• Avtofojea (halokat) 4000 dan 1
  • Mikroiqlimning inson organizmiga ta’siri
  • Dori vositalarining sanoat texnologiyasi




    Download 2.21 Mb.
    bet3/6
    Sana27.12.2019
    Hajmi2.21 Mb.
    #5746
    1   2   3   4   5   6







    K


    III.NAZARIY MATERIALLAR




    1-MA’RUZA

    Mavzu: Hayot faoliyati xavfsizligi faniga kirish

    Reja:

    1.«Hayot faoliyati xavfsizligi» fanining mohiyati va maqsadi.

    2.Xavf tugrisida tushuncha. Xavfning taksonomiyasi, nomenklaturasi, kvantifikatsiyasi va identifikatsiyasi.

    3.Xavfsizlikni tizimiy taxlil kilish. Xavfsizlikning tizimiy taxlili xakida tushuncha va uning maksadi.



    4.Sabab va xavf tizimi.

    5.Xayot faoliyati xavfsizligini boshkarish funksiyalari


    Vatanimiz Prezidenti tomonidan olib borilayotgan odilona siyosat tufayli inson manfaati, inson qadriyati eng oldingi o‘rindadir. Asosiy Qomusimiz bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosini ham inson, uning qadr-qimmati, salomatligi tashkil etadi. Insonning hayoti, yashashga bo‘lgan huquqi Konstitutsiya bilan muhofaza qilinadi.

    «Hayot faoliyati xavfsizligi» fanining umumiy maqsadi-xavfsiz kelajakni ta’minlash, iqtisodiy masalalarni atrof-muhitni muhofaza qilish bilan chambarchas bog‘langan holda olib borish, inson faoliyatining ishlab chiqarish jarayonidagi faoliyati bilan chegaralanmasdan, uning xar xil tabiiy va tasodifiy ofatlardan saqlash masallarini o‘rganish xisoblanadi. Buning asosida rivojlanishning hamma jarayonlarini tekis o‘sib borishini ta’minlash, umumbashariy tabiiy zahiralarni tejash, texnologiyalarni xavfsizlarini tanlash, tashqi muhit bilan xavfsiz muloqot qilishni ta’minlaydigan etuk kadrlarni tayyorlash masalalari yotadi. Bunda e’tiborni hamma jabhalarda bu ishlarga alohida ahamiyat beruvchi rahbar xodimlarni tayyorlash masalasiga ahamiyat berish zarurati ko‘rinadi. Xayot faoliyati xavfsizligi negizini uchta mustaqil fan tashkil qiladi: mehnatni muhofaza qilish (ishlab chiqarish sanitariyasi, xavfsizlik texnikasi, mexnat qonuniyatlari, yong‘in xavfsizligi), ekologiya-atrof-muhitni muhofaza qilish va fuqarolar mudofaasi (favqulodda xolatlar) fanlari. Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning qonuniy asosini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari va Favqulodda vaziyatlar vazirining ko‘rsatma va boshqa tegishli me’yoriy hujjatlari tashkil etadi.

    Hayotiy faoliyat xavfsizligi fanining diqqat markazida qo‘yilgan maqsad bu insonni jamiyat taraqqiyotidagi roli. Hayotiy faoliyat xavfsizligi - bu har qanday sharoitdagi inson faoliyatidir. Ilmiy texnik rivojlanish xayot faoliyat xavfsizligiga bog‘lik bo‘lgan yangi muammolarni keltirib chikaradi. Bu masalalarni xal etish ilmiy tadkikot natijalari va chukur bilimlarni bulishni takkoza qiladi. Tadkikot natijalari sanitariya va kurilish normalarida, aktlar, koidalar xavfsizlik me’yorlari, konunlashtirilgan aktlar va boshka materiallarda bayon etilgan.

    Hozirgi zamon ishlab chikarishdagi jarayonlarni bajarishda ko‘plab mashina va uskunalar ishlatiladi. Ularga aloxida-aloxida xavfsizlik talablari ishlab chikarilgan. Shu boisdan xayot faoliyati xavfsizligi masalalarini qismlarini o‘rganishda xavf paydo bo‘lish manbalari, ularning qisqacha xarakteristikasi, insonga ta’siri, muxofaza yo‘llarini ma’ruza matnida bayon etish lozim. Xayot faoliyat xavfsizligi fanini urganishda texnik, fizik-ximiyaviy, tibbiy, biologik, kishlok xujaligi, xukukiy va boshka fanlarning yutuklariga asoslanish zarur.



    Unda mehnat muhofazasiga qisqacha kirish, mehnat qonunchiligi, mehnat gigienasi va sanoat sanitariyasi, sexlarini yoritish, shovqin va titrash, elektr havfsizligi, og‘ir ko‘p mehnatni mexanizatsiyalash, korxona xududini obodlantirish, yong‘in havfsizligini ta’minlash va boshqa dolzarb muammolar o‘rganiladi.

    Fanning vazifasi bo‘lajak mutaxassislarga xayot faoliyati va mehnat xavfsizligini ilmiy asosini o‘rganish, ularga ishlab chiqarishda sog‘lom ish sharoitini yaratish, shuningdek ishlab chiqarishdagi xavfsizlikni ta’minlashni o‘rganishdir.

    SHunday kilib, xayot faoliyat xavfsizligi fani barcha konunlashtiruvchi aktlar, ijtimoiy-iktisodiy, tadbirlar tizimi bo‘lib insonni ishga kobiliyatligini, sog‘ligini va xavfsizligini ta’minlaydi.

    Hayotiy faoliyat xavfsizligi-inson faoliyatining barcha jabhalaridagi xavfli va zararli omillardan tortib inson himoyasi muhofazasi nazariyasi va amaliyotini o‘z ichiga oluvchi ilmiy bilimlar sohasi sanaladi. Hayotiy faoliyat xavfsizligi vazifasi xavflar ta’sir etish darajasini baholash, muxofazalash uchun qo‘llanadigan vositalar, yo‘l-yo‘riqlar, qo‘llanmalar, usullarni ishlab chiqishni shakllantirishdan iborat.

    Fan va texnika taraqqiyoti, ijtimoiy – iqtisodiy xavfsizlikni oshirib, shu bilan birga aholi salomatligi uchun bo‘lganidek, atrof-muhit uchun ham xavfsizlikning yangi turlari vujudga kelishiga olib keldi. Xavfsizlik–tushunchasi deganda ishlash davomida insonga ta’sir etuvchi xavfsizlikni va inson salomatligiga ta’sir etuvchi xolatdir.

    Butun jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi paytda baxtsiz hodisalar oqibatidagi o‘limlar yurak-tomir va onkologik kasalliklardan keyin 3-o‘rinda turadi. Agar kasalliklardan, asosan katta yoshdagi kishilar hayotdan ko‘z yumsa, baxtsiz voqealar natijasida esa mehnatga layoqatlilar asosan halok bo‘ladi. SHikastlanish – 2 yoshdan 41 yoshgacha bo‘lgan insonlar o‘limining asosiy sababidan hisoblanadi.

    Insoniyat vabo, o‘lat, chechak, terlama epidemiyalarini engib o‘tdi, hayotini uzaytirish usullarini izlamoqda, biroq baxtsiz hodisalar bilan samarali kurashishning uddasidan chiqmoqda. SHikastlanish hozirgi vaqtda haqiqiy ijtimoiy kulfat epidemiya ko‘lamiga tenglashdi.

    Hayotiy faoliyat – inson organizmidagi murakkab biologik jarayon bo‘lib, salomatlik va mehnatga layoqatni saqlash imkoniyatini beradi.

    Har qanday faoliyat salohiyati xavfli. Turli sabablarga ko‘ra, o‘lim holatlari ehtimoli bor.

    Baxtsiz hodisalar xarakteri Ehtimolligi

    Avtofojea (halokat) 4000 dan 1


    Qulash 10000 dan 1

    Alanga va yonuvchi moddalar ta’siri 25000 dan 1

    Suvga cho‘kish 30000 dan 1

    O‘q otadigan qurollardan jarohatlar 100000 dan 1

    Aviahalokatlar 100000 dan 1

    Jismlarning qulashi 160000 dan 1

    Elektjarohat 160000 dan 1

    Uraganlar-bo‘ronlar 2500000 dan 1



    Xavf tugrisida tushuncha. Xavfning taksonomiyasi, nomenklaturasi, kvantifikatsiyasi va identifikatsiyasi

    Xavf - xayot faoliyati xavfsizligining asosiy tushunchalaridan biri bo‘lib, inson faoliyati davrida uning sog‘ligiga bevosita yoki bilvosita zarar keltiruvchi, ya’ni ko‘ngilsiz okibatlarga olib keluvchi xolat, jarayon, ob’ekt va vositalardir. Xavfni xarakterlovchi belgilar soni taxlil maksadiga bog‘liq holda ko‘payishi yoki kamayishi mumkin. Shu sababli, Ishlab chiqarishdagi xavfni xarakterlovchi belgilar mexnat xavfsizligi standartlariga muvofik - «xavfli va zararli ishlab chikarish omillari» shaklida talkin kiladi. Xavfli va zararli omillar ta’sir ko‘rsatish tabiatiga ko‘ra fizikaviy, ximiyaviy, biologik va psixofiziologik omillarga ajratiladi Xavfli va zararli omillarni ta’siri natijasi jarohatlanish, og‘ir kasalliklar, avariyalar va ofatlar soni ortishini ko‘rsatadi. Sanoat ishlab chiqarish korxonalarida barcha xavfli va zararli omillarni kuzatish mumkin.

    Xavfli ishlab chiqarish omili – bu shunday omilki, uning ta’siri ishlovchini jarohatga olib keladi. Zararli ishlab chiqarish omili ta’siri kasallikka olib keladi.


    Ishlab chiqarish omillari tasnifi

    Gruppa

    Omillar

    Xavfli va zararli ishlab chiqarish omil



    Fizik



    Mexanik

    Xarakatdagi mashina va mexanizmlar, mashinalarning harakatlanuvchi qismlari;

    xarakatlanuvchi maxsulotlar, materiallar, buziladigan uskunalar;

    Xavo muxiti xolati

    Ishchi zonasi xavosining ortiqcha changlangan va gaz bilan to‘yinganligi

    Xavoning ortiqcha yoki kam ionlashganligi

    uskuna va materiallar sirtlari

    Ishchi zonasi xavosi xaroratining past yoki yuqoriligi ;

    barometrik bosimining yuqori yoki pastligi yoki uning keskin o‘zgarishi

    xavoning namligining yuqori yoki kamligi;

    xavo xarakatining past yoki yuqoriligi

    SHovqin, vibratsiya

    ishlash joyida shovqinning yuqori darajasi

    vibratsiya yuqori darajasi

    infratovush to‘lqinlar yuqori darajasi

    ultratovush yuqori darajasi

    Elektr xavfsizlik

    elektr zanjirida quvvatlanish darajasining yuqoriligi

    elektromagnit nurlanishlarning yuqori darajasi

    elektr maydonining yuqori quvvatlanganligi

    magnit maydonining yuqori quvvatlanganligi

    YOrug‘langanlik

    tabiiy yorug‘likning etishmasligi yoki yo‘qligi

    Ishchi zonasining etarli yorug‘lanmaganligi

    yorug‘likning yuqoriligi

    ultrabinafsha nurlanish yuqori darajasi

    infraqizil nurlanish yuqori darajasi

    Ishchi zonasida ionlashgan nurlanish yuqori darajasi

    Kimyoviy

    odam organizmiga ta’siriga ko‘ra

    toksik;

    qitiqlovchi;

    sensibilovchi;

    kanserogen;

    mutagen;

    reproduktiv ta’sirga ega;

    odam organizmiga kirish yo‘l-lariga ko‘ra

    Nafas olish yo‘llari;

    oshqozon-ichak trakti;

    Teri va shilliq qavvat orqali.

    Psixofi-ziologik

    fizik zo‘riqishlar

    statik

    dinamik

    asab-psixik zo‘riqishlar

    aqliy zo‘riqish

    analizatorlarning zo‘riqishi

    mexnat turining bir xildaligi

    emotsional zo‘riqish

    Biologik

    Patogen mikroorganizmlar (bakteriya, virus, rikketsiya, spiroxeta, zamburug‘lar) xayot maxsulotlari

    SHunga boglik xolda xavf potensial (yashirin) va real turlarga bo‘linadi. Potensial xavfni yuzaga,birinchi navbatda ishlab chikarish sharoitiga bog‘iq bo‘lib, xavfni yuzaga keltiruvchi sabablar orqali baholanadi. Xavf tasirida yuzaga kelgan baxtsiz xodisalarning sabablari esa texnik-texnologik, sanitar-gigienik, tashkiliy va psixofiziologiya kabi turlarga bo‘linadi.

    Xavfning taksonomiyasi- bu uning kelib chikishi tabiati turi, okibatlari, tuzilishi insonga ta’sir etish xarakteri va shunga o‘xshash belgilari asosida tasniflanishi bir sistemaga keltirilishidir. Umuman, «taksonomiya» murakkab hodisalar jarayonlar tushunchalar va ob’ektlarning tasniflanishi xamda bir sistemaga solinishi to‘g‘risidagi fan hisoblanadi. Xavf murakkab va ko‘p belgilarga ega tushuncha bo‘lganligi sababli, uning taksanomiyasini inson xayot faoliyatini xavfsizligini ta’minlashda xamda xavf tabiatini chukurrok o‘rganishda muxim rol o‘ynaydi. Lekin, xozirgi vaktda xavfning takkomil, to‘liq taksonomiyasi ishlab chikilmagan. Shunday bulsada bu borada ma’lum darajada ilmiy ishlar bajarilgan bo‘lib, xavfning kuyidagi ko‘rinishdagi taksonomiyasi vujudga kelgan:

    • xavfning yuzaga kelish tabiatiga ko‘ra: tabiiy,texnik, antropogen, ekologik, aralash;

    • xavf ta’sirida ko‘ngilsiz oqibatlarni yuzaga kelish vaqtiga ko‘ra: impulsiv,kumuletiv;

    • lokalizatsiya bo‘yicha: litosfera, gidrosfera, atmosfera, kosmos bilan bog‘liq xavflar;

    • yuzaga keluvchi okibatlar bo‘yicha: charchash, tolikish, zo‘rikish, kasallanish, shikastlanish,
      jaroxatlanish, avariya, yong‘in va boshqalar;

    • keltirib chikaruvchi zararga ko‘ra: sotsial, texnik, ekologik;

    • yuzaga kelish soxasi bo‘yicha: madaniy, maishiy, transport, yo‘l-transport, ishlab
      chikarish, xarbiy va boshkalar;

    • xavfning tarkibi va tuzilishiga ko‘ra: oddiy va xosilali (yasamali), ya’ni bir necha oddiy
      xavflar birikishi natijasida yangi, murakkab xavfning yuzaga kelishi;

    • insonga ta’sir etish xarakteriga ko‘ra: aktiv va passiv;

    Xavfli faktorlar belgilari esa aprior va aposterior turlarga bo‘linadi. Aposterior belgilarda xavfning izi, o‘rni koladi, ya’ni xavf asosli buladi.

    Xavfning nomenklaturasi. Nomenklatura - ma’lum bir belgilariga kura tartibga solingan, sistemalashtirilgan nomlar, terminlar ruyxatidir.

    Xozirgi vaktda xavfning alfavit tartibidagi nomenklaturasi ishlab chiqilgan bo‘lib, u quyidagi ko‘rinishga egadir.



    Alkogol, anomal xarorat, anomal nisbiy namlik, anomal havo tezligi, anomal barometrik bosim, anomal yoritilganlik, anomal ionlashgan havo, analizatorlarning zo‘riqishi, aylanish va xarakatlanish tezligi, aqliy zo‘rikish, bosim ostidagi idishlar, bug‘, balandlik, gazlar, gerbitsidlar, gipodinamiya, gipokineziya, dinamik zo‘rikish, dorilar, etarsiz mustaxkamlik, yomg‘ir, yopiq xajm (sig‘im), yong‘in, yong‘inga xavfli moddalar, yorug‘lik oqimining pulsatsiyasi, zaharli moddalar, zanglash, zaxarlanish, issiq yuza (sirt), infratovush, infraqizil nurlar, ishchi xolat, ishchining noto‘g‘ri xarakati, kasalliklar, kinetik energiya, kishilarning xato xarakati, lazer nurlari, mashina va mexanizmlarning aylanuvchi kismlari, muz, magnit maydoni, makroorganizmlar, meteoritlar, mikroorganizmlar, momokaldirok, monotonlik, mashina va mexanizmlarning zo‘riqishi,

    nonormal ruhiy holat, notekis yuza, olov, portlovchi moddalar, pestitsidlar, radiatsiya, rezonans, suv, suv bosishi, suv toshqini, sovuq yuza (sirt), statik zo‘riqish, statik elektr zaryadlari, tugun, toygok (sirganchik) yuza, tuman, to‘lqin zarbasi, tezlanish, tolikish, uchkun, uykusizlik, ultratovush, ultrabinafsha nurlar, xazonrezlik, chukurlik, chang, charchash, shovqin, elektr yoyi, elektr toki, elektr maydoni, emotsional zo‘rizish, yukoridan kulash (yikilish), yukori ravshanliqdagi yorug‘lik, yukori chastotali tok, yashin, o‘tkir predmetlar (tikonli, uchli, qirrali, kesuvchi), qasmoq, qurol-yarog‘, qor bosishi, qor kuchishi, quyosh aktivligi, quyosh zarbasi, xarakktlanuvchi predmetlar, xavoning gaz tarkibini buzilishi.

    Aniq tekshirishlar va tadkikotlar o‘tkazishda aloxida ob’ektlar, ishlab chikarish, sexlar, ish joylari, ish jarayonlari, kasb turlari bo‘yicha xam xavf nomenklaturasi tuziladi.



    Xavfning kvantifikatsiyasi. Kvantifikatsiya- sifat darajasi aniqlanadigan va baxolanadigan murakkab tushunchalarga sonli xarakteristika berish demaqdir.

    Kvantifikatsiyaning sonli, balli va boshka usullar qo‘llaniladi. Xavfning eng keng tarqalgan soniy baholash mezoni-tavakkal, tavakkalchilik, ya’ni xavf-xatarga karshi bormoqdir.

    Soniy baxolash - ma’lum davrdagi faoliyat davomida yuzaga kelgan ko‘ngilsiz oqibatlarni oldindan ehtimol qilingan, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfga, ko‘ngilsiz okibatlarga nisbatidir. Tavakkalni aniqlashda okibatlarning sinfi ko‘rsatilishi lozim.



    Xavfning identifikatsiyasi. Xavf potensial, ya’ni yashirin xarakterga ega. Shu sababli, hayot faoliyat xavfsizligini ta’minlashda xavfni oldindan aniqlash muxim rol o‘ynaydi.

    Identifikatsiya - xavfni va uning soniy hamda vaqtli ko‘rsatkichlarini aniqlash jarayoni bo‘lib, uning natijasida xayot faoliyat xavfsizligini ta’minlashga karatilgan profilaktik va operativ tadbirlar ishlab chikiladi.

    Identifikatsiya jarayonida xavfning nomenklaturasi, xavfni yuzaga kelish extimoli, fazoviy koordinatalari, xavf tufayli kutiladigan zarar va boshka parametrlar aniklanadi. Olingan natijalar asosida esa anik tadbirlar ishlab chikiladi.

    Potensial xavf yuzaga keladigan, amalga oshadigan sharoitlar baxtsiz hodisalarning sabablari deyiladi. Baxtsiz hodisalar turli xil, ya’ni jaroxatlar, shikastlanishlar, kasallanishlar va boshka ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin.

    Xavf, sabab va okibat - baxtsiz xodisalarni, favkulodda xolatlarni, yong‘inlarni va shu kabi boshka ko‘ngilsiz xodisalarni asosiy xarakteristikasi hisoblanadi.

    «Xavf - sabab - ko‘ngilsiz oqibatlar» - bu logik rivojlanish jarayoni bo‘lib, yashirin xavfni yuzaga chikishiga xamda real zarar keltirib chikarishga olib keladi. Ko‘rsatilganidek, bu jarayon ko‘p sababli hisoblanadi. Shu sababli baxtsiz hodisalarni oldini olishda ularning sabablarini aniklash muxim rol o‘ynaydi.

    Quyida yuqoridagi uchlikga doir misollar keltiramiz:

    Elektr toki (xavf) - qisqa tutashuv (sabab) - kuyish (okibat);

    Pestsidlar (xavf) - SHXV foydalanmaslik (sabab) - zaxarlanish (okibat).



    Insoniyatning xar kanday faoliyati potensial xavfli jarayondir. Albatta, bu tasdik aksiomatik xarakterda bo‘lsada, muxim metodologik axamiyatga egadir.

    Xavfsizlikni tizimiy taxlil kilish. Xavfsizlikning tizimiy taxlili xakida tushuncha va uning maksadi.

    Sistemali taxlil murakkab muammolar, jumladan, xavfsizlik sistemasi bo‘yicha karor tayyorlash va uni asoslash uchun foydalaniladigan metodologik vositalar majmuidir.

    Sistema- o‘zaro birikkan komponentlar majmui bo‘lib, ularning o‘zaro ta’siri natijasida ma’lum bir maksad amalga oshiriladi, ish bajariladi.

    Sistemaning komponentlari jumlasiga material va ob’ektlardan tashqari ularning o‘zaro bog‘lanishi xamda ular o‘rtasidagi munosabatlar xam kiradi. Har kanday soz mashina texnik sistemaga misol bo‘la oladi. Agar sistemaning bir komponentini inson tashkil etsa, bunday sistema «ergatik sistema» deb ataladi. Ergatik sistemaga misol tariqasida «inson-mashina», «inson-muxit», «inson-mashina-muxit», kabilarni keltirishimiz mumkin.

    Sistemani tashkil etuvchi elementlarni o‘ziga xos xususiyatlari bo‘lishi bilan bir katorda uning o‘zini xam o‘z xususiyati mavjud bo‘ladi. Sistemada vujudga kelgan xususiyat uni tashkil etuvchi elementlarning birortasida xam bo‘lmaydi. Masalan, yonuvchi modda-

    kislorod-yongin manbasi bitta sistemani tashkil etadi. Agar ushbu elementlardan birortasi bo‘lmasa yonish jarayoni yuzaga kelmaydi. Bu erda yonuvchi modda yonish xususiyatiga, kislorod-yong‘inni yuzaga keltirish sharoitini yaratash xususiyatiga, manba esa yong‘inni amalga oshirish xususiyatiga ega. Albatta, bu sistemada ushbu elementlardan birortasining bo‘lmasligi, sistemani buzilishiga olib keladi, natija, maksad (ushbu kolatda-yonish) amalga oshmaydi.

    Xavfsizlikni sistemali taklilining asosiy maksadi ko‘ngilsiz okibatlar (baxtsiz xodisalar)ga olib keluvchi sabablarni aniklash va shu asosida ularni kamaytirish ehtimolini ta’minlovchi tadbirlar ishlab chikishdan iboratdir.

    Sabab va xavf tizimi.

    «Sabab va xavf daraxti» tizimi. Har kanday xavf ma’lum bir sabab yoki sabablar okibatida yuzaga keladi va ko‘ngilsiz okibatlarni keltirib chikaradi. Sababsiz real xavf bo‘lmaydi. Shu sababli, xavfni bartaraf etish yoki oldini olish birinchi navbatda uning kelib chikish sababini o‘rganishga bog‘liq bo‘ladi va bu «sabab-okibatli» bog‘lanish orqali izoxlanadi. Xavf, ayrim sabab yoki sabablarning okibati bo‘lib, u o‘z vakida boshka bir sababni keltirib chikruvchi xamdir, ma’lum bir sabab ta’sirida yuzaga kelgan xavf, boshka bir xavfni kelib chikishiga sabab bo‘lishi, u xavf yana boshka bir xavfni tug‘dirish, natijada bu jarayoni, zanjirli bog‘lanish yoki sistema ko‘rinishiga ega bo‘lishi mumkin. Bunday bog‘lanishning grafik tasviri ko‘p shaxobchali daraxtni eslatadi. Shu sababli, xavfsizlikning taxliliga bag‘ishlangan ayrim adabiyotlarda ko‘pincha «Sabab daraxti», «Inkor daraxti», «Xavf daraxti», «Okibat daraxti» kabi iboralar uchraydi. Albatta, bunday grafik ifodalarda, ya’ni «daraxtlarda» sabablar shoxchalari va okibat shoxchalari mavjud bo‘lib, ular «sabab-okibati» bog‘lanishning to‘lik dialektik xarakterini ko‘rsatadi. Shuning uchun, taxlil natijasi asosida tuzilgan bunday grafik ifodani «Sabablar va okibatlar daraxti» deb nomlash maksadga muvofik hisoblanadi.

    Bunday «daraxt» larni ko‘rish xar xil ko‘ngailsiz xodisalar sabablarini aniklashning asosiy boskichlaridan yukori xisoblanadi. «Daraxt» shoxlanishini tuzish ko‘p boskichli cheksiz jarayon bo‘lganligi sababli, ma’lum bir cheklanishlar qabul kilinishini talab etadi. Bu cheklanishlar tadkikotlarning maksadiga bog‘lik bo‘lib, ular mantikiy jixatdan asoslangan bo‘lishi lozim.



    Xayot faoliyati xavfsizligini boshkarish funksiyalari

    XFX ni boshkarish ma’lum bir boskichlar («funksiyalar») asosida olib boriluvchi jarayondir. Ushbu funksiyalarga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:

    -ob’ektning xolatini taxlil kilish va baxolash;

    -maksadga erishish va boshkarish vazifalarini amalga oshirish bo‘yicha tadbirlar ishlab chikish va rejalashtirish;

    -boshkariluvchi va boshkaruvchi sistemalarni aniklash, tashkil etish;

    -boshkarishni tashkil etilishini nazorat kilib, tekshirib borish;

    -tadbirlarning samaradorligini aniklash;

    - stimullashtirish.



    Xayot faoliyati xavfsizligini ta’minlashda ilmiy dunyokarash, fiziologik, psixologik, sotsial, tarbiyaviy, ergonomik, ekologik, tibbiy, texnik, tashkiliy-operativ, xukukiy va iktisodiy aspektlar xisobga olinishi zarur. Buning uchun xayot faoliyati xavfsizligini boshkarishning kator vositalaridan foydalaniladi. Ularga xavfsiz faoliyat ko‘rsatish xulk-atvorini, madaniyatini shakllantirish, kasbiy o‘kitish, boshkarish sub’ektlariga psixologik ta’sir etish, kollektiv ximoyaning texnik va tashkiliy vositalaridan foydalanish, shaxsiy ximoya vositalaridan foydalanish, imtiyozlar va kompensatsiyalar sistemasini tashkil etish kabilar kiradi.

    2-MA’RUZA

    Mavzu: Ob- havo sharoiti va uni inson faoliyatiga bog‘liqligi

    Reja

    1. Tashqi muhitni ifloslantiruvchi moddalar. Ifloslanish darajasi

    2. Ishchi hududining havosida YQBK zaharli moddalar.



    3. Odam organizmining tashqi muhit holatini baholash tizimlari.

    4. Inson faoliyatining asosiy turlari.
    Havoning asosiy qismlari: azot – N2 78,09%, kislorod – O2 20,94%, argon - Ar 0,93% va qolgan 0,04% i CO2, Ne, He, CH, Kr, N2O, H2O, CO2, Xe, O, NH3 (amiak), NO2, SO, H2S va yana bir qancha birikmalardan tashkil topgan.

    Atrof – muhit muhofazasiga katta e’tibor qaratiladi. Uchta biologik sfera – havo, suv, er mavjud. To‘liqmas yonadigan yonilg‘i mahsulotlari, kimyoviy va metallurgiya ishlab chiqarish chiqindilari havoga chang, oltingugurt gazi, uglerod va azot oksidlari, chaqich (qora smola) moddalari tarqalishiga sabab bo‘ladi. Atrof muxitni ifloslantiruvchi manbalar avtomobil gazlari – bu 1000 dan ortiq zararli-zaharli moddalar komponenti bo‘lib, ma’lum sharoitda ikkilamchi xolatlar “smog” tashkil qiladi.

    Ikkinchi biologik muhit, hovuzlarning ifloslanish manbai oqova suvlar va neft mahsulotlari hisoblanadi. Ifloslanish havodan zaharli moddalarning o‘tirishi va bevosita ishlab chiqarish chiqindilari bilan ifloslanishi tufayli sodir bo‘ladi, ikkilamchi xolat sifatida namoyon bo‘ladigan zararli oqibatlardan kislotali yomg‘irlar, ozon qavatining emirilishi, er xosildorligining kamayishi, oziq ovqatlar sifatining kamayishi, texnika qurilmalarining buzilishidir.

    Atmosfera xavosini tozalash choralaridan chang, gaz ushlaydigan inshootlarni qurish, ishlab chiqarish chiqindilarini qayta ishlash, chiqindisiz texnologiyani qo‘llash, erning sho‘rlanishdan himoyalash, botqoqlik, qo‘rg‘oqchilikdan saqlashga katta ahamiyat berilmoqda.

    O‘zbekistonda “Atmosferani ximoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingan, uning vazifasi xavoni ifloslanishdan ximoya qilish, zararli kimyoviy, fizikaviy, biologik xamda boshqa moddalarning axoliga, o‘simlik va xayvonlarga bo‘lgan zararini kamaytirishdan iborat.

    Ishlab chikarish sharoitida tabiiy sof toza xavo deyarli uchramaydi. CHunki ko‘pgina texnologik jarayonlar xar xil zararli moddalarni ajralib chikishi bilan kechadi. Havoda mavjud qotishmalar katta ahamiyat kasb etadi. Ular nafas yo‘llari orqali va me’da-ichak trakti orqali hamda usti bosh kiyim iflos bo‘lganda teri orqali inson organizmiga tushadi va salbiy oqibatlariga olib keladi. Ko‘p korxonalarda ishlab chiqarish jarayonida havoga har xil zaharli gaz, chang va bug‘larni ajralib chiqish hollari mavjuddir, masalan, xlor (Cl), vodorod sulfid (H2S), azot(II) oksid(NO), azot(IV) oksida(NO2), benzol(S6N6), benzin(S6N5)k, anilin bug‘lari va hokazo.

    SHuning uchun ishlab chiqarish xonalarida havo muhitini vaqti-vaqti bilan tekshirib turish va uni normalashtirish katta ahamiyatga egadir. Zaharli gazlarni konsentratsiyasi 1m3 yoki 1l havo tarkibidagi "mg" miqdorda ifodalangan gazdir. Bu har xil birlikda izohlanishi mumkin, hajm %, mg/l, mg/m3. Sanoat korxonalari ishlab chiqarish xonalarida sanitar normalari bo‘yicha belgilangan havo tarkibidagi zararli moddalarning ruxsat etilgan miqdorlari saqlanishi kerak.

    Bizning davlatimizda YQBK birligiga mg/m3 qabul qilingan hozirgi vaqtda 800 dan ortiq moddalar uchun YQBK mavjuddir.

    GOST 12.1.007-76ga muvofiq, inson organizmiga ta’sirida kasbiy kasalliklar yoki inson salomatligi ahvolining og‘irlashuvlariga olib keluvchi moddalar zaharli moddalarga kiradi. Sanoat zaharli moddalarining zaharlilik darajasi yo‘l qo‘ysa bo‘ladigan konsentratsiya (YQBK) orqali ifodalanadi. YQBK shunday konsentratsiyaki, har kunlik ish soati 8 soat bo‘lib insonning butun mehnati davomida organizmda hech qanday o‘zgarish, kasallik yoki sog‘lida chetlanishlar sezilmaydigan muhitdagi moddaning miqdoridir.

    Ishchi hududining havosida YQBK zaharli moddalar




    Moddalarining nomlanishi

    me’yorli yo‘l qo‘yiladigan konsentratsiyasi mg/m3

    Xavf sinfi

    Azot oksidi

    5

    2

    Ammiak

    20

    4

    Sulfat angidridi

    1

    2

    Benzin eritmasi

    300

    4

    Benzin yonilg‘isi

    100

    4

    Metalli simob

    0.01

    1

    Qo‘rg‘oshin

    0.01

    1

    Uglerod oksidi

    20

    4

    Hlor

    1

    2

    O‘yuvchi ishkorlar

    0.5

    2

    Ishning og‘irligi va xavo muxitining meteorologik parametrlari inson organizmiga ishlab chiqarish zaxarlarini ta’sirini kuchaytiradi, chunki bunda nafas olish darajasi keskin ortadi. Bunda zararli moddalar o‘pka alveolar kanallarida o‘tirib qoladi va ularni to‘planishi natijasida zararli ta’sir ortib boradi. Kumulyativ xossaga ega bo‘lgan moddalarni oz miqdori xam surunkali zaxarlanishlarga olib keladi. Bu moddalarga qo‘rg‘oshin, simob, marganets, kremniy oksid va kremniyorganik birikmalar. Masalan, marganets bilan zaxarlanganda asab sistemasi, benzoldan zaxarlanganda esa kon xosil kiluvchi organlar zarar kuradi. Benzol, ksilol, toluol va boshqa shunga o‘xshash zararli moddalar, organizmga teri qavatlari orqali kiradi.

    Polimerlarni qayta ishlashda xavoda gazsimon kimyoviy moddalarning murakkab kompleksi vujudga keladi: uglerod oksidi, xlororganik birikmalar, xlor uglerod, to‘yinmagan uglevodorodlar, sianid kislota, organik kislotalar, efirlar, aromatik uglevodorodlar ta’siri (benzol, atseton). Mexanik ishlov berish vaqtida chang xosil bo‘ladi.

    Zaharli moddalarning yo‘l qo‘ysa bo‘ladigan zichlik miqdorlaridan ishlab chiqarishdagi sanitariya sharoitiga, sog‘lomlashtirish tadbirlarining, masalan, shamollatish samaradorligiga baho berishda, shuningdek, yangi sexlar va zavodlarni loyihalashda amalda foydalaniladi.


    Canoat korxonalarini loyixalashda “Umumiy sanitariya-gigiena talablari”

    (Ish zonasining xavosi). GOST 12..1.005-76 talablari asosida YQBK bo‘yicha ish joyidagi xavo muxiti bilan taminlanadi. Mexnat muxofazasi standart tizimlari GOST 12.1.005-76 “Zaharli moddalar” xavflilik darajasiga karab xamma zaharli moddalar 4 ta sinfga bo‘ladi.

    1-Sinf. O‘ta xavfli moddalar, bunday moddalarga PDK 0,1 mg/m3 dan kam (simob tuzlari, qo‘rg‘oshin, berilliy va uning birikmalari, kadmiy va uning noorganik birikmalari, ftor, fosfor). .

    2-Sinf. YUqori xavfli moddalar, bunday moddalarga PDK 0,1 - 1 mg/m3(geksogen, med, benzol xlor). .

    3-Sinf. O‘rtacha xavfli moddalar, bunday moddalarga 1-10 mg/m3 (xlorid kislota, fenol, azot oksidlari, polipropilen, neft).

    4-Sinf. Kam xavfli moddalar, bunday moddalarga PDK 10,0 mg/m3 dan yuqori (spirt, ishqoriy lak, atseton, toluol, pentan, ammiak).zararli moddalar saklagan mikdorda xavo tarkiblariga ajratiladi. Zaharli moddalarning havflilik darajasini, ya’ni sinfini sanitariya normasi SN 245-71, SN-4088-86 yordamida aniqlasa bo‘ladi. Ishchi hududning havoda mavjud zaharli moddalar ustidan nazorat 1 – sinf moddalari uchun uzluksiz bo‘lishi va qolgan sinflar moddalari uchun davriy bo‘lishi mumkin.

    Ishlab chiqarish zaharlari yo‘l qo‘yiladigan oxirgi darajasi (YQOD) ni belgilashda: a) moddalarning fizik-kimyoviy xossalari hisobga olinadi;

    tajriba tekshirish natijalaridan foydalaniladi; b) ishlab chiqarishdagi gigienik kuzatuvlar ma’lumotlariga, ishchilarning sog‘liq holati va kasallanishga doir materiallarga ham amal qilinadi.

    Ish joyi xonasining xavosi tarkibidagi ushbu zararli moddalarni me’yorlashtirish, ishlab chiqarishda zaharlanishni oldini olish chora-tadbirlari quyidagilardan iborat:


    1. Ishlab chikarish texnologiyasini takomillashtirish, yangi zamonaviy texnika vositalaridan foydalanish;

    2. Texnologik jarayonni avtomatlashtirish va kompleks mexanizatsiyalashtirish;

    3. Asbob uskunalarni zichligini ta’minlash, germetiklashtirish yoki to‘siqlar bilan o‘rab olish;

    4. Zaxarli moddalarni zaxarsiz moddalar bilan almashtirish;

    5. So‘ruvchi va uzatuvchi havo almashtirgichlardan keng foydalanish;

    6. SHaxsiy ximoya vositalari (gaz niqob, ko‘z oynak, qo‘lqop, maxsus ustboshlar)dan foydalanish.

    Ish joyidagi havo tarkibidagi zaharli gazlarni tarkibini aniqlash uchun havo muhiti tekshiriladi. Havo muhitini tekshirishdan oldin ish joyida zaharli gazlar ajralayotgan qismlar aniqlanadi.

    Sinama faqatgina ish joyidan olinmasdan, balki ishchilar qisqa muddatda bo‘ladigan joylardan ham olinishi shart. Sinama yuzadan 1,5 m balandlikda olinadi. Tekshirish natijasi asosida shu sex havo muhitini zaharlanganlik darajasi, havo almashtirgichlarni ish qobiliyati, hamda uskunalarning zichligi to‘g‘risida ma’lumot olsa bo‘ladi.

    Sanoat sanitariya kimyosi aniq, ammo uzoq vaqt talab qiladigan analitik usullar (kolorimetrik, gaz xromatografiya, ultrabinafsha va infrakizil spektroskopiya va b.) bilan bir qatorda tezda ma’lumot beradigan ekspress usullarni, havo tarkibidagi zaharli gazlarni miqdorini aniqlashni tavsiya etadi.

    Ekspress usulining asosini tez o‘tadigan rangli va sezgir reaksiyalar tashkil etadi. Havo tarkibidagi zaharli moddalarning konsentratsiyasini aniqlaydigan zamonaviy o‘lchash asboblari mavjud. Bularga gaz aniqlovchilar GX-1, GX-2, universal gaz o‘lchagichlar UG-1, UG-2, UG-6 misol bo‘ladi. Bu asboblarni ishlashi -tekshirilayotgan havo tarkibida zaharli gazlar bo‘lgan takdirda shisha naycha ichidagi indikator kukuni rangini o‘zgarish uslubiga asoslangan.

    Har xil tuzilishga ega bo‘lgan fotoelektrik, elektrokimyoviy, optik va avtomatik gaz o‘lchagichlar ham ekspress usulini ta’minlaydi.

    Universal gaz o‘lchagichlar UG-1, UG-2, UG-3 lar bir-biridan faqatgina aniqlaydigan gazlarining soni bilan farqlanib, bular zaharli gazlarni miqdorini mg/m3 birlikda aniqlab beradi va bunda hech qanday qo‘shimcha qayta hisoblashning zaruriyati bo‘lmaydi.

    Hozirgi kunda kimyoviy xavfli inshootlarning asosiylari «O‘zbekkimyosanoat» uyushmasiga qarashli korxonalar bo‘lib, ular Angren, Farg‘ona, Samarqand, Navoiy, CHirchiq, Olmaliq va boshqa shaharlarda joylashgan. Bu korxonalardan tashqari kimyoviy zaharli moddalar bilan ishlaydigan boshqa korxonalar ham mavjud - «O‘zgo‘shtsut», «O‘zbeksavdo», «O‘zqishloqxo‘jalik» mahsulotlari uyushmalari, Bekobod metallurguya korxonasi, Mikond korxonasi, Toshkent lak bo‘yoq, to‘qmachilik korxonalari, kommunal xo‘jalik vazirligi inshootlari va boshqalar. Hammasi bo‘lib respublika hududida 200 dan ortiq kimyoviy xavfli inshootlar bor. Ular ishlab chiqaradigan yoki xalq xo‘jaligida turli mahsulotlar ishlab chiqish uchun olib kelinadigan, saqlanadigan suyuq, qattiq, gaz holatidagi inson va hayvon sog‘ligi uchun zararli, kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi moddalar turi ko‘p.

    Bu shaharlarda quyidagicha miqdorda zaharli moddalar saqlanadi:

    CHirchiqda-1050 tonna ammiak saqlanadi;

    Olmaliqda-2500 tonna ammiak va yana shuncha sulfat kislota bor.

    Angren-14 tonna xlor.

    Farg‘ona-700 tonna ammiak.

    Samarqand-1000 tonna ammiak

    Navoiy-137 tonna xlor, 2000 tonna nitril akril kislotasi, 96 tonna fosgen va bulardan tashqari ammiak va sinil kislotalar bor.

    Bu kuchli ta’sir qiluvchi zaharli moddalarning saqlanishi ularni saqlashda ko‘zda tutilgan xavfsizlik chora-tadbirlarini ko‘rib qo‘yilganligi uchun uncha katta xavf manbasi bo‘lmasada, lekin biron bir avariya sodir bo‘lsa yoki tabiiy ofatlar: masalan, er qimirlashi yoki toshqinlar bo‘lishi natijasida bu zaharli moddalar saqlanayotgan idishlar va boshqa saqlash anjomlariga zarar etkazilishi natijasida bu idishlar o‘z zich yopilganligini yo‘qotib qo‘ysa, unda zaharli moddalar oqib ketishi ro‘y beradi va bu zaharli moddalar suv havzalariga borib quyiladi va ularning hududimizdagi daryolar suviga qo‘shilib ketishi juda katta maydonlarni zaharli moddalar bilan zaharlashga sababchi bo‘ladi.



    Odam organizmining tashqi muxit xolatini baxolash tizimlari

    Insonning mexnat qilish qobiliyatiga, sog‘lig‘iga mehnat faoliyati davridagi ob-havo omillari har biri ayrim xolda yoki bir nechtasi birgalikda juda katta ta’sir ko‘rsatadi.

    Ishlab chikarish xonalarining mikroiqlimi xona xavosining xarorati, nisbiy namligi, xavo bosimi, xavoning xarakatlanish tezligi xamda issiq ish jixozlari yoki materiallari ta’siridagi issiqlik nurlanishining intensivligi orqali xarakterlanadi.

    Mikroiqlim ko‘rsatkichlarini belgilangan me’yordan chetga chiqishi ishchining sog‘lig‘iga xam, ish qobiliyatiga xam salbiy ta’sir etadi.

    Ish joylari yoki ishlab chiqarish xonalari xavosi xaroratining yuqori bo‘lishi inson organizmidan issiqlik ajralib chiqishini susaytiradi, natijada organizmning xarorati oshadi, yurak urishi va nafas olishi tezlashadi, ter ajralib chiqishi kuchayadi, kishining e’tibori xamda ko‘rish va eshitish a’zolarining reaksiya tezligi susayadi.

    Atrof-muxit xaroratining pasayishi xam inson sog‘lig‘iga katta salbiy ta’sir ko‘rsatadi, chunki atrof-muxit xarorati sovushi tana xaroratini tushishiga olib keladi, natijada qon aylanish jarayoni susayadi, qonning immunobiologik xususiyati kamayadi, nafas olish yullarini kasallanishiga, revmatizm, gripp kabi kasalliklarni kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.

    Hayot faoliyati davrida inson organizmida tashqi muxit bilan moslashuvi fiziologik mexanizmi mavjud bo‘lib, u markaziy nerv sistemasining nazorati ostida bo‘ladi.

    Tashqi muxitdagi xar qanday o‘zgarishlar xaqidagi axborot bosh miyaga etkazib beriladi va u erda taxlil qilinib, qanday javob reaksiyasi bo‘lishi ta’minlanadi. Bu javob reaksiyasida albatta inson xayotiga xavf solishi mumkin bo‘lgan xolatlardan chetlab o‘tiladi, ya’ni uning zarbalar va xalokatlardan saqlanish chora-tadbirlari ko‘riladi.



    Odamning tashqi muxit bilan bog‘lovchi sezgi organlarining tashqi muxit ta’siriga nisbatan xolatlarini bir necha turkumga bo‘linadi:

    • mexanik sezgilar, bular tashqi atroflicha ta’sir ko‘rsatuvchi umumiy tanaga suyak va pay to‘qimalariga ta’sir ko‘rsatilganda, teri va xarakatlanish organlari va yurak-qon aylanish tizimlari xabarini bildiruvchi sezgilar xisoblanadi;

    • issiqlik sezgilari, bu organizm ichki issiqligi va tashqi muxit issiqligini birdek ko‘rsatadigan sezgilar

    • kimyoviy sezgilar, bular kimyoviy birikmalar ta’siriga asoslangan sezgilar bo‘lib, o‘zida xid bilish va maza bilish sezgilarini mujassamlagan bo‘ladi;

    • foto sezgilar, bular yorug‘lik ta’sirida jumbushga keladigan sezgilar xisoblanadi;

    • og‘riq sezgilari, ular ma’lum turkumlarga bo‘linib, ba’zi birlari mexanik og‘riqlar sifatida, kimyoviy og‘riqlar va issiqlik ta’sirida vujudga keladigan sezgilar xisoblanadi.

    Psixofiziologiya sinflanishiga asosan sezgilar: ko‘rish, eshitish, xid bilish, tam bilish, og‘riq sezgilari va inson tanasining fazodagi xolatiga taalluqli bo‘lgan sezgilar mavjudligi belgilanadi. Ko‘rib o‘tilgan sezgilarning xammasi inson organizmini xayot faoliyatini meyorida kechirishini ta’minlashga qaratilgan.

    Inson faoliyatining asosiy turlari

    Inson faoliyatining turli-tuman qirralari mavjud bo‘lib, xozirgi zamon taraqqiyotini xisobga olib, inson faoliyati ikkita turga: ya’ni jismoniy mexnat va aqliy mexnat turlariga bo‘lish mumkin. Bunday bo‘linish, albatta, birmuncha umumiy tarzda nisbiy bo‘lsa xam, bunday bo‘lib qarash faoliyat turlariga baxo berishda ancha engillik tug‘diradi.

    Inson jismoniy ish bajarganda uni o‘z kuchi va qudrati asosida bajaradi, bunda uning butun tanasiga og‘irlik tushadi, ya’ni paylari zo‘riqadi va buning natijasida tanadagi xarakatlanish, ko‘tarish qobiliyati oshadi xamda xadeb zo‘riqish natijasida umumiy jismoniy rivojlanish vujudga keladi va bu o‘z navbatida nafas olish, qon aylanish tizimlarining mustaxkam va tekis ishlashini ta’minlaydi. Bu esa, o‘z navbatida, uning organizmidagi ovqatlanish va modda almashish jarayonlarini yaxshilanishiga olib keladi. Jismoniy mexnat asosan yakka tartibda ishlovchi xunarmandlar va uncha katta bo‘lmagan er mulkiga ega bo‘lgan dexqon xo‘jaliklari uchun birmuncha samara berishi mumkin. Lekin boshqa soxalarda va ayniqsa, ijtimoiy-iqtisodiy nuqtayi nazaridan va insoniyatning taraqqiyoti nuqtayi nazaridan bunday mexnat yaxshi samara berishi mumkin emas. Buning asosiy sababi iqtisodiy samaradorligi kam bo‘lishi bilan birga jismoniy ish bajarilganda inson zo‘riqib charchashi xisobiga yarmidan ko‘p vaqti dam olishga sarf bo‘ladi, bu esa mexnat samaradorligini o‘sishiga yordam bermaydi. YAna shuni xam ta’kidlash kerakki, xech qachon va xech qaerda faqatgina jismoniy mexnat bilan shug‘ullanish imkoniyati yaratilgan desa bu mubolag‘a bo‘ladi, chunki xar qanday ishni bajarishdan oldin uni rejasi tuziladi va bu aqliy mexnatni jismoniy mexnat bilan qo‘shib olib boriladi demakdir.

    Aqliy mexnat bilan xayot faoliyati xavfsizligi o‘rtasidagi bog‘lanish. Ma’lumki, aqliy mexnat bilan bajariladigan ishlar bu umumiy ma’lumotlarni to‘plash va ularni ishlatish joylarini aniqlash uchun fikrni bir joyga to‘plash xamda aqlni ishlatishni taqozo qiladi.

    Bu odam uchun eng kerakli bo‘lgan xarakatlanishni chegaralaganligi sababli yurak qon-tomir tizimining ishini og‘irlashtiradi va xarakat cheklangan organizm faolligiga qarshilik ko‘rsatadi, bu esa odamni tushkinlikka tushishiga olib keladi va ish bajarilishiga ruxiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunda fikrlash qobiliyati, eslash qobiliyati va ma’lumot qabul qilish qobiliyatlari susayishi mumkin.Xozirgi zamonaviy texnologiyalarda kelib, jismoniy mexnat deyish mumkin bo‘lgan ishlar deyarli yo‘q. Shuning uchun umuman jismoniy ish deb belgilanadigan ishlarni quyidagi ish turlariga bo‘lish mumkin: anchagina bilak kuchini ishlatib bajariladigan ishlar; mexanizatsiyalashtirilgan ishlar; sanoatda yarim avtomatlashtirilgan yoki to‘liq avtomatlashtirilgan ishlar; ko‘pchilik bilan bajariladigan ish turlari (konveerlar); masofadan turib boshqarish yo‘li bilan bajariladigan ish turlari; aqliy mexnat.

    Xozirgi zamon texnika taraqqiyoti yuqori bosqichlarga ko‘tarilgan bo‘lishidan qat’i nazar, qo‘l mexnati xali xamma jabxalarda yo‘qolib bormoqda deb aytish ancha qiyin. Albatta qo‘l kuchi bilan bajariladigan ishlar inson organizmi tomonidan ko‘p miqdorda energiya sarflanishini talab qiladi. Bu ishlarni mexanizatsiyalashtirish esa ishchi kuchi sarflab ishlanadigan ba’zi jarayonlarni anchagina qiyinlashtirilgan programmalar asosida ishlashga olib keladi. Mexanizatsiyalashtirilgan sanoat korxonalarida endi qo‘lning xamma muskullari kuchi sarflanmasdan, balki qo‘l uchlaridagi muskullarning ishlash faolligi ortadi. CHunki bunday sharoitda faqatgina mexanizatsiyalashtirilgan vositalarning boshqarish tugmalarinigina bosishga to‘g‘ri keladi va bu ishlar tez va aniq bajarilishini talab qilganligi sababli va bundan tashqari boshqarish mexanizmlarida bajarilayotgan ishlar murakkab boshqarish pultlarida amalga oshirilsa, bunda juda katta miqdordagi axborotlar majmuasidan foydalanilsa, bu ishlarning bir xilligi va doimo bir xil ishni qayta-qayta bajarish inson organizmida fikrlash qobiliyati susayadi, reaksiyasi tezligi pasayadi va juda tez toliqish boshlanadi.

    YArim avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish jarayonida odam bajarayotgan ishning tashqi tomonida faqat kuzatuvchi sifatida qatnashadi, chunki boshqa ishlov berish ishlarini mexanizmlar bajaradi. Bu erda odamning asosiy vazifasi mashina bajara olmaydigan mayda-chuyda ishlarni bajarib, mashinaga xizmat ko‘rsatish bo‘lib qoladi: ishlov berilishi kerak bo‘lgan materialni mashinaga o‘rnatish, mexanizmni ishlatib yuborish, tayyor bo‘lgan maxsulotni olish. Bu ishlardagi asosiy tavsif tomoni ishlarning doimo bir xilligi, ish bajarish tempi yuqoriligi, ishda tezkorlik va ijodiy yondashish masalalari yo‘qotiladi.

    Ish faoliyatining konveer turida ish mayda-mayda bo‘lakchalarga bo‘linib, xar bir bo‘lakni bitta odam bajaradi va bunda kerakli maxsulotlar va detallar konveer yordamida o‘sha ish bajarilayotgan joyga etkazib beriladi. Bu ish turida ishning ma’lum ritmga rioya qilinishi va bu ritmning juda tez kechishi va xar bir bajariladigan operatsiya aniq tartibni va ketma-ketlikni talab qilishi ishchidan maksimal diqqatni talab qiladi va bu ish turida iloji boricha konveer tezligini saqlash talab etiladi. Bunda bir xil uncha katta bo‘lmagan operatsiya doimo takrorlanganligi sababli, ishchini tezda toliqishi va asab tolalarining tarang tortilishiga olib keladi va bu asabiy toliqish salbiy xodisalar kelib chiqishining asosiy omili xisoblanadi.

    Ish bajarishning masofadan turib boshqarish turida ish bajaruvchi kishi ma’lum bir ishni bajarish uchun emas, balki umumiy texnologik jarayonning bir xalqasiga aylanib qoladi. Bunda uning asosiy vazifasi pult yordamida texnologik jarayonga ta’sir ko‘rsatishga tayyor xolatda bo‘lishni taqozo qiladi. Shuning uchun ishchi doimo biror bir vazifani bajarishga tayyor xolatda bo‘lsa xam, uning umumiy fiziologik faoliyatida chegaralanish vujudga keladi. Demak, masofadan turib boshqarish vazifasini tez-tez texnologik jarayonga aralashib turilgandagina odam ma’lum darajada o‘z ishidan qoniqish xosil qiladi.

    Aqliy mexnatni bir necha turkumlarga bo‘lib qarash maqsadga muvofiqdir. Bular: operatorlik ishlari, boshqarish, ijodiy, tibbiyot xodimlarining mexnati, o‘qituvchilar mexnati, o‘quvchilar va studentlar mexnati sifatida tavsiflanishi mumkin. Masalan, operatorlik mexnati umumiy aqliy mexnat turlari ichida katta mas’uliyat talab qiladigan va nixoyatda ko‘p miqdordagi ma’lumotlarni o‘ziga jamlagan xolda ma’lum echimga kelishni talab qiladigan mexnat turi xisoblanadi. Bu albatta, inson organizmini asabiy zo‘riqishga olib keladi. Masalan, aviadispetcherlarning mexnati xaqida so‘z yuritsak, ularning qanchadan-qancha ma’lumotlarni xisobga olgan xolda ayrim echimga kelishi uchun vaqt chegaralangan xolatda ma’lum xulosaga kelish talab etishi albatta, katta mas’uliyat va qo‘yilgan vazifani aniq bajarishga intilish asabiy zo‘riqishga olib keladi.

    Boshqaruvchi raxbar xodimlarning mexnatini xam xuddi shu, aviadispetcherlar xizmatiga taqqoslash mumkin, chunki bularning mexnatida xam ma’lum bir korxonaning ish faoliyatidan kelib chiqishi mumkin bo‘lgan xamma nosozliklarning oldini olish, odamlar, ya’ni ishchilar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar bilan bir qatorda texnologik jarayonlar ishini bir maromda olib borish va umumiy ish faoliyatini boshqarish qanchadan-qancha asabiy zo‘riqishlarga olib kelishini tasavvur qilish mumkin. Bunda yana umumiy ishga javobgarlik xissi xam kelib qo‘shiladi.

    O‘qituvchilar va tibbiyot xodimlarining ishida xam o‘ziga xos xususiyatlar mavjud. Bular doimo odamlar bilan muloqotda bo‘ladilar. Ularga turli-tuman ma’lumotlar xar laxzada kerak bo‘lib turadi va buning ustiga vaqt tanqisligi xolatida aniq bir echimga kelish kerakligi ularning mas’uliyat xissini oshirib yuboradi va bu o‘z navbatida asabiy va emotsional zo‘riqish paydo bo‘lishiga olib keladi.

    Ijodiy ish mexnat qilishning eng murakkab formasi xisoblanadi. Bu mexnatda, albatta, birinchidan katta bilim va etarli darajadagi soxada bo‘ladigan ma’lumotlar, fikrlash qobiliyati va eslash qobiliyati kabi asabiy zo‘riqish paydo qiluvchi xodimlar: bular ilmiy xodimlar, konstruktorlar, yozuvchilar rassomlar va arxitektorlarning mexnati xisoblanadi. Bunday mexnat turlari juda katta emotsional va asabiy zo‘riqishlarni talab qiladi. Bunday mexnat qiluvchilarda texnokardiya va qon bosimini oshishi, kislorodga organizm talabining oshishi, tana xaroratining oshishi kabi funksional o‘zgarishlar bo‘lishi kuzatiladi.

    Odamning ish jarayonida energiya sarflashi ishning og‘ir-engilligiga, ya’ni muskul energiyasini sarflashiga, ishga taalluqli bo‘lgan ma’lumotlarning zarurligiga, emotsional zo‘riqishning darajasi va boshqa sharoitlar (xavoning xarorati, nisbiy namligi va xavo xarakati tezligi) ga xam bog‘liq bo‘ladi. Masalan, aqliy mexnat qiluvchilar (o‘qituvchilar, tibbiyot xodimlar va muxandislar) ning bir kecha-kunduz davomida sarflagan energiyalari 10,5—11,7 MJ ni, mexanizatsiyalashtirilgan ishlarda va xizmat ko‘rsatish jabxalarida ishlayotganlar 11,3—12,5 MJ ni va og‘ir mexnat qilayotganlar esa 18 MJ energiya sarflashi aniqlangan.

    Mexnatda energiya sarflash mexnat qilish xolatiga xam bog‘liq bo‘ladi. O‘tirib ish bajarganda umumiy energiya sarfiga nisbatan 5-10% ortiq energiya sarflaydi. Tik turib ishlaganda 10-25%, majburiy nobop sharoitda esa 40-50% ortiq energiya sarflanadi. Aqliy mexnat qilish jarayonida bosh miya ishi uchun sarflanadigan energiya miqdori umumiy organizm sarfidan 15—20% ortiq bo‘ladi (bosh miya xajmi tana xajmining 2% ini tashkil qiladi). Aqliy mexnat jarayonida sarflanadigan energiya miqdori odamning asab emotsional xolatiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, o‘tirib ovoz chiqarib o‘qish jarayonida energiya sarfi 48% ga ortadi, ko‘pchillikka maruza qilgan vaqtda 94% ga ortadi va xisoblash mashinalari operatorlari sarflagan energiya xajmi 60—100% ga ortishi kuzatilgan.

    3-MA’RUZA

    Mavzu: Farmatsevtik korxonalarda ishlab chiqarish muxitidagi ob-xavo sharoiti

    Reja


    1. Inson organizmining tashqi muhitga moslashuvi

    2. Mikroiqlim va ishlab chikarish binolari ishchi hududining havo muhiti

    3. Ishlab chiqarish mikroiqlimining gigienik normalari va o‘lchash usullari

    4. Mo‘tadil ob-havo sharoitini yaratish chora-tadbirlari

    5. Isitish sistemalarining turlari va ularga kuyilgan asosiy talablar.


    Inson organizmining tashqi muhitga moslashuvi

    Xayot faoliyati davomida «Inson-muxit» tizimida doimo xavf tug‘ilishi mumkin bo‘lgan sharoitlar bo‘ladi. Inson yashash muxitlari: tashqi atrof muxit, ishlab chiqarish, maishiy, uy va x.k. tabiiy va atropogen, yashash muxiti xavfli va zararli omillari, xayot faoliyati davomida turli favqulodda vaziyatlar bo‘lishi mumkin.

    Inson doim atrof muxit bilan issiqlik almashinuvi jarayonida bo‘ladi. Tashqi muhitga moslashuv (termoregulyasiya)— bu inson organizmining fiziologik va kimyoviy jarayonlar asosida tana haroratining bir xil chegarada (36—37°C) saqlab turish qobiliyati demakdir.

    Organizmning tashqi muhitga issiqlik chiqarishi uch yo‘l bilan o‘tishi mumkin:


    1. Odam tanasining umumiy yuzasida infraqizil nurlanish orqali

    (radiatsiya orqali havo almashinuvi).

    1. Tanani o‘rab turgan havo muhitini isitish (konveksiya).

    2. Terining terlab, bug‘lanishi va nafas olish yo‘llari orqali suyuqliklarning bug‘lanishi natijasida.

    Xar qaysi usul bo‘yicha organizm tomonidan beriladigan issiqlik miqdori ish joyidagi mikroiqlim parametrlariga bog‘liq.

    Ishlab chikarish binolari va ish joylarining mikroiklimi ishchining sog‘ligiga va ish unumdorligiga ta’sir etuvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi.

    Mikroiqlimning inson organizmiga ta’siri


    Ishlab chiqarish xonalari (binolari) mikroiqlimi–bu binolar ichki muhitining meteo (iqlim) sharoitlaridir. Ular havo harorati, bosimi, namligi va harakat tezligi bilan birikma holda, shuningdek tuso‘vchi moslamalar, texnologik uskunalar va issiqlik nurlanish yuzalari haroratining inson organizmiga ta’siri bilan belgilanadi. Ishlab chiqarish mikroiqlimi normalari mehnat xavfsizligi standartlari tizimi "Ish muhiti mikroiqlimi" ga asosan belgilangan. Ular gigienik va texnik iqtisodiy negizlarga asoslangan.

    Havo harorati. Past harorat organizmning sovub ketishga hamda shamollash kasalliklari chiqishiga sabab bo‘ladi.

    YUqori haroratda – organizm qizib ketadi, terlaydi, mehnatga layoqat sustlashadi. Ishchi e’tibori sustlashib, baxtsiz hodisaga olib kelishi mumkin.

    Havoning yuqori namligi teri va o‘pkaning ustki qismidan namlikning bug‘lanishini qiyinlashtiradi va og‘ir–oqibatda organizmning termoregulyasiyasi buzilishiga, inson ahvolining yomonlashuvi, mehnatga layoqatlilikning sustlashuviga olib keladi.

    Past namlikda (< 20%) – yuqori nafas yo‘llarining shilliq pardalari qurib qolishi kuzatiladi.

