagi 20% yo’qotishni hisobga olgan holda quyidagi tarkib tavsiya etiladi:

Ruh sulfat - 0.000Z6 g.

Sut qandi - 0,03564 g.

50% li spirt - etarli miqdorda.

O’rtacha og’irlik - 0,03 g.


Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar.

  1. Ruh sulfat, sut qandi va 50% li etil spirti.

  2. Xavoncha dastagi bilan, chinni kosacha, tosh va tarozi.

  3. Plastinka, shpatel va slyuda.

  4. Tayyor maxsulotni solish uchun idish.

  5. 0,9% li natriy xlorid eritmasi.

  6. Soat oynachasi va sekundomer.

  7. Plastmassadan tayyorlangan qolip va komposter asosidagi asbob.

  8. Shisha tayoqcha, sochiq va tibbiyot dokasi.

  9. Sterilizator, quritgich javoni va pergament qog’oz.


Ishni bajarish tartibi.

Trituratsion tabletka tayyorlash uchun kafedra xodimlari taklif etgan komposter asosida tayyorlangan asbobdan foydalaniladi.

Sterillangan hovonchada maydalab, teshigining diametri 150 mkm bo’lgan elakdan o’tkazilgan 0,11 g ruh sulfat va 10,7 g sut qandi yaxshilab aralashtiriladi va 1,3 ml 50% li etil spirti yordamida namlanadi. Qoliplar oynasimon plastinka ustiga joylashtiriladi va shpatel yordamida namlangan xamirsimon massa bilan surtib to’ldiriladi. So’ng asbobga joylashtirilib, qolipdan massa puanson yordamida itarib chiqariladi. Tabletkalar pergament qog’oziga joylashtiriladi va 55-60°C haroratda quritgich javonida quritiladi, so’ng saralanadi.

Eslatma. Rux sulfat tabletkasi ko’z kasalliklarida ishlatiladi. Shu sababli tayyorlash jarayonida aseptika qoidalariga to’laligicha rioya qilish lozim.



Tayyor maxsulotning sifatini baholash.

Quyidagi ma'lumotlar foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidagi 6 va (65-bet) 8 (67-bet) adabiyotlardan olindi.



Tayyorlash jarayoni tasviri


Tayyor maxsulotning tavsifi. Oq rangli, hidsiz, og’irligi 0,03 g, diametri Z mm bo’lgan tabletkalar. Tabletka tarkibidagi ruh sulfatning mikdori 0,00028-0,00032 g bo’lishi kerak.

Qadoqlash. 20 donadan parafinlangan shisha naychalarda chiqariladi.

Saqlanishi. Extiyotlik bilan “B” ro’yxatda saqlanadi.

Ishlatilishi. Ko’z kasalliklarida antiseptik modda sifatida qovoq ostiga qo’yiladi.

Chinligi. Preparat tarkibidagi ruh ioni, natriy sulfid ta'sirida oq cho’kma hosil qilishi bilan aniqlanadi.

Sulfatlar. Nitrat kislota ishtirokida bariy xlorid ta'sir ettirilsa, oq cho’kma yoki quyqa hosil bo’ladi.

Sut qandi. Preparatning eritmasi Feling suyuqligi bilan qizdirilsa, qo’ng’ir-qizil cho’kma xosil bo’ladi.

Rux sulfat miqdorini aniqlash. U ishqoriy sharoitda trilonometrik usulda aniqlanadi. Tabletkadagi rux sulfatning miqdori 0,00028-0,00032 g bo’lishi kerak.

Tabletkaning sifatini tekshirish. Tayyor tabletkalarning tashqi ko’rinishi, o’rtacha og’irligi va eruvchanligi tekshiriladi. Eruvchanlikni tekshirish uchun soat oynachasiga +40°C gacha isitilgan 0,05 mol/l li natriy xloridning izotonik eritmasidan quyib, ustiga 1 dona tabletka solinadi. Eritma shisha tayoqcha bilan sekin aralashtirilganda, 2-3 daqiqa ichida tabletka erib ketishi kerak.
Mavzu: Kapsulalar. Qattiq va yumshoq kapsulalar texnologiyasi. Ferask kapsulasini tayyorlash texnologiyasi.

Maqsad: Qattiq va yumshoq kapsulalarning tayyorlanish texnologiyasi va ularni dori modda yoki uning yordamchi moddalar bilan xosil qilgan aralashmalari, eritmalari yoki quyuq konsistentsiyali massalar bilan to’ldirish usullarini o’rganish va ularni sifatini baxolash.

Mavzuning ahamiyati: Kapsulalar bir qator afzalliklari (ishlab chiqarishni qulayligi, dori moddalarni fizik kimyoviy, shuningdek farmakologik xossalarini to’laqonli saqlab qolish imkoniyatining mavjudligi) bilan boshqa dori shakllari (tabletkalar, surtmalar, in'ektsion eritmalar va boshq.)dan tubdan farq qiladi. Kapsula shaklida ishlab chiqarilayotgan dori vositalarining keyingi yillardagi ishlab chiqarilish salmog’ini ko’radigan bo’lsak, ular tabletkalar va in'ektsion eritmalardan keyinggi uchinchi o’rinda turibdi. Lekin oxirgi uch yillik dinamikasida ularni kelgusidagi 5 yil ichida birinchi o’ringa chiqish ehtimoli borligini inobatga olsak, bu dori shakllarini ishlab chiqarish imkoniyatlarini yanada kengaytirish lozimligini ko’rish mumkin.

Laboratoriya mashg’ulot mavzusini yoritishda “Blits” pedagogik texnologiya usulidan foydalaniladi

Vaziyatli masalalar:

  1. Dori moddasi bilan to’ldirilgan qattiq jelatin kapsulasi silkitib ko’rilgandi ovoz eshitildi.

  2. Qattiq jelitn kapsulasining tashqi ko’rinishi ko’zdan kechirilgandi darz ketgan chiziqlar borligi aniqlandi.

  3. Yumshoq jelatin kapsulalarining o’lchamlari bir biridan keskin farq qilishi kuzatildi.

Talabalar bilimini tekshirish uchun savollar:

  1. Kapsulalarning ta'rifi, tavsifi va tasnifi

  2. Kapsulalarning afzallik va kamchilik tomonlari

  3. Kapsulalarning kelib chiqish tarixi

  4. Qattiq jelatin kapsulalarining tarkibi

  5. Qattiq jelatin kapsulalarining raqamlari

  6. Qattiq jelatin kapsulalarini tayyorlash texnologiyasi

  7. Yumshoq jelatin kapsulalarining tarkibi

  8. Yumshoq jelatin kapsulalarini tayyorlash texnologiyasi

  9. Qattiq jelatin kapsulalarini to’ldirish

  10. Kpsulalarning sifatini baxolash

1-laboratoriya ishi.

Ferask” kapsulasini tayyorlash



Vazifa.

  1. 30 ta “Ferask” kapsulasini tayyorlash uchun massa tayyorlang va “0” raqamli qattiq jelatin kapsulalariga soling.

  2. Tayyorlangan kapsulalarning sifat ko’rsatkichlarini aniqlang.

  3. Tayyor jarayoni tasvirini chizing

Ferask” kapsulalari

Capsulae “Ferascum”

FSP 42 Uz-19066007-1080-2007

Tarkibi: bitta kapsula uchun

Feramid - 400,0 mg

(FS 42 Uz-0028-2007)

Askorbin kislotasi - 30,0 mg

(X DF, 4 maqola; Brit.F., Evr.F., AQSh F.)

Kapsula ichidagi miqdori - 430,0 mg



Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar

  1. Feramid va askorbin kislotasi substantsiyalari

  2. Pergament qog’ozi.

  3. Tosh va tarozi

  4. “0” raqamli kapsulalar

  5. Kofe maydalagich yoki M.X.Islamgulov apparati

  6. Teshigining diametri 0,150 mm bo’lgan elak

  7. Xavoncha va dastasi

Ishni bajarish tartibi:

Kerakli mikdorda tortib olingan moddalar feramid va askorbin kislotasi M.X.Islamgulov asbobiga solinib, 12 soniya davomida maydalanadi. Taxminan 40 soniyadan so’ng, asbob qopqog’i ochilib, maydalangan kukun pergament qog’ozga solinadi va teshigining diametri 150 mkm li elak orqali o’tkazilib, tortiladi.

Massadan 0,43 g dan tortib, “0” raqamli qattiq jelatin kapsulalariga solinadi. Tayyor maxsulotning sifat ko’rsatkichlari aniqlanib, qadoqlanadi.

Tayyor maxsulotning sifatini tekshirish

Tavsifi. Rangi jigar rang bo’lgan, “0” raqamli qattiq jelatin kapsulalariga solingan yorqin sariq rangdan sariq-jigar ranggacha bo’lgan kukun. Tashqi ko’rinishi bo’yicha 11 DFning 2 nashri 143 betda keltirilgan talablarga javob berishi kerak.

Chinligi. Feramid – 200,0 mg kapsul ichidagi kukun 20 ml Tozalangan suvda eritiladi. 5 ml ushbu eritmaga 3 tomchi xlorid kislotasi eritmasidan solinib, unga 1 ml kaliy ferritsianid qo’shiladi. Natijada ko’k rangli cho’kma tushadi (temir ioniga xos bo’lgan reaktsiya).

2 ml bu eritmaga 0,5 ml nitrat kislotasi va 0,5 ml kumush nitrat eritmasi qo’shib aralashtirilsa, birdanigaoq cho’kma tushadi. U qo’shimcha nitrat kislotasi qo’shish bilan yo’qolmaydi (11 DF 1 nashr 165 betda keltirilgan xloridlarga xos bo’lgan reaktsiya).

100,0 mg kapsula ichidagi miqdor 100,0 mg natriy karbonat bilan qizdirilsa piridin xidi keladi.

100,0 mg kapsula ichidagi miqdor 2 ml 1 molG`l natriy ishqori bilan birgalikda qizdirilsa, ammiak xosil bo’ladi. Uni xo’llangan qizil lakmus qog’ozi ko’k rangga bo’yalishi orqali bilishimiz mumkin.

Askorbin kislotasi – 400,0 mg kapsula ichidagi massa 2 ml 2% xlorid kislotasi eritmasida eritilib, 50 ml Tozalangan suv, 0,5 ml 1% kaliy yodid, 2 ml 5% Kraxmal eritmasi qo’shilib, 0,00334 molG`l kaliy yodat eritmasi bilan titrlansa turg’un yorqin ko’k rangli eritma xosil bo’ladi.

O’rtacha og’irligi va undan farqi.

11 DF 2 nashr 144 betda keltirilgan talabga javob berishi kerak. Kapsula ichidagi massaning og’irligi 387,0 mg dan kam 473,0 mg dan ko’p bo’lmasligi kerak. Ya'ni 10% gacha chetlanishga ruxsat etiladi.



Tayyorlash jarayoni tasviri.




Mavzu: Yumshoq dori shakllari (YuDSh). Ularni tayyorlashda ishlatiladigan yordamchi moddalar. Korxona sharoitida surtmalar, linimentlar, kremlar, pastalar va gellarni tayyorlash texnologiyasi. Rux oksidi surtmasini tayyorlash texnologiyasi.

Maqsad. Korxona sharoitida ishlab chiqariladigan YuDSh va ularni tayyorlashda ishlatiladigan yordamchi moddalar (asoslar), ularga qo’yilgan talablar, shuningdek gomogen, emulsion, suspenzion va aralash turdagi YuDShni tayyorlash texnologiyasi va sifatini baxolashni o’rganish.

Mavzuning ahamiyati. YuDSh korxona sharoitida ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan bo’lib, ular tayyor dori vositalarining orasida salmoqli o’rinni egallaydi. Shuning uchun ham ularni ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan shart-sharoitlarni o’rganish, ishlab chiqarishni to’g’ri tashkil etishda katta amaliy ahamiyatga egadir.

Laboratoriya mashg’ulot mavzusini yoritishda “Qorbo’ron” pedagogik texnologiya usulidan foydalaniladi




Vaziyatli masalalar.

  1. YuDShni saqlash davomida ularni qavatlarga ajralishi kuzatildi.

  2. Borat kislotasining 3% li surtmasini miqdoriy tahlil qilganda biofaol modda 2,72% ni tashkil qildi.

  3. 33% li oltingugurt surtmasi emulgatorsiz tayyorlandi.

Talabalarning bilimini tekshirish uchun savollar.

  1. YuDShning ta'rifi, tavsifi va tasnifi.

  2. Asoslar tasnifi va ularga qo’yiladigan talablar.

  3. Suvli lanolin tarkibida qancha suv bor?

  4. Kaliy yodid surtmasidan 150 g tayyorlang.

  5. Rux oksidil surtma necha foizli tayyorlanadi?

  6. YuDShni texnologiyasi va ularni jihozlash.

  7. YuDShning sifatini baxolash.

  8. YuDShni korxona sharoitida ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan asbob-uskunalar.

  9. Gomogenizatorlar va ularning ishlash mexanizmi.

  10. YuDShni korxona sharoitida qadoqlash

1-laboratoriya ishi.

Rux oksidining 10% li surtmasi.

Unguentum Zyncci oxydi 10%.

Vazifa.

  1. 10 g rux oksidi surtmasini tayyorlang.

  2. Tayyorlash jarayoni tasvirini chizing.

  3. Tayyor maxsulot sifatini tekshiring.

Tarkibi.

Rux oksidi - 10,0 g

Vazelin - 90,0 g

Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar.


  1. Xovoncha dastagi bilan, tosh va tarozi.

  2. Rux oksidi va vazelin.

  3. Tayyor maxsulotni solish uchun idish.

  4. Sochiq, tibbiyot dokasi va sovun

  5. Slyuda, etiketka tayyorlash uchun qog’oz.

  6. Elektr plitasi va 50-100 mkm li elaklar

Ishni bajarish tartibi.

Kerakli miqdordagi ruh oksidi (oldindan 100 mkm li elakdan o’tkazilgan) xovonchaga solinadi va ustiga tortib olingan vazelin oz-ozdan solib (10-20 g) xovoncha dastagi bilan bir xil oq rangdagi surtma tayyor bo’lguncha yaxshilab aralashtiriladi. Tayyor bo’lgan surtma tashqi ko’rinishi bo’yicha baholanadi va qadoqlanadigan idishga solinib, etiketka yopishtiriladi.


Tayyorlash jarayoni tasviri

Tayyor maxsulotning sifatini baxolash.

Tayyor maxsulotning tavsifi. Oq yoki och sariq rangli surtma.