    Havo harakati tezligi. Inson v=0,15 m/sek.da havo harakatini seza boshlaydi. Havo oqimining harakati uning haroratiga bog‘liq. 360 S > t da oqim insonga salqinlatuvchi ta’sir, 400 S < t da noqulay, yomon, salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Agar havoning tezligi 0,1 m/s dan kam bo‘lsa xavo dim bo‘ladi, 0,25 m/s dan ortik bo‘lsa elvizak bo‘ladi. Ma’lumki, ikkala xolatda xam inson sog‘lig‘i va ish qobiliyati yomonlashadi. Atrof muxit bilan insonning normal issiqlik almashinuvi bo‘lishi uchun mikroiqlim ko‘rsatkichlarining ma’lum ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishi muxim xisoblanadi. Ularning xammasi me’yorlashtirilishi zarur. Bunda quyidagi omillar xisobga olinadi:

    -yil fasllari (yilning issiq davrida havoning o‘rtacha sutkalik harorati + 100 C dan yuqori, yilning eng sovuq davrida + 100 C va undan past);

    -energiya sarfi darajasi bo‘yicha ish kategoriyalari (I – engil, II – o‘rtacha og‘irlikdagi, III – og‘ir ishlar);

    -ish bajarilish vaqti.

    Ilmiy tadqiqotlar natijasida mikroiqlim xolatini xarakterlovchi ushbu ko‘rsatkichlarning optimal miqdorlari o‘rnatilgan bo‘lib, bu sharoitda ishchi o‘zining barcha imkoniyatlarini ishga solish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Eng qulay sharoitlar–termoregulyasiya mexanizmlari kuchlanishisiz organizmning normal issiqlik ahvolini ta’minlovchi hamda uzoq va muntazam insonga ta’sir qiluvchi mikroiqlim o‘lchamlarining yig‘indisidir. YUqoridagilarni xisobga olgan xolda ishlab chiqarish xonalarining mikroiklim xolatini me’yoriy miqdorlari GOST 12.1.005-76; 12.1.088-88; «Ish joyining xavosi. Umumiy sanitar-gigienik talablar» bo‘yicha SN 245-71; SNiPP 04-05-87 asosida o‘rnatilishi talab etiladi.

    Sanoat korxonalari xonalarining xarakteri, yil fasllari va ish kategoriyasiga qarab, ulardagi harorat, nisbiy namlik va havo harakatining ish joylari uchun ruxsat etilgan normalari belgilangan.



    Harorat, nisbiy namlik va havo harakatining tezligi risoladagi va yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan miqdorlar ko‘rinishida normalanadi.

    Risoladagi mikdorlar deganda odamda uzok muddat va muntazam ta’sir qilganda tashqi muxitga moslashuv reaksiyalarini kuchaytirmasdan organizmning me’oriy faoliyatini va issiqlik xolatini saqlashini ta’minlaydigan mikroiqlim ko‘rsatgichlarining yig‘indisi tushinilib, ular issiqlik sezish mu’tadilligini vujudga keltiradi va ish kobiliyatini yuksaltirish uchun shart-sharoit xisoblanadi. Insonga uzoq muntazam ta’sir etishda termoregulyasiya mexanizmlari- kuchlanishi bilan davom etadigan organizmning issiqlik holatida darhol normallashuvchi o‘zgarishlar chaqiradigan mikroiqlim o‘lchamlari yigindisi yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan iqlim sharoitlari deb qaraladi. Bunday holda organizmga shikast etmaydi yoki salomatlikning ahvoliga zarar bo‘lmaydi, biroq diskomfort issiqlikni sezish, inson o‘zini yomon his qilishi va mehnatga layoqati pasayishi (sustlashishi) mumkinligi kuzatiladi.


    Mikroiqlim parametrlarining optimal me’yorlari


    Ish davri

    Ish toifasi

    Harorat, 0 S

    Havo harakati tezligi m/s dan ortiq emas

    Sovuq

    Ia

    22-24

    0.1




    Ib

    31-23

    0.1




    Ia

    18-20

    0.2




    Ib

    17-19

    0.2




    III

    16-18

    0.3

    Issiq

    Ia

    23-25

    0.1




    Ib

    22-24

    0.2




    Ia

    21-23

    0.3




    IIb

    20-22

    0.3




    III

    18-20

    0.4

    GOST 12.1.005-76 SSBT “Ishchi muhit havosi. Umumiy sanitariya-injeneriya talablari” organizm quvvat xarajatlariga bog‘liq holda 3 toifadagi ishlarni ko‘zda tutadi:



    Engil jismoniy ishlar (I kategoriya) –Ia – jismoniy kuch talab qilmaydigan o‘tirgan holdagi ishlar, energiya sarfi 120 kkal/s;

    Ib – utirib, tik turib yoki yurish bilan bog‘liq xolda bajariladigan, birok muntazam jismoniy, zurikish yoki yuklarni ko‘tarishni talab kilmaydigan ishlar, energiya sarfi 121-150 kkal/s;



    O‘rtacha og‘irlikdagi jismoniy ishlar(II kategoriya) – IIa151-200 kkal/soat energiya sarflanadigan faoliyat kiradi. Bunda doimiy yurish va og‘ir bo‘lmagan (1 kg gacha) yuklarni o‘tirib yoki yurib tashish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar kiradi; IIb 201-250 kkal/soat energiya sarflanadigan faoliyat kiradi. Bunda doimiy yurish va og‘irligi 10 kg gacha yuklarni tashish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar kiradi;

    Og‘ir jismoniy ishlar(III kategoriya) - muntazam jismoniy zo‘rikish, xususan og‘ir yuklarni (10 kg dan yuqori) muttasil bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish va ko‘tarish bilan bog‘liq ishlar kiradi. Bunda energiya sarfi soatiga 250 kkal dan yuqori bo‘ladi.

    Jadvalda yil fasli va ishlar toifasini hisobga olgan holda mikroiqlim o‘lchamlarining qulay me’yorlari berilgan. MX asosida mikroiqlim parametrlarini me’yorlashda yilning issiq davrida havoning o‘rtacha sutkalik harorati + 100 C dan yuqori, yilning eng sovuq davrida + 100 C dan past, nisbiy namlik 40-60% bo‘ladi.


    Ishlab chiqarish xonalari ish xonasidagi havoning harorati, nisbiy namligi va harakat tezligining risoladagi normalari.


    Yil fasli

    Ish kategoriyalari

    Mikroiqlim parametrlari

    Havoning harorati, oS

    Nisbiy namligi, %

    Harakat tezligi, m/c

    Sovuq

    Engil - I

    20 – 23

    60 - 30

    0,2

    O‘rtacha og‘irlikdagi-IIa

    18 – 20

    60 - 40

    0,2

    O‘rtacha og‘irlikdagi-IIb

    17 –19

    60 - 40

    0,3

    Og‘ir-III

    16 – 18

    60 - 40

    0,3

    Iliq davr

    Engil-I

    20 – 25

    60 - 40

    0,2

    O‘rtacha og‘irlikdagi-IIa

    21 – 23

    60 - 40

    0,3

    O‘rtacha og‘irlikdagi-IIb

    20 –22

    60 - 40

    0,4

    Og‘ir-III

    18 – 21

    60 - 40

    0,5

    Issiq

    Engil-I

    20 – 30

    60 - 40

    0,3

    O‘rtacha og‘irlikdagi-IIa

    20 – 30

    60 - 40

    0,4 - 0,5

    O‘rtacha og‘irlikdagi-IIb

    20 – 30

    60 - 40

    0,5 - 0,7

    Og‘ir - III

    18 – 21

    60 - 40

    0,5 - 1,0

    Normalarda organizmning tashqi muhitga moslashish faqat tashqi sharoitlariga emas, balki mehnatning og‘ir-engilligiga bog‘liq holda o‘zgarib turadigan issiqlik hosil qilishi miqdoriga aloqadorligi ham hisobga olinadi. Shunga ko‘ra engil ishlarda, o‘rtacha og‘irlikdagi va og‘ir ishlarga qaraganda, havoning birmuncha yuqori haroratlarda va harakatining birmuncha kam tezlikda bo‘lishi qabul qilingan. Issiqlik ajralishi yuqori bo‘lgan sexlarda havoning harakat tezligi ham birmuncha ortiqcha belgilanadi. Ish nechog‘lik og‘ir bo‘lsa, harorat shunchalik past va havo harakati yuqori bo‘ladi.


    Yilning sovuq va iliq davrida ishlab chiqarish xonalari harorati, nisbiy namligi va havo harakati tezligining yo‘l qo‘yiladigan normalari


    Ish kategoriyalari

    Havo harorati, oS

    Nisbiy namligi, %

    Harakat tezligi, m/c

    Tashqaridagi havo harorati, oS

    Engil - I

    19 - 25

    75

    0,2

    15 - 30

    O‘rtacha og‘irlikdagi-II a

    17 - 23

    75

    0,2

    15 - 30

    O‘rtacha og‘irlikdagi-II b

    15 - 21

    75

    0,4

    15 - 30

    Og‘ir - III

    13 - 19

    75

    0,5

    15 - 30

    GOST12-I.005-76da xonalarning katta-kichikligi, issiqlik va namlik ajratilishining birga uchrashi, doimiy harorat yoki harorat va namlik kabilarni sun’iy usulda tutib turish sharoitlarini hisobga oladigan qator qo‘shimcha tavsiyalar va aniqliklar ham berilgan.

    Mikroiqlim ishchi hududda ishchilarning doimiy va vaqtincha turgan joyidan 2 m balandlikda baholanadi.

    Ishlab chiqarish binolari va ish joylarining mikroiqlim xolatini aniqlashda bir qancha asboblardan foydalaniladi. Masalan, xavoning xarorati-termometrlar, termograflar, xavoning xarakatlanish tezligi-katotermometrlar va anemometrlar, xavoning nisbiy namligi-psixrometrlar va gigrometrlar, issiqlik nurlanishlari-aktinometrlar va xavoning bosimi-barometrlar bilan o‘lchanadi. Mikroiqlim ko‘rsatkichlarining xaqiqiy miqdorlari aniqlangach, bu miqdorlar optimal ruxsat etilgan miqdorlar bilan taqqoslanadi xamda mikroiqlim xolatini me’yorlashtirish buyicha tegishli tadbirlar amalga oshiriladi va bu borada isitish va shamollatish qurilmalaridan keng foydalaniladi.


    Mo‘tadil ob-havo sharoitini yaratish chora-tadbirlari
    Bu ishlarni amalga oshirishda xonalarga issiqlik kirishini va uning ishchilarga ta’sirini chegaralash, shamollatishning samarali usullarini qo‘llash, mehnat va dam olish rejimlarini muvofiqlashtirish, har xil tarkibdagi ichimlik suvlar tashkil qilish va kiyim-bosh rejimini mukammallashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

    Ishlarni mexanizatsiyalashtirish mehnatni engillashtiradi, energiya sarflashni kamaytiradi, shu tariqa organizmning issiqlab ketish imkoniyatini kamaytiradi. Jarayonlarni masofadan turib boqarish ham nurlanish manbayi bilan ishchi o‘rtasidagi masofani uzaytiradi va bu ishchiga ta’sir qiladigan radiatsiya kuchini kamaytiradi.

    Uskunalar yuzasini issiqlik chiqishini kamaytiruvchi materiallar bilan qoplash, ishchilarni nur va konveksion issiqlikdan muhofaza qiladigan himoya ekranlari qurishning ham muhim ahamiyati bor. Ishlab chiqarishda qizigan yuzalar harorati QMQ 3. 01 02.-00 talablariga binoan 45C° dan oshmasligi kerak. Xonalardagi ortiqcha issiqlikni yo‘qotishda oqilona shamollatish muhim rol o‘ynaydi. Ayrim ish joylari va zonalarida normal mikroiqlim vujudga keltirish uchun havo dushlari va oazislar tashkil qilinadi. Mehnat qilish va dam olishning oqilona rejimini tashkil qilish, ish kunini qisqartirish, qo‘shimcha tanaffuslar joriy etish, samarali hordiq chiqarish uchun sharoitlar yaratish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

    Dam olish vaqtida ishchi ob-havo sharoitlari normal (18—20 °C) haroratda, dam olish uchun maxsus o‘rindiqlari, stullari, kreslolari bo‘lgan xonada bo‘lishi kerak.

    Agar alohida xonada dam olishni tashkil qilishning iloji bo‘lmasa ish joyi yaqinida dam olish zonalari-oazislar tashkil etilib, bnda shamollatish vositalari bilan normal harorat va havo harakat saqlab turiladi. Kiyim boshni ho‘llash, suv bilan bog‘liq tadbirlar (smena mobaynida 2—3 marta) organizmdan ortiqcha issiqlikni tez chiqaradigan qo‘shimcha vositalar hisoblanadi. Shu maqsadda ish joylariga yaqin yarim dushlar quriladi.

    Oqilona ichimlik rejimini tashkil qilish yo‘qotilgan namlik, tuzlar va darmondorilarni o‘rnini qoplash uchun kerak. Bir smenada 4—4,5 kg tana massasini yo‘qotadigan issiq sexlarning ishchilari tuz qo‘shilgan gazli suv (0,5% NaCL eritmasi) bilan ta’minlanishi zarur. Bir smenada 3—3,5 kg gacha tana massasini yo‘qotadigan ishchilarga tuz ovqat ratsioniga qo‘shib beriladi. Ular oddiy gazli suv, ba’zan issiq choy va organizm faoliyatini oshiradigan hamda yo‘qotilgan darmondorilar o‘rnini qoplaydigan boshqa ichimliklar bilan ta’minlanadilar.

    Issiqlab ketish va issiqlik nurlanishning boshga hamda ko‘zga yoqimsiz ta’sirini kamaytirishda shaxsiy muhofaza vositalari muhim rol o‘ynaydi. Korxona keng, mo‘l va qulay tikilgan, matosi esa bug‘lanish va konveksiya bilan issiqlik berishini qiyinlashtirmaydigan bo‘lishi kerak. Ip-gazlama, zig‘ir poyasidan to‘qilgan, dag‘al jun matolar shu talablaiga javob beradi.

    Issiqlik nurlanishidan himoya qilish uchun yuzasiga tushadigan infraqizil nurlarni asosiy qismini qaytaradigan yupqa metall qatlamli, odatda alyuminiy qatlami sepib tayyorlangan matolar qo‘llaniladi. Korjoma pishiq va chidamli bo‘lishi kerak.

    Boshni issiqlik radiatsiyasidan himoya qilish uchun fibro va dyuraledan tayyorlangan kaskalar, gardish’ari enlik kigiz qalpoqlar, ko‘zni himoya qilish uchun esa ko‘zoynaklar qo‘llaniladi. Turli xil ishlar uchun yorug‘lik filtrlari tanlash GOST da belgilangan.

    Ochiq havoda ishlaganda doimiy ish joylarida ravonlar qurish, vaqti-vaqtida bo‘linadigan joylarga esa quyosh nurlaridan himoya qiladigan suriluvchan soyabonlar qurish zarur.


    Isitish sistemalarining turlari va ularga kuyilgan asosiy talablar.

    Isitish qurilmalari Davlat standartlari talablari asosida normal mexnat sharoitini ta’minlash maqsadida, ish zonasi xavosi xaroratining belgilangan miqdorda bo‘lishini saklashga xizmat kiladi.

    Isitish kurilmalariga kuyilgan asosiy talablar ishlab chiqarish xonalarida xavo xaroratini normal miqdorda sanitar-gigienik talablar asosida saqlash va ishchilar uchun sog‘lom ish sharoitini ta’minlashdan iboratdir. Mexnat muxofazasi nuqtai nazaridan qaraganda isitish sistemalari ishlab chiqarish binolari va ish joylari xavosi xaroratini butun isitish mavsumi davomida bir xil bo‘lishini ta’minlashi, yong‘in va portlashga xavfsiz bo‘lishi, issiqlikni rostlash imkoniyatini berishi, xavoni ifloslamasligi, shamollatish sistemalari bilan bog‘lik bo‘lishi xamda foydalanishda qulay bo‘lishi zarur.

    Isitish qurilmalari maxalliy va markaziy isitish sistemalariga bo‘linadi.

    Maxalliy isitish-elektrik, gazli yoki boshka turdagi issiklik manbaidan (ko‘mir, o‘tin va b.) foydalanuvchi pechkalar yordamida amalga oshiriladi va ular asosan asosiy ishlab chiqarish binolaridan uzoqda joylashgan binolarda, xamda mashina va traktorlarning kabinalarida ishlatiladi.

    Markaziy isitish suv bilan, bug‘ bilan, suv-bug‘ bilan va xavo bilan ishlovchi qurilmalarga bo‘linadi. Suv bilan isitish qurilmalari foydalanish jixatidan eng qulay va oddiy xisoblanib, asosan turar joylarda, jamoa, ma’muriy-maishiy, ishlab chiqarish va boshqa binolarda ishlatiladi. Markaziy suv bilan isitish sistemalarida issiqlik tashuvchi sifatida qaynoq suvdan foydalaniladi. Isitish jixozlari sifatida esa silliq va kovurg‘asimon trubalar xamda radiatorlar ishlatiladi.

    Bug‘ bilan isitish sistemalari xam past bosimli (70kPa gacha) va yuqori bosimli (70kPa dan yuqori bosimli) bo‘lishi mumkin. Bunda bug‘ isitish jixozlarida ma’lum xaroratgacha soviydi va kondensatsiyalanadi («suvga aylanadi»). Xosil bo‘lgan kondensat esa qozonga qaytadi.

    Xavo bilan isitish sistemalarida sovuq tashqi muxit xavosi ventilyator yordamida kaloriferlarga uzatiladi va kalorifer orqali o‘tishda isigan xavo xonaga yo‘naltiriladi. Agar issiq yo‘naltirlsa, okimning xarorati 70°S gacha, 2,0 m balandliqdan uzatilsa 45° S gacha bo‘lishi talab etiladi. Kaloriferlarda issiqlik generatori sifatida bug‘, qaynoq suv yoki elektr isitish jixozlaridan foydalanilishi mumkin. Xavo bilan isitish sistemalarida xarorat shamollatish orqali rostlanadi.


    4-MA’RUZA

    Mavzu: Shamollatish qurilmalari va farmatsevtik korxonalarda

    ularga qo‘yiladigan asosiy talablar

    Reja


    1. Farmatsevtik korxonalarida shamollatish.

    2. Ishlab chikarish binolari va ish joylarini shamollatish kurilmalari.

    3. Tabiiy shamollatish.

    4. Suniy xavo almashinish sistemasi.

    SHamollatish qurilmalari ishlab chiqarish binolarida yuzaga keladigan atrof muxit zararli omillari ortiqcha issiqlik, namlik, chang, gazlar va bug‘larni xaydab chiqarish hamda xona mikroiqlim xolatini davlat standartlari talablari asosida me’yorlashtirish uchun xizmat qiladi.

    Ventilyasiya – ishlab chiqarishda sanitar gigienik va meteorologik sharoitlarni yaxshilab, ishlab chiqarish xonalaridan ifloslangan yoki issiq (sovuq) xavoni chiqarib yuborib, o‘rniga tashqaridan toza va issiq (sovuq) xavo kiritish yo‘li bilan qulay xavo muxitini yaratish uchun tashkil qilingan xavo almashinishdir. Xonadan chiqarib yuborilayotgan xavo miqdori doim kiritilayotgan xavo miqdoriga teng bo‘lishi kerak, shuning uchun kirituvchi – tortuvchi ventilyasiya o‘rnatilishi lozim. Ayrim xollarda esa sexda o‘zgarmas temperatura va nisbiy namlikni saqlash uchun faqat kirituvchi ventilyasiya o‘rnatiladi. Ventilyasiya qurilmalari gruppasi ventilyasiya sistemasini tashkil qiladi.

    Xavoni xarakatlantirish usuliga ko‘ra tabiiy yoki sun’iy (mexanik) va aralash ventilyasiya bo‘lishi mumkin. Tabiiy ventilyasiyaning xarakterli xususiyati shundaki, xavoning xarakati tabiiy faktorlar ta’sirida (bosimlar farqi hisobiga), hech qanday mexanizm ishlatmasdan yuz beradi. Mexanik ventilyasiyada xavoning xarakati mexanizmlar (ventilyatorlar) yordamida amalga oshiriladi.

    Tabiiy shamollatish kurilmalari. Sanitar normalarga asosan barcha ishlab chiqarish binolarida tibbiy shamollatish qurilmalari bo‘lishi shart. Ushbu shamollatish qurilmalarining asosiy kamchiligi xavo almashinish darajasini tashqi muxit xavosining xaroratiga, bosimiga xamda shamolning tezligi va yo‘nalishiga bog‘liqligidadir. Tabiiy xavo almashinish qurilmalari ishlash xarakteriga ko‘ra tashkillashtirilgan va tashkillashtirilmagan turlarga bo‘linadi. Tashkillashtirilmagan bu derazalar, eshik tuynuklari, teshik va tirqishlaridan xavo almashinish (infiltratsiya).

    Tabiiy ventilyasiya (aeratsiya) sanoat binolarida ikki sabab ta’sirida yuz beradi:

    1. Temperaturalar farqi (issiqlik bosimi) ta’sirida;

    2. SHamol bosimini xosil qiluvchi shamol ta’sirda.

    Oldindan belgilangan hajmlarda amalga oshiriladigan va tashqi xavo temperaturasi, shamol tezligi va yo‘nalishi kabi tashqiy meteorologik sharoitlarga binoan boshqariladigan tabiiy tashkil qilingan xavo almashinuvi aeratsiya deb ataladi. Xonalardan ifloslangan xavoni chiqarib yuborish uchun yopmalardan (tomda) fonarlar yoki tortuvchi shaxtalar o‘rnatiladi.

    Issiqlik xarakati ta’sirida xona ichi xavosi bilan tashqi muxit xavosining zichliklari farqi, shu tariqa bosim o‘zgarishi xisobiga xavo almashinishi sodir bo‘ladi.

    SHamol ta’siridagi aeratsiya quyidagicha sodir bo‘ladi. Tashqaridagi xavo binoga shamol esayotgan tomondagi barcha ochiq eshik va deraza o‘rinlaridan kiradi, xamda qarama - qarshi tomonlardagi teshiklardan chiqib ketadi. Bino ichida shamol yo‘nalishiga mos yo‘nalishda xarakatlanadi. Agar sexda issiqlik va chang xosil qiluvchi manbalar bo‘lsa, u holda shamol esmaydigan tamondagi ish o‘rinlar changlangan bo‘lib qoladi. Juda kuchli shamolda, shamol bosimi binodagi issiqlik bosimidan ko‘p bo‘lganda, binoning normal aeratsiyalanish sharoitlari buziladi, buning oldini olish uchun, eshik va deraza o‘rinlarida maxsus konstruksiyadagi darchalar (ochish mexanizmlari) ko‘zda tutilishi kerak (ularning tez ochilishi va yopilishi uchun).



    Agar shamollatish qurilmalarida xavo oqimi yo‘nalishini va miqdorini rostlovchi moslamalar o‘rnatilgan bo‘lsa, bunday shamollatish sistemasi tashkillashtirilgan deb ataladi. Tashkillashtirilmagan xavo almashinish ba’zi xollarda xonalardan zararli ajratmalarni chiqarish uchun etarli bo‘lmaydi, shuning uchun maxsus uskuna deflektordan foydalaniladi. Xavoni tortish kuchini oshirish maqsadida tabiiy xavo almashinish qurilmalarida deflektorlardan foydalaniladi. Ular shamollatish kanallarining yuqori qismiga o‘rnatiladi. Xavo oqimi deflektor orqali o‘tishi natijasida xavo kanallarida siyraklanish xosil bo‘ladi va buning ta’sirida kanalda xavoning tezligi oshadi.

    Tabiiy ventilyasiyaning avzalligi qurilma soddaligi va minimal ekspluatatsiya xarajatlari xisoblanadi. Kamchiligi uning effektivligi tabiiy omillarning (shamol, atrof muxit xarorati) ta’siriga bog‘liqligi, shuningdek maxsus ishlovdan o‘tmagan xavoning (chang yoki boshqa zararli aralashmalardan tozalanmagan, sovutilmagan yoki isitilmagan) xonaga berilib va chiqarib yuborilishi. Shuning uchun tabiiy shamollatish asosan zararli omillar ajralmaydigan joylarda ko‘proq qo‘llaniladi.

    Sun’iy xavo almashinish sistemalari. Sun’iy, ya’ni mexanik shamollatish sistemalarida xavo almashinishi ventelyatorlar yoki ijektorlar yordamida amalga oshiriladi.

    Xavo almashinuvini tashkil qilish usuliga ko‘ra shamollatish qurilmalari umumiy almashinuvchi, maxalliy (lokal) va aralash turlarga bo‘linadi.

    Umumiy xavo almashinish sistemasida xona ichidagi iflos xavo xonaning butun xajmi bo‘yicha bir vaqtda toza xavo bilan almashtiriladi. SHamollatishning ushbu turi tabiiy usul bilan (aeratsiya), shuningdek mexanik usul bilan amalga oshishi mumkin. Maxalliy xavo almashinish sistemalarida esa iflos xavo bevosita ushbu iflos xavo (chang, gaz, bug va b.) xosil bo‘ladigan joydan, ya’ni ish joyidan xaydab chiqariladi. Bunda xam mexanik ventilyatorlar yordamida va tabiiy usul bilan deflektorlar yordamida amalga oshishi mumkin.

    Aralash turdagi xavo almashinish sistemasida bir vaqtda umumiy xavo almashinish bilan aloxida intensiv ajralayotgan manbalardan maxalliy xavo almashinish olib boriladi.

    SHamollatish qurilmalari ishlash usuliga ko‘ra so‘ruvchi, xaydovchi va so‘ruvchi -xaydovchi turlarga bo‘linadi.

    So‘ruvchi shamollatish qurilmalari iflos xavoni aktiv xaydab chiqarish talab etiladigan ishlab chiqarish xonalarida o‘rnatiladi. Xaydovchi shamollatish shu qurilmalari esa so‘ruvchi qurilmalar mumkin bo‘lmagan xonalarda qo‘llaniladi. So‘ruvchi-xaydovchi shamollatish qurilmalari esa intensiv xavo almashinish talab etiladigan xonalarda ishlatiladi.

    Maxalliy ventilyasiya so‘ruvchi yoki xaydovchi bo‘lishi mumkin.

    So‘ruvchi ishchi zonaga toza xavoni xaydash maqsadida aloxida joylarda mikroiqlimni yaratish uchun (xavo dushlari, to‘siq va oazislar) qo‘llaniladi. Xavo dushlari bu odamga yo‘naltirilgan xavo oqimlari. Xavo to‘siqlari ishchi zonalariga qishqi vaqtlarda sovuq xavoni kiritilishini oldini oladi. Xavo oazislari xonadagi chegaralangan maydonida meteorlogik sharoitlarni yaxshilab, buning uchun atrofdan engil to‘siqlar bilan ajratiladi va xonadagi xavodan tozaroq va sovuqroq xavo bilan to‘yintiriladi.

    Xaydovchi ventilyasiya zararli ajratmalar xosil bo‘ladigan joylarda shkaflar, zont, chang yutgichlar, ejeksion qurilmalar va boshqa maxsus so‘ruvchi sistemalar kiradi.

    Umumiy xavo almashinish mexanik ventilyasiya so‘ruvchi, xaydovchi va so‘ruvchi-xaydovchi turlar bilan amalga oshirilib, shuningdek konditsionerlar bilan xam xavo almashinadi.

    So‘ruvchi umumiy xavo almashinish ventilyasiyada toza xavo binodan tashqaridan olinib butun xona xajmi bo‘ylab taqsimlanadi. Ifloslangan xavo toza xavo bilan eshiklar, oyna, fonar, va qurilish tirqishlari orqali siqib chiqariladi. So‘ruvchi ventilyasiya issiqlik ajralishi bo‘lgan xolatlarda va gaz ajralishi bo‘lmagan xollarda qo‘llaniladi.

    Xaydovchi umumiy xavo almashinish ventilyasiya ifloslangan va issiq xavoni butun xona xajmi bo‘ylab yo‘qotilishini amalga oshiradi. Yo‘qotilgan xavoni o‘rnini to‘ldirish uchun toza xavo tashqaridan so‘rib olinadi.

    So‘ruvchi xaydovchi umumiy xavo almashinish ventilyasiya ikkita aloxida qurilmadan iborat. Biridan toza xavo yuboriladi, boshqasidan ifloslangani chiqariladi.

    So‘ruvchi-xaydovchi ventilyasiya ventilyasiyaning faqat birgina tizimi bilan bino havosini tozalash imkoni bo‘lmaganida o‘rnatiladi. Bunday ventilyasiya sozlash va ishga tushirishda katta harajat talab qiladi, o‘ta samarali sanalib, faqat ayrim holatlarda zarurat tug‘ilganda loyihalashtiriladi.

    Avariya shamollatish sistemasi mustaqil qurilma bo‘lib, portlovchi va yong‘in xavfli korxonalar va zaxarli moddalar bilan bog‘liq ishlab chiqarishlarda xavfsizligini ta’minlashda katta ahamiyatga ega. Avariya shamollatishi avtomatik ishga tushishi uchun uni avtomatik gazanalizatorlari bilan blokirovka qilinadi, bunda zararli moddani YQOD yoki portlovchi moddani eng past darajadagi portlovchi miqdoriga o‘rnatiladi. Bundan tashqari unda kirish eshiklari tashqarisida joylashgan masofadan pult orqali boshqarilish ko‘zda tutilgan bo‘lishi kerak. Zaxarli moddalarni qo‘shni xonalarga o‘tib ketishini oldini olish uchun avariyaviy ventilyasiyani faqat so‘rish usulida qilish mumkin. Bunda xonadagi havoning so‘rib olish natijasida yangilanish darajasi tarmoq bo‘yicha xavfsizlik texnikasi va promsanitariya qoida va normalarida keng chegaralarda belgilanadi. Masalan, kaprolaktam ishlab chiqarishda havo almashtirish 15 marta, benzol hosil qilish sexida 10 marta, reaktor bo‘limlarida 5 marta bo‘lishi kerak.

    Havo almashtirish darajasini belgilashda avariya natijasida hosil bo‘ladigan moddaning zaharliligi va miqdoridan tashqari bu moddaning ruxsat etiladigan miqdoriga qadar suyultirishga ketadigan vaqtni ham hisobga olish muhim. CHunki bunday hollarda avariya rivojini bartaraf etish maqsadida bu zonaga xizmat ko‘rsatish va remont qiluvchi ishchilarni kiritishga to‘g‘ri keladi.

    Mexanik shamollatish sistemalarida havoning bir joydan ikkinchi joyga ko‘chishi markazdan qochma va o‘qli shamollatkichlar yoki ejektorlar yordamida amalga oshiriladi. Sun’iy xavo almashinish qurilmalarining afzalliklari shundaki, ular yordamida xonaning istalgan joyidan iflos xavoni xaydab chiqarishi yoki xonaga toza xavo yuborish xamda bu qurilmalarga xavoni isitish, namlash va tozalash moslamalarini o‘rnatish mumkin, shuningdek ifloslangan havoni atmosferaga chiqarishdan oldin tozalash imkoniyati. Bunday shamollatish qurilmalari, ventilyatordan xavoni yuborish yoki xaydab chiqarish qurilmasidan, xavo kanallaridan va filtrdan tashkil topgan bo‘ladi. Ventelyatorlar sifatida markazdan kochma va ukli xosil kilgan bosimlarga kura past bosimli (1000 Pa gacha), o‘rta (1000 dan 3000 Pa gacha) va yuqori bosimli (3000 dan 15000 Pa gacha)bo‘ladi. Ventilyatorlarning markasida ko‘rsatilgan raqam, ventilyator ish g‘ildiragining diametrini bildiradi, masalan, N5 ventilyatordagi 5 soni ventilyator ish g‘ildiragining diametri 500 mm.ekanligini ko‘rsatadi.

    O‘qli ventilyatorlar past bosimli xavo almashinish talab etiladigan ishlab chiqarish xonalarida o‘rnatiladi. Ular 250-300 N/ m2 atrofida bosim xosil qiladi.

    Sun’iy shamollatish sistemalarining xavo quvurlari po‘latdan tayyorlanadi. Agressiv ximiyaviy moddalar bilan ifloslangan xavo xarakatlanuvchi quvurlar esa zanglamaydigan po‘latdan, veneplastdan yoki keramikadan tayyorlanishi mumkin. Xavo quvurlari sistemaga xonaga kiritiladigan xavoning miqdorini rostlash, xavoni tozalash, isitish, sovutish va namlash moslamalari o‘rnatiladi. Xavoni isitishda kaloriferlardan foydalaniladi. Ularning tuzilishi va ishlash prinsipi jixatidan avtomobillarning radiatoriga o‘xshash bo‘ladi.

    Xavoni sovutish moslamalari esa ikki xil: sirt bo‘yicha sovutish va kontaktli sovutish qurilmalariga bo‘linadi. Sirt bo‘yicha sovutish qurilmalari kalorifer shaklida bo‘lib, sovituvchi sifatida sovuk suv, ammiak yoki freondan foydalaniladi. Kontaktli sovutish qurilmalarida xavo, suv kamerasida yuzaga keluvchi yomg‘irli muxit orqali o‘tib soviydi.

    SHamollatish sistemasida havoni tozalash qurilmasi muhim ahamiyatga ega. Buning uchun havo maxsus chang ushlagich va turli xil material filtrlardan, moyli filtrlardan, elektrik va ultratovushli filtrlardan o‘tkaziladi. CHang ushlagichni keng tarqalgani siklon hisoblanadi. Moyli filtrni filtrlovchi elementi moyga botirilgan metall to‘r hisoblanadi. Konditsioner – bu ventilyasion qurilma bo‘lib, avtomatik boshqaruv asboblari yordamida, xonaning berilgan xavo muxit parametrlarini ta’minlab beradi.

    Konditsionerlar ikki xil bo‘ladi: xavoni to‘liq konditsionerlash uchun mo‘ljallangan qurilma, bunda xavoning xaroratini, nisbiy namligi, xarakat tezligi va tozaligini doimiyligini ta’minlab beruvchi, shuningdek to‘liq bo‘lmagan konditsionerlash qurilmalari, bunda ushbu parametrlarning faqatgina bir qismini yoki bitta parametrni, ko‘p xollarda xaroratni doimiyligini ta’minlab beradi.

    Sovuqni ta’minlab berish xususiyatiga ko‘ra konditsionerlar avtonom va avtonom bo‘lmagan turlarga bo‘linadi. Avtonom konditsionerlarda sovuq maxsus o‘rnatilgan muzlatish agregatlari yordamida ishlab chiqariladi. Noavtonom konditsionerlar sovuq tashuvchilar bilan markazlashgan xolda ta’minlangan bo‘ladi.

    Xavoni xosil bo‘lish va tarqatish usuliga ko‘ra konditsionerlar markazlashgan va maxalliy turlarga bo‘linadi. Markaziy konditsionerlar konstruksiyasi xonani xizmat ko‘rsatmaydigan qismidan tashqarida xavoni xosil qilishga va xavoni xavo tizimi yo‘llari bo‘ylab tarqatishga mo‘ljallangan. Maxalliy konditsionerlarda esa xavo xizmat ko‘rsatish xonalarida bevosita xosil bo‘ladi va xavo xavo yo‘llarisiz tarqatiladi.

    SHamollatkichlar ishchilar ishlayotgan zonalarda havoning barcha parametrlarini birdan ta’minlay olmaydi. Bu vazifalarni, ya’ni xavoni mo‘tadillashtirishni faqat mexanik ventilyasiyaning mukammal turi bo‘lgan konditsionerlar bajara olishi mumkin. Ular haroratni, namlikni, havoni ko‘zg‘aluvchanligi va tozaligi uning azonlashganligi va ionlashganligini avtomatik rostlashi mumkin. Zamonaviy konditsionerlarda qo‘shimcha jarayonlar – zararsizlantirish, dezodoratsiya, aromatizatsiya, xavoni ionizatsiyasi va boshqalar bajariladi. To‘liqsiz konditsionirlashda sanalgan jarayonlarni bir qismi, to‘liq konditsionlarlashda esa hammasi bajariladi.

    Konditsionirlash sistemasi markaziy (bir necha xonalarga xizmat ko‘rsatuvchi) va mahalliy (bir xonada mikroiqlimni ta’minlovchi) turlarga bo‘linadi.

    Odamlar uchun normal mikroiqlimni ta’minlovchi konditsionerlardan tashqari, texnologik jarayonlarni turg‘unligini va tozaligini taminlashda har xil qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash muddatini oshirishda va boshqa maqsadda ishlatiladigan konditsionerlar ham mavjud.

    Uy sharoitida va ma’muriy xonalarda mikroiqlimni taminlash uchun turli markadagi maishiy konditsionerlar ishlab chiqariladi.

    Ular har xil maydonga ega bo‘lgan xonalarga mo‘ljallangan. Bu konditsionerlar quyidagi funksiyalarni bajaradi: havoni sovutadi va changdan tozalaydi, havo haroratini avtomatik ushlab turadi, havo namligini kamaytiradi, havo oqimi yo‘nalishini va harakati tezligini o‘zgartiradi va bundan tashqari shamollatish rejimida ishlab tashqi muhit bilan havo almashtirishi mumkin.

    Konditsionerlashning xonada (komfort) qulaylikni yaratuvchi va texnologik konditsionerlash sisitemalari ishlab chiqarish xonalarida texnologik jarayon talab etadigan sharoitni ta’minlash uchun mo‘ljallangan turlari farqlanadi.

    SHamollatish qurilmalarini loyihalash va o‘rnatishda qurilish qoida va normalariga, tashkiliy masalalarga, shamollatish sistemalarida yong‘inga va portlashga qarshi qo‘yilgan shartlarni ta’minlashga alohida e’tibor berish zarur. Shuningdek, O‘zbekiston qurilish davlat qo‘mitalari tomonidan chiqarilgan tarmoq normalari va normativ adabiyotlaridan keng foydalanish tavsiya etiladi. Sanitar norma talablari bo‘yicha ishlab chiqarish zonalaridagi havo muhitiga yil fasllariga qarab har xil talab qo‘yiladi. SHamollatishni uch xil rusum bilan ishlaydigan qilib hisoblash kerak: yilning issiq, o‘rtacha va sovuq davrlari. Bunda har bir davr uchun sanoat muhitining va tashqi muhitning ma’lum harorati va nisbiy namligi hisobga olinadi.
    5-MA’RUZA

    Mavzu: Farmatsevtik korxonalarda changlangan xavoni tozalash va unda ishlatiladigan qurilmalar.

    Reja.

    1. CHang turlari, changning zararli ta’siri

    2. CHangga qarshi kurash chora tadbirlari

    3. CHanglangan xavoni tozalash qurilmalari

    4. Ishlab chiqarish zonalaridagi chang miqdorini aniqlash


    Sanoatda ishlab chikarish changining turlari: sanoatda, transportda va kishlok xujaligida kup ishlar chang xosil bulishi va ajralishi bilan amalga oshiriladi. Kattik moddaning xavoda muallak xolatda uchib yuradigan eng mayda zarrachalarni chang deb ataladi.

    Umuman changlarni turlarga bo‘lganda ularning kelib chikish manbalarining xisobga olib, ular tab’iiy va sun’iy changlarga bulinadi.

    Tabiiy changlar katoriga inson ta’sirisiz xosil buladigan changlar kiritiladi. Bunday changlarga shamol, kattik buronlar ta’sirida kum va tuproklarning erroziyalarlangan katlamlarining uchishi, usimlik va xayvonot olamidan paydo buladigan changlar, vulkonlar otilishi, kosmik changlar kiritilishi mumkin.

    Sun’iy changlarga sanoat korxonalarida va kurilishlarida insonning bevosita yoki bilvosita ta’siri natijasida xosil buladigan changlar kiradi.

    Kimyoviy tarkibiga ko‘ra changlar organik (o‘simlik, yog‘och, torf, ko‘mir, plastmassa) va noorganik changlarga (kvars, asbest, oxak va turli mineral moddalar changlari) bo‘linadi. CHangning zararli tasirining xarakteri asosan uning kimyoviy tarkibiga boglik. CHang zarrachalarining miqdori qanchalik kichik bo‘lsa, shuncha chang xavflidir.

    O‘pkaga 1 dan 5 mk gacha xajmidagi chang zarrachalari tushadi. 5-10 mk dan kattalari burun- xalqumga o‘tirib qoladi va yo‘talganda, hamda aksa urganda bo‘linadi.

    CHangning zararli ta’siri pnevmokoniozlar deb ataluvchi kasb kasalligiga olib keladi. Ular silikoz, silikatoz, va boshqa shakllarga ajralgan kasalliklarni keltirib chikaradi. Bundan xalloslash, yutal kukrakda ogrik xosil bulishidan xosil buladi. Ishlab chiqarishdagi chang faqat pnevmokoniozning yuzaga kelishiga sabab bo‘lmay, balki nafas yo‘lari, teri va shilliq qavatning boshqa kasalliklarini ham keltirib chiqaradi. Bularga teri hujayralarining ko‘chishi, har xil toshmalar, ekzema, dermatitlar kiradi.



    CHangga qarshi kurash chora tadbirlari

    CHang kasalliklarining oldini olish maqsadida quyidagi chora- tadbirlar amalga oshiriladi:

    • qonuniy tartibdagi choralar;

    • changning hosil bo‘ishi va tarqalishiga qarshi chora- tadbirlar;

    • shaxsiy muhofaza chora-tadbirlari.

    O‘zbekiston Respublikasi mehnat qilish qonunlari Kodeksiga asosan, ishlab chiqarish changlarining tasiri boishi mumkin bogan ishga kirishdan oldin tibbiyot korigidan otkaziladi. Opka sili va uning opkadan tashqaridagi turlari, yuqori nafas yo‘lari va bronxlar kasalligi, yurak-tomir tizimining organik kasalliklari va boshqalar bilan ogrigan kishilar changli ishlarga qabul qilinmaydilar.

    20 yoshgacha bogan shaxslar changli ishlarga qoyilmaydilar, chunki pnevmokonioz yoshlarda tezroq rivojlanadi va kattalardagiga nisbatan og‘irroq otadi.

    Umuman sanoat korxonalari, xonalari va sexlari havo muhitidagi changlar bu zonalarda ishlayotganlar sog‘ligiga xavf solmasligini taminlash maqsadida chang miqdorining yo‘l qoyiladigan oxirgi darajasi (YQOD) sanitar-gigienik meyorlari belgilangan hujjatlar mavjud. Eng ko‘p tarqalgan va xavfli changlarning YQOD i SN 245-71 va GOST 12.1.005-76 «Ishchi zonasining havosi. Umumiy sanitariya-gigiena talablari» da keltirilgan. Eng zararli changlarga eng past miqdor belgilangan jadvaldan ko‘rinib turibdiki, tarkibida 70% dan yuqori kremniy (II) oksidi bo‘gan changlar uchun YQOD 1 mg/m3 dan oshmasligi kerak. Kamroq zararli changlar uchun u kimyoviy tarkibiga qarab 2 dan 10 mg/m3 atrofida bo‘ladi.

    Ba’zi bir changlarning yo‘l qo‘yiladigan oxirgi darajasi

    Moddalarning nomi YQOD Xavflilik

    mg/m3 sinfi

    Alyuminiy va uning qotishmalari

    (alyuminiyga hisob qilganda) 2 4

    Alyuminiyning dezintegratsiya ko‘rinishdagi oksidi

    (glinazem, elektrokorund, monokorund

    bo‘ishiga qaramay) 4 4

    Kremniy saqlovchi changlar:

    kristall kremniy (II) oksid, kvars, kristobalit, tridimit,

    changda ular 70% dan yuqori 1 3

    tumansimon aerozolli ko‘rinishdagi amorf kremniy (II) oksidi,

    changda u 70% dan yuqori bo‘ganda 1 3

    tumansimon aerozolli ko‘rinishdagi amorf kremniy (II) oksidining marganets oksidlari bilan aralashmasi,

    ularning har biri 10% dan ortiq 1 3

    kristall kremniy (II) oksid changda 1 3

    dan 70% gacha bo‘ganda (granit, shamot, slyuda xomashyo, ko‘mir, tog‘

    jinsining changi va boshqalar 2 4

    d) kristall kremniy (II) oksid changda

    dan 10% gacha bo‘ganda (yonadigan slanetslar, ko‘mir, tog‘ jinsi, tuproq

    changlari va boshqalar) 4 4

    O‘simlik va hayvon mahsulotlarining changi: 10% dan

    ortiq kremniy (II) oksid aralashganda (kanop, paxta, zig‘ir

    poyasi, jun, momiq va boshqalar) 2 4

    dan 10%.gacha kremniy (II) oksidi

    Aralashsa 4 4

    2% dan kam kremniy (II) oksidi bo‘lsa (un va yog‘och changlari) 6 4

    Silikatlar va silikatli changlar:

    tabiiy va sun’iy asbest, shuningdek, 2 4

    aralash, asbest-tog‘ jinslarining changi, 4 4

    ularda 10% dan ortiq asbest bo‘lganda 6 4

    shisha va mineral tola

    sement, olivin, apatit, tuproq

    Uglerod changi:

    neft, slanets, elektrod koksi 6 4

    tabiiy va sun’iy olmoslar 8 4

    2% dan kam kremniy (II) oksidli

    Ko‘mir 10 4


    CHangning hosil bo‘lishi va tarqalishiga qarshi kurashda texnologik chora-tadbirlar eng samarali bo‘ladi. Bunda qo‘lda bajariladigan ishlar avtomatik usullarga o‘tkaziladi, jihozlarning zich yopilganligi oshiriladi, ma’lum masofadan turib boshqarish tizimi joriy etiladi.

    Mashinasozlik sanoatida quymalarni qum oqimi bilan tozalashni suv sochmasi bilan aralashtirish yoki suv bilan tozalashga almashtirish, kislotalar yordamida tozalash silikoz xavfini butunlay yo‘qotadi. Ba’zi bir ishlab chiqarishlarda poroshoklar o‘rniga mahsulotlarni donalar va pasta shaklida ishlab chiqarish chang ajralish jarayonlarini keskin kamaytiradi yoki butunlay yo‘qotadi.

    Sezilarli chang ajralmalari bilan ishlab chiqarish binolari uchun xavo muxitini so-lomlashtirish yuzasidan profilaktika tadbirlarini o‘tkazish zarur:

    -texnologik jarayonlarni takomillashtirish yoki o‘zgartirish

    -ventilyasiya tizimlarini to‘g‘ri loyixalashtirish va ularning to‘g‘ri ekspluatatsiyasi

    -xavoni konditsionerlash maxsus tizimi qo‘llanilishi, shuningdek uni ozon bilan to‘yintirish

    -izolyasiya qilingan binolarda zonani changlantiruvchi yoki ajraladigan zararliklarga imkon beruvchi agragatlarning ajralishi

    -ishlab chiqrish jarayonini avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash, distansion boshqaruvni qo‘llanilishi.

    SHaxsiy muhofaza qurollari-respiratorlar, changga qarshi ko‘zoynaklar, toza havo yuborib turiladigan maxsus shlemlar va skafandrlar texnologik va boshqa tavsifdagi eng asosiy umumiy choralar bilan ish xonasidagi havoning changliligini pasaytirish imkoni bo‘magan hollarda qo‘laniladi. «Lepestok» respiratori keng tarqalgan bo‘lib, bunda nafas olinadigan havo maxsus sun’iy toladan to‘qilgan (FPP) qatlami orqali filtrlanadi. U juda samarali bo‘lib (respiratorda ishlatilgan gazmol turiga qarab 98 dan 99,9%), nafas olishga deyarli qarshilik qilmaydi, engil va foydalanishga qulay.



    Boshqa respiratorlarda filtr orqali faqat nafasga olinadigan havo o‘tadi, chiqarilgan nafas maxsus klapan orqali chiqadi. Shunday respiratorlardan eng yaxshisi «Astra-2», unda ham filtrlovchi gazmol sifatida FPP xizmat qiladi. Ba’zi bir ishlarda masalan, qum oqimi bilan tozalashda, shlyomlarskafandrlar yoki kostyumlar qo‘llanilib ishchilarning nafas olish zonalariga toza havo yuborib turiladi. Toza havo maxsus shlanglar orqali shlyom tagiga yuboriladi, shlanglar belga bog‘lanadi va berilgan havoni miqdorini boshqarish uchun klapanga ega bo‘ladi.

    Sanoat korxonalarida ishlatiladigan havoni changdan tozalash qurilmalari nihoyatda xilma-xil va rang-barangdir. Buning asosiy sababi sanoatda hosil bo‘ladigan changlarni zararsizlantirish yoki ularni havo tarkibidan ajratib olish nihoyatda mushkul vazifa ekanligidadir. CHanglarni ajratib olish to‘qima matolar yordamida tutib qolish ishlari keng yo‘lga qo‘yilgan bo‘lishiga qaramay, hozirgi vaqtda ishlatilayotgan qurilmalar sanoat talablariga to‘la javob berolmaydi. Yirik changlarni tutib qolish yoki ajratib olish uncha qiyin emas, ularni markazdan qochma kuchga asoslangan chang tozalash qurilmalarida ajratib olish oson. CHang zarralari maydalasha borgan sari ularni ajratib olish imkoniyatlari ham kamaya boradi. Mayda changlar og‘irligi uni yuritayotgan havo molekulalaridan ko‘p farq qilmaganligi sababli, ularni markazdan qochma qurilmalar yordamida mutlaqo ajratib bo‘lmaydi, to‘qima matolar orqali o‘tkazganda, mato qancha qalin bo‘lgani bilan, chang undan o‘tib ketadi. Ikkinchi tomondan qalinlashtirilgan mato orqali havoning sizib o‘tishi qiyinlashadi, bu esa o‘z navbatida ba’zi bir muammolarni keltirib chiqaradi.

    Bu muammolarning eng asosiysi havo tozalash qurilmasining qarshiligining ortib ketishidir.

    Katta qarshilikka ega bo‘lgan qurilma nihoyatda qimmatbaho bo‘lishi bilan birga, ko‘p miqdorda elektr quvvati talab qiladi.

    YUqorida aytib o‘tilgan fikrlarni mulohaza qilib, havo tozalash qurilmalarini tanlash, birinchidan havo tarkibidagi changning tarkibini, xavflilik darajasini, mayda-yirikligini, shuningdek, uning qimmatbaho moddalardan tashkil topganligini (masalan, oziq-ovqat mahsulotlaridan tashkil topgan bo‘lsa), uni tozalashda yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan chang tozalash qurilmalaridan foydalaniladi. Agar chang oddiy qipiq, ko‘mir changlari, metall changlari bo‘lsa, bunday changlangan havoni markazdek qochma harakatga asoslangan arzon, lekin samaradorligi kamroq bo‘lgan tozalash qurilmalaridan foydalaniladi. Agar chang tarkibida qo‘rg‘oshin, simob va boshqa og‘ir metallar changlari mavjud bo‘lsa, ma’lumki bu changlar odam organizmi uchun juda xavfli asoratlar hosil qilishi mumkin bo‘lganligi sababli, bularni tozalash uchun, qimmat bo‘lishidan qat’i nazar yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan chang tozalash qurilmalaridan foydalaniladi.

    CHang tozalash qurilmalari o‘zining tuziiishi va ishlash usuli bilan xilma-xildir, ulardan chang tozalash kameralari, siklonlar, turli filtrlar. CHang havo tarkibidan o‘z og‘irligi asosida, markazdan qochma kuchlardan foydalangan holda, inersiya kuchiga asosan, materiallar orqali filtrlash yo‘li bilan va elektr toki yordamida ajratib olinishi mumkin. CHang tozalash qurilmalaridan yuqorida sanab o‘tilgan kuchlar ayrim holda yoki bir necha usulni o‘ziga jamlagan holda ishlatilishi mumkin.

    Bundan tashqari quruq va namlanuvchi chang tozalash qurilmalari mavjud. quruq chang tozalash qurilmalari asosan changga aylangan moddaning qimmatbaho bo‘lgan hollarda (masalan, un, metall va tolasimon changlar) va shuningdek, organik moddalardan tashkil topgan changlarni (masalan, yog‘och, paxta tozalash sanoati changlari) tozalash maqsadida qo‘llaniladi. CHunki organik changlarning suv bilan birikmasi achib qo‘lansa hid chiqarishi va uni boshqa maqsadlarda ishlatilishida qiyinchiliklarga olib keladi.

    Namlangan chang tozalash qurilmalaridan mineral moddalardan tashkil topgan keraksiz changlarni (masalan, kul, tosh va qum changlari) tozalashda qo‘llaniladi.

    Filtrlar - g‘ovakli, elektrofiltrlar va moyli ko‘rinishda bo‘ladi. G‘ovakli- (ipsimon, gazmolli, donli, graviyali) chang filtrlar g‘ovaklarida tez-tez o‘tirib qoladi, ko‘pincha filtrlovchi massa tepasida va g‘ovaklar devorlarida qoladi.

    Elektrofiltrlar – doimiy tarzda yuqori kuchlanishdagi tokni o‘tkazuvchi havo o‘tkazgichi ichida elektrodlar o‘rnatilgan. Elektrodlar yonidan ifloslangan havo o‘tayotganda chang zarralari nurlanayotgan elektrod elektronlarining salbiy elektrzaryad oladilar, oqibatda ular erga tutash elektrodlar yo‘nalishida joylashadi va shu erda chang to‘plovchilarga o‘tirib qoladi. Samaradorligi 99% dir. Shuni aytib o‘tish kerakki yonuvchi va portlash xavfi bulgan moddalarda ishlatib bulmaydi.

    Moyli filtrlar – ifloslangan havo va moyli ustama bilan tutash ustunini hosil qiluvchi moylangan qisqa metall quvurchalar bilan to‘ldirilgan katakli quti. Bunday filtlar irmoq va so‘rg‘ich ventilyasiyada qo‘llaniladi. Afzalliklari - qurilma va xizmat kursatishi oddiy. Filtr ifloslangan paytda doiralar davriy tarzda issiq soda eritmasida yuviladi va ularning ustamalari moylanadi (doiralar –qutisi bilan moyli vannaga solinadi. CHangni tozalash uchun qurilmalar chang va chang zarrachalarining xarakteri va xajmini inobatga olgan holda tanlanadi.

    CHang zarrachalari xajmi yuzasidan kichik, o‘rtacha va yirik changga taqsimlanadi.

    I. Eng kamida – agar 1 m3 havoda 50 mg gacha chang bo‘lsa.

    II. O‘rtacha 500 mg gacha.

    III. 500 mg dan ancha yuqori.

    Zamonaviy filtrlar 10 mk gacha eng kichik changni sezib, 1 m3 havoga 1-2 mg ni tozalashga qodir.

    Tozalash darajasiga ko‘ra gazmolli va elektrik filtrlar o‘ta samarali, ular 10000 mg/m3 gacha, ya’ni 99,5% changi mavjud havoni tozalashga qodir.



    Matoli filtrlarning ishlash prinsiplarini changlangan havoning mato orqali sizib o‘tkazishga asoslangan bo‘lib, havodagi changlar mato tolalari tuklariga ilinib qoladi, havo esa tozalanib, chiqarib yuboriladi. Matoli filtrlarning chang tozalash qobiliyati matoning qalin yoki yirik to‘qilganligiga uning tollari tarkibiga bog‘liq.

    Masalan, qalin to‘qilgan junli matolarda changni ushlanib qolish imkoniyati ko‘p va bunday matolarning chang tutish samaradorligi juda yuqori bo‘lib 95-99,9% ni tashkil qiladi. Lekin shuni ham eslatib o‘tish kerak, bunday matoli filtrning havo o‘tkazishga qarshiligi nihoyatda katta bo‘lib, taxminan 1200-4000 n/m2 ni tashkil qiladi (bunda 1200 birligini filtr ishga qo‘yilgan vaqtdagi qarshiligi va 4000 n/m2 esa changga to‘yingan vaqtdagi qarshiligi tushuniladi). Bunday katta qarshilikni engish uchun nihoyatda ko‘p energiya sarflaydigan ventilyatorlardan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun sanoat korxonalarida ishlatiladigan filtrlarning ishchi qismi bo‘lgan matolarni, siyrak to‘qilgan, ammo tukli turlari tanlanadi. Bunda biz filtr qarshiligini kamaytirishga erishamiz, shuning bilan birga sertuk siyrak to‘qilgan mato orqali o‘tayotgan changlangan havo o‘z yo‘nalishini bir necha marta o‘zgartiradi va changlar mato g‘adir-budirliklari va tuklarida ushlanib qoladi.

    Mexanik chang ajratuvchilar
    – turli xil siklonlar, chang o‘tiruvchi kameralar, chang to‘plovchilar.

    CHang tozalash kameralari o‘z tuzilishi va ishlash usuli bilan eng sodda chang tozalash qurilmalari qatoriga kiradi.

    CHanglangan havo tozalash kamerasiga 1 truba orqali 2 kameraga yuboriladi (15-rasm). Kameraga yuborilayotgan havo ma’lum miqdordagi tezlikka ega bo‘lganligi sababli (18—22 m/s), havoning qarshiliksiz chiqib ketishini kamaytirish maqsadida 4 devor to‘siq o‘matilgan. CHangdan tozalangan havo chiqib ketishi uchun 3 chiqarib yuborish trubasi o‘rnatilgan.

    Hozirgi vaqtda ishlash tartibi maxsus silkitib-qoqish merxanizmiga ega bo‘lgan filtrlar yaratilgan. Filtrga havoni gorizontal va vertikal holatdagi truboprovodlar orqali yo‘naltiriladi. Ammo gorizontal yo‘naltirgan ma’qulroq, chunki bunda bunkerda yig‘ilgan changni to‘zg‘atib yuborish imkoniyati kamroq. Kameraga kirgan changlangan havo tarkibidagi yirik changlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri bunkerga tushadi. Mayda changlar bilan changlangan havo englar (3) ga yo‘naladi va unda mayda changlardan tozalanadi. Englar orqali tozalanib o‘tgan havo 4-kameraga o‘tadi va undan ventilator yordamida so‘rib tashqariga chiqarib yuboriladi. Bu filtrning ishlash jarayonida uning seksiyalaridan biri to‘xtatilib, silkitib-qoqish yo‘li bilan englarni changdan tozalanadi. Har bir seksiyadagi englarni galma-gal silkitib qoqish ishini maxsus ekssentrik mexanizm bajaradi. Bu mexanizm filtrning yuqori qismiga o‘rnatilgan. Silkitib qoqish vaqtida englar osib qo‘yilgan asos yuqoriga ko‘tariladi va o‘z og‘irligi ta’sirida keskin pastga tushadi. Englarni silkitib-qoqish bilan birga uning qarama-qarshi yuzasi orqali havo yuborib puflanadi. Englarni tozalash uchun seksiyalardan biri to‘xtashi bilan 4-kameraga havo ochiladi. Filtr havo so‘rilish holatida bo‘lganligi sababli (chunki ventilator havoni filtr orqali so‘radi) xonadagi havo xuddi shu seksiyaga tomon so‘riladi, buning bilan engning to‘qimalari orasiga siqilib kirgan changni chiqarib yuboriladi. 10 marta keskin silkitib-qoqish va qarama-qarshi tomonidan havo berish bilan tozalangan filtr ishga tushib ketadi. Filtrni bir seksiyasini tozalash 3-5 minut davom etadi. Bunday filtrning havo tozalash samaradorligi 95-99% ni tashkil qiladi. Havo tozalash quvvati 5-8 m3/s. qarshiligi 1000-2500 Pa. Agar tozalanayotgan havodagi chang miqdori juda qo‘p bo‘lmasa, unda tozalash uchun filtrning o‘zi etarli hisoblanadi. Agar chang haddan tashqari ko‘p bo‘lsa, ikki pog‘onali tozalash qurilmasi ishlatilib, uning birinchi pog‘onasiga siklon va ikkinchi pog‘onasiga filtr ishlatiladi.

    SHuni ta’kidlab o‘tish kerakki, filtr asosan changlar qimmatbaho bo‘lganda (oziq-ovqat mahsulotlari changi va ba’zi qimmatbaho metallar) yoki tarkibidagi chang odam sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lgan hollarda ishlatiladi. CHunki bu filtrlar qimmatbaho matodan tuzilgan va matoni tez-tez yangilab turish kerak bo‘ladi.

    Siklonlar. Sanoat korxonalarida havoni changdan tozalash qurilmalari ichida eng sodda tuzilgani va shuning uchun keng ommalashgani siklondir. Siklonlardan deyarli hamma sanoat korxonalarida foydalaniladi. Siklonlarda changlangan havodan changni ajratib olish markazdan qochma kuchga asoslangan. CHanglangan havo siklonga yo‘naltiruvchi qurilma orqali yuboriladi. Bu qurilma havo oqimini siklon qobig‘iga qiyalab spiralsimon harakatlanib ishga mo‘ljallab o‘rnatilgan. Havo o‘z harakati davomida konussimon asosga o‘tadi va konus toraygan sari havo harakati tezlashadi va siklon qobig‘ining eng quyi qismida havo harakati bosimining keskin pasayishi kuzatiladi.

    Buning natijasida siklon konusining quyi qismiga etib kelgan havo o‘z yo‘nalishini keskin o‘zgartirib, spiralsimon harakatlanishi holatini saqlagan holda yuqoriga tomon yo‘naladi va truba orqali tashqariga chiqarib yuboriladi. CHangning havodan ajralishi siklon konussimon asosining quyi qismida, havo harakatini keskin o‘zgar- tirgan vaqtda yuz beradi. CHunki havo tarkibidagi changlar havodan og‘irroq bo‘lganligi sababli, havo bilan birga keskin burila olmaydi, balki inersiya kuchi bilan havo tarkibidan otilib chiqib ketadi. Siklon radiusini o‘zgartirish imkoniyati bor. Siklon diametri qancha katta bo‘lsa, uning chang tutish qobiliyati shuncha kam bo‘ladi, siklon diametrini kichraytira borsak, uning samaradorligi orta boradi. Bu ham o‘z navbatida ma’lum qiyinchiliklar tug‘diradi. Katta siklon bir yo‘la katta miqdordagi changlangan havoni qabul qila oladi. Uning hajmi kichrayishi bilan havo qabul qilish quvvati ham pasayadi. Bu esa, siklonlar sonini oshirishga olib keladi. Ko‘p sonli siklonlarni havo bilan ta’minlash havo taqsimlash vositalari yordamida amalga oshirilishi kerak.