Chinligi. 0,5 g surtmaga 2 ml suyultirilgan xlorid kislotasi qo’shib, aralashtirib turgan xolda qizdiriladi. Sovutilgandan so’ng ustiga 8 ml suv solib, filtrlanadi. Filtrat ruxga xos bo’lgan reaktsiyalarni beradi (XI DF 1-juz, 165- bet).

Miqdorini aniqlash. Buning uchun 0,3-0,5 g surtma 100 ml li kolbaga solinadi, ustiga 5 ml suyultirilgan xlorid kislota va 25 ml suv solib, 5 daqiqa davomida qizdiriladi va sovitiladi. So’ngra 1 tomchi metil qizil eritmasi bilan neytrallanadi. Ustiga 10 ml xloraform, 5 ml ammiakning bufer eritmasi solinadi va 0,05 mol G`l li trilon B eritmasi bilan suvli qatlam ko’k rangga o’tguncha titrlanadi (indikator kislotali erixrom qora). 1 ml 0,05 molG`l trilon B eritmasi 0,004069 g rux oksidiga to’g’ri keladi. Surtma tarkibida 9,5-10,5% rux oksidi bo’lishi lozim.

Qadoqlash. Jigarrang shisha idishlarga qadoqlanadi.

Saqlanishi. Quruq va salqin joyda saqlanadi.

Ishlatilishi. Teri kasalliklarida qurituvchi sifatida ishlatiladi.

2-laboratoriya ishi.

Streptotsidning 10% li surtmasi.

Unguentum Ctreptocidi 10%.

Vazifa.

  1. 100,0 g 10% li streptotsid surtmasini tayyorlang.

  2. Tayyorlash jarayoni tasvirini chizing.

  3. Tayyor maxsulotning sifatini tekshiring.

Tarkibi.

Streptotsid - 10,0 g.

Vazelin - 90,0 g.

Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar.


  1. Xovoncha dastagi bilan, tosh va tarozi.

  2. Streptotsid va vazelin.

  3. Tayyor maxsulotni solish uchun idish.

  4. Sochiq, tibbiyot dokasi, sovun, slyuda.

  5. Elektr plitkasi va 50-100 mkm li elaklar.

  6. Qaychi, kley, pergament qog’ozi.

Ishni bajarish tartibi.

Oldindan isitilgan xovonchaga, maydalangan streptotsidni solib, ustiga 5-6 g vazelin qo’shiladi va bir xil massa xosil bo’lguncha yaxshilab aralashtiriladi. So’ngra qolgan vazelin 2-3 qismga bo’lib qo’shiladi va bir xil massa xosil bo’lguncha aralashtiriladi. Tayyor maxsulotning sifati baxolanib, qadoqlanadi.



Tayyorlash jarayoni tasviri

Tayyor maxsulotning sifatini baxolash.

Tayyor mahsulotning tavsifi. Oq yoki sariq rangli surtma.

Chinligi. 0,5 g surtma 10 ml suv bilan suv xommomida 10-15 daqiqa davomida qizdiriladi va sovutilib, filtrlanadi. Filtrat streptotsidga xos reaktsiya beradi (X DF. 646 bet).

Miqdorini aniqlash. 3 g surtma (aniq tortma) tagi yassi kolbaga solinadi, so’ngra 4 marta 10 daqiqadan, suyultirilgan xlorid kislotasi yordamida, aralashtirib turgan holda suv hammomida qizdirib, streptotsid ajratib olinadi. Ajratmalar birlashtiriladi va sovitiladi. So’ng hajmi 200 ml bo’lgan o’lchov kolbasiga filtrlanadi. Filtr qog’oz ikki marta 15 ml dan Tozalangan suv bilan yuviladi. Eritma suv yordamida kolbaning belgisigacha etkaziladi. 50 ml eritmadan olib, streptotsidning miqdori aniqlanadi.

50 ml eritma tagi yassi 200 ml li kolbaga o’tkaziladi, so’ng 5 ml kaliy bromid, 5 ml kontsentrlangan sulfat kislotadan, 1 tomchi metil qizil eritmasidan solinadi. Chayqatib turgan xolda 0,1 molG`l li kaliy bromat eritmasi bilan rangsizlanguncha titrlanadi. 1 ml bixromat kaliy eritmasi 0,04305 g streptotsidga to’g’ri keladi. Surtma tarkibida 9,5-10,5% streptotsid bo’lishi kerak.



Qadoqlash. Jigarrang shisha idishlarga 50 g dan qadoqlanadi.

Saqlanishi. Quruq va salqin joyda saqlanadi.

Ishlatilishi. Antiseptik dori sifatida teri kasalliklarida ishlatiladi.
Mavzu: Shamchalar. Ularni korxona sharoitida ishlab chiqarish texnologiyasi. Dimedrol shamchasini tayyorlash texnologiyasi

Maqsad. Shamchalar tayyorlash texnologiyasi va sifatini Baholash usullarini o’zlashtirish.

Mavzuning ahamiyati. Ta'sir darajasining kengligi va tezligi shuningdek, ishlatilishining qulayligi bilan shamchalar TDV orasida salmoqli o’rinni egallaydi. Ularni ishlab chiqarishni korxona sharoitida tashkil etish esa bu dori turiga bo’lgan ehtiyojni qondirishda katta amliy ahamiyatga egadir.

Laboratoriya mashg’ulot mavzusini yoritishda “Breyn ring” pedagogik texnologiya usulidan foydalaniladi.





Vaziyatli masalalar.

  1. Gidrofil asosda tayyorlangan shamchalarni to’liq deformatsiyaga uchrash vaqti XI DF si talabiga javob bermadi.

  2. Shamcha tarkibidan biofaol moddani ajralib chiqish tezligi “aylanadigan kajava” asbobida olib borildi.

  3. Shamcha quyish usulida tayyorlaganda massada oq bo’lakchalar borligi aniqlandi.

Talabalarning bilimini tekshirish uchun savollar.

  1. Shamchalar tavsifi, tasnifi va tayyorlash usullari.

  2. Shamchalar tayyorlashda ishlatiladigan asoslar tasnifi va tavsifi.

  3. Jelatin-glitserinli va sovun-glitserinli asoslarning tarkibini yozing.

  4. O’rin olish koeffitsienti nima va qachon ishlatiladi.

  5. Shamchalar sifatini Baholash va jixozlash.

  6. Korxona sharoitida presslash usulida shamchalar tayyorlash.

  7. Shamchalarning o’lchamlari.

  8. Korxonada shamchalarni tayyorlashda ishlatiladigan asbob-uskunalar.

  9. Rektal tabletkalar va kapsulalar.

  10. Shamcha asosiga qo’yilgan talablar.

1-laboratoriya ishi.

0,01 g Dimedrol shamchasi.

Suppositorii Dimedrolum rectali 0,01 g.

Vazifa.

  1. 10 dona 0,01 g li dimedrol shamchasini quyish usuli bo’yicha tayyorlang.

  2. Tayyorlash jarayoni tasvirini chizing.

  3. Tayyor maxsulotning sifatini tekshiring.

Tarkibi.

Dimedrol - 0,01 g.

Moyli asos - 1,12 g li shamcha hosil bo’lguncha.

Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar.


  1. Dimedrol va moyli asos.

  2. Tosh va tarozi, kimyoviy stakan, chinni kosacha, suv hammomi va qoliplar, sekundomer, sovunli spirt aralashmasi, sovutgich.