    Sanoat ishlab chiqarishi zonalaridagi havo tarkibidagi chang miqdorini aniqlash muhim ahamiyatga egadir. Ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishishda chang manbalarini va chang hosil bo‘lish sabablarini belgilash, ma’lum hajmdagi havoda bo‘lgan changning sifat tarkibi va uning miqdorini hisobga olgan holda gigienik baho berilishi zarur. Buning asosida chang omilining ahamiyati baxolanadi, zarur bo‘lganda ishchilarning salomatligi haqidagi ma’lumotlar to‘planadi va bu dalillar asosida changga qarshi kurash chora tadbirlari belgilanadi.

    Sanoat korxonasi havo muhitidagi chang miqdorini aniqlash asosan og‘irlik usuli asosida olib boriladi. Bu usul changlangan havoning chang zarrachalarini ushlab qoladigan filtr orqali so‘rilishiga asoslangan. Havo sinamasi olinguncha va olingandan keyin filtr og‘irligini, shuningdek, so‘rilgan havo miqdorini bilish bilan hajm birligidagi havoda bo‘gan chang miqdorini aniqlash mumkin.

    Filtrlarni tayyorlashda ko‘pincha perxlorvinil mato ishlatiladi (AFA filtrlari, FPP matosidan ishlangan filtrlar). Bu matolar havoni katta tezlik bilan o‘tkazishga imkon beradi (100 1/min gacha). Bundan tashqari, bu filtrlar kimyoviy zararli va emiruvchi muhitga chidamli bo‘lib, har qanday zarrachalarni yuqori samaradorlikda ushlab qoladi.

    Bundan tashqari xavo tarkibida chang miqdorini aniqlashning bir necha usullari mavjud:

    -aspiratsion-xavoni g‘ovak materiallar yoki suyuqliklar (suv, moy) orqali so‘rilishi.

    -sedimentatsion-changni tabiiy shisha plastinkalariga qo‘nishi va sirt yuzasida changni xisoblash

    -changni elektr cho‘ktirish-yuqori kuchlanishga ega bo‘lgan maydon xosil qilib, bunda chang zarrachalari elektrlanib elektrodlarga tortiladi.

    -fotometrik usul-kuchli yorug‘lik nuri orqali chang zarrachalarini aniqlaydi

    -radioizotop usuli- changlanishdan oldin va keyin filtr orqali o‘tkazilgan β-zarrachalari oqimini ssusayishi darajasi xisobiga filtrda ushlanib qolgan chang og‘irligini o‘lchashga asoslangan.
    6-MARUZA
    Mavzu : Farmatsevtik korxonalarda shovqindan saqlanish.

    Reja:


    1. Shovqin xakida umumiy ma’lumotlar.

    2. Tovushning asosiy ulchov birliklari, shovkin darajasini meyorlashtirish va ulchash.

    3. Shovqindan ximoyalanish vositalari va usullari.

    4. Titrash xakida umumiy malumotlar.

    5. Mashina va mexanizmlarning titrashini kamaytirish yullari.

    6. Infra va ultratovushlarning insonga ta’siri.

    Insonning sezgi organlari ichida eshitish a’zosi uziga xos axamiyat kasb etadi. Inson uzining eshitish sezgilari orkali toza tovushlarni, aralash tovushlarni va shovkinni farqlaydi. Toza tovush bir xil chastotadagi sinusoidal tebranishlardan iboratdir. Bir sekunddagi tebranishlar soni tovush chastotasi deb ataladi. CHastota fizik olim Genrix Gers (1857-1894 y.y.) sharafiga «gers» (Gs) orkali ulchanadi. Bir gers (1Gs) - bir sekundda bir tebranish demaqdir.

    Aralash tovush bir necha toza tovushning yig‘indisidan iborat. SHovkin esa xar xil chastota va tebranishdagi tovushlar aralashmasidir.

    1660 yili Robert Boyl (1627-1661 y.y.) tovush tarqalishi uchun gazsimon suyuqlik yoki qattik jism xolatidagi muxit zarurligini isbotlaydi. Tovush tarqalishiga sabab bo‘ladigan muxitga bog‘lik xolda shovqinlar mexanik va aerogidrodinamik ko‘rinishda buladi.

    Mexanik shovqin – ayrim detallar va umuman uskunalarning tebranishlari, zarbalari oqibatidandir.

    Aerodinamik shovqin -manbai gazlardir.

    Gidrodinamik shovqin – suv va boshqa suyuqliklarning harakati oqibatida kelib chiqadi.

    Elektromagnit shovqin – o‘zgaruvchan magnit kuchlarining elektromexanik qurilmalarga ta’siri natijasida yuzaga keladi.

    Tovush intensivligining o‘lchov birligi «Bel» qabul qilingan. U telefon yaratilishining asoschisi Aleksandr Greyma Bel (1847-1922y) sharafiga atalgan. Insonning qulog‘i bir xil bosimdagi turli xil chastota va qattikligi tovushlarni eshita oladi. Tovush qattikligi («gromkost») - «fon» bilan o‘lchanadi. Bir fon- 1000 Gs chastotadagi va 1dB intensivliqdagi tovush qattikligidir. Sanoat korxonalarida shovqinni o‘lchashning dV birligi qabul qilingan.

    SHovqin – turli chastota va tezlikdagi tovushlarning tartibsiz birikmasidir.

    Ishlab chiqarish jarayonlarining avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash vositalari taraqqiyoti o‘z ishi davomida mexanik tebranish (silkinish) hosil qiluvchi uskunalar qo‘llash bilan bog‘liq. Quyidagi texnologik uskunalar shovqin manbai bo‘lishi mumkin: kompressor, vakuum-filtr, do‘mbirali quritgichlar, sentrifuga, maydalagichlar, vibroelaklar, vakuum-nasos va b. Mexanik tebranishlarning inson organizmiga ta’siri chastota, tebranish uzatiladigan jadallik va muhitga bog‘liq tarzda turlicha namoyon bo‘ladi. Tebranish shovqin va silkinishga bo‘linadi.

    Eshitiladigan chastotalar diapazonida uzatiladigan mexanik tebranishlar inson tomonidan tovush sifatida qabul qilinadi.

    Bu chastotalar 16 Gs dan 20000 Gs gacha bo‘lgan diapazonni tashkil qiladi. 16 Gs dan kichik va 20000 Gs dan katta bo‘lgan chastotadagi tovushlarni odam qulog‘i eshitmaydi va u tovushlar infra va ultra tovushlar deb ataladi.

    Ta’sirni baholash uchun butun chastotalar diapazoni oktava chiziqlariga bo‘lingan, ularda yuqori chegara chastotasi fyuqori fquyi quyi chegara chastotasidan 2 martaga ko‘p.

    Oktavani xarakterlovchi chastota sifatida uning o‘rtacha geometrik kattaligi olinadi.

    45 – 90 Gs - > fo‘rt = 63 Gs

    90 – 180 Gs -> fo‘rt = 125 Gs

    5000 – 11000 Gs - > fo‘rt = 8000 Gs

    YUqori chastota tovushlari inson xissiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

    SHovqin darajasini me’yorlashtirish va o‘lchash.

    SHovqin darajasini me’yorlashtirish - shovqinni insonga salbiy ta’sirini kamaytirishga qaratilgan asosiy tadbirlardan biri xisoblanadi. SHovqinning inson sog‘lig‘iga ta’siri uning chastotasiga bog‘lik bo‘lganligi sababli, xar bir shovqin oktava polosasi uchun aloxida ruxsat etilgan shovqin darajasi belgilangan (GOST 12.1.003-83).

    SHovqinning eng yuqori ruxsat etilgan darajasi past chastotalar uchun, past ruxsati etilgan darajasi esa yuqori chastotali shovqinlar uchun qabul qilingan. Masalan, eng kichik tovush bosimi nazariy va ilmiy ishlar bajariladigan ish joylari uchun belgilangan bo‘lib, u o‘rtacha geometrik chastota 8000 Gs bo‘lganda 30 dB deb qabul qilingan.

    Inson qulog‘i 16 Gs.dan 20000 Gs.gacha bo‘lgan tovush chastotalarini eshitish qobiliyatiga ega. Insonning eshitish qobiliyati har xil chastotali tovushlarga bir xil emas, 1000 - 4000 Gs chastotali bo‘lgan tovushlar yaxshi qabul qilinadi, 16... 100 Gs chastotali tovushlarni sezilarli darajada eshitadi. Darajasi bir xil bo‘lib, bir xil chastotaga ega bo‘lgan tovushlar bir xil qabul qilinadi. Sanitar normalarida (SN-245-91, GOST 12.1.003-85. SN-3223-85) shovqinning ruxsat etilgan miqdor darajasi aniqlangan bo‘lib, u tovushning chastotasiga bog‘liqdir va 8 oktava miqdorlari bilan baholanadi. SHovqin darajasi bajariladigan ishning hususiyatiga bog‘liq.

    Masalan, sanoat korxonalarini doimiy ish joyida va ishlab chiqarish maydonlarida quyidagi shovqin darajasi miqdori ruxsat etiladi: 63 Gs. da - 103 Db, 125 Gs - 96 Db., 250 Gs. - 91 Db., 500 Gs -88 Db., 1000 Gs. - 86 Db., 2000 Gs. - 83 Db., 4000 Gs. - 81 Db. va 8000 Gs.da 80 Db.

    SHovqin darajasiga va xarakteriga qarab, shovqinlar odam organizmiga har xil ta’sir ko‘rsatadi. Inson qulog‘iga eshitiladigan tovushlar quvvatiga qarab 3 qismga bo‘lish mumkin. Birinchisi eshitishdan to tovush bosimi seziladigan darajasi 40 dB bo‘lgan oraliq tabiatda kam uchraydigan tashqi muhit signallari bo‘lgani uchun, eshitish a’zolari bu signallarni sezish qobiliyati ancha past bo‘ladi. Ikkinchi qismga 41 dB dan 90 dB gacha bo‘lgan foydali (yoqimli) va foydasiz (yoqimsiz) tovushlar kiradi. Bunga oddiy sharpa tovushidan to eng baland radio va musiqa ovozlari hamda hayotiy shovqinlari kiradi. Uchinchi qismga 91 dB dan 130 dB gacha ya’ni eshitish a’zolariga og‘riq chiqaradigan darajadagi tovushlar kiradi. 145 dV dan ortiq bo‘lgan tovush darajalarida odam qulog‘ining pardasi yirtilishi mumkin.

    SHovqinning normalarini belgilaganda ikki usuldan foydalaniladi: 1) shovqinni chegara spektri asosida normalash; 2) shovqinni dV tovush darajasi orqali normalash.

    Ish joylaridagi doimiy shovqinlar uchun birinchi usul asosiy normalash usuli hisoblanadi. Bunda shovqin bosimi darajalari 8 oktava oraliqlarda o‘rta geometrik chastotalari 63, 125, 250, 500, 1000, 2000, 4000, 8000 Gs larda normalanadi, ya’ni chastotalarda tovush bosimi sathining dB lardagi qiymati olinadi.

    Ish joylaridagi shovqin GOST 12.1.003-76 da berilgan yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan darajadan oshib ketmasligi kerak.




    Ish joylari

    O‘rta geometrik chastotalari oraliq oktavalaridagi DB bilan o‘lchanadigan shovqin darajalari


    63

    125

    250

    500

    1000

    2000

    4000

    8000

    Aqliy mehnat bilan shug‘ullanadigan xonalar va davolash muassasalari

    71

    61

    54

    49

    45

    42

    40

    38

    Boshqarma binolari


    79

    70

    68

    58

    55

    52

    50

    49

    Masofadan turib boshqarish xonalari


    83

    74

    68

    63

    60

    57

    55

    54

    Aniq yig‘ish sexlari va mashinada yozish xonalari


    83

    74

    68

    63

    60

    57

    55

    54

    Laboratoriya

    xonalari


    94

    87

    82

    78

    75

    73

    71

    70

    Doimiy ish joylari


    99

    92

    86

    83

    80

    78

    76

    74

    Sanitariya me’yorlari jamoatchilik va turar-joy binolarining to‘siq moslamalaridan shovqin manbaiga qadar minimal masofa o‘rnatadilar va ishlab chiqarish binolarida shovqinning cheklovli darajalariga yo‘l qo‘yadilar. Hajmi uncha katta bo‘lmagan binolarda tovush to‘lqinlari shift, devorlar, poldan ko‘p bora aks-sado beradi. Aks bergan tovush to‘lqinlari shovqin manbai to‘lqinlariga qo‘shiladi, shuning uchun binolarda tovush bosimi darajasi ochiq maydondagiga nisbatan ko‘p bo‘ladi. SHovqinli sexlarni, shovqini kam sexlar, turar-joylar va jamoatchilik binolarga nisbatan shamol tomonda va ulardan olisroqda joylashtirish maqsadga muvofiq. Sanitariya normalari hududlar va ishlab chiqarish korxonalari binolarida shovqinni cheklash bo‘yicha sanitariya me’yorlari 1996 yil 30 apreldan kuchga kiritilgan va loyixalashtirayotgan va ishga tushirayotgan barcha ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlar uchun ulardagi ish o‘rinlari, texnologik va injener uskunalar majburiy hisoblanadi.



    Silkinish – mustahkam zich jismlarning mexanik tebranishlari yoki tebranma harakatlari hisoblanadi.

    Silkinishning aylanma detallar va harakatlanayotgan mexanizmlar, vallar, mashina shkivlari, dastgohlar, pnevmatik asboblarning noto‘g‘ri balansirovkasi, truba quvurlar bo‘yicha suyuqlik va gazlarni transportirovka qilish oqibatida yuzaga keladi. Silkinishlar dinamik yuklar ta’sirida vujudga kelib, mashinalar, qurilmalar va ishlab chiqarish binolari poydevoriga uzatiladi, ular orqali erga boradi. Shuning uchun silkinishlar va chayqalishlar katta masofaga etib borib, boshqa binolar va inshootlarda chayqalish hosil qilishi mumkin. Texnologik va boshqa uskunalarni loyihalashtirishda ishlab chiqarish binolarida ish joylarida uskunalar silkinishi tegishli kattalikdan oshib ketmasligi va SN – 245 –63 me’yorlariga javob berishini inobatga olish zarur.

    Umumiy silkinishlar tananing biror bir qismiga ta’sirida qon ta’minotining yomonlashuviga olib keladi. Bu bo‘g‘inlarning deformatsiyasiga va harakatlanishining sustlashuviga, terining sezishini kamayishiga olib keladi.

    Insonning ichki organlarini o‘z chastota tebranishlariga ega tebranuvchi tizim sifatida qarab chiqish mumkin:

    f = 6 Gs - insonning butun tanasi uchun;

    f = 8 Gs – bosh va oshqozon uchun;

    f = 20 –25 Gs – boshqa organlar uchun;

    f > 25 Gs - noxush.

    Tashqi tebranishlarning ta’siri rezonans holatni chaqirishi va insonning ichki organlari chayqalishi va shikastlanishiga olib kelishi mumkin.

    Silkinish nafas organlari, yurak-bo‘g‘in va ko‘rish-eshitish qobiliyatini sustlashtiradi. Uzoq va tez silkinishda silkinish kasalligi vujudga kelishi mumkin. Ayniqsa inson uchun bir vaqtning o‘zida shovqin, silkinish va past harorat zarar.

    SHovqin va silkinishga qarshi chora tadbirlar korxonalarni qurish va loyixalashdan boshlanib, ishchi o‘rinlari va uskunalarni joylashtirishdan boshlanadi. Buning uchun tashkiliy, texnik, tibbiy-profilaktik tadbirlardan foyldalaniladi.

    Ishlab chiqarish uchastkalari, uskunalar va ishchi o‘rinlarini tashkiliy ratsional joylashtirish, ishchilarning mehnat va hordig‘ini doimo nazorat qilish, ishchi joylari va uskunalaridan foydalanish cheklovlari va tegishli sanitariya-gigiena talablariga moslashtirish ahamiyatlidir.

    Texnik – bu tadbir omillarning ta’sirini ancha kamaytirish imkonini beradi.

    Uskunalarni yig‘ishda manbaning o‘zida shovqin va silkinish darajasini pasaytirish zarur.

    Bu zarbali ta’sirlarni zarbasizlar bilan almashtirish, kam materiallardan foydalanish, silkinishni sezuvchi asoslarda uskunalarni o‘rnatish orqali amalga oshiriladi. Agar manbada shovqin va silkinish darajasi baribir yuqori bo‘lsa, u holda manbani izolyasiya qilish yoki ish joyini holi qilib, tovush yutuvchi materiallardan foydalaniladi.

    Tovush izolyasiyasi – kojuxlar, ekranlar, to‘siqlar yordamida amalga oshiriladi. Tovush izolyasiya qiluvchi to‘siqlar, tovush to‘lqinini aks ettiradi. Tovush izolyasiya qiluvchi to‘siqning bunday qobiliyati d tovush etib borish, singish bilan baholanadi, to‘siq orqali tovush energiyasiga o‘tib, shu to‘siqda yotuvchi tovush quvvati nisbati bilan belgilanadi. Tovush yutish – shovqinning tebranish quvvatining issiklikka aylanishi. O‘ta tovush yutishni g‘ovak-g‘ovak, teshik- teshik materiallar va gazmollarda kuzatish mumkin.

    Silkinishlarning kuchsizlanishi - qoplash, yotqizish, amortizatorlar, poydevorlar yotqizishda vibroizolyasiya, tovush yutish vositalaridan foydalaniladi. Tibbiy-profilaktik tadbirlar - 1 tomondan shovqin va silkinish holatlari hajmlari nazorati va boshqa tomondan ishlayotganlar salomatligi ahvoli nazoratidir.

    SHovqindan individual himoyalanish vositalari – ovozni o‘chiradigan himoya probkalari, naushniklar,shlemlar.

    Silkinishdan himoya esa - maxsus poyafzal va qo‘lqoplar.

    SHovqinlardan himoyalanish uchun chora va materiallar tanlashda inobatga olinadiganlar:

    Tovush to‘lqinlari: po‘latda - V = 5000 m/sek;

    suvda - V = 1450 m/sek;

    probkada - V = 500 m/sek;

    havoda - V = 340 m/sek.

    Ochiq makonda tovushning sfera to‘lqini kuchi masofa kvadratiga proporsional yo‘q bo‘ladi - g‘oyib bo‘ladi.

    SHuning uchun shovqin hosil qiluvchi muhitli ishlab chiqarish binolarini keramik g‘ishtlar, plastmassa listlar, metall listlar bilan qoplash, moyli laklar bilan bo‘yash mumkin emas, izolyasiya sifatida esa voylok, asbest, probka, qo‘rg‘oshin, rezina yoki tovush energiyasi qisman aks etadigan boshqa materiallardan foydalanish mumkin emas.

    Tovush yutuvchi materiallar shovqin tezligini 7-10 dB ga kamaytiradi.

    YAngi sanoat korxonalarini va sexlarini loyihalashda shu sanoat korxonasi va sexlarida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan shovqin bosimi darajalarini aniqlash muhim vazifa hisoblanadi. Ma’lumki, shovqin chiqaruvchi mashina va mexanizmlar sanoat korxonasining biror sexida joylashganligini hisobga olib, ana shu shovqinni tevarak-atrofdagi ishlab chiqarish korxonalarida, aholi yashash joylariga shovqin ta’sirini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar korxonani loyihalash davrida hisobga olinadi. SHovqinni hisoblash asosan, quyidagi vazifalarni o‘z ichiga oladi:

    1)Ma’lum nuqtada shovqin chiqarishi mumkin bo‘lgan va shovqin tavsiflari aniq bo‘lgan shovqin manbaining shovqin bosimi darajasini aniqlash.

    2)SHovqinni kamaytirilishi lozim bo‘lgan miqdori.

    3)SHovqinni ruxsat etiladigan miqdor darajasiga keltirish chora-tadbirlari.

    SHovkin darajasini aniklash uchun SHum-1, ISHV-1 markali shovqin o‘lchagichlardan foydalaniladi. SHovqinni spektr chastotasi buyicha baxolash uchun ASH-2M, AS-3 markali chastotali analizatorlar ishlatiladi. Tovush spektrlarini vizual kuzatish va rasmga tushirish maksadida S-34 va SP-1 spektrometrlari xamda N-110, N327-3 markali uzi yozar jixozlar ishlatiladi.

    SHovkindan ximoyalanish usullari turlicha bulib, u birinchi navbatda shovkin manbasiga xamda shovkin darajasiga boglik xolda tanlanadi. SHovqinga qarshi kurash chora-tadbirlari uz ichiga kuyidagi tadbirlarni birlashtiradi: shovqinni ajralib chiqayotgan manbayida kamaytirish; shovkinni tarkalish yunalishini uzgartirish; ishlab chikarish binolarga akustik ishlab berish; sanoat korxonalari binolari va uchastkalarini joylashishini ratsional rejalashtirish; shovkinni tarkalish yulida kamaytirish, shovqin manbaini uzoqroq masofada joylashtirish, jamoa va SHXV qo‘llash. Ushbu usullar ichida shovkinni shovkin manbaida kamaytirish eng samarali xisoblanadi.

    Mashina va mexanizmlar shovkinini kamaytirish, detallarni tayyorlanish sifatini oshirish, kam shovkin xosil kiluvchi materiallardan foydalanish, uzatmalarni tugri tanlash, yoyilgan detallarni o‘z vaqtida almashtirish va shu kabi yullar orkali amalga oshiriladi. Uta kuchli shovkinda ishlovchi kurilmalarni izolyasiyalashda tovush kamaytiruvchi ekranlar ishlatiladi. Tovush yutuvchi materiallar sifatida kapron tolalari, parolon, mineral momiq, shishatola govak polivinilxlorid kabilar ishlatiladi. Bunday g‘ovak materiallar o‘ta va yuqori chastotali shovqinlarni maksimal darajada yutadi va susaytiradi. Agar yuqorida ko‘rsatilgan usullar orqali shovqin va darajasini susaytirish va me’yorlashtirish imkoniyati bo‘lmasa, shaxsiy ximoya vositalaridan foydalaniladi.

    Ma’lumki, gazlar va suyukliklarni kuvurlarda xarakatlanishi natijasida aerogidrodinamik shovkin xosil buladi. Bandan tashkari, bunday shovkinlar ventilyatorlar, kompressorlar, nasoslar va ichki yonuv dvigatellarini ishlashi vaktida xam yuzaga keladi. Aerogidrodinamik shovkinlar gazlar va suyukliklarni uyurmasimon xarakati natijasida sodir bulganligi sababli, ularni shovkin manbasida kamaytirish uncha samara bermaydi. Shu sababli, bunday shovkinlar darajasi shovkin yuliga shovkin susaytirgichlar («glushitel») urnatish orkali kamaytiriladi.

    Elektr kurilmalari va mashinalarida elektromagnik xarakterdagi shovkinlar yuzaga keladi. Bunday shovkinlar xosil bulishining asosiy sababi- uzgaruvchan magnit maydon ta’sirida ferromagnit massalarning titrashi xisblanadi. Transformatordagi bunday shovkinlar paketlarni zich joylashtirish va dempfer (tebranishni pasaytiruvchi, yutuvchi) materiallardan foydalanish orkali kamaytiriladi.



    SHovqin yo‘nalishini o‘zgartirish. Masalan, siqilgan gazlarni chiqarib yuboruvchi sistemalar, shamollatish va kompressorlarning chiqarish shaxtalari va h.k.lar ma’lum yo‘nalishda yo‘naltirilgan bo‘lishi yaxshi natija beradi.

    Bunda chiqarish trubalari albatta ish joylari va aholi yashash punktlaridan qarama-qarshi tomonga yo‘naltirilgan bo‘lishi zarur.



    Sanoat korxonalari va sexlarini oqilona planlashtirish. Ma’lum nuqtada shovqin darajasini pasaytirish uchun shovqin chiqaruvchi asbobni shu nuqtadan iloji boricha uzoqroq joylashtirish kerak.

    SHuning uchun sanoat korxonalarining loyihalarini tuzganda shovqin chiqaruvchi sex va uchastkalarni, shovqin ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan uchastkalardan (masalan, aqliy mehnat bilan shug‘ullanadigan laboratoriyalar, zavod boshqarmalari, konstruktorlik bo‘limlari) bir-ikki joyga jamlagan holda qarama- qarshi tomonga joylashtirish tavsiya etiladi. Agar sanoat korxonasi shahar chegarasida yoki aholi yashaydigan punktning o‘rtasida joylashgan bo‘lsa, unda shovqin chiqaruvchi mexanizmlarni sanoat korxonasining o‘rtasiga joylashtirish tavsiya etiladi.



    Xonalarga akustik ishlov berish. Sanoat korxonalarida shovqin darajasini ortib ketishiga shovqinning biror bir to‘siqqa, masalan, xonada devorlarga, shiftga urilib qaytishi natijasida tovush to‘lqinlarini kuchaytirish ham sabab bo‘ladi. Shuning uchun shovqin darajasini pasaytirishda to‘g‘ri kelayotgan tovush to‘lqinlarinigina emas, balki qaytgan tovush toiqinlarini ham kamaytirish chora-tadbirlarini ko‘rish maqsadga muvofiqdir.

    Buning uchun xona devorlari va shiftlariga shovqin yutuvchi materiallar qoplash yoii bilan ishlov beriladi; shuningdek, shovqin toiqinlari tegishi mumkin bo‘lgan zona maydonini oshirish maqsadida, har xil shovqin yutuvchi vositalardan qilingan plafonlar osish yaxshi natija beradi. Bunday chora-tadbirlar turkumiga akustik ishlov berish ishlari deyiladi.shovqin yutishda ishlatiladigan material g‘ovak strukturaga ega boiishi kerak.



    SHovqinni tarqalish yo‘lida kamaytirish. SHovqinni kamaytirishning asosiy vositasi, tovush yo‘lida to‘siqlar barpo qilishdir. Tovush to‘suvchi konstruksiya tovushni bir xonadan boshqa xonaga o‘tkazmazlik uchun hizmat qiladi. Tovush to‘sish effekti tovushning konstruksiyadan qaytishiga asoslangan. Bu to‘siqlar devor, to‘siq, qopqoq, kabina va boshqalar bo‘lishi mumkin. Bunda asosan shovqin tarqalish yoiida to‘siqqa urilib qaytish xususiyatidan foydalaniladi. To‘siq orqali o‘tib ketayotgan shovqin, qaytayotgan shovqinga nisbatan kam miqdorni tashkil etadi.

    SHovqin to‘suvchi qopqoq, ekran va kabinalar

    Kuchli shovqin chiqaradigan mashina va mexanizmlar qopqoq vositalari bilan ta’minlanib, qobiqlar bilan berkitish shovqin kamaytiriladi, qopqoqlar asosan yog‘ochdan, metalldan va plastmassadan tayyorlanishi mumkin. Bularning samaradorligini oshirish maqsadida qopqoqlarning ichki devorlari shovqin yutuvchi vositalar bilan ta’minlanadi. Bunda mashina va mexanizmlarning xarakatidan qobiqlarning o‘zi titrab, shovqin chiqarmasligiga erishish kerak. Qopqoqning tashqi devorlariga vibrodempfirlash vositalari yordamida ishlov beriladi, qopqoq shovqin tarqatuvchi mexanizmni butunlay berkitishi shart. Agar shovqin chiqaruvchi mashina yoki mexanizm issiqlik chiqarib ishlaydigan bo‘lsa, qopqoqlar shamollatish sistemalari bilan jihozlanadi.

    Ishchilarni yaqin joylarida joylashgan shovqin chiqaruvchi mexanizmdan muhofaza qilish uchun ekranlardan foydalaniladi. Bunday ekranlar ishchi ish joyi bilan shovqin chiqaruvchi mexanizm o‘rtasiga o‘rnatiladi.

    SHovqin so‘ndirish vositalari. Asosan, aerodinamik shovqinlarni so‘ndirish uchun foydalaniladi. Bunday shovqinlarni kamaytirishda turli-tuman so‘ndirish vositalaridan foydalaniladi. Bularni tanlash sharoitga, shovqin spektriga va so‘ndirilishi kerak bo‘lgan tovush chiqayotgan zonaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘ladi. SHovqin so‘ndirish vositalarini yutuvchi, reaktiv va kombinatsiyalangan usullariga bo‘lish mumkin. YUtuvchi so‘ndiruvchi vositaning asosiy xususiyati shundaki, u o‘zi orqali o‘tayotgan shovqinning o‘z tarkibiga o‘rnatilgan yutuvchi materiallar yordamida kamaytirish imkoniyatini yaratadi. Reaktiv so‘ndirish vositasi esa shovqinni kelib chiqayotgan manbaga qaytarib yuboradi. Kombinatsiya usulida ham yutish, ham qaytarish xususiyatlari birgalikda qoilanadi.

    SHovqinga qarshi shaxsiy muhofaza aslahalari

    Ba’zi bir texnologik jarayonlarda shovqin darajasini umumiy texnik vositalar yordamida kamayitirish imkoniyati bo‘lmay qoladi. Bunday hollarda ishchilar uchun shaxsiy muhofaza vositalaridan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanada. Sanoat korxonalarida shovqinga qarshi shaxsiy muhofaza aslahalari sifatida vkladish, naushniklar va shlemlardan foydalaniladi.

    Vkladishlar. Bu paxtadan qilingan, quloq teshigiga o‘rnatishga mo‘ljallangan vositadir. Uning samaradorligini oshirish maqsadida ba’zi bir parafinga o‘xshash moddalar shimdiriladi. Bundan tashqari, qattiq moddalardan, masalan, rezina, ebonit kabilardan yasalgan vkladishlardan ham foydalaniladi. Vkladishlar eng arzon va ishlatishga eng qulay vositalar hisoblanadi. Lekin ularning samaradorligi oz, ya’ni 5-20 dB gacha tovushni kamaytira oladi.

    SHuningdek, ba’zi hollarda noqulayligi quloq teshigini yallig‘lantirishi mumkinki, bu uning salbiy jihatlari hisoblanadi.

    Naushniklar. Sanoat korxonalarida VSNIIOT naushniklaridan keng foydalaniladi. Naushniklar quloqni yaxshi berkitadi va prujinalar yordamida ushlab turiladi. Naushniklar past chastotadagi tovushlarga nisbatan yuqori chastotadagi shovqinlardan yaxshi muhofaza qiladi. Uning samaradorligi 7-38 dB atrofida bo‘ladi.

    SHlemlar. Haddan tashqari katta shovqin sharoitida (120 dB dan ortiq) shovqin inson bosh miyasiga ta’sir ko‘rsatadi. Bunday hollarda naushnik va vkladishlar hech qanday foyda bermaydi. Shuning uchun bosh miyani muhofaza qiladigan shlemlardan foydalaniladi.

    Infra va ultra tovushlarning ta’siri va ulardan saqlanish

    Sanoatida infra tovushlarning asosiy manbayi ichdan yonar dvigatellar, ventilatorlar, porshenli kompressorlar hisoblanadi. Infra tovushlar darajasi 100-120 dB dan oshib ketgan taqdirda ishchida bosh og‘rishi, sezilarli darajada quloq pardasining harakati vujudga keladi. Infra tovush darajasi orta borgan sari ichki organlarda tebranish hissi vujudga keladi, ishlash qobiliyati keskin susayadi, qo‘rquv paydo bo‘ladi.

    QMQ 2. 01. 08. - 96 ga asosan 2, 4, 8 va 16 Gs o‘rta geometrik oktava oraliqlarida infra tovush darajasi 105 dB dan oshmasligi kerak.

    Infra tovush bilan kurashishning asosiy usullari quyidagilardir:

    mashinalarning tezligini oshirish; bunda tovush to‘lqinlari eshitiladigan polosalarga o‘tadi;

    konstruksiyalar ustuvorligini oshirish;

    past chastotadagi tebranishlarni yo‘qotish;

    reaktiv tovush so‘ndirish vositalarini o‘rnatish.

    SHuni aytib o‘tish kerakki, umuman shovqinni to‘sish vositalari va yutish vositalari infra tovush bilan kurashishda hech qanday natija bermaydi. Infra tovush bilan kurashishda tovush ajralib chiqayotgan manbayida kurashish yaxshi natija beradi.

    Hozirgi vaqtda ultra tovushdan sanoatda keng foydalanilmoqda. Bunda foydalanadigan tovush chastotasi 20 kGs dan yuqori va quvvati bir necha kilovatt miqdorni tashkil qiladi. Ultra tovush ham inson organizmiga katta zarar keltiradi. Bu asab sistemasi funksiyalarining buzilishi, bosim, qon tarkibi va xossasining o‘zgarishi bilan ifodalanadi. Kasallarning boshi og‘riydi, tez charchaydi, eshitish qobiliyati susayadi. Ultra tovush odamga faqatgina havo muhiti orqaligina emas, balki suyuqliklar va qattiq jismlar orqali ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

    Ultratovush meditsinada har xil kasalliklarni davolashda, sanoatda har xil detallarni tozalashda, elektrolitik jarayonlarni va ximiyaviy reaksiyalarni tezlatish uchun, qishloq xo‘jalikda urug‘larga ishlov berish va ta’mirlash ishlarida foydalaniladi, ultratovush chiqaradigan qurilmalar bilan bevosita kontaktda ishlashga ruxsat berilmaydi. Ular odamlar ishlayotgan xonadan, tovushga qarshi izolyasiyalangan bo‘lishi kerak. GOST 12.1. 001-75 ga asosan ultra tovushlar uchun 20-100 kGs gacha oraliqda shovqin darajasi 110 dB dan oshmasligi kerak deb belgilangan.Ultra tovushning havo orqali ta’sir darajasini kamaytirish uchun quyidagi vositalardan foydalaniladi:

    1)Ruxsat etiladigan shovqin darajasi yuqori bo‘lgan jihozlardan foydalanish.

    2)Ultra tovush tarqatuvchi jihozlarni qopqoqlar bilan ta’minlash. Bunday qopqoqlar po‘lat tunukadan tayyorlanib ichki tomoniga 1 mm qalinlikda rezina yoki ruberoid yopishtiriladi yoki 5 mm qalinlikda getinaks qoplanadi. Elastik qopqoqlar 3-5 mm umumiy qalinlikdagi 3 qavat rezina bilan qoplanadi. qopqoqlardan foydalanish eshitiladigan shovqinlarni 20-30 dB ga kamaytirsa, ultra tovushlarni 60-80 dB ga kamaytirishi mumkin.3)Ishchi bilan stanok o‘rtasiga ekranlar o‘rnatish; bundan ekranlar ko‘rinadigan bo‘lishi ham mumkin (masalan, oyna, pleksiglaz va h.k.).4)Agar yuqoridagi usullar bilan hech qanday natijaga erishilmasa, unda ultra tovush manbalarini ayrim xonalarga, kabinalarga joylashtirish mumkin. Suyuqliklardan va qattiq jismlardan ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan ultra tovush nihoyatda xavfli hisoblanadi.SHuning uchun bunday asboblar bilan ishlaganda unga tegmaslik choralari ko‘rilishi kerak. Ultra tovush vannalariga detallarni joylashtirganda ultra tovush to‘xtatib qo‘yilishi kerak. Tebranishni muhofazalovchi vositalar (g‘ovak rezina, parolon va boshqalar) bilan jihozlangan asboblardan foydalanish tavsiya etiladi. Rezina qo‘lqoplar ham saqlanishning yaxshi vositasi hisoblanadi.

    7-MA’RUZA

    Mavzu: Farmatsevtik korxonalarda yoritish tizimlari.

    Reja:


    1. Sanoat korxonalarini yoritish usullari.

    2. Ishlab chiqarish binolari va ish joylarini yoritishga qo‘yilgan umumiy talablar.

    3. YOrug‘lik manbalari va yoritish uskunalari.

    4. Ultrabinafsha va infraqizil nurlar va ularning inson organizmiga salbiy tasiri.

    Ishlab chiqarish xonalarining va ish joylarining yoritilganligi, mexnat gigienasining muxim ko‘rsatkichlaridan biri xisoblanib, mexnatni ilmiy asosda tashkil etishning va ishlab chiqarish madaniyatining ajralmas qismi xisoblanadi. YOritilganlik insonning tashki muxit bilan bog‘lanishini aniqlovchi va ma’lumotlarning sifatini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlaridan biridir. To‘g‘ri va normal miqdordagi yoritganlik ish kurollari va jixozlarning rangini, o‘lchamlarini tezda aniqlashga imkon beradi va ishchining mexnat kobiliyatini uzoq muddatgacha saqlanib qolishiga, mexnat unumdorligini oshishiga, ishlab chiqilgan maxsulotning sifatli bo‘lishiga sharoit yaratib, mexnat xavfsizligini oshiradi. SHikastlanishlarning 5 foizi kasbiy kasallik – ishdagi uzoqni ko‘ra olmaslik (blizorukost) sabab bo‘ladi.

    Ishlab chiqarish sharoitlarida 3 turdagi yorug‘likdan foydalaniladi: tabiiy, sun’iy va uyg‘unlashgan.

    Tabiiy yoritilish qo‘yidagilarga bo‘linadi:

    Ustki (shiftlar, tomlar, shuningdek, baland perepadlar, aralash bino oralari orqali teshiklardagi yorug‘lik beradigan fonarlar orqali);

    Yonboshlama (derazalar orqali);

    Uyg‘unlashtirilgan.

    Tabiiy yoritish darajasi kunning vaqtiga va iqlimiy sharoitlarga bog‘liq xolda ish vaqti davomida o‘zgarishi xisobli, ish joyining yoritganlik bilan emas, balki tabiiy yoritganlik koeffitsienti orqali me’yorlashtiriladi. Sanoat korxonalari ishlab chiqarish xonalarini yoritilganligini baholash uchun tabiiy yoritilish koeffitsienti kattaligiga qarab belgilash qabul qilingan. Tabiiy yoritganlik koeffitsienti deb xona ichidagi biror nuktaning yoritganligini shu vaktda tashki muxit yoriganligiga nisbatining foizdagi ifodasiga aytiladi. Tabiiy yoritilishning etarliligi 2 omil bilan belgilanadi: tabiiy yoritilish koeffitsienti va derazaning yorug‘lik tavsifi (yorug‘lik maydoni va yorug‘lik chuqurligi) bilan. Korxonalardagi tabiiy yoritilganlik sharoiti SNiP-2-4-79, SNiP-2.0.1.0.5.98 talablariga muvofiqligi bo‘lishi kerak. Oynali yuza pol yuzasiga nisbatan 1/5 qismni tashkil etishi kerak.

    Ishlab chiqarish binolarida barcha ishlar farqlash ob’ektlarining muayyanlik darajada va xajmlariga qarab 6 razryadga ajratiladi. Ko‘rishni (diqqatni) jalb etadigan ishlar shartlariga ko‘ra, jadvalida keltirilgan sanitariya me’yorlari tomonidan 6 razryad uchun SN-245-63 tabiiy yoritilish koeffitsienti belgilangan. Tabiiy yoritganlik koeffitsienti yoruglikning iklimiy koeffitsientiga boglik bulib, uning miqdori ishning kurish buyicha razryadiga, farklash ob’ektining eng kichik ulchamiga xamda iklimning yoruglik poyasiga boglik xolda maxsus jadvallardan tanlab olinadi va shu asosida binolarga urnatilishi lozim bulgan derazalar xamda fonarlar (yukori tomonlama yoritganliqda) soni aniklanadi va loyixalashtiriladi.

    QMQ 2.01.05-98 gigienik normalar ishning aniqligi va yoritish turiga qarab talab qilinadigan tashqi yoritilish koeffitsientining kattaligini belgilaydi



    Binodan foydalanish jarayonida sexdagi yoritilganlik darajasi ancha pasayishi mumkin, chunki oynalangan yuzalarning ifloslanishi oqibatida ularning yorug‘likni o‘tkazish koeffitsienti kamayadi; devorlar va shiftlarning ifloslanishi ham ularning nur qaytarish koeffitsientini kamaytiradi. Shuning uchun ham sanitariya normalari yorug‘lik tuynuklari oynalarini tozalab turish zarurligini qayd qiladi. Kam chang ajraladigan xonalarni yiliga kamida 2 marta, tutunli va isli xonalarni kamida 4 marta tozalash zarur. SHift va devorlarni yiliga kamida bir marta oqlash va bo‘yash lozim.

    Sanoat korxonalari uchun “t.yo.”koeffitsienti me’yorlari

    Bajarilayotgan ishlar xarakteristikalari

    Ob’ektning eng kichik o‘lchami, mm

    Ish razryadi

    T.YO.K.ning ko‘rsatkichi, %

    yuqoridan va qo‘shma

    yon tomondan

    Bajarilayotgan ish eng yuqori aniqlikdagi

    0,15 dan kichik

    I

    10

    3,5

    Juda yuqori aniqlikdagi

    0,15 dan 0,3 gacha

    II

    7

    2,5

    YUqori aniqlikdagi

    0,3-0,5

    III

    5

    2

    O‘rtacha aniqlikdagi

    0,5-1,0

    IV

    4

    1,5

    Kichik aniqlikdagi

    1,0-5,0

    V

    3

    1

    Qo‘pol aniqlik (dag‘al)

    5,0 dan katta

    VI

    2

    0,5

    Ayrim detallarni ajratmasdan ishlatish




    VII

    3

    1

    Ishlab chiqarish (sanoat) jarayoni yo‘nalishini umumiy kuzatish




    VIII

    1

    0,3

    Doimiy kuzatish jixozlar xolatini vaqti vaqti bilan kuzatish




    VIII

    0,7

    0,2

    Mexanizatsiyalashtirilgan va mexanizatsiya-lashtirilmgan omborlardagi ish




    IX

    0,5

    0,1

    Ko‘p maydoni oynalangan ba’zi bir ishlab chiqarish xonalarining ish joylarida quyosh nurlarining to‘g‘ri yoki aks etib tashishidan ko‘zni oladigan sharoitlar yuzaga kelishi mumkin, xavo xaroratini oshishi, asboblarni qizishi kuzatiladi. Ular bilan kurashish uchun quyoshdan himoya qiladigan soyabonlar, ekranlar, jalyuzlar va shunga o‘xshashlardan foydalaniladi.

    Sun’iy yoritish sanoat korxonalarining binolarini umuman bir xilda yoritish, umumiy yoritish va umumiy yoritishga qo‘shimcha ravishda ish joylarini maxsus yoritish bilan qo‘shib kombinatsiyalashtirilgan yoritilish usullari yordamida amalga oshiriladi. Umumiy yoritish va ish jixozi va ish joyining joylashishiga boglik xolda tekis yoki lokal kurinishda buladi. Mahalliy yoritish statsionar va ko‘chma bo‘lishi mumkin. Umumiy yoritishdan ish joylari yuqori yorug‘lik talab qilmaydigan va shuningdek, ishlab chiqarish sharoitlariga ko‘ra (mexanik tebranishlar) mahalliy yoritish mumkin bo‘lmagan joylarda me’yoriy yoritilishning uncha katta bo‘lmagan darajalarida foydalaniladi. Uyg‘unlashma yoritishdan ish joylarida yoritilishning yuqori darajalarini yoritish zarur bo‘lganda foydalaniladi.

    Vazifasiga ko‘ra sun’iy yoritish ishchi, avariyaviy va maxsus (navbatchi va evakuatsiya) bo‘lishi mumkin. Ishchi yoritishdan normal ish rejimini ta’minlash maksadida tabiiy yoritish bulmagan yoki etarli darajada emas joylarda foydalaniladi.

    Avariya yoritish asosiy yoritish uchib kolgan vaktlarda yongin, portlash, ishchilarni zaxarlanishi, jaroxatlanish xavfi, kasallarni operatsiya maxalida, texnologik jarayonni uzok tuxtab kolishi yoki buzilishi, alokani uzilishi, aholini suv bilan ta’minlash nasos stansiyalarining to‘xtab qolishiga sabab bo‘ladigan zonalarda ko‘zda tutiladi. Ishni davom ettirish uchun avariya yoritilish avariya rejimida xizmat talab etuvchi ish yuzalarida 1 gina umumiy cho‘g‘lanish lampalari yordamida yoritilish tizimida belgilangan me’yorlardan 20 foiz kam bo‘lmagan yorug‘likni ta’minlashi lozim. Avariya yoritilishi umumiy yoritilishning 5%-dan kam bo‘lmagan yorug‘lik bilan ta’minlashi va bu yorug‘lik, yorug‘likning umumiy sistemalariga nisbatan sanoat xonalarida 2 lk dan kam bo‘lmagan yorug‘likni ta’minlashi kerak (bunda yoritilish normalarga asosan olinadi).

    Avariyali yoritilish avtomatik tarzda yoqiladi va ishchi yoritgichlar bilan bog‘lanmagan mustaqil manbalarga ulanishi kerak.

    Evakuatsion yoritish 0,5 lk 50 kishidan ortiq odam ishlaydigan joylarda va ishchi yoritish tusatdan o‘chganda xonadan odamlarni chiqarish, jarohatlanish xavfi bilan bog‘liq bo‘ladigan ishlab chiqarish binolarining o‘tish joylarida o‘rnatiladi. Insonlar evakuatsiyasi uchun avariyali yoritishni qo‘l yordamida yoqishga ruxsat beriladi. Pol sathida va zinapoyalar pog‘onalarida asosiy o‘tish liniyalari bo‘yicha yoritish kamida 0,3 lk bo‘lishi, ochiq joylarda-kamida 0,2 lk bo‘lishi zarur. Jamoatchilik binolarining chiqish eshiklarida (1 vaqtning o‘zida 50 dan ortiq kishi bo‘lishi mumkin). chiqish joylarida yorug‘lik signallari (ko‘rsatkich signallar) bo‘lishi lozim.

    Avariyali yoritish uchun ishchi yoritgichlardan yoritish tipi, xajmi yoki maxsus belgilari bilan farqlanadigan yoritgichlar qo‘llaniladi.

    Navbatchi yoritilish 0,5 lk dan kam bo‘lmasligi zarur. Ba’zi bir hollarda ishlab chiqarish xonalari havosiga ishlov berish va ichimlik suvlarining hamda oziq-ovqat mahsulotlarining sifatini saqlash maqsadida bakteritsid yoritilishlardan foydalaniladi. Bunda maxsus lampalar yordamida hosil qilingan ultrabinafsha nurlarinig 0,254-0,257 mkm uzunlikdagi to‘lqinlarga ega bo‘lgan yorug‘lik nurlari yaxshi natija beradi.

    Sanoat korxonalarini yoritish sistemalariga qo‘yiladigan asosiy talablar:

    1.Ish joylarini yoritish sanitariya-gigienik normalar asosida ish kategoriyalariga moslashgan bo‘lishi kerak. Ish joylarini maksimal yoritish, albatta, ish sharoitini yaxshilashga olib keladi. Ba’zi bir aniq ishlarni bajarganda yoritilishni 50 lk dan 1000 lk gacha oshirish bilan ish unumini 25% ga oshganligi ma’lum. Ammo yoritilish ma’lum miqdorga etgandan keyin undan keyingi yoritilishning oshirilishi yaxshi natija bermaydi. Shuning uchun ham iqtisodiy samara beradigan yoritilishning oqilona variantini tanlash zarur.

    2.Ish olib borilayotgan yuzaga va ko‘zga ko‘rinadigan atrof- muhitga yorug‘lik bir tekis tushadigan bo‘lishi kerak. CHunki agar ish olib borilayotgan yuzada va atrof-muhitda yaltiroq uchastkalar mavjud bo‘lsa, unda ko‘zning ularga tushishi va qaytib ish zonasiga qaraganda ko‘zning jimirlashishi va ma’lum vaqt ko‘nikishi kerak bo‘ladi. Bu esa ko‘zning tez charchashiga olib keladi.

    3.Ishchi yuzalarda keskin soyalar bo‘masligi kerak. CHunki ish yuzasida keskin soyalarning bo‘lishi, ayniqsa, u soyalar harakatlanuvchi bo‘lsa, bajarilayotgan obektni ko‘rinishini yomonlashtiradi, obekt ko‘zga noto‘g‘ri boiib ko‘rinadi va bu ishning sifatini hamda unumdorligini pasayishiga olib keladi. Shuning uchun ham sanoat korxonalari to‘g‘ri tushayotgan oftob nurlarini soyabonlar va boshqa oftobga qarshi vositalar bilan to‘sishi kerak; chunki quyosh nurlari keskin soyalar paydo bo‘lishiga olib keladi.

    4.Ishchi zonalarda to‘g‘ri yoki nur qaytishi ta’sirida hosil bo‘layotgan yaltirash bo‘lmasligi kerak. CHunki ish zonalaridagi yaltirash ko‘zning ko‘rish qobiliyatini pasaytirib, ko‘zni qamashtirishi - mumkin. YAltiroq yuzalar yoritish asboblarining yuzalarida, nur qaytarish ta’sirida hosil bo‘ladigan yaltirashlar nur qaytarish koeffitsienti katta bo‘lgan yuzalarda vujudga keladi. YAltirashni kamaytirish yoritish asboblarining nur tarqatish burchaklarini tanlash va nur qaytarish ta’sirida hosil bo‘ladigan yaltirashlarni nur to‘sish yo‘nalishlarini o‘zgartirish hisobiga erishish mumkii.

    5.YOritilish miqdori vaqt bo‘yicha o‘zgarmas bo‘lishi kerak. YOritilishning ko‘payib-kamayishi, agar u o‘qtin-o‘qtin ro‘y beradigan bo‘lsa, ko‘zga zarar keltiradi, chunki ko‘z yorug‘lik o‘zgarishlariga ko‘nikishiga to‘g‘ri keladi. Bu esa ko‘zning tez charchashiga olib keladi.

    YOritilishning o‘zgarmasligiga muhim o‘zgarmas kuchlanishli manbalardan foydalanish yo‘li bilan erishilishi mumkin.

    6.YOrug‘lik nurlarini optimal yo‘nalish bilan yo‘naltirish kerak; bunda ma’lum holatlarda detalning ichki yuzalarini ko‘rish va boshqa hollarda detal yuzasidagi kamchiliklarni yaxshiroq ko‘rish imkoniyati tug‘iladi.

    7.YOrug‘likning lozim bo‘lgan spektr sostavini tanlash zarur. Bu talab materiallarning rangini aniq belgilash zarur bo‘lgan hollarda muhim rol o‘ynaydi.

    8.YOrug‘lik qurilmalari qo‘shimcha xavf va zararliklar manbai bo‘lmasligi kerak. Shuuning uchun yoritish manbalari ajratadigan issiqlikni, tovush chiqarishini maksimal kamaytirish kerak.

    9.YOritish qurilmasi ishlatish uchun qulay, o‘rnatish oson va iqtisodiy samarador bo‘lishi kerak.

    Sun’iy yoritilishning sanitariya normalari QMQ 2. 01. 05 - 98 bilan belgilangan. YOritilganlikni me’yorlashni engillatish maksadida barcha ishlar aniqlik darajasiga ko‘ra 6 razryadga bo‘lingan: o‘ta yuqori aniqlikdagi ishlar- I-razryad; juda yukori aniqliqdagi ishlar- II-razryad; yuqori aniqliqdagi ishlar-III-razryad; o‘ta aniqlikdagi ishlar- IV-razryad; kam aniqliqdagi ishlar- V-razryad; dag‘al ishlar-VI razryad.

    Eng yukori yoritilganlik I razryaddagi ishlar uchun belgilangan bulib 5000 Lk.ni tashkil etadi, kichik yoritilganlik esa - V razryaddagi ishlar uchun- 75 Lk. kilib belgilangan. VIII razryad 50 lk gacha bo‘lgan yoritilganlik miqdorlari tayinlanadi. Tashki muxitda bajariladigan ishlarda ish razryadiga boglik xolda yoritilganlik 2 dan 50 Lk.gacha buladi. Binodan tashqarida bajariladigan ishlarda ko‘rish ishlarining razryadiga bog‘liq ravishda ishchi yuzalarni yoritilganligi 2 dan 50 lk gacha qilib belgilangan.

    Sun’iy yoritilishni hisoblash

    Sun’iy yoritilishni hisoblashdan asosiy maqsad sanoat korxonalarida ishlatilayotgan yoritish lampalarini sonini aniqlash, ularni oqilona joylashtirish va elektr energiyasi iqtisodini ta’minlagan holda sanoat korxonalari xonalaridagi normalangan yorug‘likdagi ish joylarini ta’minlashdan iborat. Bu masalalarni hal qilishda qyidagilarni hal qilishga to‘g‘ri keladi.

    1.YOritish manbalarini tanlash.

    2.YOritish sistemasini tanlash. YOritish sistemasini tanlaganda kombinatsiyali yoritilish iqtisodiy samarador, ammo umumiy yoritilish esa sanitar-gigienik tomondan ancha mukammal hisoblanadi, chunki umumiy yoritilish zonani bir tekis yoritadi. YOrug‘lik nurlarini ma’lum uchastkaga to‘plab yo‘naltirish yo‘li bilan ish joylarida iqtisodiy tomondan samarador bo‘lgan holda umumiy yoritilishning yuqori darajalarini hosil .qilish mumkin. I- IV, Va va Vb razryaddagi ishlarni bajarishda kombinatsiyali yoritish sistemasidan foydalanish tavsiya etiladi. CHunki ish joylarini yoritadigan lampalardagi nurlarni istalgan ish bajarish zonalariga yo‘naltirish imkoniyatini tug‘diradi, ish joylarida yarqirash bo‘lmaydi va aniq ishlarni bajarish imkoniyati tug‘iladi.

    3.Ish zonasidagi havoning toza-iflosligi va havo muhitidagi gaz va portlovchi moddalarning bug‘lari mavjudligiga qarab lampalarning turlarini tanlash.

    4.Lampalarning sonini aniqlash va ularni ish zonasiga joylashtirish. Lampalar bir tekisda, shaxmat tartibida, romb ko‘rinishda va boshqacha usullarda joylashtirilishi mumkin. Ba’zi hollarda jihozlarning joylashish tartibiga qarab, texnologik jarayon harakat yo‘nalishi bo‘ylab lampalarni joylashtirishga to‘g‘ri keladi.

    5.Ish zonasidagi bir tekis yoritilish lampalar orasidagi oraliq lampalarni ish joylariga nisbatan, balandliklariga nisbatan amalga oshadi.

    6.Ish joylarida normalangan yoritilish miqdorini aniqlash. Buning uchun fonga nisbatan kontrastligini belgilash va ish joylari fonini hisobga olgan holda jadvalga asosan tanlangan yoritilish sistemasi va lampaning turiga qarab ish joylaridagi minimal normalangan yoritilishni aniqlash kerak bo‘ladi.

    Faqat maxalliy yoritishdan foydalanish ruxsat etilmaydi. Albatta umumiy yoritilish bo‘lishi kerak. Umumiy yoritish uchun yoritgichlar soni xonaning maydoniga bog‘liq.

    YOrug‘lik manbalari

    Sun’iy yoritish elektr yorug‘lik manbalari yordamida amalga oshiriladi. Ular – elektr chug‘lanish lampalari yoki lyuminessent nurlanish tamoyiliga – simob, natriy va lyuminessent lampalarga asoslanadi. CHo‘g‘lanish lampalarida quvvat asosan (80 foiz) issiqlik nurlari va faqat 10 foiz spektrning ko‘rinadigan qismidagi nurlanishga sarflanadi. CHo‘g‘lanish lampalarining asosiy xarakteristikasi: nominal kuchlanish, quvvat, yorug‘lik oqimi, yorug‘lik berish va xizmat muddati. Volframdan keluvchi ip yorug‘lik manbai sanaladi. Kichik quvvatli (60 Vt gacha) cho‘g‘lanish lampalarini vakuumli, katta quvvatli gaz-to‘ldirilgan qilib tayyorlanadi. Lampa kolbalari neytral gaz argon yoki azot bilan to‘ldiriladi;yangi shakldagi lampalar kripton yoki ksenon bilan; cho‘g‘lanma iplar 2 tali, zig-zagli yoki ikkitali spiral bo‘ladi. Normal cho‘g‘lanish lampalarining o‘rtacha yonish davomiyligi amaldagi standart bo‘yicha 1000 soatgachani tashkil qiladi. Lampaning yorug‘lik berishi 20 lm/Vt ning oshmaydi.

    Lyuminessent lampa – bu shisha trubka, ichida lyuminoformli qoplov mavjud. Trubka nihoyasida volfram bispiral ko‘rinishida metall elektrodlar ulangan. Lampa ichida simob va argon juftliklari aralashmasi bor. Aralashma orqali elektr tokining o‘tishi lyuminofor yonishini hosil qiluvchi ko‘zga qo‘rinmas ultrabinafsha nurlar chiqishi bilan uyg‘un hamohang bo‘ladi. Shu tariqa, quvvat avval ultrabinafsha nurlarga aylanadi, so‘ng lyuminofor yordamida ko‘rinuvchan yorug‘likka aylanadi. Turli lyuminoforlar (magniy volfromati, kalsiy, ruh silikat, kadmiy borat va boshqa materiallar) dan foydalangan holda lampalarga turli rang berish mumkin. Trubkasimon lyuminessent lampalar bu – past bosimli simob lampalari hisoblanadi.

    Trubkasimon lyuminessent lampalarning kamchiligi va nuqsonlari: yoqish va yonish rejimini barqarorlashtirish uchun maxsus izga soluvchi apparatura zarur, bu esa ularning ekspluatatsiyasini murakkablashtiradi va ishlab chiqarish mahsuldorligi koeffitsientini pasaytiradi. Lyuminessent lampadan taralayotgan yorug‘lik stroboskopik bo‘lmagani bois mashinalarning aylanayotgan qismlari lampa bilan yoritilganda harakatsiz yoki ko‘p ko‘rinishi mumkin.Bu effektni o‘zgaruvchan tok tarmog‘ining turli fazalariga qushni lampalarning yoqilishi bilan kamaytirish mumkin. Hozirgi paytda turli rangdagi 5 turdagi lyuminessent lampalar chiqarilmoqda: kunduzgi lampalar – KL, sovuq-oq - SOL, oq - OL, iliq - oq - IOL, rang uzatish yo‘nalishli lampalar – RUL; rangi bo‘yicha KL va RUL qaysidir darajada kunduzgi tabiiy yorug‘likka yaqin. IOL rangi bo‘yicha cho‘g‘lanish lampalariga yaqinroq. SOL va OL lampalar rangi bo‘yicha kunduzgi yorug‘lik va cho‘g‘lanish lampalari yorug‘ligi o‘rtasidagi oraliq holatga o‘xshash. Oq lampalar o‘ta tejamli, ularning yorug‘lik berish quvvati RUL lampalariga qaraganda 60 foizdan ortadi va KL lampalarga nisbatan 30%ga ortiqni tashkil qiladi. YOyli simobli lyuminissent lampalar jumlasiga kiruvchi, yuqori bosimli lampalar (DRL) elektr energiyasining tejashi bilan ajralib turadi va yoritishning yuqori darajasini ta’minlaydi. Ular havosida chang, tutun va is bo‘lishi mumkin bo‘lgan prokat, po‘lat quyish va boshqa mexanika sexlarining baland binolarini yoritishda keng foydalaniladi. Agar ranglar o‘zgarishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan sexlar bo‘lsa. Ularning o‘rniga rangi to‘g‘rilangan yoyli simobli lampalar - DRP dan foydalanish tavsiya qilinadi.

    Sun’iy yoritish manbalari gazorazryadli va kizarish lampochkalari 127 va 220 volt kuchlanishga muljallangan bulib, kuvvati 15 dan 1500 Vt gacha buladi. Kanchalik kuvvati katta bulsa, shunchalik yoritish yukori buladi.

    Maxalliy yoritishlar uchun kuchlanishi 12 va 36 volt kuvvati 50 Vt ga ega bulgan lampochkalar foydalaniladi. Sanoat xar xil turdagi yoritgichlarni ishlab chikadi va 60-1000 Vt ga buladi. Lyumenessent lampalar kuvvati 40, 80 Vt ga teng buladi.

    Ishlab chikarishda kuyidagi nurlanish turlari mavjud: infra kizil, ultrabinafsha, va elektromagait va radioaktiv, infrakizil nurlanish- issik sexda, ultrabinafsha nurlarga kuyosh nuri, simob-kvars lampa, eritel lampa nur va lazer qurilmalari, elektr yoyi, elektr-gazpayvandlash ishlari kiradi. Infrakizil nurlar bilan inson organizmnii kizdiradi, issiq urishi xolatlari kuzatiladi, ultrabinafsha nurlar esa teri osti xujayralarni biologik rivojlanishini ta’minlaydi, yuqori intensivlikda teri, ko‘z pardasi kuyishini keltirib chiqaradi. UB nurlanishdan ximoya kiyim va ko‘zoynaklar.  IK nurlanishlarning sanoatdagi manbalari - issiqlik agregatlari. Ulardan ximoyalanish:

     - issiqlik manbaini yo‘qotish;

     - ekranlashtirish (g‘isht, alyuminiy, asbest ekranlari);

     - yutuvchi ekranы (suvli to‘siqlar);

     - shaxsiy ximoya (maxsus kiyim, bosh kiyim, ko‘zoynaklar).

    YOrug‘lik manbalari yoritish armaturasida joylashadi va ular birgalikda yoritgichlar yoki chiroqlar deb ataladi. YOritgichlar konstruksiyalariga quyidagi talablar qo‘yiladi:

    1)nur oqimining yo‘nalishini ishchi yuzalar tomonga qayta taqsimlanishini ta’minlash;

    2)lampaning nur tarqatayotgan yuzalarining yaraqlab ko‘zga ta’sir ko‘rsatishini muhofaza qilish;

    3)lampani har xil sanoat iflosliklari, nalikdan va changdan himoya qilish;



    4)lampani portlash, o‘t olish xavflaridan muhofaza qilish.
    8-MA’RUZA

    Mavzu: Farmatsevtik korxonalar ish faoliyatida magnit maydonidan saqlanish.
    Reja

    1. O‘zgaruvchan elektromagnit maydonlarining inson organizmiga ta’siri.

    2. Elektromagnit maydonining normalari. Muhofaza usullari

    3. Elektromagnit maydonlarni ta’siridan himoyalashning asosiy usullari va vositalari.

    4. SHaxsiy himoya vositalari.

    5. Lazer nurlaridan saqlanish


    Hozirgi zamon texnika taraqqiyoti davrida yuqori chastotalarga ega bo‘lgan magnit maydonlaridan har xil texnika ishlarida, masalan, metallarni qizdirib toblash, eritish, yog‘och mahsulotlarini elimlash va boshqa ishlarda keng foydalanilmoqda. Bunday vositalar bilan texnik operatsiyalarni bajarishning qulayligi ortiqcha issiqlikning ajralmasligi va ortiqcha uskunalarga bo‘lgan ehtiyojning kamayishi bu usulning keng ko‘lamda qo‘llanish imkoniyatlarini yaratmoqda. Bundan tashqari, bu usul ish sharoitini yaxshilash va ish joylarida havoning tozaligini ta’minlanganligi sababli sanitariya-gigiena tomonidan birmuncha qulayliklar tug‘diradi.

    Hozirgi vaqtda radio va elektron qurilmalarining keng ko‘lamda qo‘llanilishi, radiotelemetriya, radionavigatsiya, kompyuterlar va boshqa elektromagnit tebranishlarga asoslangan elektr uskunalarlarning keng ko‘lamda qo‘llanilishi, radio apparaturalar bilan ko‘pchilik ishchilarning muloqotda bo‘lishiga olib kelmoqda.

    SHuning uchun ham hozirgi vaqtda elektromagnit tebranish to‘lqinlaridan muhofazalanish chora-tadbirlarini amalga oshirish taqozo qilinmoqda. Keyingi vaqtlarda elektromagnit to‘lqinlari inson organizmiga xatarli ta’sir ko‘rsatishi aniqlandi. Bu ta’sirning xatarli tomoni shundaki, inson bu nurlar ta’siriga tushganligini sezmaydi.

    Ishlab chiqarishda nurlanishlarning quyidagi turlari tarqalgan: infraqizil, ultrabinafsha, elektromagnit va radioaktiv. Elektromagnit nurlarining manbai radio to‘lqinlar, elektr uzatish tarmoqlari va har xil yuqori chastotali generatorlar, transformatorlar, antennalar, to‘lqin uzatgichlarning ochiq qismlari, induktorlar, termik qurilmalarning kondensatorlari va tebranuvchi konturlarni ekranlashtirilmagan elementlari bo‘lishi mumkin. Ko‘rsatilgan qurilmalar ishida ularni o‘rab turgan makonida EM xosil bo‘ladi.

    Elektromagnit to‘lqinlari radiochastotalarining tavsifi



    Diapazonlar ularning belgilari

    CHastota, Gs



    To‘lqin uzunligi, m


    Uzun to‘lqinlar /DV/

    3.104-

    3.105

    10000-1000


    O‘rtacha to‘lqinlar /SV/


    3.105-

    3.106

    1000-100


    Qisqa to‘lqinlar /KV/


    3.106-

    3.108

    100-1,0

    Ultra qisqa to‘lqinlar /UKV/

    3.108-

    3.109

    1,0-0,1


    O‘ta yuqori chastotadagi to‘lqinlar /SVCH/

    3.109-

    3.1011

    0,1-0,001


    Eng xavfli elektromagnit nurlanish bular ultra yuqori chastotali (UYUCH) elektromagnitli va generatorlardagi juda yuqori chastotali (JYUCH) nurlanishlar hisoblanadi va ular radiolakatorlarda, yadroviy fizikada, televideniyalarda, tibbiyotda, metallarga termik ishlov berishlarda keng foydalaniladi.

    Elektromagnit maydonining tavsifi

    Elektromagnit maydoni ma’lum kuchlanishdagi elektr maydoni (V/m) va magnit maydoni (A/m) vektorlari orqali ifodalanadi. Harakatlanuvchi elektromagnit to‘lqinlarining va vektorlari har vaqt o‘zaro perpendikulyar bo‘ladi.

    Hosil bo‘ladigan elektromagnit to‘lqinlari radiochastotalarining tavsifi jadvalda keltirilgan.
    Elektromagnit maydonlarining inson organizmiga ta’siri elektr va magnit maydonlarining kuchlanishi, energiya oqimining intensivligi tebranish chastotasi, nurlanishning tanani ma’lum yuzasida to‘planishi va inson organizmining shaxsiy xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi.

    Elektromagnit maydoni inson organizmiga ma’lum o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan dielektrik material sifatida hujayralarga issiqlik ta’sirini ko‘rsatib, bu hujayralarga biologik ob’ekt sifatida ham ta’sir ko‘rsatadi. Ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri markaziy nerv sistemasiga ta’sir ko‘rsatadi, hujayralarning yo‘nalishini o‘zgartiradi yoki molekula zanjirini elektr maydoni kuchlanish chiziqlari yo‘nalishiga aylantiradi, qon tarkibi oqsil molekulalari biokimyo faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadi. qon-tomir sistemasining funksiyasi buziladi. Organizmdagi uglevod, oqsil va mineral moddalar almashinuvini o‘zgartiradi. Ammo bu o‘zgarishlar funksional xarakterda bolib, nurlanish ta’siri to‘xtatilishi bilan ularning zararli ta’siri va og‘riq sezgilari yo‘qoladi.

    Elektromagnit maydonining normalari. Muxofaza usullari.

    Respublikamizda yo‘lga qo‘yilgan nurlanishning ruxsat etilgan darajalari juda kam birlikni tashkil qiladi. Shuning uchun organizm uzoq vaqt nurlanish ta’sirida bo‘lgan takdirda ham unda hech qanday o‘zgarish bo‘lmasligi mumkin.

    SN 848-70 bo‘yicha ko‘zda tutilgan "YUqori, o‘ta yuqori va haddan tashqari yuqori chastotadagi elektromagnit maydonlari manbalarida ishlaganlar uchun sanitar norma va qoidalar"da quyidagicha ruxsat etilgan norma va chegaralar belgilanadi: ish joylarida elektromagnit maydoni radiochastota kuchlanishi elektr tarkibi bo‘yicha 100 kGs-30 MGs chastota diapazonida 20 V/m, 30—300 MGs chastota diapazonida 5 V/m dan oshmasligi kerak. Magnit tarkibi bo‘yicha esa 100 kGs-1,5 MGs chastota diapazonida 5 V/m bo‘lishi kerak.

    O‘ta yuqori chastotadagi to‘lqinlar (SVCH) 30—300 000 MGs diapazonida ish kuni davomida ruxsat etiladigan maksimal nurlanish oqim kuchlanishi 10 mk Vt/sm2, ish kunining 2 soatidan ortiq bo‘lmagan vaqtdagi nurlanish 100 mk Vt/sm2, 15—20 minutdan oshmagan vaqtdagi nurlanish esa 1000 mk Vt/sm2 dan oshmasligi kerak. Bunda albatta muhofaza ko‘zoynagi taqilishi kerak. Qolgan ish vaqti davomida nurlanish intensivligi 10 mk Vt/sm2 dan oshmasligi kerak.

    O‘ta yuqori chastotadagi to‘lqinlar diapazonida kasbi nurlanish bilan bog‘liq bo‘lmagan kishilar va doimiy yashovchilar uchun nurlanish oqimi zichligi 1 mk Vt/sm2 dan oshmasligi kerak.
    Sanoat chastotasidagi elektr maydonining insonga ta’sirini

    gigienik normasi

    Elektr maydoni kuchlanganligi kV/m

    Bir sutkada odamning elektr maydonida bulishi davomiyligi, minut

    5 dan kichik

    CHegaralanmaydi

    5-10

    180 min.

    10- 15

    90 min

    15 -20

    10 min.

    20-25

    5 min.



    Elektromagnit tebranish va mexnat kilish rejimi kuyidagicha jadvalda ko‘rsatilgan. Sanoat chastotasidagi tokning zararli ta’siri magnit maydon kuchlanganligi 160-200 A/m bo‘lganda namoyon bo‘ladi. Quvvati yuqori elektr qurilmalarida u 20-25 A/m dan oshmaydi, shuning uchun EMM xavfli ta’sirini maydon elektrik kuchlanganligi bo‘yicha olib borish etarli bo‘ladi.

    YUqori chastotali (YUCH) va ultrayuqori chastotalarning elektromagnit maydonlari ta’sirida markaziy asab sistemasi faoliyati buziladi, organizmda umumiy kuchsizlik, tez charchash, bosh og‘rig‘i, uyqusizlik, yurak urushining sekinlashishi va qon bosimining pasayishi kuzatiladi.

    Elektromagnit tebranishlarning inson organizmiga ta’sirini oldini olish uchun sanitariya qoidalari bilan nurlanishni ruxsat etiladigan eng kam miqdori belgilangan. Nurlantiruvchi qurilmalar (YUCH, UYUS, JYUCH) dagi elektromagnit tebranishlar intensivligi metrga voltlarda V/m (elektr maydoni kuchlanganligi), metrga amperlarda–A/m (magnit maydoni kuchlanganligi) va 1sm2 ga mikrovattlarda–mkVt/sm2 (energiya oqimi zichligi) o‘lchanadi. Elektr qurilmalariga xizmat ko‘rsatishdagi mehnat rejimi va elektromagnit tebranish parametrlarining xavfsiz chegarasi jadvalda keltirilgan.

    Elektromagnit maydonlarni ta’siridan ximoyalashning usullari va vositalariga quyidagilar kiradi:

    • Ximoyalashning tashkiliy choralari

    • Manbadan nurlanishning jadalligini kamaytirish

    • nurlanish manbaining ekranlashuvi

    • nurlanish manbaidan ishchi o‘rinlarni ekranlashtirish va yoki ajratish.

    • signalizatsiya vositalarini qo‘llash

    • shaxsiy ximoya vositalaridan foydalanish

    Elektr maydonidan himoyalash har xil ekranlashtirilgan qurilmalar va maxsus ekranlovchi kiyimlar yordamida amalga oshiriladi va ular albatta erga ulanishi kerak. Bunda erga ulagich qarshiligi 10 Om dan yuqori bo‘lmasligi kerak.

    Elektromagnit maydonlari (EMM) himoyalanishning eng samarali usullari ularning manbaini ekranlashtirish, masofadan boshqarish va shaxsiy himoya vositalarini qo‘llash hisoblanadi.

    Elektromagnit tebranishidan himoyalashning asosiy vositasi nurlanish manbalarining yopiq temir devorli kamera yoki mayda metall to‘rli kamera yordamida ekranlashtirishdir. Individual vosita sifatida ekranlovchi kiyimdan foydalaniladi. Ko‘zni himoyalash uchun latundan mayda to‘rli ko‘z oynak tavsiya etiladi. YUCH va UYUCH qurilmalarga xizmat ko‘rsatuvchi ishchilar bir yilda bir marta, JYUCH qurilmalariga xizmat ko‘rsatuvchi ishchilar esa 6 oyda bir marta tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Bunday tashqari JYUCH qurilmalarga xizmat qiluvchi ishchilarga ishlarida har yili ikki oylik tanaffus beriladi.

    Ishning muayyan sharoitlariga bog‘liq tarzda shu vositalardan ularning ixtiyoriy kombinatsiyasi qo‘llanilishi mumkin.

    1. Tashkiliy choralar – uskunalarning ratsional joylashuvi, qurilmalar va xizmat ko‘rsatilayotgan personal ishi muayyan rejimini belgilashdir.

    YUqori chastotalar va o‘ta yuqori chastotalar qurilmalari ishiga tibbiy ko‘rikdan o‘tgan 18 yoshdan kichik bo‘lmagan, texnika xavfsizligi bo‘yicha o‘qib, imtihon topshirgan shaxslarga ruxsat etiladi. Har yili xizmat ko‘rsatayotgan personal tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.

    Agar ish yuqori xavfli sharoitlarda, nurlanishda, ketayotgan bo‘lsa, xodimlar uchun qisqartirilgan ish kuni va qo‘shimcha ta’til belgilanadi.

    2. Kelishgan yuklar, quvvat yutuvchilar qo‘llovida, manbay nurlanishi jadalligini kamaytirilishga erishiladi.

    Hozirgi paytda qo‘llaniladigan kuch (antenna ekvivalenti) yuqori chastotalar quvvatni 40-60 Db ga kuchsizlantirish imkonini beradi.

    Qabul qilish, indikator, antenna-fider traktlari, avtomatika va radiostansiya boshqaruv tizimlari ishini tekshirishda signallarning kam quvvatli imitatorlaridan foydalanish mumkin. Bu holatda uzatuvchi qurilmadan tashqari stansiyalarning butun tizimi ishlaydi. Bu esa ishlayotganlarning nurlanish extimolini istisno etadi.

    3. Nurlanish manbai maxsus ekranlar yordamida ekranlashtiriladi. Ekranlarning himoya xossalari turli materiallar bilan elektr magnit nurlanishlarning aks etishi va yutilishiga asoslanadi.

    Lazer nurlaridan saqlanish - optik kvant generatori «lazer» deb ataladi. Lazer asboblari murakkab payvandlash ishlarida juda aniq o‘lchov ishlarida, olmosli asboblarga ishlov berishda, bir kvadrat santimetr yuzasida oldingi usullaridan olinishi mumkin bulgan 50 chiziq o‘rniga 600 gacha chiziq chizish mumkin bo‘lgan noyob graverlik ishlarida va boshqa ko‘pgina sohalarda qo‘llaniladi. Lazer nurlari elektromagnit to‘lqinlarning ultra-binafsha nuridan tortib infrakizil nurlarigacha bo‘lgan spektr soxalarining hammasini o‘z ichiga olgan optik diapazonini o‘z ichiga oladi. Lazer nurlarining kuchlanish zichligi 1011 -1014 Vt/sm2 tashkil qiladi. Xar qanday qattik jism 109 Vt/sm2 kuchlanishda bug‘lanib ketishini hisobga olsak, bu qanday kuchlanish ekanligini tasavvur etish mumkin. Lazer energiyasining birlamchi manbalari - gaz razryadli impuls lampalari, doimiy yonuvchi lampalar, o‘ta yuqori chastotali lampalaridir. Lazer nurlarinng inson organizmiga ta’siri va tavsifini uni nur yunalishi, to‘lqin uzunligi, nurlanish quvvati, impuls xarakteri va ularning chastotalariga bog‘liq.

    Bunday katta kuchdagi nur energiyasi inson organizmiga tushib qolsa, biologik hujayralarni emirishi va inson organizmiga nihoyatda og‘ir ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Lazer nurlari inson yurak-qon aylanish sistemasini, markaziy nerv sistemasini, ko‘zni va teri qismlarini jarohatlashi mumkin. Shuningdek nurlanish qonning quyilishi yoki parchalanishi, qattiq toliqish, bosh og‘rig‘i, uyqusizlikka olib keladi. Shuningdek, yuqori kuchlanish, xavoni ionizatsiyasi, ozon xosil bo‘lishi, EMM, radiochastotalar, akustik shovqin xavfi bo‘lishi mumkin. Lazer nurlari inson organizmiga juda zararli ta’sir ko‘rsatishi mumkin, shuning uchun uning ta’sirini kamaytirish maqsadida sanitariya-gigienik normalari va muhofazalanish chora-tadbirlari belgilangan.

    Lazer nurlaridan saqlanish uchun ekran, to‘siqlardan va xavfsizlik belgilaridan foydalaniladi. To‘siq qurilmalari va belgilar xavfli zonada odam bo‘lmasligini ta’minlaydi. Lazer ustanovkalari o‘rnatiladigan xonalar alohida va maxsus jihozlangan bo‘lishi kerak. Bunda lazer nuri asosiy o‘tga chidamli devorga qarab yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Bu devor va shuningdek, xonaning boshqa devorlari ham nur qaytarish koeffitsienti juda oz bo‘lgan materiallardan bo‘lishi kerak. Jihozlarning ustki qoplamalari va detallari yarqirash xususiyatiga ega bo‘lmasligi kerak. Xonaning yoritilishi maksimal miqdorda bo‘lishi kerak, chunki bu holda ko‘z qorachig‘i minimal kengaygan bo‘ladi.

    Lazer qurilmalarini masofadan turib boshqarish va avtomatlashtirish yaxshi natijalar beradi. SHaxsiy muxofaza vositasi sifatida yorug‘lik filtrli muxofaza ko‘zoynagi, xalatlar va qulqoplarni tavsiya etish mumkin.

    O‘lchov asboblari

    Ish joylaridagi elektromagnit maydoni intensivligini baholash uchun elektromagnit maydoni hosil qilayotgan manba yaqinida maydonning elektr va magnit kuchlanishlari ayrim-ayrim o‘lchash bilan belgilanadi.

    CHunki elektromagnit maydoni zonadagi elektr va magnit maydonlarining umumiy ta’siri ostida vujudga keladi.

    Elektromagnit maydonining kuchlanishini o‘lchaydigan asosiy asbob IEMP - 1 va uning bir necha modifikatsiyalari mavjud. Bu asbob yordamida elektr maydonining 50 Gs - 100 kGs va 100 kGs-30 MGs, shuningdek, magnit maydonining 100 kGs - 1,5 MGs diapazonlarida elektromagnit maydonining kuchlanishini o‘lchash imkoniyatini beradi. Umumiy ishchi chastotalar diapazonida kuchlanish qiymati elektr tarkibi bo‘yicha 5-1000 Vt va magnit tarkibi bo‘yicha 0,5-300 A/m bo‘lganda aniqlik darajasi 20% tashkil qiladi.

    Asbob komplektiga kuchlantiruvchi blok, elektr kuchlanish maydonini o‘lchash uchun dipol antenna va magnit maydoni kuchlanishini o‘lchash uchun ramasimon antenna va kuchlanish taqsimlagich kiradi. O‘lchash davrida asbobning antennasi o‘lchanishi zarur bo‘lgan maydonga o‘rnatiladi va uning holati asbob strelkasi shkalada maksimal miqdorni ko‘rsatguncha harakatlantiriladi. UVCH-SVCH diapazonidagi kuchlanish oqimi zichligi ko‘pincha PO-1 asbobi bilan o‘lchanadi.

    9-MA’RUZA

    Mavzu: Farmatsevtik korxonalar ish faoliyatida raioaktiv nurlanishdan saqlanish.
    Reja:

    1. Radioaktiv nurlanishlar va ularning xossalari.

    2. Radioaktiv nurlarning organizmga ta’siri.

    3. Radioaktiv nurlarni normalash.

    4. Radioaktiv nurlarni o‘lchash asboblari.

    5. Radioaktiv nurlardan himoyalanish tadbirlari.

    Bir qancha ilmiy tekshirish muassasalarida va sanoat korxonalarida (atom elektrostansiya, texnologik jarayonlar nazorati, kristallsimon moddalarning tarkibini tahlil qilish, izotop diagnostika ishlari, kasallarni rentgen nurlari yordamida aniqlash, mahsulotlar sifatini rentgen yordamida baholash ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilish, sifatini baxolash va avtomatlashtirishda) har xil maqsadlar uchun radioktiv moddalardan foydalaniladi, negaki nurlanish ta’sirida ba’zi moddalar xossalarini o‘zgartirishi mumkin. Ko‘pchilik reaksiyalar ionlashgan nurlanishlar ta’sirida yuqori xarorat va bosim ta’sirisiz borishi mumkin. Radioaktiv moddalar nazorat-o‘lchov apparaturalarida, yong‘in signalizatsiya xabarnomalarida ishlatiladi.

    Bularning xammasi, shuningdek inson xayot faoliyatiga xavf soladigan ionlashgan nurlanishning atrof muxit negativ omili sifatida ortishi va ishchilar va axoli radiatsion xavfsizligi ta’minlash uchun kerakli chora tadbirlar olib borilishini talab etiladi. YAdro energetikasi rivoji va ionlashgan nurlanishlar manbalarini ilmiy, texnika xalq xo‘jaligi turli soxalarida keng qo‘llanilishi inson uchun radiatsion xavf va atrof muxitni radiaktiv moddalar bilan ifloslanish xavfini yaratadi. Ushbu korxonalardagi avariyalar juda katta xavf tug‘dirishi mumkin. Shuning uchun radiatsiya nima, qaysi xolatlarda u inson uchun xavf tug‘diradi, insonlarga zararli ta’siri, radiatsion nurlanishlardan muxofazalanish choralarini o‘rganish zarur.

    Ionlashgan nurlanishlar manbalari tabiiy (quyosh, kosmik nurlar, erda tabiiy tarqalgan radioaktiv moddalar, radioaktiv suv va b.) va texnogen (yadroviy reaktorlar, yadroviy materiallar, texnologik jarayonlarda ishlatiladigan tabiiy yoki sun’iy radioaktiv izotoplar (radionuklidlar), rentgen apparat, radiolampalar, radioaktiv chiqindilar qayta ishlash va ko‘mish joylari, uran qazilmalari).

    Radioaktivlik–atom yadrolarining ion nurlanishlari chiqarishi natijasida boshqa bir atom yadrolarini xosil qilishidir. Radioaktiv nurlanishlar ionlovchi nurlanishlar deb ataladi, chunki bu nurlar ta’sir etgan moddalar atom va molekulalarida ionlar xosil bo‘ladi. Moddalarning ionlanishi uning asosiy fizik-kimyoviy xossalarini o‘zgarishi bilan kuzatiladi, biologik to‘qimalar uchun xayot faoliyati buzilishi bilan kuzatiladi. Shuning uchun radioaktiv nurlanishlar tirik organizmga zararli ta’sir ko‘rsatadi. Bunday ionlovchi nurlanishlarga rengen nurlari, α, β, γ-nurlar, shuningdek neytron oqimlari kiradi.

    Alfa nurlari katta ionlashtirish xususiyatiga ega bo‘lgan, harakat doirasi katta bo‘lmagan geliy atom yadrosining musbat zaryadlangan zarrachalari oqimi hisoblanadi. Harakat doirasi katta bo‘lmaganligi sababli inson teri qavatigagina ta’sir qilib, terini yorib kira olmaydi, shuning uchun ham uncha zararli emas. Zarrachalar organizm ichiga kirgan xolda juda xavfli ta’sir ko‘rsatadi.

    Betta nurlari manfiy zaryadlangan radioaktiv moddalarining atom yadrolari tarqatadigan elektron yoki pozitron oqimidir. Bu nurlarning xarakat doirasi ancha keng va yorib kirish qobiliyatiga ega. Ular inson organizmiga kirganda xavflidir.

    Gamma nurlari ionlash qobiliyati katta bo‘lmasada, katta yorib kirish qobiliyati va 1000 m gacha tarqalish xossasiga ega bo‘lib, yadro reaksiyalari va radioaktiv parchalanish natijasida vujudga keladigan yuqori chastotali elektromagnit nurlari hisoblanadi.Tashqi ta’sirlanishda xavfli xisoblanadi.

    Rentgen nurlari moddalarni elektron oqimlar bilan bombardimon qilinganda ajralib chiqadigan elekromagnit nurlardir. Bu nurlarni γ nurlari kabi ionlanish xususiyatlari oz bo‘lsada, yorib kirish xususiyati nihoyatda katta.

    Neytron nurlanish-yuqori singish qobiliyatiga ega bo‘lgan zaryadlanmagan zarrachalar (neytronlar) oqimi. Ularning tarqalish tezligi 20 000 km/sek etishi mumkin. Tashqi va ichki nurlanishda xavfli xisoblanadi.

    SI sistemasi bo‘yicha radiofaollikni o‘lchash birligi – bekkerel (Bk), 1 Bk – bu bir soniyada sodir bo‘ladigan bitta parchalanishga teng. 1 Bk = 2,7*10-11 Ki yoki 1 Ki = 3,7*1010 Bk ga teng. Ionlovchi nurlanishlarni chegaralashda uning asosiy parametrlari ekspozitsiya, yutilgan va ekvivalent miqdorlardan foydalaniladi.

    Radioaktiv nurlanishlarning ma’lum muhitdagi ta’sirini aniq belgilash maqsadida «nurlanishlarning yutilgan dozasi» - Dyu tushunchasi kiritiladi.



    bunda W-nurlantirilgan modda tomonidan ion nurlarining energiyasi, J;

    m-nurlantirilgan moddaning og‘irligi, kg.

    YUtilgan doza birligi sifatida rad (SI birligida grey-Gr) qabul qilingan. 1 rad 1 kg og‘irlikdagi moddaning 0,01 J energiya yutishiga to‘g‘ri keladi. 1 rad = 0,01 Gr (1 Gr = 100 rad).

    Rentgen va gamma nurlanishlarining miqdoriy tavsifi ekspozitsion doza hisoblanadi.

    DE=Q/m,


    bunda, Q — bir xil elektr zaryadlariga ega bo‘lgan ionlarning yig‘indisi, Kl; m — havoning og‘irligi, kg.

    Rentgen va gamma nurlanishlarining ekspozitsion dozasi birligi sifatida kulon/kilogramm (Kl/kg) qabul qilingan.

    Rentgen va gamma nurlanishlarining ekspozitsion dozasi kulon-kilogramm shunday birlikki, u nurlanish bilan tutashgan 1 kg quruq atmosfera havosida 1 Kl miqdordagi elektr zaryadlarining musbat va manfiy belgilari bo‘lgan ionlarni vujudga keltiradi. Rentgen va gamma nurlanishlarining tizimdan tashqaridagi birligi rentgen hisoblanadi.

    Har xil radioaktiv nurlarning tirik organizmga ta’siri ularning ionlovchi va kirib boruvchi xususiyatiga bog‘liq. Har xil nurlar bir xil dozada yutilganda biologik ta’siri bir-biridan farq qiladi. Shuning uchun radiatsiya xavfini aniqlash maqsadida doza ekvivalenti birligi ber kiritilgan (biologicheskiy ekvivalent rentgena). 1 ber-har qanday ion nurlanishlarining biologik hujayralarda rentgen va gamma nurlanishlarining 1 rad ga teng keladigan biologik ta’siridir.

     Dekv=Dyu/K  

    bunda: K-sifat koeffitsienti. Bu koeffitsient ishlatilayotgan nurlanuvchi modda biologik ta’sirining birligi sifatida qabul qilingan rentgen nurlanishlari ta’sirini nisbati hisoblanadi. α-nurlanish K=20, neytron – 10, β va γ-nurlanish =1.

    Xalqaro SI tizimida ekvivalent miqdor birligi Zivert (Zv). 1 Zv 100 ber.

    Ma’lum muxitda radioaktiv moddalar bilan zararlanish darajasini aniqlash uchun nurlanish dozasi quvvati (radiatsiya darajasi-R) ishlatiladi. Radiatsiya darajasi vaqt birligi ichida paydo bo‘ladigan doza miqdoriga teng, ya’ni dozaning to‘planish tezligini xarakterlaydi. Nurlanish dozasi quvvati o‘lchov birliklari rentgen/soat (r/s), rad/soat (r/s), ber/soat (ber/s) va mos ravishda milli- va mikro- , ml/s, mkr/s i t.d. Radiatsiya darajasini (R) vaqtga (T) ko‘paytmasi nurlanish dozasini (D) beradi, ya’ni D = R x T (r, rad, ber, zv).

    Radioaktiv nurlanishlarning biologik ta’siri organizmdagi atom va molekulalarning ionlanishi sifatida tavsiflanadi va bu o‘z navbatida har xil kimyoviy birikmalar tarkiblarining o‘zgarishiga va normal molekulyar birikmalarda o‘zilishlar bo‘lishiga olib keladi. Bu o‘z navbatida tirik hujayralardagi modda almashinivuning buzilishiga va organizmda biokimyoviy jarayonlarning ishdan chiqishiga sabab bo‘ladi. Katta kuchdagi nurlanish ta’siri uzoq vaqt davom etsa, ba’zi bir hujayralarning halokati kuzatiladi va bu ayrim a’zolarning, hattoki butun organizmning halokati bilan tugaydi.

    Inson organizmiga radioaktiv nurlanish ta’sirida ionlashtirish xossasi sababli, to‘qimalarda murakkab fizik, ximik va bioximik jarayonlar sodir bo‘ladi. To‘qimalar tarkibidagi suv nurlanish ta’sirida vodorod N va gidroksil guruxga ON bo‘linadi, ular yuqori kimyoviy faolikka ega bo‘lgan: gidrat oksidi NO2 va vodorod peroksid N2O2 xosil qiladi. Bu birikmalar to‘qimalar molekulalari bilan ta’sirlashib, oksidlab parchalashi mumkin. Natijada organizmda normal biokimyoviy jarayonlar va moddalar almashinuvi buziladi. Ionlashgan nurlar inson organizmiga zararli ta’sir ko‘rsatib, og‘ir kasalliklarning kelib chiqishiga sababchi bo‘lishi mumkin. Uning ta’sirida inson og‘ir kasallik hisoblanadigan nur, oq qon kasalligi va har xil xavfli shishlar, teri kasalliklariga duchor bo‘lishi mumkin. Shuningdek ionlashgan nurlar ta’sirida genetik ta’sirlanish, ya’ni keyingi avlodlarga ham ta’sir ko‘rsatuvchi nasliy kasalliklar kelib chiqishi mumkin.

    Radioktiv moddalar bilan ishlaganda ishni to‘g‘ri tashkil qilish va muhofaza chora-tadbirlar qo‘llash xavfsizlikni ta’minlaydi.

    Insonning shikastlanish darajasi yutilgan doza, nurlanish turi, ta’sir vaqti, individual ta’sirlilik ahamiyat bilan aniqlanadi.

    Nurlanish normalari. Ishchilarni va boshqa ishlar bilan radioaktiv zonalarda shug‘ullanayotgan va yashayotgan shaxslarning xavfsizligini ta’minlashning asosiy vositalari, xavfsiz oraliq masofalari bilan ta’minlash, nurlanish vaqtini kamaytirish, umumiy muxofaza vositalari va shaxsiy muxofaza vostilaridan foydalanishdir.

    Asosiy normallovchi xujjatlar “Radioaktiv xavfsizlik normalari”, “Radioaktiv va boshqa ionlashgan nurlanish manbalari bilan ishlovchilar uchun asosiy sanitariya koidalari”. Ishchilarni muxofaza qilish uchun yo‘l qo‘ylgan dozasi (YQD) va ishlovchilar uchun bir yillik nurlanish darajasi 50 yil davomida organizmda yig‘ilgan taqdirda uning sog‘ligiga va avlodlari sog‘ligiga zarar etmaydigan miqdorlari belgilaniladi. Normalovchi xujjatlar bo‘yicha YQDlari ichki va tashqi nurlanishlar bo‘yicha belgilanganda, nurlanuvchilar toifasi va xavfli a’zolar xisobga olinadi.

    A toifasi: ionli nurlanish manbai bilan bevosita ishlaydigan shaxslar uchun.

    B toifasi: nurlanish bilan ish olib boradigan sanoat korxonalari joylashgan joyda yoki unga yaqin zonalarda yashovchi shaxslar.

    V toifasi: mamlakatning hamma axolisi yashash punktlari.


    Nurlanish ta’siridagi kishilar toifasi

    Yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan doza (yiliga ber xisobida, xavfli a’zolar guruxlari uchun)

    I

    II

    III

    A

    5

    15

    30

    V

    0,5

    1,5

    3

    Ichki va tashki nurlanishlar uchun yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan doza inson organizmining eng muhim qismlarini 3 guruxga bo‘lish bilan belgilaniladi:

    I – butun tana, qizil iliq.

    II–muskullar, qalqonsimon bez, yog‘ to‘planuvchi xujayralar, jigar buyrak, taloq, ovqat xazim qilish a’zolari, o‘pka, ko‘z qorachig‘i va boshqalar.

    III–suyak to‘qimalari, qo‘l terisi, elka,boldir va tovonlar.

    Xavfli organlar va xujayralar guruxi

    Yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan doza, ber

    1 kvartalda

    1 yilda

    I

    3

    5

    II

    8

    15

    III

    15

    30

    Ishchilarning ichki nurlanishlarini kamaytirish uchun radioaktiv moddalarni ochiq xolatda ishlatishga yo‘l qo‘ymaslik, odam ichki a’zolariga, xonadagi xavo muxitiga tushib qolmasligini ta’minlash, radioaktiv moddalar bilan qo‘l, kiyim va xonadagi jixozlar yuzasini zararlanishidan saqlash kerak.

    Nurlanishlar bilan ish olib borayotganda inson organizmiga ta’sir ko‘rsatayotgan nurlanish dozasini va ish joylaridagi nurlanish miqdorini bilib turish katta ahamiyatga ega. Shuning uchun ham o‘lchov asboblariga katta ahamiyat beriladi.

    Tashqi nurlanishlarda γ-nurlar va rentgen nurlar xavfli xisoblanadi. Ichki nurlanishda α-zarrachalar xavfli xisoblanadi. Bunda nurlanish nur tarqatuvchi modda qancha vaqt nurlansa, shuncha davom etadi. Shuning uchun xam radioaktiv moddalarning katta parchalanish davriga va kuchli nurlanishga ega bo‘lganda ayniqsa xavfli xisoblanadi.

    Korxonalarda ionlashgan nurlar manbalari bilan ishlovchilar xavfsizligini ta’minlash uchun maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan xizmatchilar radiatsion xavfsizlik xizmati nazorat qiladi. Bular kerakli asbob uskuna bilan ta’minlangan xolda o‘z vazifalarini bajaradilar, radiatsion nazoratni olib borishadi.

    A toifasi uchun nurlantirishning imkon qadar etarli belgilangan dozalarida 3 ber dan oshmasligi, chorak davomida bir marotaba ta’sirida va 5 ber butun yil davomidagi ta’sirda.

    B toifasi uchun – yiliga 0,5 ber.

    V toifasi uchun – yiliga 0,05 ber.

    Ionlashgan nurlanishlar dozalari nazorati uchun quyidagi uslublar qo‘llaniladi: ionizatsiyalashgan, kimyoviy, ssinsilyasion, fotografik. Barcha dozimetrik asboblar 2 guruxga bo‘linadi: a) dozani miqdoriy o‘lchamlari va nurlantirish dozalari quvvatlari uchun;

    b) nurlanish manbalarini tez aniqlash uchun indikator asboblar.

    Axolini radiatsiyaviy xavfsizligi tadbirlariga radiatsion va dozimetrik nazorat kiradi.

    1.Atrof muxit ob’ektlari (xudud, xavosi, kiyim, oziq ovqat, texnika, bino, inshootlar va b.) radioaktiv zararlanganligi va darajasini belgilash.

    2.Xududning radioaktiv zararlanganligi zonalarini va ionlashgan nurlanishlar turlarini belgilash.

    3.Zararlangan ob’ektlarning dezaktivatsiya sifatini aniqlash.

    4.Radioaktiv zararlanish zonalarida bo‘lgan insonlarning olishi mumkin bo‘lgan nurlanish dozalarini belgilash.

    Ulardagi boshlang‘ich uchta vazifalar radiatsion nazoratga kiradi. Oxirgisi nurlanish darajasini o‘lchash, ya’ni dozimetrik nazorat xisoblanadi.



    Radiatsion nazoratni: indikator, rentgenometr va radiometr uskunalari bilan olib boriladi. Dozimetrik nazorat individual va guruxlar bo‘yicha uskunalar bilan va xisob kitob usullari bilan olib boriladi.

    Ba’zi bir gazlar radioaktiv nurlar ta’sirida elektr o‘tkazuvchan bo‘lib qolish qobiliyatiga ega. Ionizatsiya usuli shunga asoslangan.

    Ssintilyasiya usuli esa gaz, kristall va eritmalarning (antipirin, antratsen, kalsiy volframat, naftalin, bariy sulfid, fosfor va b) ionlashtirilgan nurlanishlarni yutishi natijasida ko‘rinadigan nurlar tarqatish xossasiga asoslangan.

    Fotografiya usuli ionlovchi nurlanishlar fotoemulsiyaga ta’sir ko‘rsatishiga qarab belgilanadi. Bu usul fotografik plyonkani radioaktitv nurlanish ta’sirida kuyib (buzilib) qolishiga aosolangan. Bu usul fotoplenkali dozimetrlarda qo‘llanidladi. Radioaktiv nurlanish zonasida bo‘lgandan so‘ng, kassetali fotoplenka va maxsus densitometr asbobi yordamida kishining qancha nurlanish olganligi aniqlanadi.

    Dozimetriyaning kimyoviy usuli-bu usul radioaktiv nurlar ta’sirida ba’zi bir moddalarda kimyoviy o‘zgarishlar sodir bo‘lishiga asoslangan.

    Lyuminessent usul-bu usul ba’zi bir moddalarning ionizatsion nurlanish energiyasini o‘zida to‘plashga asoslangan. Ular qiziganda yoki infraqizil yorug‘lik bilan yoritilgan yorug‘lik chaqnashlari bilan namoyon bo‘ladi. YOrug‘lik chaqnashlarining ko‘pligi odamning qancha nurlanish dozasi olganligiga bog‘liq bo‘ladi va foton ko‘paytirgich bilan aniqlanadi. SHisha radiofotolyuminiessent(radiotermolyuminissent) dozimetrlar tuzilishida fosfatli kumush, bariy, kaliy, litiy, magniy va bor elementlari qo‘shib tayyorlangan faollashtirilgan shisha asosiy o‘rinni egallaydi. Ushbu faollashtirilgan shishalarga radioaktiv nurlanishlar ta’sir etganda ularda chaqnashlar markazi paydo bo‘ladi. Agar ushbu shisha UB (IK) nurlar bilan yoritilsa ularda radiofotolyuminiessensiya uzatiladi va bu nurlarni foto ko‘paytirgich bilan o‘lchash mumkin bo‘ladi. O‘lchash diapazoni 50 mR dan 10000R gacha.

    Radioaktiv nurlanishlarga qarshi kurash chora–tadbirlari.

    Qator texnik va tashkiliy tadbirlar yordamida radioaktiv moddalar va ionlashgan nurlanish tasiridan himoyalanish mumkin. Texnik va tashkiliy choralar – germetizatsiyalash, instruktaj o‘tkazish, tashqi nurlanishdan saqlanishda asosan nurlanish vaqtini belgilash, nurlanayotgan modda bilan ishchi orasidagi masofani saqlash va ekranlar yordamida to‘siq vositalaridan foydalanish zarur, xamda umumiy va shaxsiy ximoya vositalaridan foydalanish. Ishchilarni radioaktiv nurlanish zonasida bo‘lish vaqti, uning yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan dozadan nurlanish vaqtidan oshmasligi kerak. Nurlanish intensivligi nurlanayotgan moddalar bilan ishchi orasidagi masofa kvaratiga teskari proporsional ekanligini hisobga olib, ma’lum masofada turib ishlaganda ekranlardan foydalansa bo‘ladi. Muxofaza qilishda ekranlardan foydalaniladi, ular nurlanish zarralarini o‘tkazmaslik xusiyatigan ega bo‘lib, nurlantiruvchi moddaning xusisiyatiga ko‘ra ekranlar tanlaniladi. Nurlanish manbailari oldida ekranlar o‘rnatish nurlantirish dozalarini anchagina kamaytiradi. Ekranlarning xajmi, qalinligi va materiallari nurlanish turidan bog‘liq tarzda tanlanadi. Ishchi joylarida o‘rnatiladigan ekranlar statsionar va ko‘chma bo‘lishi mumkin.

    Alfa nurlanishlardan saqlanishda ekran qarshiliklarini hisoblashning xojati yo‘q. CHunki bu nurlanishlar xarakat doirasida eng kuchli radioaktiv moddalarda xam 55 mm dan oshmaydi. Alfa nurlanishlarni oyna, pleksiglaz, folganing eng yupqa xili xam kiyim matosi, qo‘lqoplar ushlab qolish mumkin. Alfa-zarrachalar qog‘oz varag‘i bilan ushlanib qolinadi, ularning havodagi yugurishi 8-9 sm, tirik organizm to‘qimalarida millimetr ulushda, ya’ni bu zarrachalar teri qatlamidan singib o‘tishga qodir emas, biroq ionlashuv layokati juda yuqori va ularning ochiq jarohat orqali suv, oziq-ovqat, havo bilan organizm ichiga tushishidagi ta’sir xavfi keskin o‘sadi.

    Betta nurlanishlardan muxofaza qilishda betta nurlarini xarakat masofasini hisobga olgan holda ekran moddasi va qalinligi tanalaniladi. Kiyim matosi 50% gacha β-zarrachalarni ushlab qoladi; teri ustiga tushgan zarrachalarning 20-25% 1 mm chuqurlikgacha kirishi mumkin. Beta zarrachalar-kattaroq singib ketuvchi imkoniyatga ega, biroq kam ionlashuvga layoqatli. Organizm to‘qimalarida 1-2 sm havoda 15 m gacha.

    Gamma va rentgen nurlanishlar katta singish kuchiga ega, shuning uchun ekranlar uchun katta atom og‘irliklardagi materiallar qo‘llashadi (qo‘rg‘oshin, volfram.cho‘yan, zanglamaydigan po‘lat), zero, bu materiallarda nurlanish o‘ta jadal yutiladi. Gamma nurlanish yorug‘lik tezligi bilan tarqaladi, o‘ta chuqur singish kuchiga ega, uni faqat qo‘rgoshin yoki beton devor susaytirishi mumkin.

    Radioaktiv moddalar germetizatsiyasi ichki nurlantirishdan himoya bo‘lib xizmat qiladi. Radioaktiv moddalar maxsus zich yopiladigan idishlarga konteynerlarga joylashtiriladi, ularda albatta radioaktiv xavfli degan belgi bo‘lishi shart.

    Individual himoya vositalari – xalatlar, kombinezonlar, bosh kiyimlari, shlemlar, rezina qo‘lqoplar, ko‘zoynaklar, respiratorlar, maxsus havo uzatadigan pnevmo-kostyumlar.

    Individual himoya vositalari alfa-nurlanish ta’sirida samarali va gamma-nurlanish ta’sirida kam samara beradi.

    Muntazam himoya vositalari dezaktivatsiya qilinadi. Radioaktiv moddalar va ionlashgan nurlanish manbalari bilan ishlovchi shaxslar qo‘shimcha imtiyozlardan foydalanadi (qisqartirilgan ish haftasi, qo‘shimcha ta’til).

    Barcha radioaktiv moddalar o‘zining yarim parchalanish davriga egaT ½, ya’ni radioaktiv yadrolar soni 2 martaga kamayadigan vaqt. Parchalanish tezligi o‘zgarmas va unga ixtiyoriy jismoniy yoki kimyoviy ta’sirlarda faqat shu izotopga xos. Jumladan:T ½ yod-132 - 8 kun, kobalt-60 – 5,3 yil, stronsiy-90 – 28 yil, seziy-137 – 30 yil, uran-235 – 710 mln.yil, plutoniy -234 – 24 ming yil.

    Radioaktiv chiqindilarni yig‘ish va ko‘mib tashlashni tashkil etish tartibi qonun xujjatlari bilan belgilab qo‘yiladi.

    Radiofarmatsevtik preparatlarni saqlash va transportlash tartiblari

    Radiofarmatsevtik preparatlar ishlatilmagan vaqtda alohida nurlanishdan devorlari, eshiklari muhofaza qilingan va filtrli ventilyasion moslama bilan jihozlangan maxsus xonalarda saqlanadi. Radiofarmatsevtik preparatlar beton bilan o‘ralgan va qo‘rg‘oshin plitalar bilan qoplangan tokchalarda, quduqda, yoki seyfda saqlanadi. a va b-nurlanishga ega vositalar maxsus plastmassadan tayyorlangan konteyner-penallarda, bunga qo‘shimcha b-nurlanish tarqatadigan dori vositalar saqlanadigan idish qo‘rg‘oshin bilan qoplangan bo‘lishi shart. g-nurlanish tarqatadigan dori vositalar qo‘rg‘oshin yoki cho‘yan penallarda saqlanadi va ushbu idishda tashiladi.

    Radioaktiv va yadroviy materiallarning saqlanishini ta’minlash texnik va tashkiliy choralar majmuini o‘z ichiga oladi. Buning nazorati O‘zR VM huzuridagi Er qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchimlikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexataroli borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

    Radiatsiyaviy holatlar va ularning xavfsizligi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining 2000 yil 31 avgustda “Radiatsiyaviy xavfsizlik to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Ushbu qonunning maqsadi insonlar hayoti, sog‘liq va mol-mulki, shuningdek, atrof-muhitni ionlantiruvchi nurlanish, radioaktiv ifloslanishlarning zararli ta’sirlaridan muhofaza qilishni ta’minlash bilan bog‘liq masalalarni tartibga solishdan iborat.

    RM saqlash, to‘g‘ri ishlata bilish va tashlab yuborish, saqlash tartiblari, qayta ishlash jarayonlarida texnika xavfsizligiga rioya etilmasa og‘ir oqibatlarga - atrof-muhitning radiaktiv zararlanishiga, odamlarning, mavjudotlarning halok bo‘lishi va o‘simliklarning yaroqsiz holga kelishiga olib keladi.

    Halokatlar sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan radiatsion xavfli inshootlarning turlari ko‘p – atom stansiyasi, yadro yoqilg‘isi ishlab chiqaruvchi korxona, yadro reaktori bo‘lgan ilmiy-tekshirish institutlari va h.k. O‘zbekiston Respublikasi xududining ayrim joylari (Navoiy va Toshkent viloyatlari), Fanlar Akademiyasining YAdro fizikasi instituti va radioaktiv xavfli zonalar xisoblanadi.

    Radiatsion muxofazaning eng asosiy vazifasi radiatsion xavf ob’ektlaridagi xalokatlar bilan bog‘liq favqulotda vaziyatlar oldini olishdan iborat.

    1. Favqulodda vaziyatning vujudga kelishini oldindan taxmin qilish va sharoitga baho berish. Buning uchun radiatsiyaviy xavfli inshoot joylashgan hudud to‘g‘risida aniq ma’lumotga, korxona haqida, moddalarning miqdori, turi, saqlash sharoiti, saqlash joyini aholi yashaydigan joydan qanday oraliqda joylashganligi to‘g‘risida aniq ma’lumotga ega bo‘lishlari kerak.

    2. radioaktiv moddalarni maxsus saqlash joylariga chiqarib tashlash, moddalarning ta’sirini oldini olishga, ta’sirini kamaytirishga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqish.

    3. Fuqarolarni kerakli miqdorda shaxsiy muhofaza vositalari bilan ta’minlashni tashkil etish.

    4. radiatsiyaviy nazorat va tekshirish ishlarini o‘z vaqtida amalga oshirish.

    5. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va unga barham berish uchun kerakli kuch va vositalarning doimo shay turishini ta’minlash.

    6. radiatsiyaviy xavf vujudga kelgan favqulodda vaziyatlarda fuqarolarning qanday vazifa bajarishlari lozimligiga tayyorlab borish.

    Radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlashni asosiy prinsiplari

    -normallashtirish prinsipi-ionlashtiruvchi nurlanish barcha manbalaridan fuqarolarning nurlanish olishi individual dozasini yo‘l qo‘yiladigan , ular sog‘lig‘iga xavfsiz bo‘lgan darajadan oshirmaslik;

    -asoslash prinsipi-inson va jamiyat uchun keltiradigan foydasi agar etkazishi extimol tutilayotgan xavfdan ortiq bo‘lmasa, ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanishga oid faoliyatning barcha turlarini taqiqlash;

    -minimallashtirish prinsipi-ionlashtiruvchi nurlanishning har qanday manbaidan foydalanilganda nurlanish olishning individual dozalarini fuqarolar sog‘lig‘iga xavfsiz bo‘lgan chegarada va nurlanish olayotgan shaxslar sonini mumkin qadar oz darajada bo‘lishini saqlab turish.

    Radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash sohasini davlat tomonidan tartibga solish quyidagilardan iborat bo‘ladi:

    -radiatsiyaviy xavfsizlikka doir talablarga rioya etilishini davlat tomonidan nazorat qilish va tekshirish;

    -ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini ishlatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash;

    -qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat mahsulotlarini, ichimlik va texnik suvlarni, qurilish materiallari va ulardan tayorlangan buyumlarni radiatsiyaviy ifloslanish jixatidan sertifikatlash;

    -barcha turdagi qurilish uchun er uchastkalari radiatsiyaviy ifloslanishini aniqlash.

    Ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanish ob’ektlari qonun xujjatlarida belgilab qo‘yilgan tartibda davlat ekologik, radiatsiya-gigiena va texnikaviy ekspertizasidan o‘tkazilishi shart.



    Ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanishda, tibbiy rentgenoradiologik muolajalar o‘tkazilganda fuqarolar olgan, shuningdek tabiiy radiatsiyaviy fon va texnogen ravishda o‘zgargan radiatsiyaviy fon sababli yuzaga kelgan nurlanish olishning individual dozalarini nazorat qilish va hisobga olish O‘zR VM belgilab qo‘ygan tartibda yaratiladigan nurlanish olishning individual dozalarini nazorat qilish va hisobga olish yagona davlat tizimi doirasida amalga oshiriladi.
    10-MA’RUZA
    Mavzu: Farmatsevtik korxonalarda texnika vositalaridagi havf hatarlar va ulardan muhofazalanish

    Reja

    • Xavf-xatar haqida tushunchalar va tahlil usullari.

    • Jaroxatlanish, baxtsiz xodisa va kasb kasalliklari xaqida tushuncha.

    • Sanoat korxonalarida baxtsiz xodisalar va kasb kasalliklarini tekshirish va xisobga olish.

    • Jarohatlanish va kasb kasalliklarini o‘rganish usullari.

    • Mehnat sharoitlarini tashkil qiluvchi omillar.

    • Jarohatlanish va kasb kasalliklarining sabablarini taxlil qilish.

    • Mehnatdan mayibligi natijasida jabrlanuvchiga qoplanadigan zarar miqdori



    Sanoat korxonalarida va hayot faoliyatining boshqa turlarida xavfli vaziyatlar bo‘lib turadi. Xavf-xatar tahlilining asosiy ob’ekti bu «Inson — mashina — atrof- muhit (IMA)» tizimini tashkil qiladi bu esa o‘z navbatida bir vazifani bajarish uchun texnik ob’ekt sifatida birlashgan odamlar va atrof-muhit bir-birlari bilan o‘zaro bog‘langan holda butun bir kompleks shaklida jamlangan.

    Xavf bo‘lmagan sanoat korxonasi bo‘lmaganidek, xavf bo‘lmagan mashina- mexanizmi ham topib bo‘lmaydi. Shuning uchun xavfni xavfsizlikka qarama-qarshi qo‘yish yo‘li bilan uni kamaytirish imkoniyatlari qidiriladi. Xavf manbai ma’lum tavakkallik yo‘li bilan xavfsizligi ta’minlangan bo‘lsa, uni xavfsiz deb hisoblash mumkin. Bunda tavakkallik ma’lum chegara ichida bo‘lishi talab qilinadi. Tavakkallik baxtsiz hodisaga olib kelishi mumkin bo‘lgan holatlar xavfli zona deb yuritiladi.

    Xavfning son ko‘rsatkichilaridan biri bu-tavakkallikni baholash. Tavakkallik deganda, biror bir vazifani bajarganda iqtisodiy foydani ko‘zlab xavfsizlik texnikasi qoidalarining ba’zi bir nuqtalarini inkor qilgan holda bajarish holati tushuniladi. Tavakkallikni har xil holatlar uchun ayrim qabul qilinadi. Tavakkallikning o‘lchov birligi odam sog‘ligiga va shaxsiy mulkiga xavf solgan taqdirda har xil bo‘ladi. Shuning uchun, agar bir vaqtning o‘zida ham sog‘ligiga ham shaxsiy mulkiga xavf tug‘diradigan bo‘ladi. Har qanday odam ma’lum bir sharoitda va deyarli hamma odamlar ham, ma’lum sharoitda tavakkallik holatini boshidan kechiradi.

    Tavakkal nazariyasi. 1950-yil senyabr oyida Germaniyaning Kyoln shahrida bo‘lib o‘tgan birinchi jahon kongresida hayot faoliyat xavfsizligi fan deb qabul qilindi. Olimlar o‘z ma’ruzalarida «tavakkal» tushunchasini qo‘lladilar va bu tushunchani har bir olim o‘zicha talkin kildi. Masalan, V.Marshal «tavakkal, bu xavfning miqdoriy bahosidir» dedi. Miqdoriy baho kungi lsiz hodisalarni aniq bir davr ichida bo‘lib o‘tgan sonining bo‘lishi mumkin bo‘lgan soniga nisbatidir. «Tavakkal»ni aniqlashda nimani «tavakkali» deyish mumkin savoliga javob berish kerak.

    Tavakkalning turlari. Tavakkal ikki xil bo‘ladi: shaxsiy «tavakkal»- ayrim shaxs uchun aniq xavf turi; ijtimoiy yoki ko‘pchilik «tavakkali»- takroriy hodisalar natijasida jarohatlangan insonlar orasidagi bog‘liqlik. Bizda hozircha ijtimoy «tavakkal» bo‘yicha hech qanday ma’lumot yo‘q. Xorijda esa alohida ishlab chiqarish korxonalari, sanoat tarmoqlari, xavf turlari bo‘yicha to‘liq ma’lumotlar mavjud.

    Jamoat «tavakkali» xavfni sub’ektiv (boshqacha) ravishda qabul etadi. Odatda ko‘pchilik kam uchraydigan va ko‘p qurbon bo‘lgan voqealarga keskin ravishda ahamiyat beradi. Masalan, ishlab chiqarishda har yili o‘rta hisobda 200-250 kishi halok bo‘ladi. Ammo bir halokatda 5-10 kishi qurbon bo‘lgani oldingi ma’lumotlardan ko‘ra odamlarga ko‘proq ta’sir qiladi. Kishilarning bu ruhiy holatini qabul qilishi mumkin bo‘lgan «tavakkal» masalasi kurilganda hisobga olish lozim.

    Xavflarni baholashda tavakkal («T») usulini qo‘llash boshqa usullarga qaraganda ko‘proq to‘g‘ri keladi, deb hisoblanadi. Masalan, har xil sabablar natijasida halokatli (o‘lim bilan) tugagan ayrim shaxsiy «tavakkal» (AKSH ning umumiy aholisiga nisbatan) qiymatlari quyidagichadir:

    1. Yo‘l transporti hodisasidan-310-4.

    2. Zaharlanishdan - 210-5.

    3. YOng‘indan kuyish - 410-5.

    4. Elektr tokidan - 610-5.

    5. YAshindan - 510-7.

    6. Ishlab chiqarish vositalarining nosozligidan - 110-5.

    7. Umumiy «T» - 610-4.

    8. Boshqalar - 410-5.

    Tavakkalni boshqarish. Xavfsizlik darajasini ko‘tarish, xavfsizlikning asosiy nazariy va amaliy masalasidir. Buning uchun mablag‘ni 3 yo‘nalishda sarflash kerak:

    -ishlab chiqarish texnik tizimlari va ish ob’ektlarini takomillashtirish;

    -malakali ishchilarni tayyorlashga;

    -favqulodda oqibatlarni yo‘qotishga;

    Sarflarni bular orasida qanday bo‘lishini rejalash uchun chuqur tekshirishlar o‘tkazish lozim, unda ham aniq fikrga kelish qiyin. «Tavakkal» boshqarish texnika doirasida xavfsizlikning oldini olishda yangi imkoniyatlar ochadi. Tavakkalni boshqarishda texnik, ma’muriy, tashkiliy yo‘llarga iqtisodiy usul ham qo‘shiladi.

    Mehnat sharoitlarining qoniqarsiz ahvoli va mehnat xarakteri ishlab chiqarish travmatizmining asosiy sabablaridan biri sanaladi.

    Travma (shikast, jarohat) – tashqi muhitning qanday bo‘lmasin omili tomonidan chaqirilgan inson tanasi to‘qimalar va organlari yaxlitligining buzilishidir. Travma (yunoncha so‘z) jarohat, shikastlanish demakdir.

    Har bir xodim ishi bilan bog‘liq tarzda salomatligiga etkazilgan zararni qoplash xuquqiga ega. Ish beruvchi vaqtida va to‘g‘ri ishlab chiqarishda baxtciz xodicalarni tergovini o‘tqazish va xicobini olish, shuningdek xodimlarga etkazilgan zarar uchun moddiy javobgarlikni zimmaciga olishi shart. Jaroxatlar ikki turli buladi;

    • ishlab chikarish jaroxatlari

    • maishiy jaroxatlar

    Ishlab chikarishdagi jaroxatlar uz navbatida

    - mexanik (urib olish, kesilib ketishi, ezilish va x. k.)

    - kimyoviy (kimyoviy kuyishlar)

    - issiklik (kuyish, muzlash, covqotib qolish, icciqlik zarbaci va x.k.)

    - elektrik (elektr zarbalari)

    - aralash jaroxatlar.

    Korxonalarda kupincha aralash jaroxatlanish turlari uchraydi.Ularning oqibatida incon qicqa muddatga yoki uzoq davrga mehnatga layoqatini yuqotadi.

    Baxtciz xodica deb kacbiy kacalliklar, kacbiy zaxarlanishlar va ayrim xolatlarda umumiy kacalliklar tushuniladi.

    Ishlab chikarishda kasb-kasalliklarining oldini olish va ishlab chikarish jaroxatlarini kamaytirishda, ushbu baxtsiz xodisalarni chukur taxlil kilish asosida ularni keltirib chikaruvchi sabablarni xamda ishlab chikarishdagi xavfli va zararli omillarni puxta urganish muxim rol uynaydi.

    Ish beruvchi faqat ishlab chiqarish baxtciz xodicalari uchun javobgardir.

    Ishlab chiqarish bilan bog‘liq baxtciz xodicalar quyidagilardan iborat:

    -ular tomonidan mehnat vazifalari (shu jumladan xizmat cafarlari xam) ni bajarish, shuningdek ish beruvchi topshirig‘iciz xam korxona manfaatlari doiracida biror bir xalokatlarni amalga oshirayotganda;

    -korxona trancportida ishga yo‘l olayotganda yoki ishdan qaytayotganda;

    -belgilangan tanaffuclardan tortib butun ish vaqti mobaynida korxona xududi yoki boshqa ish joyida;

    -o‘tqazilish joyidan qat’iy nazar shanbalik o‘tqazilayotgan vaqtda;

    -ishlab chiqarishda yuz bergan avariyalarda;

    -ish vaqtida xizmat ob’ektlari o‘rtacidagi xarakat bilan faoliyati bog‘liq xodim bilan jamoat trancportida yoki piyoda, shuningdek ish beruvchining topshirig‘iga ko‘ra, ish joyiga ketayotganida;

    -ish vaqtida xizmat cafarlari yoki ish beruvchining topshirig‘iga ko‘ra, shaxciy engil trancportda;

    -ish vaqtida boshqa shaxc tomonidan tanaga shikact etkazish, yoki mehnat  vazifacini bajarayotganida xodimning qacddan o‘ldirilishi.

    Sanoat korxonalarida xavfsizlik texnikasi, sanoat sanitariyasi va yong‘in xavfsizligi qoidalariga, me’yor va tavsiyanomalariga rioya qilmaslik ishchilarni jaroxatlanishga, zaxarlanishga va kasb kasalliklariga olib kelishi mumkin.

    Kasb kasalliklarining kelib chiqishiga organizmning o‘ta toliqishi va kasallikka qarshi kurasha olish faoliyatining pasayishi ham sabab bo‘la oladi. O‘zbekistonda kasb kasalliklari ro‘yxati va tegishli tavsiyanomalar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Ishlab chiqarishning zararli sharoitlarida uzoq ishlash oqibatida insonning normal faoliyati buzilishi yoki jismoniy shikastlanishlar kasbiy kasalliklar deb ataladi:Kasb kasalliklarining kechishi unga sabab bo‘lgan zararli omillarning o‘ziga xosligi, kuchi, davomiyligi va ularning birgalikdagi ta’siriga bog‘liq.

    Ishlab chiqarish texnologiyasining takomillashtirilishi ishlab chiqarish jarayonlarini kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishning keng joriy etilishi, mexnat va dam olishning me’yorida tashkil etilishi kasbiy kasalliklarning kamayishiga olib keladi.

    Sanoat korxonalarida baxtsiz hodisalarni o‘rganish baxtsiz hodisalarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladigan omillarni aniqlash, ularni yo‘qotish chora-tadbirlarini ko‘rish imkonini beradi. Bu ishlar asosan samarali xavfsiz ish usullarini qo‘llash, baxtsiz hodisa va kasb kasalliklarining kelib chiqishidan xoli bo‘ladigan ish sharoitini tashkil qilish hisobiga amalga oshiriladi.

    SHikastlanish og‘irligiga qarab, ishlab chiqarish travmatizmi 3 guruhga bo‘linadi:

    1. 1 yoki ortiq kungacha vaqtincha ishga layohati yo‘qolgan engil

    2. uzoq vaqtgacha ishga layoqati yo‘qolgan va mayiblik yoki nogironlik bilan davom etadigan og‘ir

    3. O‘limga olib keluvchi, shuningdek 3 yoki undan ortiq ishchilar bilan bir vaqtning o‘zida ro‘y beruvchi avariya hodisasi.

    Jarohatlanish uch turga bo‘linadi.

    Birinchisi, ishlab chikarishda, ish joyida jarohatlanish,

    ikkinchisi, ish bilan bog‘liq lekin ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan jaroxatlanish va

    uchinchisi, ishlab chiqarish va ish bilan bog‘liq bo‘lmagan jaroxatlanish.

    Ishlab chiqarishda, ish joylarida olingan jaroxatlanishga, ishchi ma’muriyat tomonidan buyurilgan ishni bajarish chog‘ida ish joyida, sexda, zavod xududida yuk ortish va yuk tushirish yoki ba’zi yuklarni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish vaqtida olgan jarohatlanishlar kiradi.

    Ikkinchi tur jarohatlanishlar ishga borib-kelish vaq­tida transport vositalarida, komandirovka vaqtida yoki korxona ma’muriyatining topshirig‘iga muvofiq ishlab chiqarish xududidan tashqaridagi ba’zi bir ishlarni bajarganda olingan jarohatlanishlardan iborat.