  3. Sochiq, tibbiyot dokasi va shamchalarni solish uchun idish.

  4. Shamchani to’liq deformatsiyaga uchrash vaqtini aniqlash uchun asbob.

Ishni bajarish tartibi.

Kerakli mikdorda asos tortib olinib, stakanga yoki chinni kosachaga solinadi, asos qaynab turgan suv xammomida 3-4 daqiqa eriguncha ushlab turiladi. So’ngra asosga dimedrol solinadi.



Tayyorlash jarayoni tasviri


Hosil bo’lgan aralashma suv hammomida bir xil massa hosil bo’lguncha shisha tayoqcha yordamida aralashtiriladi. Massa oldindan tayyorlab qo’yilgan qoliplarga quyiladi. Qoliplar sovitgichga 20-30 daqiqaga qo’yib qo’yiladi so’ngra, shamcha qolipdan ajratib olinadi. Qolipni ishga tayyorlash uchun sovunli spirt aralashmasi bilan artiladi va sovitgachga 15-20 daqiqa qo’yib qo’yiladi. Qolipni sovitgichni muzlatkichiga qo’yish mumkin emas, aks xolda shamchaning sifatiga putur etadi.

Tayyor maxsulotning sifatini baxolash

Tayyor maxsulotning tavsifi. Oq yoki och sariq rangli shamcha.

Qadoqlash. Shamchalar pergament yoki mumli qog’ozga o’rab qadoqlanadi.

Saqlanishi. Qorong’u va salqin joyda saqlash lozim.

Ishlatilishi. Turli allergik kasalliklarda qo’llaniladi.

Mavzu: Suyuq dori shakllari. Ularni tayyorlashda ishlatiladigan yordamchi moddalar. Etil spirti. Uni quvvatini aniqlash, suyultirish usullari va korxona sharoitida ishlatilgan spirtni xisobga olish.



Maqsad: Etil spirtini quvvatini aniqlash, suyultirish usullari va xisobini olib borish xaqida umumiy tasavvurga ega bo’lish. Spirtli eritmalarni tayyorlash texnologiyasi va sifatini baxolash bilan tanishish.

Mavzuning ahamiyati: Korxona sharoitida sarflangan spirtni xisobini to’g’ri va aniq olib borish, korxonaning iqtisodiy samaradorligini belgilashda katta ahamiyatga egadir. Xisobni to’g’ri va aniq olib borish uchun esa spirtni quvvatini aniqlash va suyultirish usullarini mukammal bilish lozim bo’ladi. Farmatsevtik korxonalarda ishlab chiqariladigan eritmalar orasida spirtli eritmalarning tutgan o’rni katta. Shunday ekan, ularni tayyorlash usullarini kengaytirish, nomenklaturasini ko’paytirish katta amaliy ahamiyatga egadir.

Laboratoriya mashg’ulot mavzusini yoritishda “Klaster” pedagogik texnologiya usulidan foydalaniladi.



Vaziyatli masalalar:

  1. Etil spirtini quvvatini aniqlash uchun kerak bo’lgan spirtomer yo’q.

  2. Etil spirtini xajm bo’yicha suyultirish uchun xech qanday jadvaldan foydalanilmadi.

  3. Korxona sharoitida ishlatilgan spirtni xisobini olib borish lozim.

Talabalar bilimini tekshirish uchun savollar.

  1. Etil spirtini umumiy tavsifi.

  2. Etil spirtini quvvatini aniqlash usullari.

  3. Zichlik bo’yich spirtni quvvatini aniqlash.

  4. Spirtni suyultirish usullari.

  5. Massa va hajm bo’yicha spirtni suyultirish.

  6. Tenglama yordamida spirtni suyultirish.

  7. Yuldyzcha bo’yicha spirtni suyultirish.

  8. Ishlatilgan spirtning xisobi.

  9. Davlat farmakopeyasi va DST jadvallarining mohiyati.

  10. Spirtli eritmalar ta'rifi, tavsifi va nomenklaturasi.



1-laboratoriya ishi.

Shisha yoki metall spirtomer yordamida etil spirtini quvvatini aniqlash.

Vazifa.

  1. Noaniq kontsentratsiyali etil spirtining kontsentratsiyasini shisha spirtomer yordamida aniqlang.

  2. Metall spirtomer yordamida spirtni quvvatini aniqlang.

Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar:

  1. Hajmi 250, 500 yoki 1000 ml bo’lgan silindr.

  2. Tozalangan suv.

  3. Toza sochiq.

  4. Shisha va metall spirtomerlar to’plami.

  5. Termometr va shisha tayoqcha.

Ishni bajarish tartibi:

Shisha spirtomer yordamida spirtni quvvatini aniqlash.

Hajmi 250 yoki 500 ml li silindr iliq Tozalangan suvda yuvilib, toza sochiq bilan artib quritiladi. Xuddi shu usul bilan spirtomer, termometr, Aralashtirish uchun shisha tayoqcha tayyorlab olinadi.

Tsilindrga spirt solib, ehtiyotlik bilan yuqori qismidan spirtomer ushlab turilgan xolda tushiriladi. Bunda spirtomer qalqimasdan, silindr devoriga tegmasdan turishi kerak. 3-4 daqiqadan so’ng spirtomer ko’rsatkichining pastki chizig’i yozib olinadi. Shu usulda termometr yordamida spirtnnig harorati aniqlanadi. Harorat 20oC bo’lganda spirtomer ko’rsatkichi spirtning hajmiy foiz miqdoriga to’g’ri keladi. Boshqa haroratda aniqlanganda DST nnig 3-jadvali bo’yicha xisoblanadi.

Natija.


Spirtomer ko’rsatkichi-------------------------------------------------------------

Termometr ko’rsatkichi-----------------------------------------------------------

20oC dagi spirt quvvati, %------------------------------------------------------
Metall spirtomer yordamida spirtni quvvatini aniqlash.

Hajmi 500 yoki 1000 ml li silindr iliq distillangan suvda yuvib olinib, toza sochiq bilan artib quritiladi. Shuningdek, metall spirtomer, termometr, Aralashtirish uchun shisha tayoqcha tayyorlab olinadi. Spirtomer toshlari spirtga namlangan doka bilan artiladi. So’ngra silindrga spirt solinib, ehtiyotlik bilan yuqori qismidan spirtomer ushlab turilgan xolda tushiriladi. Bunda spirtomer qalqimasdan, silindr devoriga tegmasdan turishi kerak. Agar spirtomer spirtga botmasa, uning pastki qismiga toshlar osiladi. Spirtnnig quvvatini noma'lum bo’lsa, eng engil (90) tosh osiladi va spirtomer daraja ko’rsatkichi spirtga botguncha og’irroq toshlar bilan almashtiriladi. Agar spirtning quvvati taxminan ma'lum bo’lsa mo’ljaldagi tosh osiladi. Metall spirtomerning ko’rsatkichi 20oC da aniqlanganda ham, faqat shartli foiz miqdorini aks ettiradi. Bu ko’rsatkichdan foydalangan xolda spirt quvvati DST ning 4-jadvali bo’yicha topiladi.

Natija.

Spirtomer ko’rsatkichi-------------------------------------------------------------



Termometr ko’rsatkichi-----------------------------------------------------------

20oC dagi spirt quvvati, %------------------------------------------------------



2-laboratoriya ishi.

Areometr yordamida etil spirtini quvvatini aniqlash.