    Uchinchi tur jarohatlanishga mast bo‘lish natijasida olingan jarohatlar, davlat mulkini o‘g‘irlash va boshqa shunga o‘xshash holatlardagi jarohatlanishlar kiradi.

    Baxtsiz hodisalarni oldini olish bo‘yicha umumiy qoidalar

    O‘zbekiston Respublikasi hududida mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar, muassasalar, tashkilotlarda, shuningdek, mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlayotgan ayrim fuqarolarda mehnat faoliyati bilan bog‘liq holda yuz bergan hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olishning yagona tartibini belgilaydi.

    Mazkur tartib:

    • ishlab chiqarishda ishlayotgan davrida sud hukmi bo‘yicha jazoni o‘tayotgan fuqarolarga;

    • ish beruvchilarga;

    • pudrat va topshiriqlarga ko‘ra fuqarolik-huquqiy shartnomalarlar bo‘yicha ishlarni bajarayotgan shaxslarga;

    • tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda qatnashayotgan fuqarolarga;

    • agar maxsus davlatlararo bitimda o‘zgacha hol ko‘rsatilmagan bo‘lsa yollanib ishlayotgan chet el fuqarolarga;

    • qurilish, qishloq xujaligi va harbiy xizmatni o‘tash bilan bog‘liq bo‘lmagan o‘zga ishlarni bajarish uchun korxonaga yuborilgan harbiy xizmatchilarga, shu jumladan, muqobil xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga;

    • korxonada ishlab chiqarish amaliyotini o‘tayotgan talabalar va o‘quvchilarga ham tadbiq etiladi.

    Korxona hududida va uning tashqarisida mehnat vazifasini bajarayotganda (shuningdek, xizmat safarlarida) yuz bergan jarohatlanish, zaharlanish, kuyish, cho‘kish, elektr toki va yashin urishi, o‘ta issiq yoki o‘ta sovuq harorat ta’siri, portlash, falokat, imoratlar, inshoatlar va konstruksiyalar buzilishi natijasida hamda sudralib yuruvchilar, hayvonlar va hashoratlar tomonidan shikastlanishlar, shuningdek, tabiiy ofatlar (er qimirlashlar, o‘pirilishlar, suv toshqini, to‘fon va boshqalar) natijasida salomatlikning boshqa xil zararlanishlari:

    • ish beruvchi topshiriq bermagan bo‘lsa ham, lekin korxona manfaatlarini ko‘zlab qandaydir ishni amalga oshirilayotgandagi;

    • avtomobil, temir yo‘l, havo yo‘llari, dengiz va daryo transportida, elektr transportida yo‘l harakati hodisasi natijasidagi;

    • korxona transportida yoki shartnoma (buyurtma) ga muvofiq o‘zga tashkilot transportida ishga ketayotgan yoki ishdan qaytayotgandagi;

    • ish vaqtida shaxsiy transportda, uni xizmatga oid safarda ishlatish huquqi berilganlik haqida ish beruvchi farmoyishi bor bo‘lgandagi;

    • mehnat faoliyati xizmat ko‘rsatish ob’ektlari orasida yurish bilan bog‘liq ish vaqtida jamoat transportida yoki piyoda ketayotgandagi;

    • shanbalik (yakshanbalik) o‘tkazilayotganida, qaerda o‘tkazilishidan qat’iy nazar, korxonalarga otaliq yordami ko‘rsatilayotgandagi;

    • ish vaqtida mehnat vazifasini bajarayotganda boshqa shaxs tomonidan tan jarohati etkazilgandagi.

    Sanoat korxonalarida baxtsiz xodisalar va kasb kasalliklarini tekshirish va xisobga olish

    2 yoki undan ortiq ishchilar jabr ko‘radigan baxtsiz hodisalar, shuningdek, o‘limga olib keluvchi yoki nogiron etuvchi baxtsiz hodisalarni alohida ta’kidlash zarur. Bunday hodisalar to‘g‘risida ish beruvchi sutka davomida quyidagi tashkilotlarga ma’lum qilishi shart:

    • O‘zbekiston Respublikasi sub’ekti bo‘yicha Davlat mehnat inspeksiyasi;

    • Ijrochi hokimiyatning tegishli organlariga;

    • Baxtsiz hodisa ro‘y bergan joy bo‘yicha prokuraturaga;

    • O‘zbekiston Respublikasi sub’ektining ijrochi hokimiyat organlariga;

    • Davlat nazorat organlariga (agar baxtsiz hodisa shu organ nazoratidagi tashkilotda yuz bergan bo‘lsa);

    • Tegishli kasaba uyushmalari organlariga.

    Tergov tarkibida quyidagilar mavjud komissiya tomonidan olib boriladi:

    • Mehnat muhofazasi bo‘yicha Davlat nazoratchisi;

    • O‘zbekiston Respublikasi sub’ektining ijroiya hokimiyat organlari vakili;

    • Kasaba uyushmalari organi vakili.

    Jarohatlanish va kasb kasalliklarini o‘rganish usullari

    1. Statistika usuli. Bu usul sanoat korxonalarida statistik hisobga olingan baxtsiz hodisalar materiallarini chuqur o‘rganishga asoslangan. Statistik usul baxtsiz hodisalarni kamaytirish borasida chora-tadbirlar ko‘rish uchun amaliy ma’lumot beradi va sanoatda jarohatlanishni ta’riflovchi chastota koeffitsienti, jarohatning og‘irlik koeffitsienti o‘rtacha ko‘rsatkichini olish imkoniyatini beradi. CHastotali koeffitsient (Kch) 1000 ishchi hisobiga ma’lum vaqt davomida sanoat korxonalarida to‘g‘ri keladigan baxtsiz hodisalarning o‘rtacha miqdorini ko‘rsatadi. Uni quyidagi tenglama orqali aniqlash mumkin:


    bunda R - ma’lum vaqt ichida jarohatlanganlar b/ hodisalar soni; T - shu vaqt ichida korxonada ishlagan ishchilar soni.

    Baxtsiz xodisaning og‘irlik koeffitsientini, ya’ni har bir jarohatlanishning o‘rtacha yo‘qotilgan ish kunlari hisobini ko‘rsatuvchi K ni qo‘yidagi formula bilan aniqlash mumkin.



    bunda P-hamma baxtsiz xodisaga uchraganlar tomonidan yo‘qotilgan ish kunlari soni; R-shu davrda baxtsiz xodisaga uchraganlar soni.

    Bu ko‘rsatkich haqiqiy og‘ir jarohatlanish belgilarini ko‘rsata olmaydi, chunki uning tarkibiga nogironlik va o‘lim bilan tugagan baxtsiz hodisalar kiritilmagan. Yo‘qotilgan mehnat qobiliyatining ishchi kun miqdorini 1000 kishiga keltirib, quyidagi formula bilan aniqlash mumkin:

    bu ko‘rsatkich orqali jarohatlanish dinamikasi va baxtsiz hodisaning og‘irlik asoratini aniqlash mumkin.

    Statistika usulini ikkiga bo‘lib karash qabul qilingan: guruh va topografik usullardir.

    Guruh usuli. Statistik usulning tarkibiy qismi hisoblanadi va baxtsiz xodisalarning bir xil sharoitlarda va ayrim belgilari bilan (masalan vaqti va sodir bo‘lgan joyi, baxtsiz xodisaning xususiyatini va x..k.) guruh xolida takrorlanishini aniqlash imkoniyatini beradi.

    Topografik usul. Bu usul ham guruh usulining ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, qo‘yidagi xollarda qo‘llaniladi: guruh usulida keltirilgan baxtsiz xodisalar xaqidagi ma’lumotlarni har xil shartli belgilar bilan belgilab (masalan, H-I), ish uchastkalarining rejasida baxtsiz xodisa yuz bergan joylarga qo‘yib chiqiladi. Bu usulda ma’lum ish uchastkalarida baxtsiz xodisalarning takrorlanishi xaqida ko‘rgazmali ma’lumot olinadi.

    Xar qanday statistik tekshirish kabi, bu usul bilan baxtsiz xodisalarni taxlil qilishda xam olingan material, asosan baxtsiz xodisa xaqida tuzilgan H-I formadagi akt xar tomonlama o‘rganiladi. Aktda baxtsiz xodisa yuz bergan joy, jarohatlanish tavsifi, og‘irlik darajasi, voqea sutkaning qaysi vaqtida yuz berganligi xaqidagi ma’lumotlar aks etadi. Statistik usul asosida shikastlanish ishchi va xizmatchilar orasida qanday taqsimlanganligi baholanadi. Baholashda ishchining yoshi, staji, kasbi, jinsi, mutaxassisligi, ish vaqti, ish turi va boshqa omillar e’tiborga olinadi. Statistik usulda aniqlanishicha asosiy baxtsiz hodisalar kechki smenada, kam stajli ishchilar orasida, yoshi katta bo‘lgan ishchilar orasida (50%) sodir bo‘ladi.



    2. Monografik usul. Bu usul baxtsiz hodisa yuz bergan ayrim sex, uchastka, ishlab chiqarish xonasi yoki korxona bo‘limlarini har tomonlama chuqur o‘rganishga asoslangan. Asosiy diqqat-e’tibor texnologik jarayonlarning cheklanishiga, ayrim ish usullari, ishlab chiqarishning xavfli lahzalariga va sanitariya-gigienik mehnat sharoitiga qaratiladi. Bu usulda korxonada ro‘y bergan baxtsiz hodisalar, avariyalar, kasb kasalliklarining kelib chiqish sabablari aniqlanadi. Xuddi shunday taxlillar turdosh korxonalar buyicha xam o‘tkaziladi.

    Monografik usul ishlab chiqarish sharoitida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan potensial baxtsiz xodisalarni aniqlash imkoniyatini beradi. Bu ma’lumotlar qurilayotgan yoki loyihalanayotgan o‘xshash korxonalarda aynan xuddi shunday baxtsiz hodisalar kelib chiqmasligi uchun ogoxlantirish va texnologik jarayonlarni o‘zgartirish, mukammalashtirish chora-tadbirlarini ko‘rishda katta ahamiyatga ega.



    3. Ergonomik usul. Bu usulda mexnat turlarining o‘ziga xos tomonlari ergonomik omillarning mexnat xavfsizligiga ta’sir darajasi baholanadi.

    4. Iqtisodiy usul. Bu usulda ishlab chiqarishdagi jarohatlanishdan keltirilgan iqtisodiy zarar, shuningdek, mehnat xavfsizligiga sarflangan mablag‘ning to‘g‘ri taqsimlanishi baxtsiz voqeani oldini olishga ketgan xarajatlarni samaradorligi aniqlaniladi. Bu usul qo‘shimcha usul bo‘lib hisoblaniladi chunki u baxtsiz xodisalarni aniqlashga imkon bermaydi.

    Mehnat sharoitlarini tashkil qiluvchi omillar

    Mehnat sharoitlari–ish jarayonida inson salomatligi va ishga layoqatliligiga ta’sir ko‘rsatuvchi ishlab chiqarish muhiti omillari yig‘indisidir. Mehnat sharoitlari shikastlanishlar va kasb kasalliklari yuzaga kelishi uchun har qanday shart-sharoitni istisno etish kerak. Mehnat sharoitlarini tashkil qiluvchi omillar odatda 4 ta asosiy guruhga bo‘linadi.

    Birinchi gurux omillar-atrof muxitning sanitariya-gigiena xolati. Ishlab chiqarish muhiti, ish hududini xarakterlaydigan ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi. Bularga xavo xarorati, atrof-muxitning tozaligi (toza, changlangan, boshqa zararli moddalar bilan ifloslangan va b.) yorug‘lik va shovqin darajasi va boshqalar kiradi.

    Sanitar-gigienik omillar:

    a) yoritilganlik (tabiiy, sun’iy);

    b) mikroiqlim;

    v) havo xarorati, S;

    g) nisbiy namlik, %;

    d) havo harakati tezligi, m/s;

    e) havo muhitida zaharli moddalar (bug‘lar, gazlar, aerozollar) mg/m3;

    j) mexanik tebranishlar:


    • tebranish (titrash) (Gs-chastota, mm, amplituda, tebranish tezligi-m/s);

    • shovqin (oktava chiziqlari, Gs-chastotasi, tovush bosimi darajasi-Db);

    • ultratovush (shovqin kabi);

    • infraqizil, ultrabinafsha, ionlashish nurlanish (km, m, dm, sm, mm);

    • radiochastotalar to‘lqinlari (Gs, kGs, Mgs);

    • atmosfera bosimi (dengiz darajasidan ham baland: m, mm, barometrik, simob ustuni);

    • kasbiy infeksiyalar va biologik agentlar.

    Ikkinchi gurux omillarga - mexnat vositalari: ishlab chiqarishda foydalaniladigan mashina mexanizmlar, asbob-uskunalar, moslamalar va texnologik jarayonlarga bog‘liq bo‘lib, miqdoriy baholanishi mumkin va me’yorlanadi.

    Uchinchi gurux omillarga tashkiliy tadbirlar, ya’ni ish va dam olish rejimini to‘g‘ri tashkil etish, mexnat taqsimoti, mexnat intizomi kabilar kiradi.

    Ushbu guruh–mehnat jarayoni bilan shartlanadigan psixo-fiziologik, faqat bir qismi miqdoriy baholanadi.

    Psixofiziologik (mehnat) omillari:

    a) jismoniy vazifa (kkal);

    b) ish holati;

    v) asab–psixologik–aqliy, asab–hissiyot, ko‘rishning zo‘rayishi, asab-ruhiy vazifa;

    g) mehnat jarayonining bir xilligi;

    d) mehnat va hordiq tartibi (rejimi):


    • smena ichi (tushlikka tanaffus);

    • sutkalik (ish smenalarining davomiyligi);

    • yillik (ta’tilning davomiyligi);

    • SHikast–xavf (portlash xavfi, yong‘in-xavfi, seysmik xavf, mashinalarning harakat qismlari shikastlanish xavfi)

    To‘rtinchi gurux - odamlarning o‘zaro munosabatlari, ishchining ish joyi va mexnat natijalariga bo‘lgan munosabatlari bilan bog‘liq ijtimoiy omillarni o‘z ichiga oladi. Guruh–estetik omillar, ishlayotganlar tomonidan atrof-muhit ahvoli va uning elementlari qabul qilinishi bilan xarakterlanadi, miqdoriy baholanmaydi.

    Estetik omillar:

    a) ish hududida yorug‘lik tovush muhiti kompozitsiyasining uyg‘unligi, havo muhiti hidlarining hushbuyligi, hamohanglik kompozitsiyasi, ish holatlari va mehnat harakatlarining uyg‘unligi;

    b) jamoaning ijtimoiy – ruhiy birdamligi;

    v) jamoada guruhlararo munosabatlar xarakteri (janjalli holat, darajasi);

    Zararli ish sharoitlariga tananing ayrim a’zolarining yoki gurux mushaklarning uzok vakt majburan zurikishi, sex xavosiga zararli moddalarning ta’siri, yokimziz meteorologik sharoitlar, me’ordan yukori shovkin, titrash, yoritilganlik, atmosfera bosimidagi katta tafovutlar.

    Jarohatlanish va kasb kasalliklarining sabablarini taxlil qilish

    Baxtsiz xodisalarni qayd qilish va hisobga olish bilan baxtsiz xodisalarning sabablarini aniqlab bulmaydi, bu faqat baxtsiz xodisa sabablarini aniqlash uchun material bo‘la oladi. Ishchining ish sharoitida ishlash faoliyatini o‘rganish uning ishlash qobiliyati bilan ish vaqti o‘rtasida bog‘lanish borligini aniqlash imkoniyatini beradi.

    Ishlab chiqarish travmatizm (shikastlanish) va qasbiy kassalliklar sabablari quyidagi sinflarga bo‘linadi:

    1.texnik


    2.tashkiliy

    3.sanitar- gigienik

    4. psixofiziologik

    Texnik - qo‘l asbobi, mashinalar, apparatlar, elektr uskunalarning buzuqligi, ishlab chiqarish texnologik jarayonining takomillashmagani, to‘siq, himoya qurilma – moslamalari va qurilma saqlovchilarining nosozligi, bosim bilan ishlayotgan bug‘li qozonlar, idishlarning portlashi, materiallar yonishi oqibatida portlashlar, mashina va mexanizmlarning ayrim qismlarining sinib yoki uzilib ketishi, texnologik jarayonlarning nomukammalligi.

    Tashkiliy sabablarga quyidagi sabablarni kiritish mumkin. Sanoat korxonasini loyhalash vaqtida yo‘l qo‘yilgan xatolar, ishning noto‘g‘ri tashkil qilinishi, noto‘g‘ri ish tartibi, haddan ziyod davomiyligi yoki jadallik, mexnat qilish va dam olish rejimining notugri tashkil etilganligi, inson tanasining uzoq vaqt noqulay holatda bo‘lishi, malakaga mos emasligi, ishchilarni xavfsizlik texnikasi koidalari buyicha ukitilmaganligi, yo‘riqnomaning noto‘g‘ri o‘tkazilganligi, xavfsiz mexnat qilish texnik nazoratining yo‘qligi, texnologik jarayonlarning buzilishi, sanoat korxonasi hududida yo‘lka va o‘tish joylarini noto‘g‘ri joylashtirish, ish joylarini noto‘g‘ri tashkil qilish, nobob ish qurollaridan foydalanish, shaxsiy muhofaza aslahalarining ish sharoitiga to‘g‘ri kelmasligi, to‘siqlarning yo‘qligi, xavf haqidagi ogohlantiruvchi plakatlarning bo‘lmasligi, ishchi joylarida ogoxlantiruvchi belgilarni bulmasligi, jamoa bulib ishlayotgan joylarda ishni tashkillashtirishdagi kamchiliklar, mutaxassislik buyicha ishga kabul kilmaslik, maxsus kiyim boshlar va shaxsiy ximoya vositalari bilan ta’minlamaganlik, asbob va uskunalardan notugri foydalanishlar misol bula oladi..

    Sanitar – gigienik – mexnat gigienasi, sanitar normalar va koidalarga amal kilmaslik, xonalar ishlab chiqarish maydoni va kubaturaning etishmasligi, iqlim sharoitlariga ularning nomutanosibligi, ishlab chiqarish muhiti (havoning harorati, nisbiy namligi, harakat tezligi va bosimi, issiqlik ajralib chiqishi), havo muhitining changlanganligi, ish joylari, maydonlar va o‘tish joylarning oqilona yoritilmaganligi, shovqin va titrashning mavjudligi, elektr magnit nurlanishi mavjudligi, maxsus kiyim – bosh, maxsus oziq- ovqatning yo‘qligi, maishiy va profilaktik xonalarning qoniqarsiz ahvoli, sanoat korxonalardagi ishlab chiqarish xonalari va sanitar maishiy xonalarning etarli emasligi hamda sanitar- gigienik talablarga javob bermasligi, shaxsiy gigiena talablariga rioya qilmaslik.

    Psixo-fiziologik sabablar. Ishchi psixologik rejimining buzilishi natijasida vujudga keladigan sabablar: oilaviy notinchlik, ish jamoalarida kelishmovchilik, bajarilayotgan ishga e’tiborsiz karalishi, ishchining uz faoliyatiga bulgan nazoratning bushligi, jismoniy yoki asabiy tolikish va boshka shu kabilar kiradi.

    Bu sabablar aniqlangandan keyin ish sharoitida ularning kelib chiqmasligini ta’minlovchi chora-tadbirlar kompleksi ishlab chiqilishi kerak. Bu chora-tadbirlarni amalga oshirish, ishlab chiqarish sharoitida baxtsiz hodisalarning butunlay yuqolishiga yoki asosan kamayishiga olib kelishi kerak.Ishlab chiqarish muhitida ishlab chiqarish shikastlari sabablarining tahlili. Mehnat muhofazasi bo‘yicha qonunchilikning barcha talablariga ma’muriyatning rioya etishida, ishlab chiqarishga yuksak madaniyatni joriy etilishi va mehnatning xavfsiz usullarini qo‘llash ustidan kundalik nazorat etilgan taqdirda – shikastlanish hodisalari vujudga kelmaydi.



    Ishlab chiqarish travmatizm va kasbiy kasalliklari profilaktikasi.

    Mexanizatsiya, avtomatizatsiya.

    Umumiy va kasb kasalliklari, zaharlanishning oldini olish uchun salomatlik va mehnat sharoitlari xavfsizligini ta’minlovchi texnika va qurilma katta ahamiyat kasb etadi.



    • Eritish, isitish, ventilyasiya, sanitariya me’yorlariga tegishli ishlab chiqarish holati.

    • Sanitar- maishiy qurilmalar

    • Uskunalarning germatizatsiyasi, izolyasiya tovushi, shovqin va tebranishni o‘chiruvchilar

    • Uskunalar va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish

    • Saqlovchi, blokirovkalovchi va signalizatsiya qurilmalari

    • Elektr magnit nurlanishning himoya ekranlari

    • Ichimlik suvini tozalovchi, zararsizlantiruvchi qurilmalar

    • Ishlab chiqarish, oqova suvlarni filtrash, zaharli va zararli moddalardan tozalash uchun qurilmalar

    • Ishlab chiqarish zaruriyatlarini uchun individual himoya vositalari va moslamalari.

    Mehnatdan mayibligi natijasida jabrlanuvchiga qoplanadigan zarar miqdori

    Fuqaro hayoti yoki salomatligiga etkazilgan zarar qoplovi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi tomonidan tartibga solinadi.

    Jabrlanuvchiga qoplanadigan zarar:

    1. Ish haqi miqdorida yoki uning tegishli qismi-mehnatga layoqat yo‘qotilish darajasiga qarab pul miqdori to‘lovlari;

    2. Qo‘shimcha xarajatlar kompensatsiyasi;

    3. Bir yo‘la to‘lanadigan to‘lov puli;

    4. Moddiy zarar qoplovidan iborat.
    11-ma’ruza

    Mavzu: Farmatsevtik korxonalarda elektr havfsizligi

    Reja:


    • Elektr xavfsizlik. Tokning inson uchun xavfi.

    • Yo‘l qo‘yiladigan tok va kuchlanishlar.

    • Inson tanasining elektr qarshiligi.

    • Elektrxavfsizlik shartlari tahlili.

    • Sanoat korxonalarining elektr xavfi buyicha sinflarga bulish

    Elektr tokini fizika qonunlari bilan izoxlaydigan bo‘lsak, u elektr zaryadlarining tartibli xarakati bo‘lib, elektr toki paydo bo‘lishi va doimo paydo bo‘lib turishi uchun moddada erkin elektr zaryadlari, ularni tartibli xarakatga keltiruvchi elektr maydon va zanjir berk bo‘lishi kerak.

    Sanoatda elektr energiyasidan keng kulamda foydalanish sababli elektr toki tasirida ruy berish mumkin bulgan baxtsiz xodisalar va ulardan saklanish masalalari muxim masalalar katoriga kirib bormokda. Elektr toki ta’sirining eng xavfli tomoni shundaki bu xavfni oldinrok sezish imkoniyati yuk.

    Elektr tokining inson organizmiga ta’siri natijasida shikastlanish hosil qiladi. Uning oqibati tokning miqdori va uning harakat davomiyligi, kuchlanish kattaligi, inson tanasining elektr qarshiligi va organizmning individual xossalari orqali o‘tish yo‘li va chastotasiga bog‘liq.

    Elektr tokining inson organizmiga ta’siri turli fiziologik reaksiyalar ko‘rinishida issiqlik (kuyish, kon tomirlari nerv va xujayralarning kizishi sifatida), mexanik (to‘qimalarning yorilishi), elektrolitik (kon tarkibidagi yoki xujayralar tarkibidagi tuzlarning parchalanishi natijasida konning fizik va kimyoviy xususiyatlarini uzgarishi), biologik (inson organizmidagi tirik xujayralar muskullarning keskin kiskarishi natijasida tulkinlanadi, nafas paralichi, yurak falajini keltirib chiqib, bu asosan organizmdagi bioelektrik jarayonlarning buzilishi natijasida ruy beradi) bo‘lishi mumkin.

    Elektr xavfsizligi – kishilarni elektr toki, elektr yoyi, elektrmagnit maydonining zararli va xavfli ta’siridan muhofaza qilishni ta’minlaydigan tashkiliy va texnik chora-tadbirlar sistemasi.

    Elektrdan shikastlanish ichki (elektr toki urganda yurak, nafas olish yo‘llari, lat eyish boshqalar) va tashki (kuyish, teri elektrometalizatsiyasi, elektr chandiqlar) shikastlanishlarga bo‘linadi.

    Elektr tokining inson organizmiga ta’sirining xilma-xilligidan kelib chikib, umuman elektr ta’sirini ikki gruppaga bo‘lib qarash mumkin: maxalliy elektr ta’siri va tok urishi.

    1.Maxalliy elektr ta’siriga elektr ta’siri natijasida kuyib qolish, elektr belgilari xosil bo‘lishi, terining metallashib kolishi xollarini ko‘rsatish mumkin.

    2.Tok urishi to‘rt darajaga bo‘lib qaraladi:

    I. muskullar keskin kiskarishi natijasida odam tok ta’siridan chikib ketadi va odam xushini yo‘qotmaydi.

    II. muskullar keskin kiskarishi natijasida odam xushini yo‘kotadi, ammo yurak va nafas olish faoliyati ishlab turadi.

    III. xushini yo‘kotib, nafas olish tizimi yoki yurak urishi to‘xtab koladi.

    IV klinik o‘lim xolati- bunda insonda xech kanday xayot alomatlari ko‘rinmay koladi.

    Jarohatlanish natijasiga organizmdagi tokning yo‘li ham ta’sir qiladi. Elektr toki qo‘l orqali oyoqqa etganda eng katta xavf tug‘diradi, ya’ni bunda tok organizmning eng ko‘p organlarini (yurakni va o‘pkani) qamrab oladi. Elektrdan jarohatlanish statistikasidan ma’lumki, inson qo‘lining orqa tomonidan, chakkalardan, umurtqadan, tizzalardan, asab tolalarning birikish joylar va boshqa joylardan nisbatan uncha katta bo‘lmagan toklar o‘tganda ham halokatlarga olib keladi.

    Elektr tokidan jarohatlanish natijasida insonning individual xususiyatlariga sezilarli darajada bog‘liq bo‘ladi.

    Masalan, bir xil miqdordagi tok ikki kishidan o‘tganda birinchisida kuchsiz sezgi uyg‘otsa, ikkinchi kishining muskullarini qisqarishiga olib kelishi mumkin. Kishiga ta’sir etuvchi tok qiymati insonning jismoniy va ruhiy holatiga bog‘liq holda o‘zgaradi.



    Insonni mast holatida bo‘lishi, uning organizmini elektrga qarshiligini kamaytiradi va shunga ko‘ra uning jarohatlanishi xavfini ko‘paytiradi. YUrak, o‘pka, asab kasalliklari bilan xastalangan insonlar uchun tok xavfli ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun elektr qurilmalarida ishlashga tibbiy ko‘rikdan o‘tgan va maxsus ma’lumotli kishilarga ruxsat etiladi.

    Inson tanasining elektr qarshiligi.Elektr tokidan jarohatlanishda inson tanasining qarshiligi katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Inson organizmining karshiligi teri karshiligi va ichki organlar karshiliklari yigindisi sifatida olinadi.Teri asosan kuruk va ulik xujayralarning kattik katlamidan tashkil topganligi sababli katta karshilikka ega va umuman inson organizmining karshiligini ifodalaydi. Epiderma dielektrik sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin. Inson tanasining umumiy elektrik qarshiligi terining ustki qatlami va uning ahvoli qarshiligining kattaligiga bog‘liq. Organizmning ichki organlarining karshiligi uncha katta emas.

    Inson terisining qarshiligi quyidagi asosiy omillarga bog‘liq:

    -terining ahvoli (toza, iflos, nam, quruq, butun, shikastlangan);

    -elektr tok turi va qo‘yilgan kuchlanish kattaligi;

    -tok chastotalari;

    -o‘tish davomiyligi;

    -asab tizimining umumiy axvoli.

    Tananing elektr tokiga qarshiligi Ri 100000 om dan 1000 om gacha qiymatlarda o‘zgaradi. Quruq shikastlanmagan teri uchun Ri = 10000-100000 Om. Terining ustki qismi (qatlami) da (tirnalish, kesilish, yoriqlar) Ri keskin pasayadi va ichki organlar qarshiligiga teng bo‘lib qoladi.

    Ri = 600-800 Om. Nam (terlagan) va ifloslangan teri qarshiligi sezilarli darajada pasayadi. Jumladan 30 V kuchlanishga ega elektrodlarni quruq qo‘llar bilan zabt etishda og‘riqli sezgilar kuzatilmaydi, nam teri holatida egilgan barmoqlarni to‘g‘ri tutish mushkul, qo‘l kaftida kuchli og‘riqlar seziladi.

    Kislotalar, ishqorlar, suv ta’siri va terlashda inson teri qarshiligi Ri = 1000 Omgacha pasayishi mumkin, teri kesilganda esa hatto 600 Omgacha. Ri doimiyda bo‘lgani kabi, o‘zgaruvchan toklarda qo‘yilgan kuchlanish kattalashuvi bilan tushadi. Bu terining ustki qatlami uzilishi bilan izohlanadi. Inson tanasining ichki qarshiligi 500 - 600 Om dan oshmaydi.

    Yo‘l qo‘yiladigan tok

    Insonning elektr toki bilan shikastlanishiga ta’sir etuvchi asosiy omillar–inson orqali o‘tadigan tok kattaligi va uning ta’sir davomiyligi.

    50-60 Gs sanoat chastotali o‘zgaruvchan tok xuddi shunday kattalikdagi doimiy tokka qaraganda insonni kuchliroq jarohatlaydi.

    Insonga 12-15 mA elektrodlardan mustaqil uzilishi mushkul bo‘lgan o‘zgaruvchan tok kattaligi inson hayoti uchun xavfli hisoblanadi.

    50-60 Gs chastotali o‘zgaruvchan tok uchun xavfsiz kattalik sifatida 10 mA qabul qilingan. Doimiy tok uchun – 50 mA.

    Tokning turi va chastotasi xam ta’sir ko‘rsatishda muxim rol uynaydi. Eng zararli tok 20-100 Gs atrofidagi elektr toki xisoblanadi.

    Tokning inson tanasiga ta’sir qilishiga ko‘ra quyidagi tasniflari aniqlangan:

    Inson o‘zi orqali o‘tayotgan kam ahamiyatli tok ta’sirini seza boshlaydi:

    0,6 – 1,5 mA – o‘zgaruvchan tokda Boshlang‘ich sezuvchan

    5 – 7 mA – doimiy tokda tok

    10-15 mA f=50 Gs bo‘lganda o‘zgaruvchan toklar Boshlang‘ich qo‘yib

    50-80 mA doimiy toklar yubormaydigan toklar

    100 mA-5 A o‘zgaruvchan toklar Boshlang‘ich fibrilyasion

    300 mA-5 A doimiy toklar toklar

    Yo‘l qo‘yiladigan xavfsiz kuchlanishlar.
    Baxtsiz hodisalar tahlili shuni ko‘rsatdiki, elektrjarohatlarning aksariyati kuchlanish ostidagi elektr qurilmalarning himoyalanmagan qismlariga tasodifan tegib ketishi natijasida sodir bo‘ladi.
    Elektr qurilmadan foydalanilganda va atrof ishlab chiqarish muhitiga qarab (50-60 Gs) sanoat chastotali o‘zgaruvchan tokning 3 ta xavfsiz kuchlanishi o‘rnatilgan:

    YUqori xavfsiz binolarda – 65 V.

    YUqori xavfli binolarda – 36 V.

    O‘ta xavfli binolarda – 12 V.

    Ko‘pincha 1000 V gacha kuchlanishli elektr qurilma bilan ish qiluvchi xodimlarning elektrotok bilan shikastlanish holatlari yuz beradi negaki ular bunday kuchlanishni xavfsiz deb hisoblab, himoya vositalaridan asossiz foydalanishadi.

    U dan 36 V gachani nisbatan xavfsiz kuchlanish deb hisoblash qabul qilingan.

    U = 36 dan 60 V gacha kuyish va teridan og‘riqli qo‘zg‘atishini chaqiradi.

    U = 60 dan 100 V gacha jiddiy xavf chegarasi hisoblanadi va katta kuyishlar va nafas hamda yurak falajini hosil qiladi.

    100 V dan yuqori kuchlanishli elektrotok inson hayoti uchun xavfli hisoblanadi.

    Tok ta’siriga tushib kolish sabablari

    Elektr toki ta’siridan jaroxatlanish sabablari kuyidagilar:

    1. kuchlanish ostida bulgan elektr tarmoklari yoki elektr utkazgichlarga tegib ketish yoki xavf tugdiruvchi masofaga yakinlashish.

    2. elektr kurilmalari asbob uskunalarining ustki metall korpuslari va kopkoklarida elektr utkazgichlarning muxofaza kobiklarini shikastlanishi natijasida elektr kuchlanish xosil bulishi.

    3. elektr tokini uchirib remont ishlarini bajarayotgan vaktda tasodifan elektr tokini ulab yuborish.

    4. er yuzasiga uzilib tushgan elektr utkazgichi er yuzasi buylab elektr tokini tarkatayotgan tok potensiallari ayirmasi xosil bulgan zonaga bilmay kirib kolish natijasida kadam kuchlanishlar ta’siriga tushib kolish.

    5.izolyasiyasi ishdan chiqqan o‘tkazgichlar yoki ochiq tok uzatish qismlarga tekkanda, yoy orqali elektr toki ta’siridan jaroxatlanish mumkin.

    Elektr jixozlari bilan ishlaganda xavfsizlik turli texnik va tashkiliy choralar bilan ta’minlanadi. Elektr tokdan ximoyalanishning texnik vositalari jamoa va shaxsiyga bo‘linadi. Asosiy jamoa usullari: tok o‘tkazuvchi qismlar izolyasiyasi va uni doimiy nazorati; to‘siq vositalari o‘rnatish; ogohlantiruvchi signalizatsiya va blokirovka qurilmalari; xavfsizlik belgilari va ogohlantiruvchi plakatlardan foydalanish; kamroq kuchlanishdan foydalananish; erga ulash, nollashtirish, muxofazalovchi o‘chirish.

    Elektr tokidan jaroxatlanishning oldini olishga karatilgan asosiy chora-tadbirlar kuyidagilardir:

    1) kuchlanish ostida bulgan utkazgichlarni kul etmaydigan kilib bajarish

    2) elektr tarmoklarini ayrim joylashtirish

    3) elektr kurilmalari korpusida elektr tokining xosil bulishiga karshi chora tadbirlar belgilash. a) kam kuchlanishga ega bo‘lgan elektr manbalaridan foydalanish;

    b) ikki qavatli muhofaza qoblari bilan ta’minlash;

    v) potensiallarni tenglashtirish;

    g) erga ulab muhofazalash;

    d) nol simiga ulab muhofazalash;

    e) muhofaza o‘chirish qurilmalari.

    4) Maxsus elektr muxofazalash sistemalaridan foydalanish

    5) Elektr kurilmalarini xavfsiz ishlatishni tashkiliy chora-tadbirlarini kullash.

    Kuchlanish ostida bo‘lgan elektr o‘tkazgichlarini qo‘l etmaydigan qilib bajarishda tok o‘tkazgichlarini muhofaza qobiqlari bilan ta’minlash, ularni bo‘y etmaydigan balandliklarga o‘rnatish, shuningdek o‘tkazgichlarni to‘siq vositalari bilan ta’minlash kerak.

    Elektr tarmoqlarini ayrim joylashtirish deganda elektr tarmoqlarini o‘zaro transformator yordamida tarmoqlarga bo‘lib yuborish tushuniladi. Buning natijasida ajratilgan tarmoqlar katta muhofaza izolyasiyasi qarshiligiga ega bo‘ladi, shuning uchun o‘tkazgichlarning erga nisbatan sig‘imi kichkina bo‘lganligi xavfsizlikni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.

    Elektroxavfsizlik shartlari tahlili

    Elektr tarmoqlari va elektr qurilmalarini 2 guruhga bo‘lish qabul qilinadi:

    • 1 guruh - 1000 V gacha kuchlanishli

    • 2 guruh - 1000 V dan yuqori kuchlanishli

    Elektr tarmoqlari tokli quvurlar soni bo‘yicha quyidagilarga bo‘linadi:

    • Bir o‘tkazgichli

    • Ikki o‘tkazgichli

    • Uch o‘tkazgichli

    • To‘rt o‘tkazgichli

    Bir o‘tkazgichli tarmoqda rels yoki er ikkinchi o‘tkazgich sanaladi. Bu sxema bo‘yicha tramvaylar, elektrovozlar, gohida payvandlash qurilmalari ishlaydi.

    2 o‘tkazgichli tarmoqlari - doimiy va o‘zgaruvchan tok 1 fazali tarmoqlari.

    3 o‘tkazgichli o‘zgaruvchan tok tarmoqlari - izolyasiyalanadi yoki erga tutash neytralli 3-fazali tok tarmoqlari.

    4 o‘tkazgichli tarmoqlari - erga tutash neytralli va nolli o‘tkazgichli 3-fazali tok tarmoqlari.`

    Elektr qurilmaning statsionar konstruktiv himoya qurilmalari to‘siqlar, blokirovka, signalizatsiya, erga ulab muxofaza qilish, nolga ulab muxofaza qilish va hokazodan iborat.

    Statsionar – elektr himoya ko‘chma va olib yuriladigan buyumlar bilan qo‘shimcha qilinadigan himoya vositalari elektr qurilmalarda elektr tokidan talofat ko‘rishdan, elektr yoy va elektromagnit maydon ta’siridan, elektr qurilmalarda ishlayotgan insonlarni himoya qilishga xizmat qiladi.

    Izolyasiya qiluvchi shtangalar va kleshlar, elektr o‘lchagich kleshlar va kuchlanish ko‘rsatkichlari, dielektrik rezina buyumlar va izolyasiyalanuvchi qo‘yilmalar, ko‘chma erga tutashma va to‘siqlar, izolyasiyali qo‘lkopli montyorlar asbobi, ogohlantiruvchi plakatlar shular jumlasidan.

    Erga ulab muhofaza qilish.

    Har qanday elektr qurilmasini, agar uning metall korpuslarida elektr kuchlanishi hosil bo‘lishi xavfi bo‘lsa, qaysi joyda va qanday binoda ishlatilishidan qat’i nazar, uning korpusini erga ulab qo‘yiladi va bu elektr ustanovkalarini erga ulab muhofaza qilish deb ataladi. Erga ulab muhofaza qilishning asosiy mohiyati ishlatilayotgan elektr asboblarining metall korpuslarida elektr kuchlanishi paydo bo‘lsa uni erga o‘tkazib yuborishdan iborat.

    Elektr qurilmalarni erga ulab muhofaza qilishning asosiy xususiyati, qurilma korpusiga o‘tib ketgan kuchlanishni xavfsiz kuchlanish darajasiga tushirish, shuningdek, erga ulangan joy atrofida potensiallar ayirmasi hosil bo‘lmasligini ta’minlashdan iborat.

    Nollashtirish – bu uskunani kuchlanish ostida qolishi mumkin bo‘lgan tok o‘tkazmaydigan qismini nolli o‘tkazgich bilan oldindan elektrik biriktirish hisoblanadi. Bunga qo‘shimcha ravishda nolli o‘tkazgich holati haqida signal beruvchi qurilmani jihozlash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Nolga ulab muhofaza qilishning vazifasi erga ulab muhofaza qilish bilan bir xil, ya’ni elektr asbobi korpusiga oqib o‘tib ketgan kuchlanishni zararsizlantirishdan iborat. Nolga ulab muhofaza qilishning ishlash prinsipini korpusga o‘tib ketgan elektr tokini nol simi bilan ulash hisobiga qisqa to‘qinish vujudga keltirish bilan, elektr qurilmasiga kelayotgan tok kuchining ortib ketishiga erishiladi va buning natijasida elektr qurilmasini muhofaza qilish uchun o‘rnatilgan saqlovchi eruvchi qurilmani yoki saqlovchi avtomatni o‘chirish bilan elektr qurilmasiga kelayotgan elektr tokini uzib qo‘yiladi. Bunday vazifani bajaruvchi, saqlovchi, eruvchi qurilmalar yoki avtomatlar oldindan elektr qurilmasidagi elektr tokining ma’lum miqdorda oshishiga mo‘ljallab o‘rnatib qo‘yiladi.

    Muxofazalovchi uchirish kurilmasi

    Agar elektr kurilmasi korpusida inson xayoti uchun xavfli kuchlanish xosil bulib kolsa, uni tezda uchirish imkoniyatini beradigan kurilmalarga muxofazalovchi uchirish kurilmalari deyiladi.

    Muxofazalovchi uchirish kurilmasi, xavf xosil kilgan elektr asbobini 0,2 sekund dan oshmagan vakt davomida uchirish imkoniyatini berishi kerak.

    Muxofazalovchi uchirish asbobi bir kancha kismlardan tashkil topgan bulib. Asosan elektr sistemasida biror bir parametrning uzgarishini sezib, elektr sistemasiga berilayotgan tokni avtomatik uzuvchi kurilmaga signal beradi. Bu elementlarning asosiysi kabul kiluvchi kurilma bulib, u elektr sistemasidagi parametr uzgarishlarni kabul kiladi, agar kelayotgan signal kuchsiz bulgan xolda uni kuchaytiruvchi kurilma urnatiladi, shuningdek bu sistemaning tugri ishlayotganligini tekshirib turuvchi nazorat asboblari, xamda signal lampalari urnatilishi mumkin. Muxofazalovchi uchirish kurilmasi erga ulash va nollashtirish har xil sabablarga (faza korpusga tutashganga erga ulash va nollashtirish nosoz bo‘lganda, izolyasiyalar qarshiligi ruxsat etilgan normadan kam bo‘lgan xolllarda) ko‘ra inson xavfsizligini ta’minlay olmaganda ishlatiladi. Harakatlanadigan elektr qurilmalarida qo‘l jihozlaridan foydalanilganda himoya ajratkichlarni qo‘llash eng maqsadga muvofiqdir.

    Elektr qurilmalarda qo‘llaniladigan shaxsiy himoya vositalari

    Mavjud elektr qurilmalarda ishlarning xavfsiz va yuqori maxsuldor sharoitlari ta’minlash uchun elektr himoya vositalaridan tashqari turli noelektrotexnik himoya vositalaridan foydalaniladi.

    1. himoya ko‘zoynaklari

    2. kaskalar

    3. qo‘lkoplar

    4. protivogazlar

    5. balandlikda ishlar uchun – saqlovchi belbog‘lar

    6. sug‘urta dorlari

    7. montyorlik qo‘ltirnoqlar

    8. qo‘yma va osma zinalar (narvon)

    9. stremyanka narvonlar va boshqa.

    Izolyasiyali shtanga – ishchi kuchlanishida turlar elektr qurilma qismlarini tegish bo‘lgan izolyasiyali materialdan tayyorlangan sterjen. SHtangalar barcha kuchlanishli qurilmalarda qo‘llaniladi.

    SHtangalarning 3 turi bor:

    1. Tezkor – 1 qutbli ajratuvchi operatsiyalar, muvaqqat ko‘chma himoya erga tutashmalar qo‘yish, kuchlanish yo‘qligini tekshirish va boshqa operatsiyalar.

    2. Ulchovli – ishlayotgan elektr qurilmalarda o‘lchovlar uchun.

    3. Ta’mirlovchi – kuchlanish ostida bo‘lgan tok yuruvi qismlarda bevosita va yaqinidagi profilaktik, ta’mirlovchi va montaj ishlarini bajarish uchun.

    Turli ishlar uchun ishlatiladigan universal shtangalar mavjud:

    Har bir shtanga 3 ta asosiy qismga ega:

    1. ishchi

    2. izolyasiyalaydigan

    3. rukoyatka

    Kleshlar 1 kV gacha elektr qurilma uchun 1 qo‘lli va 2 kV dan 10 kV gacha elektr qurilma uchun ikki qo‘lli bo‘ladi. Ular 3 asosiy qismga ega:

    1. magnitsim, o‘ram, o‘lchov asbobidan iborat ishchi

    2. ishchi qismidan uporgacha izolyasiyalaydigan

    3. uporidan klesh oxirigacha rukoyatka.

    Elektr qurilmada dielektrik qo‘lqoplar:

    1. 1000 V gacha – kuchlanish ostidagi ishlarda asosiy himoya vositasi sifatida qo‘llaniladi (uzunligi 350 mm).

    2. Elektr qurilmada >1000 V asosiy izolyasiyalanadigan vositalar (shtangalar, izolyasiyalanadigan va elektr o‘lchagich kleshlar) yordamida ishlarda qo‘shimcha himoya vositasi sifatida qo‘llaniladi.

    Dielektrik qo‘lqoplar, kalishlar va bo‘tiklar, gilamchalar yuqori elektrik mustahkamlik va yaxshi elastik egiluvchanlikka ega dielektrik maxsus rezinadan tayyorlanib, asosiy vositalar yordamida bajariladigan operatsiyalarda qo‘shimcha himoya vositasi sifatida qo‘llaniladi.

    Sanoat korxonalarining elektr xavfi buyicha sinflarga bulish

    Elektr tokidan jarohatlanish xavfi ko‘p holda elektr qurilma ishlatilayotgan muhitga bog‘liq bo‘ladi. O‘tkazgichlarni, elektr uskunalarining tok o‘tkazuvchi qismlari izolyasiyasi yuqori namlik, agressiv bug‘ va gazlarning ta’siri ostida asta-sekinlik bilan emiriladi va ishdan chiqadi. Atrof muhitning yuqori darajadagi namligi inson tanasining qarshiligini kamaytiradi. Barcha xonalar (binolar) atrof – muhit xarakteriga bog‘liq ravishda, elektr xavfsizlik bo‘yicha uch guruhga bo‘lanadi.

    1. xavfi yuqori bo‘lmagan;

    2. yuqori xavfli;

    3. o‘ta xavfli.

    YUqori xavfli xonalar unda quyidagi sharoitlardan birining mavjudligi bilan xarakterlanadi:

    -tok o‘tkazuvchi pollar (metall, tuproq, beton kumir va metallarning changlari);

    -namlik (havoning nisbiy namligi) 75% dan yuqori yoki tok o‘tkazuvchi changlar;

    -havo haroratining yuqoriligi (+350S dan yuqori);

    -ishchilarni bir vaqtda elektr uskunasining metall korpusiga va binoning erga biriktirilgan metall konstruksiyalariga va uskunalarga tegishi mumkinligi.

    O‘ta xavfli xonalar unda quyidagi sharoitlardan birining mavjudligi bilan xarakterlanadi:

    -havoning nisbiy namligi 100 % ga yaqin;

    -kimyoviy aktiv muhitlar (kislota va ishqorlar bug‘lari);

    -bir vaqtda yuqori xavfli xonalar uchun ko‘zda tutilgan sharoitlardan ikki yoki undan ortig‘ini mavjudligi;

    Bu kategoriyalarga xonadan tashqarida, ochiq maydonda ishlatilayotgan elektr qurilmasini ham tenglashtirish mumkin. Xavfsiz xonalar nisbiy namligi va havo harorati me’yorida bo‘lgan (nisbiy namligi 40—60%, havo harorati 18—25°C) va elektr toki o‘tkazmaydigan (masalan, yog‘och) polga ega bo‘lgan sanoat korxonalari xonalari kiradi.

    Elektr qurilmalarni xizmatchi personalari davriy tarzda elektr tok bilan shikastlanish xavfi to‘g‘risida va jabrlanuvchilarga birinchi yordam ko‘rsatish uslublari borasida yo‘riqnomadan o‘tish, shunidek elektr tokidan ozod uslublarini o‘rganishi, sun’iy nafas oldirish yoki tashqaridan yurak massaji uslublariga o‘rgatilishi zarur.

    Mashg‘ulotlarni tibiy personalni tegishli shaxslari texnik personal bilan щamkorlikda olib borishlari zarur.

    O‘qishni tashkil qilish sex, uchastka yoki korxona boshlig‘i zimmasidadir.

    Doimiy navbatchilik joyilarda:

    a) birinchi yordam ko‘rsatish uchun aptechka bo‘lishi;

    b) ko‘rinadigan joylarda birinchi yordam ko‘rsatish qoidalari, sun’iy nafas berish va yurakni tashqaridan massaj qilish qoidalari to‘g‘risidagi plakatlar osilgan bo‘lishi zarur.
    12-MA’RUZA

    Mavzu: Farmatsevtik korxonalarda havfsizlik vositalari

    Reja:

    1. Xavfsizlikni ta’minlovchi asosiy shartlar

    2. Mashinalarning xavfli zonalari

    3. Muhofazalovchi to‘siq vositalari

    4. Saqlovchi muhofaza vositalar

    5. Blokirovka qurilmalari

    6. Signal tizimlari

    7. Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi


    Xavfsizlikni ta’minlovchi asosiy shartlar

    Ishlab chiqarishda asbob uskunalar konstruksiyalari, materiallari sifati, muxofazalovchi turdagi to‘siq va blokirovka uskunalari bilan ta’minlanganligi, sexlarda joylashtirish va ekspluatatsiya rejimlariga amal qilish asosida texnologik jarayon xavfsizligi va asbob uskunalar, mashina va apparatlar avariyalarini oldini olish chora tadbirlari xisoblanadi.

    Asbob uskunalarni va jixozlarni joylashtirishda xavfli xuduni aniqlab, uni atrof muxitdan izolyasiya qilish kerak bo‘ladi. Avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirish xavfsizlikni ta’minlashning asosiy yo‘llaridan biri bo‘lganligi uchun xavf darajasi yuqori bo‘lgan uskunalar presslash, kesadigan mexanizmlar, valsoviy mexanizmlar, nurlanish bilan ishlaydigan uskunalarni avtomatik ravishda ishlatish muxim xisoblanadi

    YUqori bosim ostida ishlaydigan asbob uskunalar nazorat o‘lchov uskunalar va muxofazalovchi klapanlar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.

    Asbob uskunalarni xavfsizligin ta’minlash maqsadida toksik, portlovchi va changli moddalar ajralishi bilan boradigan uskunalarni germetikligiga axamiyat beriladi. Issiqlik ajralishi bilan boradigan uskunalar issiqlik izolyasiyasi qoplamasi bilan qoplanadi.

    Ishlab chikarishda xavfsizlikni ta’minlash asosan kuyidagi tadbirlar yordamida amalga oshiriladi:

    a)Texnikalarni xavfsizlik talablari asosida loyixalash va tayyorlash;

    b)Xavfdan ximoyalanishning injener-texnik vositalaridan foydalanish;

    v)Xavfsizlik texnologik jarayonlarni tadbik etish;

    g)Ishchilarni xavfsizlik texnikasi buyicha malakali ukitish;

    d)Xavfsiz ish joyi va ish sharoitini tashkillashtirish.

    YUkorida ta’kidlangan tadbirlar amalda kompleks xolda kullanilgandagina ijobiy natijalarga tulikrok erishiladi. Vaxolanki, ushbu tadbirlarni ishlab chikish, birinchi navbatda xavfning turini, uning kelib chikish sabablarini urganishni talab etadi.

    Hozirgi zamon mashinasozlik sanoati korxonalari sexlarida turli-tuman mashina-mexanizmlar, stanoklar, ko‘tarish kranlari, ish bajarish konveerlari va boshqa qurilmalar mavjudki, bularning hammasi bu erda ishlayotganlar uchun ma’lum xavf tug‘dirishi, agar ehtiyot chora-tadbirlarini belgilab qo‘yilmasa, baxtsiz hodisalar sodir bo‘lishi mumkin. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, ish sharoitini yaxshilash va baxtsiz hodisalarni kamaytirishning birdan-bir yo‘li sanoat korxonalari sexlarini iloji boricha mexanizatsiyalashtirish, og‘ir ishlarni robot va avtomatlashtirilgan vositalar zimmasiga yuklash, sexlardagi umumiy ishlarni avtomatlashtirishga erishishdir.

    Avtomatlashtirilgan tizimlarning ancha katta tezlikda harakat qilishi, ularning ishlash maydoni kengligi va ish turlarining xilma-xilligi, ularning ishlashi orqali, shuningdek atrofdagi ishchilar uchun xavf tug‘dirishi mumkin. Shuning uchun bunday tizimlarni tayyorlash va o‘rnatish ishlarida xavfsizlikni ta’minlash, ularning tuzilishining asosini tashkil qilishi zarur. Avtomatlashtirilgan tizimlarni yaratishda va ularni ishlatishda vujudga keladigan hamma xavfli vaziyatlarni hisobga olish va xavfsizlikni ta’minlash vositalari bilan jihozlashni unutmaslik kerak.

    Mexanizatsiyalashning eng yuqori bosqichi avtomatlashtirishdir. Bunda har qanday ishchi bajarishi zarur bo‘lgan ish robotlar zimmasiga yuklanib, ishchilar qatnashmaydi. Sexni boshqarishni ta’minlovchi dasturlar tuzilib, bu dasturlar kompyuterlarga joylashtiriladi. Bunday boshqarish tizimlari ko‘pgina rivojlangan kapitalistik davlatlarning sanoat korxonalari va mashinasozligining asosini tashkil qiladi. Ilg‘or sanoat korxonalaridagi ba’zi bir sexlar bizda ham, shunday avtomatlashtirish tizimiga o‘tkazilgan. Ammo hozirgi sharoitda butun mashinasozlik tarmog‘ini avtomatlashtirish imkoniyati yo‘q. Shuning uchun ham avtomatlashtirilmagan ishlab chiqarish jarayonlarining xavfsizligini ta’minlash muhim vazifa xisoblanadi.

    Sanoat korxonalarida ishlatiladigan mashina va mexanizmlar xavfsizligiga qo‘yiladigan asosiy talablar, ularning ishchilar uchun xavfsizligi, ularni tayyorlashda ishlatilgan materiallar mustaxkamligi, ishlatishda pishiq va ularni tashkil qilgan qismlar mustahkamligi hamda ishlatishning osonligi bilan belgilanadi. Ularning xavfsizligi standart tizimlari bilan belgilanadi.

    Mashina va mexanizmlar xavfsizligini ta’minlash uchun uni loyihalashda qanday ish bajarishini hisobga olgan holda ish bajaruvchi qismlarini joylashtirishni ixcham usullarini topish, unga shakl berish va muhofaza qilish qurilmalarini joylashtirish bilan birga olib boriladi. Mashinaga o‘rnatilgan muhofaza vositalari uning asosiy qismi bilan uyg‘unlashib ketishi kerak, shuningdek, muhofaza vositalaridan foydalanish davomida boshqa masalalarni echishga xizmat qilishi mumkin. Xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan jihozlar, masalan, bosim ostida ishlatiladigan qozonlar, kompressorlar, nasoslar va boshqalar ishlatilayotganda sanoatda xavfsiz ish olib borishni ta’minlash qo‘mitasi maxsus talablarini bajarishi shart.

    Ma’lumki, sanoat korxonalari mashina va mexanizmlari elektr tokining asosiy iste’molchilari hisoblanadi, bunda ularni elektr xavfsizligi talablariga javob berishi axamiyatga ega. Shuningdek, sex uchastkalarida o‘rnatilgan stanoklar elektromagnit to‘lqinlari, radioaktiv moddalar ta’sirida bo‘lishi mumkin, havo muhitini zararlantiruvchi va ifloslovchi bug‘, changlar va gazlarni hisobga olish, albatta bulardan saqlanish chora-tadbirlari bo‘lishi kerak. Xavfsizlikni ta’minlash choralaridan biri mashina va mexanizmlarning ishlashini nazorat qiluvchi asbob uskuna va avtomatik boshqarish xamda muvofiqlantirish qurilmalari bilan jixozlash xisoblanadi. Sanoat korxonalariga o‘rnatiladigan jihozlar tartib bilan joylashtirilishi, ko‘zdan kechirish uchun qulay, moylash, qismlarga ajratib ta’mirlash, sozlash, bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish va boshqarish oson bo‘lishi kerak.



    Mashinalarning xavfli zonalari

    Mashina va mexanizmlarning inson hayotiga va sog‘lig‘iga xavf tug‘diradigan holatlarni vujudga keltiradigan joylari xavfli zona deb ataladi. Xavfli zonada asosan mashina va mexanizmlarning ochiq holdagi aylanadigan va harakatlanadigan qismlari xisoblanadi. Bular aylanayotgan qirquvchi asbob yoki detal, qayishli, zanjirli va tishli uzatmalar, harakatlanuvchi stanoklarning ishchi stollari, konveerlari, yuklarni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirib yuradigan yuk ko‘tarish mashinalari va h.k. Shuningdek, xavfli zonalar qatoriga mashina va mexanizmlarda ishlaganda elektr tokidan zararlanish, issiqlik, elektromagnit, ionlashgan nurlar, shovqin, titrash, ultratovush, zaharli gaz va bug‘lar ta’siriga tushib qolish ham kiradi. Stanoklarda ishlayotganda qirqimlarning uchib ketishi, ishlatilayotgan asbobning sinib otilib ketishi, detal yaxshi siqib ushlanmaganligi natijasida otilib ketib ishchilarni jarohatlashi ham xavfli zonaga kiritiladi.



    Har qanday texnologik jarayonni boshqarish uchun o‘rnatiladigan stanok va qurilmalarning hammasini xavfli zonalari, albatta, unga kishilarning tushib qolmasliklarini ta’minlaydigan vositalar bilan ta’minlanishi kerak. Bunday vositalarning ba’zilari xavfli zona xavfini butunlay yo‘qotadi, ba’zilari esa xavf darajasini birmuncha kamaytiradi. Bunday vositalar umuman muhofaza qilish sharoitiga qarab ikki gruppaga bo‘lib qaraladi. Bulardan biri sexda hamma ishlovchilarni muhofaza qilish imkoniyatini yaratadigan kollektiv muhofaza aslahalari va ikkinchisi ayrim ishlayotgan ishchini muhofazalash imkoniyatini beradigan shaxsiy muhofaza aslahalari hisoblanadi.



    Mashinalarning xavfli zonalari.

    Sanoatda qo‘llaniladigan hamma muhofaza vositalari asosida, to‘siq vositalari, muhofazalash qurilmalari, chegaralovchi va signal vositalari, blokirovka tizimlari va shuningdek, mashina va mexanizmlarni masofadan turib boshqarish vositalariga bo‘lish mumkin.

    Muhofazalovchi to‘siq vositalari

    To‘siq vositalari ishchilarning mashina xavfli zonasiga tushib qolishiga xalal beradigan qilib o‘rnatiladi. Uning tuzilishi har xil bo‘lishi mumkin. Asosan mashina va mexanizmlarning aylanuvchi va harakatlanuvchi zonalarini, stanoklarning qirqish va ishlov berish joylarini, elektr toki urishi xavfi bo‘lgan (masalan, elektr taqsimlash shkaflari) va har xil nurlanishlar bo‘lishi mumkin bo‘lgan (issiqlik nurlari, elektromagnit va ionlanuvchi nurlar) xonalarni, shuningdek, havo muhitiga zaharli moddalar chiqarayotgan joylarni ham to‘siq vositalari bilan ta’minlanadi. Bundan tashqari, qurilish tashkilotlarida qurilish olib borilayotgan yoki ta’mirlash ishlari bajarilayotgan maydonlar, qurilish mashinalari o‘rnatilgan joylar, ishchilarning baland joylarda ishlashiga to‘g‘ri keladigan ish joylari albatta to‘siq vositalari bilan ta’minlanadi.

    To‘siq vositalarining turlari va shakli uning ishlatiladigan joyi va shakliga qarab xilma-xil bo‘ladi. Ishlab chiqarish sharoiti texnologik jarayon omillariga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, stanokka o‘rnatilgan xavfsizlikni ta’minlash qopqoqlari faqatgina xavfli joylar to‘sig‘i bo‘lib qolmasdan, balki shovqinni kamaytirish imkoniyatini yaratadi.



    To‘siq vositasi sifatida ishlatiladigan materiallar to‘siqning qanday texnologik jarayonni yoki qanday xavfli zonani qo‘riqlash uchun o‘rnatilayotganligiga bog‘liq. Masalan, ular mustahkam texnika materialidan payvandlash yo‘li bilan yoki quyma holatda, mustahkam po‘lat parda, panjara, mustahkam asosli to‘r va boshqalar bo‘lishi mumkin. To‘siqlar plastmassa, yog‘och, metalldan tayyorlangan bo‘lishi mumkin. Agar ish bajarilayotgan zonani kuzatish lozim bo‘lsa, to‘siq vositalarini ko‘rinadigan materiallardan, masalan, organik oyna, tripleks va boshqalardan tayyorlash mumkin. To‘siq vositalari sifatida qollaniladigan materiallar, metallarga qirqish yoii bilan ishlov berilayotganda metall zarralarining uchib ketishi natijasida urilish zarbasiga va ishlab chiqarish jarayonida ishlayotganlarning bexosdan urilib ketish zarbalariga chidash bera oladigan mustahkam bo‘lishi kerak. Stanoklarga o‘rnatiladigan to‘siq vositalarining mustahkamligini tekshirganda, ularga qirquvchi asboblar va ishlov berilayotgan metall mahsulot uchib ketishi mumkinligini va uning zarbasiga ham chidash bera oladigan qilib tanlanadi.