Vazifa.

  1. Areometr yordamida noaniq kontsentratsiyali etil spirtining kontsentratsiyasini aniqlang.

Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar:

  1. Hajmi 250 yoki 500 ml li silindr.

  2. Tozalangan suv.

  3. Toza sochiq.

  4. Areometrlar majmuasi.

  5. Termometr.

  6. Shisha tayoqcha.

Ishni bajarish tartibi:

Hajmi 500 ml li silindr, areometr, shisha tayoqcha va termometr iliq distillangan suvda yuvilib, toza sochiq bilan artib quritiladi. So’ngra silindrga spirt solinib, ehtiyotlik bilan yuqori qismidan areometr ushlab turgan xolda tushiriladi. Bunda areometr qalqimasdan, silindr devoriga tegmasdan turishi kerak. 3-4 daqiqa o’tgach pastki chiziq bo’yicha ko’rsatkich aniqlanadi. Agar zichlik 20oC da aniqlansa, spirt quvvati XI DF ning 1-alkogolometrik jadvali yordamida, boshqa haroratlarda esa DST nnig 1- va 2-jadvallari yordamida aniqlanadi.

Natija.

Areometr ko’rsatkichi-------------------------------------------------------------



Termometr ko’rsatkichi---------------------------------------------------------

20oC dagi spirt quvvati, %----------------------------------------------------




3-laboratoriya ishi.

Spirtni massa bo’yicha suyultirish.

Vazifa.

Spirtni ma'lum quvvatgacha massa bo’yicha suyultiring.



Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar:

  1. Hajmi 100 ml bo’lgan silindr

  2. Etil spirti va Tozalangan suv

  3. Toza sochiq va doka

  4. Shisha va metall spirtomerlar to’plami

  5. Termometr va shisha tayoqcha

Ishni bajarish tartibi:XI DF ning 2-jadvali bo’yicha kerakli spirt va Tozalangan suv tortib olinib, aralashtiriladi va uning quvvati shisha hamda metall spirtomer yordamida aniqlanadi.

4-laboratoriya ishi.

Spirtni hajm bo’yicha suyultirish.

Vazifa

Spirtni ma'lum quvvatgacha hajm bo’yicha suyultiring.



Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar:

  1. Hajmi 100 ml bo’lgan silindr.

  2. Quvvati ma'lum bo’lgan etil spirti va Tozalangan suv.

  3. Toza sochiq va doka.

  4. Shisha va metall spirtomerlar to’plami.

  5. Termometr va shisha tayoqcha.

Ishni bajarish tartibi:

XI DF ning 4-jadvali bo’yicha kerakli bo’lgan etil spirti va Tozalangan suvning hajmi silindrda o’lchab olinib, aralashtiriladi va uning quvvati shisha yoki metall spirtomer yordamida aniqlanadi.



5-laboratoriya ishi.

Sarflangan etil spirtning xisobini DST ning 5- va 6-jadvallari bo’yicha olib borish.

Vazifa.

    1. Sarflangan spirtning xisobini 5-jadval bo’yicha xisoblang.

    2. Sarflangan spirtning xisobini 6-jadval bo’yicha xisoblang.

Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar:

  1. DST ning 5- va 6-jadvallari.

Ishni bajarish tartibi:

Sarflangan spirtning xisobini DST ning 5- va 6- jadvallari bo’yicha olib boring. Buning uchun sarflangan spirtning quvvati va miqdori shuningdek, harorat inobatga olinishi shart.



Mavzu: Korxona sharoitida ishlab chiqariladigan farmatsevtik eritmalar. Yodning 5 va 10% spirtli eritmalarini tayyorlash texnologiyasi. Xushbuy suvlar va qiyomlar. Ukrop xushbuy suvi, oddiy qand qiyomi va chuchukmiya qiyomini tayyorlash texnologiyasi.

Maqsad: Spirtli eritmalarni tayyorlash texnologiyasi va sifatini baxolash bilan tanishish. Korxona sharoitida ishlab chiqariladigan dorivor qiyomlar texnologiyasi bilan tanishish va sifatini baxolash. Tarkibida xar xil turdagi efir moylarini saqlagan dorivor o’simlik xom ashyolari yoki ularning kontsentratlaridan xushbo’y suvlarni tayyorlash texnologiyasi va sifatini baxolash yuzasidan umumiy ko’nikmalarga ega bo’lish.

Mavzuning ahamiyati: Farmatsevtik korxonalarda ishlab chiqariladigan eritmalar orasida spirtli eritmalarning tutgan o’rni katta. Shunday ekan, ularni tayyorlash usullarini kengaytirish, nomenklaturasini ko’paytirish katta amaliy ahamiyatga egadir. Qiyomlar nafaqat TDV sifatida balki dori moddalarining noxush xidi va mazasini yo’qotish uchun korrigent sifatida ham keng ko’lamda ishlatiladi. Shu nuqtai nazaridan ularni korxona sharoitida ishlab chiqarishni tashkil qilish katta amaliy ahamiyatga egadir. Xushbo’y suvlar tayyorlash texnologiyasining oddiy va qulayligi, shuningdek ular asosan dorivor o’simlik xom ashyolaridan olinganligi uchun ham, ularni farmatsevtik ishlab chiqarish korxonalarida ishlab chiqarish ko’lamini kengaytirish va nomenklaturasini ko’paytirish ham amaliy ham iqtisodiy ahamiyatga egadir.

Vaziyatli masalalar:



  1. Yodning 5% li spirtli eritmasi tayyorlanganda eritmada yod kristallarining borligi aniqlandi.

  2. Chuchukmiya qiyomini tayyorlash jarayonida ko’pik xosil bo’lishi kuzatildi.

  3. Achchiq bodom xushbo’y suvining sifati tekshirilganda undan ammiak xidi keldi.

Talabalar bilimini tekshirish uchun savollar.

    1. Spirtli eritmalar ta'rifi, tavsifi va nomenklaturasi.

    2. Yodning spirtli eritmalarini tibbiyotda ishlatilishi.

    3. Borat kislotasining 3% li spirtli eritmasini tayyorlanishi va ishlatilishi.

    4. Qiyomlar ta'rifi, tavsifi va tasnifi.

    5. Oddiy qand qiyomini tarkibi va texnologiyasi.

    6. Xushbo’y suvlarning ta'rifi.

    7. Xushbo’y suvlarni olish usullari.

    8. Achchiq bodom xushbo’y suvini olish uchun boshlang’ich xom ashyo nima?

    9. Ukrop xushbo’y suvini tarkibi va texnologiyasi.

    10. Achchiq bodom va ukrop xushbo’y suvlarining ishlatilishi.

1-laboratoriya ishi.

Yodning 5% li spirtli eritmasi.

Solutio Iodi spirituosa 5%.

Vazifa.


  1. 10 ml yodning 5% li spirtli eritmasini tayyorlang.

  2. Tayyorlash jarayoni tasvirini chizing.

  3. Tayyor maxsulotning sifatini tekshiring.

Tarkibi.

Yod - 50 g.

Kaliy yodid - 20 g.

Suv va 95% li spirt (teng miqdorda) - 1 l gacha.

Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar:


  1. Yod va kaliy yodid.

  2. Hajmi 50 ml bo’lgan silindr.

  3. Tozalangan suv va 95% li etil spirti.

  4. Hajmi 10 ml bo’lgan shisha idish.


Ishni bajarish tartibi:

Oldindan teng hajmda olingan 95% li etil spirti va Tozalangan suv aralashtirilib, ularning aralashmasi tayyorlanib olinadi. Hajmi 10 ml bo’lgan shisha idishga 0,2 g kaliy yodid va 0,4 ml tayyorlangan aralashmadan solinadi. Kaliy yodid to’liq erib ketgungacha yaxshilab aralashtirilib, unga 0,5 g yod solinadi va Aralashtirish yod to’liq erib ketgunga qadar davom ettiriladi. Eritmaning hajmi spirt-suv aralashmasi bilan 10 ml ga etkaziladi. Kaliy yodid eritmasi yodni tez erishi va preparatning turg’unligini ta'minlash uchun hizmat qiladi.


Tayyorlash jarayoni tasviri.


Tayyor maxsulotning sifatini tekshirish

Quyidagi ma'lumotlar foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidagi 3 (376), 6 va (82-bet) 8 (99-bet) adabiyotlardan Olindi.



Tayyor maxsulotning tavsifi. Qizil-qo’ng’ir rangli, yodga xos hidga ega suyuqlik. Tarkibida 4,9-5,2% yod va 1,9-2,1% kaliy yodid bo’ladi. Spirtning miqdori 46% dan kam bo’lmasligi kerak.

Chinligi. Preparatga Kraxmal eritmasi ta'sir ettirilsa, to’q havorang eritma xosil bo’ladi (yod).

Miqdorini aniqlash. Preparat rangsizlanguncha natriy tiosulfat eritmasi bilan indikatorsiz titrlanadi. Preparatda 4,9-5,2% yod bo’lishi kerak. Titrlangan eritma suv bilan suyultiriladi va sirka kislotasi qo’shib, kumush nitrat eritmasi bilan sariq rangli cho’kma pushti rangga o’tguncha titrlanadi (indikator natriy eozinat). Sarflangan kumush nitrat va natriy tiosulfat eritmalari miqdorining farqi kaliy yodidga to’g’ri keladi va u 1,9-2,1% bo’lishi kerak. Preparat tarkibidagi etil spirtining miqdori 46% dan kam bo’lmasligi kerak.

Qadoqlash. Yaxshi berkitilgan jigar rang shisha idishlarda 15-20 kg dan va ampulalarda 1 ml dan chiqariladi.

Saqlanishi. Ehtiyotlik bilan “B” ro’yhatida, qorong’i joyda saqlanadi.

Ishlatilishi. Sirtga antiseptik dori vositasi sifatida ishlatiladi, ateroskleroz kasalligini davolashda ichish uchun buyuriladi. Bir marta ichish uchun ishlatiladigan miqdori 20 tomchidan oshmasligi kerak. Kuniga 3 marta ichiladi.

2-laboratoriya ishi.

Yodning 10%li spirtli eritmasi.

Solutio Iodi spirituosa 10%.

Vazifa.


  1. 50 ml yodning 10% li spirtli eritmasini tayyorlang.

  2. Tayyorlash jarayoni tasvirini chizing.

  3. Tayyor maxsulotning sifatini tekshiring.

Tarkibi.

Yod - 100 g.

95% li etil spirti - 1 l gacha.

Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar:


  1. Yod.

  2. Hajmi 100 ml bo’lgan silindr.

  3. 95% li etil spirti.

  4. Doka va soat.

Ishni bajarish tartibi:

100 ml li silindrga taxminan 40 ml 95% li etil spirti solinib, 2 qavatli doka xaltachaga o’ralgan 5 g yodni yarimi erituvchiga botguncha tushirib, osib qo’yiladi va silindrni og’zi berkitilib, 12 soatga qoldiriladi. Bunday xolda yodning erishi tezlashadi, chunki eritmaning zichligi spirt zichligidan yuqori bo’lganligi sababli o’z-o’zidan aralashish sodir bo’ladi. Bu xol yod erib ketgunga qadar davom etadi. Xaltacha eritmadan chiqarib olinib, 95% li spirt bilan suyuqlik hajmi 50 ml ga etgunga qadar yuviladi. Tayyor bo’lgan eritmaning sifati baxolanib, qadoqlanadi.



Tayyor maxsulotning sifatini tekshirish

Quyidagi ma'lumotlar foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidagi 3 (377), 6 va (83-bet) 8 (100-bet) adabiyotlardan Olindi.



Tayyor maxsulotning tavsifi. Qizil-qo’ng’ir rangli, yodga xos hidga ega bo’lgan suyuqlik. Unga suv qo’shilsa yod mayda kristallar ko’rinishida cho’kma xosil qiladi. Tayyor maxsulot tarkibida 9,5-10,5% yod bo’lishi kerak.

Chinligi. Preparatga Kraxmal eritmasi qo’shilganda to’q xavo rangli eritma xosil bo’ladi (yod).

Miqdorini aniqlash. Preparat kaliy yodid ishtirokida natriy tiosulfat eritmasi bilan rangsizlanguncha indikatorsiz titrlanadi. Preparatda 9,5-10,5% yod bo’lishi kerak.

Yodid kislota miqdorini aniqlash. 2 ml preparatni neytrallash uchn 0,1 molG`l li natriy ishqoridan 0,3 ml dan ortiq sarf bo’lmasligi kerak (ruxsat etilgan yodid kislotaning miqdori).

Qadoqlash. 15-20 kg dan yaxshi berkitilgan jigar rang shisha idishlarda chiqariladi.

Saqlanishi. Ehtiyotkorlik bilan “B” ro’yhatida qorong’i joyda saqlanadi. Saqlanish muddati 1 oy.

Tayyorlash jarayoni tasviri.



Ishlatilishi. Organizmda yod etishmaganda ichish uchun tavsiya etiladi. Sirtga esa antiseptik modda sifatida qo’llaniladi. Bir martalik ichish uchun beriladigan miqdori 10 tomchini tashkil qiladi. Kuniga 3 marta beriladi.

3-laboratoriya ishi.

Oddiy qand qiyomi.

Sirupus Simplex. Sirupus Sacchari.

Tarkibi.

Qand - 64 g

Tozalangan suv - 36 g

Vazifa.


  1. 250 g oddiy qand qiyomini tayyorlang.

  2. Tayyorlash jarayoni tasvirini chizing.

  3. Tayyor maxsulotning sifatini tekshiring.

Kerakli asbob-uskunalar va materiallar.

  1. Qand upasi.

  2. Hajmi 500 ml bo’lgan kolba.

  3. Tozalangan suv.

  4. Elektr plitasi.

  5. Doka va shisha tayoqcha.

Ishni bajarish tartibi:

160 g oliy navli tortib olingan qand hajmi 500 ml bo’lgan kolbaga solinib, uning ustiga 90 ml tozalangan qaynoq suv solinadi. So’ng qand erib ketgunga qadar elektr plitasi yordamida qizdiriladi. Eritma 5-10 daqiqa davomida qaynatilib, tayyor maxsulot 250 ml bo’lguncha qaynoq Tozalangan suv qo’shiladi. Qand miqdori kam bo’lganda eritma yuzasida ko’pik xosil bo’ladi. Bu ko’pik olib tashlanmaydi. Qiyom bir oz sovutilgach, issiq xolda 2 qavatli doka orqali suziladi.



Tayyorlash jarayoni tasviri.