    Saqlovchi muhofaza vositalar

    Saqlovchi muhofaza qurilmalari, asosan, mashina va mexanizmlarda zo‘riqish vujudga kelganda yoki ishlayotgan ishchi hayoti va sog‘ligiga putur etkazadigan vaziyat vujudga kelganda mashina va mexanizmlar harakatini to‘xtatib qo‘yishga xizmat qiladigan qurilmadir. Bu vazifani bajaruvchi vosita sifatida bosim ostida ishlaydigan idishlarda o‘rnatilgan saqlovchi klapanlarni misol sifatida ko‘rsatish mumkin. Ko‘pgina sanoat korxonalarida har xil zararli moddalar ajralishini nazorat qiluvchi, bunday omillarning havo muhitida ko‘payib ketishidan saqlovchi qurilmalar ham mavjud. Bunday qurilmalar havo tarkibidagi zararli moddaning eng zararlisi yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan darajadan oshib ketmasligini nazorat qilib turadi. Bunday qurilmaga o‘rnatilgan gaz aniqlagich avtomatik ravishda gaz miqdorini aniqlab, uning miqdori chegara belgidan oshib ketsa, xonaga o‘rnatilgan shamollatish qurilmasini ishga tushiradi va buning natijasida xonadagi zaharli modda miqdori mo‘tadillashtiriladi. Bunday qurilmadan sexlardagi havo tarkibida portlashga va yong‘inga xavfli bo‘lgan moddalar miqdori ortib ketgan vaqtda ham qo‘llaniladi. Bunday qurilmaning asosini sezgir asbob tashkil qiladi.

    Asbobning ishlashi unga joylashtirilgan modda ma’lum gaz zichligining oshib ketishiga qarab qisqarishi yoki kengayishi mumkin yoki rangini o‘zgartiradi, bu esa tezda ma’lum signal vositasiga aylanadi. Buni signalni kuchaytiruvchi qurilma qabul qilib oladi va uni kuchaytirib, o‘lchash asboblariga o‘tkaziladi. O‘lchash asboblarida ma’lum chegaradan ortib ketganda xabar beruvchi yoki avtomatik ravishda shamollatish tizimini ishga tushirishga moslangan qurilma o‘rnatilgan bo‘ladi.

    Bundan tashqari saqlovchi qurilmalarning yorug‘likka va issiqlikka asoslangan turlari ham bor. Ma’lumki, sanoat korxo­nalarida havo muhitidagi zararli moddalar miqdorini aniqlashda indikator (ma’lum moddalarning boshqa moddalar ta’sirida o‘z rangini o‘zgartirishi) usulidan foydalaniladi. Masalan, rangsiz suyuqlik yorug‘lik nurini yaxshi o‘tkazadi. Agar biz rangsiz suyuqlik solingan shisha idish orqali fotoplastinkaga yorug‘lik tushirib, unda ma’lum miqdorda elektr yurituvchi kuch hosil qilishimiz mumkin. Agar bu rangsiz suyuqlik indikator vazifasini bajarsa va bu suyuqlik orqali korxona xonasidagi havo sinamasi o‘tkazib turilsa, unda havo tarkibi toza bo‘lganda suyuqlikda hech qanday o‘zgarish bo‘lmaydi. Agar havo tarkibida zararli moddalar zichligi oshaversa, shishadagi suyuqlik rangi o‘zgara boshlaydi va bu bilan u orqali o‘tayotgan yorug‘lik xiralashadi, fotoplastinkada esa hosil bo‘layotgan elektr yurituvchi kuch kamaya boshlaydi va nihoyat xavfli vaziyat vujudga kelishi bilan suyuqlik rangi butunlay o‘zgaradi, elektr yurituvchi kuch juda kuchsizlanib, avtomatik ravishda shamollatish qurilmasini ishga tushirib yuboradi.

    Saklash kurilmalarining asosiy vazifasi nazorat kilinishi talab etiladigan kursatgichlar (kuch miqdori, bosim, xarorat, siljish uzunligi va b.) ruxsat etilgan miqdordan oshgan taqdirda, mashina yoki mexanizmni ishdan avtomatik ravishda tuxtatishdan iborat. Shu sababli saklash kurilmalarini konstruksiyalari mashinalar va texnologik jarayonlarni xususiyatiga boglik xolda turlicha bulishi mumkin.

    Ishlab chikarishdagi xavfli faktorlarning xosil bulishi tabiatiga kura saklash kurilmalari turt guruxga bulinadi:

    1. Mexanik zurikishlardan saklovchi;

    2. Mashinalar kismlarining belgilangan chegarada xarakterlanishini ta’minlovchi;

    3. Bosim va xaroratni ruxsat etilgan me’yorda oshirishni takiklovchi;

    4. Elektr toki kuchini ruxsat etilgan miqdordan oshmasligini takiklovchi.

    Blokirovka qurilmalari



    Blokirovka qurilmalarining asosiy vazifalari mashina va mexanizmlarning xavfli zonalariga odamning tushib qolib jarohat olishiga xalaqit beradigan qurilma hisoblanadi. Bu qurilmaning ishlash jarayoni birinchidan, odam tanasi qismlarini xavfli zonaga tushirmaslik yo‘liga g‘ov bo‘lsa, ikkinchidan, agar mabodo odam shu zonada ish bajarishi zarur bo‘lsa, unda shu xonadagi xavfli vaziyatni vujudga keltiruvchi harakatlanuvchi yoki aylanuvchi qismlar harakatini to ishchi shu xonadan chiqib ketgunga qadar to‘xtatib turadi. Bunday qurilmalarning mohiyati to‘siq vositalarini o‘rnatganda juda qo‘l keladi. Masalan, aylanuvchi baraban atrofi to‘siq bilan to‘silgan bo‘lsin. Agar blokirovka qurilmasi o‘rnatilmagan bo‘lsa, bunday to‘siq vositalarini olib tashlab xavfli zonaga kirib ish bajarish natijasida odam xavfli zonada jarohat olishi muqarrar bo‘lib qoladi. Agar shu to‘siq vositalarini ajraluvchi va ochiluvchi qismlariga blokirovka qurilmasini o‘rnatsak, bu xavf o‘z-o‘zidan yo‘qoladi. CHunki aylanuvchi yoki harakatlanuvchi qismni harakatga keltirayotgan elektr quvvatini mana shu ajraluvchi qismlar orqali o‘tadigan qilib qo‘ysak, bu masala o‘z- o‘zidan echiladi. Buning uchun ajraluvchi yoki ochiluvchi qism oralig‘iga, ochilganda yoki ajralganda o‘chib qolishni ta’minlaydigan knopka qo‘yish kifoya. Agar biz biror ish bilan bu to‘siqni olib ichkariga kirsak, baraban to‘xtagan bo‘ladi. To biz bu to‘siqni yopib qo‘ygunimizga qadar bu barabanni harakatga keltirish imkoniyati yo‘q.

    Ishlash mohiyatiga asosan blokirovkalar mexanikaga asoslanib ishlaydigan, elektr toki ta’sirida harakatga keladigan, fotoelektr tizimi, radiatsiyali, gidravlikaga va pnevmatikaga asoslangan va bulardan ikkitasining qo‘shilmasidan tashkil topgan turlari bo‘ladi.

    Signal tizimlari

    Ba’zi bir xavfli vaziyatlarda ogohlantirish vositasi sifatida signal tizimlaridan foydalaniladi. Bajaradigan vazifasiga ko‘ra signal vositalari amaliy, ogohlantiruvchi va belgilovchi turlarga bo‘linadi. Bundan tashqari, tovushli va ko‘rinadigan bo‘lishi mumkin. Tovushli signal tizimiga sirena, qo‘ng‘iroq, gudok va boshqalar kiradi. Ko‘rinadigan turlariga har xil yorug‘lik tarqatuvchi vositalar yordamida qizil, sariq, ko‘k va boshqa ranglar yordamida (qizil rang xavfni, yashil xavfsizlikni, sariq ogoxlantirishni anglatadi) xavf darajalarini belgilash va ularga kerakli bo‘lgan harakatlar bilan javob berish tartibi belgilangan. Tovush yordamida beriladigan signal sanoat korxonasi muhitida bo‘lishi mumkin bo‘lgan har qanday tovush va shovqinlardan farqli iloji boricha quyi chastotadagi (2000 Gs gacha) tovushdan tashkil topgan bo‘lishi va sexning har bir nuqtasida keskin eshitilishni ta’minlashi kerak.

    Amaliy signal vositalaridan ma’lum miqdordagi ish bajarilganligini yoki texnologik jarayonning ma’lum bosqichi bajarilganligini bildiruvchi vosita sifatida foydalaniladi. Bunday vositalardan bajarilayotgan ishlarni muvofiqlashtiruvchi tizim sifatida ham foydalanish mumkin.

    Ogohlantiruvchi signal vositalari, biron bir xavfli vaziyat vujudga kelishidan ogohlantiradi. Bunday signallarga har xil plakatlar, ogohlantiruvchi yozuvlar, har xil datchiklarga asoslangan signal tizimlari, mashina ishlash holatini ko‘rsatuvchi moslamalar (masalan, qizib ketishi, moylash tizimlarida moy borligi va boshqalar) kiradi. Bular uchun maxsus ranglardagi moslamalardan foydalaniladi. Bu moslama ranglari GOST 15548-70 bo‘yicha chegaralangan.

    Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi. «Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida»gi Qonun - xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining sanoat xavfsizligi sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Sanoat xavfsizligi shaxs va jamiyat hayotiy muhim manfaatlarining xavfli ishlab chiqarish ob’ektlaridagi avariyalar va noxush hodisalardan hamda ularning oqibatlaridan himoyalanganlik holatidir.

    Xavfli ishlab chiqarish ob’ekti xodimlariga qo‘yiladigan sanoat xavfsizligi talablari (10-modda):

    -sanoat xavfsizligi sohasidagi qonun hujjatlarida, shuningdek normativ texnik hujjatlarda ko‘rsatilgan talablarga rioya etishlari;

    - sanoat xavfsizligi sohasida tayyorgarlikdan va atesstatsiyadan o‘tishlari;

    - xavfli ishlab chiqarish ob’ektlaridagi avariya va noxush xodisa haqida tegishli shaxslarni darhol xabardor qilishlari;

    - xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarida avariya va noxush hodisa yuz bergan taqdirda, ishlarni belgilangan tartibda to‘xtatib turishlari;

    -xavfli ishlab chiqarish ob’ektlaridagi avariyaning kengayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik va uning oqibatlarini tugatish bo‘yicha ishlarni amalga oshirishda belgilangan tartibda ishtirok etishlari shart.

    O‘zbekiston Respublikasi «Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida»gi Qonunining 19-moddasiga muvofiq aholini va hududlarni xavfli ishlab chiqarish ob’ektidagi avariyalardan muhofaza qilishni ta’minlash hamda davlat organlarini, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini va aholini sanoat xavfsizligining holati to‘g‘risida xabardor etish maqsadida xavfli ishlab chiqarish ob’ektidan foydalanuvchi tashkilot sanoat xavfsizligi Deklarasiyasini ishlab chiqadi.

    Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi xavfli ishlab chiqarish ob’ektini qurish, kengaytirish, qayta qurish, texnik jihatdan qayta jihozlash, konservatsiyalash va tugatishga doir loyiha hujjatlari tarkibida ishlab chiqiladi hamda xavfli ishlab chiqarish ob’ektidan foydalanuvchi tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.

    Xavfli ishlab chiqarish ob’ektidan foydalanuvchi tashkilotning sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini tasdiqlan-gan rahbari undagi ma’lumotlarning to‘liqligi hamda ishonchliligi uchun belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.

    Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi O‘zR Vazirlar Mahkamasi belgilangan tartibda ishlab chiqiladi va davlat organlariga, jamoat birlashmalariga hamda fuqarolarga taqdim etiladi.

    Iqtisodiyot ob’ektining barqarorligini baholash jarayonida quydagilar hisobga olinishi maqsadga muvofikdir

    1. Ishlab chiqarish jarayoni barqarorligini baholash.

    2. Favqulodda vaziyatlar ta’siri natijasida ikkilamchi shikast omillarining tavsifi va ta’siri darajasi.

    3. Ob’ektning ta’minot tizimi va ishlab chiqarish aloqalari, ularning ishonchligi.

    4. Zahiralar, avtonom ta’minot manbalari mavjudligi hamda ishlab chiqarishning kerakli mahsulot chiqarishini ta’minlab beradigan boshqa tarkibiy manbalar.

    5. Boshqaruv va xabar berish tizimining ishonchligi.

    «Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq xavfli ishlab chiqarish ob’ektlari jumlasiga quyidagi xavfli moddalar:

    1)portlash-yong‘in xavfi bo‘lgan muhitni yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan moddalar;

    Tasdiqlangan standartlarga muvofiq tirik organizmga ta’sir qilish darajasiga ko‘ra I, II, III xavflilik darajalariga (o‘ta xavfli, yuqori darajada xavfli va o‘rtacha darajada xavfli) mansub zararli moddalar;

    Muayyan turdagi tashqi ta’sir chog‘ida issiqlik ajratgan va gazlar hosil qilgan o‘z-o‘zidan juda tez tarqaladigan kimyoviy o‘zgaruvchan portlovchi moddalar;

    Inson sog‘lig‘i va atrof muhit uchun xavfli konsentratsiyali moddalar mavjud bo‘lgan ishlab chiqarish chiqindilari foydalaniladigan, ishlab chiqariladigan, qayta ishlanadigan, hosil qilinadigan, saqlanadigan, tashiladigan, yo‘q qilinadigan.

    2)0,07 megapaskaldan ortiq bosim ostida yoki ishlatiladigan suyuqlikning normal atmosfera bosimidagi qaynash haroratidan ortiq haroratda ishlaydigan uskunalardan foydalaniladigan;

    3)Ko‘chmas asosga o‘rnatilgan yuk ko‘tarish mexanizmlari, eskalatorlar, osma yo‘llar, funikulyordan (tog‘ temir yo‘llaridan) foydalaniladigan;

    4)Qora va rangli metallar eritmalari hamda ushbu eritmalar asosida qotishmalar olinadigan;

    5)Qonchilik ishlari, foydali qazilmalari qazib olish va boyitish ishlari, shuningdek er osti sharoitida ish olib boriladigan korxonalar yoki ularning sexlari, uchastkalari, maydonchalari, boshqa ishlab chiqarish ob’ektlari kiradi. Iqtisodiyot ob’ektni xavfli ishlab chiqarish ob’ektlari kategoriyasiga kiritish ob’ektning xavfliligi belgilarini aniqlash asosida uni identifikatsiyalash jarayonida amalga oshiriladi. Ob’ektni belgilar bo‘yicha xavfli ishlab chiqarish ob’ektlari kategoriyasiga kiritishda xavfsizlikning tegishli qoidalariga muvofiq ham «Sanoatgeo-kontexnazorat» davlat inspeksiyasida ro‘yxatdan o‘tkaziladigan, ham ro‘yxatdan o‘tkazilmaydigan texnika qurilmalari va inshootlar hisobga olinadi.


    13-MA’RUZA

    Mavzu: Mehnatni muhofaza qilish qonunlari va ularning

    tashkiliy asoslari.

    Reja:

    1. Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunning qo‘llanish sohasi va davlat siyosati.

    2. Mexnat muxofazasi soxasida nazorat organlari.

    1. Korxona va tashkilotlarda mehnat  muxofazaci bo‘yicha ishlarni tashkil qilish va ularning bajarilishi uctidan nazorat.

    2. Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarni buzganlik uchun javobgarlik.

    5. Mexnat muxofazasi va xavfsizlik texnikasi buyicha o‘qitish.
    O‘zbekistonda mexnat muxofazasi - bu tegishli qonun va boshqa me’yoriy xujjatlar asosida amal kiluvchi, insonning mexnat jarayonidagi xavfsizligi, sixat-salomatligi va ish kobiliyati saklanishini ta’minlashga karatilgan ijtimoiy, iktisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiena va davolash oldini olish tadbirlari xamda vositalari tizimidan iborat.

    Mexnatni muxofaza kilish buyicha belgilangan barcha tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (8 dekabr, 1992 yil), O‘zbekiston Respublikasining Mexnat kodeksi (21 dekabr; 1995 y.), «Mexnatni muxofaza kilish tugrisidagi konun» (6 may. 1993 y.), Davlat standartlari, nizomlar va normativ xujjatlar, xavfsizlik texnikasi buyicha koidalar asosida olib boriladi.

    Mehnat muhofazasi – mehnat jarayonida insonning mehnatga layoqati va salomatligini saqlash, xavfsizligini ta’minlash imkonini beruvchi ijtimoiy – iqtisodiy, texnik, gigienik, davolash – profilaktik, hamda tashkiliy tadbirlar va vositalar qonuniy aktlarning tizimidan iborat.

    Mehnat muhofazasi borasida asosiy vazifalar – ishlab chiqarish jarohatlari, kasbiy xastaliklarning oldini olish hamda butun dunyoda mehnat sharoitlarini yaxshilashdan iborat.

    O‘zbekiston Respublikasining mexnatni muxofaza qilish to‘g‘risidagi konunida mexnatni muxofaza kilish soxasidagi davlat siyosati anik o‘z aksini topgan. Unda «Korxonaning ishlab chikarish faoliyati natijalariga nisbatan xodimning xayoti va sogligi ustivorligi» (4 modda) ta’kidlangan. Ushbu konun 5 bulim va 29 moddadan iborat bulib, unda mexnat muxofazasi buyicha umumiy koidalar (1-bulim, 7 moddadan iborat); mexnatning muxofaza kilinishini ta’minlash (2-bulim, 8 moddadan iborat); ishlovchilarning mexnatni muxofaza kilishga doir xukuklarini ruyobga chikarishdagi kafolatlar (3-bulim, 6 moddadan iborat); mexnatni muxofaza kilishga doir konunlar va boshka me’yoriy xujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat va jamoatchilik nazorati (4-bulim, 3 moddadan iborat); mexnatni muxofaza kilish to‘g‘risida»gi konunlar va boshka me’yoriy xujjatlarni buzganlik uchun javobgarlik (5-bulim, 5 moddadan iborat) masalalari yoritilgan. 1995 yil 21 dekabrda O‘zbekiston Respublikasining Mexnat kodeksi qabul qilindi va u 1996 yil aprel oyidan boshlab amalda kuchga kirdi. Ushbu konunlarda ko‘rsatilishicha xavfsizlik texnikasiga, ishlab chikarish sanitariyasiga yong‘in chiqishidan saklanishga va mexnat muxofazasiining boshka koidalariga rioya etish yuzasidan ishchi va xizmatchilarga yul yuriklar berish, shuningdek, xodimlarning mexnat muxofazasiga doir kullanmalarda kursatilgan xamma talablarga amal kilishi ustidan doimiy nazorat urnatish ma’muriyat zimmasiga yuklanadi. O‘zbekiston Respublikasining «Mexnat kodeksi» va «Mexnatni muxofaza kilish» konunlari asosida mexnat sharoiti zararli bulgan ishlarda, shuningdek aloxida xarorat sharoitida bajariladigan yoki ifloslantiradigan ishlarda ishlovchi xodimlarga belgilangan me’yorda maxsus kiyim bosh, maxsus poyabzal va boshka shaxsiy ximoya vositalari tekinga beriladi. Mexnat sharoiti ifloslanish bilan bog‘liq va zararli bulgan ishlarda ishlovchi ishchilar belgilangan normalarda sovun, sut yoki boshka xil profilaktik ozik-ovkatlar, issik sexlarda ishlovchilarga esa gaz-suv bilan tekin ta’minlanadi.

    Mexnat konunlari kodeksida balog‘atga etmagan yoshlarning mexnatiga aloxida e’tibor berilgan. Un sakkiz yoshga tulmagan yigitlarning 16 kg dan, qizlarni 10 kg dan ortiq yuk ko‘tarishiga, ularning ish vaqtini xaftasiga 36 soatdan ortib ketishiga, yo‘l qo‘ymaslik kerak. Shuningdek, ularni tungi va ish vaqtidan tashqari ishlarga xamda dam olish kunlari ishlashga jalb etish taqiqlanadi. Ishchi xodimlar uchun ish vaqtining normal muddati 40 soatdan oshib ketmasligi, o‘n sakkizga kirmagan yoshlar xamda mexnat sharoiti zararli bo‘lgan ishlarda mexnat qiluvchilar uchun ish vaqti miqdori xaftasiga ko‘pi bilan 36 soat bo‘lishi kerak. Ish vaqtidan ortiq ishlash xar bir ishchi va xizmatchi uchun surunkasiga ikki kun davomida 4 soatdan va yiliga 120 soatdan ko‘p bo‘lmasligi lozim.

    Mexnat sharoitlarini me’yorlashtirish, ishchilar uchun sog‘lom va xavfsiz ish sharoitini ta’minlash maqsadida mexnat xavfsizligi talablari asosida standartlar ishlab chiqilib ular ma’lum bir sistemaga solingan.

    Ishlab chiqarishda yuz beradigan baxtsiz xodisalarni oldini olishga qaratilgan tadbirlardan biri bu sodir bo‘lgan baxtsiz xodisalarni to‘g‘ri tekshirish va taxlil kilish, ularning sabablarini aniqlash xamda olingan ma’lumotlar asosida tegishli tadbirlar ishlab chiqishdan iboratdir. Shu nuktai nazardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1997 yil 6 iyundagi 286-sonli karoriga asosan «Ishlab chikarishdagi baxtsiz xodisalarni va xodimlar salomatligining boshka zararlanishini tekshirish va xisobga olish» to‘g‘risida Nizom qabul qilindi.

    Mehnat muhofazasi mehnatning xavfsiz va bezarar sharoitlarini ta’minlash bilan bog‘liq mehnat muhofazasi qonunlari majmuasi masalalarini o‘z ichiga oladi.

    Ishlab chiqarish sanitariyasi ishlayotgan zararli ishlab chiqarish omillariga ta’sirning oldini oluvchi vositalar va tashkiliy, gigienik, sanitariya-texnik tadbirlar tizimini o‘z ichiga qamrab oladi. YOng‘in xavfsizligi mehnat muhofazasi qonunlari majmuasiga bevosita bog‘liq.

    Butun dunyoda mehnat qonunchiligi ishchi va xizmatchilarning mehnat huquqlari muhofazasini belgilaydi, mehnatning o‘ta qulay sharoitlarini ta’minlaydi.

    Mehnat muhofazasining huquqiy masalalari davlatimizning Asosiy Qonuni – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan tartibga solinadi. Konstitutsiyaning IX bobi iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarni himoyalashga qaratilgan. Konstitutsiya fuqarolar huquq va majburiyatlarini, mehnat va dam olish huquqlarini, keksalikda moddiy ta’minotga va mehnatga layoqatsizlik holatida nafaqa to‘lovlari hamda davlat ijtimoiy sug‘urta mablag‘lari evaziga to‘lovlar huquqlarini belgilaydi.

    Ijtimoiy sug‘urta mablag‘lari respublikamiz kasaba uyushmalari va ijtimoiy ta’minot vazirliklari ixtiyoridadir.

    Qonunchilik asoslarida mehnat muhofazasi to‘g‘risidagi asosiy nizom ham bor. Unga muvofiq ishlab chiqarishda jarohatlanishlar va kasbiy kasalliklarni oldini olish, ogohlantirish korxona ma’muriyatining majburiyati sanaladi. Ishlab chiqarish jarohatlarini va kasbiy xastaliklari haqida ogohlantirish, ishlab chiqarish va maishiy xonalar, ish o‘rinlarini jihozlash, texnologik jarayonlarni tashkil qilish, MX qoidalari va sanitariya qonunlariga muvofiq ishlayotganlarni himoya qilish kabi tadbirlarni o‘z ichiga oluvchi mehnatning xavfsiz va bezarar sharoitlarni ta’minlashga asoslangan.

    Homilador ayollar va go‘dak farzandlarini tarbiyalayotgan ayollar davlatimizning yuksak g‘amxo‘rligi ostida. Ularni tungi vaqtlarda, ishdan tashqari ishlarga jalb qilish, bayram va dam olish kunlarida band etish, shuningdek, ularni roziligisiz xizmat safarlariga jo‘natish ma’n etiladi (11-bob «Ayollar mehnati»).

    Respublika mehnat qonunlarida o‘smirlar mehnatini muhofaza qilishga alohida e’tibor beriladi. Voyaga etmaganlarga ham davlatimiz g‘amho‘rlik ko‘rsatib keladi, ya’ni 18 yoshga etmaganlar. Yigit va qizlar 16 yoshdan, istisno tarzda korxona kasaba qo‘mitasi roziligi bilan 15 yoshdan ishga qabul qilinadi.

    Voyaga etmaganlarning barchasi albatta ishga qabul qilinishdan avval dastlabki tibbiy ko‘rikdan o‘tadilar, so‘ngra 18 yoshdan boshlab har yili tibbiy ko‘rikdan o‘tashlari shart.

    O‘smirlarni og‘ir, er osti ishlarida hamda zararli va xavfili ishlarda, balandlikka ko‘tarilish (liniya va antenna tayanchlarida) kabi ishlarda ishlatish ta’qiqlanadi.

    Og‘ir yuklarni ko‘tarishdagi me’yor chegaralar:

    16 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar uchun – 16 kilogramm

    16 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan qizlar uchun – 10 kilogramm

    15 yoshlilarning og‘ir yuklar ko‘tarishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

    18 yoshgacha bo‘lganlarni tungi vaqtda, ish vaqtidan tashqari, bayram va dam olish kunlari ishlarga jalb qilish ma’n etiladi. O‘smirlar uchun ish haftasi qisqartiriladi.

    15 – 16 yosh – 24 soat (haftasiga)

    16 – 18 yosh – 36 soat.

    Ish haki, to‘liq ish kuni uchun to‘lanadi. Ta’til olish uchun imtiyozlar yozda yoki ularning ixtiyoriga ko‘ra yilning boshqa davrida 1 kalendar oy davomiyligida beriladi.

    Tungi ishlarda, ishdan keyin qolib ishlanadigan ishlarda, dam olish kunlarida o‘smirlar mehnatidan foydalanish butunlay taqiqlanadi. O‘smirlar sog‘ligi uchun zararli moddalar ajralib chiqaradigan ishlarda ularni ishlatish mumkin emas. Mashinasozlik sanoatida galvanik sexlarda, har xil shamollatish tizimlarini ta’mirlash va tozalashda, shuningdek, simob va simob birikmalari bilan ishlanadigan ba’zi bir ishlarda o‘smirlar mehnatidan foydalanish taqiqlanadi.

    YOshlarning ishga joylashishi bilan, hokimiyatlardagi mehnat – ishga joylash bo‘yicha komissiyasi bilan voyaga etmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyaci shug‘ullanadi.

    O‘smir jo‘natilgan korxona ma’muriyati uni ishga joylashtirishi shart, chunki, korxonada voyaga etmaganlarni ishlab chiqarish ta’limi va ishlashi uchun ma’lum o‘rin soni ajratiladi.

    O‘smirlarni ishdan bo‘shatish hokimiyat huzuridagi voyaga etmaganlar ishlari bo‘yicha komissiya roziligisiz amalga oshirilmaydi.

    Oliy o‘quv yurtlari, hamda o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining sirtqi bo‘limlarida ta’limlarini ish bilan birgalikda olib borayotgan ishchilar va xizmatchilar ham imtiyozlarga egadirlar.

    Har yili ularga laboratoriya imtihon sessiyalari uchun to‘lanadigan ta’tillar beriladi. Oliy o‘quv yurti yoki texnikum manziliga borish – kelish yo‘l kira haqining 50 foizini ma’muriyat to‘laydi. Haftada 1 ozod kun (ish kuni) 50 foiz to‘lanadi.

    Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosati:

    • Korxona ishlab chiqarish faoliyati natijalariga nisbatan xodimning hayoti va sog‘ligi ustivorligi;

    • mehnatni muhofaza qilish soxasidagi faoliyatini iqtisodiy va ijtimoiy siyosatining boshqa yo‘nalishlari bilan muvofiqlashtirib borish;

    • mulk va xo‘jalik yuritish shakllaridan qa’tiy nazar barcha korxonalar uchun mehnatni muhofaza qilish soxasida yagona tartib qoidalar belgilab qo‘yish:

    • mehnatning ekologiya jihatidan xavfsiz sharoitlari yaratilishini va ish joylarida atrof-muhit holati muntazam nazorat etilishini ta’minlash;

    • korxonalarda mehnatni muhofaza qilish talablari hamma joyda bajarilishini nazorat qilish;

    • mehnatni muhofaza qilishni mablag‘ bilan ta’minlashda davlatning ishtirok etishi;

    • oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida mehnat muhofazasi bo‘yicha mutaxassislar tayerlash;

    • xavfsiz texnika, texnologiyalar va xodimlarni ximoyalash vositalari ishlab chiqilishi va joriy etilishini rag‘batlantirish;

    • fan, texnika yutuqlaridan hamda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vatanimiz va chet el ilg‘or tajribasidan keng foydalanish;

    • ishlovchilarni maxsus kiyim va poyafzal, shaxsiy himoya vositalari, parxez ovqatlar bilan bepul ta’minlash;

    • korxonalarda mehnatning sog‘lom va xavfsiz shart-sharoitlarini yaratishga ko‘maklashuvchi soliq siyosatini yuritish;

    • ishlab chiqarishdagi har bir baxtsiz hodisani va har bir kasb kasalligini tekshirib chiqish hamda hisobga olib borishning va shu asosda ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar hamda kasb kasalliklariga chalinishlar darajasi haqida aholini xabardor qilishning majburligi;

    • ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan jabrlangan yoki kasb kasalligiga yo‘liqqan ishlovchilarning manfaatlarini ijtimoiy himoyalash;

    • kasaba uyushmalari va boshqa jamoat birlashmalari, korxonalar va alohida shaxslar mehnatini muhofaza qilishni ta’minlashga qaratilgan faoliyatini har tomonlama qo‘llab quvvatlash;

    • mehnatni muhofaza qilish muammolarini hal etish chog‘ida halqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish prinsplariga asoslanadi;

    Mehnatni muhofaza qilish qoidalari va normalari, shuningdek, mehnat qilish qonunlarining bajarilishini ta’minlovchi umumiy va maxsus davlat nazorat tashkilotlari mavjud. Mexnat muxofazasi buyicha konunlarga, ishlab chiqarish sanitariyasi va xavfsizlik texnikasi qoida va normalariga rioya etmaslik ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisalarning asosiy sabablari xisoblanadi. Shu sababli, mexnat konunlari va mexnat sharoitlarini doimiy nazorat qilib borish taqozo etiladi va bu ishni davlat xamda jamoat nazorat organlari olib boradi.

    Mexnat muxofazasi soxasida Davlat nazorat organlari quyidagilardan iboratdir:

    Ijtimoiy macalalar bo‘yicha Davlat Mehnat qumitaci-Mehnat  to‘g‘ricidagi qonunchilikka rioya etish uctidan nazoratni amalga oshiradi.

    Kasaba uyushmasining texnik nazorati - ishlab chiqarishda ishlar bexatar olib borilishini, unda ishlatiladigan texnikalar, usunalar va jixozlarning texnik xolatini, ulardan foydalanish qoidalarini bajarilishini, shunigdek yuk ko‘tarish-tushirish mashina va mexanizmlari, bosim ostida ishlovchi qozon va sig‘imlardan foydalanish va portlatish ishlarini olib borishda ishlar bexatar olib borilishini nazorat qiladi. Uning asosiy vazifalari qatoriga baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olishni korxona ma’muriyati tomonidan to‘g‘ri olib borilayotganligini ku­zatib borish, o‘lim bilan tugagan hamda og‘ir va bir guruh, kishilarning baxtsiz hodisaga uchrashi hollarini tekshirishga qatnashadi va tekshirish materiallari bo‘yicha baxtsiz hodisaga aybdor bo‘lganlar haqidagi malumotlarni, aybdorlarni jinoiy javobgarlikka tortish maqsadida tekshirish organlariga jo‘natish ham kiradi. Kasaba uyushmasining texnik nazoratchisi yangi uskunalarni va yangi korxonalarni qabul qilish va foydalanish uchun topshirish davlat qabul komissiyasining a’zosi hisoblanadi. Shuningdek, u mehnatni muhofaza qilish nomenklatura chora tadbirlarining amalga oshirilishini kuzatib boradi.

    Davlat yong‘in nazorati ishlab chiqarish binolari va inshootlarida-yong‘in xavfcizligi qoidalari talablariga amal qilish uctidan nazoratidir.

    Davlat sanitariya nazorati Recpublika cog‘liqni caqlash Vazirligi canepidemctansiyacining  bosh canitariya–epidemiologiya Boshqarmaci korxonalar va tashkilotlar tomonidan sanitariya-gigiena normalariga va qoidalariga rioya kilish, shuningdek, -yuqumli kacalliklar zaxarlanish va kasb kasalligini oldini olish mehnatkashlarning maishiy mehnat  va dam olish sharoitlarini yaxshilashni ta’minlovchi tadbirlarining bajarilishi ustidan nazorat kiladi. Davlat sanitariya nazorati viloyat, shaxar, tuman sanitariya epidimiologiya stansiyalari tomonidan amalga oshiriladi.

    Davlat tog‘ texnik nazorati (Gosgortexnadzor) -bu bocim octida ishlayotgan qurilmalardan to‘g‘ri foydalanish va qoidalariga rioya qilish, ko‘taruvchi qurilmalar, gaz qurilmalari ishi, portlash ishlarini o‘tqazish uctidan nazoratdir. Davlat tog‘ texnik nazorati maxcuclashtirilgan incpeksiyalariga ega: Kotlonazorat, Gaz va Tog‘ incpeksiyalari.

    Kotlonazorat incpektorlari ko‘tarma kranlar, liftlar, kotellar, icciq cuv bug‘i uchun quvirlarni ro‘yxatdan o‘tqazib, ishlashiga ruxcat beradi. Gaz incpeksiyaci inshootlarni, ularning gaz qurilmalari, acbob va kommunikasiyalari mehnat muxofazaci qoidalariga muvofiq texnik axvoli va ishlatilishini ta’minlaydi, nazorat qiladi.

    Tog‘ incpeksiyaci portlovchi moddalarni to‘g‘ri caqlash va xicobga olish, shuningdek, portlatish ishlarining xavfciz o‘tqazilishi uctidan nazoratni ta’minlaydi.

    Davlat energetika nazorati (Gosenergonadzor) elektr va issiqlik yordamida ishlovchi uskuna va kurilmalardan foydalanish ishlarini bexatar olib borilishini nazorat kiladi.

    Davlat nazorat organlaridan tashkari kasaba uyushmalarining texnik inspektorlari xam nazorat ishlarini olib boradi. Mexnat bo‘yicha texnik inspektorlar ishlab chikarishda ruy bergan avariya va baxtsiz xodisalarni tekshiradi va sud-tergov ishlari uchun xulosa yozib beradi, shunigdek, baxtsiz xodisalarni xisobga olib boradi. Bundan tashqari, ular mexnat muxofazasi buyicha ish sharoitlarini yaxshilash borasida tuzilgan bitim va kollektiv shartnomalarning bajarilishini xam nazorat kiladi.

    Kasaba uyushmalari tomonidan mexnat muxofazasi xolatini nazorat kilib borish uchun jamoatchi inspektorlar xam saylanadi. Ushbu jamoatchi inspektorlarga maxsus guvoxnoma beriladi va kasaba uyushmalarining umumiy yig‘ilishlarida ularning xisobotlari tinglanadi.

    Mehnat to‘g‘ricidagi qonunchilikka rioya qilish texnika xavfcizligi, ishlab chiqarish canitariyaci yong‘in xavfsizligi qoidalari va me’yorlari ijroci uctidan oliy nazorat bosh prokuror va adliya organlariga yuklatiladi.

    Kasaba uyushmasi ustaviga asosan jamoa shartnomaci xar yili ishchilar va xizmatchilar jamoaci nomidan va korxona ma’muriyati tomonidan FZMK o‘rtacida tuziladi va ma’muriyat, jamoa va xizmatchilarning o‘zaro majburiyatlarini belgilaydi. SHartnoma 3 bo‘limdan iborat. Mehnat  muxofazaci to‘g‘ricidagi bitimdan iborat.

    1. Baxtciz xodicalarni ogoxlantirish, oldini olish bo‘yicha tadbirlar.

    2. Ishlab chiqarishda kacbiy kacalliklarni oldini olish bo‘yicha.

    3. Mehnat sharoitlarini umumiy yaxshilash bo‘yicha.

    Ular sex va umumzavod nakladnoy xarajatlari, davlat kapital qo‘yilmalari, bank krediti evaziga moliyalanadi.

    Mehnat muhofazasi bo‘yicha tadbirlarga ajratilgan xarajatlarni boshqa maqsadlarga sarflash qat’iyan ma’n etiladi.

    SHartnomada ijro uchun muddatlar va mas’uliyatli shaxslar ko‘rsatiladi. Yil oxirida mehnat muhofazasiga ajratilgan mablag‘larning o‘zlashtirilgani va tadbirlar bajarilgani to‘g‘risida hisobot tinglanadi.

    Xodimga mehnat intizomini buzganligi uchun ish beruvchi quyidagi intizomiy jazo choralarini qo‘llashga xaqli:

    1. Xayfcan.

    2. O‘rtacha oylik ish xaqining yigirma foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorga jarima colish xollari xam nazarda tutilishi mumkin. Xodimning ish xaqidan jarima ushlab qolish ushbu Kodekcning 164-moddaci talablariga rioya qilingan xolda ish beruvchi tomonidan amalga oshiriladi.

    3. Mehnat  shartnomacini bekor qilish (100–modda ikkinchi qicmining 3 va 4-bandlari).

    Ushbu moddada nazarda tutilmagan intizomiy jazo choralarini qo‘llash taqiqlanadi.

    Ma’muriy jazo–(ogoxlantirish yoki jarima) TX qoidalari yoki canoat canitariyaci qoidalari buzilishida aybdor xodimga texnik incpeksiya va canitar nazorat organlari tomonidan ogoxlantirish yoki jarima colinadi.

    Mehnat muxofazaci qoidalari buzilishi, atrof-muxit ifloclanishi uctidan agar bu qonunbuzarliklar oqibatida baxtciz xodicalar chiqishi mumkin, inconlar calomatligiga zarar etkazca, mancabdor shaxclar prokuratura organlari tomonidan jinoiy javobgarlikka tortiladi.

    Mexnat muxofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha o‘qitish.

    Ishlab chiqarishda faoliyat ko‘rsatadigan xar bir ishchi va xodim o‘ziga biriktirilgan ishni xavfsiz bajarishi uchun chukur bilimga ega bo‘lishi zarur. Buning uchun esa ularni mexnat muxofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha malakali ukitish talab etiladi.

    Ishlab chikarishda barcha ishchilar ishlab chikarish ishlarining xarakteri va xavfsizlik darajasidan kat’iy nazar mexnat xavfsizligi buyicha ukitilib, bilimlari tekshirilib kurilgandan keyin ishga ruxsat etiladi. Ishchilarni mexnat muxofazasi va xavfsizlik texnikasi buyicha ukitish ularga yuriknomalar (instruktajlar) utish orkali amalga oshiriladi. Yuriknomalar mazmuni, xarakteri va utkazilish davriga boglik xolda kuyidagi turlarga bulinadi:

    Kirish yo‘riqnomasi. Kirish yo‘riqnomasini korxonadagi xavfsizlik texnikasi buyicha muxandis, korxona yoki bosh muxandis xamda kasaba uyushmasi kumitasi tomonidan tasdiklangan dastur asosida utkazadi. U mexnat muxofazasiga oid zamonaviy vositalar va ko‘rgazmali qurollar bilan jixozlangan mexnat muxofazasi kabinetlarida o‘tkaziladi.

    Kirish yo‘riqnomasi «SN va PM-4-80» asosida tuzilib quyidagi masalalarni o‘z ichiga olishi mumkin:

    -korxonaning ish rejimi va ichki tartib koidalari bilan tanishtirish;

    -mexnat intizomi va uni mexnat xavfsizligiga ta’siri;

    -mexnat muxofazasi buyicha jamoa (kollektiv) shartnomalari;

    -korxonada sodir bulgan baxtsiz xodisalar va ularni kelib chikish sabablari;

    -yonginni oldini olish tadbirlari;

    -elektr xavfsizligini asosiy koidalari;

    -yuklarni kutarish va tushirishdagi, ximikatlar va kislotalari bilan ishlashdagi xavfsizlik koidalari;

    -ishga kelish yoki ishdan qaytishdagi xavfsizlik qoidalari;

    -maxsus kiyim boshlar va saklash kurilmalaridan foydalanish qoidalari;

    -jaroxatlanganlarga birinchi tibbiy yordam kursatish tartib qoidalari;

    -ichkilikbozlikka qarshi kurash tadbirlari;

    -jamoa o‘rtasida ma’naviyat va ma’rifatni yuksaltirishga qaratilgan tadbirlar.

    Kirish yo‘riqnomasi dasturiga kiritilishi lozim bo‘lgan masalalar maxalliy sharoitlar, ishlab chiqarish xarakteri va ishga qabul qilingan ishchining kasbiga bog‘liq xolda qo‘shimcha tadbirlar bilan to‘ldirilishi mumkin. Ushbu yo‘riqnoma maxsus jurnalga yoki maxsus shakldagi «kartochka» orqali xujjatlashtiriladi.

    Ish joyidagi birlamchi yuriqnoma. Ushbu yo‘riqnoma xam korxona raxbari (yoki bosh muxandis) va kasaba uyushmasi kumitasi tomonidan tasdiklangan dastur asosida o‘tkaziladi.

    Ish joyidagi birlamchi yo‘riqnoma dasturiga asosan quyidagilar kiritilishi mumkin:

    -ish joyidagi texnologik jarayonlar va tashkiliy-texnik koidalar;

    -ish joyini tashkil etishga kuyilgan talablar;

    -mashina yoki qurilmaning tuzilishi, ishlash tartibi, texnik ma’lumotlari va uning xavfli zonalari;

    -ishni bajarishdagi xavfsizlik koidalari;

    -mashina yoki qurilmalardan foydalanishning xavfsiz usullari; elektr jixozlari va ular bilan ishlash qoidalari;

    -ish joyining yoki ish maydonining xavfli zonalari;

    -ish joyidagi «signalizatsiya» va undan foydalanish koidalari.

    YUkorida kayd etilgan masalalardan tashkari bu yuriknoma, ishning turiga va ishchining malakasiga boglik xolda boshka tadbirlar bilan xam tuldirilishi mumkin.

    Navbatdagi (rejadagi) yo‘riqnoma. Bu yo‘riqnoma xarakteri va xavfsizlik darajasiga bog‘liq xolda ish joyidagi birlamchi yo‘riqnomadan 3 yoki 6 oy o‘tgach o‘tkaziladi. Ushbu yo‘riqnoma ishchilarni mexnat muxofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha bilimlarini oshirish xamda tekshirish maksadida utkaziladi. Yuriknomani utkazishda ish joyidagi birlamchi yuriknoma dasturi asos kilib olinadi.

    Navbatdan (rejadan) tashkari yo‘riqnoma. Bu yo‘riqnoma ishlab chikarish texnologiyalari uzgarganda, ya’ni texnika vositalari joriy etilganda, ishchi bir ishdan boshka ishga utkazilganda, baxtsiz xodisa ruy berganda yoki xafsizlik texnikasi koidalari buzalgan vaktlarda utkaziladi.

    Davriy (mavsumiy) yo‘riqnoma. Ayrim ishlab chiqarish soxalari, jumladan kishlok xujalik ishlari mavsumiy xarakterga egaligi sababli, mavsum turiga boglik xolda mavsumiy yuriknoma utkaziladi. Masalan: baxorgi erga ishlov berish mavsumi oldidan, ekish mavsumi oldidan, xosilni yig‘ib olish davri oldidan va boshqalar.

    Kurs o‘qishlari. Ishlab chikarish jarayoni davrida bajariladigan ishning turiga va xarakteriga boglik xolda ishchilar va texnik xodimlar mexnat muxofazasi buyicha kurs o‘qishlariga yuboriladilar. Kurs o‘qishlari oliy ukuv yurtlari koshidagi malaka oshirish kurslari yoki fakultetlarida xamda ilmiy-tekshirish institutlarida maxsus dastur asosida olib boriladi. Mexnat muxofazasi buyicha kurs o‘qishlarini o‘tagan ishchi xodimlarga guvoxnoma beriladi.
    14–MA’RUZA

    Mavzu: Farmatsevtik korxonalarni qurish va foydalanishda mehnatni muhofaza qilishga qaratilgan chora-tadbirlar.

    Reja:


    1. Sanoat korxonalarini qurish va ishlatishga qo‘yiladigan asosiy talablar.

    2. Farmatsevtik korxonasini qurish uchun maydon tanlash.

    3. Farmatsevtik korxonasi hududi.

    4. Farmatsevtik korxonalarining xonalari. Toza xonalar.

    5. Farmatsevtik korxonalarini suv bilan ta’minlash va kanalizatsiya tizimlari.

    6. YOrdamchi bino va yordamchi xonalar.

    Ishlab chiqarish jarayonlarini kompleks tarzdagi mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish mexnatni tashkillashtirish yuqori darajasini xarakterlaydi. Asbob uskuna, jixozlarni to‘g‘ri va qulay joylashtirish jarayonlarni uzluksizligini ta’minlaydi, bunda ish o‘rinlarini tashkillashtirish uchun maydon tanlash, yo‘laklarni joylashtirishga axamiyat berish zarur bo‘ladi. Bundan tashqari omborxona binolari texnika xavfsizligi qoidalari, shuningdek yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilingan xolda loyixalash va joylashtirish zarur.

    Ishlab chiqarish binolarini qurish va loyixalashtirish mexnat muxofazasini, ish sharoitlarini e’tiborga olgan xolda ishlab chiqarish jarayonlarini aloxida jarayonlarida xavfli va zararli omillarini inoabatga olgan xolda texnologik jarayonlar xarakteridan kelib chiqiladi. Bunday xolatlarda eng yaxshi muxofaza choralaridan biri sexlarni, texnologik jarayonlarni va xavfli zona va uskunalarni aloxida joylashtirish, shuningdek chang va toksik moddalar ajralishi bilan kuztiladigan jarayonlar olib boriladigan ishlab chiqarish, yong‘in va portlashga xavfli uskuna va agregatlar joylashgan xona va binolarni germetikligini ta’minlashga axamiyat qaratiladi. Xavfsizlik sharoitlarini ta’minlash va qulay mexnat sharoitlarini yaratish maqsadida korxonalarni qurish va loyixalashtirishda issiq sexlarda ishlash, qo‘llanilayotgan reagentlar, erituvchilar, gaz va bug‘larning toksikligini, ajralayotgan changning zararli ta’siri, shovqin va titrash (vibratsiya) ga qarshi qaratilgan chora tadbirlarni inobatga olishni talab etadi.

    Standartlar, ergonomika, mexnatni muxofaza qilishga doir qoidalar va me’yorlar talablariga javob bermaydigan ishlab chiqarish binolari va inshootlarini loyixalash, qurish hamda qayta qurish, ishlab chiqarish vositlarini ishlab chiqish, tayyorlash, ta’mirlash, texnologiyalarni joriy etishga, shu jumladan, xorijdan sotib olinganlarini joriy etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

    Sanoat korxonalarini qurishda ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy masalalar bilan bir qatorda, ushbu sanoat korxonasi qurilayotgan aholi yashaydigan joyning ekologiya muvozanati buzilmasligiga ahamiyat berish zarur.

    Masalan, hozirgi zamonaviy texnologiya jarayonlari butunlay chiqindilarsiz ishlashi mumkin emas. Bu chiqindilar ma’lum miqdorda suv havzalarini, ko‘pgina qismi esa atrof-muhitni ifloslaydi. Sanoat korxonalarini aholini suv bilan ta’minlaydigan daryolar, ariqlar va ko‘llar yaqiniga qurish mumkin emas. Bundan tashqari sanoat korxonalaridan faqatgina ifloslangan suv emas, balki atrof-muhitni ifloslantiruvchi ko‘pgina kimyoviy moddalar ajralishi bilan kuzatiladi.

    Sanoat korxonalarini aholi yashash punktlarida maxsus belgilangan maydonga joylashtiriladi. Bunda sanoat korxonasi joylashgan maydon aholi yashaydigan punktga nisbatan shamolning bosh yo‘nalishiga qarama-qarshi tomonda bo‘lishiga e’tibor beriladi. Agar iloji bo‘lsa, sanoat korxonasi quriladigan maydon aholi yashaydigan punktdan birmuncha olisroqda joylashtirilgani ma’qul. Bu holda ham, albatta shamolning bosh yo‘nalishi hisobga olinishi va sanoat korxonasi aholi yashaydigan punktga nisbatan shamol yo‘nalishida bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.

    Sanoat korxonasi bilan aholi yashaydigan punkt oralig‘idagi masofa sanitar-muhofaza oralig‘i deb ataladi. Bu sanitar-muhofaza oralig‘i sanoat korxonalari sinflariga qarab belgilanadi: 50, 100, 300, 500, 1000 m. Sanitar-muhofaza oralig‘i ko‘kalamzorlashtirilgan va sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari belgilangan bo‘lishi kerak. Sanitar-muhofaza oralig‘iga doimiy yashash joylari, dam olish joylarini tashkil qilish, shuningdek, issiqlik hosil qilish va boshqa sanoat inshootlarini qurishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bu oraliqlarga yong‘inga qarshi depo, avtotransport turish joylarini qurishga ruxsat etiladi. Ammo bu qurilishlar oraliq ko‘kalamzorlariga zarar keltirmasligi shart.

    Sanoat korxonasini aholi yashaydigan punktga nisbatan joylashtirish va sanitar-muhofaza oraliqlarini belgilashdan tashqari uning maydonini tekislash, rejalashtirish ishlarini amalga oshirish kerak. Bunda yomg‘ir, qor suvlarini to‘xtamay oqib ketish yo‘llari, korxonada ishlatib ifloslangan suvlarni yig‘ish va tozalashni yo‘lga qo‘yish, er osti suvlarini darajasini belgilash, toshqin va boshqa holatlarda sanoat korxonasini suv bosib ketmasligini ta’minlash zarur. Bundan tashqari quyosh nurlarining sanoat korxonasi binolarini iloji boricha ko‘proq yoritishini ta’minlovchi vositalar hamda sanoat korxonalari xonalarini iloji boricha yaxshiroq tabiiy shamollatish vositalari bilan ta’minlashga e’tibor berilishi kerak.



    Sanoat korxonasi hududi.

    Sanoat korxonasi hududi faqatgina ishlab chiqarish talablariga javob berib qolmasdan, balki sanitar-gigiena me’yorlariga ham javob berishi kerak. U tekis, yaxshi yoritilgan, etarli miqdordagi o‘tish yoilari va yo‘laklari bilan ta’minlangan bo‘lishi shart. Har xil chuqurlar, texnik maqsadlarda qoldirilgan xandaqlar, hovuzlar mustahkam qopqoqlar bilan ta’minlanishi va muhofaza vositalari bilan o‘rab qo‘yilishi shart. Agar muhofaza qopqoqlari bilan berkitish imkoniyati bo‘lmasa, uni odam o‘ta olmaydigan to‘siq bilan to‘sib qo‘yiladi.

    Agar sanoat korxonasida katta miqdoda chang, zaharli moddalar chiqadigan uchastkalar bo‘lsa, ularni iloji boricha chetroqqa joylashtirishga va ular, albatta, shamol yo‘nalishida joylashtiriladi.

    Ba’zi bir shovqinli sexlarni ham iloji boricha boshqa sanoat binolaridan olisroqqa joylashtiriladi. Hosil bo‘lgan oraliqlarga har xil daraxtlar va gullar ekib obodonlashtirish, ishchilar tanaffus vaqtlarida dam oladigan, hordiq chiqaradigan joylar tashkil qilish mumkin.

    Sanoat korxonasi hududida joylashgan har qanday sanoat binolari va yordamchi binolar, albatta kanalizatsiya bilan ta’minlanishi kerak. Kanalizatsiya bilan to‘plangan va ifloslangan sanoat chiqindi suvlarini mavjud suv havzalariga tashlab yuborish mutlaqo taqiqlanadi. Bunday chiqindi suvlar, albatta maxsus hovuzlarda yig‘ilishi, mavjud texnik va biologik vositalar bilan tozalanishi hamda texnik zaruratlar uchun ishlatilishini hisobga olib, sanoat korxonasiga qaytarilishi kerak.

    Sanoat korxonasini suv bilan ta’minlaganda va tozalangan kanalizatsiya suvlarini ishlatishda, suv sifatini belgilovchi GOST larga amal qilinadi. Agar tozalangan kanalizatsiya suvlari ochiq suv manbalariga tashlab yuboriladigan bo‘lsa, ularning sifati sanitariya me’yor va qoidalariga to‘liq javob berishi kerak.



    Sanoat korxonalarining xonalari

    Sanoat korxonalarining xonalari texnologik jarayon talablariga va tayyorlanadigan mahsulot katta-kichikligiga qarab quriladi. Korxonaning umumiy sexlarida har bir ishchi uchun kamida 15 m3 hajmdagi maydon to‘g‘ri kelishi, bunda minimal maydon 4,5 m2 dan kam bo‘lmasligi va binoning balandligi kamida 3,2 m bo‘lishi sanitariya qoidalarida chegaralab qo‘yilgan.

    Har xil sanoat chiqindilari va issiqlik ajralib chiqadigan texnologik jarayonlar bo‘lganda (bunda issiqlik ajralishi 20 kkal m2−1 soatda), shuningdek, titrash manbalari mavjud bo‘lsa, bunday sanoat korxonalari uchun bir qavatli bino qurish sanitar-gigienik nuqtayi nazaridan qulay hisoblanadi.

    Agar ko‘p qavatli binolarga joylashgan mashinasozlik sanoati korxonalarida yuqorida ko‘rsatilgan sexlarni eng oxirgi qavatga joylashtirish maqsadga muvofiqdir. Agar bunday sexlar qavatlar o‘rtasiga joylashtirilsa, zararli chiqindilr va issiqlik boshqa qavatlarga ham o‘tib ketib, ularning zararlash maydonlarini oshirib yuboradi. Zararli moddalar ajratadigan yoki ko‘plab issiqlik chiqaradigan jihozlarni ayrim xonalarda iloji boricha xonaning chekka tomonlariga devorlar yaqiniga o‘rnatiladi. Mashinasozlik sanoatida bunday xonalarga temirchilik sexlari, lak-bo‘yoq ishlarini bajaradigan uchastkalar va detallarga galvanik ishlov berish sexlari joylashgan bo‘ladi.

    Har xil sanitar-gigienik sharoitga ega bo‘lgan ishlarni bir xonada joylashtirilganda, ularning zararlovchi omil ta’siri boshqalarga ham ta’sir qilmasligini ta’minlovchi chora-tadbirlarni amalga oshirish kerak. Bunda, masalan, havo dushlari, zararli mashinalarni ajratish, havo to‘siqlari va boshqalardan foydalanilaniladi. Ishlab chiqarish xonalarini erto‘lalarga joylashtirish, texnologik jarayon uchun zarur bo‘lgan ayrim hollardagina yul qo‘yiladi.

    Xonalarga tabiiy yorug‘lik tushishi muhim rol o‘ynaydi. Shuning uchun ham yorug‘lik tushiruvchi deraza va tuynuklarning joylashishiga alohida e’tibor beriladi va bular albatta hisoblab chiqiladi. Tepa tomondan yorug‘lik tushishini ta’minlovchi fonarlar holatiga alohida e’tibor berish zarur. CHunki sanoat korxonalarida zaharli moddalar chiqishini hisobga olib, sanoat korxonasi shamollatish vositalari bilan jihozlanishidan qat’i nazar, uni shamollatishning ma’lum vositalari bilan jihozlash zarur hisoblanadi. Mana shu shamollatish vazifasini yorug‘lik tushirishni ta’minlovchi fonarlar amalga oshiradi. Shuning uchun ham yorug‘lik tuynuklarining 20% i ochiladigan vositalar bilan ta’minlanadi va shamollatish vazifasini bajaradi. YOn tomonga o‘rnatilgan derazalar ham shu vazifani bajaradi.

    Binolarning devor va shiftlariga ham alohida e’tibor beriladi. Ular ishchilarni sovuq va zax havodan saqlashi bilan birga zaharli modda va gazlarni shimib olmasligi va bunday moddalarni undan yuvib yuborish oson bo‘lishi kerak. Binolarning tashqi devorlari albatta qiyin yonadigan yoki yonmaydigan qurilish konstruksiyalaridan tayyorlanadi (masalan, g‘isht, beton, temir- beton va metall konstruksiyalar). Ular bundan tashqari issiqlikni saqlash qobiliyatiga ham ega.

    Namlik ko‘p bo‘ladigan sanoat korxonalari binolari (masalan, detallarni yuvish, bo‘yash, galvanika uchastkalari) devorlari va shiftlari suv va namlikni o‘tkazmaydigan qilib tayyorlanadi.

    Ba’zi bir juda zaharli va emiruvchi xususiyatga ega bo‘lgan moddalar bilan ish bajaradigan (masalan, simob, qo‘rg‘oshin, mishyak, benzol, kislotalar, oltingugurtli gazlar va boshqalar) xonalarda, bino devorlari, pollari va shiftlari bu moddalarni o‘ziga jamlab yoki shimib olmasligi, oson yuvib tashlash mumkin bo‘lgan materiallar bilan qoplanadi.

    Ma’lumki ba’zi bir moddalarning bug‘lari (simob, tetraetil qo‘rg‘oshin va boshqalar) hattoki, uncha katta bo‘lmagan miqdorlarda ham devor va shift yuzalariga o‘tirib qolishi va uzoq muddat undan ajralib chiqib, ishlab chiqarishda band bo‘lgan kishilarning sumnkali zaharlanish hodisalari uchraydi. Shuning uchun ham bunday binolarning devorlari nitroemal yoki boshqa turdagi turg‘un bo‘yoqlar bilan bo‘yaladi.

    Ba’zi bir ko‘p chang ajralish bilan boradigan ishlar bajariladigan xonalarda (masalan, quymalarni qum oqimi bilan tozalash, shlifovka qilish va boshqalar) chang so‘rish vositalarini o‘rnatish, pol va bino devorlarini suv bilan yuvib tozalash imkonini beradigan qilib bajarish kerak.

    Demak, har bir xonani ish bajarish turi, xili va holatiga qarab jihozlanadi va bunda sanitariya qoida va me’yorlariga to‘la amal qilinadi. Sanoat korxonalari xonalari pollariga ham alohida ahamiyat beriladi. Pollar issiq, mustahkam, tarang bo‘lib, ba’zi bir zarbalarga chidash berishi va etarli miqdorda yukni ko‘tara olishi kerak. Undan tashqari sirpanchiq bo‘lmasligi va tozalashga qulay bo‘lishi kerak.

    Mexanika va asbobsozlik sexlarida bino pollari issiqlikni saqlovchi materiallardan tayyorlanadi.

    Agar ba’zi bir sexlarda polga ishqor yoki kislota to‘kilishi xavfi bo‘lsa, bunday sexlarning pollari sopol plitkalar bilan qoplanadi. YOng‘inga xavfli sexlarda pollar yonmaydigan yoki olov ta’siriga chidaydigan materiallardan tayyorlanadi. Shuningdek, kislota va ishqorlar bo‘lgan sexlarda ularni yuvib yuborish imkoniyatini beradigan oqova uchastkalari ta’minlanadi.



    Ko‘plab yog‘ mahsulotlari to‘kilishi mumkin bo‘lgan xonalarning poli ham sopol plitkalar bilan qoplanadi yoki betondan juda silliq qilib tayyorlanadi.

    Ishlab chiqariladigan maxsulot turiga ko‘ra xonalarni loyixalash va qurishda farmatsevtika soxasida toza xonalarga qo‘yilgan talablar katta ahamiyatga ega. Toza xonalar maxsulot va bajarilayotgan jarayonni atrof muxitdan kontaminatsiyasini oldini olishdan iborat. Bunday joylarni ta’minlash muxitni boshqarish yo‘li bilan amalga oshiriladi:

    -mikroorganizmlar soni

    -o‘lik zarrachalar soni

    -xarorat, namlik va boshqa parametrlar boshqariladi va nazorat qilinadi

    Xavo HEPA filtrlari orqali o‘tkazilib, bunda xaovoning xarakatlanish tezligi va xajmi doimiyligi filtrlarning yuqori sifatligi ta’minlangan xolda o‘tkazilishi kerak.

    Toza xonalar deb xavodagi zarrachalar soni ma’lum darajalarda ushlab turiladigan xonalar tushiniladi. Zarrachalar qattiq, suyuq yoki ko‘p fazali ob’ekt yoki mikroorganizm zrrachalar o‘lchami 0,005 dan 100 mkmgacha. Toza xonalarni tasniflashda 0,1 dan 5,0 mkm gacha bo‘lgan zarrachalar o‘lchami qaraladi. Axamiyatlisi toza xonalarda qat’iy zarrachalar soni bilan belgilanadi, ya’ni xavo xajmi birligida zarrachalar soni bilan, ularning o‘lchami ma’lum kattalikka teng yoki undan oshishi mumkin (0,1; 0,3; 0,5 mkm va b.). Bu bilan ularni oddiy xonalardan farq qilinadi, ularda xonnaning tozaligi xavodagi ifloslanishni og‘irlik konsentratsiyasi bo‘yicha baxolanadi.

    Farmatsevtika sanoati uchun xonalarni tozalik darajasi bo‘yicha A, B, C, D sinflarga bo‘linadi.

    A – maxsulot sifatiga xafvli ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan jarayonlarni olib boriladigan lokal zona, masalan to‘ldirish, qadoqlash, ampula va flakonlar og‘zini ochish, asbob uskunalarni qismlarini aseptik sharoitda birlashtirish. Bunday zonalarda biryo‘nalishli (laminar) xavo oqimidan foydalaniladi, bu bilan toza xonalarda bir xilda tezlikka ega bo‘lgan xavo xarakatlanish tezligi 0,36 - 0,54 m/s ta’mirlanadi. YOpiq izolyasiyalangan bokslarda xavo xarkati past tezliklaridan foydalanish mumkin.

    V - zona, A zonani atrofini o‘rab olgan zona xisoblanib, aseptik tayyorlash va to‘ldirish uchun mo‘ljallangan;

    S va D – toza zonalar steril maxsulot tayyorlanishida kam javobgarlik bosqichlarda bo‘ladi.