Tayyor maxsulotning sifatini tekshirish

Quyidagi ma'lumotlar foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidagi 3 (825), 6 va (71-bet) 8 (81-bet) adabiyotlardan Olindi.



Tayyor maxsulotning tavsifi. Tiniq, rangsiz, hidsiz yoki sarg’ish rangli quyuqroq suyuqlik bo’lib, shirin ta'mga ega. Zichligi 1,301-1,313. Nur sindirish ko’rsatkichi 1,451-1,454.

Chinligi. Qiyom bir xil hajmdagi etil spirti bilan aralashtirilganda loyqa va cho’kma xosil bo’lmasligi kerak (Kraxmal qandi).

Preparatga Feling suyuqligi qo’shilganda 5 daqiqa davomida qizil cho’kma tushmasligi kerak (invertsiyalangan qand).

Preparatda xloridlar, sulfatlar va og’ir metall tuzlari bo’lmasligi kerak.

Qadoqlash. Og’zi zich berkitiladigan shisha idishlarda 20 kg dan chiqariladi.

Saqlanishi. Qorong’i va salqin joyda saqlanadi.

Ishlatilishi. Dorilarning mazasini yaxshilovchi sifatida va boshqa dorivor qiyomlarni tayyorlash uchun asos bo’lib hizmat qiladi.

4-laboratoriya ishi.

Chuchukmiya qiyomi - Sirupus Glycyrrhizae

Tarkibi.

Chuchukmiya ildizi quyuq ekstrakti - 4 g

Qand qiyomi - 86 g

Etil spirti - 10 g



Vazifa.

20 g chuchukmiya ildizi qiyomini tayyorlang.

Tayyorlash jarayoni tasvirini chizing.

Tayyor maxsulotning sifatini tekshiring.



Kerakli asbob-uskunalar va materiallar.

  1. Chuchukmiya ildizi quyuq ekstrakti.

  2. Chinni kosacha.

  3. Qand qiyomi, etil spirti.

  4. Suv xammomi.

  5. Shisha tayoqcha

Ishni bajarish tartibi:

Tortib olingan chinni kosachaga 17,2 g qand qiyomi va 0,8 g chuchukmiya ekstrakti solinib, suv xammomida bir xil massa xosil bo’lgunga qadar shisha tayoqcha bilan aralashtiriladi. Massa sovugandan so’ng 2 g (2,24 ml) 90% li etil spirti qo’shib, aralashtiriladi. Tayyor maxsulotning sifati baxolanib, jihozlanadi va qadoqlanadi.



Tayyor maxsulotning sifatini tekshirish

Quyidagi ma'lumotlar foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidagi 6 va (72-bet) 8 (82-bet) adabiyotlardan Olindi.



Tayyor maxsulotning tavsifi. Sariq-qo’ng’ir rangli, o’ziga xos hid va mazaga ega bo’lgan suyuqlik.

Zichligi. 1,290-1,310.

Chinligi. Preparat suv bilan chayqatilganda bir soat davomida so’nmaydigan ko’pik xosil qilishi kerak (saponinlar).

Qadoqlash. Shisha idishlarda 15-20 kg dan chiqariladi.

Saqlanishi. Salqin va qorong’i joyda saqlanadi.

Ishlatilishi. Balg’am ko’chiruvchi va engil surgi dori vositasi sifatida miksturalarga qo’shib beriladi.

Tayyorlash jarayoni tasviri.



Masala. 100 g rovoch qiyomi uchun tarkib tanlang.

Echish. Rovoch qiyomi – Sirupus Rhei

Tarkib.

Rovoch quruq ekstrakti - 1,25 g

Etil spirti - 2,0 g

Ukrop suvi - 3,0 g

Qand qiyomi - 94,0 g

Masala. 100 g gulxayri qiyomi uchun tarkib tanlang.

Echish. Gulxayri qiyomi - Sirupus Althaeae

Tarkib.

Gulxayri ildizining

quruq ekstrakti - 2,0 g

Qand qiyomi - 98,0 g



Masala. 100 kg 72% li qand qiyomini me'yoriga keltiring.

Echish.

72% 64 kg

64%

0% 8 kg


64 kg 72% li q. q. – 8 kg suv qo’shsak = 72 kg 64% li qand qiyomi xosil bo’ladi

100 kg 72% li q.q. - X kg suv qo’shsak = U kg 64% li qand qiyomi xosil bo’ladi.

100 . 8

X = ----------- = 12,5 kg suv

64

U = 100 kg + X = 100 + 12,5 = 112,5 kg 64 % li qand qiyomi xosil bo’ladi.



5-laboratoriya ishi.

Ukrop xushbo’y suvi.

Aqua Foeniculi.

Tarkibi.

Ukrop moyi - 1 g

Talk - 10 g

50-600S gacha isitilgan suv - 1000 ml



Vazifa

  1. 100 ml ukrop xushbo’y suvini Eritish usuli bo’yicha tayyorlang.

  2. Tayyorlash jarayoni tasvirini chizing.

  3. Tayyor maxsulotning sifatini tekshiring.

Kerakli asbob-uskunalar va materiallar.

  1. Ukrop moyi va talk.

  2. Xavoncha dastagi bilan.

  3. Hajmi 100 ml bo’lgan, qopqog’i zich berkitiladigan idish.

  4. Filtr qog’ozi.

  5. 50-60oC xaroratgacha isitilgan tozalangan suv.

Ishni bajarish tartibi:

1 g talk va 0,1 g ukrop moyi xavonchaga solinib, yaxshilab eziladi va massa qopqog’i zich berkitiladigan shisha idishga o’tkazilib, 100 ml 50-60S gacha isitilgan suv bilan 15 daqiqa davomida chayqatiladi. Aralashma filtr qog’ozi orqali filtrlanib, qadoqlanadi.



Tayyorlash jarayoni tasviri



Tayyor maxsulotning sifatini tekshirish

Quyidagi ma'lumotlar foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidagi 8 (76-bet) adabiyotlardan Olindi.



Tayyor maxsulotning tavsifi. Rangsiz, tiniq yoki xiraroq suyuqlik bo’lib, betaraf muhitli. Ukrop hidi va mazasini eslatadi.

Tozaligi. Preparat og’ir metallarga reaktsiya bermasligi kerak. 20 ml preparat bug’latiladi va qoldiq kuydiriladi. Qoldiq 0,005% dan ortiq bo’lmasligi kerak.

Qadoqlash. Shisha idishlarda 15-20 kg dan chiqariladi.

Saqlanishi. Og’zi zich berkitiladigan idishlarda to’ldirilgan xolda saqlanadi.

Ishlatilishi. Ichak faoliyatini yaxshilashda va dam bo’lishini kamaytirishda bir kunda choy qoshiqda 3-6 martadan beriladi.

6-laboratoriya ishi.

Kashnichning spirtli xushbo’y suvi.

Aqua Coriandri spirituosa.

Tarkibi.

Maydalangan kashnich urug’i - 1 g

Etil spirti - 1 g

Tozalangan suv - etarli miqdorda.



Vazifa.

  1. 100 ml kashnichning spirtli xushbo’y suvini, kashnich moyini spirtda Eritish usulida tayyorlang.

  2. Tayyorlash jarayoni tasvirini chizing.

  3. Tayyor maxsulotning sifatini tekshiring.

Kerakli asbob-uskunalar va materiallar.