    Ishlab chiqilgan loyixalar asosida toza xonalar tizimlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

    devoriy panellar - to‘siqlar

    eshik va kesagi

    o‘tish shlyuzlar, joylari

    pol

    potolok-shift

    yoritgichlar

    filtrlovchi qurilmalar

    ventilyasion reshetkalar

    maxsus anjomlar

    shuningdek qurilmalar:

    konditsionerlash va ventilyasiya tizimlari,

    ko‘p bosqichli muzlatgich agregatlari, konditsionerlash tizimlari texnologik qurilmalar uchun

    tozalangan suv, in’eksiya uchun suv, o‘ta tozalangan bug‘ tayyorlash uchun qurilmalar,

    sanitar tozalash va sterilizatsiya qurilmalari

    yuqori texnologik ishlab chiqarishlar uchun zanglamaydigan po‘latdan tayyorlanganiz maxsus mebel.

    Toza xonalarni asbob uskunalari va tizimlari:

    Konditsionerlash va ventilyasiya

    Issiqlik va sovuq ta’minoti

    Elektr ta’minoti va avtomatika,

    muxandislik tizimlari:

    Suv ta’minoti va kanalizatsiya

    Suv tayyorlash va tozalash

    Gaz ta’minoti

    Kuchsiz tok ta’minoti

    Sanoat korxonalarini suv bilan ta’minlash va

    kanalizatsiya tizimlari

    Sanoat korxonalarini suv bilan ta’minlash uni faqatgina ichimlik suv bilangina emas, balki sanoat maqsadlari uchun, shuningdek, yong‘inga qarshi kurash vositasi sifatida ham qarash kerak.

    SHuning uchun sanoat korxonalarida ishlatiladigan suvning sifatini belgilash, ichimlik va xo‘jalik ehtiyojlari uchun ayrim yaxshi tozalangan sifatli suvlarni ishlatish, sanoat maqsadlari uchun va yong‘inga qarshi kurash vositasi sifatida birlamchi ishlatilgandan keyin, ya’ni ichimlik va xo‘jalik maqsadida qo‘lanilgan suvni qayta tozalagandan keyingi suvlar—texnik suv sifatida ishlatilishi mumkin. Bunda biz, birinchidan, hozirgi zamonda tanqisligi sezilaboshlagan chuchuk suvni tejasak, ikkinchidan, oqava suvlarini suv havzalariga tashlab ularni ifloslantirmaslik, shu bilan tabiat tozaligini saqlab qolish imkoniyatiga ega bo‘lamiz.

    Demak, har bir sanoat korxonasi uchun suv manbalarini tanlash va ularni suvni ifloslanishiga yul qo‘ymaslik asosida chiqarilgan hujjatlarga asoslanib, foydalaniladi. Bunda asosan sanitariya qoida va me’yorlari bo‘yicha berilgan sifat ko‘rsatgichlari va suv tarkibidagi zararli moddalarning chegara miqdorlari belgilangan bo‘ladi.

    Suv havzalaridan olingan suvlar albatta toza bo‘ladi va shuning uchun ehtiyoj sifatida foydalanish mumkin. Har bir sanoat korxonasi uchun zarur bo‘lgan suv miqdori, uning texnologiyasi va ishlab chiqarish quvvatiga bogiiq bo‘ladi.

    Me’yoriy hujjatlarda xo‘jalik maqsadlari va ichimlik suvlari sifatida ishlatiladigan suv me’yorlari keltirilgan. Bu me’yorlar issiq sexlar uchun har bir ishchi uchun bir smenada 45 l, issiq bo‘lmagan sexlarda 25 l qilib belgilangan. Ammo bu miqdorlar doimiy bo‘lmay o‘zgaruvchan bo‘ladi va koeffitsientlar bilan beriladi.

    Sanoat va xo‘jalik maqsadlarida ishlatib bo‘lingan suvlarni kanalizatsiya tizimi orqali yig‘iladi. Kanalizatsiya umumiy ishlatilib bo‘lingan suvlarni yig‘uvchi tarmoqlarga, er osti trubalari, kanallari, kuzatish quduqlari, nasos stansiyalari, bosimli yoki oqava kollektorlar, tozalash qurilmalari, zararsizlantirish va yig‘ish qurilmalariga ega bo‘ladi. Yig‘ish qurilmalarida yig‘ilgan tozalangan suv texnik maqsadlar va yong‘inga qarshi kurash suvi sifatida ikkinchi marta sanoat korxonasiga qaytariladi.

    Sanoat korxonalarida foydalaniladigan kanalizatsiya tizimlari atrof-muhitdan butunlay ajratilgan bo‘lishi kerak. Kanalizatsiya quvirlaridan suvni erga-tuproqqa o‘tib shimilishiga mutlaqo ruxsat berilmaydi.

    O‘zbekiston Respublikasi atrof-muhitni muhofaza qilish qonuniga asosan sanoat korxonasidan oqib chiqadigan har qanday suv tozalanmasdan suv havzalariga qo‘shib yuborilishi mutlaqo taqiqlanadi. Ularni albatta zararli moddalardan va iflosliklardan tozalash talab qilinadi. Bu shartlarni bajarishda tozalashning kimyoviy, mexanik va biologik usullaridan foydalaniladi.

    Tozalangan suv tarkibi va sifati, uni tozalash usullari va tozalash qurilmalari turlari QMQ 2. 04. 05 — 97 talablariga javob berishi kerak.



    YOrdamchi bino va yordamchi xonalar

    Sanoat korxonalarining yordamchi bino va yordamchi xonalari tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin: sanitar-maishiy xonalari; umumiy ovqatlanish joylari; sog‘liqni saqlash bo‘limlari; maishiy xizmat qilish, konstruktorlik xizmatlari; o‘quv xonalari (agar kechki yoshlar bilim yurtlari bo‘lsa); jamoat tashkilotlari joylashgan joylar va boshqalar.

    Bularni me’yoriy hujjatlarga asoslangan holda sanoat korxonasi yoniga qurilgan binolarda tashkil qilish tavsiya qilinadi.

    YOrdamchi bino va xonalarni sanoat korxonalari asosiy binolari tarkibiga kiritish ham mumkin. Lekin bu hollarda sanitar-maishiy va boshqa xonalarning holatiga sanoat zararliklari ta’sirida sanitar-gigienik sharoitni yomonlashtirishni oldini olgan taqdirdagina ruxsat etiladi. Bunday xonalar odatda tozalikka e’tibor berilib, yaxshi jihozlangan, devor, shift, pol kabi qurilish echimlari yaxshilab pardozlangan va qoniqarli holatda saqlash imkoniyatini berishi kerak.

    Har qanday yordamchi bino eng kamida ikkita yong‘in vaqtida odamlarni chiqarib yuborish imkoniyatini beradigan eshik yoki darvoza bilan jihozlangan bo‘lishi va bu vositalar iloji boricha qarama-qarshi tomonga o‘rnatilishi kerak. YOrdamchi xonalarning ichki hajm birliklarini belgilaganda quyidagi ma’lumotlarga asoslaniladi. Har bir qavatning balandligi uning yuzasi 300 m2 gacha bo‘lsa, 3,3 m dan kam bo‘lmasligi kerak. Shu qavatda joylashtirilgan xona balandligi 2,4 m dan kam bo‘lmasligi kerak.

    Agar shu qavatga ovqatlanish, yigllish zallari joylashtirilib maydoni 300 m2 gacha, umumiy qavatning 60% qismidan ko‘prog‘ini egallasa, uning balandligi 3,6—4,2 m qilib belgilanadi.

    Ayrim xonalarning balandligi ularda bajariladigan ish turiga binoan belgilanadi. Masalan, ma’muriyat xonalari boshqaruvchi shaxslar uchun belgilangan xonalar, jamoat ishlarini bajaruvchilar uchun, fizkultura mashqlarini bajarish, o‘qish, o‘qitish, xavfsizlik texnikasi xonasi, sexda ish boshqaruvchilar uchun xonalar va boshqalar. Bu xonalarning umumiy balandligi 3 m atrofida va maydonlari ma’muriy xonalarda har bir ishlovchi uchun 4 m2, chizmakashlik ishlarini bajaruvchilar uchun 6 m2 miqdorda belgilanadi.

    Ma’muriy binolarning qo‘rilishiga qo‘yiladigan talablar ularni zavod hududining chekkarog‘ida bir necha qavatli qilib qurish imkoniyatini beradi. Agar bunday imkoniyat bo‘lmasa, sexlar yonida bo‘sh qolgan maydonlarga qurish mumkin.

    Ma’muriy binolarga kunning yorug‘ vaqtlarida tabiiy yorug‘likning iloji boricha ko‘proq vaqt ta’minlanishini ko‘zda tutish kerak. CHunki bu binolarda joylashtirilgan dam olish, tibbiyot xizmati ko‘rsatish, ayollar uchun bola emizish, o‘quv va maishiy dam olish xonalari joylashtirilgan bo‘ladi.

    Sanitar-maishiy xonalar qatoriga garderoblar, dush xonalari, hojatxonalar, yuvinish xonalari, ish kiyimlarini zararsizlantirish, ish kiyimlarini quritib, changdan tozalash, ayollar shaxsiy gigienasi uchun mo‘ljallangan xonalar, shuningdek, ayollarga bola emizish uchun mo‘ljallangan xonalar kiradi. Shuningdek, sanoat korxonasi hududida mehnat qilayotganlar uchun qish kunlari isinish xonalari tashkil etiladi. Bu xonalar sanoat korxonasi yoniga joylashtirilgan yordamchi binolarda bo‘lsa ham, albatta isitilishi, agar ayrim joylashgan binoda bo‘lsa, asosiy ish joyiga olish yullari bilan ta’minlangan va bu o‘tish joylari isitiladigan bo‘lishi kerak.

    Maishiy xonalar, albatta tabiiy yorug‘lik yordamida yoritilishi va o‘tish joylarida tabiiy yorugiik tushishi ta’minlanishi va umuman tabiiy va sun’iy shamollatish vositalariga ega bo‘lishi kerak.

    Garderob xonalarda, hojatxonalarda, shuningdek, dush va yuvinish xonalarida suv bilan yuvib tozalash imkoniyatini beradigan plitkalar yotqizilgan pol bo‘lishi tavsiya etiladi. Ayollar shaxsiy gigiena xonalari ham shunday qilingani ma’qul. Ularni rangli yoki ochiq rangli plitkalar bilan jihozlash yaxshi natija beradi. Devorlar 1,8 m balandlikda oq rangli plitkalar bilan jihozlash, ularni suv bilan (shuningdek, issiq suv bilan ham) yuvib tozalash imkoniyatini beradi. SHiftlarni yog‘och materiallar, ba’zi hollarda plastmassa materiallar bilan jihozlanadi. Bu esa shiftdan suv tomchilari tutishini oldini oladi. SHiftlar, odatda, moyli bo‘yoqlar bilan ochiq rang beradigan qilib bo‘yaladi.

    Ish va uy kiyimlarini saqlash uchun garderoblar, hojatxonalar, yuvinish va dush xonalari erkak va ayollar uchun ayrim holatda tashkil etiladi.

    Garderoblar asosan ish kiyimlari, uy kiyimlari, kishilik va maxsus kiyim-boshlar uchun mo‘ljallanadi. Garderoblarda kiyimlar yopiq holatda (qo‘llash asosida) yoki ochiq holatda, ya’ni kiyimlar maxsus ilgichlar yordamida osib qo‘yilgan holda saqlanishi mumkin.

    Garderoblar hamma sanoat korxonalarida o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tartibi joriy qilingan.

    Har xil kiyimlarni saqlash uchun turlicha shkaflar tashkil qilingan. Bunda asosan har tomonlama berk, faqat oldi tomoni, yoki butunlay ochiq, yoki qulfsiz eshikchali, yoki qulfli eshikchalar o‘rnatilgan bo‘lishi mumkin. Bunday shkaflarning bo‘yi 165 sm, chuqurligi 30 sm va eni 25—40 sm atrofida tashkil etish tavsiya etiladi.

    Bunday shkaflarning soni ishchilar soniga teng bo‘lishi kerak. Agar yopilmaydigan uzun, bolinmagan garderoblar tashkil qilingan bo‘lsa, bunda ularga ilinishi kerak bo‘lgan ish kiyimlar soniga qarab belgilanadi. Bunda har bir metr masofaga 6—8 ilgich joylashadi deb hisoblanadi.

    Dush xonalari garderoblar joylashgan joyga yonma-yon joylashtirish kerak. Dush xonalarini tashqi devorga taqab qurishga ruxsat berilmaydi. Ochiq dush xonalari 0,9 x 0,9 m, bekiladiganlari esa 1,8 x 0,9 m bo‘lishi kerak. Dush xonalari dush setkalari va sovun qo‘yish tokchalari, suv ta’sir qilmaydigan pardalar bilan ta’minlanadi. Dush xonalari oldida maxsus kiyim almashtirish joylari tashkil qilish kerak.

    Hojatxonalar boshqa sanitar-maishiy xonalardan farqli o‘laroq, sex joylashgan binoning o‘zida joylashtirishga ruxsat etiladi.

    Ular ish joylaridan 75 m dan uzoq bo‘lmasligi kerak. Agar hojatxona sanoat korxonasi hududida joylashgan bo‘lsa, umumiy ish joylaridan 150 m dan uzoq bo‘lmasligi kerak. Agar sanoat korxonasi ko‘p qavatli binolardan tashkil topgan bo‘lsa, hojatxonalar har qavatda bo‘lishi kerak. Hojatxonalardagi xonalar soni ishchilar soniga qarab belgilanadi. Bunda 15 ishchiga bir xona tartibida joylashtiriladi.

    YUvinish xonalarini kishilik kiyim garderoblari joylashgan xonalarga yondash qilib ta’minlash kerak. Umuman ba’zi bir bajariladigan ishlarning tavsifiga qarab, yuvinish joylarini ish joylari yaqinida tashkil etishga ruxsat etiladi.

    Umumiy yuvinish joylariga o‘rnatilgan kranlar soni ishchilar soniga qarab, ya’ni erkaklar uchun 3—15 kishiga, ayollar uchun 3—kishiga bir kran hisobida ta’minlanadi.


    15–MA’RUZA

    Mavzu: Farmatsevtik korxonalarda fuqarolar mudofaasi.

    Reja:

    1. Havfsizlik va favqulotdagi holatlar.

    2. FM vazifalari, tuzilishi va bo‘limlari.

    3. FVda boshqarish organlari.

    1. FVda himoya vositalari va tamoyillari.

    2. Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari.


    Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish maqsadida O‘zR Mudofaa vazirligi Fuqaro mudofaasi va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi negizida O‘zR Prezidentining 1996 yil 4 martdagi PF-1378 sonli Farmoni bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil etildi.

    Farmon bilan favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, aholi hayotini va salomatligini, moddiy va ma’naviy qadriyatlarni muhofaza qilish, shuningdek tinchlik va harbiy davrlarda favqulodda vaziyatlar vujudga kelganda ularning oqibatlarini tugatish hamda zararlarini kamaytirish sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish vazirlikning asosiy vazifalaridan biri deb belgilandi.

    O‘zbekiston Respublikasi aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishda bir qator huquqiy-me’yoriy asoslarga tayaniladi. Bular O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va favqulodda vaziyatlar vazirligining ko‘rsatma va buyruqlaridan iborat.

    Asosiy Qomusimiz bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosini ham inson, uning qadr-qimmati, salomatligi tashkil etadi. Insonning hayoti, yashashga bo‘lgan xuquqi Konstitutsiya bilan muhofaza qilinadi.

    Favqulodda vaziyatning o‘zi nima, undan aholi va hududlarni muhofaza qilish deganda nimani ko‘zda tutish lozim?

    Favqulotda vaziyat – odamlar qurbon bo‘lishi, ularning sog‘ligi yoki atrof tabiiy muhitga zarar etishi, jiddiy moddiy talofatlar keltirib chiqarishi hamda odamlar hayot faoliyati sharoiti izdan chiqishiga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan avariya, halokat, xavfli tabiiy hodisa, tabiiy yoki boshqa ofat natijasida muayyan xududda yuzaga kelgan xolat.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti favqulodda vaziyatlar (real tashqi xavf, ommaviy tartibsizliklar, yirik halokat, tabiiy ofat, epidemiya) yuz bergan taqdirda fuqarolarning xavfsizligini ta’minlashni ko‘zlab, O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yoki uning ayrim joylarida favqulodda holat joriy etadi, qabul qilgan qarorini uch kun mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining tasdig‘iga kiritadi. Favqulodda holat joriy etish shartlari va tartibi qonun bilan belgilanadi.

    Ushbu Farmonga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholi va hududlarni turli tusdagi favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, sodir bo‘lgan taqdirda oqibatlarini bartaraf etish, aholi hayoti va salomatligini, moddiy va ma’naviy qadriyatlarni muhofaza qilish, shuningdek tinchlik va harbiy davrda favqulodda vaziyatlar vujudga kelganda ularning oqibatlarini tugatish hamda zararlarini kamaytirish sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish vazirlikning asosiy vazifalari sifatida belgilandi.

    Aholi va xalq xo‘jaligi ob’ektlarini muhofaza etishni ta’minlashga rahbarlik qilish respublikada O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Favqulodda vaziyatlar vaziriga yuklatildi. Farmonning ushbu bandiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 11 dekabrdagi PF-2153 Farmoni bilan o‘zgartirish kiritilib O‘zbekiston Respublikasida aholi va xalq xo‘jaligi ob’ektlarini muhofaza etishni ta’minlashga rahbar etib O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri belgilandi.

    Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, shaharlar va tumanlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va tegishli hududlarning hokimlari; vazirliklar, idoralar, uyushmalar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda vazirlar, davlat qo‘mitalari va uyushmalar boshqaruvlari raislari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning direktor va boshliqlari aholi va xalq xo‘jaligi ob’ektlarini muhofaza etishga rahbar etib tayinlandilar.

    Respublikamiz mustaqillikka erishganidan so‘ng tashkil etilgan Favquolotda vaziyatlar vazirligining asosiy vazifalaridan biri favqulotda vaziyatlarda aholi hayoti va sog‘ligini, moddiy va madaniy boyliklarini muhofaza qilishdan iborat.

    Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishfavqulotda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish choralari, usullari, vositalari tizimi, sa’iy harakatlari majmui.

    Favqulodda vaziyatlarni oldini olish oldindan o‘tkazilib, favqulodda vaziyatlar ro‘y berishi xavfini imkon qadar kamaytirishga, bunday vaziyatlar ro‘y berganda esa odamlar xayoti, sog‘ligini saqlash, atrof tabiiy muhitga etkaziladigan zarar va moddiy talofatlar miqdorini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar majmui.

    Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish – favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda o‘tkazilib, odamlar hayoti va sog‘ligini saqlash, atrof tabiiy muhitga etkaziladigan zarar va moddiy talofatlar miqdorini kamaytirishga, shuningdek FV ro‘y bergan zonalarning kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik, xavfli omillar ta’sirini tugatishga qaratilgan qutqaruv ishlari va kechiktirib bo‘lmaydigan ishlar majmuidir.

    Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning asosiy tamoyillari insonparvarlik, inson hayoti va sog‘ligining ustuvorligi; oshkoralik; axborotning o‘z vaqtida berilishi va ishonchli bo‘lishi; favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish choralarining oldindan ko‘rilishidan iborat,

    “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishni ta’minlash tizimi” (6—14-moddalar) - muhofaza tizimini tashkil etuvchi organlar, ularning vazifalari haqida so‘z yuritiladi. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi (FVDT), Vazirlar Mahkamasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, vazirliklar, idoralar, mahalliy hokimiyat organlarining vakolatlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning majburiyatlari belgilab berilgan.

    Favqulodda vaziyatlar yana tarqalish miqyosiga (shikastlanganlar soniga xamda moddiy yo‘qotishlar miqdoriga qarab) ko‘ra 4 guruxga bo‘linadi:

    1. Lokal (ob’ekt miqyosidagi) FV;

    2. Maxalliy FV;

    3. Respublika (milliy) FV;

    4. Transchegaraviy (global).

    Lokal favkulodda vaziyat — biror ob’ektga taalluqli bo‘lib, uning miqyosi o‘sha ob’ekt xududi bilan chegaralanadi. Bunday vaziyat natijasida 10 dan ortiq bo‘lmagan odam jabrlangan yoki 100 dan ortiq bo‘lmagan odamning xayot faoliyati sharoitlari buzilgan yoxud moddiy zarar favkulodda vaziyat paydo bo‘lgan kunda eng kam oylik ish xaqi mikdorining 1 ming baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdorni tashkil etgan xisoblanadi. Bunday FV oqibatlari shu ob’ekt kuchi va resurslari bilan tugatiladi.

    Maxalliy tavsifdagi favkulotda vaziyat — axoli yashaydigan xudud (axoli punkti, shaxar, tuman, viloyat) bilan chegaralanadi. Bunday vaziyat natijasida 10 dan ortiq, birok 500 dan kam bo‘lmagan odamning xayot faoliyati sharoitlari buzilgan yoxud moddiy zarar favkulotda vaziyat paydo bo‘lgan kunda eng kam oylik ish xaki miqdorining 1 ming baravaridan ortiqni, biroq yarim million baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorni tashkil etgan xisoblanadi.

    Respublika (milliy) tavsifdagi favkulotda vaziyat deyilganda — favkulotda vaziyat natijasida 500 dan ortiq odamning xayot faoliyati sharoitlari buzilgan yoxud moddiy zarar FV paydo bo‘lgan kunda eng kam oylik ish xaqi mikdorining 0,5 million baravaridan ortig‘ini tashkil etadigan, xamda FV mintaqasi viloyat chegarasidan tashqariga chiqadigan, respublika miqyosida tarqalishi mumkin bo‘lgan FV tushuniladi.

    Transchegaraviy (global) tavsnifdagi favkulotda vaziyat deyilganda esa, oqibatlari mamlakat tashqarisiga chiqadigan yoxud FV chet elda yuz bergan va O‘zbekiston xududiga daxldor holat tushuniladi.

    Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va xarakat qilish davlat tizimi. Favqulotda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda xarakat qilish davlat tizimi Qorakalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar, tumanlar va shaharlar xokimliklarining, vazirlik va idoralarning, korxona, muassasa va tashkilotlarning boshqaruv organlari, kuchlari hamda vositalaridan iborat.

    Favkulotda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda xarakat qilish davlat tizimi tarkibi va faoliyat ko‘rsatishi tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan belgilanadi.

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi:

    -favqulotda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar davlat rezervlari yaratilishini ta’minlaydi hamda ulardan foydalanish tartibini belgilaydi;

    -favqulotda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etishga oid kuchlar va vositalarni moliya hamda resurs jixatidan ta’minlashni, ularni maxsus texnika va boshqa moddiy-texnika vositalari bilan jihozlashni amalga oshiradi;

    -favqulotda vaziyatlar tasnifini tasdiqlaydi hamda ularni bartaraf etishda ijro xrkimiyati organlari ishtiroki darajasini belgilaydi;

    -vazirliklar, idoralar, ijro xokimiyati mahalliy organlarining aholini va xududlarni favqulotda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi;

    -qonun xujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarini amalga oshiradi.

    O‘zbekiston Respublikasi Favqulotda vaziyatlar vazirligi:

    -favqulotda vaziyatlarning oldini olish, bunday vaziyatlarda aholi hayoti va sog‘ligini, moddiy va madaniy boyliklarni muhofaza qilish, favqulotda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish va zararni kamaytirish yuzasidan choralar ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;

    -aholini va xududlarni favqulotda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida maxsus dasturlar ishlab chiqilishi va ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilishini tashkil etadi;

    -o‘z vakolati doirasida vazirlik va idoralar, korxona, muassasa va tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar qabul qiladi;

    -boshqaruv organlarining, aholini va xududlarni muhofaza qilish kuchlari va vositalarining favqulotda vaziyatlar sharoitida harakat qilishga tayyor bo‘lishini tashkil etadi;

    -favqulotda vaziyatlarni bartaraf etish kuchlari va vositalari boshqaruvini amalga oshiradi, boshqaruv punktlari, xabar berish va aloqa tizimlarini tuzadi;

    -favqulotda vaziyatlar sharoitida avariya-qutqaruv ishlari va kechiktirib bo‘lmaydigan boshqa ishlar o‘tkazilishini tashkil etadi;

    -aholini va xududlarni favkulotda vaziyatlardan muhofaza qilish tadbirlari bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;

    -ishlab chiqarish va ijtimoiy ob’ektlar bo‘yicha loyixalar va qarorlar yuzasidan davlat ekspertizasi o‘tkazilishida ishtirok etadi;

    -qonun xujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

    Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining favqulotda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etishdagi ishtiroki.

    Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari:

    -aholi punktlari, suv ta’minoti manbalari, ijtimoiy va madaniy obektlarning sanitariya va ekologik holati ustidan nazorat amalga oshirilishiga yordam beradilar;

    -fuqarolarni favqulotda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishga jalb qiladilar;

    -qonun xujjatlariga muvofiq boshka choralarni amalga oshiradilar.

    Fuqarolarning favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi majburiyatlari. Fuqarolar:

    -xavfsizlik choralariga rioya etishlari, ishlab chiqarish va texnologiya intizomi, ekologik xavfsizlik talablari favqulotda vaziyatlar ro‘y berishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan tarzda tuzilishiga yo‘l qo‘ymasliklari;

    -muhofazalanishning asosiy usullarini, jabrlanganlarga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish yo‘llarini o‘rganishlari hamda o‘z bilim va amaliy ko‘nikmalarini takomillashtirishlari;

    -favqulotda vaziyatlar ro‘y berishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan avariyalar, ofatlar va xalokatlar taxdididan darak beruvchi alomatlar borligi to‘g‘risida tegishli organlarga xabar berishlari;

    -favqulotda vaziyatlar taxdid solgan va boshlangan sharoitlarda ogoxlantirish belgilarini, yurish-turish qoidalari va xarakat qilish tartibini, umumiy va yakka muxofazalanish vositalaridan foydalanish usullarini bilishlari;

    -zarurat bo‘lganda avariya-qutkaruv ishlari va kechiktirib bo‘lmaydigan boshqa ishlarni o‘tkazishda yordamlashishlari shart.

    FVDT boshqaruv organlarining ob’ektlar darajasidagi vazifalari quyidagilardan iborat:

    • Favqulotda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, ob’ektlar ishining FV chog‘ida ishonchliligi va barqarorligini oshirishga doir tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik qilish;

    • Boshqaruv organlarining, ob’ektlar kuch va vositalarining FV chog‘idagi xarakatlarga tayyorligini ta’minlash;

    • Avariya qutqaruv hamda boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarga shu jumladan, ob’ektlar xodimlarini evakuatsiya qilishga rahbarlik qilish;

    • Favqulotda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralarini yaratish;

    • Ob’ektlarning rahbarlar tarkibi, kuch va vositalari, xodimlarini FVlardagi xarakatlarga tayyorlashni tashkil etish.

    FM shtabi asosida quyidagi xizmatli tizimlar tashkil etiladi:

    • Aloqa va tashviqot;

        • Meditsina;

    • Radiatsiya va kimyoviy kurollar ta’siriga karshi;

    • Jamoat tartibini saqlash;

    • Elektr ta’minoti;

    • Avariya texnikani ta’mirlash;

    • Panada va qochoqlar maskanida xizmat ko‘rsatish;

    • Transportda xizmat ko‘rsatish;

    • Moddiy ta’minot va boshqa vazifalar.

    Favqulodda vaziyatlar davlat tizimining yaratilish mohiyati respublikamiz hududlarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarning sodir bo‘lish ehtimoli yuqori ekanligidadir. Har qancha oldi olinishiga qaramasdan favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lib turar ekan, ularni bartaraf etish uchun ma’lum kuch va vositalar zarur bo‘ladi.

    Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda, sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatning turi, xususiyatiga muvofiq maxsus kuchlar jalb qilinadi. Bunday vaziyatlarda favqulodda vaziyatning vaqti, qamrab olgan hududi, aholi punkti va boshqa xususiyatlariga alohida e’tibor berilib, zudlik bilan ishga kirishiladi.

    Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining kuchlari nafaqat Vatanimiz hududlarida sodir bo‘ladigan noxush vaziyatlarni bartaraf etishda, balki qo‘shni va uzoq xorijiy mamlakatlarda bo‘ladigan favqulodda vaziyatlarda ham insonparvarlik yordamlarini ko‘rsatishi mumkin. Buning uchun ular albatta maxsus tayyorgarlikdan o‘tishlari, doimo jangovar holatda bo‘lishlari uchun o‘quv-mashq amaliyotlarida murakkab vazifalarni amalga oshirishlari zarur.

    FVDT o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi boshlig‘i va O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining buyruqlari va ko‘rsatmalariga, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga, ushbu Nizomga, shuningdek boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarga amal qiladi.

    Quyidagilar FVDTning asosiy vazifalari hisoblanadi:

    tinchlik va harbiy davrda aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, me’yoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

    respublika hududidagi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni prognozlashtirish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini baholash;

    favqulodda vaziyatlarning oldini olishga, odamlar xavfsizligini ta’minlashga, xavfli texnologiyalar va ishlab chiqarishlarning tavakkalchiligini pasaytirishga, iqtisodiyot tarmoqlari va boshqa tashkilotlar faoliyat ko‘rsatishining barqarorligini oshirishga qaratilgan maqsadli va kompleks ilmiy-texnik dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

    boshqaruv organlari va favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish uchun mo‘ljallangan kuch va vositalarning doimiy tayyorligini ta’minlash;

    aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi axborotlarni yig‘ish, ishlab chiqish, ayirboshlash va berish;

    aholini, boshqaruv organlarining mansabdor shaxslarini, FVDT kuchlari va vositalarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash;

    favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralarini yaratish;

    aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida davlat ekspertizasi, nazorati va tekshiruvini amalga oshirish;

    favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish;

    favqulodda vaziyatlardan zarar ko‘rgan aholini ijtimoiy himoya qilishga doir tadbirlarni amalga oshirish;

    aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida fuqarolarning, shu jumladan ularni tugatishda bevosita qatnashgan shaxslarning huquq va majburiyatlarini amalga oshirish;

    aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida xalqaro hamkorlik qilish;

    vujudga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlardan sug‘urta qilishning maqbul tizimini ta’minlash.



    “O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi (Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 24 avgustdagi 242 – sonli Qarori) ga muvofiq:
    FVDTning kuch va vositalari:


    • fuqaro muhofazasi qo‘shinlari;

    • favqulodda vaziyatlar vazirligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamda tezkor bo‘ysinuvchi respublika ixtisoslashtirilgan tuzilmalari; qutqaruv tuzilmalari;

    • vazirliklar va idoralarning professional ixtisoslashtirilgan bo‘linmalari va tuzilmalari, respublika, maxalliy va ob’ektlar darajasida FVDTga tegishli xududiy va funksional quyi tizimlarining qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari;

    • O‘zbekiston Qizil YArim oy Jamiyatining ko‘ngillilar otryadlari (komandalari, guruhlari), «Vatanparvar» mudofaaga ko‘maklashuvchi tashkiloti.

    FVVga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘ysunuvchi qutqaruv tuzilmalari malakali mutaxassislar bilan butlangan va maxsus texnika, asbob-uskunalar, aslaha-anjomlar va boshqa qutqarish vositalari bilan jihozlangan, qutqaruv ishlarini avtonom rejimda kamida 72 soat ichida ta’minlashga mo‘ljallangan, doimiy tayyor holatdagi qutqaruv tuzilmalarini o‘z ichiga oladi.

    FVVga tezkor bo‘ysunuvchi respublika ixtisoslashtirilgan va qutqaruv tuzilmalari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi YOng‘in xavfsizligi bosh boshqarmasining alohida murakkab va uzoq davom etadigan yong‘inlarni o‘chirish bo‘yicha respublika ixtisoslashtirilgan otryadini, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Maxsus avariya-tiklash boshqarmasini, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika tezkor tibbiy yordam ilmiy markazini va uning filiallarini, «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasining qidiruvchi havo kemalarini, mahalliy davlat hokimiyati organlari avtotashuvchilari hududiy uyushmalari avtotransport va avtosanitariya otryadlarini, shuningdek favqulodda vaziyatlarni tugatishga hamda FVDT kuchlari harakati va tadbirlarini ta’minlashga mo‘ljallangan FVDT funksional quyi tizimlarining boshqa tarkibiy bo‘linmalarini o‘z ichiga oladi.

    Prognozlashtirilayotgan yoki yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlarning holati, ko‘lamlaridan kelib chiqib O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri — Fuqaro muhofazasi boshlig‘i, shuningdek fuqaro muhofazasi boshlig‘i — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, tegishli viloyatlar va Toshkent shahar hokimining qarori bilan muayyan bir hudud doirasida FVDT faoliyat ko‘rsatishining quyidagi rejimlaridan biri o‘rnatiladi:

    kundalik faoliyat rejimi — me’yordagi ishlab chiqarish-sanoat, radiatsion, kimyoviy, biologik (bakteriologik), seysmik va gidrometeorologik vaziyatda, epidemiyalar, epizootiyalar va epifitotiyalar bo‘lmaganda;

    yuqori tayyorgarlik rejimi — ishlab chiqarish-sanoat, radiatsion, kimyoviy, biologik (bakteriologik), seysmik va gidrometeorologik vaziyat yomonlashganda, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi mumkinligi to‘g‘risida prognoz olinganda;

    favqulodda rejim — favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda va favqulodda vaziyatlar davrida.



    «O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi tuzilmalari Nizomini tasdiqlash to‘g‘risida» (FM boshlig‘ining № 3 sonli Buyrug‘i 10.11.2007 yil)
    VI.
    Ob’ekt tuzilmalari -Korxonalar, tashkilotlar, idoralar, xo‘jaliklar va barcha muassasalarda FM vazifalarini bajarish maqsadida ushbu ob’ektlarda ishlovchilar soni va ob’ektlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarni va mavjud shart sharoitlarni hisobga olib quyidagi tuzilmalar tashkil etadi:

    - razvedka guruhlari, zvenolari;

    -aloqa va xabar berish guruhlari, zvenolari;

    - qutqaruv komandalari yoki guruhlari;

    - sanitar drujinalari yoki sanitar postlari;

    - jamoat tartibini saqlash guruhlari;

    - yong‘in xavfsizligi guruhlari;

    - himoya inshootlariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha guruhlar yoki zvenolar;

    - avariya-texnik guruhlar;

    - radiatsiyaviy-kimyoviy nazorat postlari;

    - boshqa tuzilmalar.

    Keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha maxsus bo‘linmalari mavjud bo‘lib, ular nafaqat yirik noxush vaziyatlarda, balki turmush sharoitida uchrab turadigan maishiy noxush vaziyatlarda ham ishtirok etishmoqda. Albatta, maxsus qutqaruv kuchlari bor ekan deb, axoli o‘rtasida xotirjamlikka berilish aslo o‘rinli emas. CHunki hozirgi vaqtda dunyo miqyosida asosiy mablag‘ va kuchlar sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan va sarf qilinmoqda. Lekin, mazkur tizim qanchalik rivoj topmasin, hayotimiz turli nohush vaziyatlarda kafolatlangan emas.

    • Zero, Prezidentimiz I.Karimovning so‘zlarini eslasak, “Har qanday mintaqada xavfsizlikni ta’minlash muommolari muayyan mohiyatga ega. Shuningdek, har bir mintaqaning o‘z xususiyatlari va xavfsizlikni saqlash omillari bor” (O‘zbekiston XXI-asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va tarqqiyot kafolatlari. 11-12-B).

    • SHuning uchun maxsus qutqaruv xizmatlari bilan bir qatorda joylardagi, turli muassasa va korxonalar qoshidagi qutqaruv xizmatlarining Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha o‘rni aloxida e’tiborga molik. Xozirgi vaqtda ular malakasini oshirish, kerakli anjomlar bilan ta’minlash xar bir raxbarning zimmasidagi kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalardan biri bo‘lmog‘i shart.

    Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari. Respublikamiz Prezidenti tomonidan olib borilayotgan odilona siyosat tufayli inson manfaati, inson qadriyati eng oldingi o‘rindadir.

    So‘nggi yillarda Oliy Majlis tomonidan yangi asrda aholining xavfsizligini kafolatlovchi, fuqarolar mas’uliyati va jamiyat taraqqiyotining huquqiy zaminini belgilovchi bir nechta qonunlar qabul qilindi.

    Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish hamda fuqaro muhofazasining huquqiy asosini tashkil etuvchi hujjatlar talablarini chuqur bilmasdan turib favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tadbirlarini samarali amalga oshirib bo‘lmaydi. Har bir rahbar xodim, har bir fuqaro muhofazasi bo‘yicha mutaxassis bu hujjatlarni bilib, o‘rganibgina qolmay, zarur bo‘lgan vaziyatlarda ulardan kelib chiqadigan talablarni amalda qo‘llay bilishi ham lozimdir. Boshqacha aytganda: “Har qanday qonun ijro qilingan taqdirdagina qonundir. Qonunning amalda ishlashi uchun esa unga yordamchi aktlar tuzish, eng asosiysi esa, uni hayotga tadbiq etish kerak” (I.Karimov).

    Bu so‘zlar O‘zbekiston Respublikasida favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida maxsus vakolatli davlat organi bo‘lmish Favqulodda vaziyatlar vazirligi va uning joylardagi boshqarma, bo‘limlari elkasiga yanada mas’uliyatli vazifalarni yuklaydi.
    16–MA’RUZA

    Mavzu: Farmatsevtik korxonalarda ishchilarni favqulotda hodisalar vaqtida havfsizligini ta’minlash.

    Reja:

    1. Tabiiy ofatlarning qisqacha tavsifi.

    2. Zilzilalar, vulqonlar otilishi va boshqa tabiat hodisalari.

    3. Tabiiy ofatlardan muhofazalanish yo‘llari.

    4. Kimyoviy xavf ma’nbalari.

    5. Radiatsiyaviy xavfli ob’ektlari.

    Tabiiy ofatlar xaqida ma’lumot. Dunyoda shu davrga qadar tabiiy ofatlar doimiy ravishda bo‘lib keldi va bundan keyin xam yuz berishi extimollari ko‘p.

    Fuqaro mudofaasi faqatgina urush sharoitida fuqarolarni mudofaasini ta’minlab qolmasdan, odamzod hayotida urushdan kam bo‘lmagan talofatlarga olib keluvchi tabiiy ofatlardan saqlanish chora-tadbirlari bilan ham shug‘ullangan. Bu ikkinchi masala hozirgi zamon sharoitida muhim ahamiyat kashf etmoqda.

    Tabiiy ofat — bu tabiatda yuz beradigan favqulotdagi o‘zgarish bo‘lib, u birdan, tezlikda insonlarning mo‘tadil yashash, ishlash sharoitlarining buzilishi, odamlarning o‘limi hamda qishloq xo‘jaligi xayvonlarining, moddiy boyliklarning yo‘q bo‘lib ketishi bilan tugaydigan xodisalardir. Tabiiy ofatlar er kurrasida doimo uchrab turadigan, o‘z zararlilik darajasi va insoniyatga etkazgan zarari hamda vayronaliklari bilan va shuningdek, moddiy va ma’naviy boyliklarni yo‘qolishiga olib kelishini umuman jamlasak, ulardan keladigan zarar va odamlarning hayotdan ko‘z yumishiga olib kelish masshtabi bir qancha urushlardan kam emasligini kuzatish mumkin.

    Er silkinishi va uning oqibatlari.

    Tabiiy ofatlar ichida eng xavflisi va daxshatlisi bu — er silkinishidir. ZILZILA - bu erning ichki xarakatlari natijasida uning yuzasida paydo bo‘ladigan tebranish natijasida sodir bo‘ladigan er silkinishlaridir.

    Er ostki zarbasining paydo bo‘lish o‘chogi, erning ostki qatlamidagi uzoq vaqt yig‘ilib qolgan energiyaning yuzaga otilib chiqish jarayoni tufayli yuzaga keladi. Er silkinishlarining paydo bo‘lgan joyi ZILZILA O‘CHOG‘I, uning markazi esa GIPOTSENTR deyiladi. Gipotsentrning er yuzidagi proeksiyasi EPITSENTR deyiladi. Gipotsentr va epitsentr oralig‘idagi masofa ZILZILANING CHUQURLIGI deyiladi.

    Er silkinishi yuzaga kelish sabablariga ko‘ra qo‘yidagi guruhlarga bo‘linadi:

    1. Tektonik zilzilalar;

    2. Vulqon zilzilalari;

    3. Ag‘darilish, o‘pirilish zilzilalari;

    4. Texnogen (insonning muxandislik faoliyati bilan bog‘liq) zilzilalar.

    VULQON ZILZILALARI So‘nmagan vulqonlarning harakati natijasida ham zilzila bo‘lib turadi. Bunday zilzila faqat vulqonli o‘lkalarga xos va uning kuchi 5-6 balldan oshmaydi.

    Erning chuqur qismida harorat katta bo‘lishi tufayli hosil bo‘lgan magmalardan ajralib chiquvchi gaz va bug‘ni er ostidan dahshatli kuch bilan otilib chiqishidan kuchli zilzila ro‘y beradi. Markaziy Osiyoda harakatdagi vulqonlar yo‘q bo‘lganligi uchun bizning mintaqada vulqon zilzilalari bo‘lmaydi.

    O‘PIRILISH ZILZILALARI Ohaktosh qatlamlari er osti suvi ta’siridan erib katta-katta chuqur g‘or hosil qilishi mumkin. Karst relefi keng tarqalgan o‘lkalarda yopiq karstlarning ba’zilari juda katta bo‘lib, ularning tepa qismi og‘irlik kuchi ta’sirida bo‘shliqqa o‘pirilib tushadi. O‘pirilgan joylarda ba’zan ko‘l yoki voronkasimon katta chuqurlik hosil bo‘ladi. Bunga Pomir tog‘laridagi Sarez ko‘lini misol qilib keltirish mumkin. O‘pirilish zarbasi natijasida er larzaga keladi.

    Tektonik zilzilalar

    Erning eng ustki qatlami uning qobig‘i deyiladi. Er qobig‘ining chuqurligi quruqliklarda asosan 30-50 km ni tashkil etib, ba’zi joylarda 70 km gacha boradi, okeanlarda esa 6-8 kmga boradi.

    Keyingi qatlam mantiya bo‘lib, u 2900 km gacha davom etadi. So‘nggi qatlam 2900 km dan to erning markazigacha davom etib u yadro qatlamidir.

    Er qatlamlarida doimo murakkab kimyoviy, fizikaviy jarayonlar to‘xtovsiz bo‘lib turadi. Bulardan birinchisi-solishtirma og‘irliklari og‘ir jinslarning doimo pastga, engil jinslarning yuqoriga bo‘lgan harakati. Ikkinchisi-radioaktivlik xossasi asosida bir jinslardan ikkinchisining hosil bo‘lishi yoki jinslarning bir holatdan ikkinchi holatga o‘tishi natijasida energiya ajralishidir. Bunday reaksiyalar sodir bo‘lishiga sabab, erning chuqur qatlamlarida juda katta bosim va issiqlik mavjuddir. Bu esa radioaktivlik xossasiga asosan bir jinslarning ikkinchisiga aylanishiga va issiqlik energiyasi ajralishiga olib keladi. Energiyaning saqlanish qonuniga asosan u yo‘qolib ketmaydi. Hosil bo‘lgan energiya erning ostida juda katta hajmdagi jinslarni harakatga keltiradi. O‘z navbatida bu kuchlar erning ustki qatlamlarini, er qobig‘ini xarakatga keltiradi.

    Er silkinish kuchining xususiyatlari. Er silkinish kuchiga qarab quyidagi xolatlar kuzatiladi:

    1 ball — sezilarsiz, fakatgina seysmik asboblar qayd qiladi;

    2 ball — juda kuchsiz, uy ichida o‘tirgan ba’zi odamlar sezishi mumkin (deraza oynalari titraydi);

    3 ball — kuchsiz, ko‘pchilik odamlar sezmaydi, ochiq joyda tinch o‘tirgan odam sezishi mumkin. Osilgan jismlar asta-sekin tebranadi;

    4 ball — o‘rtacha sezilarli. Ochiq joyda, bino ichida turgan odamlar sezadi. Uy devorlari qirsillaydi. Ro‘zg‘or anjomlari titraydi, osilgan jismlar tebranadi;

    5 ball — ancha kuchli. Xamma sezadi, uyqudagi odam uygonadi, ba’zi odamlar hovliga yugurib chiqadi. Idishlardagi suyuqlik chayqalib to‘kiladi, osilgan uy jixozlari qattiq tebranadi;

    6 ball — kuchli. Hamma sezadi, uyqudagi odam uyg‘onadi, ko‘pchilik odamlar hovliga yugurib chiqadi.Uy hayvonlari betoqat bo‘ladi. Ba’zi hollarda kitob javonidagi kitoblar, ro‘zg‘or buyumlari javonlaridagi idishlar ag‘darilib tushadi;

    7 ball — juda kuchli. Ko‘pchilik odamlarni qurquv bosadi, ko‘chaga yugurib chiqadi, avtomobil haydovchilari xarakat vaqtida xam sezadi, uy devorlarida yoriqlar paydo bo‘ladi, hovuzlardagi suv chayqaladi va loyqalanadi.

    8 ball — emiruvchi. Xom g‘ishtdan qurilgan imoratlar butunlay vayronaga aylanadi, ancha pishiq qilib qurilgan imoratlarda xam yoriqlar paydo bo‘ladi, uy tepasidagi murilar yiqiladi, ba’zi daraxtlar butun tanasi bilan yiqiladi, sinadi, tog‘lik joylarda qulash, surilish hodisalari yuz beradi.

    9 ball — vayron qiluvchi. Er qimirlashiga bardosh beradigan qilib qurilgan imorat va inshootlar ham qattiq shikastlanadi. Oddiy imoratlar butunlay vayron bo‘ladi, er yuzasida yoriqlar paydo bo‘ladi, er osti suvlari sizib chiqishi mumkin.

    10 ball — yakson qiluvchi. Xamma imoratlar yakson bo‘ladi. Temir yo‘l izlari to‘lqinsimon shaklga kelib bir tomonga qarab egilib qoladi, kommunal quvurlari uzilib ketadi, cho‘kish hodisalari yuz beradi. Suv xavzalari to‘lqinlanib qirg‘oqqa uriladi, qoyali yon bag‘rlarda surilish xodisalari sodir bo‘ladi.

    11 ball — fojiali. Xamma imoratlar deyarlik vayron bo‘ladi, tug‘onlar yorilib ketadi, temir yo‘llar butunlay ishdan chiqadi, erning ustki qismida katta-katta yoriqlar paydo bo‘ladi, er ostidan balchiqlar ko‘tarilib chiqadi, surilish, qulash xodisalari nixoyasiga etadi.

    12 ball — kuchli fojiali. Erning ustki qismida katta o‘zgarishlar yuz beradi. Xamma imoratlar butunlay vayron bo‘ladi, daryolarning o‘zani o‘zgarib sharsharalar paydo bo‘ladi, tabiiy tug‘onlar vujudga keladi.

    Er silkinish oqibatlarini tugatish chora-tadbirlari.

    Er silkinishining oqibatlarini tugatishda ishga yaroqli xar bir kishi ishtirok etishi zarur va quyidagi ishlar birlamchi xisoblanadi:

    * Er tagida, buzilgan va yonayotgan uyda qolgan odamlarni qutkarish;

    * Ishlab chiqarish, kommunal energetik tizimlarda sodir bo‘ladigan avariyalarning oldini olish va to‘g‘rilash ;

    * Buzilgan uylarni, inshootlarni tiklash;

    *Talafot ko‘rganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish shaxobchalarini tayyorlash;

    * Er silkinish o‘chog‘ida suv ta’minotini tiklash. Albatta, mana shu ishlarni bajarishda ishtirok etayotgan xar bir odam extiyot choralarini ko‘rgan xolda, kerakli joylarda shaxsiy ximoya vositalardan foydalanishlari zarur. Xech qanday o‘zboshimchalik, belgilanmagan chora-tadbirlar va xatti xarakatlarni amalga oshirish man etiladi.

    Aytilganlardan ko‘rinib turibdiki, zilzila xavfi bo‘lgan rayonlarda zilzila bo‘lish vaqtini oldindan bilish va uning bo‘lishini aholiga o‘z vaqtida etkazish va zilzila vaqtida u erdan chiqib ketish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda sarosimaga tushmasdan sovuqqonlik bilan harakat qilish, ya’ni eshiklar oralig‘iga yoki mustahkam va baquvvat mebellar bo‘lsa, ularning tagida zilzila oqibatlarini va tugallanishini kutib turish zilziladan omon saqlanishning asosiy yo‘li hisoblanadi. Bu xududda joylashgan sanoat korxonalari va energetika tarmoqlarini ishini avariyani oldini olishga qaratilgan avtomatlashtirilgan tizimlar yordamida energiya tarmog‘ini o‘chirishni ta’minlovchi vositalar oldindan tayyorlab qo‘yilgan bo‘lishi kerak.

    Suv toshqini va uning talafotlari

    Suv toshqini xam tabiiy ofatlar ichida eng xavflisi xisoblanadi. Suv toshqini deb daryo, ko‘l, xovuzlardagi yoki boshqa suv havzalari suv sathining keskin ko‘tarilishi natijasida ma’lum maydonlardagi erlarni suv tagida qolishiga aytiladi.

    Suv toshqiniga turli omillar sababchi bo‘ladi:

    * Kuchli yomgir yog‘ish oqibatida (jala, sel kuyishi);

    * Qorlarning surunkali erishi natijasida;

    * Kuchli shamol esishi natijasida;

    * Oqar daryolardagi muzliklarni yig‘ilib, sun’iy to‘g‘on hosil qilishi;

    * Tog‘ jinslarining nurashi, surilishi yoki boshqa sabablar bilan suv saqlash omborlarining buzilishi oqibatida.

    Suv toshqinlari vaqtida aholini muhofaza qilishning asosiy yo‘li, ularni suv toshqini bo‘lishi mumkin bo‘lgan erdan odamlarni, u erda bo‘lgan hayvonlarni va texnika anjomlarni olib chiqib ketish va shuning bilan birga bu suv toshqinlari zarar darajasini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni vaqtincha dambalar qurish yo‘li bilan ba’zi bir xalq xo‘jaligi obektlarini va moddiy boyliklarni saqlab qolish imkoniyati kabi chora tadbirlarni ham amalga oshirishni unutmaslik kerak. Bunda zararlangan binolarni butunlay buzilib vayron bo‘lib ketmasligini ta’minlashga qaratilgan injener-texnik ishlarni amalga oshirishga to‘ri keladi. Bu ishlar qatoriga buzilmagan binolarning turg‘unligini ta’minlashga qaratilgan ishlar, podval va pastki qavatlarda yig‘ilib qolgan suvlarni nasoslar va boshqa yordamchi vositalar yordamida chiqarib yuborish va shu joylarda boigan ba’zi bir moddiy boyliklarni xavfsiz joylarga ko‘chirish va ko‘chirilgan aholini vaqtincha yashash joylari bilan ta’minlash kiradi. Toshqin bo‘lgan hudud kommunikatsiyalarini tiklash ishlarini bajarish ham favqulodda hodisalar qutqaruvchilari zimmasiga tushadi.

    YOng‘inlar ham favqulodda hodisalar qatoriga kiradi. Hozirgi vaqtda yong‘inlar inson uchun eng xavfli tabiiy ofatlar qatoriga kirib bormoqda, chunki yong‘indan keladigan zarar juda katta miqdorni tashkil qilishi bilan birga inson hayotiga ham tahdid soluvchi omillardan biriga aylanib qolmoqda.

    Qor va muzliklarning erishi, uzoq vaqt davomida yomg‘ir yog‘ishi, daryo o‘zanlarining muz parchalari bilan to‘silib qolishi, to‘g‘onlarning buzilishi suv toshqiniga sabab bo‘ladi.

    Gidrodinamik halokat turlari va sabablari

    • Gidrotexnika inshootlariga ularni buzilishiga olib keluvchi quyidagi emiruvchi kuchlar doimo ta’sir ko‘rsatib turadi: suv oqimi, tebranish, balchiq- cho‘kindilar, o‘zgaruvchi harorat, dinamik kuchlar, metall zanglashi, betonning suyuqlikka qorishib yuvilishi, erning yuvilib ketishi va xokazo.

    • SHu sababli, vaqt o‘tgan sari, rejaga ko‘ra bajarish lozim bo‘lgan ta’mirlash ishlari amalga oshirilmasa inshoot emirilib, unga yondosh hududni suv bosish ehtimoli orta boradi.

    AHOLINI VA HUDUDLARNI HALOKATLI SUV BOSISHDAN MUHOFAZA QILISH CHORALARI

    • gidrotexnik halokatlar ehtimoli mavjud hududlarda yashovchi har bir kishi uning uyi, xo‘jaligini halokatli suv bosish hududida joylashganligi haqida ma’lumotga ega bo‘lishi kerak;

    • Uzgidromed, FVV/FVB, hokimiyatlar vakillari tomonidan berilgan ko‘rsatmalaridagi gidrotexnik halokatlar va suv toshqinidan himoya qilish yo‘l- yo‘riqlariga albatta amal qilish lozim;

    • ehtimoli bor halokatli suv bosish zonasida istiqomat qiluvchi aholining favqulodda vaziyatdagi hatti-harakatlarga tayyogarlik darajasini oshirish;

    • muhofaza tadbirlarini o‘quv mashqlari ko‘rinishda bevosita o‘tkazish;

    • evakuatsiya e’lon qilinganda o‘zi bilan olishi kerak bo‘lgan narsalar (ichimlik suvi, oziq-ovqat va kerakli xujjatlarni) tayyorlab qo‘yish;

    Dovul va bo‘ronlar shamolning turlicha nomlanishi bo‘lib, ularning farqi tezligidadir.

    Quyun – diametri bir necha o‘ndan yuzlab metrga etuvchi aylanuvchi havo ustunidir. Quyun kichik ko‘lamdagi shamol bo‘lib, ustundagi havo soat millariga teskari yo‘nalishda 100 m/soniyadan ortiq tezlik bilan aylanadi. Quyun er yuzi bo‘ylab 50-60 km/s tezlikda harakat qiladi. Qayd qilingan eng yuqori tezligi – 300 m/soniya. Quyunni sezmay qolish mumkin emas. Aylanayotgan havo oqimi qop-qora ustunining diametri bir necha o‘n metrdan bir necha yuz metrgacha etishi mumkin. Quyun yaqinlashganda quloqni qomatga keltiruvchi shovqin eshitiladi. U ona (momoqaldiroq) yoki boshqacha aytganda quyun bulutidan tug‘iladi, uzun xartum ko‘rinishida ergacha tushadi.

    To‘fonlar. Tinch okeanida paydo bo‘ladigan va kuchi eng kuchli dovul kuchidan qolishmaydigan hodisa bo‘lib, kuchli jalalar bilan keladi. U dengizda nihoyatda katta to‘lqinlar hosil qiladi va bu to‘lqinlar sohillarga toshib ketadi va yaqin o‘rtadagi qishloqlarni suv bosadi hamda bir necha rayonni qamrab olishi mumkin. To‘fonlar quruqlikka etib kelgandan keyin tezda so‘nadi. Uning boshlanishi havo bosimining keskin pasayishi bilan belgilanadi.

    To‘fonlarning emirish va buzish kuchi nihoyatda katta bo‘lganligini hisobga olib, ba’zi bir davlatlarda uni o‘rganish va bashorat qilish ishlarini amalga oshirish uchun maxsus davlat tashkilotlari tuzilgan.



    Dovullar, bo‘ronlar va uyurma bo‘ronlar oqibatlarini tugatishda quyidagi ishlar bajariladi: tabiiy ofat yuz bergan rayonga olib boriladigan yo‘llar va ko‘priklar tuzatiladi; undan keyin injenerlik qutqarish ishlari amalga oshiriladi bunda bosib qolgan va buzilib tushgan vayronalar orasidan jabrlanganlarni qutqazib oladi, yong‘inlarni o‘chiradi, jabrlanganlarga suv, oziq-ovqat va kiyim- boshlar bilan ta’minlaydi. Undan keyin buzilgan joylarni tartibga keltirish ortiqcha narsalardan tozalash, buzilgan joylar orasidagi yo‘llar tiklanadi. Bo‘ronlar ta’siridan zararlangan binolar aniqlanadi. Bo‘ron keltirib chiqargan tepalar va boshqa qurilish konstruksiyalar bo‘laklaridan o‘tadigan yo‘llar tiklanadi. Turar joylar, korxonalar va suv bilan ta’minlash vositalari, skladlar va boshqa hayot faoliyati uchun zarur bo‘lgan obektlar tekshirilib, yaroqliligi aniqlanadi. Elektr ta’minoti va aloqa vositalari tiklanadi, kommunal — xo‘jalik obektlarining ishlash imkoniyati tiklanadi. Ishdan chiqqan va yiqilishi mumkin bo‘lgan binolar buzib tashlanadi. Undan keyin kundalik hayot faoliyatini tiklashga qaratilgan ishlar bajariladi.

    Aholini bu kabi tabiiy ofatlardan saqlashning asosiy imkoniyati ularni bu xavfdan xabardor qilish va imkon boricha ularni xavfsiz oldindan tayyorlangan joylarga yuborish, mustahkam qurilgan podval va erto‘lalarda saqlanish kerakligini oldindan tayinlash kerak bo‘ladi. Bo‘ronlar bo‘lishini oldindan aytib berish hozirgi zamon ob-havo xizmati xodimlarining qo‘lidan keladi. Buning uchun erning sun’iy yo‘ldoshlari orqali olingan ma’lumotlar ham bularning aniq ishlash imkoniyatini beradi.

    Tog‘li hududlarda o‘pirilishlar, siljishlar va sel oqimlari.

    Tog‘li rayonlarda o‘pirilib tushish, qor va er o‘pirilishi natijasida ma’lum joylarni bosib qolishi va tog‘dagi ba’zi bir tepaliklar o‘z-o‘zidan surilib siljib ketish hollari tez-tez uchrab turadi. Bunday voqealar, agar yirik o‘pirilishlar bo‘lsa u avtomobil yo‘llarini, temir yo‘llarni, agar aholi yashaydigan qishloqlar va turar joylar yaqin bo‘lsa, ularni bosib qolishi, o‘rmonlarni vayron qilishi, suv yo‘llarini to‘sib qo‘yishi natijasida bir necha kun yoki oy davomida yig‘ilgan suv keyin o‘ziga yo‘l ochib, yaqin joylashgan joylarni suv bosishi halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin.

    SEL-tog‘ daryolari o‘zanlarida to‘satdan yuzaga keluvchi, katta hajmdagi qum, tosh va tog‘ jinslari bo‘laklari aralashmasidan iborat yoki loy-toshli oqimdir.

    • Sel 2-10 m/soniya va undan katta tezlikda harakat qiladi. 1 kub metr sel oqimining og‘irligi 2 tonnagacha etadi. Bitta joyning o‘zida kuchli sel oqimlarining paydo bo‘lish ehtimoli katta emas. CHunki sel hosil bo‘lishi uchun faqatgina yog‘ingarchilikning ko‘p bo‘lishi etarli emas. Buning uchun suv oqimi olib ketishi mumkin bo‘lgan tog‘ massasi ham mavjud bo‘lishi zarur. Tog‘ massasi esa o‘z navbatida tog‘ jinslarining emirilishidan hosil bo‘ladi. Uning paydo bo‘lishi uchun 5-6 yildan 20-25 yilgacha vaqt ketadi.

    • Sel suv-toshli, loyli va loy-toshli oqim tarzida bo‘lishi mumkin. Oqim tarkibidagi tosh bo‘laklari ayniqsa katta vayronagarchilik keltiradi.

    • Muhofaza tadbirlari. Sel hosil bo‘lishida ishtirok etuvchi omillarning anchagina ko‘pligi uni o‘z vaqtida prognozlashni qiyinlashtirib yuboradi. Shunga qaramay, sel mavsumining boshlanish vaqtini oldindan aytib berish mumkin.

    Muhandislik choralari sifatida maxsus devorlar, seltutqichlar, dambalar, boshqa muhofaza inshootlari quriladi.

    Qor ko‘chkisi - og‘irlik kuchi ostida tog‘ yonbag‘irlarida harakatga kelgan va surilayotgan katta hajmdagi qor massasining o‘pirilishiga

    SHiddat bilan ipastga otilayotgan qor massasi yo‘lida uchragan daraxtilarni qo‘porib tashlaydi, uy va yo‘llarni vayron qiladi.

    • Qor ko‘chkisi katta hajmdagi qor massasi bo‘lib, u 70-100 km/s tezlikda harakat qiladi.

    • Quruq qor ko‘chkisining tezligi 360 km/s. ga etishi ham mumkin.

    • U 25-30 m o‘lchamdagi, 20 sm qalinlikdagi kichkina ko‘chkidan paydo bo‘lishi mumkin.

    • 150 kub.m hajmdagi ko‘chkining og‘irligi 20 dan 30 tonnagacha etadi.

    • Zarb kuchi 1 kv. m. ga 50 tonnagacha etadi.

    • YOg‘och uylar 1 kv. m. ga 3 t zarbga bardosh bera oladi.

    • 10 t kuch bilan urilganda asriy daraxtlar ildiz-pildizi bilan qo‘porilib chiqishi mumkin.

    Sabablari:

    1. Ko‘p miqdorda yoqqan qordan (qor yog‘ishi vaqtida yoki undan keyin hosil bo‘ladi, bir kecha-kunduzlik yog‘in miqdori 10 mm va undan ortiq).

    2. Qor qoplami qatlamining buzilishi bilan bog‘liq.

    3.Zilzila, sel oqimlari, ko‘chki, o‘pirilish, suv toshqinlari olib keladi.

    Oldini olish chora tadbirlaridan biri to‘siqlar qo‘yishdan tashqari, qorning ko‘chki xosil qiluvchi cho‘qqilarda ko‘payib ketmasiligini ta’minlashga qaratilgan chora tadbirlarni amalga oshirish kerak.