  1. Maydalangan kashnich urug’i.

  2. Etil spirti va Tozalangan suv.

  3. Hajmi 100 ml bo’lgan, qopqog’i zich berkitiladigan idish.

  4. Filtr qog’ozi.

Ishni bajarish tartibi:

0,2 g kashnich moyi og’zi zich berkitiladigan shisha idishga solinib, ustiga 10 g (11,3 ml) etil spirti solinadi va moy to’liq erib ketgunga qadar chayqatiladi. Moy to’liq erigandan so’ng ustiga 90 ml suv solib, 30 daqiqa davomida chayqatiladi. So’ng 30 daqiqa tindirilib, suziladi. Tayyor maxsulot jihozlanib, qadoqlanadi.



Tayyor maxsulotning sifatini tekshirish

Quyidagi ma'lumotlar foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidagi 8 (78-bet) adabiyotlardan Olindi.



Tayyor maxsulotning tavsifi. Rangsiz, tiniq yoki sal tovlanuvchi xushta'm suyuqlik bo’lib, kashnich va spirt xidini beradi. Zichligi 0,950-0,980.

Qadoqlash. Shisha idishlarda 15-20 kg dan chiqariladi.

Saqlanishi. Yaxshi berkitiladigan idishlarda, salqin joyda saqlanadi.

Ishlatilishi. Dorilarning xidi va ta'mini yaxshilash maqsadida ishlatiladi.
Masala. Achchiqbodom xushbo’y suvini tayyorlash uchun tarkib tanlang.

Echish.

Achchiq bodom xushbo’y suvi – Aqua amygdalarum amararum



Tarkib.

Yirik maydalangan achchiq bodom mag’izi - 12 g

Tozalangan suv - 20 g

Etil spirti - 3 g


Masala. 14 kg achchiqbodom xushbo’y suvini tayyorlash uchun 1,6% sianid kislotasi saqlovchi eritmadan qancha olish kerak?

Echish. 100 g achchiq bodom xushbo’y suvida – 0,1% HCN bo’lish kerak

1,6% 0,1 kg 1,6 kg – 0,1 kg 14 . 0,1

0,1% 14 kg – X kg X = ------------ = 0,875 kg 1,6% li

0% 1,5 kg 1,6 NSN kerak.



1,6 kg

Tayyorlash jarayoni tasviri.

Mavzu: Galen preparatlari. Nastoykalar va ularni tayyorlash texnologiyasi. Valerinana, ermon, kalampir yalpiz va belladonna nastoykalarini tayyorlash

Maqsad: Nastoykalar ta'rifi, tavsifi, tasnifi, ishlatilishi va olish usullari xaqida umumiy tushunchaga ega bo’lish.

Mavzuning ahamiyati: Dorivor o’simlik xom ashyolaridan olinadigan TDVlari orasida nastoykalar alohida o’rin tutadi. Ularni tayyorlash uchun zarur bo’lgan shart-sharoitlarni o’rganish esa korxona sharoitida shu turdagi dori vositalarini ishlab chiqarishda katta amaliy ahamiyatga ega.

Laboratoriya mashg’ulot mavzusini yoritishda “Aylana stol” pedagogik texnologiya usulidan foydalaniladi




Vaziyatli masalalar:

  1. Tayyorlangan nastoyka loyqa va tiniqligi bo’yicha talabga javob bermaydi.

  2. Nastoyka tayyorlashda ajratuvchi mo’ljaldan ko’p sarflangan.

  3. Yalpiz nastoykasi tarkibida 4% efir moyi borligi aniqlandi.

Talabalar bilimini tekshirish uchun savollar

  1. Nastoykalar ta'rifi, tavsifi va tasnifi.

  2. Nastoykalar qanday nisbatlarda tayyorlanadi?

  3. Nastoyka tayyorlashda qanday ajratuvchilardan foydalaniladi?

  4. Nastoykalarni tayyorlash usullari.

  5. VNIIF usulida nastoyka tayyorlash mohiyati.

  6. Perkolyatsiya usulida nastoyka tayyorlash texnologiyasi.

  7. Ultratovush usulida nastoykalar qanday tayyorlanadi?

  8. Markazdan qochma kuchga asoslangan usul yordamida nastoyka olish mohiyati.

  9. Nastoykalarni ishlatilishi.

  10. Nastoykalar nomenklaturasi.

1-laboratoriya ishi.

Valeriana nastoykasi.

Tinctura Valerianae.

Vazifa.

  1. 25 ml valeriana nastoykasini VNIIF usulida tayyorlang.

  2. Tayyorlash jarayoni tasvirini chizing.

Tarkibi.

Valeriananing maydalangan ildizi

va ildizpoyasi - 200,0 g

70% li etil spirti - 1 l nastoyka xosil bo’lguncha.



Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar:

  1. 5,0 g maydalangan va changdan tozalangan valeriana ildizi va ildizpoyasi.

  2. Perkolyator - 1 ta.

  3. Hajmi 200 ml bo’lgan yig’gich kolba.

  4. Shisha tayoqcha, filtr qog’ozi, doka va chinni bo’lakchalari.

  5. 70% li etil spirti - etarli miqdorda.

  6. Tosh va tarozi.


Ishni bajarish tartibi:

Perkolyator tubiga 3-4 qavatli doka joylashtirilib, ajratuvchi bilan namlanadi (70% li etil spirti).



5,0 g maydalangan va changdan tozalangan (1-8 mm) valeriana ildizi va ildizpoyasi, perkolyatordagi doka ustiga bir me'yorda joylashtiriladi va shisha tayoqcha bilan zichlanadi. Ish jarayonida xom ashyo yuzaga qalqib chiqib ketmasligi uchun, uning ustiga filtr qog’ozi qo’yilib, 3-4 dona chinni bo’lakchalari bilan bostirib qo’yiladi. Xom ashyo ichidagi xavoni chiqarib yuborish uchun perkolyatorning jo’mragi ochilib, suyuqlik tusha boshlagunga qadar toza ajratuvchi quyiladi va suyuqlik tusha boshlagach, jo’mrak berkitilib, “oynasimon yuza” xosil bo’lguncha (xom ashyo ustidan 1-2 sm qalinlikda) toza ajratuvchi quyiladi. Jo’mrakdan oqib chiqqan suyuqlik qaytadan perkolyatorga solinadi va perkoloyatorning usti 2 qavatli polietilen bilan berkitilib, 24 soatga qoldiriladi. Belgilangan vaqt o’tgandan so’ng, umumiy olinishi lozim bo’lgan tayyor maxsulotning 1/4 qismiga teng miqdorda (6,25 ml) ajratma quyib olinadi. Perkolyatorga yana “oynasimon yuza” xosil bo’lguncha toza ajratuvchi quyilib, 1-1,5 soatga qoldiriladi. So’ng yana 1G`4 qism ajratma quyib olinadi. Bu jarayon yana ikki marta takrorlanib, olingan ajratmalar birlashtiriladi. Agar umumiy hajm 25 ml ga etmasa, toza ajratuvchi ya'ni 70% li spirt bilan etkaziladi. Tayyor ajratma begona moddalardan tozalash uchun salqin joyda (8-100S) bir kunga tindirib qo’yiladi. Keyin ajratma quruq shisha idishga qat-qat filtr qog’ozi orqali filtrlanadi.

Tayyorlash jarayoni tasviri.


Download 4,47 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 4,47 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Dori vositalarining sanoat texnologiyasi

Download 4,47 Mb.