    Er ko‘chkisi – namgarchilik tufayli og‘irlik kuchi ta’sirida tog‘ jinslarining qiyalik bo‘ylab pastga tomon siljishi.

    O‘pirilish – og‘irlik kuchi ta’siri ostida tog‘ jinslarining uzilib pastga otilib tushishi.

    Ko‘chkining sabablari:

    • Namgarchilik ta’sirida tog‘ jinslari mustahkamligining susayishi, tabiiy jarayonlar va inson faoliyati natijasida yonbag‘ir qiyaligining zaiflashuvi, zilzila, dovul kabi geofizik jarayonlar ta’siri, joyning tabiiy sharoiti inobatga olinmay amalga oshiriladigan xo‘jalik faoliyati ko‘chki yuzaga kelishi uchun sabab bo‘lishi mumkin.

    • Bahorgi yog‘ingarchilik paytida suv siniq jinslar orasidan o‘tib, gil qatlamiga etadi va gil ko‘pchib yumshaydi. Bu o‘z navbatida tirg‘anoq vazifasini o‘taydi va xavfli surilmalarning yuz berishiga sabab bo‘ladi. Surilmalarning ro‘y berishiga suriluvchi qatlam og‘irligining ortishi va yonbag‘irning qiyaligi, shuningdek daryo va dengiz suvlarining qirg‘oqni yuvib ketishi va boshqalar sabab bo‘ladi.

    • Oldini olish tadbirlari. Ko‘chkiga qarshi tadbirlarni belgilash uchun avvalo ko‘chki hosil bo‘lishiga qaysi omil sababchiligini aniqlash lozim.

    • Ko‘chkining oldini olish uchun o‘ylab topilgan chora-tadbirlarning eng dastlabkilaridan biri yomg‘ir va grunt suvlarini oqizib yuborishdir.

    Aholining harakati. Xavf ehtimoli mavjud erlarda yashovchi aholi ko‘chki belgilarini, xabar berish signallari va xavfsiz joyga chiqish yo‘nalishlarini bilishi zarur.

    O‘zbekistonda uchramaydigan tabiiy hususiyatli favqulodda vaziyatlar.

    Sunami (yapon.)-seysmik dengiz to‘lqini.

    SHimoliy Amerikaning g‘arbiy sohillari, YAponiya, Aleut orollari, Filippin, YAngi Gvineya, Indoneziya, Tinch okeanining janubiy qismidagi orollar, Gavay orollari, Peru, CHili va Markaziy Amerika bu erda ro‘y beradigan zilzilaning doimiy hamrohi halokatli sunami zarbasiga duchor bo‘lib turadi.

    VULQON

    • Er po‘stidagi yoriqlar, kanallar orqali lava, issiq gaz, suv bug‘lari va jins blaklarini otilib chiqishi bilan bog‘liq bo‘lgan xodisalar majmui.

    • Gekla vulqoni Islandiya orolining janubiy-g‘arbiy qismidagi so‘nmagan vulqondir. 1004 yildan boshlab qayd etila boshlagan. Hozirgacha hammasi bo‘lib 20 ta kuchli vayronagarchilik keltirganlari ma’lum shulardan eng kuchlilari 1766, 1947-48 yillardagisidir.

    • Tabiiy to‘g‘onlar – tabiat xodisalari (ko‘chkilar, sellar, qor ko‘chkilari, zilzilalar va boshqalar)ning ta’sirida xosil bo‘ladi.

    • Xavf tug‘diruvchi ko‘llardan biri Tojikiston Respublikasi tog‘li Badoxshon Muhtor viloyati hududida Pomir tog‘ining markaziy qismida joylashgan Sarez ko‘lidir.

    Sarez ko‘li (Tabiiy) 1911 yil 18 fevraldan 19 fevralga o‘tar kechasi 9 ballik kuchli zilzila tufayli Mug‘rob vodiysi yonbag‘irlarida tarixda misli ko‘rinmagan tog‘ o‘pirilib, ko‘chki ro‘y berdi. Ko‘chki Mug‘rob daryosini butunlay to‘sib qo‘ydi va Usoy qishlog‘ini to‘lig‘icha ko‘mib tashlaydi. Butun boshli qishloqni barcha aholisi tuproq tosh uyumi ostida qolib halok bo‘ladi va bu tog‘ ko‘chkisidan hosil bo‘lgan uyum “Usoy uyumi ” degan nom oladi. YUzlab tonna hajmidagi tog‘ jinslari surilib borib, Mug‘rob daryosini vodiysini to‘sib juda katta ko‘l, jahonda eng yirik tog‘ ko‘li hosil bo‘ladi. Havzasida to‘planib hosil bo‘lgan suv Sarez qishlog‘ini butunlay bosib qoladi. Shuning uchun ko‘lning nomi Sarez ko‘li deb atalgan. Zilzila Barchadiv, Nisur, Saxnob va Ruxt qishloqlarini to‘la vayronaga aylantirdi. Hozirgi vaqtda mavjud ma’lumotlarga asoslanib Sarez ko‘li va Usoy uyumini holati xaqida quyidagilarni aytish mumkin.

    Bugungi kunda ushbu tog‘ ko‘lining yuzasi 80 km2 uzunligi 60 km, chuqurligi 500 m, umumiy suv miqdori 19 mlrd. metr kubometrni tashkil etadi.

    Radiatsiya va kimyoviy ta’sirlarga qarshi omillar

    Rk va KTk omillar deyilganda ionlantiruvchi nurlar, zaxarli kimyoviy moddalar va odamga kuchli ta’sir etuvchi moddalar (KTZM) ta’sirini kamaytirishga muljallangan kompleks omillar tushuniladi. Rk va KTk omillarda kuyidagi vazifalar kuzda tutiladi:

    a) Radiatsiyaviy kimyoviy xolatni aniklash va baxolash;

    b) Dozimetrik xamda kimyoviy nazoratni tashkil etish va ugkazish;

    v) Radiatsiyaga karshi ximoyalanish rejimlarini ishlab chikish;

    g) Radioaktiv va kimyoviy shikasglanishda fukerolarni ximoyalash uslublari xamda KTkomillari bilan ta’minlash (bunda gaznikoblar, maxsus kiyimkechaklar va boshka vositalarni yigish, saklash, taksimlash);

    d) Radioaktiv va kimyoviy shikastlanish okibatlarini tugatish omillari (maxsus sanitarkayta ishlash, yashash, ishlash joylarini, inshootlarni zararsizlantirish va boshka omillar).

    Radiatsiyavi kimyoviy xolatni aniklash va baxolash.

    Radiatsiyaviykimyoviy xolatni baxolash — Rk va KTk omillarining asosini tashkil etib, uni utkazishdan maksad:

    • fukaro muxofazasi tizimlariga kiruvchi fukarolarning ishlash krbiliyaglarini baxrlash;

    • ishchi xizmatchilarning ish faoliyatlarini baxolash va ulardan foydalanish chegaralari;

    • evakuatsiya davrida tibbiy yordam kursatish xajmi;

    • fukarolarni sanitarkayta shshgovdan utkazish xajmi;

    • jixozlarni, transport vositalarini, shaxsiy saklovchi vositalarni, kiyimkechaklarni, ish joylarini dezaktivatsiya vadegazatsiya kilish;

    • radiatsiyaviykimyoviy zararlangan xududlarda kolgan suv, em, ozik-ovkat,va boshkalarni kayta ishlab, foydalaniladi va boshka omillar bajariladi.

    Radioaktiv shikastlangan xududda fukarolarni saklash.

    Radioaktiv shikastlangan xududlarda xalkni saklashning asosiy koidalari kuyidagilardan iborat:

    Radioaktiv shikastlanish xususida ogoxlantirish;

    — Ximoya inshootlarida sakyaash (boshpana, radiatsiyadan saklovchi boshpana — RSB);

    — SHaxsiy saklovchi vositalardan foydalanish;

    — Radiatsiyadan saklovchi preparatlardan foydalanish;

    — Zararlangan suv va emishlardan saklanish;

    — Zararlangan joylarda fukarolarni saklash rejimlariga rioya kilish;

    — Zararlangan joylardan fukarolarni evakuatsiya kilish;

    — Zararlangan xududlarga odamlarni kiritmaslik;

    — Fukarolarni sanitar kayta ishlovdan utkazish, kiyim kechak, texnika, inshootlarni dezaktivatsiya kilish.

    Kimyoviy shikastlanishda fuqarolarni saqlash.

    Xavfli kimyoviy korxonalarda fukarolarni saqlashning asosiy uslublari quyidagilardan iborat:

    kimyoviy shikastlanish xavfi xaqida ogohlantirish;

    — ximoya inshootlarida (boshpanada) saqlanish;

    — shaxsiy ximoya vositalaridan foydalanish;

    — antidod qo‘llash;

    — shikastlangan joylarda yurish turish rejimlariga rioya

    qilish;

    — zararlangan xududlardagi odamlarni evakuatsiya qilish;

    — fuqarolarni sanitar qayta ishlash, kiyim kechak, inshootlarni, transport va texnikalarni dizinfeksiya qilish.

    Fuqarolarni ximoya inshootlarida muxofaza qilish
    Ximoya inshootlari fukarolarni tabiiy ofatlar, avariya, xalokat okibatlaridan xamda kirgin kurollari ta’sir faktorlaridan va ularning ikkilamchi ta’sir faktorlaridan saklaydigan boshpanalar xisoblanadi.

    Ximoya inshootlari qo‘yidagilarga bo‘linadi:

    a) Yunalishiga kura: fukarolarni sakpashga, boshkaruv tizimlarini va tibbiy shaxobchalarni joylashtirishta muljallangan;

    b) Joylashgan urniga kura: aloxida joylashgan (metropolitenlar va togkon kurilishlari);

    v) kurilish muddatiga kura: — odsindan kurilgan va tez kuriladigan;

    g) Ximoyalash darajasiga kura: — boshpana, RSB va oddiy boshpana (ochik yoki yopik ertulalar).

    Quyidagilar FVlardan muxofaza qilish soxasida tayyorlashning asosiy vazifalari xisoblanadi

    * Aholining barcha guruhlariga favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish qoidalarini va asosiy usullarini, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish usullarini, jamoa va yakka tartibda himoya vositalaridan foydalanish qoidalarini o‘rgatish;

    * davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari,korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlari va mutaxassislari qutkaruv va boshka kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni o‘tkazish uchun kuchlar va vositalarni tayyorlash va ularni boshqarish ko‘nikmalarini hosil qilish, FVda harakat qilishda xodimlarning o‘z vazifalarini amaliy egallashi.

    * boshqaruvning barcha darajadagi rahbar-larini, aholini fav-qulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha harakat qilishga tayyorlash va qayta tayyorlash;

    Fuqarolarni favqulodda vaziyatlardan muxofaza qilish borasidagi barcha rejalashtirilayotgan tadbirlarning eng asosiylarini 3 turga bo‘lish mumkin.

    1. QONUNIY

    2. TASHKILIY

    3. MUXANDISLIK-TEXNIK

    Favqulodda vaziyatlar oqibatlarnini bartaraf etishda avariya qutqaruv tadbirlarini tashkil etish

    2010 yil 5 yanvarda VMning 2-sonli qarori “Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarini FVlar oqibatlarni bartaraf etishga jalb qilish tartibi to‘g‘risida”.

    Kechiktirib bo‘lmaydigan tadbirlarga quyidagilar kiradi:

    1. Xodisa sodir bo‘lgan joyni mutaxassislar ishtirokida o‘rganish va baxolash.

    2. Avariya qutqaruv tuzilmalarini tez va qulay etib kelish yo‘nalishlarni belgilash.

    1. Kommunikatsiya tizimlarida vujudga kelgan avariyalarni cheklash, to‘xtatib qo‘yish va ta’mirlash ishlarini tashkil etish.

    2. Xavfli joylarga belgilar qo‘yishni tashkil etish.

    3. Jabrlanganlarni qidirib topish va ularga yordam ko‘rsatish.

    4. FVlar oqibatlarini bartaraf etish uchun tuzilgan shtab bilan doimiy aloqada bo‘lish.


    17–MA’RUZA

    Mavzu: Farmatsevtik korxonalarda yong‘inni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar.

    Reja:

    1. YOnish turlari, yonish jarayonining mexanizmi.

    2. YOng‘indan himoyalash tashkilotlari tizimi.

    3. Bino va inshootlarda portlash sabablari va oqibatlari

    4. YOng‘inni nazorat qilish, o‘chirish usullari va vositalari, yong‘in darakchilari va aloqa tizimi


    YOng‘in sanoat korxonalari, xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida yuz berib, etkazadigan zarari jixatidan tabiiy ofatlarga tenglashishi mumkin bo‘lgan xodisa hisoblanadi. Ular katta moddiy zarar keltirishi bilan birga og‘ir baxtsiz xodisalarga zaxarlanish, kuyish hamda kishilar xalokatiga sabab bo‘lishi mumkin.

    Xavfli xudud - bu katta vayronaliklar (zilziladan va boshka favkulodda vaziyatlardan), yong‘in, kimyoviy, radiatsiyaviy zaxarlanish, xalokatli suv bosish, sel kelish, er, kor kuchkilari va boshka xodisalar bulishi extimoli bor xududlardir.

    YOng‘in bu nazorat qilib bo‘lmaydigan xodisa bo‘lib, bebaho moddiy va madaniy boyliklarni bir daqiqada yo‘q qiluvchi ofat hisoblanadi.

    YOng‘inning kelib chiqishi uchun uch omilni bir vaqtning o‘zida bir joyda bo‘lishi kifoyadir, ya’ni yonuvchan modda, oksidlovchi (kislorod), uchqun (alanga)

    YOng‘inning odam va hayvonlarga ta’sir qiluvchi xavfli va zararli omillari: ochiq yong‘in, atrof-muhit va narsalarning yuqori harorati, toksik moddalarni yonishi, tutun, havo tarkibida kislorod konsentratsiyasining kamayishi, qurilish konstruksiyalarining qo‘layotgan qismlari; portlashdagi to‘lqin zarbi, otilayotgan qismlar va zararli moddalar hisoblanadi.

    YOng‘inni o‘chirishdan ko‘ra uning oldini olish osondir. Shu sababli korxonalar, ishlab chiqarish uchastkalari rahbarlari yong‘in chiqish sabablarini bilishi va uni oldini olish bo‘yicha tegishli tadbirlarni amalga oshirishi kerak.

    YOng‘indan saqlash xizmatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

    • YOng‘inlar profilaktikasini o‘tkazish va yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirish;

    • YOng‘inlarni o‘chirish, yong‘in zonasida qolgan odamlarni hamda yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini qutqarish.

    YOnish jarayoni ikki xil bo‘ladi.

    Birinchidan, qattiq jismlar yonish jarayonida havo muhitidan ajralgan holda bo‘ladi. Bunday yonish havo harorati natijasida yonish zonasini kislorod bilan ta’minlaganligi uchun diffuziyali yonish deyiladi, uni yog‘och, ko‘mir va boshqa moddalar yonganda kuzatish mumkin.

    YOnishning ikkinchi xili yonuvchi gazlar va suyuqliklarning parlari, yonuvchi moddalarning changlari havo bilan aralashgan holatdagi yonishi bo‘lib, u kinetik yonish deb yuritiladi. Bunday yonish xajmli yonish jarayonida o‘tadi.

    YOng‘indan himoyalash tashkilotlari tizimi.

    O‘zbekiston davlatchiligi tizimida yong‘inga qarshi kurashishda asosiy ma’suliyat Ichki Ishlar Vazirligi qarashli bo‘lgan YOng‘indan saqlash bosh boshqarmasiga yuklatilgan. U shahar va qishloqlardagi xalq xo‘jaligining bino va inshootlarida yong‘in xavfsizligini ta’minlashda markaziy boshqaruv organi vazifasini o‘taydi.

    Portlash - bu qisqa vaqtining o‘zida chegaralangan hajmdagi katta miqdordagi

    quvvatning ajralib chiqishidir.

    Bino va inshootlarda portlash sabablari va oqibatlari

    Bino va inshootlarda portlash hodisalari ko‘proq quyidagi sabablarga ko‘ra sodir bo‘ladi:

    - yong‘in xavfsizligi qoida va me’yorlari talablarini qo‘pol ravishda buzilishi; taqiqlangan joylarda chekish, ochiq alangalardan foydalanish, materiallarni saqlash qoidalariga rioya qilmaslik.

    -issiqlik uzatish, shamollatish tizimlarini va elektr dastgohlarini noto‘g‘ri o‘rnatish va foydalanish;

    -buzuq holdagi texnologik va elektr uskunalarini ishlatish yoki ularni zo‘riqtirish;

    -yonuvchi va portlovchi moddalarni omborlarda saqlash qoidalarini buzilishi; ichki yonuv dvigatellarini sinash va ulardan foydalanish qoidalariga rioya qilmaslik;

    -elektrostatik va atmosfera elektr zaryadlaridan himoyalanish qoidalarini buzilishi; statik elektr zaryadlariga qarshi texnik qurilmalardan foydalanmaslik, atmosferaning kuchli zaryadlaridan himoyalovchi qurilmalardan foydalanmaslik (yashin vaqtida 2 V dan 8 mln V kuchlanish, 200000 A tok kuchi miqdorida elektr zaryadlari hosil bo‘lishi mumkin).

    -yong‘in darakchilari va avtomatik o‘t o‘chirish tizimining yo‘qligi yoki buzuqligi;

    -portlashi mumkin bo‘lgan manbalar (bug‘ qozonlari, nasos agregatlari, kompressorlar, gaz balonlarini sinovdan o‘tkazish va to‘ldirish xonalari) ustidan nazorat qoidalariga to‘liq rioya qilmaslik;

    -ishlab chiqarish binolari havosi tarkibidagi gaz, bug‘ va changlarni me’yorlashtirilmaganligi

    -yong‘in xavfsizligi bo‘yicha malakali nazoratni yo‘qligi .

    Halokatli yong‘in sodir bo‘lganda.

    YOng‘in eng xavfli texnogen hodisa bo‘lib kiska vakt ichida xalk xo‘jaligiga katta moddiy zarar etkazishi bilan bir qatorda odamlarning xayotiga xam zomin bo‘lishi mumkin. Shuning uchun barcha ma’muriy binolarda, ishlab chikarish korxonalarining binolarida, davolash, ommaviy tomosha, yotokxona binolarida yong‘in chiqqanda shu binoda bo‘lgan odamlarni evokuatsiya (ko‘chirish) kilish chizmasi xammaga ko‘rinadigan joylarga ilib qo‘yiladi, odamlarning zudlik bilan binoni tark etishlari uchun barcha o‘tish joylari, yo‘laklar, daxlizlar ravon bo‘lishi, yo‘laklarda odamlarga xalaqit beradigan narsalarning bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

    YOng‘inni nazorat qilish, o‘chirish usullari va vositalari. YOng‘in turiga ko‘ra o‘t o‘chirish usul va vositalari tanlanadi.

    YOng‘inni o‘chirishning keng tarqalgan moddalari: suv, suv bug‘i, karbonat kislotali, namlangan materiallar kimyoviy va havo-mexanik ko‘pik (kislota va ishqorlarning suvdagi eritmasi; ko‘pik hosil qiluvchi moddalarning suvdagi eritmasi bilan siqilgan karbonat angidrid gazi yoki havoning aralashmasi), poroshokli tarkiblar, brom etil birikmalar, inert va yonmaydigan gazlar, maxsus kimyoviy moddalar va aralashmalar hisoblanadi.

    O‘t o‘chirish tizimlarining asosiy qismini suv va ko‘piksimon moddalar tashkil qiladi.

    Sanoat korxonalarida faqat qattiq yoki suyuq moddalargina emas, balki elektr qurilmalari, stanoklar va boshqalar ham yonib ketishi mumkin. Ma’lumki, yuqorida aytib o‘tilgan o‘t o‘chirish vositalarini qo‘llash, ya’ni ko‘pik yoki suv yordamida o‘chirish, ular elektr tokini yaxshi o‘tkazganligi tufayli ularni elektr qurilmalarini o‘chirishda ishlatib bo‘lmaydi. CHunki bunda o‘t o‘chiruvchining elektr toki ta’siriga tushib qolish xavfi bor. Shuning uchun bunday hollarda karbonat kislotalaridan foydalaniladi.

    YOnuvchi metallarni o‘chirish ma’lum qiyinchiliklarga ega. Bunday yonuv­chi metallar qatoriga kaliy, natriy, litiy, sirkoniy, magniy va boshqalarni kiritish mumkin. Shuning uchun bunday metallarni o‘chirishda maxsus kimyoviy kukunlardan foy­dalaniladi. Asosan kukunsimon grafit, Na2CO3,MgCO3, MgO2 va ularning aralashmalari, shuningdek, suyultirilgan inert gazlardan foydalanish mumkin.



    O‘tni o‘chirish deganda, yonish uchun zarur bo‘lgan uchta omilning birini bartaraf etish yo‘lida qilinadigan harakat tushuniladi. YA’ni yonishni to‘xtatish uchun quyidagi harakatlarni bajarish kerak bo‘ladi:

    -yong‘in hududiga kislorodni kirish yo‘lini to‘sish yoki yonuvchi moddani miqdorini kamaytirish, ya’ni to‘siq qo‘yish;

    -yonuvchi manba hududini yoki yonayotgan moddaning haroratini issiqlikni yutadigan, ammo o‘zi yonmaydigan sovutgich moddalar yordamida keskin pasaytirish, sovutish;

    -yonuvchi suyuq moddalarni o‘tda yonmaydigan moddalar (gaz yoki suv) bilan suyultirish.

    Amaliyotda yong‘inni o‘chirishda bu usullarning dastlabki ikkitasi, ya’ni o‘tni o‘chiruvchi moddalar yordamida to‘sib qo‘yish va sovutish usullari ko‘proq qo‘llaniladi.

    Binolarning yong‘inga xavflilik kategoriyalariga ko‘ra yong‘inga qarshi «qalqon» lar soni tanlanadi. Ular yong‘inga qarshi dastlabki vositalari bilan jixozlangan bo‘ladi. YOng‘inga qarshi «qalqon» va undagi asboblarni o‘rnatilishi. 1-qum solingan quti, 2-ko‘pikli va karbonat angidridli o‘t uchirgich (ognetushitel), 3-yong‘in o‘chiruvchi navbatchilarining ish jadvali, 4-boltalar, 5-o‘t o‘chirish shlankalari, 6-konussimon chelak, 7-suv sepish stvoli, 8-yong‘in xavfsizligi qoidalari, 9-suv bochkasi, 10-ilgakli changaklar, 11-mis uchli lom va ilgak, 12- belkuraklar.

    YOng‘in darakchilari va aloqa tizimi.

    YOng‘in xavfsizligi normalariga ko‘ra bino va inshootlar avtomatik o‘t o‘chirish vositalari bilan ta’minlanadi. Avtomatik qurilmalar turlari asosan sprinkler va drencher, o‘t o‘chirish usuli (butun xona xajmi bo‘yicha, lokal va b.), o‘t o‘chiruvchi vositalar turlari (suv, ko‘pik, kukun, gaz va b.), qurilmalarning jixozlanish turi (darakchi uskunalar va tezkor aloqa vositalari) kabi omillar bino va inshootlarning texnologik xususiyatlaridan kelib chiqgan xolda belgilanadi. Sprinler qurilmalari asosan yong‘in xavfi yuqori bo‘lgan sanoat korxonalariga o‘rnatiladi, ular qo‘llanish bo‘yicha qulayligi va oddiy konstruksiyaga ega ekanligi bilan keng ishlatiladi. Sprinkler qurilmalari o‘rnatiladigan xonalarga bosim ostida suv o‘tkazuvchi quvurlar o‘tkaziladi va bu quvurlarga sprinkler boshchalari o‘rnatiladi. Avtomatik sprinkler qurilmasi truboprovodlardan iborat bo‘lib, engil erish xaroratiga ega bo‘lgan (72, 93, 141 i 182 °S) zanjirlardan iborat. Qo‘riqlanayotgan xududda xarorat me’yorlaridan oshishi kuzatilganda zanjir erish xarorati ortib, klapan ochilishi va maydonnni o‘t o‘chirish vositasi bilan o‘chirish kuzatiladi.

    Drencher qurilmali yarim avtomatlashgan o‘t o‘chirish tizimi xisoblanadi. Drencher qurilmalarining sprnklerlardan asosiy farqi unda engil eruvchan zanjirli qurilma o‘rnatilmaydi. Bularda to‘siq qurilmalari bo‘lmay, tizimga suvni kelishi yong‘in darakchilari orqali yoki mexanik ravishda avtomatik klapanlar orqali amalga oshiriladi. YOng‘inni oldini olish va uning dahshatli asoratini kamaytirishda bosh omil sifatida darakchi uskunalar va tezkor aloqa vositalari xizmat qiladi.



    DTL rusumli yong‘in darakchisi-DTL bir marta qo‘llanishga mo‘ljallangan bo‘lib, xonaning harorati 72oS dan oshgandan keyin, uning markazida joylashgan, spiralsimon o‘tkazgichni aloqa zanjiriga bog‘lab turuvchi, haroratga o‘ta sezgir bo‘lgan maxsus qorishma erib ketishi oqibatida, zanjir uziladi va nazorat pultiga yong‘in xavfi paydo bo‘lganligi haqida xabar beradi. Bitta DTL daraklagichi 15m2 gacha yuzani qo‘riqlashga qodir.

    Nurli tizimlari orasida TLO– 16, TLO-30, TLO-60 (trevoga nurli optik) va boshqa yong‘in knopkali nur tizimi xabarchasi (PKIL) va PILV qo‘llovidan tarqalgan. Aylanma tizimlardan TKOZ-50 (trevoga xalqa optik yozadigan) shleyf yong‘in xabarchilar xabarchisidan foydalanib 50 ta xabarchiga yozadigan o‘ta keng tarqalgan. CHiroq, tutunli, issiqli bo‘lishi mumkin (xabarchilar chiroqqa, tutunga va issiqqa ta’sirchan bo‘ladi).

    Qo‘lbola xabarchilar (tugmali va kodli) avvaldan shartlashilgan kodni uzatilishini ta’minlaydi, qo‘lda yoqilganda ishlaydi.

    Qo‘lbola (tugmachali) – 500 S dan + 600 S havo xarorati hamda R=98% da qo‘llaniladi.

    Pol darajasi yoki erdan 1,3m oraliqda xonadan tashqari 150m masofada, xona ichida bir-biridan 50m masofada o‘rnatiladi.
    18–MA’RUZA

    Mavzu: Farmatsevtik korxonalarni loyihalash va qurishda yong‘inga qarshi kurash tadbirlari.

    Reja:

    1. YOng‘inni oldini olish sistemasi

    2. Sanoat korxonalarining yong‘inga va portlashga xavfi bo‘yicha toifalari

    3. Sanoat korxonalarini loyihalash va qurishda yong‘inga qarshi kurash tadbirlari

    4. YOng‘inga qarshi kurash xizmatini tashkil qilish


    YOng‘inni oldini olish sistemasi - yong‘in sodir bo‘lish sharoitlarini bartaraf etishga qaratilgan tashkiliy tadbirlar va texnik vositalar majmuidir.

    Ushbu tadbirlar ishlab chiqarishda iloji boricha yonmaydigan va qiyin yonadigan materiallardan foydalanish texnologik jarayonlarni maksimal darajada mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, yong‘in xavfi bo‘lgan qurilmalar o‘rnatilgan xonalarni yonmaydigan materiallar bilan boshqa xonalardan ajratish yoki bunday qurilmalarni mumkin qadar tashqarida o‘rnatish, yonuvchi moddalar uchun germetik idishlar va jihozlardan foydalanish, bino havosining tarkibidagi yonuvchi gaz, bug‘ va changlar miqdorini ruxsat etilgan darajada saqlash, isitish jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish va boshqalar orqali amalga oshiriladi.

    Ishlab chiqarish binolarini loyixalashtirish va qurilishida ishlab chiqarishning yong‘in xavfsizligini inobatga  olish zarur. 

    Qurilish meyorlari va qoidalarga ko‘ra, ishlab chiqarishni portlash va yong‘in xavfliligi bo‘yicha kategoriyalari. Har bir sanoat korxonasi uning ishlab chiqarish texnologiyasi, ishlatadigan xom ashyosi chiqaradigan mahsuloti va joylashgan binosining konstruksiyasiga ko‘ra yong‘in chiqishga, portlashga va yong‘in chiqqan taqdirda uning tarqalishiga, shuningdek, yong‘inning asoratiga asoslangan holda yong‘inga va portlashga xavflilik darajasi belgilanadi.

    Har bir sanoat korxonasida yong‘in xavfi birinchi navbatda u erda ishlatilayotgan xom ashyoning va chiqarilayotgan mahsulotning yong‘inga xavfliligi darajasi bilan o‘lchanadi.

    Masalan, ishlab chiqarish korxonasi gazsimon yonuvchi moddalar ishlatsa, oladigan mahsuloti engil alangalanuvchi suyuqliklar holatida bo‘lsa, unda albatta yonmaydigan xom ashyo ishlatilib, yonmaydigan mahsulot olayotgan korxonaga nisbatan yong‘in chiqish ehtimoli ko‘p, shuning bilan birga, bu korxonada yong‘inni tarqalib ketishi osonlashadi va bu korxonada yong‘indan ko‘riladigan zarari albatta katta bo‘ladi.

    SHuning uchun ham sanoat korxonalarini kategoriyalarga ajratganda ishlatilayotgan moddalarning fizik-kimyoviy xususiyatlari albatta hisobga olinadi.

    Ishlab chiqarish unda ishlatiladigan yoki saqlanadigan materiallarning yonish xususiyati hisobga olgan holda qurilish norma va qoidalari asosida hamma sanoat korxonalari, skladlar yong‘in va portlashga xavfi bo‘yicha beshta kategoriyaga bo‘linadi.

    A toifa—yong‘inga va portlashga xavfli sanoat korxonalari. Bularga suv, kislorod va bir-biri bilan birikishi natijasida portlashi va yonishi mumkin bo‘lgan moddalarni ishlatiladigan sanoat korxonalari; alangalanish quyi chegarasi xonadagi havo hajmiga nisbatan 10 foiz miqdorni tashkil qilishi mumkin bo‘lgan yonuvchi gazlar ishlatiladigan sanoat korxonalari; xona hajmiga nisbatan 5 foiz miqdorni tashkil qilishi mumkin bo‘lgan va bug‘larining alangalanish harorati 28°C gacha bo‘lgan suyuqliklar bilan ish olib boriladigan sanoat korxonalari. Bu toifaga benzin omborlari, neftni, natriy va kaliy metallarini qayta ishlash zavodlari, oltingugurtli uglerod, organik erituvchilarni rekuperatsiya va rektifikatsiyalash efir, atseton va boshqa shunga o‘xshash moddalar olinadigan sanoat korxonalari kiradi.

    B toifa-portlash va yong‘inga xavfli toifadir. Bu toifaga quyi alangalanish chegarasi havo hajmiga nisbatan 10 foizdan ortiq bo‘lgan yonuvchi gazlar bilan ish olib boriladigan, shuningdek, bug‘larining chaqnash harorati 28 dan 61°C gacha bo‘lgan suyuqliklar hamda ishlab chiqarish jarayonida chaqnash haroratigacha yoki undan ortiq darajada qizdirilgan suyuqliklar bilan ishlaydigan va pastki alangalanish chegarasi 65 g/m3 dan kichik bo‘lgan chang va tolalar bo‘lgan va mazkur gazlar, suyuqliklar va changlar xona hajmining 5 foizdan ko‘proq miqdorda to‘planib, portlovchi aralashma hosil qilishi mumkin bo‘lgan sanoat korxonalari kiradi. Mana shunday sanoat korxonalari sirasiga ko‘mir kukuni hosil qilish, yog‘ochsozlik, qand upasi tayyorlash va ammiak haydovchi kompressor stansiyalari, detallarni kerosin bilan yuvib tozalash korxonalari mansubdir.

    V toifa—yong‘inga xavfli toifa. Bu toifaga bug‘larining chaqnash harorati 61°C dan yuqori bo‘lgan suyuqliklar, quyi alangalanish chegarasi 65 g/m3 dan ortiq bo‘lgan chang va tolalar bo‘lgan shuningdek, bir-biri bilan, havodagi kislorod bilan va suv bilan birikkan holda yonuvchi moddalar va qattiq yonuvchi jismlar bilan ish olib boriladigan sanoat korxonalari kiradi. Daraxtni qayta ishlash, trikotaj va tikuv fabrikalari, quruq ishlovli tekstil va qog‘oz ishlab chiqarishlari, paxta, tolani birlamchi ishlov berish, don elevatorlari, yoqilg‘i va moylovchi materiallar omborlari, ko‘mir omborlari, avtomobillar saqlash joylari shular jumlasidandir.

    G toifa—yong‘inga xavfli toifa. Bu toifaga yonmaydigan jism va materiallarga, qizdirib, cho‘g‘lantirib va eritib ishlov beradigan va ishlov berish davomida nurli issiqlik, uchqun va alangalar chiqish mumkin bo‘lgan, qattiq, suyuq va gazsimon moddalar yoqilg‘i sifatida ishlatiladigan sanoat korxonalari kiradi. Qozonxonalar, yoritish va quyish sexlari, marten sexlari metallarga issiqlik bilan ishlov berish va boshqa sexlar ana shu toifadagi korxonalardandir.

    D toifa—yong‘inga xavfsiz toifa. Bunga yonmaydigan jismlar va materiallarga sovuq ishlov beradigan sanoat korxonalari kiradi. Mexanika sexlari, lubzavodlari, mashinasozlik, qurilish, tekstil, qog‘oz sanoat korxonalarining yig‘ish, ajratish, yuvish sexlari shular sirasiga kiradi.

    Canoat korxonalarini loyihalash va qurishda, unda bajariladigan ishlarning mohiyatidan kelib chiqadigan talablardan, unga texnik mustahkamlik, sanitariya-gigienia va iqtisodiy talablardan tashqari, qurilishda qo‘llaniladigan materiallar va konstruksiyalarni binolar va inshootlarning olovga bardoshlilik darajasi belgilanadi.

    QMQ 2.01.02-92 ga asosan hamma qurilish konstruksiyalari yong‘inni oldini olish, materiallarning yonish va portlash bo‘yicha tavsifi, yonuvchanligi bo‘yicha barcha qurilish materiallari uch gruppaga bo‘linadi. YOnmaydigan konstruksiyalar-bularga katta harorat ta’sirida yoki alanga ta’sirida yonib, kulga yoki ko‘mirga aylanmaydigan qurilish konstruksiyalari kiradi (masalan, metall konstruksiyalar va mineral materiallar, beton, temirbeton, g‘isht va b.).

    Qiyin yonadigan konstruksiyalar-bunga katta harorat yoki ku­chli alanga doimiy ta’sir etganda tutab yonadigan, alanga ta’siri yo‘qolishi bilan uchadigan sanoat konstruksiyalari kiradi (organik to‘ldirmali gipsdan va betondan yasalgan qismlar, o‘tga qar­shi vositalar bilan ishlov berilgan yog‘och konstruksiyalar va sanoat chiqindilardan tayyorlangan—yarim organik va yarim mineral mod­dalardan tayyorlangan konstruksiyalar).

    YOnadigan konstruksiyalar-bularga alanga yoki katta harorat yondiruvchi vosita bo‘lib, keyin alanga olib ketilgandan keyin ham yonishda davom etadigan sanoat konstruksiyalari kiradi (organik materiallar, bitum, ruberoid, yog‘och materiallar, qurilishda ishlatiladigan turli-tuman plastmassa materi­allari).

    Bino va inshootlarning o‘tga chidamliligining miqdoriy xarakteristikasi “O‘tga chidamlilik chegarasi” bilan belgilanadi.

    O‘tga chidamlilik chegarasi shu konstruksiyaning soatlar bilan o‘lchanadigan o‘tga qarshilik ko‘rsata olish vaqtidir. Bu quyidagi uch belgilardan biri paydo bo‘lgangacha ketgan vaqtdir.

    1. Konstruksiyada (devor, poydevor, ustun, ship, pol va sh.o‘.) alanga o‘ta oladigan teshik yoki yoriqlar hosil bo‘lguncha. Bu teshik va yoriqlar orqali yong‘in mahsulotlari muhofazalanayotgan tomonga o‘tib ketishi xavfi tug‘iladi;

    2)qizdirilayotgan konstruksiya yuzasining qarama-qarshi tomonidagi yuzaning deyarli hammasi 160°C gacha qizisa yoki qiz­dirish boshlangan haroratga nisbatan ba’zi bir nuqtalarda 190°C harorat hosil bo‘lsa va qizdirish boshlangandagi haroratdan qat’i nazar 220°C harorat hosil bo‘lsa;

    3)konstruksiya o‘z ko‘tarish qobiliyatini yo‘qotib buzilib tushsa, unda bu konstruksiya o‘z o‘tga chidamlilik darajasiga etdi deb hisoblanadi.

    Bino va inshootlarning yong‘inga chidamliligi va uni oshirish yo‘llari. YOng‘inga chidamlilik deganda materiallar va konstruksiyalarning yong‘in sharoitida o‘z mustahkamligini saqlash xususiyati tushuniladi. Qurilish konstruksiyalarining yong‘in ta’sirida o‘z xususiyatini va mustahkamliligini yo‘qotish vaqti yong‘inga chidamlilik chegarasi deyiladi. Barcha bino va inshootlar yong‘inga chidamliligi bo‘yicha 5 darajaga bo‘linadi: I darajali yong‘inga chidamli binolarga barcha konstruksiyalari yonmaydigan, yuqori yong‘inga chidamlilik chegarasiga ega bo‘lgan binolar kiradi, asosiy devorlari zinapoya maydonlari va kolonnalarining o‘tga chidamlilik chegarasi 2,5 soatdan kam bo‘lmasligi, tashqi devor va oraliq devorlar 0,5 soatdan kam bo‘lmasligi kerak; II darajali yong‘inga chidamli binolarga konstruktiv elementlari yonmaydigan binolar kiradi, yuqoridagi ko‘rsatkichlar 2,1 va 0,25 soatlarni tashkil qilishi kerak; III darajali yong‘inga chidamli bino va inshootlar yonmaydigan va qiyin yonuvchi materiallardan tayyorlanadi; IV darajali yong‘inga chidamli binolarga barcha konstruksiyalari qiyin yonuvchi materiallardan tayyorlangan binolar kiradi; V darajadagi binolarga esa barcha konstruksiyalari yonuvchi materiallardan tashkil topgan binolar kiradi, o‘tga chidamlilikning minimal miqdori belgilanmaydi. Talab etilgan yong‘inga chidamlilik darajasi bino va inshootlarning konstruksiyasi, vazifasi, necha kavatliligi, texnologik jarayonlarni yong‘inga xavfliligi va yong‘inni avtomatik o‘chirish vositalarini mavjudligiga bog‘liq holda belgilanadi.

    Qurilish konstruksiyalarining o‘tga chidamlilik darajasini oshirish imkoniyatlari mavjud. Maslan, metall konstruksiyalarning o‘tga chidamlilik darajasi nihoyatda past bo‘lib, taxminin 15—20 minut ichida o‘z ko‘tarish qobiliyatini yo‘qotib, egilib bukilib ketadi. Agar bu konstruksiyani o‘tga chidamli bo‘yoqlar bilan moylasak uning o‘tga chidamliligi birmuncha ortishi, alebastr yoki sement aralashmalari bilan suvasak uning o‘tga chidamliligini 1 soatga etkazishimiz mumkin. Agar metalldan qilingan kolonnalarni gips plitalar bilan qoplasak, plitalar qalinligini 6 sm dan kam bo‘lmasa, unda bu kolonnalarning o‘tga chidamlilik chegarasi 3 soatga etadi.

    YOg‘och konstruksiyalarning o‘tga chidamligini oshirish muhim ahamiyatga ega, chunki yog‘och konstruksiyalarni 270—280°C gacha qizdirganda ular yonib ketadi. Agar yog‘ochdan qilingan konstruksiyalar yaxshilab suvalsa, ularning o‘tga chidamliligi ortadi. Suvoq qilish uchun asbotsement va gips aralashmalaridan foydala­nish mumkin. Suvoqning qalinligi 20 mm bo‘lganda yog‘och konstruksiyasining o‘tga chidamliligi 20-25 minutga etishi mumkin.

    YOg‘och konstruksiyalarning o‘tga chidamliligini oshirishda antipirin deb ataluvchi moddani yog‘och konstruksiya ustiga sepish yoki shimdirish yaxshi natija beradi. Bunday ishlov berishlar yog‘och konstruksiyasini butunlay yonmaydigan qilolmasa ham yonishini birmuncha qiyinlashtirish hisobiga o‘tga chidamliligini oshiradi. YOg‘och konstruksiyalariga tuzning suvdagi aralashmasini singdirish yong‘indan himoyalovchi bo‘yoqlar, suyuq shisha, tuproqli aralashma va boshqa shu kabilar bilan yuza ishlov berish; tuproqli gips bilan shuvash, gips plitalar o‘rnatish, asbest, sement materiallar qoplash orqali yong‘inga chidamlilik darajasi ortiriladi. YOng‘indan himoyalovchi qoplamalar atmosferaga chidamli, namlikga chidamli va nam bo‘lmagan muhitga chidamli bo‘lishi mumkin. Atmosferaga chidamli qoplamalarga perxlorvinil bo‘yoqlar PXVO, ISX, XL; namlikka chidamli qoplamalarga XD-SJ markali bo‘yoqlar; nam emas muhitga chidamli qoplamalarga XL-K tipidagi, SK-L markali silikat bo‘yoqlar, superfosfat va sho‘rtuproqli surkamalar kiradi.

    Korxonalarni loyihalash va qurish jarayonida yong‘inga qarshi chora-tadbirlar belgilanadi. Bu chora-tadbirlar sanoat korxonasi bosh rejasiga kiritiladi. Ularning eng muhimlaridan biri—sanoat korxonasi majmualarini va binolarini bajariladigan ishi va yong‘inga xavfliligini hisobga olgan holda joylashtirishdir. Bunda o‘ta yong‘inga xavfli majmualarni, albatta, hududning shamol yo‘nalishiga qarama-qarshi tomonida joylashtirish tavsiya etiladi.

    Sanoat korxonalarini zonalashtirishda korxona joylashgan joyning baland-pastligi, shamolning asosiy yo‘nalishi va kuchi hisobga olinadi. Engil alangalanuvchi suyuqliklarni hududning quyiroq qismlariga joylashtirish tavsiya etiladi. Aks holda yong‘in sodir bo‘lgan taqdirda engil alangalanuvchi suyuqlik past tomonga oqib, alanganing umuman hamma maydonlariga tarqalib ketishi xavfi tug‘iladi. Sanoat korxonalarini isitish vositalari, qozon qurilmalari, odatda ochiq alanga bilan ishlatiladi va ulardan chiqish mumkin bo‘lgan uchqunlar yong‘in xavfini tug‘diruvchi asosiy vositalardan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham bunday vositalar shamol yo‘nalishiga qarama-qarshi tomonda engil alangalanuvchi suyuq­liklar, suyultirilgan va siqilgan gazlarning o‘rnini hisobga olgan holda joylashtiriladi.

    YOng‘in xavfsizligini ta’minlashda zavod hududidagi avtomobil harakatlanish yo‘llarini to‘g‘ri ta’mirlash katta ahamiyatga ega. CHunki yong‘in vaqtida o‘t o‘chirish mashinasi hech qanday to‘siqsiz istalgan joygacha bora olishi muhimdir. Shuningdek, korxona hududidagi yong‘inga qarshi deponi joylashtirish ham ahamiyatlidir.

    Sanoat korxonasining bir tomonidan kirish yo‘li, albatta, umumiy foydalanish uchun mo‘ljallangan ko‘chaga chiqadigan bo‘lishi kerak.

    Korxonalarni loyihalash va qurish jarayonida yong‘inga qarshi chora-tadbirlar belgilanadi. Bu chora-tadbirlar sanoat korxonasi bosh rejasiga kiritiladi. Ularning eng muhimlaridan biri—sanoat korxonasi majmualarini va binolarini bajariladigan ishi va yong‘inga xavfliligini hisobga olgan holda joylashtirishdir. Bunda o‘ta yong‘inga xavfli majmualarni, albatta, hududning shamol yo‘nalishiga qarama-qarshi tomonida joylashtirish tavsiya etiladi.

    Sanoat korxonalarini zonalashtirishda korxona joylashgan joyning baland-pastligi, shamolning asosiy yo‘nalishi va kuchi hisobga olinadi. Engil alangalanuvchi suyuqliklarni hududning quyiroq qismlariga joylashtirish tavsiya etiladi. Aks holda yong‘in sodir bo‘lgan taqdirda engil alangalanuvchi suyuqlik past tomonga oqib, alanganing umuman hamma maydonlariga tarqalib ketishi xavfi tug‘iladi. Sanoat korxonalarini isitish vositalari, qozon qurilmalari, odatda ochiq alanga bilan ishlatiladi va ulardan chiqish mumkin bo‘lgan uchqunlar yong‘in xavfini tug‘diruvchi asosiy vositalardan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham bunday vositalar shamol yo‘nalishiga qarama-qarshi tomonda engil alangalanuvchi suyuq­liklar, suyultirilgan va siqilgan gazlarning o‘rnini hisobga olgan holda joylashtiriladi.

    YOng‘in xavfsizligini ta’minlashda zavod hududidagi avtomobil harakatlanish yo‘llarini to‘g‘ri ta’mirlash katta ahamiyatga ega. CHunki yong‘in vaqtida o‘t o‘chirish mashinasi hech qanday to‘siqsiz istalgan joygacha bora olishi muhimdir. Shuningdek, korxona hududidagi yong‘inga qarshi deponi joylashtirish ham ahamiyatlidir.

    Sanoat korxonasining bir tomonidan kirish yo‘li, albatta, umumiy foydalanish uchun mo‘ljallangan ko‘chaga chiqadigan bo‘lishi kerak.

    YOng‘in bo‘lgan taqdirda alanga bir binodan ikkinchi binoga o‘tib ketmasligini ta’minlash maqsadida yong‘inga qarshi oraliqlar tashkil qilinadi. Bunday oraliqlar belgilanganda asosan yonma-yon joylashishi mumkin bo‘lgan binolarning yong‘inga xavflilik darajasi, toifasi, konstruksiyalarining o‘tga chidamliligi, alangalanish maydoni, yong‘inga qarshi to‘siqlarning mavjudligi, binoning tuzilishi, ob-havo sharoitlari va boshqalar hisobga olinadi.

    YOng‘inga qarshi oraliqlar tashkil qilishda binolarning o‘tga chidamliligi darajasini hisobga olish juda muhimdir.

    Sanoat korxonalarini loyihalash-qurish jarayonida yong‘inga qarshi tashkiliy ishlar qatoriga yong‘inga qarshi to‘siqlar kiradi. Bularga yong‘inga qarshi devor, eshik darvoza, lyuk tambur-shlyuzlar va derazalar kiradi.

    YOng‘inga qarshi to‘siq vositalari yonmaydigan materiallardan tayyorlangan bo‘lishi va quyidagicha o‘tga chidamlilik chegarasiga ega bo‘lishi kerak (soatlarda).

    YOng‘inga qarshi asosiy devor-2,5 soat. YOng‘inga qarshi devorlarda bo‘lgan eshik, deraza va darvozalar-1,2 soat. Asosiy bo‘lmagan devor-0,75 soat. Asosiy bo‘lmagan devordagi eshik, derazalar, shuningdek, tambur, shlyuzlar 0,6 soat. Bu erda shuni ta’kidlash kerakki, tosh va boshqa tabiiy minerallardan qilingan devorlar o‘tga chidamlilik chegarasi bo‘yicha qo‘yilgan yuqoridagi talablarni bajaradi. Agar devorlar mabodo sinchli bo‘lsa, uning asosiga ishlatilgan sinchning va orasiga urilgan devorlarning o‘tga chidamlilik chegarasi hisobga olinadi. YOng‘in bo‘lgan vaqtda xosil bo‘ladigan tutun va gazlarni eshik va derazalar orqali, shuningdek, aeratsiya fonarlari orqali, maxsus konstruksiyadagi tutun chiqarib yuborish oraliqlari ta’minlanadi), engil qulaydigan devorlar (max­sus ishlangan) orqali chiqarib yuborilishi mumkin.

    Evakuatsiya yo‘llari. Har bir sanoat korxonasi uchun mo‘ljallangan bino loyihalanayotganda albatta yong‘in vaqtida kishilarni u erdan o‘z vaqtida chiqarib yuborish imkoniyatini yaratadigan evakuatsiya yo‘llari tashkil qilinadi. Evakuatsiya yo‘llari har qanday sanoat korxonasi uchun albatta eng kamida 2 ta bo‘lishi kerak. YOng‘in bo‘lgan taqdirda ishchilar sanoat korxonasi xonasidan eng qisqa yo‘l orqali belginlangan ma’lum vaqt ichida chiqib ketishlari zarur.

    QMQ 2.01.02-92 ga asosan sanoat korxonalaridan tashqariga chiqib ketish yo‘llari, koridorlari va qavatlaridan tushish yo‘llari hisoblab chiqiladi.

    Evakuatsiya yo‘llarining eni 1 m dan, eshiklarning eni 0,8, bo‘yi 2 m dan kam bo‘lmasligi kerak. Evakuatsiya yo‘llari bo‘lgan koridorlar, zinapoyalar odamlar soniga qarab hisoblanadi.

    Sanoat korxonalarini loyihalashda odamlarni evakuatsiya qilishga mo‘ljallangan zinapoyalar va ularni joylashtirish mo‘ljallangan kataklar uchun ma’lum tartibda talablar qo‘yiladi. Masalan, zinapoya o‘rnatilgan kataklarda tutun to‘planmaydigan bo‘lishi, ya’ni tutunni chiqarib yuborish uchun tashqi tomoni ochiq yoki havoni chiqarib yuborishni ta’minlovchi texnik vositalarga ega bo‘lishi kerak. YOki zina kataklari ichkari tomonda yong‘in bo‘lishi mumkin bo‘lgan binodan ajratilgan bo‘lib, tashqi tomondan yoritiladigan bo‘lishi mum­kin. Butunlay katak bilan to‘silmagan zinapoyalardan ham foydala­nish imkoniyati bor, bu zinapoyalar tashqi ochiq tomonda bo‘lsa, evakuatsiya imkoniyati yanada ortadi. Har xil balandlikdagi binolar uchun yong‘inga qarshi narvonlar o‘rnatilishi kerak.

    Evakuatsiya yo‘llarining hisobi, shu joydagi barcha ishchilar­ning chiqib ketishi uchun kerak bo‘ladigan vaqtni belgilash bilan amalga oshiriladi.

    SHuning uchun barcha ma’muriy binolarda, ishlab chikarish korxonalarining binolarida, davolash, ommaviy tomosha, yotokxona binolarida yong‘in chikkanda shu binoda bo‘lgan odamlarni evokuatsiya (ko‘chirish) kilish chizmasi xammaga ko‘rinadigan joylarga ilib qo‘yiladi, odamlarning zudlik bilan binoni tark etishlari uchun barcha o‘tish joylari, yo‘laklar, daxlizlar ravon bo‘lishi, yo‘laklarda odamlarga xalakit beradigan narsalarning bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

    Agar elektr vositalaridan to‘g‘ri foydalanilsa, unda yong‘in xavfi deyarli bo‘lmaydi. Ammo elektr qurilmalaridan hamma vaqt ham to‘g‘ri foydalanish imkoniyatlari mavjud deb bo‘lmaydi. Bunday hollar elektr tizimidagi qisqa tutashish, elektr qurilmalari va simlarida kuchlanishning ko‘payib ketishi va ularda katta qarshiliklar sababli vujudga keladi. Agar elektr simlari o‘zaro ulanib qolsa yoki elektr qurilmalarining erga ulangan korpuslari bilan ulanib qolsa, qisqa tutashish yuz beradi. Kuchlanishning ko‘payib ketishidan uncha katta yuzaga ega bo‘lmagan o‘tkazgich orqali katta tok oqimi yuborilsa, elektr simi nihoyatda qizib ketadi. Elektr simlari bir-biri bilan yaxshi ulanmaganligi natijasida tok oqib olishiga qarshilik ko‘rsatish nihoyatda ko‘payib ketadi va elektr o‘tkazgich qizib, cho‘g‘lanib ketishi mumkin.

    YUqorida sanab o‘tilgan hollarda qizigan elektr o‘tkazgichi muhofaza qobiqlarini yondirib yuborishi mumkin. CHunki muho­faza qobiqlari sifatida yonuvchi materiallardan foydalaniladi.

    Agar oqib o‘tayotgan tok kuchi hisoblangan kattalikdan ortib ketsa, unda o‘tkazgichda issiqlik ajrala boshlaydi va bu o‘z navbatida, muhofaza qobig‘ining qizishiga olib keladi, buning natijasida muhofaza qobig‘i o‘zining muhofazalash qobiliyatini yo‘qotishga olib keladi. Elektr tizimlarida yong‘in xavfsizligini ta’minlash uchun elektr o‘tkazgichlar «Elektrdan foydalanish qurilmalarini ishlatishdagi texnik qoidalar» asosida hisoblanadi va kerakli ko‘ndalang kesimlarga ega bo‘lgan simlardan, ularni muhofaza qilish vositalaridan foydalaniladi, shuningdek, tarmoqdagi elektr quvvatini hisobga olgan holda, saqlovchi qurilmalar bilan jihozlanadi. Elektr jihozlarini o‘rnatishda korxonaning va xonaning yong‘inga xavflilik toifasini hisobga olish shart.

    Agar elektr qurilmalari qoidaga muvofiq o‘rnatilgan bo‘lsa ham, uning tok o‘tkazuvchi qismlari engil alangalanuvchi yoki yonuvchi suyuqliklarga tegib tursa, uning yong‘inga xavflilik dara­jasi kamaymaydi.

    Elektr qurilmalari va elektr tizimlarini o‘rnatganda qisqa tutashish sodir bo‘lganda ularni o‘chiradigan saqlovchi qurilmalarni tayyorlab qo‘yish kerak. Elektrni o‘chiruvchi tizimlarini berk qopqoqlar bilan ta’minlash kerak, bunda o‘chirish yoki yoqish vaqtida chiqadigan uchqun tufayli bo‘ladigan yong‘in yoki portlashning oldini olish mumkin.

    Elektr taqsimlash tizimlari ham ulash va o‘chirishda uchqunlar chiqarib yong‘in xavfini kuchaytiradi. Shuning uchun, ularni yon­maydigan materiallardan qilingan xavfli aralashmalar bo‘lmagan xonalarga o‘rnatiladi.

    Elektr yoritish tizimlari ham muhofaza qobig‘larining qizishi va alangalanishi mumkinligi jihatidan yong‘in xavfini tug‘diradi. Shuning uchun ham yoritish tizimlarini qurishda ularning o‘tkazgichlari yaxshi muhofaza qilinganligini tekshirib rezina yoki metall trubalar orqali o‘tkazish tavsiya etiladi. Elektr lampalari yonish vaqtida ularning yuzalari 200 va undan ko‘proq haroratda qizishi mumkin. Bunday yuqori haroratda uning yuzasiga o‘tirgan changlarning yonib ketish ehtimoli kuchayadi. Bunday xavflar elektr lampalari tuzilishini o‘zgartirish orqali yo‘qotiladi.

    Sanoat korxonalari odatda, markaziy isitish tizimi orqali isitiladi. Shuning uchun bunday tizimlarning yong‘in xavfi bo‘lgan uchastkalarida isitish radiatorlarining murakkab turlaridan foy­dalanish tavsiya etilmaydi. CHunki changlar truba va radiator ustki qismlarida yig‘ilib qolishi, isishi natijasida qizib yong‘in chiqarish xavfini kuchaytiradi.

    Xonalari markaziy usulda isitilgan sanoat korxonalarida, xavo asosan, kaloriferlarda isitilib, undan keyin korxona xonalariga yuboriladi. Bunday hollarda isitilgan havoning harorati 60°C dan oshmasligi kerak. Ammo bunday isitish tizimida havo kanallar orqali xonalarga tarqatilgani sababli yong‘in bo‘lgan taqdirda bu kanallar orqali alanga tarqalishi mumkin. CHunki alanga va tutun butun bino bo‘ylab tarqalib ketishi tufayli yong‘in xavfi kuchayadi.

    Kalorifer tizimi bilan mahalliy isitish usulini qo‘llash mumkin. Bunda kalorifer isitiladigan xonaga o‘rnatiladi. Sovuq havo ventilyator yordamida tashqaridan so‘riladi va kalorifer orqali o‘tkazilib, isigan havo to‘g‘ridan-to‘g‘ri xonaga chiqariladi. Bu tizim yong‘in xavfi jihatidan xavfsizroq hisoblanadi.

    Tabiiy va sun’iy shamollatish tizimlarini sanoat korxonalari­ning asosiy va yordamchi xo‘jaliklarida o‘rnatilgan bo‘ladi. Bunda shamollatish tizimlariga qo‘yiladigan talabni bajarish muhim. Shu­ning uchun ham shamollatishni amalga oshiradigan truboprovodlarning uzunliklari yotiq yo‘nalishda cheklangan bo‘ladi, ya’ni tabiiy shamollatishda 8 m dan, mexanik shamollatishda 30 m dan oshmasligi kerak. Bu esa yong‘in bo‘lgan taqdirda uning tarqalib ketish xavfini chegaralaydi.

    Agar sanoat korxonasi binolarida yong‘in va portlashga xavfli moddalar bo‘lsa, ular mahalliy shamollatish usuli bilan chiqarib yuboriladi. Bunda truboprovodlarda chiqarib yuborilayotgan mod­daning hajmi uning portlash miqdori quyi chegarasining 50 foizdan oshmasligiga e’tibor berish kerak.

    Bu esa ma’lum miqdordagi havo oqimini ta’minlash bilan amalga oshiriladi.

    Momaqaldiroq bo‘lib, chaqmoq chaqqan vaqtda atmosferada hosil bo‘ladigan elektr kuchlanishlari 1500000 V va tok kuchi 20000 A ga boradi. Bunday katta kuchlanish va tok kuchi ta’siridan er yuzidagi ko‘pgina qurilishlar yonib ketishi, buzilishi va shikastlanishi mumkin. Qurilish binolarini muhofaza qilish, odamlar xavf­sizligini ta’minlash maqsadida sanoat korxonalarida yashin qaytar­gichlar o‘rnatiladi. YAshin qaytargichlar me’yoriy hujjat asosida amalga oshiriladi. YAshin qaytargichlar asosan yashin qaytargich o‘rnatiladigan ustun, yashin tutish qurilmasi, tok o‘tkazgich va erga ulangan qismlardan iborat bo‘ladi. YAshin qaytargichning ikki xil turidan: tayoqsimon va to‘qilgan arqonsimon turlaridan foy­dalaniladi. Ular binodan ayrim o‘rnatilgan yoki bino ichiga kiritilgan holda o‘rnatilishi mumkin.

    YAshin qaytargichning muhofazalash qobiliyati uning elektr to­kini yaxshi o‘tkazuvchanligi va erga chuqur o‘rnatilgan metall qismlar orqali yashinni erga o‘tkazib yuborishiga asoslangan.

    Sanoat korxonalarida yong‘inga qarshi kurash ishlarini shu korxonalarning yong‘inga xavflilik darajasiga qarab, korxona ma’muriyati belgilaydi. Agar sanoat korxonasi yong‘inga xavfli bo‘lsa, unda yong‘inga qarshi kurash bo‘limi tashkil qilinadi. Bunday bo‘lim o‘zining maxsus yong‘inga qarshi kurash komandalarini tashkil qiladi. Hozirgi vaqtda davlat yong‘inga qarshi qurash nazoratini Ichki ishlar vazirligining yong‘indan muhofaza qilish boshqarmasi amalga oshiradi.

    Uning asosiy vazifasi-sanoat korxonalarida yong‘in va port­lashga olib keladigan sabablarni yo‘qotishga qaratilgan tashkiliy va texnik chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirishdan iborat. Bu ishlarni yong‘inga qarshi kurash inspektorlari bajaradi. Ular xohlangan vaqtda sanoat korxonalarini, omborlarni, bino va qurilmalarni ko‘zdan kechirishi, xohlangan sanoat korxonasi yoki ayrim shaxslardan yong‘in xavfsizligiga taalluqli hujjatlar va ma’lumotlarni talab qilishi, binolarda yong‘in bo‘lgan taqdirda uni tezda bartaraf qilish imkoniyatlarini beradigan yong‘inga qarshi kurash birlamchi vositalarining. tayyorligini va shuningdek, majburiy qarorlar, qoida va normalar qanday bajarilayotganligini tekshirishi mumkin.

    Davlat yong‘inga qarshi kurash nazorati organlari yong‘in xavf­sizligi qoida, norma va talablarini bajarmagan va shuningdek, yong‘inga qarshi kurashning birlamchi vositalari hamda kerakli asbob-anjomlarni noto‘g‘ri saqlagani va boshqa maqsadlarda foydalangani uchun sanoat korxonasi rahbar xodimlariga, sex boshliqlari va boshqa javobgar shaxslarga jarima solish huquqiga ega. YOng‘in-profilaktik ishlarni o‘tqazishni tashkil qilishda ob’ektli yong‘in-texnik komissiyalarining muxim urni bor. YOng‘in-texnik komissiyalar tarkibiga korxonaning bosh muxandisi, yong‘in qorovul qo‘riqlash vaqillari, bosh energetik, bosh mexanik, bosh texnolog, texnika xavfsizligi bo‘yicha muxandis, kasaba uyushmalari tashkilotlari vaqillari kiradi. YOng‘in-texnik komissiya korxonalarni 1 chorakda kamida 1 marta tekshiruvdan o‘tkazadi.  



    Download 2.21 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 2.21 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dori vositalarining sanoat texnologiyasi

    Download 2.21 Mb.